MOLIYAVIY BOSHQARUV
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati
“Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’yektni rivojlantirish va takomillashtirish
maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishni anglatadi. Moliya tizimi doirasida
moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum bir maqsadlarga erishishga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda boshqaruv sxemasini tashkil etishni
taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy ko‘rinishda boshqaruv sub’yektining boshqaruv
ob’yektiga maqsadga yo‘naltirilgan ta’siri boshqaruv deyiladi.
Davlat jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan moliyaviy
resurslarni sog‘lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan munosabatlar tizimini
takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda oqilona foydalanishi ustidan
nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani (muammoni) bajarish (echish)
moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib, boshqariladigan (ob’yektlar) va
boshqaruvchi (sub’yektlar) tizimlarning yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu
erda moliyaviy institutlarning (tashkilotlarning) to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan
moliya tizimini nazarda tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to‘plamidan
(majmuidan) iborat bo‘lgan moliya tizimini o‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv
jarayoni bir xil tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’yektlarni boshqarishni emas,
balki ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’yektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini
takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’yekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli
ko‘rinishlari, shu jumladan, davlatning ijtimoiy tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi siyosiy
kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan
boshqa omillar bilan belgilanadigan o‘ziga xos bo‘lgan moliyaviy munosabatlar maydonga
chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasida
moliyaviy boshqaruvning sub’yekti bo‘lib moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus
xizmatlar hisoblanadi.
Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy
munosabatlar sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini
reglamentatsiya qilish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning qo‘llab-
quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish
mexanizmi va xokazolar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida,
davlat qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va
nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida
(mushtarakligida) namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni
ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari
quyidagilardan iborat:
-pirovard maqsadga bog‘liqlik;
-xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
-jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
-iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
-real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning aniq metodlari va shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi
mumkin:
-moliyaviy rejalashtirish;
-bashoratlash (prognozlashtirish);
-dasturlashtirish;
-moliyaviy tartibga solish;
-moliyaviy nazorat;
-moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
-moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Eng umumiy ko‘rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini quyidagi chizmadagidek
Молиявий бошқарув тизими
Бошқарув
субъектлари
Таъсир
инструмент-
лари
Пиро-
вард
мақсад
Бошқарув
объектлари
Молия
тизими
Молиявий
сиёсат
Тизимлар
молияси
Молиявий
барқарорлик
Президент;
Парламент;
Ҳукумат;
Молия
вазирлиги;
Давлат солиқ
қўмитаси;
Марказий
банк;
Давлат мулк
Бошқарув
принциплари;
Молиявий
башоратлаш;
Молиявий
дастурлаш;
Молиявий
режалаш-
тириш;
Молиявий
тартибга
Бюджет
фондларини
шакллантириш
ва фойдаланиш
бўйича
муносабатлар;
Нобюджет
фондларини
шакллантириш
ва фойдаланиш
бўй
Макро-
иқтисодий
мувозанат;
Бюджет
режала-
рининг
профи-
цитлиги;
Давлат
қарзининг
tasavvur qilish mumkin.
2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va boshqaruv
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi
quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
-Prezident va Prezident devoni;
-Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy Majlis har ikki
palatasining tegishli qo‘mitalari;
-Vazirlar Mahkamasi;
-Hisob palatasi;
-Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, G‘aznachilik tizimi organlari;
-Markaziy bank;
-Davlat soliq qo‘mitasi;
-Davlat bojxona qo‘mitasi;
-Davlat mulk qo‘mitasi;
-Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya;
-Maqsadli fondlarning ijroiya direksiyalari va boshqalar.
қў
;
Ҳисоб
палатаси;
ва бошқалар.
сол
;
Молиявий
назорат;
Молиявий
қонунчилик;
Молиявий
таҳлил.
муносабатлар;
Суғурта
фондларини
шакллантириш
ва фойданиш
бўйича
муносабатлар.
мавжуд
эмаслиги;
мустаҳ-
кам
(барқарор)
миллий
валюта.
2-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi.
Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimining faoliyatini
reglamentatsiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament
tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar, yig‘imlar,
nosoliqli to‘lovlarni belgilaydi (o‘rnatadi), Davlat byudjetini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi,
shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy
qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat
ichki va tashqi qarzining tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o‘rnatish) ham Oliy
Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi
Davlat byudjetini ko‘rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi
sifatida maydonda gavdalanadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy boshqaruvga oid
quyidagi vazifalarni bajaradi:
-hajmi va maqsadga mo‘ljallanganligi bo‘yicha Davlat byudjeti va maqsadli fondlari
daromadlar va xarajatlarining o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va
amalga oshirish;
-davlat mablag‘larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning maqsadga
muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
-Davlat byudjeti va maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishga ta’sir
ko‘rsatadigan yoki xarajatlarning Davlat byudjeti hisobidan qoplanishini ko‘zda tutayotgan
davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish;
-Davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining natijalari
to‘g‘risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy ravishda ma’lumotlarni
taqdim etish;
-va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning joylardagi
organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliyaviy, byudjet, soliq va valyuta
siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
-yagona davlat moliya siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
-Davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
-byudjet mablag‘lari va maqsadli fondlar mablag‘larining oqilona va maqsadli
ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
-davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni rivojlantirishga
oid chora - tadbirlarni ko‘rish;
-mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni ishlab
chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko‘rish;
-mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga moliyaviy
resurslarni konsentratsiya qilish (to‘plash);
-Davlat byudjeti va jamlanma (konsolidatsiyalashtirilgan) byudjetning ijrosi haqida
hisobotni tayyorlash;
-davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va
tashqi qarzlarini boshqarish;
- uzoq, o‘rta va qisqa muddatli istiqbolga mo‘ljallangan mamlakat taraqqiyotining
ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishga ishtirok etish;
-iqtisodiyotni moliyaviy sog‘lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish,
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning
manfaatlarini himoya qiluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va
ularni amalga oshirishda qatnashish;
-mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-
kitoblar va to‘lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok
etish;
-faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo‘naltirilgan
choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini
ishlab chiqish va moliyalashtirishga qatnashish;
-moliyaviy rejalashtirish va milliy xo‘jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik
(uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
-mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan
birgalikda) faol ishtirok etish;
-moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni cheklash yoki umuman to‘xtatib
qo‘yish;
-va boshqalar.
Hozirgi paytda Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh
boshqarmalar va boshqarmalar bo‘lishi mumkin:
-davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
-valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
-hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
-agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
-ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;
-nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
-investitsiyalar boshqarmasi;
-iste’mol bozori va xizmat ko‘rsatish sohalarini moliya-viy hamda narx orqali tartibga
solish boshqarmasi;
-boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
-soliq siyosati boshqarmasi;
-buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
-qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
-moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
-sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg‘i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi;
-mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish
boshqarmasi;
-va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bo‘linmasi G‘aznachilik tizimi bo‘lib, u davlat
byudjetining kassa ijrosini ta’minlashda mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga bevosita
daxldor bo‘lgan G‘aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat qilish;
-kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, Xazinachilikning bankdagi hisob
varaqlarida bo‘lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
-davlat maqsadli fondlarining moliyaviy ijrosini ta’minlash;
-davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va ularni
operativ boshqarish;
-Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish va unga
xizmat qilish (ko‘rsatish);
-byudjet bo‘yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to‘g‘risida va shuningdek,
mamlakat byudjet tizimining ahvoli to‘g‘risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobotni
taqdim etish;
-va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi bo‘lgan pul-
kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynab, u xazinachilik tizimi organlari bilan
birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining
faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari ham
muhim rol o‘ynab, ular yordamida soliqlar, yig‘imlar va boshqa to‘lovlarning to‘g‘ri
hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan
nazorat amalga oshiriladi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga oid Davlat
soliq qo‘mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazifalarni bajaradi:
-byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar, yig‘imlar va to‘lovlarning to‘g‘ri
hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida o‘tkazilishi masalalari bo‘yicha moliyaviy qonunchilikka
qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
-soliq to‘lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
-moliya organlariga va xazinachilikka soliqlar va boshqa to‘lovlarning haqiqatdagi
tushumlari to‘g‘risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
-ortiqcha to‘langan soliq summalarini va soliq to‘lovchilardan noto‘g‘ri undirilgan
jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
-va boshqalar.
Davlat bojxona qo‘mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv tizimida
o‘ziga xos bo‘lgan o‘ringa ega. Ular bojxona bojlarining o‘z vaqtida tushishi uchun mas’ul
hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan:
-bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo‘yicha soliq tekshiruvlarini
amalga oshirish;
-bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash vato‘lash bilan bog‘liq
bo‘lgan hujjatlarni tekshirish;
-soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to‘liq rioya qilmaganligi uchun soliq
to‘lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to‘xtatib turish;
-soliq qonunchiligida ko‘zda tutilgan jarima va boqimandalarni undirish;
-va boshqalar.
O‘z navbatida, Davlat mulki qo‘mitasi moliyaviy boshqaruvga oid nosoliqli
xarakterga ega bo‘lgan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan keladigan
daromadlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining faoliyatini
nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
3. Moliyaviy oqimlarni boshqarish
Korxonalarning jamg‘armalari, daromadlari hamda markazlashtirilgan va
markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
jarayonidagi pul mablag‘larining miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga moliyaviy oqim
deyiladi. Moliyaviy oqimlarning hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo‘lgan moliyaviy
resurslar fondlarining o‘lchamiga bog‘liq. Mamlakatning iqtisodiy (moliyaviy) qudrati
qancha kuchli bo‘lsa, uning o‘sishiga xizmat qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va
moliyaviy oqimlar hajmi shuncha katta (hajmli) bo‘ladi.
Moliyaviy oqimlarning sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy
resurslar fondining nimaga mo‘ljallanganligi bilan bevosita bog‘liq. Masalan, soliqli
moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat
jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham
turlichadir. O‘zining sifat mazmuniga ko‘ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
-byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha darajalardagi byudjetlarning mablag‘larini
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladi;
-tijorat (tijoriy) moliyaviy oqimlari - tadbirkorlik xo‘jalik sub’yektlari tomonidan amalga
oshiriladi;
-maqsadli moliyaviy oqimlar-notijorat tashkilotlarining fondlarini shakllantiradi;
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyidagilardan iborat:
-qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida;
-nazoratchilik (tartibga soluvchanlik) - Hisob palatasi va mamlakatning boshqa nazorat
organlari (Moliya vazirligi, soliq va bojxona qo‘mitalari va boshqalar) tomonidan amalga
oshiriladi;
-boshqaruvchanlik - korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq organlari, G‘aznachilik
apparati va Moliya vazirligining hisob-kitob-kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
-nadzorchilik (nazorat-kuzatuv) - korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga
uchraganligigi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan
nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari tomonidan bajariladi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarish bo‘yicha yuqoridagi organlarning funksiyalari bir-
biri bilan qo‘shilib ketib, ularni har doim ham ajratib (alohida qilib) bo‘lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishining qonuniyatlariga muvofiq
ravishda, ko‘zda tutilgan tartibda (rejimda) va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish
va ijtimoiy vazifalarni samarali echish uchun kerak bo‘lgan tarzda va takror ishlab
chiqarishsiklini pul mablag‘lari bilan to‘liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning
barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag‘larining etarli bo‘lmagan hajmda
va o‘z vaqtida tushmaganligida pasayadi. Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi