MOLIYA HUQUQI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

21

File size

Fayl hajmi

118,0 KB


MOLIYA HUQUQI.
REJA:
1. Moliya tushunchasi, funktsiyalari va mohiyati
2. Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish usullari
3. O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi: mazmuni va tuzilishi
Logotip
MOLIYA HUQUQI. REJA: 1. Moliya tushunchasi, funktsiyalari va mohiyati 2. Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish usullari 3. O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi: mazmuni va tuzilishi
1. Moliya tushunchasi, funktsiyalari va mohiyati
Davlat va huquq nazariyasi fanidan ma’lumki, har bir huquq sohasi ma’lum
bir  maqsad  va  vazifalarga  yo’naltirilgan  bo’ladi.  Moliya  huquqining  oldiga
qo’yilgan asosiy vazifa jamiyatda kelib chiqadigan o’ziga xos munosabatlarni
tartibga solishdan iboratdir. Moliya huquqi o’z ta’siri ostiga ma’lum bir ijtimoiy
munosabatlar  doirasini  qamrab  oladi.  Davlat  o’z  oldida  turgan  vazifalarni
bajarishda «moliya» deb ataluvchi iqtisodiy richagni qo’llaydi va shu bilan bog’liq
holda moliyaviy faoliyatni  amalga oshiradi. Mana shu sababli  moliya huquqi
to’g’risida so’z yuritishdan avval «moliya» va «davlatning moliyaviy faoliyati»
degan tushunchalarni bilib olish lozim.
Har bir davlat o’zining mustaqil moliyasiga ega bo’lmog’i lozim. O’zbekiston
Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng nafaqat siyosiy mustaqillikka, balki
shu jumladan iqtisodiy mustaqillikka, ya’ni O’zbekiston Respublikasi o’zining
moliyasiga  va  o’zining  milliy  daromadiga  ega  bo’ldi.  O’zbekiston
Respublikasining moliyasi mamlakatimiz iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas
qismi  bo’lib, uning tarkibiy elementi  hisoblanadi.  Iqtisodiyotning rivojlanishi-
uning  moliyasini  yuksalish  yo’nalishlarini  belgilab  beradi  va  mustahkamlab
borishiga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Iqtisodiyotimizning  taraqqiyotini  belgilab
beruvchi asosiy ko’rsatgichlardan biri - bu milliy daromaddir. Milliy daromadning
o’sishiga mamlakat sanoati, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz
rivojlanishi sabab bo’ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri
bo’lib, bu vazifani bajarmasdan turib mamlakatimizni himoya qilish, madaniy va
xo’jalik rivojlanishini ta’minlash va bozor iqtisodiyoti sharoitiga qadam qo’yish
mumkin emas. 
Moliya-pul  munosabatlarining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Uning  roli  va
ahamiyati  pul  munosabatlarining  iqtisodiy  munosabatlarda  tutgan  o’rni  bilan
belgilanadi.
Moliya  lotincha so’zdan  olingan  bo’lib,  pul  to’lovlari degan  ma’noni
anglatadi. Lekin moliyani pul to’lovlari deb tushuntirishning o’zi yetarli emas.
Logotip
1. Moliya tushunchasi, funktsiyalari va mohiyati Davlat va huquq nazariyasi fanidan ma’lumki, har bir huquq sohasi ma’lum bir maqsad va vazifalarga yo’naltirilgan bo’ladi. Moliya huquqining oldiga qo’yilgan asosiy vazifa jamiyatda kelib chiqadigan o’ziga xos munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Moliya huquqi o’z ta’siri ostiga ma’lum bir ijtimoiy munosabatlar doirasini qamrab oladi. Davlat o’z oldida turgan vazifalarni bajarishda «moliya» deb ataluvchi iqtisodiy richagni qo’llaydi va shu bilan bog’liq holda moliyaviy faoliyatni amalga oshiradi. Mana shu sababli moliya huquqi to’g’risida so’z yuritishdan avval «moliya» va «davlatning moliyaviy faoliyati» degan tushunchalarni bilib olish lozim. Har bir davlat o’zining mustaqil moliyasiga ega bo’lmog’i lozim. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng nafaqat siyosiy mustaqillikka, balki shu jumladan iqtisodiy mustaqillikka, ya’ni O’zbekiston Respublikasi o’zining moliyasiga va o’zining milliy daromadiga ega bo’ldi. O’zbekiston Respublikasining moliyasi mamlakatimiz iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas qismi bo’lib, uning tarkibiy elementi hisoblanadi. Iqtisodiyotning rivojlanishi- uning moliyasini yuksalish yo’nalishlarini belgilab beradi va mustahkamlab borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyotimizning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatgichlardan biri - bu milliy daromaddir. Milliy daromadning o’sishiga mamlakat sanoati, qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlarning uzluksiz rivojlanishi sabab bo’ladi. Moliyani mustahkamlash murakkab vazifalardan biri bo’lib, bu vazifani bajarmasdan turib mamlakatimizni himoya qilish, madaniy va xo’jalik rivojlanishini ta’minlash va bozor iqtisodiyoti sharoitiga qadam qo’yish mumkin emas. Moliya-pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlarda tutgan o’rni bilan belgilanadi. Moliya lotincha so’zdan olingan bo’lib, pul to’lovlari degan ma’noni anglatadi. Lekin moliyani pul to’lovlari deb tushuntirishning o’zi yetarli emas.
Chunki  bu  to’lovlar  bir  tomondan,  byudjetga  soliqlar,  yig’imlar  va  boshqa
majburiy to’lovlar o’tkazishni; ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti va boshqa
jamg’armalar hisobidan mablag’lar berishni; banklar orqali pul to’lovlari (hisob-
kitoblar)ni  amalga  oshirish  singari  pul  harakatini  ifoda  qiladi  hamda  bu
harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi.
Moliya  tushunchasi  juda  keng  tushuncha  bo’lib,  o’z  mohiyatiga  ko’ra,
iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday kategoriyalarga «pul»,
«foyda», «tannarx» kabi boshqa iqtisodiy tushunchalar ham kiradi. Bularning har
biri kategoriyaning mohiyatini va jamiyat rivojlanishidagi rolini belgilovchi o’z
vazifalarini bajaradi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodning rolini, shuningdek
moliyani, ijtimoiy ishlab chiqarishni kuchaytirishni talab qiladi. 
Moliya tushunchasini iqtisodiy va moddiy nuqtai nazardan ko’rib chiqish
mumkin.  Iqtisodiy ma’noda  moliya  - bu turli bo’g’indagi sub’yektlarning
markazlashgan va markazlashmagan jamg’armalari pul mablag’larini tashkil etish,
taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlardir. 
Moddiy ma’noda esa, moliya - bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning pul mablag’lari bo’lib, jamiyat va ishlab
chiqarishni rivojlantirish ehtiyojlarini moddiy ta’minlash uchun foydalaniladi.
Moliyaning  mavjud  bo’lishi  tovar-pul  munosabatlari  bilan  bog’liqdir.  Bu
munosabatlarning  rivojlanishi  mehnatning  taqsimlanishiga,  turli  mulk
shakllarining mavjudligi va ular xo’jalik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklga
asoslanganligiga,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarga  bog’liqligiga  asoslanadi.  Milliy
daromadning  taqsimlanishi  -  pul  shaklida  namoyon  bo’ladi.  O’zbekiston
Respublikasi  Konstitutsiyasi  va  joriy  qonunlarida  turli  mulk  shakllarining
mustahkamlangan-ligi,  barcha  mulk  shakllarining  davlat  tomonidan  bir  xilda
himoyalanishi va bozor mexanizmining rivojlanishi davlatdagi tovar-pul muno-
sabatlarining chuqurlashuvi va kengayishining istiqbolini belgilaydi.
Shuni  alohida  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  moliya  pul  munosabatlarining
hammasini ham qamrab olmaydi. Moliyaga  faqatgina pul jamg’armalarini tashkil
Logotip
Chunki bu to’lovlar bir tomondan, byudjetga soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar o’tkazishni; ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti va boshqa jamg’armalar hisobidan mablag’lar berishni; banklar orqali pul to’lovlari (hisob- kitoblar)ni amalga oshirish singari pul harakatini ifoda qiladi hamda bu harakatlarda ijtimoiy munosabatlar aks etadi. Moliya tushunchasi juda keng tushuncha bo’lib, o’z mohiyatiga ko’ra, iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday kategoriyalarga «pul», «foyda», «tannarx» kabi boshqa iqtisodiy tushunchalar ham kiradi. Bularning har biri kategoriyaning mohiyatini va jamiyat rivojlanishidagi rolini belgilovchi o’z vazifalarini bajaradi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodning rolini, shuningdek moliyani, ijtimoiy ishlab chiqarishni kuchaytirishni talab qiladi. Moliya tushunchasini iqtisodiy va moddiy nuqtai nazardan ko’rib chiqish mumkin. Iqtisodiy ma’noda moliya - bu turli bo’g’indagi sub’yektlarning markazlashgan va markazlashmagan jamg’armalari pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlardir. Moddiy ma’noda esa, moliya - bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning pul mablag’lari bo’lib, jamiyat va ishlab chiqarishni rivojlantirish ehtiyojlarini moddiy ta’minlash uchun foydalaniladi. Moliyaning mavjud bo’lishi tovar-pul munosabatlari bilan bog’liqdir. Bu munosabatlarning rivojlanishi mehnatning taqsimlanishiga, turli mulk shakllarining mavjudligi va ular xo’jalik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shaklga asoslanganligiga, tashqi iqtisodiy aloqalarga bog’liqligiga asoslanadi. Milliy daromadning taqsimlanishi - pul shaklida namoyon bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va joriy qonunlarida turli mulk shakllarining mustahkamlangan-ligi, barcha mulk shakllarining davlat tomonidan bir xilda himoyalanishi va bozor mexanizmining rivojlanishi davlatdagi tovar-pul muno- sabatlarining chuqurlashuvi va kengayishining istiqbolini belgilaydi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish lozimki, moliya pul munosabatlarining hammasini ham qamrab olmaydi. Moliyaga faqatgina pul jamg’armalarini tashkil
etish,  undan  foydalanish  va  uni  taqsimlash  bilan  bog’liq  bo’lgan  ijtimoiy
munosabatlar kiradi.
Milliy  daromadni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  jarayonida,  moliya
yordamida,  jamiyat  rivojlanishini,  ishlab  chiqarishning  kengayishini,  ekologik
xavfsizlikni,  mamlakatning  mudofaasi  va  xavfsizligini  ta’minlovchi  pul
jamg’armalari tashkil qilinadi va ulardan foydalaniladi.
Moliya - bu pul jamg’armalarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo’lib,
mamlakat iqtisodini tartibga soluvchi asosiy richagdir. 
2. Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish
usullari
Moliya  huquqi  mustaqil  huquq  tarmog’i  va  O’zbekiston  Respublikasi
qonunchiligining  tegishli  sohasi  sifatida  keng  rivojlanib  bormoqda.  Buning
natijasida moliyaviy-huquqiy tartibga solishning predmeti aniqlanmoqda, uning
ichki tuzilishi va institutlari yangilanib bormoqda.
Huquq tizimining tarmoqlari bir - biridan, birinchi navbatda huquqiy tartibga
solish predmetiga qarab farqlanadi. Shuning uchun «moliya huquqi»ga tushuncha
berishdan oldin, uning  predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash
lozim. 
Davlat tomonidan moliyaviy faoliyatning olib borilishi unda ishtirok etuvchi
sub’yektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solishni talab
etadi.  Moliya huquqining vazifasi  aynan mana shundan iboratdir. Moliya
huquqi  me’yorlari  yordamida  davlat  tomonidan  moliyaviy  tizimni  harakatga
keltiriladi va undan foydalaniladi. 
 Moliya sohasi turli huquq sohalari me’yorlari bilan tartibga solinadi. Moliya
sohasi  moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, moliyaviy tizimning turli
pog’onalarida  uning  me’yorlari  turlicha  qo’llaniladi.  Bu  holat  shu  bilan
izohlanadiki,  moliya  huquqi  predmetini  -  davlat  va  ma’muriy-hududiy  tu-
Logotip
etish, undan foydalanish va uni taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlar kiradi. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida, moliya yordamida, jamiyat rivojlanishini, ishlab chiqarishning kengayishini, ekologik xavfsizlikni, mamlakatning mudofaasi va xavfsizligini ta’minlovchi pul jamg’armalari tashkil qilinadi va ulardan foydalaniladi. Moliya - bu pul jamg’armalarini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlar bo’lib, mamlakat iqtisodini tartibga soluvchi asosiy richagdir. 2. Davlatning moliyaviy faoliyati: tushunchasi va uni amalga oshirish usullari Moliya huquqi mustaqil huquq tarmog’i va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligining tegishli sohasi sifatida keng rivojlanib bormoqda. Buning natijasida moliyaviy-huquqiy tartibga solishning predmeti aniqlanmoqda, uning ichki tuzilishi va institutlari yangilanib bormoqda. Huquq tizimining tarmoqlari bir - biridan, birinchi navbatda huquqiy tartibga solish predmetiga qarab farqlanadi. Shuning uchun «moliya huquqi»ga tushuncha berishdan oldin, uning predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarni aniqlash lozim. Davlat tomonidan moliyaviy faoliyatning olib borilishi unda ishtirok etuvchi sub’yektlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini tartibga solishni talab etadi. Moliya huquqining vazifasi aynan mana shundan iboratdir. Moliya huquqi me’yorlari yordamida davlat tomonidan moliyaviy tizimni harakatga keltiriladi va undan foydalaniladi. Moliya sohasi turli huquq sohalari me’yorlari bilan tartibga solinadi. Moliya sohasi moliya huquqini butunlay qamrab olsa ham, moliyaviy tizimning turli pog’onalarida uning me’yorlari turlicha qo’llaniladi. Bu holat shu bilan izohlanadiki, moliya huquqi predmetini - davlat va ma’muriy-hududiy tu-
zilmalarning moliyasi tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa
bo’g’inlari bilan chambarchas bog’liqdir.
Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg’armalariga mablag’larni
yig’ish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar moliya huquqi
me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Shuni  ta’kidlab  o’tish  lozimki,  davlatning  moliyaviy  faoliyati  davomida
moliyaviy munosabatlardan tashqari boshqa ijtimoiy munosabatlar ham, masalan,
mehnat, fuqarolik munosabatlari yuzaga keladi va u tegishli huquq sohalari bilan
tartibga solinadi. Moliya huquqi faqat moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi.
Moliyaviy  tizim  tuzilishini  mustahkamlash,  mazkur  sohadagi  vazifalarni
taqsimlash, moliyaviy faoliyat davomida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga
solish moliya huquqining predmetini tashkil etadi.
Moliya huquqi predmetiga kiruvchi munosabatlar o’zining mazmuniga ko’ra
turli tumanligi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimlashning
barcha tuzilmalarini qamrab oladi. Bundan tashqari moliyaviy munosabatlar unda
ishtirok  etuvchi  tomonlarning  ko’pligi  bilan  ham  ajralib  turadi.  Moliyaviy
munosabatlarning mazmuni davlat va mahalliy pul jamg’armalarini tashkil etish,
taqsimlash  va  undan  foydalanishga  qaratilgandir.  Tabiiyki,  bu  munosabatlar
davlatning bevosita ishtiroki va ta’siri ostida vujudga keladi.
Moliya huquqi me’yorlari yordamida davlat moliyaviy faoliyatining asosiy
tamoyillari  va  shakllari,  davlat  pul  jamg’armalaridagi  mablag’larni  to’plash
usullari, ushbu jamg’armalarni tashkil qiluvchi mablag’lar turlari, ularni undirish
tartibi,  davlat  pul  jamg’armalaridan  foydalanish  hamda  korxona,  tashkilot  va
muassasalar pul mablag’larining tashkil topish manbalari tartibga solinadi. Moliya
huquqi  ushbu  munosabatlarni  tartibga  solib,  davlat  organlari,  korxonalar,
tashkilotlar va fuqarolarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi.
Shunday qilib, moliya huquqi predmeti- bu davlat tomonidan o’z oldida
turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, markazlashgan va markazlashmagan
pul  jamg’armalarini  tashkil  qilinishi,  taqsimlanishi  va  undan  foydalanilishi
jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir.
Logotip
zilmalarning moliyasi tashkil etadi. Moliya huquqi moliyaviy tizimning boshqa bo’g’inlari bilan chambarchas bog’liqdir. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari pul jamg’armalariga mablag’larni yig’ish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, davlatning moliyaviy faoliyati davomida moliyaviy munosabatlardan tashqari boshqa ijtimoiy munosabatlar ham, masalan, mehnat, fuqarolik munosabatlari yuzaga keladi va u tegishli huquq sohalari bilan tartibga solinadi. Moliya huquqi faqat moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi. Moliyaviy tizim tuzilishini mustahkamlash, mazkur sohadagi vazifalarni taqsimlash, moliyaviy faoliyat davomida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solish moliya huquqining predmetini tashkil etadi. Moliya huquqi predmetiga kiruvchi munosabatlar o’zining mazmuniga ko’ra turli tumanligi bilan ajralib turadi. U ijtimoiy ishlab chiqarish va taqsimlashning barcha tuzilmalarini qamrab oladi. Bundan tashqari moliyaviy munosabatlar unda ishtirok etuvchi tomonlarning ko’pligi bilan ham ajralib turadi. Moliyaviy munosabatlarning mazmuni davlat va mahalliy pul jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va undan foydalanishga qaratilgandir. Tabiiyki, bu munosabatlar davlatning bevosita ishtiroki va ta’siri ostida vujudga keladi. Moliya huquqi me’yorlari yordamida davlat moliyaviy faoliyatining asosiy tamoyillari va shakllari, davlat pul jamg’armalaridagi mablag’larni to’plash usullari, ushbu jamg’armalarni tashkil qiluvchi mablag’lar turlari, ularni undirish tartibi, davlat pul jamg’armalaridan foydalanish hamda korxona, tashkilot va muassasalar pul mablag’larining tashkil topish manbalari tartibga solinadi. Moliya huquqi ushbu munosabatlarni tartibga solib, davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquq va majburiyatlarini mustahkamlaydi. Shunday qilib, moliya huquqi predmeti- bu davlat tomonidan o’z oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida, markazlashgan va markazlashmagan pul jamg’armalarini tashkil qilinishi, taqsimlanishi va undan foydalanilishi jarayonida yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlardir.
Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning quyidagi
o’ziga xos xususiyatlari mavjud:
bu munosabatlar - mulkiy xususiyatga ega;
bu munosabatlar - davlat va mahalliy moliyaviy mablag’larni tashkil etish,
taqsimlash va foydalanishga  yo’naltirilgan;
bu munosabatlarning  -  majburiy ishtirokchisi bo’lib  davlat va u vakolat
bergan organlar (mansabdor shaxslar) hisoblanadilar.
Moliyaviy faoliyatning funksiyasiga qarab moliya huquqining predmetini
quyidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi:
 davlat va mahalliy pul jamg’armalarida pul mablag’larini to’plash bo’yicha
bo’ladigan munosabatlar;
 davlat va mahalliy pul mablag’larini taqsimlash jarayonidagi munosabatlar;
 davlat va mahalliy mablag’lardan foydalanish jarayonidagi munosabatlar;
 moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar;
 pul emissiyasi sohasidagi munosabatlar va h.k.lar.
Moliyaviy institutlarga xosligiga qarab:
 byudjet sohasidagi munosabatlar;
 davlat  va  mahalliy  byudjetdan  tashqari  jamg’ar-malar  jarayonidagi
munosabatlar;
 davlat  va  mahalliy  daromadlarni  tashkil  etish  bo’yicha  bo’ladigan
munosabatlar;
 davlat  va  mahalliy  xarajatlarni  amalga  oshirish  bo’yicha  bo’ladigan
munosabatlar;
 korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlarning  moliyaviy  faoliyati  jarayonida
yuzaga keladigan munosabatlar;
 soliq sohasidagi munosabatlar;
 kredit sohasidagi munosabatlar;
 sug’urta sohasidagi munosabatlar;
 pul muomilasi va hisob-kitoblar sohasidagi munosabatlar;
 valyutani tartibga solish sohasidagi munosabatlar.  
Logotip
Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy munosabatlarning quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud: bu munosabatlar - mulkiy xususiyatga ega; bu munosabatlar - davlat va mahalliy moliyaviy mablag’larni tashkil etish, taqsimlash va foydalanishga yo’naltirilgan; bu munosabatlarning - majburiy ishtirokchisi bo’lib davlat va u vakolat bergan organlar (mansabdor shaxslar) hisoblanadilar. Moliyaviy faoliyatning funksiyasiga qarab moliya huquqining predmetini quyidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi:  davlat va mahalliy pul jamg’armalarida pul mablag’larini to’plash bo’yicha bo’ladigan munosabatlar;  davlat va mahalliy pul mablag’larini taqsimlash jarayonidagi munosabatlar;  davlat va mahalliy mablag’lardan foydalanish jarayonidagi munosabatlar;  moliyaviy nazoratni amalga oshirish sohasidagi munosabatlar;  pul emissiyasi sohasidagi munosabatlar va h.k.lar. Moliyaviy institutlarga xosligiga qarab:  byudjet sohasidagi munosabatlar;  davlat va mahalliy byudjetdan tashqari jamg’ar-malar jarayonidagi munosabatlar;  davlat va mahalliy daromadlarni tashkil etish bo’yicha bo’ladigan munosabatlar;  davlat va mahalliy xarajatlarni amalga oshirish bo’yicha bo’ladigan munosabatlar;  korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning moliyaviy faoliyati jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar;  soliq sohasidagi munosabatlar;  kredit sohasidagi munosabatlar;  sug’urta sohasidagi munosabatlar;  pul muomilasi va hisob-kitoblar sohasidagi munosabatlar;  valyutani tartibga solish sohasidagi munosabatlar.
