MOLIYANING MOHIYATI, FUNKSIYALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

28

File size

Fayl hajmi

48,8 KB


MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
1.1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
«Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma'nosini anglatadi. Bu
so'z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi:
• maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo
bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ularni
sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);
• biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari
(masalan, korxona moliyasi);
• shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi davlat organi (so'zlashuv tilida)'.
Arab tilidagi «mol», ya'ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya'ni
«pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir2.
Lug'aviy ma'nosi jihatidan «moliya» so'zi fransuzcha «finance», lotincha «financia» va
ruscha «finansi» so'zlarining ekvivalenti yoki  ma'lum ma'noda sinonimi3 hisoblanib, eng
avvalo, «daromad»,  «pul mablag'lari» yoki «to'lov» degan ma'nolarda ham ishlatiladi*'.
Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan  ehtiyojining rivojlanishi
bilan  doimiy  (uzluksiz)  tovar-pul  munosabatlari  sharoitida  paydo  bo'ldi.  Davlatning
mavjudligi  yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne'matlami taqsimlash va qayta  taqsimlash
bo'yicha  oliy  hokimiyat  organ!  (shaxsi)  sifatida  davlat  va  takror  ishlab  chiqarish
munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub'ektlari) o'rtasida ma'lum bir munosabatlarning
o'rnatilishini  taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar  «moliya» tushunchasi  orqali
ifodalangan.
Natural  munosabatlar  ustunlik  qilgan  jamiyatlarda  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash
jarayonlari  natural  soliqlar  va turli  ko'rinishdagi  shaxsiy  to'lovlar  ko'rinishicha ega
bo'lgan.  Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash
Logotip
MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI 1.1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Moliya» arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «pul mablag'lari» ma'nosini anglatadi. Bu so'z ona tilimizda quyidagi ko'rinishlarda ishlatiladi: • maqsadli pul fondlarini hosil qilish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo'ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag'larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi); • biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag'lari (masalan, korxona moliyasi); • shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug'ullanuvchi davlat organi (so'zlashuv tilida)'. Arab tilidagi «mol», ya'ni «boylik, mulk; pul jamg'armasi», shuningdek, «moliyat», ya'ni «pul mablag'lari; soliq» so'zlari ham moliyaga daxldordir2. Lug'aviy ma'nosi jihatidan «moliya» so'zi fransuzcha «finance», lotincha «financia» va ruscha «finansi» so'zlarining ekvivalenti yoki ma'lum ma'noda sinonimi3 hisoblanib, eng avvalo, «daromad», «pul mablag'lari» yoki «to'lov» degan ma'nolarda ham ishlatiladi*'. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo'lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo'ldi. Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne'matlami taqsimlash va qayta taqsimlash bo'yicha oliy hokimiyat organ! (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (sub'ektlari) o'rtasida ma'lum bir munosabatlarning o'rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar «moliya» tushunchasi orqali ifodalangan. Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko'rinishdagi shaxsiy to'lovlar ko'rinishicha ega bo'lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash
munosabatlari shakilarining o'zgarishiga olib keldi — ular ko'proq ravishda pul xarakteriga
ega bo'ldi.  Biroq  bu  munosabatlarning  mazmun-mohiyati  prinsipial  jihatdan  keskin
o'zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi  «moliya» tushunchasi  davlat  xazinasining shakllanishi va
davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichida paydo bo'ldi.
Qayd  etish  lozimki,  moliya  va  moliyaviy  munosabatlarning  mohiyati  haqidagi
tasawurlar vaqt o'tishi bilan o'z ko'rinishini o'zgartirib borgan5.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy
tashkilotlaming vujudga kelishi bilan bog'liq holda tovar ishlab chiqarishning keng ko'lamlarda
rivojlanishi  takror  ishlab  chiqarish  jarayoninning  turli  ishtirokchilari  o'rtasida  pul
mablag'larini jalb qilish, ulardan foydalanish va taqsimlash metodlari hamda usullarining
takomillashuviga  olib  keldi.  Tovarlar
 harakatidan  alohidalashgan  ajralgan  pul
mablag'larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi.
Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub'ektlar o'rtasida
YalM qiymatini taqsimlash va qayta  taqsimlash bilan bog'liqdir. Bir vaqtning o'zida,
ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga
muvofiq  ishlab  chiqarilgan  mahsulotdan  o'z  hissalarini  olishga  harakat  qiladilar.  Bu
moliyaviy munosabatlar sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-
pul  munosabatlarini  qamrab  olish  sohasi  va  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishdagi  roli
jamiyatning  iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi.  Tarixiy
kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va
davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta'minlash hamda davlatning
funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan
pul mablag'lari fondlarini shakllantirish,  taqsimlash va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan
iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi o'ziga xos belgisi shundan iboratki, YalMni
qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma'lum maqsadlarga mo'ljallangan turli pul mablag'lari
fondlarini yaratish bilan kuzatiladi.  Davlat va mahalliy o'z—o'zini boshqarish organlari
darajasida tuziladigan pul mablag'lari fondlari markazlashtirilgan fondlar,  xo'jalik
sub'ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Logotip
munosabatlari shakilarining o'zgarishiga olib keldi — ular ko'proq ravishda pul xarakteriga ega bo'ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin o'zgarmay qolaverdi. Zamonaviy tasavvurdagi «moliya» tushunchasi davlat xazinasining shakllanishi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichida paydo bo'ldi. Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasawurlar vaqt o'tishi bilan o'z ko'rinishini o'zgartirib borgan5. Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlaming vujudga kelishi bilan bog'liq holda tovar ishlab chiqarishning keng ko'lamlarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari o'rtasida pul mablag'larini jalb qilish, ulardan foydalanish va taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi. Tovarlar harakatidan alohidalashgan ajralgan pul mablag'larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli sub'ektlar o'rtasida YalM qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog'liqdir. Bir vaqtning o'zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o'z hissalarini olishga harakat qiladilar. Bu moliyaviy munosabatlar sohasidir. Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar- pul munosabatlarini qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo'linishi va davlatning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta'minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi o'ziga xos belgisi shundan iboratki, YalMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma'lum maqsadlarga mo'ljallangan turli pul mablag'lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi. Davlat va mahalliy o'z—o'zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag'lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xo'jalik sub'ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xo'jalik sub'ektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar  hisobidan maxsus pul
mablag'lari fondlari shakllantiriladi. Ularni  shakllantirish qat'iy reglamentatsiya qilinish
(tartibga  solinish)  xarakteriga  egaki,  bu  narsa  moliyaviy  munosabatlarning  yana  bir
farqlanuvchi o'ziga xos belgiga ega ekanligini ko'rsatadi.
YalMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik)
daromadi,  dividentlar  va  qayta  taqsimlashning  boshqa  shakllari  ko'rinishidagi  o'z
hissalarini  (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiy bo'lgan soliqlar va boshqa  to'lovlarni
to'lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag'lari  fondini shakllantirishda ishtirok
etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan
pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi.
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning muhim belgilaridir:
• qiymatning tovar shaklidagi harakatiga emas, aksincha, real  pullarning harakatiga
bog'liq bo'lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarni
taqsimlashga qaratilganligi;
• pul mablag'lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo'nalishga ega ekanligi;
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish).
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi.  Shuning uchun ham uning
roli va ahamiyati pul munosabatlarining  iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o'rinni
egallaganligiga bog'liq. Bir vaqtning o'zida moliya puldan o'zining mazmuni va bajaradigan
funksiyalari bo'yicha farqlanadi. Agar pul umumiy  ekvivalent bo'lib, uning yordamida
umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o'lchansa, moliya esa yalpi
ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va  qayta taqsimlashning
iqtisodiy instrumenti, pul mablag'lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan
nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo'li bilan
faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash emas,
balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning
asosiy yo'nalishini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar o'rtasida vujudga keladigan pul munosa-batlarini ifodalaydi:
• tovar-moddiy  boyliklarni  sotib  olish,  mahsulot  va  xizmatlarni  realizatsiya  qilish
jarayonida korxonalar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
•
markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida 
korxonalar va ulaming yuqori organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
Logotip
Xo'jalik sub'ektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag'lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qat'iy reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi o'ziga xos belgiga ega ekanligini ko'rsatadi. YalMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari ko'rinishidagi o'z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiy bo'lgan soliqlar va boshqa to'lovlarni to'lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag'lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog'liq bo'lgan pul munosabatlari tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. Shunday qilib, quyidagilar moliyaning muhim belgilaridir: • qiymatning tovar shaklidagi harakatiga emas, aksincha, real pullarning harakatiga bog'liq bo'lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarni taqsimlashga qaratilganligi; • pul mablag'lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo'nalishga ega ekanligi; • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish). Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o'rinni egallaganligiga bog'liq. Bir vaqtning o'zida moliya puldan o'zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo'yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o'lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YalM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag'lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yo'li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag'lariga bo'lgan ehtiyojlarini ta'minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning asosiy yo'nalishini belgilab beradi. Moliya quyidagilar o'rtasida vujudga keladigan pul munosa-batlarini ifodalaydi: • tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • markazlashtirilgan pul mablag'lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ulaming yuqori organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• byudjet tizimiga soliqlarni to'lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida
korxona va davlat o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• soliqlar va boshqa ixtiyoriy to'lovlami to'lash jarayonida davlat va fuqarolar o'rtasida
vujudga keladigan pul munosabatlari;
• to'lovlami amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida  korxonalar, fuqarolar va
nobyudjet fondlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• byudjet tizimining alohida bo'g'inlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
• sug'urta badallarini to'lash va zararlarni qoplash, sug'urta hodisasi ro'y bergan paytda
aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari o'rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
• korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.
Pul  daromadlari  va  fondlarining  eng  asosiy  moddiy  manbai  mamlakatning  MD
hisoblanadi.  MDning  hajmi  umumdavlat  ehtiyojlarini  qondirish  va  ijtimoiy  ishlab
chiqarishni kengaytirish  imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida
qismlarining  — iste'mol fondi va jamg'arish fondining — hajmini  hisobga olgan holda
iqtisodiyotning rivojlanish nisbatlari va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun
ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga katta ahamiyat berilayotir.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo'lmaydi. Moliya  MDni yaratish va undan
foydalanishning  ajratib  bo'lmaydigan  bog'lovchi  bo'g'ini  hisoblanadi.  Moliya  ishlab
chiqarish, taqsimlash va iste'molga ta'sir etuvchi, ob'ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish
munosabatJarining ma'lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy  iqtisodiyot  davlat  moliyasisiz  faoliyat  ko'rsata-olmaydi.  Tarixiy
taraqqiyotning ma'lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba'zi bir ehtiyojlari faqat davlat
tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning
qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bo'lgan korxonalar (pochta, telegraf va
boshqalar) ana shular jumlasidandir.
Moliya  alohida  olingan  mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  kuchlari  taraqqiyotining
darajasini  va  ularning  xo'jalik  hayotidagi  makro-iqtisodiy  jarayonlarga  ta'sir  etish
imkoniyatlarini ifodalaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliya ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi
iqtisodiy o'sish, YalM va MD oshib borishi sharoitida moliya o'z muntazamliligi va
barqarorligini namoyon etadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi va mamlakat
Logotip
• byudjet tizimiga soliqlarni to'lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • soliqlar va boshqa ixtiyoriy to'lovlami to'lash jarayonida davlat va fuqarolar o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • to'lovlami amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • byudjet tizimining alohida bo'g'inlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • sug'urta badallarini to'lash va zararlarni qoplash, sug'urta hodisasi ro'y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari o'rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari; • korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari. Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining — iste'mol fondi va jamg'arish fondining — hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish nisbatlari va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda MD statistikasiga katta ahamiyat berilayotir. Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo'lmaydi. Moliya MDni yaratish va undan foydalanishning ajratib bo'lmaydigan bog'lovchi bo'g'ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste'molga ta'sir etuvchi, ob'ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatJarining ma'lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir. Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat ko'rsata-olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma'lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba'zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bo'lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir. Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xo'jalik hayotidagi makro-iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliya ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o'sish, YalM va MD oshib borishi sharoitida moliya o'z muntazamliligi va barqarorligini namoyon etadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishi va mamlakat
fuqarolarining turmush darajasi ortib borishini rag'batlantiradi.
Iqtisodiy  krizis  (tanazzul),  ishlab  chiqarishning  pasayishi,  ishsizlikning  ortishi
sharoitida moliyaviy ahvol keskin yomonlashadi. Bu narsa, o'z navbatida, davlat ichki va
tashqi  qarzlari  hisobidan  moliyalashtiriladigan  byudjet  defitsitining  kattaligida,  pul
emissiya-sida,  davlat  qarzining  ortishi  va  unga  xizmat  qilish  bo'yicha  xarajatlarning
ko'payishida  namoyon  bo'ladi.  Bularning  barchasi  inflyasiya  kuchayishiga,  xo'jalik
aloqalari  buzilishiga,  o'zaro  to'lovlarga  layoqatsizlikda,  pul  surrogatlarining  paydo
bo'lishiga,  barterli  bitimlarning  ko'payishiga,  soliqlarni  undirish  borasida
qiyinchiliklarning  kelib  chiqishiga,  davlat  xarajatlarining  o'z  vaqtida
moliyalashtirilmasligiga,  aholi  keng  qatlamlari  turmush  darajasining  pasayishiga  olib
keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarishdagi real
sohalarning holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Moddiy mazmuniga ko'ra moliya pul mablagManning maqsadli fondlarini ifoda etadi.
Ularning jami yig'indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi.
Mamlakat moliyaviy resurslari o'sishining asosiy sharti MDning ortishi (ko'payishi)dir.
Bir  vaqtning  o'zida,  «moliya»  va  «moliyaviy  resurslar»  teng  kuchli  bo'lmagan
tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar o'z-o'zicha moliyaning mohiyatini aniqlab
bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy yo'nalishlarini ocha olmaydi. Moliya fani
resurslarning  o'zini  emas,  balki  resurslarni  shakllantirish,  taqsimlash  va  foydalanish
asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni o'rganadi. Bu fan moliyaviy munosa-
batlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko'p jihatdan u hukumat tomonidan amalga
oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga  tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog'liq
bo'ladi.
Moliya — bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi
taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Moliyaviy  munosabatlarning  ijtimoiy-iqtisodiy  mohiyati  «Davlat  kimning  hisobidan
moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag'lardan foydalanadi?»
degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo'ladi.
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar,
jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MD taqsimlanishidan oldin tovar
Logotip
fuqarolarining turmush darajasi ortib borishini rag'batlantiradi. Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaviy ahvol keskin yomonlashadi. Bu narsa, o'z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet defitsitining kattaligida, pul emissiya-sida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo'yicha xarajatlarning ko'payishida namoyon bo'ladi. Bularning barchasi inflyasiya kuchayishiga, xo'jalik aloqalari buzilishiga, o'zaro to'lovlarga layoqatsizlikda, pul surrogatlarining paydo bo'lishiga, barterli bitimlarning ko'payishiga, soliqlarni undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o'z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarishdagi real sohalarning holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Moddiy mazmuniga ko'ra moliya pul mablagManning maqsadli fondlarini ifoda etadi. Ularning jami yig'indisi, oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi. Mamlakat moliyaviy resurslari o'sishining asosiy sharti MDning ortishi (ko'payishi)dir. Bir vaqtning o'zida, «moliya» va «moliyaviy resurslar» teng kuchli bo'lmagan tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar o'z-o'zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy yo'nalishlarini ocha olmaydi. Moliya fani resurslarning o'zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni o'rganadi. Bu fan moliyaviy munosa- batlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko'p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog'liq bo'ladi. Moliya — bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati «Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag'lardan foydalanadi?» degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bo'ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MD taqsimlanishidan oldin tovar
realizatsiya qilinishi kerak. Baho  mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi
mumkin  bo'lgan  pul  mablag'larining  o'lchamini  aniqlaydi  va  navbatdagi  taqsimlash
jarayonlari uchun boshlang'ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo'lgan talab
va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda
hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga
solmasa, ijtimoiy to'lovlarni o'zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo'ladi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko'p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi
muhim tovarlarning bahosini o'zgartirayotir. Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda
va  bojxona  daromadlarini  undirishda  davlat  tomonidan  foydalaniladi.  Masalan,  ayrim
mamlakatlarda bojxona bojlari ko'plab tovar guruhlari bo'yicha sotib olish bahosi bo'yicha
emas, balki  haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo'yicha  undiriladi.
Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va
mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi.
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog'liqdir.
Ular uzluksiz hamkorlikda korxonalar pul fondlarining keng ko'lamdagi doiraviy aylanishiga
xizmat qiladi.  Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan  amalga
oshiriladigan  ssuda  fondi  harakatini  ifodalaydi.  Bank  krediti  sifatida  sof  ko'rinishda
tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog'liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning
roli yetarli darajada  aniqlangan  — bu daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik
uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ehtiyojlarini qoplash usuli va
h.k. Biroq, bir vaqtning o'zida, kredit  — byudjet defitsiti va byudjet — kassa uzilishini
(navbatdagi  daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank
xizmatlari zarur bo'lgan paytda) qoplashning muhim  shakli. O'z navbatida, agar byudjet
mablag'lari tijorat banklarining  hisob varaqlarida saqlanayotgan bo'lsa, bu banklar uchun
muhim ssuda manbaidir.
Kredit moliya (moliyalashtirish) o'zining qaytariluvchanligiva  haqliligi bilan farqlanadi.
Bir vaqtning o'zida, har ikki holatda ham ular pul mablag'larining harakatlanishini ifodalaydi
hamda kredit va moliya pul munosabatlari doirasidan chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti
ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo'sh pul mablag'larini
akkumulyasiya qiladilar va ularni ta'minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik
asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama
Logotip
realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bo'lgan pul mablag'larining o'lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang'ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo'lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ko'rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy to'lovlarni o'zgartirishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo'ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko'p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini o'zgartirayotir. Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ko'plab tovar guruhlari bo'yicha sotib olish bahosi bo'yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo'yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo'lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi. Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Ular uzluksiz hamkorlikda korxonalar pul fondlarining keng ko'lamdagi doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondi harakatini ifodalaydi. Bank krediti sifatida sof ko'rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita bog'liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada aniqlangan — bu daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish ehtiyojlarini qoplash usuli va h.k. Biroq, bir vaqtning o'zida, kredit — byudjet defitsiti va byudjet — kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo'lgan paytda) qoplashning muhim shakli. O'z navbatida, agar byudjet mablag'lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bo'lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir. Kredit moliya (moliyalashtirish) o'zining qaytariluvchanligiva haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o'zida, har ikki holatda ham ular pul mablag'larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlari doirasidan chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo'sh pul mablag'larini akkumulyasiya qiladilar va ularni ta'minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama
va  qayta  tiklanmaydigan  (qaytaril-maydigan  shakldagi  harakatini  ifodalasa,  kredit  esa
kreditorga  belgilangan muddatda oldindan o'rnatilgan foizlarni to'lagan holda  qaytarilishi
kerak.
Yuqorida keltirib o'tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga,  pul tabiatiga ega bo'lib,
ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada
asoslangan  tarzda  pulli  to'lanma,  ya'ni  pul  deb  atalishi  mumkin.  Biroq,  bu  oddiy  pul
bo'lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga
berilayotgan puldir. Qonunga rioya  etmaslik jazo choralarining qo'llanishini taqozo etadi.
Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo'lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O'z
navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish)  bo'yicha operatsiyalar ham davlat
daromadlarining manbai hisob-lanadi.
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir—
birlaridan o'zlarining funksiyalari va maqsadliligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga
tegishli bo'lgan barcha belgilarning majmui ko'rib chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan,
noekvivalent xarakterga ega bo'lgan va davlatning  mavjudligi natijasida vujudga keladigan
jamiyatdagi pul munosa-batlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida
moliya mavjud bo'lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o'tsa, u boshqa iqtisodiy
kategoriyalarga xos belgilarni o'zida mujassam etadi.
1.2. Moliyaning funksiyalari
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi.  Moliya quyidagi ikki
funksiyani bajaradi:
1. Taqsimlash;
2.Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi6
Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YalM va MDni  taqsimlash va shu taqsimlash
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy  munosabatlarning  asosiy  tavsifi  ularning  taqsimlashga  yo'naltirganligidadir.
Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy  funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida
amalga oshirilishi lozim  bo'lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko'p qirrali jarayondir.
Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda
Logotip
va qayta tiklanmaydigan (qaytaril-maydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o'rnatilgan foizlarni to'lagan holda qaytarilishi kerak. Yuqorida keltirib o'tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bo'lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to'lanma, ya'ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo'lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi. Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining qo'llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo'lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O'z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bo'yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob-lanadi. Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir— birlaridan o'zlarining funksiyalari va maqsadliligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bo'lgan barcha belgilarning majmui ko'rib chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga ega bo'lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosa-batlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud bo'lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o'tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarga xos belgilarni o'zida mujassam etadi. 1.2. Moliyaning funksiyalari Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 1. Taqsimlash; 2.Nazorat. Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o'zida amalga oshiriladi6 Har qanday (bir) moliyaviy operatsiya YalM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlashga yo'naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo'lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko'p qirrali jarayondir. Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda
va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy  metod  orqali  taqsimlash  iqtisodiyotni  boshqarishning  turli  darajalarini
(mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari miqyosida)
qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko'rinishlarini (xo'jalik ichida,  tarmoq ichida,
tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko'p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo,  moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda,  «asosiy yoki
birlamchi daromadlar»  deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish)  yuzaga kelganda
namoyon bo'ladi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab
chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi.  Ular ikki guruhga
bo'linadi:
• moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo'lgan ishchi va  xizmatchilarning ish haqi,
fermerva h.k.larning daromadlari;
• moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo'jalik ustuvor  tarmoqlarini rivojlantirish,
mamlakat mudofaa qudratini ta'minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish
uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta'minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar
bilan bog'langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:
• xo'jalik yurituvchi sub'ektlar daromadlari va jamg'armalaridan eng samarali va oqilona
foydalanish maqsadida mablag'larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;
• ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan  tashqaridagi sohalarining
(maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta  va ijtimoiy ta'minot, boshqaruv va h.k.) ham
mavjudligi bilan;
• aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan.
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki  «kelib  chiquvchi» daromadlar
tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar tarmoqlaridan
olingan  daromadlar,  soliqiar  (jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'i  va
boshqalar)  kiradi.  Ikkilamchi  daromadlar  MDdan  foydalanish  borasidagi  yakuniy
nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi
taqsimlashda  vujudga  kclgan  nisbatlarni  ularning  yakuniy  foydalanish  nisbatlariga
transformatsiya  o'zgarishiga  ta'sir  ko'rsatadi.  Bunday  qayta  taqsimlash  natijasida
yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul
Logotip
va qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli darajalarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli ko'rinishlarini (xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko'p bosqichlilik xosdir. Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlar» deb nom olgan holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon bo'ladi. Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o'rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo'linadi: • moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo'lgan ishchi va xizmatchilarning ish haqi, fermerva h.k.larning daromadlari; • moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari. Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo'jalik ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta'minlash, aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini ta'minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog'langan holda MDni yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: • xo'jalik yurituvchi sub'ektlar daromadlari va jamg'armalaridan eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag'larni tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan; • ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalarining (maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan; • aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlarni qayta taqsimlash bilan. Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki «kelib chiquvchi» daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar tarmoqlaridan olingan daromadlar, soliqiar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kclgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transformatsiya o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng avvalo, bir tomondan pul
fondlarining o'lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish
vositalari va iste'mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlashi
kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash  milliy iqtisodiyotni
tarkibiy  o'zgartirish,  iqtisodiyotning  ustuvor  tarmoqlarini  (qishloq  xo'jaligi,  transport,
energetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta'minlangan qatlamlari
(nafaqaxo'rlar, talabalar, yolg'iz va ko'p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo'jalikning ishlab  chiqarish va ishlab
chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab  chiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus
mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida sodir bo'ladi.
Moliya  yordamida  amalga  oshiriladigan  YalM  va  MDni  taqsimlash  va  qayta
taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning
bozor tarkibiy  luzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng  qatlamlari
hayotining yuqari sifatli boiishini ta'minlashdan iboratdir. Bu jarayoniarda moliyaning roli
kam  xarajat  qilib  eng  yuqori  natijalarga  erishish,  moliya—xo'jalik  faoliyatini  yanada
yaxshilashda  xo'jalik  yurituvchi  sub'ektlardagi  har  bir  xodim  va  jamoaning  moddiy
manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bo'ysundirilgan.
Moliyaning  taqsimlash  funksiyasi  yordamida  davlat  faqatgina  MDni  qayta
taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning  jamg'arilishiga, iste'mol sohasiga
ham  o'zta'sirini  ko'rsatadi.  Shu  ma'noda,  moliya  iqtisodiyotning  davlat  va  xususiy
sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastmkturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va
h.k.larni  rivojlantirishda  hal  qiluvchi  rol  o'ynaydi.  Umuman,  moliyaning  taqsimlash
funksiyasi:
• xo'jalik  sub'ektlari,  aholi,  davlat  va  mahalliy  o'z-o'zini  boshqarish  organlari
darajasida maqsadli pul mablag'lari fondlarini shakllantirishga;
• xo'jalik  ichida,  tarmoq  ichida,  tarmoqlararo,  hududlararo,  shuningdek  ishlab
chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o'rtasida
qayta taqsimlashni sodir etishga;
• xo'jalik sub'ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar jamg'armalarini
amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
Pul  daromadlari  va  fondlarini  shakllantirish  hamda  foydalanish-ning  instrumenti
sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob'ektiv ravishda o'zida aks
Logotip
fondlarining o'lchami va ularning tarkibiy tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va iste'mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o'rtasidagi muvofiqlikni ta'minlashi kerak. Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash milliy iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq xo'jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta'minlangan qatlamlari (nafaqaxo'rlar, talabalar, yolg'iz va ko'p bolali onalar va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo'jalikning ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus mintaqalari, mulkchilik shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida sodir bo'ladi. Moliya yordamida amalga oshiriladigan YalM va MDni taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy luzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng qatlamlari hayotining yuqari sifatli boiishini ta'minlashdan iboratdir. Bu jarayoniarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori natijalarga erishish, moliya—xo'jalik faoliyatini yanada yaxshilashda xo'jalik yurituvchi sub'ektlardagi har bir xodim va jamoaning moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga bo'ysundirilgan. Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg'arilishiga, iste'mol sohasiga ham o'zta'sirini ko'rsatadi. Shu ma'noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastmkturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi: • xo'jalik sub'ektlari, aholi, davlat va mahalliy o'z-o'zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag'lari fondlarini shakllantirishga; • xo'jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o'rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga; • xo'jalik sub'ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, fuqarolar jamg'armalarini amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish-ning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob'ektiv ravishda o'zida aks
ettiradi.  Uning  ^azorat  funksiyasi  YalMni  tegishli  fondlarga  taqsimlash  va  ularning
maqsad-ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo'ladi.
Shu ma'noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning
ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi.
Ana shu harakat yo'nalishiga bog'liq holda u jamiyatning pul mablag'larini taqsimlashda
qanday  nisbatlar  vujudga  kelayotganligi,  xo'jalik  yurituvchi  sub'ektlar  ixtiyoriga
moliyaviy resurslarning o'z vaqtida kelib tushishi qanday ta'minlanayotganligi xususida
ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to'g'ri
yo'lga qo'yilmasa, moliya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi.
Bu holat yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va
xususiy  ishlab  chiqarishning  dinamik  rivojlanishini  ta'minlashga,  ilmiy-texnika
taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo'jalikning barcha bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz
yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni
to'liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo'lga qo'yish, moddiy, mehnat, moliyaviy
resurslar  va  tabiiy  boyliklardan  oqilona  va  tejamkorlik  bilan  foydalanish,  ishlab
chiqarishga bog'liq xarajatlar va yo'qotmalarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning
oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo'yicha
qonunchilikning  aniq  bajarilishini,  byudjet  tizimi, soliq  xizmati,  banklar  oldidagi
moliyaviy  majburiyatlar,  shuningdek  hisob-kitoblar  va  to'Jovlar  bo'yicha  xo'jalik
yurituvchi  sub'ektlar  orasidagi  majburiyatlar  o'z  vaqtida  bajarilishi  va  to'g'ri  olib
borilayotganini tekshirish hisoblanadi.
Moliya organlarining ko'p qirrali faoliyatlari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon
bo'ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet
tizimining  daromadlar  va  xarajatlar  qlsmi  bajarilishida  moliyaviy  nazoratni  amalga
oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida  nazorat ishlarining yo'nalishi,
moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga  oshiriladi. Bu mexanizm
milliyxo'jalikdagi  moliyaviy  munosabatlar
 tashkiliy  shakllarining  majmuini,
markazlashtirilgan va  markazlashtirilmagan pul mablag'— lari fondlarini shakllantirish va
Logotip
ettiradi. Uning ^azorat funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsad-ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bo'ladi. Shu ma'noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo'nalishiga bog'liq holda u jamiyatning pul mablag'larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o'z vaqtida kelib tushishi qanday ta'minlanayotganligi xususida ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda to'g'ri yo'lga qo'yilmasa, moliya taqsimlash funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini ko'rsatadi. Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta'minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xo'jalikning barcha bo'g'inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yo'naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalarni to'liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag'batlantirishni yo'lga qo'yish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ishlab chiqarishga bog'liq xarajatlar va yo'qotmalarni qisqartirish, xo'jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. Moliya nazorat funksiyasiga xos muhim vazifalardan biri moliyaviy masalalar bo'yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va to'Jovlar bo'yicha xo'jalik yurituvchi sub'ektlar orasidagi majburiyatlar o'z vaqtida bajarilishi va to'g'ri olib borilayotganini tekshirish hisoblanadi. Moliya organlarining ko'p qirrali faoliyatlari orqali moliya nazorat funksiyasi namoyon bo'ladi. Moliya tizimi va soliq xizmati xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qlsmi bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yo'nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin o'zgaradi. Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliyxo'jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag'— lari fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini
boshqarish  shakllarini,  moliyaviy  qonunchilikni  o'z  ichiga  oladi.  Bozor  islohotlarini
chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo'lgan moliya mexanizmi qo'laniladi. Bu, eng
avvalo,  xo'jalik  yurituvchi  sub'ektlar  va  aholining  byudjet  tizimi,  byudjetdan  tashqari
fondlari, mulkiy va shaxsiy sug'urta  organlari va boshqalar bilan o'zaro munosabatlarga
tegishlidir.
1.3. Takror ishlab chiqarish va moliya
Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda
takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi mumkin emas.   Sayoramiz aholisining  o'sishi
va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlardagi ichki va tashqi qarama-
qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivoji va boshqa bir qancha omillar
bilan bog'liq holda takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti
bo'lib  qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab  chiqarishlarning
notekis  taqsimlanishiga,  eng  boy-badavlat
 mamlakatlarda  moliyaviy  kapitalning
to'planishiga olib kelmoqda. Eng kambag'al mamlakatlar esa xomashyoni qazib chiqarish va
qishloq  xo'jalik  mahsulotlari  yetishtirish  bilan  shug'ullanmoqda.  Shunday  bo'lishiga
qaramasdan,  har  qanday  sharoitda  ham  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  mazmuni
o'zgarmasdan qolayotir. Faqat qo'shimcha mahsulotning to'planish joyi o'zgarmoqda, xolos.
Moliyaviy,  bankva  baho  mexanizmlari  orqali  foydaning  asosiy  qismi  eng  rivojlangan
mamlakatlarda «cho'kmoqda» va ular kelgusida ham taqsimlashni o'z foydalariga hal qilishlari
uchun imkon tug'ilmoqda. Takror ishlab chiqarish jarayoni o'z ichiga quyidagi bosqichlarni
oladi:
• ishlab chiqarish;
• almashuv;
• taqsimlash;
• iste'mol.
Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy  yoki shartdir. Hatto
ularning biri bo'lmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga
bir  yoki  bir necha  iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiJadi. Kategoriyalarning takror ishlab
chiqarish  jarayonida  ishtirok  etishi  bevosita  va  bilvosita  shakllarda  bo'lishi  mumkin.
Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o'rinni
Logotip
ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni o'z ichiga oladi. Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bo'lgan moliya mexanizmi qo'laniladi. Bu, eng avvalo, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va aholining byudjet tizimi, byudjetdan tashqari fondlari, mulkiy va shaxsiy sug'urta organlari va boshqalar bilan o'zaro munosabatlarga tegishlidir. 1.3. Takror ishlab chiqarish va moliya Kishilik jamiyati oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy va ijtimoiy sohani doimiy ravishda takror ishlab chiqarmasdan hayot kechirishi mumkin emas. Sayoramiz aholisining o'sishi va uning urbanizatsiyalashuv darajasining ortishi, mamlakatlardagi ichki va tashqi qarama- qarshiliklarning kuchayishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti rivoji va boshqa bir qancha omillar bilan bog'liq holda takror ishlab chiqarish kishilik jamiyati mavjudligining muhim sharti bo'lib qolayotir. Xalqaro mehnat taqsimoti yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarning notekis taqsimlanishiga, eng boy-badavlat mamlakatlarda moliyaviy kapitalning to'planishiga olib kelmoqda. Eng kambag'al mamlakatlar esa xomashyoni qazib chiqarish va qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug'ullanmoqda. Shunday bo'lishiga qaramasdan, har qanday sharoitda ham takror ishlab chiqarish jarayonining mazmuni o'zgarmasdan qolayotir. Faqat qo'shimcha mahsulotning to'planish joyi o'zgarmoqda, xolos. Moliyaviy, bankva baho mexanizmlari orqali foydaning asosiy qismi eng rivojlangan mamlakatlarda «cho'kmoqda» va ular kelgusida ham taqsimlashni o'z foydalariga hal qilishlari uchun imkon tug'ilmoqda. Takror ishlab chiqarish jarayoni o'z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi: • ishlab chiqarish; • almashuv; • taqsimlash; • iste'mol. Takror ishlab chiqarish uchun bu bosqichlar, albatta, majburiy yoki shartdir. Hatto ularning biri bo'lmasa, takror ishlab chiqarish jarayoni uziladi. Uning har bir bosqichlariga bir yoki bir necha iqtisodiy kategoriyalar xizmat qiJadi. Kategoriyalarning takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi bevosita va bilvosita shakllarda bo'lishi mumkin. Masalan, baho kategoriyasi tovar kategoriyasi singari almashuv bosqichida markaziy o'rinni
egallaydi. Biroq, baho  kategoriyasining ta'siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida
boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste'mol bosqichida bevosita namoyon
bo'ladi.  Davlat  moliyasining  ijtimoiy  mo'ljallanganligidan  (davlat  o'z funksiyalarini
bajarishini  ta'minlaydigan  pul  fondlarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish)  kelib
chiqiladigan bo'lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol
ko'rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida barcha ijtimoiy manfaatlar va
shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bo'ladi.
Iste'molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab
chiqarishning oldingi davrasi foydalanilgan mehnat qurollari va buyumlarini tiklash uchun
mo'ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi doirasida ham shu
hajmda  takrorlanishini  ta'minlaydi.  Qolgan  qism  vositalar  (mablag'lar)ning  egasi  va
ishchilar o'rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash  nisbatlari  asrlar  davomida  shakllanib,  unda
ishtirokchilarning har  biri o'ziga tegishli bo'lgan qismni ko'paytirish maqsadida bir-birlari
bilan doimiy qarama-qarshilikda bo'ladilar. Shunday qilib, jamiyatda  yangidan yaratilgan
qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so'ng esa almashuv va iste'mol bosqichlarini
bosib o'tadi. Takror  ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o'ziga tegishli bo'lgan
daromadni quyidagi ikki qismga bo'ladi:
•iste'mol fondi;
•jamg'arish fondi.
Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug'urta
to'lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda yakka va jamoa daromadlaridan o'z
hissasini ajratib oladi.
Qayd etish joizki,  daromadlardan qancha qismini olish meyorini aniqlashda jamiyat
ishtirok etadi.  U jamoatchilik tashkilotlari,  partiyalar va shunga o'xshashlar orqali,
qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo'li bilan davlat faoliyati chegarasini
aniqlashga harakat qiladi. O'z navbatida, davlat ham o'z harakat doirasini kengaytirishga
harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha  keng bo'lsa, jamiyat a'zolari daromadlarining
shuncha katta summalariga davlat da'vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste'mol nisbatlari
ham  o'zgaradi.  Masalan,  agar  davlat  maorif,  sog'liqni  saqlash,  ijtimoiy  ta'minot
xarajatlarining bir qismini o'z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchi bahosida va demak,
mehnat haqi darajasida o'z aksini topadi.
Bu yerda ijtimoiy iste'mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo'lsa, shaxsiy iste'mol
Logotip
egallaydi. Biroq, baho kategoriyasining ta'siri, takror ishlab chiqarishning bu bosqichida boshqa kategoriyalar xizmat qilishiga qaramasdan, iste'mol bosqichida bevosita namoyon bo'ladi. Davlat moliyasining ijtimoiy mo'ljallanganligidan (davlat o'z funksiyalarini bajarishini ta'minlaydigan pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish) kelib chiqiladigan bo'lsa, taqsimlash bosqichida ularning roli nisbatan kattaroq ekanligi yaqqol ko'rinadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining bu bosqichida barcha ijtimoiy manfaatlar va shunga muvofiq ravishda, jamiyatning barcha qarama-qarshiliklari namoyon bo'ladi. Iste'molga ketadigan jami ijtimoiy mahsulot (JIM)dan, birinchi navbatda, takror ishlab chiqarishning oldingi davrasi foydalanilgan mehnat qurollari va buyumlarini tiklash uchun mo'ljallangan qismi ajratiladi. Bu qism takror ishlab chiqarishning yangi doirasida ham shu hajmda takrorlanishini ta'minlaydi. Qolgan qism vositalar (mablag'lar)ning egasi va ishchilar o'rtasida taqsimlanadi. Taqsimlash nisbatlari asrlar davomida shakllanib, unda ishtirokchilarning har biri o'ziga tegishli bo'lgan qismni ko'paytirish maqsadida bir-birlari bilan doimiy qarama-qarshilikda bo'ladilar. Shunday qilib, jamiyatda yangidan yaratilgan qiymat birinchi taqsimlash bosqichini va undan so'ng esa almashuv va iste'mol bosqichlarini bosib o'tadi. Takror ishlab chiqarish jarayonining har bir ishtirokchisi o'ziga tegishli bo'lgan daromadni quyidagi ikki qismga bo'ladi: •iste'mol fondi; •jamg'arish fondi. Lekin bu bosqichga qadar taqsimlash jarayoniga davlat aralashib, soliqlar, qarzlar, sug'urta to'lovlari kabi iqtisodiy vositalardan foydalangan holda yakka va jamoa daromadlaridan o'z hissasini ajratib oladi. Qayd etish joizki, daromadlardan qancha qismini olish meyorini aniqlashda jamiyat ishtirok etadi. U jamoatchilik tashkilotlari, partiyalar va shunga o'xshashlar orqali, qonunchilik va ijroiya hokimiyatini shakllantirish yo'li bilan davlat faoliyati chegarasini aniqlashga harakat qiladi. O'z navbatida, davlat ham o'z harakat doirasini kengaytirishga harakat qiladi. Uning funksiyalari qancha keng bo'lsa, jamiyat a'zolari daromadlarining shuncha katta summalariga davlat da'vogarlik qiladi. Shu munosabat bilan iste'mol nisbatlari ham o'zgaradi. Masalan, agar davlat maorif, sog'liqni saqlash, ijtimoiy ta'minot xarajatlarining bir qismini o'z zimmasiga olsa, bu narsa ishchi kuchi bahosida va demak, mehnat haqi darajasida o'z aksini topadi. Bu yerda ijtimoiy iste'mol fondlarining hissasi qancha yuqori bo'lsa, shaxsiy iste'mol
fondlarining hissasi shuncha past bo'lishi bilan belgilanadigan tendensiyani tushunish juda
muhimdir.  Moliya  nazariyasida  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  davlat  ishtirokining
qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon to'xtaganicha yo'q. Har bir davlat
uchun ma'lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng
qatlami) qancha boy bo'lsa, davlatning o'zi ham shuncha boy bo'ladi, degan tushunchadan
kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning
yuqori darajasi yuqori iste'mol talabini, sog'lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga
keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan asos o'sadi va jamg'armalar hissasi
oshadi.  Jamg'armalar  ssuda  kapitalining  asosini  tashkil  etib,  o'z  navbatida,  ular
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga o'z ijobiy ta'sirini
ko'rsatadi.
Hukumatlari  soliqlar  orqali  shaxsiy  daromadlarni  chegaralab  (cheklab)  qo'ygan
mamlakatlarda iqtisodiyot o'sish bazasiga ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma'lum bir
vaqt o'tganidan so'ng nisbatan boyroq mamlakatlarning ta'siri ostiga tushib qoladi. Chunki
mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarz evaziga qoplanadi. O'z navbatida,
tashqi qarzlarni qaytarish manbai bo'lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi
mumkin.
Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining muvofiqlashtirilgan chegaralari buzilsa,
butun takror ishlab chiqarish jarayoni izdan chiqadi. Bularning barchasi iqtisodiyotni
tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb ataladi. Agar ijtimoiy
portlashlarning  oldini  olish  maqsadida  davlat  aholi  kambag'al  qatlamlarini  qo'llab-
quwatlash bo'yicha qo'shimcha ravishda majburiyatlarni o'z zimmasiga olsa, bu ham
sog'lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi.
Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to'liq almashtirish sharoitida
eski taqsimlash tizimini saqlab qolish mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat
texnologiyasining  holati,  sanoatning  tarkibiy  tuzilishi,  raqobatbardoshlik  va  boshqa
omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan nusxa
olish o'z davlatchiligiga va faniga ega bo'lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina
xosdir7.
7 Shu ma'noda ko'pming yillik tarixga ega bo'lgan O'zbekiston o'z shaxsiy tajribasini
absolyut inkor etib, o'zgalarning tajribasini (hatto ular eng yaxshi bo'lganda ham) ko'r—
ko'rona qo'llashi mumkin emas.
Logotip
fondlarining hissasi shuncha past bo'lishi bilan belgilanadigan tendensiyani tushunish juda muhimdir. Moliya nazariyasida takror ishlab chiqarish jarayonida davlat ishtirokining qiyosiy samaradorligi xususidagi bahslar hali-hamon to'xtaganicha yo'q. Har bir davlat uchun ma'lum bir davrda mamlakat aholisi (alohida shaxslar emas, balki aholining keng qatlami) qancha boy bo'lsa, davlatning o'zi ham shuncha boy bo'ladi, degan tushunchadan kelib chiqib, aniq tavsiyalar ishlab chiqmoq maqsadga muvofiq. Chunki daromadning yuqori darajasi yuqori iste'mol talabini, sog'lomlashib borayotgan iqtisodiyotni vujudga keltiradi. Shunga mos ravishda soliqqa tortiladigan asos o'sadi va jamg'armalar hissasi oshadi. Jamg'armalar ssuda kapitalining asosini tashkil etib, o'z navbatida, ular kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va ilmiy-texnika taraqqiyotiga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsatadi. Hukumatlari soliqlar orqali shaxsiy daromadlarni chegaralab (cheklab) qo'ygan mamlakatlarda iqtisodiyot o'sish bazasiga ega emasdir. Bunday mamlakatlar ma'lum bir vaqt o'tganidan so'ng nisbatan boyroq mamlakatlarning ta'siri ostiga tushib qoladi. Chunki mamlakat ichki manbalarining qisqarishi tashqi qarz evaziga qoplanadi. O'z navbatida, tashqi qarzlarni qaytarish manbai bo'lib faqat soliqlar va davlat mulki xizmat qilishi mumkin. Taqsimlash jarayoniga davlat aralashuvining muvofiqlashtirilgan chegaralari buzilsa, butun takror ishlab chiqarish jarayoni izdan chiqadi. Bularning barchasi iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish va mehnat bozorini yaratish deb ataladi. Agar ijtimoiy portlashlarning oldini olish maqsadida davlat aholi kambag'al qatlamlarini qo'llab- quwatlash bo'yicha qo'shimcha ravishda majburiyatlarni o'z zimmasiga olsa, bu ham sog'lom takror ishlab chiqarish jarayonlarining buzilganligidan darak beradi. Markazlashtirilgan rejali tizimni bozor mexanizmi bilan to'liq almashtirish sharoitida eski taqsimlash tizimini saqlab qolish mumkin emas. Biroq yangi tizimni yaratishda sanoat texnologiyasining holati, sanoatning tarkibiy tuzilishi, raqobatbardoshlik va boshqa omillar inobatga olinishi kerak. Boshqa mamlakatlarning bu boradagi tizimidan nusxa olish o'z davlatchiligiga va faniga ega bo'lmagan kuchsiz rivojlangan mamlakatlargagina xosdir7. 7 Shu ma'noda ko'pming yillik tarixga ega bo'lgan O'zbekiston o'z shaxsiy tajribasini absolyut inkor etib, o'zgalarning tajribasini (hatto ular eng yaxshi bo'lganda ham) ko'r— ko'rona qo'llashi mumkin emas.
Такгог ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning
real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish kerak emas.
Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e'tirof etmoq lozim.
Chunki  bunga faqat  birja  va bank  sohalarining  o'ziga  xos  xususiyatlari  emas,  balki
transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o'rnini ko'rsatish uchun JIMning o'rniga
YalMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki ko'rsatkichlar o'zlarining afzalliklari va
kamchiliklariga ega. Masalan, YalM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur
bo'lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o'zida esa, JIMning tarkibi noishlab
chiqarish  xizmatlarisiz  bo'lib,  ularning  salmog'i  yuqori  darajada  taraqqiy  etgan
jamiyatlarda  jamiyat  harajatlarining  1/3  qismini  tashkil  etadi.  Biroq  taqsimlashning
ko'pqatlamli ekanligi inobatga olinsa, JIM ko'rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ayrim
afzalliklarga egaligi ma'lum bo'ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishda muhim soha
bo'lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini o'zida to'liqroq aks ettiradi.
JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat:
• mahsulot  ishlab  chiqarishga  sarflangan  ishlab  chiqarish  vositalarining  qiymati
(mehnat qurollari va mehnat predmetlari);
• milliy daromad (ishchi kuchi va qo'shimcha mahsulotning qiymati).
Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan
foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda
shakllanadi.  JIMning  qiymatidan  sarflangan  ishlab  chiqarish  vositalarini  tiklashni
(amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish,
yoqilg'i elektroenergiyani xarid qilish ko'rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga
kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan
belgilanadi. Chunki usiz jamiyatning bo'lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan
bu JIMni taqsimlash jarayonidir.
Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida qabul qilinsa, u holda
keyingi  qayta  taqsimlash  MDdan  faqat  soliqlarni  to'lashga  borib  tugar  edi.  Biroq
taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan,
balki  xizmat  ko'rsatish  sohasi,  maorif,  sog'liqni  saqlash,  bank  tizimi  va  h.k.lar  ham
qatnashadi. Davlat o'z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjetga bog'liq
xodimlarga  ish haqi to'laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, o'z navbatida,  Davlat
Logotip
Такгог ishlab chiqarish jarayonining taqsimlanishini tahlil qilishni tanlab, kapitalning real harakatida faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanish kerak emas. Bundan tashqari, kapitalning milliy chegaralarni tan olmasligini ham e'tirof etmoq lozim. Chunki bunga faqat birja va bank sohalarining o'ziga xos xususiyatlari emas, balki transmilliy kompaniyalarning keng rivojlanishi ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Taqsimlash jarayonida moliyaning roli va o'rnini ko'rsatish uchun JIMning o'rniga YalMdan foydalanish mumkin. Chunki har ikki ko'rsatkichlar o'zlarining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Masalan, YalM tarkibiga mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan moddiy xarajatlar kiritilmaydi. Bir vaqtning o'zida esa, JIMning tarkibi noishlab chiqarish xizmatlarisiz bo'lib, ularning salmog'i yuqori darajada taraqqiy etgan jamiyatlarda jamiyat harajatlarining 1/3 qismini tashkil etadi. Biroq taqsimlashning ko'pqatlamli ekanligi inobatga olinsa, JIM ko'rsatkichi yuqoridagi maqsadlar uchun ayrim afzalliklarga egaligi ma'lum bo'ladi. Chunki u takror ishlab chiqarishda muhim soha bo'lgan moddiy ishlab chiqarish sohasini o'zida to'liqroq aks ettiradi. JIM quyidagi ikki asosiy qismdan iborat: • mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan ishlab chiqarish vositalarining qiymati (mehnat qurollari va mehnat predmetlari); • milliy daromad (ishchi kuchi va qo'shimcha mahsulotning qiymati). Ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat subsidiyalaridan yoki bank kreditidan foydalanish kerak. Ularning har ikkalasi ham moddiy ishlab chiqarish sohasidan chetda shakllanadi. JIMning qiymatidan sarflangan ishlab chiqarish vositalarini tiklashni (amortizatsiya ajratmalari, materiallar, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar sotib olish, yoqilg'i elektroenergiyani xarid qilish ko'rinishlarida va h.k.) taqsimlash jarayonlariga kiritish mumkin emas. Bu tiklanish takror ishlab chiqarishning uzluksiz zarurligi bilan belgilanadi. Chunki usiz jamiyatning bo'lishi (amal qilishi) mumkin emas. Lekin shaklan bu JIMni taqsimlash jarayonidir. Agar moddiy ishlab chiqarish sohasini yagona tizim sifatida qabul qilinsa, u holda keyingi qayta taqsimlash MDdan faqat soliqlarni to'lashga borib tugar edi. Biroq taqsimlashning real sohasida faqat davlat (soliq tizimi orqali) ishtirok etibgina qolmasdan, balki xizmat ko'rsatish sohasi, maorif, sog'liqni saqlash, bank tizimi va h.k.lar ham qatnashadi. Davlat o'z daromadlarini shakllantirib, ular hisobidan, xususan, byudjetga bog'liq xodimlarga ish haqi to'laydi. Byudjet sohasida ishlaydiganlar esa, o'z navbatida, Davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirishga yo'naltirilgan  soliqlarni to'laydilar. Fuqarolar o'z
shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlar haqini to'laydilar, sug'urta fondlariga badallar
ajratadilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qaytaradilar. Korxonalar
xizmat  ko'rsatib  olgan  daromadlari  hisobidan  ham  soliqlar  to'laydilarki,  ular  byudjet
daromadlarini  shakllantirishga  yo'naltiriladi.  Taqsimlashning  tarkibiga  kiruvchi  barcha
munosabatlar ham moliya bo'lavermaydi. Lekin taqsimlash  chegarasidan chetda moliya
mavjud emas.
JIMning ikkiga bo'linishi bilan ta'riflanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan so'ng
ikkinchi bosqich boshlanadi. Unga  muvofiq MD jamg'arish fondi va iste'mol fondiga
bo'linadi.
Jamg'arish  fondi  ikki  qismdan  iborat  bo'lib,  bir  qismi  takror  ishlab  chiqarishni
kengaytirishga,  ikkinchi  qismi  esa  rezerv  fondlarini  shakllantirishga  mo'ljallangandir.
Taqsimlashning  bu  bosqichida  moliyaning  ishtiroki  iqtisodiyotga  davlat  mablag'
qo'yilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug'urta fondlarini
tashkil  qilish  orqali  namoyon  bo'ladi.  Bunda  tegishli  fondlarni  shakllantirish  bosqichi
oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin.
Chunki  barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet  doirasida amalga
oshiriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda  byudjet qonun kuchiga ega bo'lib, bu narsa
taqsimlash jarayoni qonuniyatlarini o'rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-
ketligini inobatga olmaslikka imkon beradi. Ko'pchilik hoUarda amaliyotda daromadlardan
xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bo'ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq
xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari
bo'yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi.
Jamg'arish fondi va iste'mol fondi o'rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab
chiqarish jarayonining mahsus sub'ektlari (davlat bilan birgalikda) o'rtasida ham o'ziga
xosliklarga  egadir.  Iste'mol  darajasiga  texnologiya  holati,  kommunikatsiyalar,  davlat
tuzilmasi,  partiya  va  harakatlarning  obro'si  va  boshqa  ko'plab  omillar  o'z  ta'sirini
ko'rsatadi.
Xuddi shunga o'xshash ravishda jamg'arish fondi va iste'mol fondi o'rtasidagi nisbatlar
munosabatini aniqlash ham qiyin. Iste'mol fondining yetarli yuqori darajadasida noishiab
chiqarish sohasida jamg'arish hissasi ortadi (ya'ni, shaxsiy jamg'armalar o'sadi). Agar
MDda iste'molning nisbiy hissasi kamroq bo'lsa, korporativ jamg'armalar o'sadi. Chunki
Logotip
byudjeti daromadlarini shakllantirishga yo'naltirilgan soliqlarni to'laydilar. Fuqarolar o'z shaxsiy daromadlari hisobidan turli xizmatlar haqini to'laydilar, sug'urta fondlariga badallar ajratadilar, bank kreditidan foydalanganliklari uchun foizlarni qaytaradilar. Korxonalar xizmat ko'rsatib olgan daromadlari hisobidan ham soliqlar to'laydilarki, ular byudjet daromadlarini shakllantirishga yo'naltiriladi. Taqsimlashning tarkibiga kiruvchi barcha munosabatlar ham moliya bo'lavermaydi. Lekin taqsimlash chegarasidan chetda moliya mavjud emas. JIMning ikkiga bo'linishi bilan ta'riflanadigan taqsimlashning birinchi bosqichidan so'ng ikkinchi bosqich boshlanadi. Unga muvofiq MD jamg'arish fondi va iste'mol fondiga bo'linadi. Jamg'arish fondi ikki qismdan iborat bo'lib, bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirishga, ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga mo'ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat mablag' qo'yilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug'urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bo'ladi. Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu yerda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega bo'lib, bu narsa taqsimlash jarayoni qonuniyatlarini o'rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma- ketligini inobatga olmaslikka imkon beradi. Ko'pchilik hoUarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bo'ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bo'yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi. Jamg'arish fondi va iste'mol fondi o'rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining mahsus sub'ektlari (davlat bilan birgalikda) o'rtasida ham o'ziga xosliklarga egadir. Iste'mol darajasiga texnologiya holati, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi, partiya va harakatlarning obro'si va boshqa ko'plab omillar o'z ta'sirini ko'rsatadi. Xuddi shunga o'xshash ravishda jamg'arish fondi va iste'mol fondi o'rtasidagi nisbatlar munosabatini aniqlash ham qiyin. Iste'mol fondining yetarli yuqori darajadasida noishiab chiqarish sohasida jamg'arish hissasi ortadi (ya'ni, shaxsiy jamg'armalar o'sadi). Agar MDda iste'molning nisbiy hissasi kamroq bo'lsa, korporativ jamg'armalar o'sadi. Chunki
yaratilgan MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab
chiqarish jarayoni negizida o'ziga xos tovar bo'lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida
ishchi kuchi takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo'lgan o'z qiymatni yaratish
xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga  —
mehnat qurollari va mehnat buyumlari xos emas.
O'z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
• ijtimoiy iste'mol fondlari;
• shaxsiy iste'mol fondlari.
Alohida oiingan mamlakatlar bo'yicha ular o'rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga,
an'analarga va boshqaga bog'liq.  Hokimiyat tepasida kommunistik yoki sotsialistik
partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste'mol fondlari iste'mol fondlarining umumiy
hajmida asosiy o'rinni egallaydi.  Chunki ijtimoiy iste'mol fondlari orqali davlat maorif,
sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko'rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil
etadi. Ijtimoiy iste'mol fondlarining salmog'i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori
bo'lib,  bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari,  mudofaa,  sanoat,  qishloq xo'jaligi va
h.k.larni moliyalashtirish qo'llab— quwatlanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ijtimoiy iste'mol
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyasiz tasawur etib bo'lmaydi.
Boshqa hech qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita ishtirok
etmaydi.  Ammo  bu  narsani  so'zma-so'z  tushunish  kerak  emas.  Chunki,  masalan,
buxgalteriya  hisobi  tizimi  soliqlar  va  ajratmalarning  o'lchamini  aniqlashga  sharoit
yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o'z ta'sirini
ko'rsatadi. Biroq ijtimoiy iste'mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning
bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy iste'mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu
fondlarning bir qismi ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot fondlarini shakllantirishga
sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo'lgan dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida ijtimoiy
sug'urta  va  ijtimoiy  ta'minot  fondlarini  shakllantirishda  ish  beruvchilar  va  yollanma
mehnat xodimlari ham o'z to'lovlari bilan ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste'mol
fondini  shakllantirishga  shaxsiy  iste'mol  fondining  bir  qismi  yo'naltiriladi.  Shaxsiy
iste'mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bo'linadi:
• shaxsiy jamg'arma fondlari;
• iste'mol fondlari
Logotip
yaratilgan MD yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish jarayoni negizida o'ziga xos tovar bo'lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bo'lgan o'z qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga — mehnat qurollari va mehnat buyumlari xos emas. O'z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat: • ijtimoiy iste'mol fondlari; • shaxsiy iste'mol fondlari. Alohida oiingan mamlakatlar bo'yicha ular o'rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga, an'analarga va boshqaga bog'liq. Hokimiyat tepasida kommunistik yoki sotsialistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste'mol fondlari iste'mol fondlarining umumiy hajmida asosiy o'rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste'mol fondlari orqali davlat maorif, sog'liqni saqlash va ijtimoiy yordam ko'rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi. Ijtimoiy iste'mol fondlarining salmog'i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bo'lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xo'jaligi va h.k.larni moliyalashtirish qo'llab— quwatlanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, ijtimoiy iste'mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyasiz tasawur etib bo'lmaydi. Boshqa hech qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani so'zma-so'z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning o'lchamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Biroq ijtimoiy iste'mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi. Ijtimoiy iste'mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bo'lgan dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida ijtimoiy sug'urta va ijtimoiy ta'minot fondlarini shakllantirishda ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ham o'z to'lovlari bilan ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste'mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste'mol fondining bir qismi yo'naltiriladi. Shaxsiy iste'mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bo'linadi: • shaxsiy jamg'arma fondlari; • iste'mol fondlari
Aynan shaxsiy iste'mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat
ko'rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.
Iste'mol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi nisbat hamda ularning tabiiy hajmi bozor
iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur'atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar
ko'rinishida  birlamchi  daromadlarning  katta  qismini  olib  qo'ysa,  u  shu  bilan
iqtisodiyotning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv
organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi  — uning xarajatlari yo ortiqcha
(davlat  apparati  xarajatlarini  moliyalashtirish  to'g'risida  gap  ketayapti),  yo  samarasiz
(iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo o'rinsiz (ijtimoiy soha xarajatlari haddan
ziyod qimmat bo'lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishLni rag'batlantirmaydi)
bo'lishi mumkin. Agar davlat soliqlar ko'rinishida MDning 30% dan ortiqrog'ini oladigan
bo'lsa, u holda iqtisodiyotni o'stirish va modernizatsiya qilish uchun ichki rezervlar yetarli
darajada bo'lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqni olib qo'yish darajasi 30%dan ham ortiq
bo'lishi  mumkin.  Biroq,  bunday  hollarda  ishchi  kuchini  takror  ishlab  chiqarish
xarajatlarining
1.4. Moliya taraqqiyoti
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari bilan farqlanadi.
O'z navbatida yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish
darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos
kelishi  kerak.  Bunda  o'zgarishlar  har  davlatda  yuqoridagidek  ketma-ketlikda  va  uzchil
aloqada sodir bo'lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy qonuniyat xususiy holatlarga
bog'liq bo'lmaydi. Har bir ijtimoiy formatsiya va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi
davlatga ma'lum bir moliyaviy tuzilma  mos keladi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda
moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi:
• har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o'z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya
MDni  taqsimlash  munosabatlarini  hisobga  olib,  ularning  davlat  foydasiga  qayta
taqsimlanishini tashkil qiladi;
• har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya
qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo'ysunadi;
• ishlab chiqarishning yangi usuli xo'jalik munosabatlarining  yangi tizimini vujudga
keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal tuzumlarda natural munosabatlar xos bo'lgan bo'lsa,
Logotip
Aynan shaxsiy iste'mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat ko'rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi. Iste'mol fondi va jamg'arish fondi o'rtasidagi nisbat hamda ularning tabiiy hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur'atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar ko'rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini olib qo'ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu yerda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi — uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish to'g'risida gap ketayapti), yo samarasiz (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo o'rinsiz (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bo'lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishLni rag'batlantirmaydi) bo'lishi mumkin. Agar davlat soliqlar ko'rinishida MDning 30% dan ortiqrog'ini oladigan bo'lsa, u holda iqtisodiyotni o'stirish va modernizatsiya qilish uchun ichki rezervlar yetarli darajada bo'lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqni olib qo'yish darajasi 30%dan ham ortiq bo'lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlarining 1.4. Moliya taraqqiyoti Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar bir-biridan ishlab chiqarish munosabatlari bilan farqlanadi. O'z navbatida yangi ishlab chiqarish munosabatlari ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasidan kelib chiqadi. Yangi ishlab chiqarish munosabatlariga davlat tuzilmasi ham mos kelishi kerak. Bunda o'zgarishlar har davlatda yuqoridagidek ketma-ketlikda va uzchil aloqada sodir bo'lmasligi mumkin. Lekin bu jarayondagi umumiy qonuniyat xususiy holatlarga bog'liq bo'lmaydi. Har bir ijtimoiy formatsiya va shunga muvofiq ravishda, shu tuzumdagi davlatga ma'lum bir moliyaviy tuzilma mos keladi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda moliyaning farqlanishi quyidagi sabablar bilan belgilanadi: • har qanday ijtimoiy tuzumga jamiyatning o'z sinfiy tuzilmasi mos keladi. Bunda moliya MDni taqsimlash munosabatlarini hisobga olib, ularning davlat foydasiga qayta taqsimlanishini tashkil qiladi; • har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda moliya hukmron sinfning manfaatlarini himoya qiluvchi davlatning maqsadlari va vazifalariga bo'ysunadi; • ishlab chiqarishning yangi usuli xo'jalik munosabatlarining yangi tizimini vujudga keltiradi. Masalan, quldorlik va feodal tuzumlarda natural munosabatlar xos bo'lgan bo'lsa,
shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan.
Kapitalistikxo'jalik  tovar-pul  munosabatlariga  tayanadi.
 Shunga  muvofiq  davlat
daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi;
• agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va
sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi;
• XX asr tajribasi ogohlantiradi:
— aniq sinflarga bo'lingan davlat mavjud bo'lmaydi;
—turli  ijtimoiy  tuzilmaga  ega  bo'lgan  davlatlar  bir  tarixiy  davrda
bo'lishi mumkin;
—bir  ijtimoiy-tarixiy  tuzumdan  ikkinchisiga  o'tish  asrlar  davomida  sodir  bo'lishi
mumkin;
—faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki  moliyaning ham eksport
qilinish ehtimoli mavjud.
Natural munosabatiar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda
ham  pul  o'zining  barcha  funksiyalarini  bajara  olmagan.  Shunga  mos  ravishda  pul
munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham keng umumlashib ketgan emas. Ibtidoiy-jamoa
tuzumining  xo'jalik  tuzilmasi  to'g'risida  aniq  ma'lumotlar  yo'qligi  uchun  taxmin  qilish
mumkinki,  doimiy  davlat  apparati  ana  shunday  davlatning  daromadlari  va  xarajatlarini
shakllantira olmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli bo'lgan funksiyalarning
kengayishi, xususan, doimiy qo'shinlarga asos solinishi, yo'l  qurilishining jorish etilishi
bilan moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari
kontribu—  siyalar, harbiy o'ljalar, natural soliqiar va boshqalar hisoblangan. Ma'lum bir
mamjakatda ma'lum bir davr mobaynida aholining  qandaydir guruhlari pul ko'rinishidagi
soliqlarni to'lagan bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan, quldorlik tuzumida pul ko'rinishidagi
soliqiar  faqat  tasodifiy  ko'rinishga  ega  edi.  Xuddi  shuningdek,  natural  xo'jalik  yuritishga
asoslangan feodalizmda ham pullik soliqiar ustuvor bo'la olmas edi.
Shuni tushunish muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o'tishi munosabati bilan
iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaumumiylikxususiyatiga ega bo'ladi. Biroq hatto ana shunday
sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulga bog'liq  bo'lmagan usullari saqlanib
qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli  sifatida yoppasiga harbiy majburiyatni ko'rsatish
mumkin.
Moliyaning  tarixiy  xarakterga  ega  ekanligi  har  qanday  davlat  o'z  funksiyalarini
Logotip
shunga mos ravishda davlat daromadlarini shakllantirish ham natural xarakter kasb etgan. Kapitalistikxo'jalik tovar-pul munosabatlariga tayanadi. Shunga muvofiq davlat daromadlarini shakllantirish ham pul shaklida amalga oshiriladi; • agar davlat boshqaruv organi sifatida tarkib topgan ishlab chiqarish munosabatlari va sinfiy tuzumning vazifalariga xizmat qilsa, shu vazifalarga moliya ham xizmat qiladi; • XX asr tajribasi ogohlantiradi: — aniq sinflarga bo'lingan davlat mavjud bo'lmaydi; —turli ijtimoiy tuzilmaga ega bo'lgan davlatlar bir tarixiy davrda bo'lishi mumkin; —bir ijtimoiy-tarixiy tuzumdan ikkinchisiga o'tish asrlar davomida sodir bo'lishi mumkin; —faqat ijtimoiy tuzilma va texnologiyalarning emas, balki moliyaning ham eksport qilinish ehtimoli mavjud. Natural munosabatiar ustunlik qilgan paytlarda hatto nisbatan rivojlangan mamlakatlarda ham pul o'zining barcha funksiyalarini bajara olmagan. Shunga mos ravishda pul munosabatlarining tizimi sifatida moliya ham keng umumlashib ketgan emas. Ibtidoiy-jamoa tuzumining xo'jalik tuzilmasi to'g'risida aniq ma'lumotlar yo'qligi uchun taxmin qilish mumkinki, doimiy davlat apparati ana shunday davlatning daromadlari va xarajatlarini shakllantira olmagan. Davlat apparatining shakllanishi, unga tegishli bo'lgan funksiyalarning kengayishi, xususan, doimiy qo'shinlarga asos solinishi, yo'l qurilishining jorish etilishi bilan moliyaning roli oshib borgan. Quldorlik davlatlari daromadlarining asosiy manbalari kontribu— siyalar, harbiy o'ljalar, natural soliqiar va boshqalar hisoblangan. Ma'lum bir mamjakatda ma'lum bir davr mobaynida aholining qandaydir guruhlari pul ko'rinishidagi soliqlarni to'lagan bo'lishi mumkin. Shunga qaramasdan, quldorlik tuzumida pul ko'rinishidagi soliqiar faqat tasodifiy ko'rinishga ega edi. Xuddi shuningdek, natural xo'jalik yuritishga asoslangan feodalizmda ham pullik soliqiar ustuvor bo'la olmas edi. Shuni tushunish muhimki, jamiyatning tovar-pul munosabatlariga o'tishi munosabati bilan iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaumumiylikxususiyatiga ega bo'ladi. Biroq hatto ana shunday sharoitda ham davlat ehtiyojlarini qondirishning pulga bog'liq bo'lmagan usullari saqlanib qolishi mumkin. Buning mumtoz misoli sifatida yoppasiga harbiy majburiyatni ko'rsatish mumkin. Moliyaning tarixiy xarakterga ega ekanligi har qanday davlat o'z funksiyalarini
amalga  oshirishi  uchun  zarur  fondlarni  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  tizimini
yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan
foydalanish shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq fondlarni
shakllantirish  manbalari  urushlar  boshqalarga  nisbatan  tajovuz  tufayli  boyigan
mamlakatlarda  qiroUik  hokimiyatini  mustahkamlagan.  Yer  egalarini  saqlashga  sarf
qilingan to'lovlardan tashqari dehqonlar yo'llar, qasrlar, qal'alar qurish va armiyaga xizmat
qilish  bilan  bog'liq  bo'lgan  boshqa  ishlarni  ham  bajarishga  majbur  bo'lganlar.
Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat buyumlar bilan emas,
balki  pul  shaklida  ham  to'laganlar.  Savdogarlar  feodalga  sovg'alar  va  daromad
to'lovlaridan tashqari tranzit va boshqa bojlarni ham to'laganlar.
8 Afsuski, O'rta Osiyodagi vaziyat ba'zi bir ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra tegishli
mutaxassislartomonidan yetarli darajada tadqiq etilmaganligi va mavjud manbalar  ustida
ishlashning juda murakkabligi munosabati bilan masalaning bu jihatlariga o'z
O'rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o'z soliqlari va o'lponlarini joriy etgan.
Hatto  davlatning  ichida  ham  soliq  va  o'lponlarni  unifikatsiya  qilish to'g'risida  gap
bo'lmagan.  Absolyutizmning  mustahkamlanishi  va  ishlab  chiqarish  kuchlarining
rivojlanishi pulli soliqlarga o'tishga olib keldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha
yuqori bo'lsa, pulli soliqlarning salmog'i ham shuncha kattalashib borgan. Feodalizmning
o'rta va so'nggi davrlariga xos bo'lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining
mavjudligini e'tirof etish lozim. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan
summani  to'lab, daromadlarning katta  qismini  o'z  ixtiyorlarida qoldirganlar.  Shuning
uchun ham  sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal  munosabatlami  burjua
munosabatlariga aylantirishda asosiy manfaatdorlar shaklida may donga chiqqanlar.
Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilaming qo'lida katta miqdordagi pul
resurslarining to'planishiga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi
mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakil lariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va
preferensiyalari, to'siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari kapitalning jamg'arilishiga
olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg'arilgan kapital endigina
tug'ilib kelayotgan sanoat sari yo'l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o'z
ta'sirini ko'rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq,
harbiy inshootlar, flotni qurish uchun buyurtmachi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq
Logotip
amalga oshirishi uchun zarur fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish tizimini yaratadi, degan xulosani chiqarishga imkon beradi. Bunda fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlari bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Biroq fondlarni shakllantirish manbalari urushlar boshqalarga nisbatan tajovuz tufayli boyigan mamlakatlarda qiroUik hokimiyatini mustahkamlagan. Yer egalarini saqlashga sarf qilingan to'lovlardan tashqari dehqonlar yo'llar, qasrlar, qal'alar qurish va armiyaga xizmat qilish bilan bog'liq bo'lgan boshqa ishlarni ham bajarishga majbur bo'lganlar. Hunarmandlar feodal va shahar hokimiyatlariga soliqlarni faqat buyumlar bilan emas, balki pul shaklida ham to'laganlar. Savdogarlar feodalga sovg'alar va daromad to'lovlaridan tashqari tranzit va boshqa bojlarni ham to'laganlar. 8 Afsuski, O'rta Osiyodagi vaziyat ba'zi bir ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra tegishli mutaxassislartomonidan yetarli darajada tadqiq etilmaganligi va mavjud manbalar ustida ishlashning juda murakkabligi munosabati bilan masalaning bu jihatlariga o'z O'rta asrlarning boshlarida har bir hukmdor o'z soliqlari va o'lponlarini joriy etgan. Hatto davlatning ichida ham soliq va o'lponlarni unifikatsiya qilish to'g'risida gap bo'lmagan. Absolyutizmning mustahkamlanishi va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi pulli soliqlarga o'tishga olib keldi. Jamiyatda tovar munosabatlari qancha yuqori bo'lsa, pulli soliqlarning salmog'i ham shuncha kattalashib borgan. Feodalizmning o'rta va so'nggi davrlariga xos bo'lgan yagona umumiy belgi sifatida sotib olish tizimining mavjudligini e'tirof etish lozim. Sotib oluvchilar xazinaga kelishilgan yoki qayd etilgan summani to'lab, daromadlarning katta qismini o'z ixtiyorlarida qoldirganlar. Shuning uchun ham sotib oluvchilar, savdogarlar, hunarmandlar feodal munosabatlami burjua munosabatlariga aylantirishda asosiy manfaatdorlar shaklida may donga chiqqanlar. Soliqqa tortishning sotib olish tizimi sotib oluvchilaming qo'lida katta miqdordagi pul resurslarining to'planishiga imkon berdi. Ular zavodlar, fabrikalar va banklarning birinchi mulkdorlariga, burjuaziyaning birinchi vakil lariga aylanganlar. Turli soliq imtiyozlari va preferensiyalari, to'siqli bojxona bojlari va soliq immunitetlari kapitalning jamg'arilishiga olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi bilan jamg'arilgan kapital endigina tug'ilib kelayotgan sanoat sari yo'l olib, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Va nihoyat, hukumat, uzluksiz feodal urushlarini olib borib, qurol-yaroq, harbiy inshootlar, flotni qurish uchun buyurtmachi sifatida maydonga chiqib, MDni soliq