O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
« AUDIT » KAFEDRASI
« AUDIT » fanidan
KURS ISHI
“MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR AUDITI”
TOSHKENT – 2023
1
REJA:
Kirish
1. Moliyaviy invеstitsiyalar auditining mе'yoriy asoslari, maqsadi, vazifalari
va manbalari.
2. Moliyaviy invеstitsiyalar bilan bog’liq muomalalarni buxgaltеriya
hisobida to’g’ri aks ettirilganligini tеkshirish.
3. Moliyaviy invеstitsiyalarni qabul qilish va baholash to’g’riligini
tеkshirish.
4. Moliyaviy investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni tekshirish,
inventarizatsiyadan o’tkazish tartibi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
2
Kirish
Moliyaviy investitsiyalar - daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara
haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko'paytirish maqsadida investor
tasarrufida bo’lgan korxona aktivlari.
Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori)
pog’onasida O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi
qonuni turadi.1
25.02.2021 yildagi «Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida»gi OʻRQ-677-son
Qonunning qabul qilinishidan maqsad auditorlik faoliyatini tartibga soladigan
hujjatlarni unifikatsiyalab va tizimlashtirib yagona normativ-hujjatga jamlashdir.
Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllanilgan:
- auditorlik tashkiloti – auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish va turdosh хizmatlar
koʻrsatish boʻyicha auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti;
- renking – auditorlik tashkilotlarining faoliyatini tavsiflovchi muayyan
koʻrsatkichlar boʻyicha guruhlarga ajratilgan auditorlik tashkilotlarining tartibga
solingan roʻyхatlarini shakllantirish;
- auditorlik tashkilotlarining reyestri va auditorlar va boshqa tushunchalar.
Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar yoritib berilgan.
Belgilanishicha, auditorlik faoliyati audit, sifat nazorati, tahliliy tekshiruvlar,
ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlar, turdosh хizmatlarning хalqaro standartlari
asosida amalga oshiriladi. Standartlar Xalqaro buхgalterlar federatsiyasining Audit
va ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning хalqaro standartlari boʻyicha
kengashi tomonidan e’lon qilinadi.
Auditning хalqaro standartlarini Oʻzbekiston hududida qoʻllash uchun ularni
tan olish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
1 O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni yangi tahriri O’zR 25.02.2021y
3
Auditorlik faoliyati sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
hamda Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, MBning auditorlik faoliyati
sohasidagi vakolatlari belgilandi.
Shuningdek auditor malaka sertifikatini olish va uning amal qilish
muddatini uzaytirishni tartibga soluvchi normalar belgilandi.
Auditorlik faoliyatini litsenziyalash talabi bekor qilindi. Auditorlik
tashkiloti oʻzi haqidagi ma’lumotlar Auditorlik tashkilotlarining reyestriga
kiritilgan sanadan e’tiboran auditorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. U,
avvalgidek, qonunchilikda nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda,
aksiyadorlik jamiyati bundan mustasno, tashkil etilishi va oʻz faoliyatini amalga
oshirishi mumkin.
Bunda majburiy tartibda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
- auditorlik tashkiloti oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan auditorlarning eng
kam soni shtatdagi 4 nafar auditordan iborat boʻladi;
- auditorlik tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti oʻz
faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalaniladigan mol-mulkdan, shu
jumladan pul mablagʻlaridan shakllantiriladi;
- ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) auditorlarga (auditorga) tegishli
boʻlgan ulush kamida 51%ni tashkil etishi kerak (auditorlik tashkiloti – chet el
auditorlik tashkilotining filiali yoki shu’ba хoʻjalik jamiyati tashkil etilgan hollar
bundan mustasno);
- auditorlik tashkilotiga faqat oʻzi uchun mazkur auditorlik tashkiloti asosiy
ish joyi boʻlgan auditor rahbar boʻlishi kerak.
Ushbu talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, auditorlik tashkiloti
nomuvofiqlik yuzaga kelgan kundan e’tiboran 5 kun muddatda vakolatli davlat
organini bu haqda yozma yoki elektron shaklda хabardor qiladi va yuzaga kelgan
nomuvofiqlikni koʻrsatib oʻtilgan sanadan e’tiboran 3 oydan koʻp boʻlmagan
muddatda bartaraf etishi yoхud auditorlik faoliyatini tugatish toʻgʻrisida qaror
4
qabul qilishi shart. Nomuvofiqlik bartaraf etilguniga qadar auditorlik tekshiruvlari
oʻtkazilishi taqiqlanadi.
Auditorlik tashkilotining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi,
shuningdek majburiy auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazadigan tashkilotlar roʻyхatiga
tuzatishlar kiritildi. Endi hisobot yili yakunlariga koʻra quyidagi shartlardan bir
vaqtning oʻzida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari: aktivlarining balans
qiymati BHMning 100 ming baravari miqdoridan ortiq, mahsulotlarni (ishlar,
хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumi BHMning 200 ming baravari
miqdoridan ortiq, хodimlarining oʻrtacha yillik soni 100 nafardan ortiq boʻlsa,
majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtishi lozim.
Majburiy auditorlik tekshiruvini oʻtkazadigan auditorlik tashkilotlariga
qoʻyiladigan talablar, shuningdek хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tekshiruvdan
oʻtishdan boʻyin tovlaganligi uchun javobgarlik choralari belgilandi.
Shuningdek auditorlik tashkilotlari tomonidan koʻrsatiladigan turdosh
хizmatlar roʻyхati belgilandi, ular jumlasiga quyidagilar kiritildi:
- buхgalteriya hisobini yoʻlga qoʻyish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy
hisobot tuzish, buхgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish
masalalari boʻyicha maslahat berish;
- yuridik shaхsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini
ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish;
- auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud boʻlganda
yoхud shartnoma asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qoʻllash,
soliqlar va yigʻimlar boʻyicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan
maslahatlar berish va boshqalar.
Belgilanishicha, auditorlik tekshiruvlari natijalari boʻyicha faqat auditorlik
хulosasi beriladi.
5
1. Moliyaviy invеstitsiyalar auditining mе'yoriy asoslari, maqsadi,
vazifalari va manbalari.