Moliyaviy  munosabatlarni  huquqiy  tartibga  solinishi  davlat  organlari
faoliyatini  to’g’ri  tashkil  etilishini,  korxona,  tashkilot,  muassasa  va  fuqarolar
manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi.
O’zbekiston  Respublikasining  bozor  munosabatlariga  o’tishi  moliyaviy-
huquqiy me’yorlarning o’zgarishiga olib keldi. Mazkur me’yorlar barcha mulk
shakllari sub’yektlarining tengligi va ularning davlat oldidagi moliyaviy majburi-
yatlari,  qonuniy  manfaatlarni  himoya  qilish  huquqi,  xo’jalik  yurituvchi
sub’yektlarning mustaqilligi va boshqa tamoyillarga asoslanadi. 
Moliya sohasida davlat organlari vakolatlarini mustahkamlovchi moliyaviy-
huquqiy me’yorlar hokimiyatning bo’linish tamoyiliga asoslanadi.
Moliyaviy faoliyat jarayonida turli xildagi ijtimoiy munosabatlar, masalan,
byudjet daromadlari va xarajatlarini taqsimlashda, byudjetni tayyorlash, tasdiqlash
va  ijro  etishda  davlat  hokimiyati  organlari  bilan  davlat  boshqaruvi  organlari
o’rtasida; byudjetga majburiy to’lovlarni to’lash yoki byudjet mablag’larini olishda
moliya-kredit organlari bilan davlat korxonalari, muassasalari va boshqa jamoat
tashkilotlari o’rtasida yuzaga kelishi mumkin. Bunga o’xshash munosabatlar quyi
turuvchi organlar bilan yuqori turuvchi organlar o’rtasida (masalan, kredit olishda,
mablag’larni qayta taqsimlashda), shuningdek moliya-kredit organlarining ichki
tizimida (masalan, Markaziy bank bilan banklar o’rtasida) yuzaga kelishi mumkin.
Bu munosabatlarning barchasi moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi.
Moliya huquqi me’yorlari davlat tomonidan insonlarning xulqiga (yurish-
turishiga) ta’sir etish vositasi sifatida hamda moliyaviy munosabatlarni tashkil
etishning yagona qoidalarini o’rnatishda foydalaniladi. 
Moliya huquqi turli xildagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, davlat
faoliyatini  pul  mablag’lari  bilan  ta’minlaydi,  mamlakat  mudofaasining
mustahkamlanishida,  xalqaro  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarning  rivojlanishida
katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Demak, moliya huquqi - bu davlat va mahalliy hokimiyat organlarining o’z
oldiga  qo’ygan  vazifalarini  amalga  oshirishlari  uchun  zarur  bo’lgan  pul
jamg’armalarining  (moliya  mablag’larining)  tashkil  topishi,  taqsimlanishi  va
Logotip
Moliyaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solinishi davlat organlari faoliyatini to’g’ri tashkil etilishini, korxona, tashkilot, muassasa va fuqarolar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga o’tishi moliyaviy- huquqiy me’yorlarning o’zgarishiga olib keldi. Mazkur me’yorlar barcha mulk shakllari sub’yektlarining tengligi va ularning davlat oldidagi moliyaviy majburi- yatlari, qonuniy manfaatlarni himoya qilish huquqi, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning mustaqilligi va boshqa tamoyillarga asoslanadi. Moliya sohasida davlat organlari vakolatlarini mustahkamlovchi moliyaviy- huquqiy me’yorlar hokimiyatning bo’linish tamoyiliga asoslanadi. Moliyaviy faoliyat jarayonida turli xildagi ijtimoiy munosabatlar, masalan, byudjet daromadlari va xarajatlarini taqsimlashda, byudjetni tayyorlash, tasdiqlash va ijro etishda davlat hokimiyati organlari bilan davlat boshqaruvi organlari o’rtasida; byudjetga majburiy to’lovlarni to’lash yoki byudjet mablag’larini olishda moliya-kredit organlari bilan davlat korxonalari, muassasalari va boshqa jamoat tashkilotlari o’rtasida yuzaga kelishi mumkin. Bunga o’xshash munosabatlar quyi turuvchi organlar bilan yuqori turuvchi organlar o’rtasida (masalan, kredit olishda, mablag’larni qayta taqsimlashda), shuningdek moliya-kredit organlarining ichki tizimida (masalan, Markaziy bank bilan banklar o’rtasida) yuzaga kelishi mumkin. Bu munosabatlarning barchasi moliya huquqi me’yorlari bilan tartibga solinadi. Moliya huquqi me’yorlari davlat tomonidan insonlarning xulqiga (yurish- turishiga) ta’sir etish vositasi sifatida hamda moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning yagona qoidalarini o’rnatishda foydalaniladi. Moliya huquqi turli xildagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, davlat faoliyatini pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, mamlakat mudofaasining mustahkamlanishida, xalqaro iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’ladi. Demak, moliya huquqi - bu davlat va mahalliy hokimiyat organlarining o’z oldiga qo’ygan vazifalarini amalga oshirishlari uchun zarur bo’lgan pul jamg’armalarining (moliya mablag’larining) tashkil topishi, taqsimlanishi va
foydalanilishi  jarayonida  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga
soluvchi me’yorlar yig’indisidan iboratdir.
Huquq tarmog’ining mustaqilligini anglatuvchi yana bir element - bu uning
tartibga  solish  usulining  mavjudligidir.  Moliya  huquqining  tartibga  soluvchi
usullarini umumiy va maxsus usullarga tasniflash mumkin.  Umumiy usullar -
davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar moliyaviy faoliyatining barcha jabhalarida
tatbiq etilishi mumkin bo’lsa, maxsus usullar - moliyaviy faoliyatning ma’lum bir
funksiyalarini amalga oshirish jarayonida qo’llaniladi.
Shunday  qilib,  mustaqil  predmetga  hamda  tartibga  solish  usullariga  ega
bo’lgan moliya huquqini - huquq tizimining mustaqil sohasi sifatida ko’rsatishimiz
mumkin.
O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari asosida
moliya qonunchiligi rivojlanib, takomillashib bormoqda
Moliyaning mazmunini pulning yoki pul mablag’lari jamg’armalarining o’zi
emas, balki pul jamg’armalari va pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va
foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy (pul) munosabatlar tashkil etadi.
