MOLIYAVIY BOSHQARUV
Reja:
1. Moliyaviy boshqaruvning mazmun-mohiyati.
2. Moliyaviy boshqaruvning boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi
(sub’ektlar) tizimlar yagonaligidan iboratligi.
3. Moliyaviy boshqaruvning asosiy metodologik tamoyillari, usullari va
shakllari.
4. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari.
1-savol bayoni. Boshqaruv jamiyat munosabatlarining muhim ko‘rsatkichi
sifatida jamiyat hayotining barcha jabhalariga tegishlidir. Hozirgi paytda, iqtisodiy,
siyosiy va moliyaviy o‘zgarishlar davrida boshqaruv usullari, tamoyillari va
texnikasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.
Boshqaruv - bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va
tamoyillar yig‘indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etishdir. Inson
faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan moliyaviy sohasiga ham boshqaruv
jarayoni taalluqlidir.
Demak, “Boshqaruv” atamasi umumiy tarzda ob’ektni rivojlantirish va
takomillashtirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatishni anglatadi.
Moliya tizimi doirasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlash har doim ma’lum
bir maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu narsa ma’lum bir tarzda
boshqaruv sxemasini tashkil etishni taqazo etadi. Shu ma’noda va eng umumiy
ko‘rinishda boshqaruv sub’ektining boshqaruv ob’ektiga maqsadga yo‘naltirilgan
ta’siri boshqaruv deyiladi.
Moliyani boshqarish – bu moliya sub’ektlarining ma’lum usul va
uslublarni qo‘llagan holda, ma’lum maqsadga erishish uchun moliya ob’ektlarga
ta’siri.
Moliyaviy boshqaruvni ma’lum bir uslub va tamoyillarga hamda
rag‘batlantirish va sanksiyalarga tayanib maxsus apparat amalga oshiradi.
Ma’lumki, u yoki bu ko‘rinishdagi vazifalarni bajarishda turli xil yo‘nalishdagi
yechimlar mavjud bo‘ladi, ammo ularni samarali yechishning o‘ziga xos bo‘lgan
muammolarni bor imkoniyatlardan tez va samarali foydalanish yohud yangi davr
talabiga mos bo‘lgan uslublarni joriy etib ko‘zlangan maqsadga erishishdir.
Har qanday boshqaruv tizimiga xos bo‘lgani kabi, moliyani boshqarishda
ham ob’ektlar va sub’ektlar mavjud bo‘ladi.
Davlat jamiyatning sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan
moliyaviy resurslarni sog‘lomlashtirishga (normallashtirishga) qaratilgan
munosabatlar tizimini takomillashtirishi va bu resurslarning samarali hamda
oqilona foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi kerak. Ana shu vazifani
(muammoni) bajarish (yechish) moliyaviy boshqaruvning zimmasiga yuklatilgan.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek,
moliyaviy boshqaruv
-
bu moliya
sub’ektlarining ma’lum usul va uslublarni qo‘llagan holda, ma’lum maqsadga
erishish uchun moliya ob’ektlarga ta’siri bo‘lib hisoblanadi. Moliyaviy
boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat
qarzining kamayishida, milliy valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va
nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida
(mushtarakligida) namoyon bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy
mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand ravishda uning vazifalari:
-
Davlatni rivojlantirish uchun talab etiladigan moliyaviy resurslarni
shakllantirish;
-
Davlat o‘zining funksiyalarini bajarishi uchun talab etiladigan
shakllantirilgan moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash va ulardan oqilona
foydalanish;
-
Pul muomalasini tartibga solish;
-
Ko‘zda tutilgan moliya viy risklar darajasida maksimal darajada samaraga
erishish;
-
Imkon qadar moliyaviy resurslarning mutanosibligini ta’minlashga xizmat
qilish va h.k.
