MOLIYANING MOHIYATI VA VAZIFALARI. MOLIYA TIZIMI

Yuklangan vaqt

2024-08-31

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

24,0 KB


 
 
 
 
 
 
MOLIYANING MOHIYATI VA VAZIFALARI. MOLIYA TIZIMI 
 
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, 
uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab 
chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi pul mablag‘lari oqimining 
samarali tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti 
jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida 
o‘zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o‘rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, 
turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o‘zining barcha 
vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy 
iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab 
chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi  
raqobatbardoshligining oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, 
tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.  
Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va 
uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir.  
Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi 
va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirish maqsadida taqsimlanadi.  
Moliya pul bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lib, uning moddiy asosini pul tashkil 
qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa – tushuncha emas.  
MOLIYANING MOHIYATI VA VAZIFALARI. MOLIYA TIZIMI Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli qatlamlari o‘rtasidagi pul mablag‘lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va yuridik shaxslar o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o‘rnatadi. Davlat korxona va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o‘zining barcha vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi farovonligining o‘sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligining oshishini rag‘batlantiradi, ishlab chiqarish tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi. Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag‘laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag‘lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya pul bilan bog‘liq munosabatlar bo‘lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa – tushuncha emas.
 
 
Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, 
yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko‘plab boshqa iqtisodiy 
subyektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – 
davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar 
o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga 
keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.  
Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi. Moliyaviy 
munosabatlarning obyektlari bo‘lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib 
topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag‘lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy 
munosabatlar subyektlari tarkiban murakkab bo‘lib, ularga barcha tashkilotlar, 
korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo 
moliyaviy munosabatlar bo‘lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida 
quyidagi munosabatlarni ko‘rsatish mumkin:  
- davlatlararo moliyaviy munosabatlar;  
- davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar 
o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;   
- boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o‘rtasidagi 
moliyaviy munosabatlar;  
- davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;  
- davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;  
- davlat va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;  
- korxonalararo moliyaviy munosabatlar;  
- korxonalar va banklar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar;  
- korxona ichidagi xo‘jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy 
munosabatlar va boshqalar.  
Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko‘plab boshqa iqtisodiy subyektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o‘rtasida pul mablag‘lari fondlarining harakati bilan bog‘liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui. Moliyaviy munosabatlarning obyektlari va subyektlari farqlanadi. Moliyaviy munosabatlarning obyektlari bo‘lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag‘lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar subyektlari tarkiban murakkab bo‘lib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar bo‘lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni ko‘rsatish mumkin: - davlatlararo moliyaviy munosabatlar; - davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - davlat va korxonalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - davlat va aholi o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - korxonalararo moliyaviy munosabatlar; - korxonalar va banklar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar; - korxona ichidagi xo‘jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy munosabatlar va boshqalar.
 
 
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi vazifalarni 
bajaradi:  
1) 
iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan 
ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi;  
2) 
taqsimlash vazifasi;  
3) 
rag‘batlantirish vazifasi; 4) nazorat qilish vazifasi.  
Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning, 
jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot 
ishlarini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va 
boshqalarning  amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni 
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, moliya iqtisodiy 
jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini 
bajaradi.   
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida 
yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil 
qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, 
iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari 
o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi.   
Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot 
qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va 
sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.   
Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish 
vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya 
intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib 
olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.  
Moliya iqtisodiyot doirasida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi; 2) taqsimlash vazifasi; 3) rag‘batlantirish vazifasi; 4) nazorat qilish vazifasi. Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning, jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, sog‘liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va boshqalarning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kerak bo‘ladi. Shunga ko‘ra, moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o‘rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo‘ladi. Moliyaning rag‘batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo‘lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag‘ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.
 
 
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar 
jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va boshqa turli 
darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, 
davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, 
korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa 
maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi.    
Eng avvalo, korxona (tarmoq)lar va umumdavlat moliyasini bir-biridan 
farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish 
jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan ularning moliyaviy 
ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy 
sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq 
tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi 
bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. 
Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy 
qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining 
asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar 
yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi 
ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir.  
Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan 
daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy 
xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi.    
O‘zbekistonda davlat budjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining 
tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (21.1 va 21.2-jadvallar).  
Davlat budjeti daromadlarining tarkibiy tahlilidan ko‘rinadiki, bilvosita 
soliqlardan budjetga 2019 yilda 46427,2 mlrd. so‘m kelib tushgan. Bu holat shuni 
Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Bu tizim davlat va boshqa turli darajadagi budjetlarni, ijtimoiy, mol-mulk va shaxsiy sug‘urta fondlarini, davlatning valyuta zaxiralarini, banklar, pul muomalasi, kredit va soliq tizimi, korxona va firmalar, tijorat va notijorat tuzilmalarining pul fondlarini, boshqa maxsus pul fondlarining harakatini o‘z ichiga oladi. Eng avvalo, korxona (tarmoq)lar va umumdavlat moliyasini bir-biridan farqlash lozim. Korxona va tarmoqlar moliyasi ulardagi takror ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo‘li bilan ularning moliyaviy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat budjetini, ijtimoiy sug‘urta fondini hamda davlat mol-mulk va shaxsiy sug‘urtasi fondini, soliq tizimini o‘z ichiga oladi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat budjeti moliya tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlat budjeti – bu davlat daromadlari va xarajatlar hamda ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir. Davlat daromadlari va xarajatlarining asosiy qismi davlat budjeti orqali o‘tadi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi ijtimoiy vazifalarni hal qilish uchun sharoit yaratishdir. Davlat budjetining ikki tomoni bo‘lib, bir tomonida budjetga kelib tushadigan daromadlar tarkibi va ularning manbalari, ikkinchi tomonida esa asosiy xarajatlarning tarkibi va miqdori o‘z ifodasini topadi. O‘zbekistonda davlat budjetining tuzilishi, daromadlari va xarajatlarining tarkibi quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi (21.1 va 21.2-jadvallar). Davlat budjeti daromadlarining tarkibiy tahlilidan ko‘rinadiki, bilvosita soliqlardan budjetga 2019 yilda 46427,2 mlrd. so‘m kelib tushgan. Bu holat shuni