Moliya tizimida markaziy o’rinni ommaviy moliya (davlat va ma’muriy-
hududiy tuzilmalarning moliyasi) egallaydi. Davlat moliyasi - bu davlat oldida
turgan  vazifa  va  funksiyalarni  bajarilishini  moddiy  ta’minlash  maqsadida  pul
mablag’lari  jamg’armalarini  to’plash,  taqsimlash  va  foydalanish  bo’yicha
bo’ladigan pul munosabatlari tizimidir. Ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyasi
esa bu ma’muriy-hududiy tuzilmalarning o’z oldida turgan vazifa va funksiyalarni
bajarish  maqsadida  markazlashgan  va  markazlashmagan  pul  mablag’lari
jamg’armalarini  tashkil  etish,  taqsimlash  bilan  bog’liq  bo’lgan  iqtisodiy
munosabatlardir.
O’zbek  davlatchiligi  rivojlanishining  hozirgi  sharoiti  ishlab  chiqarish
jarayonining markazlashgan holda tartibga solinishi, qayta taqsimlash munosa-
batlarining  kengayishi  bilan  tavsiflanadi.  Davlat  miqyosidagi  pul  mablag’lari
nafaqat byudjet tizimida, balki byudjetdan tashqari jamg’armalarda, sug’urta va
kredit sohalarida ham to’planadi. Barcha mulk shaklidagi korxonalar, muassasalar
Logotip
foydalanilishi jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar yig’indisidan iboratdir. Huquq tarmog’ining mustaqilligini anglatuvchi yana bir element - bu uning tartibga solish usulining mavjudligidir. Moliya huquqining tartibga soluvchi usullarini umumiy va maxsus usullarga tasniflash mumkin. Umumiy usullar - davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalar moliyaviy faoliyatining barcha jabhalarida tatbiq etilishi mumkin bo’lsa, maxsus usullar - moliyaviy faoliyatning ma’lum bir funksiyalarini amalga oshirish jarayonida qo’llaniladi. Shunday qilib, mustaqil predmetga hamda tartibga solish usullariga ega bo’lgan moliya huquqini - huquq tizimining mustaqil sohasi sifatida ko’rsatishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari asosida moliya qonunchiligi rivojlanib, takomillashib bormoqda Moliyaning mazmunini pulning yoki pul mablag’lari jamg’armalarining o’zi emas, balki pul jamg’armalari va pul mablag’larini tashkil etish, taqsimlash va foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy (pul) munosabatlar tashkil etadi. Moliya tizimida markaziy o’rinni ommaviy moliya (davlat va ma’muriy- hududiy tuzilmalarning moliyasi) egallaydi. Davlat moliyasi - bu davlat oldida turgan vazifa va funksiyalarni bajarilishini moddiy ta’minlash maqsadida pul mablag’lari jamg’armalarini to’plash, taqsimlash va foydalanish bo’yicha bo’ladigan pul munosabatlari tizimidir. Ma’muriy-hududiy tuzilmalarning moliyasi esa bu ma’muriy-hududiy tuzilmalarning o’z oldida turgan vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida markazlashgan va markazlashmagan pul mablag’lari jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlardir. O’zbek davlatchiligi rivojlanishining hozirgi sharoiti ishlab chiqarish jarayonining markazlashgan holda tartibga solinishi, qayta taqsimlash munosa- batlarining kengayishi bilan tavsiflanadi. Davlat miqyosidagi pul mablag’lari nafaqat byudjet tizimida, balki byudjetdan tashqari jamg’armalarda, sug’urta va kredit sohalarida ham to’planadi. Barcha mulk shaklidagi korxonalar, muassasalar
va tashkilotlarning moliyasi ma’lum bir ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, ular
yordamida  davlat  pul  mablag’lari  asosiy  massasining  muomilasi  amalga
oshiriladi… 
Shunday qilib, moliya ikki yo’nalish bo’yicha funksiyalanadi:
1)  davlat  va  ma’muriy-hududiy  tuzilmalarning  markazlashgan  pul
jamg’armalarini to’plash, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy
pul munosabatlari;
2)  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlarning  markazlashmagan  pul
jamg’armalari muomalasiga xizmat qiluvchi iqtisodiy munosabatlar.
Yuqoridagilarga  asoslanib,  O’zbekiston  Respublikasining  moliyasi  -  bu
O’zbekiston Respublikasining pul jamg’armalarini (byudjet, byudjetdan tashqari
va boshqa  jamg’armalarni) tashkil qilish, uni bo’lib chiqish va undan foydalanish
hamda aholining ijtimoiy-madaniy talabini qondirishdagi, respublika iqtisodiyoti,
ijtimoiy-madaniy  va  ma’muriy-siyosiy  rivojlanishini  ta’minlovchi  moliyaviy
(iqtisodiy) munosabatlar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida moliya bir qancha bo’g’inlardan iborat bo’lib,
yagona moliya tizimini tashkil qiladi.
Moliya tizimiga o’zaro bog’liq bo’lgan bo’g’inlar (institutlar) kiradi. Bu holat
shu bilan ifodalanadiki, u o’z ta’siri bilan davlatning butun iqtisodini qamrab oladi.
Moliya tarkibiga kiruvchi bo’g’inlar yig’indisi o’zaro aloqadorlikda-davlatning
moliyaviy tizimini tashkil qiladi. 
Mamlakatning  moliya  tizimi  -  bu  davlat,  ma’muriy-hududiy  tuzilmalar,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xalq xo’jaligi sohalarining pul mablag’lari
jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning shakl va usullarining
tizimidir.
Hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda, davlatning moliyaviy
tizimida bir qancha ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu holat moliyaviy tizimga
ta’sir  qilishi  bilan  bir  vaqtda,  unga  kiruvchi  bo’g’inlarning mazmunini, ichki
tuzilishini va ularning o’zaro aloqalarini ham o’zgartirdi. Masalan, moliya tizimida
yangi bo’g’inlar (institutlar) paydo bo’ldi.
Logotip
va tashkilotlarning moliyasi ma’lum bir ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, ular yordamida davlat pul mablag’lari asosiy massasining muomilasi amalga oshiriladi… Shunday qilib, moliya ikki yo’nalish bo’yicha funksiyalanadi: 1) davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning markazlashgan pul jamg’armalarini to’plash, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy pul munosabatlari; 2) korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning markazlashmagan pul jamg’armalari muomalasiga xizmat qiluvchi iqtisodiy munosabatlar. Yuqoridagilarga asoslanib, O’zbekiston Respublikasining moliyasi - bu O’zbekiston Respublikasining pul jamg’armalarini (byudjet, byudjetdan tashqari va boshqa jamg’armalarni) tashkil qilish, uni bo’lib chiqish va undan foydalanish hamda aholining ijtimoiy-madaniy talabini qondirishdagi, respublika iqtisodiyoti, ijtimoiy-madaniy va ma’muriy-siyosiy rivojlanishini ta’minlovchi moliyaviy (iqtisodiy) munosabatlar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida moliya bir qancha bo’g’inlardan iborat bo’lib, yagona moliya tizimini tashkil qiladi. Moliya tizimiga o’zaro bog’liq bo’lgan bo’g’inlar (institutlar) kiradi. Bu holat shu bilan ifodalanadiki, u o’z ta’siri bilan davlatning butun iqtisodini qamrab oladi. Moliya tarkibiga kiruvchi bo’g’inlar yig’indisi o’zaro aloqadorlikda-davlatning moliyaviy tizimini tashkil qiladi. Mamlakatning moliya tizimi - bu davlat, ma’muriy-hududiy tuzilmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xalq xo’jaligi sohalarining pul mablag’lari jamg’armalarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning shakl va usullarining tizimidir. Hozirgi vaqtda yangi iqtisodiy va siyosiy sharoitlarda, davlatning moliyaviy tizimida bir qancha ijobiy o’zgarishlar sodir bo’ldi va bu holat moliyaviy tizimga ta’sir qilishi bilan bir vaqtda, unga kiruvchi bo’g’inlarning mazmunini, ichki tuzilishini va ularning o’zaro aloqalarini ham o’zgartirdi. Masalan, moliya tizimida yangi bo’g’inlar (institutlar) paydo bo’ldi.