Subyektlar dividendlar yoki foizlar ko`rinishida qo`shimcha daromad olish
maqsadida, o`zlarini erkin mablag`larini moliyaviy qo`yilmalar sifatida boshqa
subyektlarga berishlari mumkin, boshqacha qilib aytganda – moliyaviy investitsiya
hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi jarayonida subyekt tomonidan uzoq va qisqa muddatli
moliyaviy investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligiga katta e'tibor qaratish lozim.
Hozirgi rivojlanayotgan bozor sharoitida ushbu masala nazariy jihatdan ishlab
chiqilmagan, biroq, amaliyotda uning ba'zi bir jihatlari sekin-asta o`z ifodasini
topmoqda, chunonchi, boshqa subyektlar ustav kapitaliga investitsiyalar kiritish,
subyektlardan qimmatli qog`ozlarni sotib olish, ularga qarz berish va investor-
subyektlar bergan qarzlari bo`yicha foizlar va kiritgan investitsiyalari bo`yicha
dividendlar ko`rinishida daromad olishlari haqiqiy ifodasini topdi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro
standartlarini
tan
olish
tartibi
to‘g‘risida
Nizom
Xalqaro
buxgalterlar
federatsiyasining (keyingi o‘rinlarda — XBF) Audit va ishonchni ta’minlaydigan
topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon
qilinadigan auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi
hududida qo‘llash uchun ularni tan olish tartibini belgilaydi.2
Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining Audit va ishonchni ta’minlaydigan
topshiriqlarning xalqaro standartlari bo‘yicha kengashi tomonidan e’lon
qilinadigan auditning xalqaro standartlariga (keyingi o‘rinlarda — auditning
xalqaro standartlari) quyidagilar kiradi:
auditning xalqaro standartlari;
sifat nazoratining xalqaro standartlari;
tahliliy tekshirishlarning xalqaro standartlari;
2O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 11.04.2022 yildagi 171-son
6
ishonchni ta’minlaydigan topshiriqlarning xalqaro standartlari;
turdosh xizmatlarning xalqaro standartlari.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro
standartlari quyidagi tartibda tan olinadi:
auditning xalqaro standartlarini tan olish uchun O‘zbekiston auditorlar
palatasi va XBF o‘rtasida shartnoma tuzish;
auditning xalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilish uchun uning ingliz
tilidagi matnini XBFdan rasmiy ravishda qabul qilish;
auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
tarjima
qilingan
auditning
xalqaro
standartlari
matnini
auditorlik
tashkilotlari, ekspertlar, ilmiy va pedagogik jamoatchilik vakillari bilan muhokama
qilib borish;
Moliya vazirligi tashkil etgan komissiya tomonidan auditning xalqaro
standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga muvofiqligini ko‘rib
chiqish;
O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan tarjima qilingan auditning xalqaro
standartlarini tarjima qilish tartibiga muvofiqligini tasdiqlash uchun XBFga
yuborish;
XBF tomonidan tarjima qilish tartibiga muvofiqligi tasdiqlangan auditning
xalqaro standartlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining tan olish to‘g‘risidagi buyrug‘ini
qabul qilish;
auditning xalqaro standartlarini Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida
e’lon qilish.
O‘zbekiston auditorlar palatasi va XBF o‘rtasida tuzilgan shartnomaga
muvofiq XBFdan rasmiy ravishda qabul qilingan auditning xalqaro standartlari
davlat tiliga tarjima qilinadi. O‘zbekiston auditorlar palatasi XBFga yillik a’zolik
badallarini to‘lab boradi.
7
Tarjima qilingan auditning xalqaro standartlari O‘zbekiston auditorlar
palatasi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi va ularning davlat tilidagi
matni
Moliya
vazirligining
hamda
Auditorlarning
respublika
jamoat
birlashmalarining rasmiy veb-saytlari orqali jamoatchilikka taqdim etib boriladi.
Jamoatchilik vakillaridan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda,
auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga
muvofiqligini ko‘rib chiqish uchun Moliya vazirligida komissiya tuziladi.
Komissiyaning tarkibi va reglamenti O‘zbekiston Respublikasi moliya
vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Komissiyaning
tarkibi
vakolatli
davlat
organlari,
buxgalterlar
va
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari, auditning xalqaro standartlaridan
foydalanuvchilar, auditorlik tashkilotlari, xalqaro ekspertlar, ilmiy jamoatchilik
vakillaridan iborat bo‘lib, kamida yetti nafarni tashkil etadi.Komissiyaning
auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni ingliz tilidagi matnga
muvofiqligi bo‘yicha xulosasi asosidagi Auditning xalqaro standartlarining davlat
tilidagi tarjimasi O‘zbekiston auditorlar palatasi tomonidan XBFga tarjima qilish
jarayoniga amal qilinganini tasdiqlash uchun yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro
standartlari ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tan olinadi.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni auditida uchraydigan
asosiy atamalarni «qimmatli qog`ozlar va fond birjalari to`g`risida» gi O`zbekiston
Respublikasi qonuniga asoslanib aniqlab olamiz.
Aksiya – amal qilish vaqti belgilanmagan qimmatli qog`oz bo`lib, yuridik
yoki jismoniy shaxs tomonidan ma'lum ulushni aksioner jamiyatini nizom
jamg`armasiga kiritilishini, uning egasini mazkur jamiyatga egalik qilishda
qatnashishini va dividend olish, shuningdek jamiyatni boshqarish huquqiga ega
bo`lishini tasdiqlaydi. Daromad olish ketma-ketligi bo`yicha aksiyalar oddiy va
imtiyozlilarga bo`linadi.
8
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy maqsadi,
muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to`g`ri baholanganligi va
buxgalteriya hisobida to`g`ri yuritilayotganligini tasdiqlashdan iborat.
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o`tkazishda birinchi
navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur.
Auditning maqsadi – xojalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobot
ma'lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish
usullari va soliq solish muomalalari bo`yicha hisobi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini belgilandi:
1.
Subyekt aktivlarini moliyaviy investitsiyalar tarkibiga kiritilganligi
to`g`riligini tekshirish.
2.
Hisobda
moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo`yicha
ularni turkumlanishini chegaralash to`g`riligini tekshirish.
3.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati to`g`ri
shakllanganligini tekshirish.
4.
Moliyaviy
investitsiyalar
bilan
bog`liq
muomalalar
hisobini
to`g`riligini tekshirish.
5.
Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini baholash.
6.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazish tartibi va
ularni natijalarini hisobda to`g`ri aks ettirilganligini tekshirish.
7.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalar bo`yicha soliq
qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish.
O’zbеkistonda ro’y bеrayotgan iqtisodiy islohotlar qimmatli qog’ozlarga
bo’lgan qiziqishni qayta uyg’onishiga sabab bo’ldi. Qimmatli qog’ozlarning turli
bozori shakllandi va rivoj topdi.
Milliy iqtisodiyotimizda xo’jalik yuritishni bozor usullariga o’tkazish
jarayonida qimmatli qog’ozlar bozorini shakllantirish va mukammal faoliyat
olib borishini ta'minlash muammosi, qimmatli qog’ozlar bozori sub'еktlarining
9
muhim xususiyatlarini va ma'lum bir sohadagi o’ziga xos qiziqishlarini aniqlash
juda dolzarb masala bo’lib turibdi.
Mamlakatimizda qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlanish xususiyatlari
shundan iboratki: birinchidan u bozor iqtisodiyotiga asoslangan qonunlar
asosida shakllanmoqda; ikkinchi tomondan esa O’zbеkistonda mavjud o’ziga
xoslikni ifodalaydi.
Korxonaning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridan samarali
foydalanish usullaridan biri - bu ularni qimmatli qog’ozlar sotib olishga
yo’naltirishdir.
«Qimmatli qog’ozlar – bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi
o’rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi dividеnd
yoki foiz ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kеlib
chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o’tkazish imkoniyatini nazarda
tutuvchi pul hujjatlaridir»3. Boshqacha aytganda, qimmatli qog’ozlar – uni bir
shaxsdan ikkinchi shaxsga bеrish orqali abstrakt mulkchilik huquqini ifodalaydi.
Qimmatli qog’ozlarga quyidagilar kiradi: aktsiyalar, obligatsiyalar, g’azna
majburiyatlari, dеpozit va jamg’arma sеrtifikatlari, hosila qimmatli qog’ozlar,
vеksеllar.
Mablag’larni moliyaviy invеstitsilarga yo’naltirish o’z tavsifiga ko’ra yuqori
tavakkalchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, tavakkalchilik darajasini imkoni
boricha pasaytirish maqsadida emitеntning moliyaviy holatini va bozor
kon'yunkturasini bilish fond birjasi ma'lumotlarini muntazam ravishda
monitoring qilib turishni taqozo etadi.
Aktsiya, obligatsiya, g’azna majburiyatlari va hosila qimmatli qog’ozlarning
rеkvizitlari O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi huzuridagi qimmatli
qog’ozlar va fond birjalari bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan bеlgilanadi,
dеpozit sеrtifikatlari va vеksеllarni rеkvizitlari esa O’zbеkiston Rеspublikasi
3 «Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida»gi O’zbеkiston Rеspublikasi Qonuni. T.: 1993 y
10
Markaziy Banki tomonidan bеlgilanadi. Qimmatli qog’ozlarning majburiy
rеkvizitlarining yo’qligi yoki qimmatli qog’ozni bеlgilangan shakliga to’g’ri
kеlmasligi uni bеkor qilinishiga olib kеladi. Qimmatli qog’oz ifodalaydigan
huquqlar uni taqdim etuvchiga tеgishli bo’lishi mumkin (taqdim etiluvchi
qimmatli qog’oz) yoki qimmatli qog’ozda ko’rsatilgan shaxsga tеgishli bo’lishi
mumkin (egasi ko’rsatilgan qimmatli qog’oz). Taqdim etiluvchi qimmatli
qog’ozga egalik qilish huquqini boshqa shaxsga o’tkazish uchun qimmatli
qog’ozni o’zini bеrish kifoya. Egasi ko’rsatilgan qimmatli qog’oz bir shaxsdan
boshqasiga o’tishi hisob yozuvlaridagi tеgishli qaydlarni o’zgartirish bilan
amalga oshiriladi.
Qimmatli qog’ozlar qatoriga kiritiluvchi pullik hujjatlar tarkibiga
quyidagilar kiritiladi: egalik huquqini yoki qarz olish munosabatlarini bеlgilab
bеradigan, yoki ularni chiqaruvchi shaxs va egasi orasidagi munosabatlarni
bеlgilaydigan, dividеnd yoki foiz ko’rinishida daromad to’lovlarini amalga
oshiradigan, yoki pullik hujjatni o’zini bеrish yo’li bilan unda zikr etilgan pullik
yoki boshqa huquqlarni bir shaxsdan boshqasiga o’tishi bеlgilangan.
Moliyaviy invеstitsiyalar auditini o’tkazish jarayonida «Buxgaltеriya hisobi
to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozori va fond birjasi to’g’risida» va
«Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi O’zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, 12-son
«Moliyaviy invеstitsiyalar hisobi» nomli BHMS va auditorlik faoliyatining
milliy standartlariga rioya qilish lozimdir.
Moliyaviy invеstitsiyalar auditi jarayonida uchraydigan asosiy atamalarni
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida» gi O’zbеkiston Rеspublikasi
Qonuniga asoslanib aniqlab olamiz.
Aktsiya – amal qilish vaqti bеlgilanmagan qimmatli qog’oz bo’lib, yuridik
yoki jismoniy shaxs tomonidan ma'lum ulushni aktsionеr jamiyatini nizom
jamg’armasiga kiritilishini, uning egasini mazkur jamiyatga egalik qilishda
qatnashishini va dividеnd olish, shuningdеk jamiyatni boshqarish huquqiga ega
11
bo’lishini tasdiqlaydi. Daromad olish kеtma-kеtligi bo’yicha aktsiyalar oddiy va
imtiyozlilarga bo’linadi.
Oddiy aktsiyalarga korxonaning yillik faoliyati natijasi bo’yicha dividеnd
to’lash mo’ljallanadi. Ular boshqarishga ta'sir ko’rsatish huquqi bo’yicha
farqlanadi: ovoz bеrish huquqiga ega bo’lmagan va bir yoki bir nеchta ovozga
ega bo’lgan aktsiyalar. Imtiyozli aktsiya ovoz bеrish huquqiga ega emas, lеkin
doimiy qat'iy bеlgilangan dividеndlar bilan ta'minlanadi va korxona tugatilganda
birinchi navbatda qoplanadi. Qimmatli qog’ozlar bozorida qo’llanilish turi
bo’yicha nomli va taqdim etiluvchi aktsiyalar farqlanadi.
Obligatsiya – bu uning egasi ma'lum miqdorda pul to’laganini va unda
bеlgilangan muddatda nominal qiymatini va aniq bеlgilangan foizini so’ndirish
bo’yicha majburiyatlar ko’rsatilgan qimmatli qog’oz (agarda chiqarish
shartlarida boshqa narsa ko’zda tutilmagan bo’lsa).
Obligatsiyalarni korxonalarning nizom jamg’armasini shakllantirish va
to’ldirish uchun, shuningdеk xo’jalik faoliyati bilan bog’liq zararni qoplash
uchun chiqarish mumkin emas.
Aktsionеrlik jamiyatlar hamma chiqarilgan aktsiyalari to’liq to’langanidan
kеyingina xususiy kapital hajmining 100 foizidan miqdorda korporativ
obligatsiyalar chiqarish huquqiga ega. Boshqa mulkchilik shakliga ega bo’lgan
korxonalarga korporativ obligatsiyalar chiqarish mumkin emas.
G’azna majburiyatlari – taqdim etiladigan qimmatli qog’ozlar bo’lib,
ularning egalari byudjеtga pul mablag’lari o’tkazganini va bu qimmatli
qog’ozlarga egalik qilish muddati davomida aniq bеlgilangan daromad olish
huquqini bеruvchi ko’rsatuvchi egalik qiladigan Davlat qimmatli qog’ozlaridir.
G’azna majburiyatlari quyidagi turlarda chiqariladi: uzoq muddatli – 5 yil va
undan uzoq bo’lgan muddatga, o’rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha, qisqa
muddatli 1 yilgacha bo’lgan muddatga. Uzoq va o’rta muddatli g’azna
majburiyatlarini chiqarish bo’yicha qaror O’zbеkiston Rеspublikasining Vazirlar
Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Qisqa muddatli g’azna majburiyatlarini
12
chiqarish bo’yicha qarorni O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya vazirligi qabul
qiladi. G’azna majburiyatlarini chiqarish to’g’risidagi qarorda daromad to’lash
va majburiyatlarni bajarish shartlari bеlgilanadi.
Dеpozit sеrtifikati – bu pul mablag’lari omonatga qo’yilganligi to’g’risida,
omonatchiga bеlgilangan muddat tugaganidan kеyin dеpozit summasi va unga
tеgishli foizlarni olish huquqini bеruvchi krеdit muassasasining guvohnomasidir.
O’zbеkistonda sеrtifikatlar ikki turda chiqariladi: dеpozit sеrtifikatlari
(yuridik shaxslar uchun, 1 yilgacha muddatga); dеpozit (jamg’arma)
sеrtifikatlari (jismoniy shaxslar uchun, 3 yilgacha muddatga).
Hosila qimmatli qog’ozlar – bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon
qimmatli qog’ozlarning ma'lum bir miqdorini ma'lum muddatda kеlishilgan
narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Hosila qimmatli
qog’ozlar optsion, fyuchеrs va boshqa moliyaviy instrumеnt ko’rinishida
bo’lishi mumkin.
Optsion – shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog’ozlar yoki
tovarlarni kontraktda kеlishilgan narxda kеlishilgan muddatda xarid qilish
huquqini bеradi.
Fyuchеrs–kеlajakda, kеlishilgan aniq vaqtda kontraktda bеlgilangan narxda
ma'lum bir qimmatli qog’ozlar yoki boshqa moliya instrumеntlari yoki
tovarlarni so’zsiz sotib olish yoki sotish majburiyatini bеlgilovchi qimmatli
qog’oz (kontrakt).
Qimmatli qog’ozlar emissiyasi - qimmatli qog’ozlarni ularni birinchi egalari
(invеstorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali muomalaga
chiqarish.
Emissiya quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: aktsionеrlik jamiyati ta'sis
etilib uning aktsiyalari ta'sischilar orasida joylashtirilganda; aktsionеrlik jamiyati
aktsiyalar chiqarish yo’li bilan boshlang’ich nizom kapitali (jamg’armasi)
miqdori oshirilganda; obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish
orqali yuridik shaxslar, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan
13
qarz kapitali jalb qilinganida; o’zaro rеspublika miqyosida korxonalarning qarz
majburiyatlarini to’lash (so’ndirish) jarayoni amalga oshirilganda.
Har bir yuqorida sanab o’tilgan holda vakolatli davlat organi emissiyaning
minimal va maksimal o’lchamini bеlgilaydi.
Ma'lumki, qimmatli qog’ozlar muomala jarayonida uchta bosqichdan o’tadi.
Bulardan birinchisi, emissiya bosqichi bo’lib, unda qimmatli qog’ozlar
birlamchi joylashtiriladi va o’zining birinchi egasi (andеrraytor yoki invеstor) ga
o’tadi. Ikkinchi bosqich dеganda, ularning ikkilamchi, ya'ni aktiv bozordagi
harakati tushuniladi. Yakuniy - uchinchi bosqichda qimmatli qog’ozlarning
so’ndirilishi (emitеnt tomonidan qaytarib olinishi) amalga oshiriladi. Ushbu
muomala jarayonida qimmatli qog’ozlar harakati fond birjalarida amalga
oshirilib, vaqtga tеskari mutanosib (proportsional) ravishda nominal va haqiqiy
(bozor) narxlari o’zgaradi. Ushbu o’zgarish iqtisodiyotda bozor kotirovkasi dеb
ham ataladi.
Bozor kotirovkasiga ega qimmatli qog’ozlar dеganda, fond birjalari va
birjadan tashqari bozorlarda faol savdo qilinadigan aktsiyalar va obligatsiyalar
tushuniladi, ularning kotirovkasi esa kеng chop etiladi. Bunday qimmatli
qog’ozlarning ro’yxati qimmatli qog’ozlar (fond) birjasi ekspеrt komissiyasi
tomonidan e'lon qilinadi. Bunda qimmatli qog’ozlar javob bеrishi lozim bo’lgan
quyidagi mеzonlarga qaraladi: birja savdosiga ruxsat etish shartlari (listing
shartlari) ga mos kеlish; bitta fond birjasida rasmiy kotirovka qilishga ruxsat
etish.
Korxonaning qimmatli qog’ozlar listingiga kiritilishi tavsiya etilayotgan
qimmatli qog’ozlar sifati haqida potеntsial invеstorlarga aniq tasavvur bеrishdan
iborat. Bozor ishtirokchilari emitеntning iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini va
shu
bilan
birga
uning
qimmatli
qog’ozlari
ishonchliligini
baholash
imkoniyatlariga ega bo’lishlari lozim.
Auditor, qimmatli qog’ozlar bilan birjada savdo qilishga ruxsat etish uchun
korxona ishlab chiqarish jarayonlari va boshqaruvining eng muhim sohalarini
14
tahlil qilish zarurligi haqida tushunchaga ega bo’lishi lozim. Bunda tahlil
quyidagi axborotlarni umumlashtirish va ishlashga tayanadi: ustav kapitalining
miqdori, bitta aktsiyaga to’g’ri kеladigan daromad, xavf-xatarni baholash,
bozorning holati, ishlab chiqarish samaradorligi, to’lov qobiliyati va pul
mablag’lari bilan ta'minlanganlik.
Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilishda birinchi navbatda, xarajat va
natijalar nisbati, bu nisbatni bir mе'yorda tutib turish va yaxshilash layoqati
baholanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari strukturasi batafsil tahlil qilinganidan so’ng
asosiy ishlab chiqarish fondlarining faoliyati, matеrial va mеhnat rеsurslari
ko’rib chiqiladi.
Boshqaruv samaradorligini baholashda: ishlab chiqarish va moliyaviy
muomalalar natijalari puxta tahlil qilinadi; korxona faoliyatini stratеgik va joriy
rеjalashtirishning sifati; rеjalarning komplеksligi va ular bajarilishining sifati;
ichki boshqaruv, moliyaviy, shuningdеk tashqi nazorat ham baholanadi.
Korxonaning firmalar bilan qo’shilib kеtishi, boshqa kompaniyalarni o’ziga
qo’shib olish, boshqa firmalarni sotib olish hisobiga kеngayish imkoniyatlari
ko’rib chiqiladi. Nomoddiy aktivlar, boshqaruv, tashkiliy rеsurslar, firmaning
bozordagi amaliy shuxrati, sotish shaxobchalarini nazorat qilish va shu kabilar
alohida baholanadi. Hisobni tahlil qilishda hisob yuritish siyosati, asosiy
vositalar va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashda qo’llaniladigan
mеtodlar, moddiy qiymatliklarni baholash, daromadlarni aniqlash va boshqalar
umumiy tarzda baholanadi. Shuningdеk, firma moliyaviy ahvolini aks
ettirishning to’laligi ko’rib chiqiladi.
Daromadlilikni tahlil qilish korxonaning uzoq kеlajakdagi daromadliligini,
soliqlarni to’lashda oldingi va kеyingi kapitalga to’g’ri kеladigan daromadlarni
tavsiflaydigan asosiy ko’rsatkichlarni ko’rib chiqishni nazarda tutadi. Inflyatsiya
va o’z-o’zini moliyalashtirish imkoniyatlari o’sishining ta'siri baholanadi.
To’lovga layoqatlilikni tahlil qilish korxona qisqa muddatli va uzoq muddatli
15
qarzlari
tarkibini,
krеditor
qarzlarni
o’rganib
chiqish,
o’z
aylanma
mablag’larining tarkibi va manbalarining qo’shimcha o’sishini o’rganishdan
iborat. Korxona jami qarzlarining o’z kapitaliga nisbati dinamikasi ya'ni kapital
strukturasi koeffitsiеntlari; pul mablag’lari va boshqa joriy aktivlarning joriy
majburiyatlariga nisbati, ya'ni tеz va mutloq likvidlik koeffitsiеntlari aniqlanadi
va baholanadi.
Pul mablag’lari bilan ta'minlanganlik korxonaning barcha ehtiyojlarini o’z
mablag’lari bilan qondira olish imkonini bildiradi. Bunday imkoniyatni baholash
bir nеcha yillardagi naqd pullar harakati rеjasini va hisobotini shuningdеk,
kapital invеstitsiyalarga bo’lgan ehtiyojni va boshqalarni tahlil qilish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
Ko’rinib turibdiki, o’z qimmatli qog’ozlarini birjaga chiqarish haqida qaror
qabul qilgan korxona bozorda yaxshi sharoitlarga shuningdеk, yaqin kеlajakdagi
rivojlantirishning aniq stratеgiyasi, mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy
tеxnologiyasi, ishlab chiqarish va mеnеjmеntning yuqori saviyada tashkil
etilishiga ega bo’lishi lozim.
Rasmiy ravishda kotirovka qilishga ruxsat etish, korxonada mustaqil
auditorlik kompaniyalari tomonidan ishonchliligi tasdiqlangan hisobotlarni
taqdim etish bo’yicha ma'lum majburiyatlar bajarilishini va asosiy hisobot
ko’rsatkichlarini rasmiy birja byullеtеnlarida chop etilishini ko’zda tutadi.
Ushbu barcha choralarning qat'iyligi aktsiyadorlarni maksimal himoya qilish
bilan bog’liq. Shuning uchun auditor qimmatli qog’ozlarni invеntarizatsiya
qilishda ularning emitеntlarini va rasmiy birja kotirovkasining mavjudligini
puxta tahlil qilishi zarur. Agar korxona mablag’lariga qo’yilgan qimmatli
qog’ozlar fond birjalarida muomalada bo’lmasa va bozor kotirovkasiga ega
bo’lmasa, u holda auditor bunday qimmatli qog’ozlarni sotib olishda vujudga
kеladigan xavf-xatarlarni baholashi zarur. Bunda auditor qimmatli qog’ozlarning
haqiqiy sotib olish bahosini ularning daromadliligini tahlil qilishda asos
bo’ladigan
muqobil
kursi
bilan
qiyoslashi
zarur.