2-savol bayoni. Moliyaviy boshqaruv murakkab jarayon bo‘lib,
boshqariladigan (ob’ektlar) va boshqaruvchi (sub’ektlar) tizimlarning
yagonaligidan iboratdir. Boshqaruvchi tizim, bu yerda moliyaviy institutlarning
(tashkilotlarning) to‘plamidan (majmuidan) iborat bo‘lgan moliya tizimini nazarda
tutsa, boshqariladigan tizim esa pul munosabatlari to‘plamidan (majmuidan) iborat
bo‘lgan moliya tizimini o‘z ichiga oladi. Bunda moliyaviy boshqaruv jarayoni bir
xil tarzda bo‘lmasdan, u bir tomondan, faqat ob’ektlarni boshqarishni emas, balki
ikkinchi tomondan, boshqaruv sub’ektlarini tashkil qilishni va ular faoliyatini
takomillashtirishni ham o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy boshqaruvning ob’ekti sifatida moliyaviy munosabatlarning turli
ko‘rinishlari, shu jumladan, davlatning sotsial tuzumi (tuzilishi), mamlakatdagi
siyosiy kuchlarning joylashishi (nisbati) va qayta taqsimlash jarayonlariga ta’sir
ko‘rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o‘ziga xos bo‘lgan moliyaviy
munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar moliyasida moliyaviy boshqaruvning sub’ekti bo‘lib
moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.
Eng umumiy ko‘rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 1-chizmadagidek
tasavvur qilish mumkin.
лиявий бошқарув тизими
Таъсир
нстру-
ентлари
Пиро-
вард
мақсад
Бошқарув
объект-
лари
олиявий
сиёсат
Тизимлар
молияси
Молиявий
барқарор-
лик
ошқарув
ринцип-
лари;
Молиявий
шоратлаш;
Молиявий
стурлаш;
Молиявий
ежалаш-
тириш;
Молиявий
артибга
солиш;
Молиявий
назорат;
Молиявий
нунчилик;
Молиявий
таҳлил.
Бюджет
фондларини
шакл-
лантириш ва
фойдаланиш
бўйича муно-
сабатлар;
Нобюджет
фондларини
шакллан-
тириш ва
фойдаланиш
бўйича
муносабатлар;
Суғурта
фондларини
шакллан-
тириш ва
фойданиш
бўйича му-
носабатлар.
Макро-
иқтисодий
муво-
занат;
Бюджет
режала-
рининг
профи-
цитлиги;
Давлат
қарзининг
мавжуд
эмаслиги;
Мустаҳ-
кам
(барқарор)
миллий
валюта.
1-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi.
Davlatning xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va uy xo‘jaliklari bilan moliyaviy
munosabatlar sohasidagi o‘zaro munosabatlari soliq tizimi, kredit munosabatlarini
reglamentatsiya qilish (tartibga solish), moliya bozorini tartibga solish, davlatning
qo‘llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining
daromadlarini tartibga solish mexanizmi va h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
3-savol bayoni. Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy
muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kamayishida, milliy
valyutaning barqarorligi va mustahkamligida va nihoyat, davlat va jamiyat barcha
a’zolari iqtisodiy manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon
bo‘ladigan moliyaviy barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga
monand ravishda uning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
Moliyaviy boshqaruvning metodologik prinsiplari
pirovard maqsadga bog‘liqlik;
xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvozanatliligi;
jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakllari quyidagilardan
iborat bo‘lishi mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;
bashoratlash (prognozlashtirish);
dasturlashtirish;
moliyaviy tartibga solish;
moliyaviy nazorat;
moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Moliyani boshqarishni shakllantiruvchi tashkiliy - tuzilmaviy apparatga
moliyaviy apparat (devon) deyiladi. Moliya tizimining barcha soha va
bo‘g‘inlarida, maqsad qilingan natijaga erishish uchun moliyaviy boshqaruv
sub’ektlaridan o‘z yo‘nalishlari buyicha samarali foydalaniladi. Biroq, ular uchun
moliyaviy boshqaruvning umumiy uslub va qoidalari mavjuddir. Jumladan,
moliyani boshqarishda bir nechta umumiy xususiyatga ega bo‘lgan funksional
elementlar mavjud.
1. Rejalashtirish;
2. Operativ boshkarish;
3. Nazorat.
Moliyani boshqarish funksional elementlari ichida asosiy o‘rinni rejalashtirish
tashkil kiladi. Aynan rejalashtirish davomida har qanday xo‘jalik yurituvchi
sub’ekt o‘z moliyasi ahvolini har tomonlama baholaydi, moliya resurslarini
oshirish, ulardan yanada samarali foydalanish imkoniyatlarini axtaradi.
Rejalashtirish jarayonida boshqarishga oid qarorlar moliya axborotini tahlil etish
asosida qabul qilinadi, shu munosabat bilan bu axborot yetarli darajada to‘la va
aniq bo‘lishi kerak. Axborotning aniq-puxtaligi va uning o‘z vaqtida olinishi
asoslangan qarorlarning qabul qilinishini ta’minlaydi. Moliya axboroti
buxgalterlik, statistika va tezkor hisobotga asoslanadi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. U yoki bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy
ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini
asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy
bashoratlash ikkiga ajratiladi:
o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir
bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan
moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning
bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin
bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va
ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi
organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy
siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-tuman variantlarini
belgilashga imkon beradi. Shu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni
ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib
hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’ektlari oldida turgan
sotsial-iqtisodiy vazifalarni yechishning (hal qilishning) turli ssenariyalari ishlab
chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo‘llanilishini taqoza etadi.
Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda moliyaviy
reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini harakterlaydigan ekonometrik modelni qurish
(yaratish);
korrelyatsion-regression tahlil;
bevosita ekspertli baholash metodi.
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan
dasturli-maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning
metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagi-larning bo‘lishini ko‘zda
tutadi:
yo‘nalishlar bo‘yicha davlat harajatlarining ustuvor-larini belgilash
(o‘rnatish);
davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni
to‘xtatish.
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga)
bog‘liq. Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi
emas, balki mavjud zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga
erishilmaganda potensial yo‘qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat
sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning
muhim metodi sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi
amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan asrning 60-
yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati besh yillik “o‘zgarib
turadigan” harajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi
ko‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka
qilinadi). Bunda ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil oldinga (hisobot
yilidan keyingi yilga) “ko‘chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning reja
ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt yillik ko‘rsatkichlar esa mo‘ljalli
(oriyentirovkali) harakterga ega hisoblanadi.
Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish
maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo‘yicha balanslilikka yo‘naltirilgan ilmiy-
tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo‘lgan maqsadli
kompleksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda.
Operativ boshqarish bu - minimal harajat qilib maksimal samaraga erishish
va moliyaviy resurslarni yuqori samara olish uchun qayta taqsimlashga qaratilgan
kompleks ishlar yig‘indisidir. Operativ boshqarish egiluvchanlik xususiyatiga
egadir. Operativ boshqarishning asosiy mazmuni “tor” joylarni bartaraf etish,
yangitdan vujudga kelayotgan vazifalarni yechish va boshqa maqsadlarda moliya
resurslaridan mohirona foydalanishdir.
Nazorat - boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o‘zida moliyani
rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qo‘llaniladi. Nazorat haqiqiy natija
bilan rejadagi ko‘rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi, moliyaviy resurslarni
o‘stirish yo‘llarini ko‘rsatadi va ulardan samarali xo‘jalik yuritish yo‘llarini
ko‘rsatib beradi.
4-savol bayoni. Moliya tizimini umumiy boshqarish mamlakatning oliy
hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat
miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil
topishi mumkin:
Prezident va Prezident devoni;
Oliy Majlis va moliya, byudjet, soliq va bank masalalari bo‘yicha Oliy
Majlis har ikki palatasining tegishli qo‘mitalari;
Vazirlar Mahkamasi;
Hisob palatasi;
Moliya vazirligi va uning quyi (joylardagi), jumladan, G‘aznachilik tizimi
organlari;
Markaziy bank;
Davlat soliq qo‘mitasi;
Davlat bojxona qo‘mitasi;
Davlat mulk qo‘mitasi;
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiya;
Nobyudjet fondlarning ijroiya direksiyalari
va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti (Prezident devoni) moliya tizimining faoliyatini
reglamentatsiya qiladi (tartibga soladi), mamlakat byudjetini imzolaydi, Parlament
tomonidan qabul qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo‘yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo‘lgan Oliy majlis soliqlar,
yig‘imlar, nosoliqli to‘lovlarni belgilaydi (o‘rnatadi), Davlat byudjetini ko‘rib
chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va
boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o‘zida davlat ichki va tashqi qarzining
tegishli (chegaraviy) darajasini belgilash (o‘rnatish) ham Oliy Majlis tomonidan
amalga oshiriladi.