O’zbekiston  Respublikasining  moliyaviy  tizimini  quyidagi  bo’g’inlar
(institutlar) tashkil qiladi:
O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi 
Moliya tizimida davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalari pul jamg’armalarini
bevosita tashkil qiluvchi byudjet tizimi markaziy o’rinni egallaydi. Bunday pul
jamg’armalari davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashda, umumdavlat yoki
hududiy tuzilmalarning ijtimoiy-iqtisodiy rejalarini amalga oshirishda muhimdir.
Bir vaqtning o’zida u sub’yektlar mustaqilligining moliyaviy bazasi bo’lib ham
xizmat  qiladi,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlarini  rivojlantiradi.
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  122-moddasiga  binoan  davlat
byudjeti tizimiga: respublika byudjeti; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti;
mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjetlari kiradi. 
Respublika  byudjeti  va mahalliy  byudjetlar  jismoniy  va yuridik shaxslar
tomonidan to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan tashkil
topadi. 
O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti - bu iqtisodiy munosabatlar tizimi
bo’lib,  uning  yordamida  markazlashgan  pul  mablag’lari  jamg’armalari  tashkil
etiladi.  Davlat  byudjeti  yordamida  har  yili  mamlakat  milliy  daromadining
yarmidan ko’pi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. 
Byudjetlar asosan majburiy to’lovlar asosida tashkil etiladi. Pul jamg’armalari
byudjet moliyalashtirishi usuli yordamida, ya’ni qaytarib bermaslik sharti bilan pul
mablag’larini ajratish yordamida taqsimlanadi.
Byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar
Byudjetdan  tashqari  ijtimoiy  jamg’armalar-moliyaviy  tizimning  yangi
bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday jamg’armalar jumlasiga: Respublika
yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tad-
birkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i; ish bilan
ta’minlashga  ko’maklashuvchi  davlat  jamg’armasi  hamda  O’zbekiston
Logotip
O’zbekiston Respublikasining moliyaviy tizimini quyidagi bo’g’inlar (institutlar) tashkil qiladi: O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimi Moliya tizimida davlat va ma’muriy-hududiy tuzilmalari pul jamg’armalarini bevosita tashkil qiluvchi byudjet tizimi markaziy o’rinni egallaydi. Bunday pul jamg’armalari davlat mudofaasi va xavfsizligini ta’minlashda, umumdavlat yoki hududiy tuzilmalarning ijtimoiy-iqtisodiy rejalarini amalga oshirishda muhimdir. Bir vaqtning o’zida u sub’yektlar mustaqilligining moliyaviy bazasi bo’lib ham xizmat qiladi, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini rivojlantiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga binoan davlat byudjeti tizimiga: respublika byudjeti; Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti; mahalliy (viloyat, tuman, shahar) byudjetlari kiradi. Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan tashkil topadi. O’zbekiston Respublikasida davlat byudjeti - bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo’lib, uning yordamida markazlashgan pul mablag’lari jamg’armalari tashkil etiladi. Davlat byudjeti yordamida har yili mamlakat milliy daromadining yarmidan ko’pi taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Byudjetlar asosan majburiy to’lovlar asosida tashkil etiladi. Pul jamg’armalari byudjet moliyalashtirishi usuli yordamida, ya’ni qaytarib bermaslik sharti bilan pul mablag’larini ajratish yordamida taqsimlanadi. Byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar Byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar-moliyaviy tizimning yangi bo’g’inlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bunday jamg’armalar jumlasiga: Respublika yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tad- birkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i; ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat jamg’armasi hamda O’zbekiston
Respublikasi Pensiya jamg’armasi kiradi. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet
tizimi  to’g’risida»gi  qonunga  binoan  davlat  maqsadli  jamg’armalari  -  Davlat
byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg’armalar bo’lib, ularning har biri uchun
mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushishi normalari va shartlari,
shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun
hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu jamg’armalar yuridik va jismoniy shaxslardan
olinadigan majburiy to’lovlar va ajratmalardan tashkil topadi. Shu bilan birga,
byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  ixtiyoriy  a’zolik  to’lovlaridan  ham  tashkil
topadi. Bu jamg’armalarni tashkil qilishdan asosiy maqsad - davlat moliyaviy
mablag’larining  kengayishini  va  ulardan  maqsadga  muvofiq  foydalanishni
ta’minlashdir.
Byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  davlatning  markazlashgan  pul
jamg’armasi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunining 20-
moddasiga  binoan  Davlat  maqsadli  jamg’armalarini  tuzish,  jamg’arma
mablag’larini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  tartibi  O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Masalan, O’zbekiston
Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2000 yil  23 dekabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan
«Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va sarflash
tartibi to’g’risida»gi  Nizom1 asosida tashkil qilinadi. Nizomga ko’ra O’zbekiston
Respublikasi  Byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi  pensiya  ta’minoti
tizimidagi  boshqaruv  tuzilmasini  takomillashtirish,  davlat  ijtimoiy  sug’urtasi
bo’yicha  majburiy  badallar,  ajratmalar  va  to’lovlarning  to’liq  yig’ilishini
ta’minlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora-
tadbirlarini  o’z  vaqtida  mablag’  bilan  ta’minlash  maqsadida  tashkil  etilgan.
Pensiya jamg’armasi daromadlari jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va
ixtiyoriy  badallari  asosida  shakllanadi.  Pensiya  jamg’armasi  mablag’laridan
maqsadga  muvofiq  foydalanilishini  nazorat  qilish  O’zbekiston  Respublikasi
Moliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Logotip
Respublikasi Pensiya jamg’armasi kiradi. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunga binoan davlat maqsadli jamg’armalari - Davlat byudjeti tarkibida jamlantiriladigan jamg’armalar bo’lib, ularning har biri uchun mablag’lar manbalari, har bir manbadan mablag’ tushishi normalari va shartlari, shuningdek shu mablag’lardan foydalanilishi mumkin bo’lgan maqsadlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ushbu jamg’armalar yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan majburiy to’lovlar va ajratmalardan tashkil topadi. Shu bilan birga, byudjetdan tashqari jamg’armalar ixtiyoriy a’zolik to’lovlaridan ham tashkil topadi. Bu jamg’armalarni tashkil qilishdan asosiy maqsad - davlat moliyaviy mablag’larining kengayishini va ulardan maqsadga muvofiq foydalanishni ta’minlashdir. Byudjetdan tashqari jamg’armalar davlatning markazlashgan pul jamg’armasi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to’g’risida»gi qonunining 20- moddasiga binoan Davlat maqsadli jamg’armalarini tuzish, jamg’arma mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 23 dekabrdagi 498-son qarori bilan tasdiqlangan «Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va sarflash tartibi to’g’risida»gi Nizom1 asosida tashkil qilinadi. Nizomga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha majburiy badallar, ajratmalar va to’lovlarning to’liq yig’ilishini ta’minlash, aholini davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya qilish chora- tadbirlarini o’z vaqtida mablag’ bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Pensiya jamg’armasi daromadlari jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari asosida shakllanadi. Pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadga muvofiq foydalanilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sug’urta-jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallaridan
tashkil  topgan  sug’urta  jamg’armalaridan  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  yet-
kazilgan zararlarni to’liq yoki qisman qoplash maqsadida foydalaniladi. Sug’urta
jamg’armalari daromadlarining tashkil topish manbasi bo’lib, yuridik va jismoniy
shaxslarning  to’lovlari,  shuningdek  nazarda  tutilgan  hollarda  esa,  davlat
byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisoblanadi. Sug’urta jamg’armalarini tashkil
etishdan  asosiy  maqsad-tabiiy  ofatlar  yoki  boshqa  favqulodda  holatlar  yuz
berganda, yetkazilgan zararni qoplashdan iboratdir. 
O’zbekiston  Respublikasining  «Sug’urta  faoliyati  to’g’risida»gi  qonuniga
binoan  sug’urta  deganda  yuridik  yoki  jismoniy  shaxslar  to’laydigan  sug’urta
mukofotlaridan  shakllantiri-ladigan  pul  fondlari  hisobidan  muayyan  voqea
(sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq
sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya
qilish tushuniladi.  
Amaldagi qonunchilikka ko’ra sug’urta hayotni sug’urta qilish va umumiy
sug’urta sohalariga bo’linishi mumkin.
Kredit-bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni va boshqa mablag’larni
ma’lum bir muddatga va haq evaziga qaytarib berish  sharti bilan qarzga berishdir.
Kredit  munosabatlari  ikki  sub’yekt  o’rtasida:  qarz  beruvchi  va  qarz  oluvchi
o’rtasida  yuzaga  keladi.  Kredit:  birinchidan,  pulga  tenglashtirilgan  to’lov
mablag’larini (masalan, veksel, chek, sertifikat) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik
muomilasiga  jalb  qiladi;  ikkinchidan,  u  vaqtincha  bo’sh  turgan  mablag’larni
harakatdagi kapitalga aylantiradi; uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag’larini
turli  tarmoqlar  o’rtasida  qayta taqsimlash  bilan ishlab chiqarish resurslarining
ko’chib  turishini  ta’minlaydi;  to’rtinchidan,  qarz  berish,  qarzni  undirish
mablag’lari  orqali  iqtisodiy  o’sishni  rag’batlantiradi. Kredit  munosabatlari  pul
egasi bilan qarz oluvchi o’rtasida bevosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin. Shunga
qarab kreditning:  tijorat,  bank,  iste’molchi, davlat  va  xalqaro  kredit  shakllari
mavjud.
 Korxona, muassasa va tashkilotlarning moliyasi
Logotip
Sug’urta-jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallaridan tashkil topgan sug’urta jamg’armalaridan yuridik va jismoniy shaxslarga yet- kazilgan zararlarni to’liq yoki qisman qoplash maqsadida foydalaniladi. Sug’urta jamg’armalari daromadlarining tashkil topish manbasi bo’lib, yuridik va jismoniy shaxslarning to’lovlari, shuningdek nazarda tutilgan hollarda esa, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisoblanadi. Sug’urta jamg’armalarini tashkil etishdan asosiy maqsad-tabiiy ofatlar yoki boshqa favqulodda holatlar yuz berganda, yetkazilgan zararni qoplashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi qonuniga binoan sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiri-ladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to’lash yo’li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra sug’urta hayotni sug’urta qilish va umumiy sug’urta sohalariga bo’linishi mumkin. Kredit-bu vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’larni va boshqa mablag’larni ma’lum bir muddatga va haq evaziga qaytarib berish sharti bilan qarzga berishdir. Kredit munosabatlari ikki sub’yekt o’rtasida: qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Kredit: birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov mablag’larini (masalan, veksel, chek, sertifikat) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik muomilasiga jalb qiladi; ikkinchidan, u vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni harakatdagi kapitalga aylantiradi; uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko’chib turishini ta’minlaydi; to’rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish mablag’lari orqali iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Kredit munosabatlari pul egasi bilan qarz oluvchi o’rtasida bevosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin. Shunga qarab kreditning: tijorat, bank, iste’molchi, davlat va xalqaro kredit shakllari mavjud. Korxona, muassasa va tashkilotlarning moliyasi
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda korxonalar
deb ataladi) moliyasi - moliya tizimining boshlang’ich bo’g’inlaridan biri bo’lib,
uning asosini tashkil qiladi. Korxonalar moliyasi - moddiy ishlab chiqarish bilan,
ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tarqatish bilan bevosita bog’liq bo’lib, milliy
daromadni tashkil qiladi hamda bu moliya tizimi yordamida taqsimlanadi va qayta
taqsimlanadi. 
Korxonalarda  hosil  bo’lgan  moliyaviy  mablag’lar  davlat  byudjeti
daromadlarining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi.
Bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi sharoitida horij sarmoyalari
ishtirokida  tashkil  etilgan  qo’shma  korxonalarning  moliyasi  alohida  o’rinni
egallaydi. Bunday korxonalar umumiy egalikda bo’lgan mol-mulkka ega bo’lib,
pul jamg’armalarini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Demak, korxonalarning moliyasi - bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo’lib,
uning  jarayonida  davlatning  markazlashmagan  pul  mablag’lari  jamg’armalari
tashkil etiladi va foydalaniladi. Bu pul mablag’lari jamg’armalari korxonalarning
kundalik boshqaruvida bo’ladi. 
Korxonalar o’zlarining xarajatlarini o’z daromadlari hisobidan qondiradilar.
Korxonalar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi farqning ma’lum bir qismi,
majburiy to’lovlar sifatida (masalan, soliqlar sifatida) byudjetga o’tkaziladi.
Yuqorida  sanab  o’tilgan  moliya  tizimi  bo’g’inlari,  iqtisodiy  kategoriya
sifatida, umumiy xususiyatlarga ega, lekin ular iqtisodiy-ijtimoiy jarayonga tur-
licha ta’sir qiladi.
Moliyaviy tizimning har bir bo’g’ini jamiyat ehtiyojini qondirishga qaratilgan
pul mablag’larini tashkil etish va undan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi
moliyaviy munosabatlar yig’indisidan iborat.
Pul  jamg’armalari  markazlashgan  va  markazlashmagan  bo’lishi  mumkin.
Markazlashgan  pul  jamg’armalari  -  ma’lum  bir  hududda umumiy ehtiyojlarni
qondirish  uchun  ishlatiladi.  Masalan,  byudjet,  byudjetdan  tashqari  ijtimoiy
jamg’armalar, sug’urta va kredit jamg’armalari markazlashgan pul jamg’armalari
hisoblanadi.  Markazlashmagan  pul  jamg’armalari  korxonalar,  muassasalar  va
Logotip
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda korxonalar deb ataladi) moliyasi - moliya tizimining boshlang’ich bo’g’inlaridan biri bo’lib, uning asosini tashkil qiladi. Korxonalar moliyasi - moddiy ishlab chiqarish bilan, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tarqatish bilan bevosita bog’liq bo’lib, milliy daromadni tashkil qiladi hamda bu moliya tizimi yordamida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi. Korxonalarda hosil bo’lgan moliyaviy mablag’lar davlat byudjeti daromadlarining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi sharoitida horij sarmoyalari ishtirokida tashkil etilgan qo’shma korxonalarning moliyasi alohida o’rinni egallaydi. Bunday korxonalar umumiy egalikda bo’lgan mol-mulkka ega bo’lib, pul jamg’armalarini tashkil etishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Demak, korxonalarning moliyasi - bu iqtisodiy munosabatlar tizimi bo’lib, uning jarayonida davlatning markazlashmagan pul mablag’lari jamg’armalari tashkil etiladi va foydalaniladi. Bu pul mablag’lari jamg’armalari korxonalarning kundalik boshqaruvida bo’ladi. Korxonalar o’zlarining xarajatlarini o’z daromadlari hisobidan qondiradilar. Korxonalar daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi farqning ma’lum bir qismi, majburiy to’lovlar sifatida (masalan, soliqlar sifatida) byudjetga o’tkaziladi. Yuqorida sanab o’tilgan moliya tizimi bo’g’inlari, iqtisodiy kategoriya sifatida, umumiy xususiyatlarga ega, lekin ular iqtisodiy-ijtimoiy jarayonga tur- licha ta’sir qiladi. Moliyaviy tizimning har bir bo’g’ini jamiyat ehtiyojini qondirishga qaratilgan pul mablag’larini tashkil etish va undan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi moliyaviy munosabatlar yig’indisidan iborat. Pul jamg’armalari markazlashgan va markazlashmagan bo’lishi mumkin. Markazlashgan pul jamg’armalari - ma’lum bir hududda umumiy ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi. Masalan, byudjet, byudjetdan tashqari ijtimoiy jamg’armalar, sug’urta va kredit jamg’armalari markazlashgan pul jamg’armalari hisoblanadi. Markazlashmagan pul jamg’armalari korxonalar, muassasalar va
tashkilotlar pul jamg’armalaridan iborat bo’lib, mazkur korxona, muassasa va
tashkilotning ishlab chiqarishiga va ijtimoiy ehtiyojlariga jalb qilinadi.
Hozirgi  vaqtda  moliyaviy  tizimning  rivojlanishi,  ko’p  jihatdan,  xorij
tajribasidan samarali foydalanishga bog’liqdir. Chunki horij davlatlarida turli xil
byudjetdan  tashqari  jamg’armalar  tashkil  qilinishi  yaxshi  yo’lga  qo’yilgan.
Ko’pgina xorij davlatlarida mulkiy va shaxsiy sug’urtada davlat monopoliyasi
mavjud emas. 
3. O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi: mazmuni va tuzilishi
Har qanday huquq sohasining mustaqilligini anglatuvchi xususiyatlardan biri-
bu uning ma’lum bir tizimga ega bo’lishidir. Moliya huquqi boshqa huquq sohalari
singari  o’z  tizimiga  ega.  Moliya  huquqi  tizimi  moliya  huquqi  me’yorlari
yig’indisidan iborat. Moliyaviy-huquqiy me’yorlar o’ziga xosligi va moliyaviy
munosabatlarni  tartibga  solishda  o’zaro  yaqinligiga  qarab,  tartibli  ravishda
guruhlarga, institutlarga, bo’limlarga ajratiladi.
Moliya huquqi ko’pgina turdosh moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi
moliyaviy-huquqiy institutlarni birlashtiradi. Bu institutlarning har biri yagona
sohaviy tartibga solish predmetiga ega.
Moliyaviy-huquqiy  institutlar  moliya  huquqi  sohasidan  tartibga  solish
predmetining hajmiga qarab ajralib turadi. Moliyaviy-huquqiy institut moliyaviy
munosabatlarning ma’lum bir qismini, masalan, soliq huquqi instituti - jismoniy va
yuridik shaxslarning (soliq to’lovchilarning) byudjetga to’laydigan soliq va boshqa
majburiy to’lovlari bo’yicha bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Demak, moliyaviy-huquqiy institutlar mazmuni jihatidan tor va o’zaro yaqin
bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy me’yorlar
yig’indisidan iborat.
Bir necha moliyaviy-huquqiy institutlar birlashib, bo’limlarni tashkil etadi.
Moliya  huquqi  tizimi-bu  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga  soluvchi
moliyaviy-huquqiy me’yorlarning institutlarga, bo’limlarga birlashishi, ularning
o’zaro aloqasidir. 
Moliya huquqi tizimi ikki qismdan iboratdir: umumiy va maxsus. 
Logotip
tashkilotlar pul jamg’armalaridan iborat bo’lib, mazkur korxona, muassasa va tashkilotning ishlab chiqarishiga va ijtimoiy ehtiyojlariga jalb qilinadi. Hozirgi vaqtda moliyaviy tizimning rivojlanishi, ko’p jihatdan, xorij tajribasidan samarali foydalanishga bog’liqdir. Chunki horij davlatlarida turli xil byudjetdan tashqari jamg’armalar tashkil qilinishi yaxshi yo’lga qo’yilgan. Ko’pgina xorij davlatlarida mulkiy va shaxsiy sug’urtada davlat monopoliyasi mavjud emas. 3. O`zbekiston Respublikasi moliya tizimi: mazmuni va tuzilishi Har qanday huquq sohasining mustaqilligini anglatuvchi xususiyatlardan biri- bu uning ma’lum bir tizimga ega bo’lishidir. Moliya huquqi boshqa huquq sohalari singari o’z tizimiga ega. Moliya huquqi tizimi moliya huquqi me’yorlari yig’indisidan iborat. Moliyaviy-huquqiy me’yorlar o’ziga xosligi va moliyaviy munosabatlarni tartibga solishda o’zaro yaqinligiga qarab, tartibli ravishda guruhlarga, institutlarga, bo’limlarga ajratiladi. Moliya huquqi ko’pgina turdosh moliyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy institutlarni birlashtiradi. Bu institutlarning har biri yagona sohaviy tartibga solish predmetiga ega. Moliyaviy-huquqiy institutlar moliya huquqi sohasidan tartibga solish predmetining hajmiga qarab ajralib turadi. Moliyaviy-huquqiy institut moliyaviy munosabatlarning ma’lum bir qismini, masalan, soliq huquqi instituti - jismoniy va yuridik shaxslarning (soliq to’lovchilarning) byudjetga to’laydigan soliq va boshqa majburiy to’lovlari bo’yicha bo’ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Demak, moliyaviy-huquqiy institutlar mazmuni jihatidan tor va o’zaro yaqin bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy me’yorlar yig’indisidan iborat. Bir necha moliyaviy-huquqiy institutlar birlashib, bo’limlarni tashkil etadi. Moliya huquqi tizimi-bu ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy me’yorlarning institutlarga, bo’limlarga birlashishi, ularning o’zaro aloqasidir. Moliya huquqi tizimi ikki qismdan iboratdir: umumiy va maxsus.