MOLIYA TIZIMI. (Moliya tizimining bo‘g‘inlari)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

56,2 KB


MOLIYA TIZIMI. (Moliya tizimining bo‘g‘inlari)
Reja:
1. Moliya tizimi, iqtisodiyotda uning ahamiyati.
2. Moliya tizimining bo‘g‘inlari.
3. Notijorat asosida xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari. 
1-savol  bayoni. Jarayonida  turli  pul  fondlari(dan)  shakllanadigan  va
foydalaniladigan  moliyaviy  munosabatlar  turli  sohalarining  majmuiga  moliya
tizimi  deyiladi.  Unga  boshqacha  ham  ta’rif  berish  mumkin:  davlat  va
korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi
shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi
keng  ma’nodagi  “moliya”  tushunchasining  taraqqiyoti  natijasidir.  Mamlakatda
bozor islohotlarining amalga oshirilishi va  prinsipial  jihatdan butunlay yangi
bo‘lgan  iqtisodiy  va  moliyaviy  siyosatning  hayotga  tatbiq  etilishi  moliya
tizimining  sohalari  va  bo‘g‘inlariga  nisbatan  ob’ektiv  ravishda  yangicha
yondoshuvni taqazo etdi.
Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va
riskni  almashishda  foydalaniladigan  bozorlar  va  boshqa  institutlar  majmuiga
moliyaviy tizim deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin. Moliyaviy tizim moliyaviy
xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari,
xususiy  kompaniyalar  va  hukumat  tashkilotlari  o‘zlari  tomonidan  qabul
qilinayotgan  moliyaviy  qarorlarni  ular  yordamida  amalga  oshiradigan  boshqa
Logotip
MOLIYA TIZIMI. (Moliya tizimining bo‘g‘inlari) Reja: 1. Moliya tizimi, iqtisodiyotda uning ahamiyati. 2. Moliya tizimining bo‘g‘inlari. 3. Notijorat asosida xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari. 1-savol bayoni. Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi. Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi”, - deb ta’rif berish mumkin. Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa
institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish
mumkin (1-rasm).
Logotip
institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin (1-rasm).
1-rasm. Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri
... ни қамраб оладики, улар ёрдамида 
давлат 
ташкилотлари
хусусий 
компаниялар
уй хўжалик-
лари
ўзлари томонидан қабул қилинган молиявий 
қарорларни амалга оширадилар
 (ҳаётга тадбиқ этадилар)
Молиявий тизим
Молиявий хизматлар тақдим этувчи
бошқа 
институтлар
фирма-
лар
воситачи-
лар
бозор-
лар
Logotip
1-rasm. Moliyaviy tizimning eng oddiy tasavvuri ... ни қамраб оладики, улар ёрдамида давлат ташкилотлари хусусий компаниялар уй хўжалик- лари ўзлари томонидан қабул қилинган молиявий қарорларни амалга оширадилар (ҳаётга тадбиқ этадилар) Молиявий тизим Молиявий хизматлар тақдим этувчи бошқа институтлар фирма- лар воситачи- лар бозор- лар
Moliya  tizimida moliya  bozorlarining ahamiyati  katta.  Misol  tariqasida,
Nyu-York  (AQShda),  Osaka  (Yaponiya)da  va  Toshkent  (O‘zbekiston)da
joylashgan  fond  bozorlarini  keltirish  mumkin.  Lekin  har  doim  ham  bunday
bo‘lavermaydi.  Masalan,  aksiyalar,  obligatsiyalar  va  valyutalarning  birjadan
tashqari  bozorlari (over  the  counter  markets)  asosan  butun  dunyo  qimmatli
qog‘ozlari  bilan  savdo  qiluvchilarni  va  ularning  mijozlarini  yagona  tarkibiy
tuzilmaga  birlashtiruvchi  global  kompyuter  va  telekommunikatsiya  tarmoqlari
bilan ifodalangan. 
Asosiy ishi  moliyaviy xizmatlar  taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar
savdosidan iborat bo‘lgan firmalar  moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning
tarkibi,  asosan,  banklar,  investitsion  va  sug‘urta  kompaniyalaridan  iborat.
Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish,
tijorat qarzlari va ipoteka1 kreditlarini berish, sug‘urta shartnomalarining keng
doirasiga hamda o‘zaro jamg‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi.
Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) harakterga ega.
Moliyaviy  bozorlar  va  vositachilar  bir-birlari  bilan  keng  qamrovli  xalqaro
telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va
qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu kunduz amalga
oshirilmoqda. 
Shunday  qilib,  aytaylik,  agar  Germaniyada  joylashgan  yirik  uyushma
(korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u
sarmoyaga  oid  har  qanday  imkoniyatlarni,  jumladan,  aksiyalarni  chiqarish  va
London  yoki  Nyu-York  fond  birjalarida  sotish  yoki  biror-bir  yapon  pensiya
fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda
qarz yevro, shuningdek, yapon iyenasi yoki AQSH dollarida ham taqdim etilishi
mumkin.
1 «Ipoteka» yunoncha «hypotheke» - garov. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq muddatli 
qarz; ushbu qarzlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi garov. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 233.
Logotip
Moliya tizimida moliya bozorlarining ahamiyati katta. Misol tariqasida, Nyu-York (AQShda), Osaka (Yaponiya)da va Toshkent (O‘zbekiston)da joylashgan fond bozorlarini keltirish mumkin. Lekin har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Masalan, aksiyalar, obligatsiyalar va valyutalarning birjadan tashqari bozorlari (over the counter markets) asosan butun dunyo qimmatli qog‘ozlari bilan savdo qiluvchilarni va ularning mijozlarini yagona tarkibiy tuzilmaga birlashtiruvchi global kompyuter va telekommunikatsiya tarmoqlari bilan ifodalangan. Asosiy ishi moliyaviy xizmatlar taqdim etish va moliyaviy mahsulotlar savdosidan iborat bo‘lgan firmalar moliyaviy vositachilar deb ataladi. Ularning tarkibi, asosan, banklar, investitsion va sug‘urta kompaniyalaridan iborat. Moliyaviy vositachilarning moliyaviy xizmatlari qatoriga hisobraqamlarni ochish, tijorat qarzlari va ipoteka1 kreditlarini berish, sug‘urta shartnomalarining keng doirasiga hamda o‘zaro jamg‘armalarda ishtirok etishga yo‘l ochish kiradi. Zamonaviy moliyaviy tizim global (dunyo miqyosidagi) harakterga ega. Moliyaviy bozorlar va vositachilar bir-birlari bilan keng qamrovli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘i orqali o‘zaro bog‘liq bo‘lib, to‘lovlarni o‘tkazish va qimmatli qog‘ozlar savdosi aslida shu tarmoq tufayli kecha-yu kunduz amalga oshirilmoqda. Shunday qilib, aytaylik, agar Germaniyada joylashgan yirik uyushma (korporatsiya) yangi loyihani moliyalashtirishga qaror qilmoqchi bo‘lsa, unda u sarmoyaga oid har qanday imkoniyatlarni, jumladan, aksiyalarni chiqarish va London yoki Nyu-York fond birjalarida sotish yoki biror-bir yapon pensiya fondidan qarz olish va hokazolarni ko‘rib chiqadi. Buning ustiga so‘ngi holatda qarz yevro, shuningdek, yapon iyenasi yoki AQSH dollarida ham taqdim etilishi mumkin. 1 «Ipoteka» yunoncha «hypotheke» - garov. Ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish asosida beriladigan uzoq muddatli qarz; ushbu qarzlarni ta’minlashga xizmat qiluvchi garov. Qarang: o‘sha manba. J. II. – B. 233.
2-savol bayoni. Moliya tizimi  quyidagi ikki sohaga bo‘linadi2:

davlat moliyasi va mahalliy moliya;         Марказлашган молияга 

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi.   Марказлашмаган молия 
O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni
shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha
bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi
bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:

Davlat byudjeti;

maqsadli nobyudjet fondlari;

davlat krediti.  3 таси хам Марказлашмаганга киради. 
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan
iborat:

tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;

moliyaviy vositachilar moliyasi;

notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida  keltirilganlarni  chizmali  ko‘rinishda  quyidagicha  ifodalash
mumkin: 
2 Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliya tizimining sohalari, ko‘pchilik hollarda, ikki xil tarzda  talqin
qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A.,
Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko‘ra moliya tizimi odatda, ikki sohadan,
ya’ni  1) korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo‘lgan.
Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va
boshqalar) fikricha esa, moliya tizimining sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi
moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning har
ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga to‘liq mos kelgan
edi.
Logotip
2-savol bayoni. Moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi2:  davlat moliyasi va mahalliy moliya; Марказлашган молияга  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi. Марказлашмаган молия O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:  Davlat byudjeti;  maqsadli nobyudjet fondlari;  davlat krediti. 3 таси хам Марказлашмаганга киради. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:  tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;  moliyaviy vositachilar moliyasi;  notijorat tashkilotlari moliyasi. Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: 2 Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliya tizimining sohalari, ko‘pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko‘ra moliya tizimi odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo‘lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliya tizimining sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga to‘liq mos kelgan edi.
Молия тизими
Хўжалик юритувчи субъектлар молияси Давлат молияси ва маҳаллий молия
Тижорат корхона-лари ва 
ташкилот-лари молияси
Молиявий воситачилар
 молияси
Нотижорат ташкилотлар
 молияси
Давлат 
бюджети
Давлат
мақсадли 
 фондлари
Давлат 
кредити
2-rasm. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
Logotip
Молия тизими Хўжалик юритувчи субъектлар молияси Давлат молияси ва маҳаллий молия Тижорат корхона-лари ва ташкилот-лари молияси Молиявий воситачилар молияси Нотижорат ташкилотлар молияси Давлат бюджети Давлат мақсадли фондлари Давлат кредити 2-rasm. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
Moliya  tizimining  alohida  sohalar  va  bo‘g‘inlarga  bo‘linishi  YAIMni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va
ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir  sohasi va
bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning
o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi
moddiy  ishlab  chiqarishga,  YAIMni  yaratishga,  uni  korxonalar  o‘rtasida
taqsimlashga  va  YAIM  bir  qismining  byudjet  va  nobyudjet  fondlariga  qayta
taqsimlashga  xizmat  qiladi.  Davlat  byudjeti  orqali  resurslar  davlatning
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va
aholining sotsial guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
3-savol bayoni. Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab
tuzilmadan iborat bo‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning
tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning
boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga
yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda
katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan
notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining
yuqori  sur’atlarda  tez  o‘sib  borayotganligi,  bir  tomondan,  jamiyatni
demokratlashtirish  siyosiy  jarayonlarining  rivojlanishi  va  ikkinchi  tomondan,
bozor iqtisodiyotining sotsial yo‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz
uchun harakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat  tashkilotlari  yuridik  shaxs  bo‘lib,  foyda  olish  ularning  asosiy
maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi.
Ularning  qatoriga  sotsial,   xayr-ehson,  madaniy,  ma’rifiy,  ilmiy,  boshqaruv,
sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va
tashkilotlarning  qonuniy  manfaatlarini  himoya  qilish,   qarama-qarshiliklar  va
ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa
maqsadlarga  erishish  uchun  tashkil  etilgan  tashkilotlar  kiradi.  Notijorat
Logotip
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining sotsial guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. 3-savol bayoni. Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib, aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining sotsial yo‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun harakterlidir) bilan bog‘liq. Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga sotsial, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat
tashkilotlarining oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sektor
o‘zining  ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sektorning bir
guruh  korxonalari,  asosan,  o‘z  a’zolarining  iqtisodiy  manfaatlariga,  ma’lum
toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sektori3,
odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga
olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi4.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat  sektor  faoliyatining masshtablari  bir-
biridan  farq  qiladi.  
 Biroq,  bir  necha  miqdoriy  tavsifnomalarning
(ko‘rsatkichlarning)  tahlili,  yaxlit  olinganda,  bu  sektorning  taraqqiy
topayotganligidan  dalolat  beradi.  Ana  shunga  o‘xshash  tavsifnomalarga
(ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:

notijorat  tashkilotlarining   soni.  Yevropa  mamlakat-larida  har  1000
kishiga 4ta notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi
hisoblanib,  bu  yerda  har  1000  kishiga  21tadan   to‘g‘ri  keluvchi   notijorat
tashkilotlari mavjud. Bu ko‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga tengdir;

notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu
tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi
paytda bu sektorda ishchi kuchining o‘rtacha  3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan
boshlab,  AQShda  –  7%gacha).  Notijorat  tashkilotlarning  faoliyat  ko‘rsatishi
iqtisodiyotning  boshqa  sektorlarida  faol  ravishda  qo‘shimcha  ish  o‘rinlarining
yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib
oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining
faollashuviga olib keladi;
3 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog‘i  har yili xayr-ehson maqsadlariga
qurbonlik qilganlar va ularning bu badallari  o‘rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko‘prog‘ini tashkil etgan.
Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o‘rtacha
xayr-ehson badali uy  xo‘jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-ye,
dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183).
4 AQSH katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining
30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga
3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o‘sha yerda).
Logotip
tashkilotlarining oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sektor o‘zining ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sektorning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sektori3, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi4. Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir- biridan farq qiladi. Biroq, bir necha miqdoriy tavsifnomalarning (ko‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o‘xshash tavsifnomalarga (ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:  notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakat-larida har 1000 kishiga 4ta notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu ko‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga tengdir;  notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o‘rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi; 3 O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog‘i har yili xayr-ehson maqsadlariga qurbonlik qilganlar va ularning bu badallari o‘rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko‘prog‘ini tashkil etgan. Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o‘rtacha xayr-ehson badali uy xo‘jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-ye, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183). 4 AQSH katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30% ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o‘sha yerda).

notijorat  tashkilotlarining  operativ  harajatlari.  Bu  ko‘rsatkich  yalpi
milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vengriyada – 1,2%, AQShda –
6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib,
bu yerda moliyaviy va  inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u
zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:

faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga
yo‘naltirilganligi;

e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida
foydalanish;

bozor  xo‘jaligining  iqtisodiy  samaradorligi  va  faoliyatning  sotsial
samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh
asosiy guruhga ajratish mumkin:

byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);

tijorat faoliyati: 
     - tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; 
      -  aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar
bo‘yicha olinadigan daromadlar;
  - notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami
asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
       -  va boshqalar.

tijorat  tuzilmalari  va  xususiy  shaxslarning  qurbonliklari  (homiylik
yordamlari);

ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida tushib turishi mumkin
bo‘lgan tushilmalar;

qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko‘ngillilarning
mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar,
Logotip
 notijorat tashkilotlarining operativ harajatlari. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga tengdir. Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:  faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo‘naltirilganligi;  e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish;  bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning sotsial samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish. Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh asosiy guruhga ajratish mumkin:  byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);  tijorat faoliyati: - tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; - aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar bo‘yicha olinadigan daromadlar; - notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar; - va boshqalar.  tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning qurbonliklari (homiylik yordamlari);  ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida tushib turishi mumkin bo‘lgan tushilmalar;  qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko‘ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar,