MOLIYANING MOHIYATI VA VAZIFALARI. MOLIYA TIZIMI
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat,
uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab
chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi pul mablag‘lari oqimining
samarali tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti
jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida
o‘zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o‘rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar,
turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o‘zining barcha
vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy
iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab
chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi
raqobatbardoshligining oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini,
tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va
uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir.
Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi
va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya pul bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lib, uning moddiy asosini pul tashkil
qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa – tushuncha emas.
Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi,
yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko‘plab boshqa iqtisodiy
subyektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar –
davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar
o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga
keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi. Moliyaviy
munosabatlarning obyektlari bo‘lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib
topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag‘lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy
munosabatlar subyektlari tarkiban murakkab bo‘lib, ularga barcha tashkilotlar,
korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo
moliyaviy munosabatlar bo‘lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida
quyidagi munosabatlarni ko‘rsatish mumkin:
- davlatlararo moliyaviy munosabatlar;
- davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar
o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o‘rtasidagi
moliyaviy munosabatlar;
- davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxonalararo moliyaviy munosabatlar;
- korxonalar va banklar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxona ichidagi xo‘jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy
munosabatlar va boshqalar.
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi vazifalarni
bajaradi:
1)
iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan
ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi;
2)
taqsimlash vazifasi;
3)
rag‘batlantirish vazifasi; 4) nazorat qilish vazifasi.
Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning,
jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot
ishlarini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va
boshqalarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, moliya iqtisodiy
jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini
bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida
yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil
qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar,
iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari
o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.
Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot
qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va
sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish
vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya
intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib
olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar
jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va boshqa turli
darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini,
davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi,
korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa
maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi.
Eng avvalo, korxona (tarmoq)lar va umumdavlat moliyasini bir-biridan
farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish
jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan ularning moliyaviy
ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy
sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq
tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi
bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy
qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining
asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar
yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi
ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.
Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan
daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy
xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekistonda davlat budjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining
tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (21.1 va 21.2-jadvallar).
Davlat budjeti daromadlarining tarkibiy tahlilidan ko‘rinadiki, bilvosita
soliqlardan budjetga 2019 yilda 46427,2 mlrd. so‘m kelib tushgan. Bu holat shuni
tasdiqlaydiki, davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda bilvosita soliqlarning
fiskal ahamiyati yuqori bo‘lmoqda.
Davlat budjeti daromadlarining shakllanish samaradorligi va barqarorligi
amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan xarajatlar ijrosining moddiy asosini tashkil etadi.
Shuningdek, davlat budjeti xarajatlari davlat tomonidan olib borilayotgan
islohotlarning tom ma’nodagi ifodasini o‘zida aks ettiradi. Buni quyidagi jadval
ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin.
21.1-
jadval
Davlat
budjeti
daromadlari
to‘g‘risida
ma’lumot
(mlrd.so‘m)1
Asosiy budjet
ko‘rsatkichlari
2012
2014
2016
2017
2018
2019
Davlat budjeti
daromadlari
20614,1 31730,5 41030,7 49684,8
79099,1
112160,4
Shu jumladan:
Bevosita soliqlar
5196,4 7433,0 9853,6 11538,9
15436,6
31671,7
Bilvosita soliqlar
11187,8 16852,3 21131,0 26133,6
40949,0
46427,2
Resurs soliqlari
2746,4 4311,5 5306,2
6867,4
12663,4
19680,8
Boshqa daromadlar
1483,5 3133,7 4739,9
5144,7
10050
14380,7
21.2-
jadval Davlat budjeti xarajatlari to‘g‘risida ma’lumot (mlrd.so‘m)2
Ko‘rsatkichlar
2012
2014
2016
2017
2018
2019
Davlat budjeti xarajatlari
21571 31425,4 40930,0 49344,9 79 736,1 118008,6
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo‘llab-quvatlash
xarajatlari
12513 18493,7 24106,7 26922,7 42901,1 63580,1
1 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida - https://www.mf.uz/uz/rukovodstvo-
ipodvedomstvennye-organizacii/content/parametry-gosudarstvennogo-byudzheta.html
2 Manba: O‘zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi ma'lumotlari asosida - https://www.mf.uz/uz/rukovodstvo-
ipodvedomstvennye-organizacii/content/parametry-gosudarstvennogo-byudzheta.html
Iqtisodiyot xarajatlari
2372 3363,3 4346,9 5280,7
8461,8 18481,0
Markazlashgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish
1059 1624,7 2131,8 3234,8
5396,4
7048,5
Davlat
hokimiyati
va
boshqaruvi organlari, sud
organlari xarajatlari
629
1414,2 1790,8 1932,9
3666,1
6020,3
Boshqa xarajatlar
4735 6529,4 8553,8 11973,8 19310,7 22878,7
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, davlat budjeti xarajatlarida ijtimoiy soha va
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarining salmog‘i yuqori bo‘lmoqda.
Xususan, ushbu xarajatlar 2012 yilda 12513 milliard so‘mga rejalashtirilib, jami
budjet xarajatlarida 58 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib
ushbu xarajatlar 63580,1 milliard so‘m hajmida bajarilgan va uning jami budjet
xarajatlaridagi ulushi 53,9 foizini tashkil etadi. Demak, ushbu sohaga qilinayotgan
xarajatlar, birinchidan, nominal mazmunda va shuningdek, umumiy xarajatlar
salmog‘ida ham ortib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi,
PF-4947-sonli Farmonining 3-yo‘nalishining 3.1-bandida “xarajatlarning ijtimoiy
yo‘naltirilganligini saqlab qolgan holda, Davlat budjetining barcha darajalarida
mutanosibligini muvozanatni saqlash, mahalliy budjetlarning daromad qismini
mustahkamlashga yo‘naltirilgan budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish”
masalasi qo‘yilgan.
Shunga mos tarzda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasining “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti
to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
imzolandi. Unga ko‘ra, ilk bor, “2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining
Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan respublika
budjeti xarajatlari vazirlik va idoralar kesimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi palatalari tomonidan, mahalliy budjetlar xarajatlari esa xalq deputatlari
mahalliy kengashlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi. 2020 yildan
boshlab barcha davlat maqsadli jamg‘armalari va chetdan jalb qilingan tashqi qarz
mablag‘lari
hisobidan
amalga
oshirilayotgan
davlat
xarajatlari
konsolidatsiyalashgan davlat budjetida aks ettirilib, budjet qamrovi va ochiqligi
darajasi kuchaytirildi. Xalqaro standartlarga muvofiq umumiy fiskal balansining
hisobini yuritish yo‘lga qo‘yildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil
sug‘urta (ijtimoiy sug‘urta, tibbiy sug‘urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya
fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish
fondi, tarixiy yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko‘mak berish fondi va
boshqalar)ning ahamiyati ortib boradi.