MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

28

File size

Fayl hajmi

2,7 MB


MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI
MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari
1.1  Korxonaning  iqtisodiy  resurslari,  uning  moliyaviy  tuzilmasi,  likvidligi,
to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri 
1.2 Moliyaviy  barqarorlik  va  uning  tiplari:  mutlaq  va  me’yoriy  barqarorlik,
nobarqaror va inqirozli holatlar
II BOB Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va
ularning tahlili
2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili  
2.2 Korxonaning  moliyaviy  barqarorligini  mustahkamlash  bo‘yicha  ichki
imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Logotip
MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI MUNDARIJA: KIRISH I BOB Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari 1.1 Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri 1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar II BOB Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili 2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili 2.2 Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ichki imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
KIRISH
       Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari
o‘z  navbatida  hisob  va  audit  tizimining  ham  xalqaro  gormonizatsiyasini  va
standartlashtirilishini  talab etmoqda.  Mazkur  vazifani  hal  etish  boshqaruvning
muhim  elementlari  bo‘lgan  hisob,  iqtisodiy  tahlil  va  auditning  ham  nazariy,
metodologik  va  amaliy  jihatlarini  yagona  tartiblarini  belgilashni,  ularni
unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo
qilmoqda. 
        Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning
ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar
rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini
belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini  ta’minlash zaruriyati tobora ortib
bormoqda.  Axborotlarni  olish  va  taqdim  etishning  eng  muhim  vositasi  bu
moliyaviy hisobotlardir.1 
        Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi, istalgan
korxonada yoki xo’jalik subyektlarida moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish va har
bir bajarilayotgan harakatlarni tahlil qilishni chuqur o’rgatish.
Quyida berilgan vazifalar orqali xo’jalik subyekti yoki korxonani o’rganish va
chuqur tahlil qilish kerak bo’ladi:
-xo‘jalik yurituvchi  subyektlarning  yaqin va uzoq davriylikdagi  reja, prognoz
ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; 
- reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan
ularning ta’sirchanligiga baho berish; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning
samaradorligiga baho berish; 
- faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; 
1
 Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik.T.: Iqtisod Moliya, 2019. - 736 b.
~ 2 ~
Logotip
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni, muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda. Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir.1 Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi, istalgan korxonada yoki xo’jalik subyektlarida moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish va har bir bajarilayotgan harakatlarni tahlil qilishni chuqur o’rgatish. Quyida berilgan vazifalar orqali xo’jalik subyekti yoki korxonani o’rganish va chuqur tahlil qilish kerak bo’ladi: -xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yaqin va uzoq davriylikdagi reja, prognoz ko‘rsatkichlarini (ilmiy, iqtisodiy jihatdan) asoslash; - reja va prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishiga, natijaga erishish yuzasidan ularning ta’sirchanligiga baho berish; - xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat qilib turadigan iqtisodiy resurslarga, ularning samaradorligiga baho berish; - faoliyatning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, erishilgan natijalariga baho berish; 1 Raximov M.Y., Kalandarova N.N. Moliyaviy tahlil. Darslik.T.: Iqtisod Moliya, 2019. - 736 b. ~ 2 ~
-  xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  pul  mablag‘larini  ko‘paytirish,  ularning
ko‘payish  vaqtini  hisob-kitob  qilish  va  natijaga  erishishga  umid  qilishdagi
qobiliyatini baholash; 
- xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit
o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. 
- iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni
orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash
va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; 
- belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat.
Kurs  ishining  predmeti  va  obyekti. Kurs  ishining  predmeti  odatda
yoritilgan mavzu yoki korxona tahlil davri atrofida aylanib, talabalarning ushbu
mavzu  bo‘yicha  bilim  va  tushunchalarini  chuqurlashtirishga  qaratilgan.  Kurs
ishining  obyekti  esa  talabalarning  mavzuni  o'zlashtirganliklarini  tadqiq  qilish,
tahlil  qilish  va  tahlil  qilingan  xo’jalik  subyekti  yoki  korxona  ma'lumotlarni
etkazish orqali ko'rsatishdir. 
I BOB. Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari  
      Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy
barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan
bo‘lsa,  moliyaviy  baraqarorlikka  erishishi  mumkin  bo‘ladi.  Agar  korxona
mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab
~ 3 ~
Logotip
- xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘larini ko‘paytirish, ularning ko‘payish vaqtini hisob-kitob qilish va natijaga erishishga umid qilishdagi qobiliyatini baholash; - xo‘jalik yurituvchi subyektning likvidligi, to‘lovga qobiliyati, ishlayotgan muhit o‘zgarishlariga munosabat bildira olishini moliyaviy holatga ta’sirini baholash. - iqtisodiy natijaviylikni o‘stirish, faoliyatning tijorat hisobdorligi, daromadlarni orttirish va moliyaviy holatni yaxshilash yuzasidan ichki imkoniyatlarini aniqlash va ularni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash; - belgilangan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirishdan iborat. Kurs ishining predmeti va obyekti. Kurs ishining predmeti odatda yoritilgan mavzu yoki korxona tahlil davri atrofida aylanib, talabalarning ushbu mavzu bo‘yicha bilim va tushunchalarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Kurs ishining obyekti esa talabalarning mavzuni o'zlashtirganliklarini tadqiq qilish, tahlil qilish va tahlil qilingan xo’jalik subyekti yoki korxona ma'lumotlarni etkazish orqali ko'rsatishdir. I BOB. Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab ~ 3 ~
chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday
korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. 
      Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa
muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa
uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. 
      Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning
bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni
makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida
bo‘lib kelgan. 
      Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda,
firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash
amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga
ahamiyat qaratiladi. 
    Moliyaviy  barqarorlikni  baholash  bir  qancha  ko‘rsatkichlar  tizimidan
foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. 
- firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati; 
- korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti; 
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti; 
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti. 
      Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi,
foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari
hisoblanadi.  Ya’ni,  moliyaviy  barqarorlik  korxona  moliyaviy  resurslarni  qay
darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi. 
      Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat
qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil
etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar
bilan  ta’minlanganligiga,  moliyalashtirishda  avtonomlik  darajasiga,  ish  va
bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. 
       Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi. 
~ 4 ~
Logotip
chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. - firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati; - korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti; - aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti; - foizlarni qoplash koeffitsiyenti. Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga, moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi. ~ 4 ~
       Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish
zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini
ifoda etadi. 
       Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga
albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali,
qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va
qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi.
      Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar
ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa
muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi. 
      Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va
zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: 
- aktivlar (uzoq muddatli); 
- ishlab chiqarish zaxiralari; 
- o‘z mablag‘lari manbasi; 
- uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar);
- qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar).
      Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‘lomlashtirishning aniq
chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning
ham  muhim  omili  hisoblanadi.  Shu sababli‚  yuzaga  kelgan  holatda e’tiborni,
birinchi  navbatda  korxonalarni  moliyaviy  sog‘lomlashtirishga  va  ularning
kelgusida barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim. 
      Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan
ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish
darajasini,  boshqa  huquqiy  va  jismoniy  shaxslar  bilan  bo‘ladigan  moliyaviy
munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni
xarakterlaydi. 
      Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni
moliyalashtirishning,  moliyaviy  mustahkamlik  va  qaramlikning,  o‘z  va  qarz
mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi. 
~ 5 ~
Logotip
Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini ifoda etadi. Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi. Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi. Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: - aktivlar (uzoq muddatli); - ishlab chiqarish zaxiralari; - o‘z mablag‘lari manbasi; - uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar); - qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar). Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi navbatda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim. Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi. Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi. ~ 5 ~
      Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning
faoliyat  natijaviyligidagi  ijobiy  natijaviylikning  iqtisodni  oltin  qoidasiga
asoslangan tartibining saqlanishidir. 
      Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin:
SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki
SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100
Bu yerda:
SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi; 
ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi; 
XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi; 
A1/A0 - aktivlarning o‘sishi. 
       Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham
moliyaviy  barqarorlikni  doimo  ham  ta’minlay  olmaydi‚  agar  ular  orasidagi
yuqoridagi  nisbatlar  saqlanmasa.  Shu  sababli,  moliyaviy  barqarorlikni  mutlaq
ifodalarini  o‘rganishda  bazan  korxonaning  foyda  bilan  chiqish  hollarida  ham
nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va
uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni
ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi. 
       Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‘yicha
jamlangan qismi  balansning  taqsimlanmagan  foyda qatorida aks  etadi.  Ushbu
qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko‘pincha debitorlik majburiyatlarining
qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Bu jarayon faqat
ularning pullik ko‘rinishda aktivda to‘planishini emas‚ balki aktivlarning barcha
turlari  bo‘yicha  to‘planishi  mumkinligini  ham  xarakterlaydi.  Shu
sababli‚  ko‘pincha  passiv  tomonda  aks  etuvchi  foyda  summasining  sifatliligi
ta’minlanmaydi. 
       Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‘payib ketishi ham
firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati
ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan oldi-sotdi
munosabatlariga  ta’sir  etadi.  Natijada  korxonalarga  ishonchsizlik  tug‘iladi.
~ 6 ~
Logotip
Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir. Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin: SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100 Bu yerda: SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi; ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi; XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi; A1/A0 - aktivlarning o‘sishi. Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi. Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‘yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko‘pincha debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik ko‘rinishda aktivda to‘planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo‘yicha to‘planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko‘pincha passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi ta’minlanmaydi. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‘payib ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug‘iladi. ~ 6 ~
Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur
yetadi. 
        Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning
moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi
eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining
yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari
bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega
bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim. 
       Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish
yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini
hisobkitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya
yetarli  bo‘lmagan  hollarda  uzoq  va  qisqa  muddatli  majburiyatlarni  jalb  etish
biznesning,  tadbirkorlik  faoliyatining  doimiy  sharti  hisoblanadi.  Shu
sababli‚  aktivlarni  moliyalashtirish  yuzasidan  majburiyatlardan  foydalanishda
albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat
qaratish lozim.    
       Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik
koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik
koeffitsiyenti,  o‘z  sarmoyasining  harakatchanlik  koeffitsiyenti,  qarz
mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati
koeffitsiyentlari kiradi. 
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini
qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan. 
Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: 
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini
baholash; 
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; 
Moliyaviy  barqarorlikni  ta’minlashda  aktivlar  va  passivlarni  joylashtirish  va
ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; 
Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish; 
~ 7 ~
Logotip
Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur yetadi. Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim. Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini hisobkitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan. Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash; Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish; ~ 7 ~
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga
ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. 
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: 
Ichki  omillar:  aktivlarning  optimal  tarkibini  shakllantirish  va  ularni  to‘g‘ri
boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri
boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish. 
Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va
kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit
qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning
tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati.     
        Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va
qo‘shimcha  manbalarni  kiritish  mumkin.  Asosiy  manbalariga:  buxgalteriya
balansi,  moliyaviy  natijalar  to‘g‘risidagi  hisobot,  xususiy  kapital  to‘g‘risidagi
hisobot shakllari kiradi. 
     Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik
manbalar va boshqa manbalar kiradi.
~ 8 ~
Logotip
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‘g‘ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish. Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati. Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari kiradi. Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi. ~ 8 ~
1.1 Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi,
to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri 
      Korxonaning iqtisodiy resurslari. 
      Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab
chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab
chiqarish va inson omillaridir. 
      Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular
qatoriga  mehnat  resurslari;  moliyaviy  resurslar  (pul  mablag‘lari,  qimmatli
qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar,
tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular,
bilimlar, axborotlar). 
      Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining
jamlangan  hisobotlarda  aks  etishi  nazarda  tutiladi.  Iqtisodiy  resurslarni
buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin.
Buxgalteriya  balansida  aktivlar  (ishlab  chiqarish,  ish  bajarish  va  xizmatlar
ko‘rsatishda)  siklik  jarayonda  qatnashishi  va  muhim  xususiyatlariga  ko‘ra
(operatsion,  investitsion,  moliyaviy)  uzoq  muddatli  va  joriy  aktivlarga
tarkiblangan.  Uzoq  muddatli  aktivlarda  asosiy  kapitalning,  joriy  aktivlarda
aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi. 
      Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish
manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga)
nazarda tutiladi. 
      Korxonalarning  o‘z  majburiyatlarini  (joriy  va  uzoq  muddatli)  to‘lash
imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi. 
~ 9 ~
Logotip
1.1 Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri Korxonaning iqtisodiy resurslari. Iqtisodiy resurslar bu – iqtisodiy manfaatlar ko‘rish yuzasidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladigan tabiiy, ishlab chiqarish va inson omillaridir. Iqtisodiy resurslar ko‘pincha ishlab chiqarish omillari ham deb yuritiladi. Ular qatoriga mehnat resurslari; moliyaviy resurslar (pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar); moddiy-ashyoviy resurslar (bino va inshootlar, mashina va uskunalar, tabiiy resurslar, energiya resurslari); nomoddiy resurslar (patentlar, nou-xoular, bilimlar, axborotlar). Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularning qiymatining jamlangan hisobotlarda aks etishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy resurslarni buxgalterlar, analitiklar biznes tilida korxona aktivlari sifatida qarash mumkin. Buxgalteriya balansida aktivlar (ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda) siklik jarayonda qatnashishi va muhim xususiyatlariga ko‘ra (operatsion, investitsion, moliyaviy) uzoq muddatli va joriy aktivlarga tarkiblangan. Uzoq muddatli aktivlarda asosiy kapitalning, joriy aktivlarda aylanma kapitalning muhim tarkibiy birliklari ifoda etiladi. Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasi deganda ularni moliyalashtirish manbalarining tarkibiy tuzilishi (o‘z mablag‘lari va qarz mablag‘lari hisobiga) nazarda tutiladi. Korxonalarning o‘z majburiyatlarini (joriy va uzoq muddatli) to‘lash imkoniyatlarini uning to‘lov layoqati ifoda etadi. ~ 9 ~
      Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona
moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi.
 
 
Korxonaning iqtisodiy resurslari davr boshiga nisbatan 11 078 788 407 ming
so‘mga ortgan. Jumladan uzoq muddatli aktivlardagi o‘zgarish 2 373 468 015 ming
so‘mni, joriy aktivlardagi o‘zgarish 8 705 320 392 ming so‘mni tashkil qilgan.
Uzoq  muddatli  aktivlardagi  asosiy  o‘zgarish  asosiy  vositalar  qatoriga  to‘g‘ri
keladi.  Joriy  aktivlar  tarkibida  eng  yuqori  o‘zgarish  kelgusi  davr  xarajatlari
qatoriga to‘g‘ri keladi.
~ 10 ~
Logotip
Iqtisodiy resurslar, ularning moliyaviy tuzilmasi va to‘lov layoqati korxona moliyaviy barqarorligining muhim ta’sir birliklari hisoblanadi. Korxonaning iqtisodiy resurslari davr boshiga nisbatan 11 078 788 407 ming so‘mga ortgan. Jumladan uzoq muddatli aktivlardagi o‘zgarish 2 373 468 015 ming so‘mni, joriy aktivlardagi o‘zgarish 8 705 320 392 ming so‘mni tashkil qilgan. Uzoq muddatli aktivlardagi asosiy o‘zgarish asosiy vositalar qatoriga to‘g‘ri keladi. Joriy aktivlar tarkibida eng yuqori o‘zgarish kelgusi davr xarajatlari qatoriga to‘g‘ri keladi. ~ 10 ~
      Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasida quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan.
O‘z mablag‘lari manbasidagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 2 378 438 610 ming
so‘mga, majburiyatlardagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 8 700 349 797 ming
so‘mga ortgan. O‘z mablag‘lari tarkibida asosiy manba sifatida rezerv kapitali
tarkiblangan. Uning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 383 571 493 ming so‘mni
tashkil  qilgan.  Majburiyatlar  qatorida  uzoq  muddatli  majburiyatlarning  davr
boshiga nisbatan o‘zgarishi 7 628 523 003 ming so‘mni tashkil qilgan.
~ 11 ~
Logotip
Iqtisodiy resurslarning moliyaviy tuzilmasida quyidagi o‘zgarishlar kuzatilgan. O‘z mablag‘lari manbasidagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 2 378 438 610 ming so‘mga, majburiyatlardagi o‘zgarish davr boshiga nisbatan 8 700 349 797 ming so‘mga ortgan. O‘z mablag‘lari tarkibida asosiy manba sifatida rezerv kapitali tarkiblangan. Uning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 2 383 571 493 ming so‘mni tashkil qilgan. Majburiyatlar qatorida uzoq muddatli majburiyatlarning davr boshiga nisbatan o‘zgarishi 7 628 523 003 ming so‘mni tashkil qilgan. ~ 11 ~
1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik,
nobarqaror va inqirozli holatlar 
        O‘zbekiston  amaliyotida  moliyaviy  barqarorlikni  baholash  bo‘yicha
ko‘rsatkichlar  tizimini  o‘rganish  natijasida  shuni  alohida  qayd  etish  lozimki,
moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlar tizimi turli manbalarda turlicha keltiriladi.
~ 12 ~
Logotip
1.2 Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar O‘zbekiston amaliyotida moliyaviy barqarorlikni baholash bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganish natijasida shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlar tizimi turli manbalarda turlicha keltiriladi. ~ 12 ~
Ularning sonini aniq aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ularni balansning tarkibiy
qismlari va jamlangan qatorlariga nisbatan bir tizimga solish mumkin. 
      Moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi ikkita
tarkib bo‘yicha guruhlanishi ham mumkin: 
      1. Aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha moliyaviy
barqarorlik  ko‘rsatkichlari.  Ular  qatoriga  moliyaviy  mustaqillik  (avtonomiya),
moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, qoplash koeffitsiyenti va
boshqa  ko‘rsatkichlarni  kiritish  mumkin.  Mazkur  qator  bo‘yicha  moliyaviy
barqarorlikni  xarakterlovchi  ko‘rsatkichlar  sifatida  boshqa  manbalarda  uzoq
muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar bilan
bog‘liq ko‘rsatkichlarini alohida tarkiblash tartibi belgilangan. 
      2. Aktivlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barqarorlik ko‘rsatkichlari. Mazkur
ko‘rsatkichlarga  o‘z  aylanma  mablag‘lari  bilan  ta’minlanganlik,  manevrlik
koeffitsiyenti,  tovar-moddiy  zaxiralarning  o‘z  mablag‘lari  hisobiga
moliyalashtirilishi,  sof  aylanma  aktivlar  naqdligi  ya’ni,  o‘z  aylanma
mablag‘larining turli aktivlar va kapitalga nisbati orqali hisob-kitob qilinuvchi
koeffitsiyentlar kiradi. 
      Moliyaviy barqarorlikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston va
Mustaqil  Davlatlar  Hamdo‘stligi  mamlakatlari  amaliyotida  me’yor  darajalarini
belgilashga  amal  etiladi.  Lekin  ushbu  amaliyotdan  xalqaro  tajribada
foydalanilmaydi. 
      Moliyaviy barqarorlikni baholashda yana bir muhim farqli jihat ularning
mutlaq  ifodada  o‘rganilishi  bilan  ham  xarakterlanadi.  Mazkur  tartib  bo‘yicha
moliyaviy  barqarorlikning  uchta  muhim  ko‘rsatkichi  baholanadi.  Mazkur
ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiritiladi:
          1.O‘z aylanma mablag‘larining naqdligi (O‘AMN); 
O‘AMN = O‘MM - UMA
Bunda: 
O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi; 
UMA – uzoq muddatli aktivlar. 
~ 13 ~
Logotip
Ularning sonini aniq aytish qiyin. Lekin shunga qaramay ularni balansning tarkibiy qismlari va jamlangan qatorlariga nisbatan bir tizimga solish mumkin. Moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar tizimi quyidagi ikkita tarkib bo‘yicha guruhlanishi ham mumkin: 1. Aktivlar, kapital va majburiyatlarning tarkibiy tuzilishi bo‘yicha moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari. Ular qatoriga moliyaviy mustaqillik (avtonomiya), moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, qoplash koeffitsiyenti va boshqa ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin. Mazkur qator bo‘yicha moliyaviy barqarorlikni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar sifatida boshqa manbalarda uzoq muddatli aktivlar, joriy aktivlar, o‘z mablag‘lari manbasi va majburiyatlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini alohida tarkiblash tartibi belgilangan. 2. Aktivlarni moliyalashtirish bilan bog‘liq barqarorlik ko‘rsatkichlari. Mazkur ko‘rsatkichlarga o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manevrlik koeffitsiyenti, tovar-moddiy zaxiralarning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilishi, sof aylanma aktivlar naqdligi ya’ni, o‘z aylanma mablag‘larining turli aktivlar va kapitalga nisbati orqali hisob-kitob qilinuvchi koeffitsiyentlar kiradi. Moliyaviy barqarorlikning barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekiston va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari amaliyotida me’yor darajalarini belgilashga amal etiladi. Lekin ushbu amaliyotdan xalqaro tajribada foydalanilmaydi. Moliyaviy barqarorlikni baholashda yana bir muhim farqli jihat ularning mutlaq ifodada o‘rganilishi bilan ham xarakterlanadi. Mazkur tartib bo‘yicha moliyaviy barqarorlikning uchta muhim ko‘rsatkichi baholanadi. Mazkur ko‘rsatkichlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: 1.O‘z aylanma mablag‘larining naqdligi (O‘AMN); O‘AMN = O‘MM - UMA Bunda: O‘MM – O‘z mablag‘lari manbasi; UMA – uzoq muddatli aktivlar. ~ 13 ~
             2. Zaxira va xarajatlarni o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilish
manbasi (O‘QMHM); 
O‘QMHM = O‘AMN + UMKQ
Bunda: 
UMKQ – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 
              3. Zaxira va xarajatlarni jami manbalar hisobiga moliyalashtirish manbasi
(JMHM);
JMHM = O‘QMHM + QMKQ
Bu yerda: 
QMKQ – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (ular qatoriga mol yetkazib beruvchi
va pudratchilar bilan hisob-kitoblar ham qo‘shiladi).
