MOLIYA TIZIMI VA UNING BO‘G‘INLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

49,4 KB


MOLIYA TIZIMI VA UNING BO‘G‘INLARI
1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
Jarayonida  turli  pul  fondlari(dan)  shakllanadigan  va  foydalaniladigan  moliyaviy
munosabatlar turli sohalarining majmuiga  moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham
ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. 
“Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti
natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va  prinsipial jihatdan
butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya
tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni
taqazo etdi. 
Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi  quyidagi ikki sohaga bo‘linadi:
-davlat moliyasi va mahalliy moliya;
-xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.
O‘z  navbatida,  moliya  tizimining  har  bir  sohasi  pul  fondlari  va  daromadlarni
shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan
tashkil topadi. 
Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi
mumkin:
-Davlat byudjeti;
-maqsadli maqsadli fondlari;
-davlat krediti.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
Logotip
MOLIYA TIZIMI VA UNING BO‘G‘INLARI 1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari 2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi 1. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi. Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bo‘linadi: -davlat moliyasi va mahalliy moliya; -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi. O‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin: -Davlat byudjeti; -maqsadli maqsadli fondlari; -davlat krediti. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi bo‘g‘inlardan iborat:
-tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
-moliyaviy vositachilar moliyasi;
-notijorat tashkilotlari moliyasi.
Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish,
taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda
iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan
belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini
shakllantirish  va  ulardan  foydalanishning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  shakllari  va  metodlari
tegishlidir. 
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni
korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va maqsadli fondlariga
qayta  taqsimlashga  xizmat  qiladi.  Davlat  byudjeti  orqali  resurslar  davlatning
markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining
ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi.
Yuqorida  keltirilganlarni  chizmali  ko‘rinishda  quyidagicha  ifodalash  mumkin:
Logotip
-tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; -moliyaviy vositachilar moliyasi; -notijorat tashkilotlari moliyasi. Moliya tizimining alohida sohalar va bo‘g‘inlarga bo‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bo‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning o‘ziga xos bo‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar o‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va maqsadli fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
Moliya tizimi
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi
Davlat moliyasi va mahalliy moliya
Tijorat korxonalari va 
tashkilotlari moliyasi
Молиявий воситачилар
 молияси
Notijorat tashkilotlar
 moliyasi
Davlat 
byudjeti
Давлат
мақсадли 
 фондлари
Davlat 
krediti
1-chizma. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari
O‘z navbatida,  Moliya tizimi “Davlat moliyasi  va mahalliy moliya” sohasining
alohida bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-respublika byudjeti;
-Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  byudjeti  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining
respublika byudjetini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va
shaharlar  byudjetlaridan  tarkib  topadi.  Viloyatning  byudjeti  esa  viloyat  byudjetini  va
viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek,
tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi
tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan
tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan
Logotip
Moliya tizimi Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi Davlat moliyasi va mahalliy moliya Tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi Молиявий воситачилар молияси Notijorat tashkilotlar moliyasi Davlat byudjeti Давлат мақсадли фондлари Davlat krediti 1-chizma. Moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlari O‘z navbatida, Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -respublika byudjeti; -Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjetini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. SHuningdek, tumanlarga bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetidan
tashkil topadi.
Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal
etishi kerak:
-daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining darajasini
kamaytirish;
-mamlakat  taraqqiyotining  ustuvor  yo‘nalishlari  bo‘yicha  byudjet  xarajatlarini
restrukturizatsiya qilish;
-byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish;
-byudjet ajratmalaridan samarali foydalanish ustidan  nazoratni kuchaytirish.
Davlat maqsadli oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy
ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining
qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining
zarurligi bilan belgilanadi. 
Birinchi  navbatda,  bu  ijtimoiy  ta’minot,  tekin  sog‘liqni  saqlash,  ishsizlikni
kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga
tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan
o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham
ularni moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini
sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltiril-ganligi belgisi bo‘yicha davlat
maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin:
-ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maqsadli fondlari (maqsadli
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar);
-tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maqsadli fondlari (maqsadli
fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar).
Ayrim holatlarda (hollarda)  hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli
fondlari  (maqsadli  fondlar  yoki  byudjetdan  tashqari  fondlar)  tashkil  qilinishi
(shakllantirilishi) mumkin.
Davlat  maqsadli  fondlari moliya tizimi  “Davlat  moliyasi  va mahalliy moliya”
sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- Respublika yo‘l fondi;
- O‘zbekiston Respublikasi  Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-
Logotip
tashkil topadi. Hozirgi sharoitda Davlat byudjeti o‘z oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak: -daromadlar bazasini (asosini) mustahkamlash asosida byudjet defitining darajasini kamaytirish; -mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha byudjet xarajatlarini restrukturizatsiya qilish; -byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini takomillashtirish; -byudjet ajratmalaridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish. Davlat maqsadli oldindan belgilangan ma’lum muddatlarda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo‘lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga kelishi Davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan qat’iy nazar mablag‘lar maqsadli manbaining zarurligi bilan belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, tekin sog‘liqni saqlash, ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan o‘ziga xos bo‘lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. SHuning uchun ham ularni moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Mablag‘lardan foydalanishning maqsadli yo‘naltiril-ganligi belgisi bo‘yicha davlat maqsadli fondlarini quyidagi ikki guruhga birlashtirish mumkin: -ijtimoiy mo‘ljallangan (yo‘nalishga ega bo‘lgan) davlat maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar); -tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo‘lgan davlat maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar). Ayrim holatlarda (hollarda) hududiy yo‘naltirilgan (mo‘ljallangan) davlat maqsadli fondlari (maqsadli fondlar yoki byudjetdan tashqari fondlar) tashkil qilinishi (shakllantirilishi) mumkin. Davlat maqsadli fondlari moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo‘g‘ini sifatida quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: - Respublika yo‘l fondi; - O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisob varag‘i;
- Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi;
-O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida
davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foydalanishga va turli-
tuman su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun
ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida
ularni  Davlat  byudjetiga  jamlash  (konsolidatsiya  qilish)  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda
jamlangan  (konsolidatsiya  qilingan)  fondlarning  maqsadli  yo‘nalishi  o‘zgartirilmasdan
saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga
xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga
mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha  moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan
belgilanadi. 
Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining
o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi
va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning
faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va
jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroqdir
(tor doiradadir). SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan
moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida)  sharti bilan amalga
oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi  sharoitda davlat kreditining zarurligi  davlat xarajatlarining  davlat o‘z
daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan
bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining
qoplanishini ta’minlaydi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida  pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy
moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda
uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga
qo‘shmog‘i lozim.
Logotip
quvvatlash davlat qo‘mitasining maxsus hisob varag‘i; - Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat fondi; -O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi. Davlat maqsadli fondlarida katta miqdordagi mablag‘larning to‘planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu mablag‘lardan samarasiz foydalanishga va turli- tuman su’istemol qilish holatlarining sodir etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni Davlat byudjetiga jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda jamlangan (konsolidatsiya qilingan) fondlarning maqsadli yo‘nalishi o‘zgartirilmasdan saqlanib qolishi ta’minlanishi lozim. Davlat krediti moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining o‘ziga xos bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning o‘ziga xosligi davlatning markazlashtirilgan fondlariga mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul munosabatlarining o‘ziga xos alohida shaklidan iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag‘larni qarzga oluvchi va shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat kreditida miqdoriy jihatdan mablag‘larni qarz oluvchi sifatida davlatning faoliyati ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo‘lganda, ancha torroqdir (tor doiradadir). SHunday bo‘lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to‘lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat o‘z daromadlari bazasini kengaytirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirilishi moliya tizimining “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” bo‘g‘ini to‘g‘risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o‘z tarkibiga qo‘shmog‘i lozim.
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni
boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham
atash mumkin. Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi
va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta
taqsimlanib,  barcha  darajadagi  byudjetlar  va  maqsadli  fondlarining  daromadlarini
shakllantiradi.  Bir  vaqtning  o‘zida  byudjet  (moliyaviy)  mablag‘lar(i)ning  katta  qismi
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  byudjetdan  moliyalashtirish,  byudjet  ssudalari  va  davlat  kafolatlari
shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi
mumkin.
Yuqorida  qayd  etilganidek,  moliya  tizimining  bu  sohasi  tijorat  korxonalari  va
tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi
kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni
shaklantirish,  mulkka  egalik  qilish,  o‘z  zimmalariga  olgan  majburiyatlarini  bajarish
shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga  egadir. Bir vaqtning o‘zida,
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda
moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi.  Mamlakatning umumiy moliyaviy
ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijorat asosida
amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan
qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy
manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan
olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra
foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy
bozorning resurslaridan - bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va
moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari - foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun
zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar.
Korxonalar  davlatning  mayda  -  chuyda  aralashuvidan  ozod  bo‘lib,  shu  bilan
birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin
oshirilgan.
Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib,
Logotip
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliya tizimining mustaqil sohasidir. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliya tizimining ana shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha darajadagi byudjetlar va maqsadli fondlarining daromadlarini shakllantiradi. Bir vaqtning o‘zida byudjet (moliyaviy) mablag‘lar(i)ning katta qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, moliya tizimining bu sohasi tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo‘g‘inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik qilish, o‘z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog‘liq ravishda o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o‘zida, tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakatning umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliyasining ahvoli bilan belgilanadi. Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘zlarining faoliyatlarini tijorat asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o‘z daromadlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni sotishdan olingan tushumni ularning o‘zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan - bank kreditlari, obligatsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va moliyaviy bozorning boshqa instrumentlari - foydalangan holda investitsiyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni qidirib topadilar. Korxonalar davlatning mayda - chuyda aralashuvidan ozod bo‘lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshirilgan. Bir vaqtning o‘zida mamlakatning xo‘jalik tizimi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib,
aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan
biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning
faoliyati  ijtimoiy  farovonlikka  erishishga  yo‘naltirilgan.  Bularning  tarkibiga  davlat
sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori
sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. 
Hozirgi  sharoitda  notijorat  sektori  tashkilotlarining  yuqori  sur’atlarda  tez  o‘sib
borayotganligi,  bir  tomondan,  jamiyatni  demokratlashtirish  siyosiy  jarayonlarining
rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu
narsa bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas
va  ularda  olingan  foyda  ishtirokchilar  o‘rtasida  taqsimlanmaydi. Ularning  qatoriga
ijtimoiy,  xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish,
jismoniy  tarbiya  va  sportni  rivojlantirish,  fuqarolar  va  tashkilotlarning  qonuniy
manfaatlarini himoya qilish,  qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar
ko‘rsatish  va  shunga  o‘xshash  boshqa  maqsadlarga  erishish  uchun  tashkil  etilgan
tashkilotlar  kiradi.  Notijorat  tashkilotlarining  oldiga  qo‘yilgan  maqsadlar  xilma-xil
bo‘lganligi uchun bu sektor o‘zining  ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. 
Notijorat  sektorning  bir  guruh  korxonalari,  asosan,  o‘z  a’zolarining  iqtisodiy
manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning
bu sektori, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga
olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi.
Turli  mamlakatlar  iqtisodiyotida  tarixiy  an’analar  va  iqtisodiy  taraqqiyot
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq
qiladi.  Biroq,  bir  necha  miqdoriy  tavsifnomalarning  (ko‘rsatkichlarning)  tahlili,  yaxlit
olinganda, bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o‘xshash
tavsifnomalarga (ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin:
-notijorat  tashkilotlarining  soni. Yevropa mamlakatlarida har  1000 kishiga  4 ta
notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda yetakchi hisoblanib, bu yerda
har 1000 kishiga 21 tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu ko‘rsatkichning
darajasi Rossiyada 3,3 ga tengdir;
-notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar,
ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda
Logotip
aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes-sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sektorlari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo‘naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda katta masshtablarga ega bo‘lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sib borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilotlarining yuqori sur’atlarda tez o‘sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayonlarining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtisodiyotining ijtimoiy yo‘naltirilganligi (bu narsa bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) bilan bog‘liq. Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo‘lib, foyda olish ularning asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog‘liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar ko‘rsatish va shunga o‘xshash boshqa maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat tashkilotlarining oldiga qo‘yilgan maqsadlar xilma-xil bo‘lganligi uchun bu sektor o‘zining ham juda keng va rang-barang bo‘lishi, tabiiydir. Notijorat sektorning bir guruh korxonalari, asosan, o‘z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sektori, odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi. Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, bir necha miqdoriy tavsifnomalarning (ko‘rsatkichlarning) tahlili, yaxlit olinganda, bu sektorning taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o‘xshash tavsifnomalarga (ko‘rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin: -notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4 ta notijorat tashkiloti to‘g‘ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda yetakchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21 tadan to‘g‘ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud. Bu ko‘rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3 ga tengdir; -notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda
ishchi kuchining o‘rtacha  3,4 foiz ishlaydi (Vengriyada-1 foizdan boshlab, AQSHda-7
foizgacha).  Notijorat  tashkilotlarning  faoliyat  ko‘rsatishi  iqtisodiyotning  boshqa
sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu
narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi;
-notijorat  tashkilotlarining  operativ  xarajatlari.  Bu  ko‘rsatkich  yalpi  milliy
mahsulotning o‘rtacha 3,5 foizini tashkil etadi (Vengriyada-1,2 foiz, AQSHda-6,3 foiz).
Rossiyada bu raqam 2 foizga tengdir.
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu yerda
moliyaviy va  inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor
munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda.
Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
-faoliyatning  foyda  olishga  emas,  balki  ma’lum  bir  missiyaga  erishishga
yo‘naltirilganligi;
-e’lon  qilingan  maqsadlarga  erishish  uchun  olingan  foydadan  vosita  sifatida
foydalanish;
-bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini
birgalikda qo‘shib olib borish.
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh  asosiy
guruhga ajratish mumkin:
-byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar);
-tijorat faoliyati:
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; 
-aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar bo‘yicha olinadigan
daromadlar;
-notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan
xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar;
-va boshqalar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy
tuzilmasi  turlichadir.  Masalan,  ko‘pgina  rivojlangan  mamlakatlarda  xususiy
qurbonliklarning miqdori 1 foizdan (YAponiyada) 20 foizgacha (AQSHda) tebranadi va
o‘rtacha 11 foizni tashkil etadi. 
Logotip
ishchi kuchining o‘rtacha 3,4 foiz ishlaydi (Vengriyada-1 foizdan boshlab, AQSHda-7 foizgacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo‘shimcha ish o‘rinlarining yaratilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib oluvchilar bo‘lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faollashuviga olib keladi; -notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulotning o‘rtacha 3,5 foizini tashkil etadi (Vengriyada-1,2 foiz, AQSHda-6,3 foiz). Rossiyada bu raqam 2 foizga tengdir. Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to‘planmoqda va u zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. Notijorat asosda xo‘jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: -faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga yo‘naltirilganligi; -e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita sifatida foydalanish; -bozor xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning ijtimoiy samaradorligini birgalikda qo‘shib olib borish. Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh asosiy guruhga ajratish mumkin: -byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar); -tijorat faoliyati: - tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum; -aksiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va omo-natlar bo‘yicha olinadigan daromadlar; -notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar; -va boshqalar. Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda xususiy qurbonliklarning miqdori 1 foizdan (YAponiyada) 20 foizgacha (AQSHda) tebranadi va o‘rtacha 11 foizni tashkil etadi.
Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26 foizdan (Germaniya) 71 foizgacha bo‘lib,
uning o‘rtacha darajasi 48 foizga tengdir. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari tomonidan
ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23 foizdan (Vengriya) 71 foizgacha tebranib,
uning o‘rtacha darajasi 41 foizdan iboratdir.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat
va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari
yordamida amalga oshiriladi. Ularni  moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ridan-
to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bo‘lishi mumkin. 
Notijorat sektorni davlat tomonidan to‘g‘ri (bevosita) qo‘llab-quvvatlashning uch
asosiy shakli mavjud:
-to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
-hamkorlikda moliyalashtirish;
-davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat
tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga
o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi.
2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi
Rivojlangan  xorijiy  mamlakatlarning  davlat  moliya  tizimi  moliyaviy
munosabatlarning quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat:
-Davlat byudjeti tizimi;
-davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa -
federatsiya a’zolarining krediti;
-maxsus maqsadli fondlar;
-davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat
tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki
bo‘g‘indan iborat:
-Davlat byudjeti;
-ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti).
Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan
Logotip
Hukumat ajratmalarining salmog‘i esa 26 foizdan (Germaniya) 71 foizgacha bo‘lib, uning o‘rtacha darajasi 48 foizga tengdir. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23 foizdan (Vengriya) 71 foizgacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41 foizdan iboratdir. Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘ridan- to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Notijorat sektorni davlat tomonidan to‘g‘ri (bevosita) qo‘llab-quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud: -to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; -hamkorlikda moliyalashtirish; -davlat ijtimoiy buyurtmasi. Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. 2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat: -Davlat byudjeti tizimi; -davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa - federatsiya a’zolarining krediti; -maxsus maqsadli fondlar; -davlat korporatsiyalari moliyasi. Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog‘liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo‘g‘indan iborat: -Davlat byudjeti; -ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti). Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan