MOLIYANING MOHIYATI VA FUNKSIYALARI
Reja:
1. Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati.
2. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida.
3. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning o‘zaro bog‘liqligi.
1-savol bayoni. “Moliya” arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida eng umumiy
tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu so‘z ona tilimizda
ishlatilishining quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
FFshakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya
kapitali, moliya tizimi);
biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul
mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (so‘zlashuv
tilida)1.
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek,
“moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” so‘zlari ham moliyaga daxldordir2.
O‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so‘zi fransuzcha “finance”,
lotincha “financia” va ruscha “finansi” so‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum
1 Qarang: O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J.2. Ye – M // Tahrir hay’ati:
T.Mirzayev (rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006. – 611-b.
2 Qarang: o‘sha manba, 610- va 611-betlar.
ma’noda, sinonimi3 hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki
“to‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi4.
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun
ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar
tizimida qanday o‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida moliya
puldan o‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bo‘yicha farqlanadi. Agar
pul umumiy ekvivalent bo‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab
chiqaruvchilarning mehnat harajatlari o‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot
(YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy
instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini
shakllantirish yo‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga
bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarfla-nishi
ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mo‘ljallanganligini
belgilab beradi.
Moliya quyidagilar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini
ifodalaydi:
tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya
qilish jarayonida korxonalar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash
borasida korxonalar va ularning yuqori organlari o‘rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
byudjet tizimiga soliqlarni to‘lash va harajatlarni byudjetdan
moliyalashtirish davomida korxona va davlat o‘rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
3 Biz bu yerda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so‘zlarni
nazarda tutayapmiz.
4 “Moliya” atamasining kelib chiqishi xususida iqtisodiy adabiyotlarda turlicha qarashlar, tasavvurlar mavjud.
Ayrim mualliflarning fikricha, bu atama XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida vujudga kelib, keyinroq
xalqaro maydonga tarqalgan hamda aholi va davlat o‘rtasidagi pul munosabatlari tizimi bilan bog‘langan
tushunchani o‘zida mujassam etgan (Qarang: Finansi, denejnoye obrasheniye i kredit. Uchebnik / Pod red.prof.
V.K.Senchagova, prof.A.I.Arxipova. –M.: Finansi i statistika, 1999. s.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda,
bu atama muomalaga 1755 yilda “Respublika xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan fransuz olimi J.Boden
tomonidan kiritilgan (Qarang: Finansi. Uchebnik dlya vuzov / Pod red. prof. M.V.Romanovskogo,
O.V.Vrublevskoy, B.M.Sabanti. – M.: Finansi i statistika, 2000. s.44).
soliqlar va boshqa ixtiyoriy to‘lovlarni to‘lash jarayonida davlat va
fuqarolar o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
to‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar,
fuqarolar va nobyudjet fondlari o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
byudjet tizimining alohida bo‘g‘inlari o‘rtasida vujudga keladigan pul
munosabatlari;
sug‘urta badallarini to‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi ro‘y
bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari
o‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul
munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bo‘lib
mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini
qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab
beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish
fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari
(nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun ham barcha
mamlakatlarda MD statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir.
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo‘lmaydi. Moliya MDni yaratish
va undan foydalanishning ajratib bo‘lmaydigan bog‘lovchi bo‘g‘ini hisoblanadi.
Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’ektiv harakterga
ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis
kategoriyasiga mansubdir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror
ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va
funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga
kelishi jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda
davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya
deyiladi.
2-savol bayoni. Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-da, ko‘p jihatdan u
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq
etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bo‘ladi.
Moliya – bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida MDni
ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-yati “Davlat kimning
hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu
mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon
bo‘ladi.
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy
kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. MDning
taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga
mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘larining
o‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos
sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bo‘lgan talab va taklifni tartibga soladi
va shu orqali takror ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish
haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rsatkich hisoblanadi.
Agar davlat baholarni tartibga solmasa, sotsial to‘lovlarni korrektirovka
(o‘zgartirishga) qilishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bo‘ladi. Hozirgi
paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida davlat sotsial ahamiyat kasb etuvchi
muhim tovarlarning bahosini korrektirovka qilayotir (o‘zgarti-rayotir). Baho,
shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda
davlat tomonidan foydalaniladi. Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari
ko‘plab tovar guruhlari bo‘yicha sotib olish olish bahosi bo‘yicha emas, balki
haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bo‘yicha undiriladi.
Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda) byudjetning
daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi.
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy
bog‘liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining
doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit
institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifoda-laydi.
Bank krediti sifatida sof ko‘rinishda tushuniladigan kredit davlatga bevosita
bog‘liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli yetarli darajada
aniqlangan - bu daromadlar va harajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash
usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va
h.k. Biroq, bir vaqtning o‘zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa
uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet harajatlarini
qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli.
O‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida
saqlanayotgan bo‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir.
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o‘zining qaytariluvchanligi va
haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning o‘zida, har ikki holatda ham ular pul
mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul
munosabatlarining chegarasidan (ramkasidan) chetga chiqmay-di. Hatto, tovar
krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar korxonalar va aholining bo‘sh pul
mablag‘larini akkumulyatsiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik,
haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar
moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan
shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda
oldindan o‘rnatilgan foizlarni to‘lagan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida keltirib o‘tilgan barcha kategoriyalar pul harakteriga, pul tabiatiga
ega bo‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan,
ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to‘lanma, ya’ni pul deb atalishi
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan
pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda
davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining
qo‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan
daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish
(emissiya qilish) bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob-
lanadi.
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi.
Ular bir-birlaridan o‘zlarining funksiyalari va mo‘ljallanganligi bilan ajralib turadi.
Bunda kategoriyalarga tegishli bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko‘rib
chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent harakterga ega
bo‘lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul
munosabatlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya
mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga o‘tsa, u boshqa
iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini o‘zida mujassam etadi.
3-savol bayoni. Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon
bo‘ladi. Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1. Taqsimlash;
2. Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi5. Har
qanday (bir) moliyaviy operatsiya YAIM va MDni taqsimlash va shu taqsimlash
ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash harakteriga
ega ekanligi uchun, shunga muvofiq ravishda moliyaning bosh yoki asosiy
5 Bir vaqtning o‘zida moliyaning funksiyalari xususida moliyachi-olimlar o‘rtasida hamon bir to‘xtamga kelingani
yo‘qligini ham qayd etib o‘tish kerak. Ayrim iqtisodchi-olimlarning fikricha, moliyaning funksiyalari 2tadan
10tagacha tebranib boradi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Davlat xizmati
akademiyasi iqtisodchi-olimlarining fikriga muvofiq moliyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:
taqsimlash va qayta taqsimlash; rag‘batlantirish (tartibga solish); nazorat; takror ishlab chiqarish; takror ishlab
chiqarishning barcha darajalarida uning jarayonlarini pul mablag‘lari bilan ta’minlash. (Qarang: Finansi, nalogi i
kredit. Uchebnik. Izd. 2-ye, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.21).
funksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. Moliya YAIMni
taqsimlashning turli bosqich-lariga xizmat qilib, uni birlamchi taqsimlashda va
qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning turli
darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o‘z-o‘zini
boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga taqsimlashning turli
ko‘rinishlarini (xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo va b.)
tug‘diruvchi ko‘p bosqichlilik xosdir.
Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy
yoki birlamchi daromadlar” deb nom olganlarni yaratish (tashkil etish) sodir
bo‘lganda namoyon bo‘ladi. Ularning yig‘indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar
MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida
shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;
moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor tarmoqlarini
rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, aholining moddiy va
madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy pul fondlarining shakllanishini
ta’minlay olmaydi. Buning uchun quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni
yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur:
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg‘armalaridan eng samarali
va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni tarmoqlararo va hududiy qayta
taqsimlash bilan;
ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining
(maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va
h.k.) ham mavjudligi bilan;
aholining turli ijtimoiy qatlamlari o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash
bilan.