      Zaxira va xarajatlarni manbalashda mablag‘lar yetarliligi va yetishmasligini
koeffitsiyent usulida ham hisob-kitob qilish mumkin. Koeffitsiyent usuli zaxira va
xarajatlarni moliyalashtirishdagi holatni qiyosiy o‘rganish, uning ijobiy siljishlarini
o‘rganishda muhim hisoblanadi.
     
~ 14 ~
Logotip
2. Zaxira va xarajatlarni o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirilish manbasi (O‘QMHM); O‘QMHM = O‘AMN + UMKQ Bunda: UMKQ – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar 3. Zaxira va xarajatlarni jami manbalar hisobiga moliyalashtirish manbasi (JMHM); JMHM = O‘QMHM + QMKQ Bu yerda: QMKQ – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (ular qatoriga mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblar ham qo‘shiladi). Zaxira va xarajatlarni manbalashda mablag‘lar yetarliligi va yetishmasligini koeffitsiyent usulida ham hisob-kitob qilish mumkin. Koeffitsiyent usuli zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishdagi holatni qiyosiy o‘rganish, uning ijobiy siljishlarini o‘rganishda muhim hisoblanadi. ~ 14 ~
       Zaxira va xarajatlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik
koeffitsiyenti, joriy aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik
koeffitsiyentining  tarkibiy  qatori  hisoblanadi.  Zaxira  va  xarajatlarni  tegishli
manbalar  hisobidan  moliyalashtirishning  amaldagi  holatidan  kelib  chiqib
korxonaning barqarorlik darajasiga ham baho berish mumkin. Amaldagi normalar
quyidagi shartlar asosida tuzib chiqilgan.
        Korxonada moliyaviy ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirishda o‘z
mablag‘lari, qarz mablag‘lari yetarligi va yetishmasligi tahlili yuzasidan shuni
ta’kidlash  lozimki,  o‘tgan  davrga  nisbatan  joriy  davrda  ko‘rsatkichlar  ijobiy
tomonga  o‘zgargan.  Zaxira  va  xarajatlarni  moliyalashtirishning  ikkita  sharti
bajarilgan. Korxona moliyaviy barqarorligining mutlaq ifodasini umumiy jihatdan
ijobiy baholash mumkin.
~ 15 ~
Logotip
Zaxira va xarajatlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti, joriy aktivlarning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyentining tarkibiy qatori hisoblanadi. Zaxira va xarajatlarni tegishli manbalar hisobidan moliyalashtirishning amaldagi holatidan kelib chiqib korxonaning barqarorlik darajasiga ham baho berish mumkin. Amaldagi normalar quyidagi shartlar asosida tuzib chiqilgan. Korxonada moliyaviy ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirishda o‘z mablag‘lari, qarz mablag‘lari yetarligi va yetishmasligi tahlili yuzasidan shuni ta’kidlash lozimki, o‘tgan davrga nisbatan joriy davrda ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgargan. Zaxira va xarajatlarni moliyalashtirishning ikkita sharti bajarilgan. Korxona moliyaviy barqarorligining mutlaq ifodasini umumiy jihatdan ijobiy baholash mumkin. ~ 15 ~
II BOB. Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va
ularning tahlili 
       Shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni baholashda
moliyaviy  koeffitsiyentlarning  hisob-kitobida  qandaydir  yagona  tizimga
tayanilmaydi. Ularning turli manbalarda turlicha turlari va tarkibi keltiriladi. 
       Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari – kompaniya egalari va kreditorlar
o‘rtasidagi tavakkalchilikning qanday taqsimlanganligini ko‘rsatadi. 
      Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida – balansning aktivi va passivi
tarkibini  tavsiflovchi,  aktivlar  va  passivlarning  alohida  obyektlari  o‘rtasidagi
munosabatlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi. 
       Moliyaviy holat va barqarorlikni koeffitsiyentlarda baholash korxonaning joriy
va istiqboldagi moliyaviy ahvoliga baho berishda eng maqbul usul hisoblanadi. 
       Moliyaviy  barqarorlikni  ko‘rsatkichlari  qatoriga  quyidagilarni  kiritish
mumkin: 
-  moliyaviy  barqarorlikning  uzoq  muddatli  va  joriy  aktivlar  bilan  bog‘liq
ko‘rsatkichlari.       
- moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan
ko‘rsatkichlari; 
~ 16 ~
Logotip
II BOB. Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilan bog‘liq koeffitsiyentlar va ularning tahlili Shuni alohida qayd etish lozimki, moliyaviy barqarorlikni baholashda moliyaviy koeffitsiyentlarning hisob-kitobida qandaydir yagona tizimga tayanilmaydi. Ularning turli manbalarda turlicha turlari va tarkibi keltiriladi. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari – kompaniya egalari va kreditorlar o‘rtasidagi tavakkalchilikning qanday taqsimlanganligini ko‘rsatadi. Moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlari sifatida – balansning aktivi va passivi tarkibini tavsiflovchi, aktivlar va passivlarning alohida obyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni xarakterlovchi ko‘rsatkichlar nazarda tutiladi. Moliyaviy holat va barqarorlikni koeffitsiyentlarda baholash korxonaning joriy va istiqboldagi moliyaviy ahvoliga baho berishda eng maqbul usul hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatkichlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: - moliyaviy barqarorlikning uzoq muddatli va joriy aktivlar bilan bog‘liq ko‘rsatkichlari. - moliyaviy barqarorlikning o‘z mablag‘lari va majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatkichlari; ~ 16 ~
       Korxonalar moliyaviy barqarorligiga baho berishda avtonomiya, moliyaviy
qaramlik,  o‘z  va  qarz  mablag‘lari  nisbati,  o‘z  aylanma  mablag‘lari  bilan
ta’minlanganlik,  manyovrlik,  xususiy  kapitalning  jamlanish  koeffitsiyentlariga
muhim ahamiyat qaratiladi. 
       Xalqaro  amaliyotda  moliyaviy  barqarorlikning  muhim  ko‘rsatkichlari
qatoriga:  avtonomiya  koeffitsiyenti;  kapitallashuv  koeffitsiyenti  (sapitalization
ratio);  aktivlarni  qoplash  koeffitsiyenti  (asset  coverage  ratio);  investitsiyalarni
qoplanish koeffitsiyenti; foizlarni qoplash koeffitsiyenti (Interest coverage ratio);
moliyaviy  qaramlik  koeffitsiyenti  (Debt  ratio);  majburiyatlarning  EBITDA  ga
nisbati  koeffitsiyentlari  kiradi.  Mazmun  jihatdan  ularning  qiyosiy  farqlanishi
amaldagi tartiblardan farqlanmaydi. Shu bilan birga, bugungi kunda moliyaviy
hisobotlarni  xalqaro  standartlariga  o‘tilishi  yoki  ularga  transformatsiyalash
~ 17 ~
Logotip
Korxonalar moliyaviy barqarorligiga baho berishda avtonomiya, moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati, o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, manyovrlik, xususiy kapitalning jamlanish koeffitsiyentlariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xalqaro amaliyotda moliyaviy barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlari qatoriga: avtonomiya koeffitsiyenti; kapitallashuv koeffitsiyenti (sapitalization ratio); aktivlarni qoplash koeffitsiyenti (asset coverage ratio); investitsiyalarni qoplanish koeffitsiyenti; foizlarni qoplash koeffitsiyenti (Interest coverage ratio); moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti (Debt ratio); majburiyatlarning EBITDA ga nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Mazmun jihatdan ularning qiyosiy farqlanishi amaldagi tartiblardan farqlanmaydi. Shu bilan birga, bugungi kunda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlariga o‘tilishi yoki ularga transformatsiyalash ~ 17 ~
amaliyotining  joriy  etilishi  bilan  aniqlanadigan  moliyaviy  barqarorlik
ko‘rsatkichlarining bir xil shakliga ham o‘tilmoqda.
2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili 
      Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va
uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy
ahvolni  yaxshilashning,  raqobatdoshlik  va  uni  o‘stirishning  zaruriy  sharti
hisoblanadi. 
       Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z
mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga
~ 18 ~
Logotip
amaliyotining joriy etilishi bilan aniqlanadigan moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarining bir xil shakliga ham o‘tilmoqda. 2.1 Korxonaning o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarishni tashkil etish va uzluksiz faoliyatni yo‘lga qo‘yish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy ahvolni yaxshilashning, raqobatdoshlik va uni o‘stirishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlik deganda joriy faoliyatning o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holati tushuniladi. Agar moliyalashtirishga ~ 18 ~
o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar
hisobiga ehtiyoj  ta’minlanadi. Lekin bu holat  faoliyat  natijaviyligining asosiy
qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi. Shu bilan birga,
globallashgan va kuchli raqobatga asoslangan iqtisodiyotda aktivlarni, faoliyatni
moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarganligini ham qayd etib o‘tish lozim.
Negaki, faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina bugungi iqtisodiyotni rivojlantirishni
tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Shu  bilan  birga  qarz  munosabatlaridagi  imtiyozli
shartlar, imkoniyatlar tufayli firma va kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari har
qachongidan ham qarz kapitaliga ko‘proq zaruriyat sezmoqdalar. Bugungi kunda
faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina moliyalashtirilgan bironta korxonani uchratish
qiyin. 
       Aktivlar buxgalteriya balansida qayd etilgan tartib bo‘yicha uzoq muddatli va
joriy aktivlarga bo‘linadi. Aktivlarni moliyalashtirish manbalarini ham yagona
tarkibga ko‘ra o‘z va qarz mablag‘lariga ajratish mumkin. O‘z mablag‘lari bu
xo‘jalik  yurituvchi  subyektning  faqat  o‘zigagina  tegishli  bo‘lgan  mablag‘lar
manbasini (ustav, rezerv, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqa
o‘zlik mablag‘lari) ifoda etsa, qarz mablag‘lari uzoq va qisqa muddatli (joriy)
majburiyatlar hisobiga aktivlarni moliyalashtirishni xarakterlaydi. 
       Majburiyatlarning uzoq muddatli aktivlarga yo‘naltirilgan qismi  uzoq
muddatli  (bir  yildan  ortiq  muddatga)  majburiyatlar  sifatida,  zaxiralarga
yo‘naltirilganda (bir yilga qadar) qisqa muddatli majburiyatlar sifatida tarkiblanadi.
       Aylanma aktivlar qatoriga tovar-moddiy zaxiralar hamda tugallanmagan ishlab
chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiritiladi. 
       Birinchi guruhga asosiy qismini tovar-moddiy zaxiralarning aktiv qismi
bo‘lgan ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi. 
       Ikkinchi guruh albatta korxonaning yoki tarmoqning, ishlab chiqarish va
ta’minotning,  faoliyat  va  texnologiyalarning  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan
aylanma aktivlar qiymati orqali shakllanadi. 
       Tahlilda asosiy e’tibor: pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishiga;
aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasiga; aylanma mablag‘lardan samarali va
~ 19 ~
Logotip
o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmasa, u holda majburiyatlar, qarzga olingan mablag‘lar hisobiga ehtiyoj ta’minlanadi. Lekin bu holat faoliyat natijaviyligining asosiy qismini qarz beruvchilar tomonidan olib qo‘yilishiga olib keladi. Shu bilan birga, globallashgan va kuchli raqobatga asoslangan iqtisodiyotda aktivlarni, faoliyatni moliyalashtirishning mazmuni tubdan o‘zgarganligini ham qayd etib o‘tish lozim. Negaki, faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina bugungi iqtisodiyotni rivojlantirishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shu bilan birga qarz munosabatlaridagi imtiyozli shartlar, imkoniyatlar tufayli firma va kompaniyalar, tadbirkorlik subyektlari har qachongidan ham qarz kapitaliga ko‘proq zaruriyat sezmoqdalar. Bugungi kunda faqat o‘z mablag‘lari hisobigagina moliyalashtirilgan bironta korxonani uchratish qiyin. Aktivlar buxgalteriya balansida qayd etilgan tartib bo‘yicha uzoq muddatli va joriy aktivlarga bo‘linadi. Aktivlarni moliyalashtirish manbalarini ham yagona tarkibga ko‘ra o‘z va qarz mablag‘lariga ajratish mumkin. O‘z mablag‘lari bu xo‘jalik yurituvchi subyektning faqat o‘zigagina tegishli bo‘lgan mablag‘lar manbasini (ustav, rezerv, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqa o‘zlik mablag‘lari) ifoda etsa, qarz mablag‘lari uzoq va qisqa muddatli (joriy) majburiyatlar hisobiga aktivlarni moliyalashtirishni xarakterlaydi. Majburiyatlarning uzoq muddatli aktivlarga yo‘naltirilgan qismi uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga) majburiyatlar sifatida, zaxiralarga yo‘naltirilganda (bir yilga qadar) qisqa muddatli majburiyatlar sifatida tarkiblanadi. Aylanma aktivlar qatoriga tovar-moddiy zaxiralar hamda tugallanmagan ishlab chiqarish va kelgusi davr xarajatlari kiritiladi. Birinchi guruhga asosiy qismini tovar-moddiy zaxiralarning aktiv qismi bo‘lgan ishlab chiqarish zaxiralari kiritiladi. Ikkinchi guruh albatta korxonaning yoki tarmoqning, ishlab chiqarish va ta’minotning, faoliyat va texnologiyalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan aylanma aktivlar qiymati orqali shakllanadi. Tahlilda asosiy e’tibor: pul fondlarining tashkil etilishi va ishlatilishiga; aylanma mablag‘lardan foydalanish darajasiga; aylanma mablag‘lardan samarali va ~ 19 ~