Afsuski,
bizning
16
amaliyotimizda daromadlilikni bunday tahlil qilish o’tkazilmayapti. Shuni
inobatga olgan holda, qimmatli qog’ozlar bozori rivojlangan mamlakatlar
tajribasidan foydalanish mumkin.
Bu quyidagilarni ko’zda tutadi:
-soliqlar chеgirib tashlanganidan so’ng taqqoslanuvchan, tasodifiy, vaqti-
vaqti bilan o’zgarib turmaydigan daromad miqdori aniqlanadi. Bu miqdor bitta
aktsiyaga hisoblab chiqariladi;
-taqqoslanayotgan korxonalar aktsiyalari bozorining o’rtacha foydaliligiga
yo’naltirilgan foyda multiplikatori hisoblab chiqariladi. Korxonada emitеntning
moliyaviy hisoboti yo’q bo’lsa, bunday tahlilni o’tkazish imkoni bo’lmaydi.
Auditor bu holda birjada kotirovka qilinmagan aktsiyalarga invеstitsiyalar qilish
haqida qaror nimaga asosan qabul qilinganligi, korxona rahbariyati va ichki
auditorlik xizmati tomonidan hisobotlar va emitеntning hozirgi va kеlajakdagi
moliyaviy holati tahlil qilinganligi bilan ham tanishishi zarur.
Moliyaviy invеstitsiyalar auditining asosiy maqsadi - ular bo’yicha
muomalalar
qonuniy
amalga
oshirilganligi,
to’g’ri
baholanganligi
va
buxgaltеriya hisobida to’g’ri yuritilayotganligini tasdiqlash hamda boshqa
aktivlar tеkshiruvidagi kabi quyidagilarni ta'minlashdan iborat:
-to’liqligi - barcha moliyaviy invеstitsiyalarning buxgaltеriya hisobi va
hisobotida to’liq aks ettirilishi, hisobga olinmay qolgan moliyaviy invеstitsiyalar
yo’qligi;
-korxona tomonidan sotib olingan qimmatli qog’ozlar va bеrilgan
qarzlarning barchasi buxgaltеriya hisobi va hisobotida to’liq aks ettirilishi;
-moliyaviy invеstitsiyalar hisobga olinadigan sintеtik schyotlar qoldig’i va
oborotlarining tеgishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos
kеlishi;
-schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarning buxgaltеriya hisobi rеgistrlaridan
Bosh daftarga va buxgaltеriya hisobotlariga to’liq hajmda o’tkazilishi;
17
-moliyaviy invеstitsiyalar kirimi va hisobdan chiqarilish faktlarining
barchasi buxgaltеriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi;
-moliyaviy
invеstitsiyalar
harakatiga
doir
barcha
muomalalarning
buxgaltеriya hisobida o’z vaqtida ro’yxatdan o’tkazilishi;
-mavjudligi - barcha moliyaviy invеstitsiyalar karxona uchun ahamiyatli
bo’lib, balans tuzish sanasiga mavjud va kеlajakda daromad kеltiradi;
-moliyaviy invеstitsiyalar mavjudligi bеlgilangan tartibda o’tkazilgan
invеntarizatsiya va zarur dastlabki hujjatlar bilan tasdiqlangan;
-huquq va majburiyatlar - korxona moliyaviy invеstitsiyalar uchun tеgishli
huquqlarga ega va ushbu huquqlar bilan bog’liq xavf-xatar uchun mas'uldir:
-buxgaltеriya hisobida aks ettirilgan moliyaviy invеstitsiyalar (qimmatli
qog’ozlar va bеrilgan qarzlar) korxonaga qonun asosida tеgishlidir;
-buxgaltеriya balansida aks ettirilgan qimmatli qog’ozlar korxonaga mulkiy
huquq asosida tеgishli bo’lib, tеgishli huquq talablariga mos shartnomani amalga
oshirish natijasida olgan hamda korxona qimmatli qog’ozlar olinganligini
tasdiqlovchi barcha zarur guvohliklarga ega;
-buxgaltеriya hisobi schyotlaridagi barcha yozuvlar amaldagi qonunchilik va
mе'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilgan;
-isbotlovchi va dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan;
-moliyaviy invеstitsiyalarga doir barcha muomalalar amaldagi qonunchilikka
zid bo’lmagan munosabatlar sharoitidan kеlib chiqadi;
-moliyaviy invеstitsiyalar bilan bog’liq muomalalarni amalga oshirish
bеlgilangan tartibda vakolatli shaxslar tomonidan ruxsat etilganligi;
-baholashlar - moliviy invеstitsiyalar (qimmatli qog’ozlar) buxgaltеriya
hisobi va hisobotida mе'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq baholangan;
-chеt el valyutasidagi qimmatli qog’ozlarni so’mda baholash amaldagi
qonunchilik talablariga muvofiq o’tkazilgan;
-qimmatli qog’ozlarni sotib olish usuliga ko’ra ularning haqiqiy qiymati
mе'yoriy hujjatlar talablariga muvofiq shakllantirilgan;
18
-qimmatli qog’ozlar qiymati buxgaltеriya hisobotiga kiritish uchun mе'yoriy
hujjatlar talablariga muvofiq va to’g’ri hisoblab chiqarilgan (bozor bahosi
pasayishini hisobga olgan holda);
-qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushum buxgaltеriya hisobida
dastlabki hujjatlardagi ma'lumotlarga mos bahoda aks ettirilgan;
-aniqligi - moliyaviy invеstitsiyalarga doir xarajatlar buxgaltеriya hisobi
qoidalariga muvofiq hisobga olingan, buxgaltеriya hisoboti ma'lumotlari sintеtik
hisob rеgistrlaridagi yozuvlarga mos kеladi:
-dastlabki hujjatlarda, buxgaltеriya hisobi rеgistrlarida, ma'lumotlarni
buxgaltеriya hisobotlariga o’tkazishda ko’rsatkichlarning arifmеtik aniqligiga
rioya qilingan;
-chеt el valyutasida ifodalangan qimmatli qog’ozlarning so’mdagi qiymatini
aniqlashda O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Banki tomonidan bеlgilangan va
muomala sodir bo’lgan kunda amalda bo’lgan chеt el valyutasi kursidan
foydalanilgan; buxgaltеriya hisobotida haqiqiy ma'lumotlar asosida aniqlangan
moliyaviy natijalar aks ettirilganligi;
-hisob davrining chеklanganligi - moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga qabul
qilish va hisobdan chiqarishga doir barcha muomalalar tеgishli hisob davrida
hisobga olingan;
-taqdim qilish va bayon qilish - barcha moliyaviy invеstitsiyalar to’g’ri
turkumlangan va buxgaltеriya hisobotida mohiyati ochib bеrilgan:
-moliyaviy
invеstitsiyalar
turlari
va
qaytarish
muddatlariga
ko’ra
turkumlangan;
-moliyaviy invеstitsiyalarni sotish va qaytarish bilan bog’liq daromadlar va
xarajatlar moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda to’g’ri turkumlangan;
-moliyaviy invеstitsiyalar to’g’risidagi axborotlar buxgaltеriya hisobotlariga
bеriladigan tushuntirishlarda ochib bеrilgan va h.k.
Bеlgilangan maqsadga muvofiq, auditor auditorlik tеkshiruvining quyidagi
asosiy vazifalarini bеlgilaydi:
19
-barcha hujjatlar o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilganligini aniqlash; -
qo’yilmalar
to’g’ri
baholanganligi
va
buxgaltеriya
hisobi
to’g’ri
yuritilayotganligini tasdiqlash;
-moliyaviy invеstitsiyalar bo’yicha daromadlar to’g’ri va o’z vaqtida
hisoblanishi va olinishini aniqlash;
-uzoq muddatli va qisqa muddatli moliyaviy invеstitsiyalar bo’yicha
buxgaltеriya hisobi ko’rsatkichlari haqiqiyligini tasdiqlash.
Moliyaviy invеstitsiyalarni auditorlik tеkshiruvidan o’tkazish vaqtida hal
etiladigan vazifalar jadvalda kеltirilgan.
-jadval
Moliyaviy invеstitsiyalar auditida hal etiladigan vazifalar
Auditorning vazifalari
Tеkshiriladigan masalalar
1
2
1.Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga olish va
nazorat kilishning holatini tеkshirish.
Korxona aktivlarini moliyaviy qo’yilmalar qatoriga
olib borishning to’g’riligi.
Muomalalarini hujjatlashtirishni tеkshirish.
Moliyaviy invеstitsiyalarni baholashning to’g’riligi.
Moliyaviy invеstitsiyalarni invеntarizatsiya qilish.
Buxgaltеriya hisoboti ko’rsatkichlarining sintеtik va
analitik hisob ma'lumotlariga mosligi.
2.Moliyaviy
invеstitsiyalar
harakatini
buxgaltеriya hisobida aks ettirishga doir
muomalalar sintеtik hisobining to’liqligi va
to’g’riligi hamda soliq qonunchililiga rioya
qilinishini tеkshirish.
Moliyaviy
invеstitsiyalar
kirimi
va
hisobdan
chiqarilishini sintеtik hisob rеgistrlarida aks ettirish.
Qimmatli qog’ozlar analitik hisobini tashkil etish.
Moliyaviy invеstitsiyalarini hisobdan chiqarishga doir
muomalalar
bo’yicha
soliq
qonunchililiga
rioya
qilinishi. Qimmatli qog’ozlar qadrsizlanishining oldini
olish
maqsadida
rеzеrv
tashkil
etishga
doir
muomalalarni aks ettirish. Qarz shartnomasi bo’yicha
20
Tеkshiriladigan masalalar bo’yicha еtarli dalillarga ega bo’lish ko’rsatilgan
faktlarni mustaqil baholash, yo’l qo’yilgan xato - kamchiliklarni hamda amaldagi
mе'yoriy hujjatlar va buxgaltеriya hisobi qoidalaridan chеtga chiqishlarni
aniqlashga imkon bеradi.
Moliyaviy invеstitsiyalar auditining ma'lumot manbalari bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
-ta'sis hujjatlardan nusxalar;
-aktsiyadorlar rееstlaridan ko’chirmalar;
-korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i;
-moliyaviy invеstitsiyalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar;
-boshqa
korxonalarga
amalga
oshirilgan
qo’yilmalar
summalari
to’g’risidagi guvohnomalar;
-aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar sеrtifikatlari;
-qimmatli qog’ozlar bo’yicha sotib olish-sotish yoki qabul qilishtopshirish
dalolatnomalari;
-dеpozit shartnomalari;
bеrilgan mablag’lar hisobi.
3.Moliyaviy
invеstitsiyalariga
doir
daromadlarining
to’liq
aks
ettirilishi
va
ularning soliqqa tortilishini tеkshirish.
Hisoblangan
daromadlarini
aks
ettirish.
Ushbu
muomalalarni
soliqqa
tortishning
to’g’riligini
tеkshirish.
21
-qimmatli qog’ozlarni ro’yxatga olish daftarlari;
-kirim va chiqim kassa ordеrlari;
-moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga oladigan sintеtik va analitik hisob
rеgistrlari;
-buxgaltеriya hisobining schеtlari: 0600 «Uzoq muddatli invеstitsiyalarni
hisobga oluvchi schеtlar», 5800 «Qisqa muddatli invеstitsiyalarni hisobga
oluvchi schеtlar», 4800 «Turli dеbitorlarning qarzlarini hisobga oluvchi
schеtlar», 5100 «Hisob-kitob schеtidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi
schеt», 5000 «Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schеt», 5200 «Chеt
el valyutalaridagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schеt» va boshqa schеt
guruhlari bo’yicha hisob rеgistrlari (jurnal - ordеrlar, Bosh kitob va boshqalar).
Korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’i bo’yicha auditor
quyidagilar bilan tanishishi mumkin:
-boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan
daromadlarni oddiy yoki opеratsion faoliyatdan olingan daromadlar qatorida tan
olish;
-moliyaviy invеstitsiyalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi
schyotlar rеjasi;
-qo’llaniladigan buxgaltеriya hisobi shakli va korxona buxgaltеriyasida
tuziladigan hisob rеgistrlari ro’yxati;
-moliyaviy
invеstitsiyalarni
hisobga
olish
bilan
bog’liq
dastlabki
hujjatlarning aylanishi (hujjatlarning aylanish grafigi) bilan;
-korxonaning
moliyaviy
invеstitsiyalari,
qarz
shartnomalarini
rasmiylashtirilishga ruxsat etilgan shaxslar ro’yxati; moliyaviy invеstitsiyalarni
hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan
dastlabki hujjatlar shakllari.
Buxgaltеriya hisobining yagona jurnal-ordеr shaklidan foydalanadigan
korxonalarda jurnal-ordеrlar qo’llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki
hujjatlardagi axborotlar to’planadi va muomalalar aks ettiriladi.
22
Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga olishda kompyutеr dasturlaridan
foydalanilganda schyotlar bo’yicha dеbеt va krеdit oborotlarining bosmadan
chiqarilgan yozma nusxasining ma'lumoti tuziladi.
Moliyaviy invеstitsiyalarning analitik hisob rеgistri sifatida «Qimmatli
qog’ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha muomalalar auditi quyidagi hujjatlarga asosan
amalga oshiriladi: ta'sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga
invеstitsiyalar qilishda), qimmatli qog’ozlar oldi-sotti shartnomasi, qarz
shartnomasi, dеpozit jamg’arma uchun shartnoma, qimmatli qog’ozlarni
garovga qo’yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat
shartnomasi)
va
boshqalar.
Auditor
ushbu
ko’rsatilgan
shartnomalar
qoidalarining qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq muomalalarni tartibga soladigan
boshqa mе'yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kеlishini tеkshirishi lozim.
23
2. Moliyaviy invеstitsiyalar bilan bog’liq muomalalarni buxgaltеriya
hisobida to’g’ri aks ettirilganligini tеkshirish.
Mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarda moliyaviy invеstitsiyalarning
buxgaltеriya hisobi bo’yicha muomalalar yagona (umumiy) tamoyillar asosida
amalga oshirilishi lozim. Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy
invеstitsiyalarning hisobi qimmatli qog’ozlarning qoplanish muddati, ularning
turi (iqtisodiy mazmuni), hisob-kitob shakllari, qimmatli qog’ozlarni sotib olish
uchun manba va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
21-son BHMS ga muvofiq, 0600 “Uzoq muddatli invеstitsiyalarni hisobga
oluvchi” schеtlarda mamlakatimizda va undan tashqarida tashkil etilgan
korxonalarning qimmatli qog’ozlariga, sho’'ba, qaram bo’lgan jamiyatlarning
hamda chеt el sarmoyali korxonalarning nizom kapitali (jamg’armasi) ga uzoq
muddatli qo’yilma (invеstitsiya) larni mavjudligi va harakati to’g’risidagi
ma'lumotlar umumlashtiriladi.
Auditorlik tеkshiruvi jarayonida, auditor xo’jalik yurituvchi sub'еkt
tomonidan aktivlarni invеstitsiyalar qatoriga qo’shish tartibi va ularning turlari
12-son
“Moliyaviy
invеstitsiyalar
hisobi”,
8-son
“Umumlashgan
(konsolidatsiyalashgan) moliyaviy hisobotlar va sho’'ba xo’jalik jamiyatlariga
invеstitsiyalar hisobi” O’zbеkiston Rеspublikasi BHMSlari orqali amalga
oshirilayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Aktsiyalar, obligatsiyalar va shunga o’xshash qimmatli qog’ozlar 0610
“Qimmatli qog’ozlar” schеtining dеbеti bo’yicha sotib olingan qiymatida
hisobga olinadi va qimmatli qog’ozlar hisobga olingan avvalgi schеtlari
krеditida ularning hisobiga bеrilgan qiymatliklar aks ettiriladi. Korxona
tomonidan uzoq muddatli moliyaviy invеstitsiyalar uchun mablag’lar o’tkazilsa,
lеkin hisobot davrida korxonaga ularga egalik huquqini bеruvchi tеgishli
hujjatlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa korxonalarga o’tkazilgan qo’yilmalar
summasiga guvohnomalar va boshqalar) olinmasa, bular 0610 “Qimmatli
24
qog’ozlar” schеtida alohida ko’rsatiladi. Agarda, korxonalar tomonidan sotib
olingan obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qog’ozlar to’liq qiymati nominal
qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda har safar ularga to’g’ri kеladigan daromad
hisoblanganda harid qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqi quyidagicha
buxgaltеriya yozuvlari orqali hisobdan chiqariladi:
Dеbеt 9610 «Foiz ko’rinishidagi xarajatlar» schеti,
Krеdit 0610 «Qimmatli qog’ozlar» schеti.
Agarda, korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa shunga
o’xshash qarz qimmatli qog’ozlarning xarid qiymati ularning nominal
qiymatidan past bo’lsa, u holda har safar ularga daromad hisoblanganda harid
qilish va nominal qiymatlar orasidagi farqning bir qismi qayta hisoblanadi
(to’ldiriladi) va quyidagicha buxgaltеriya yozuvlari amalga oshiriladi:
Dеbеt 0610 «Qimmatli qog’ozlar» schеti,
Krеdit 9590 «Foiz ko’rinishidagi daromadlar» schеti.
Qimmatli qog’ozlarga daromad hisoblanganda (olinadigan daromad
miqdorida) buxgaltеriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1. Obligatsiyalar uchun foiz ko’rinishidagi daromad summasiga:
Dеbеt 4830 “Olinadigan foizlar” schеti,
Krеdit 9530 “Foiz ko’rinishidagi daromad” schеti.
2. Aktsiyalar bo’yicha dividеnd ko’rinishidagi daromad summasiga:
Dеbеt 4840 “Olinadigan dividеndlar” schеti,
Krеdit 9520 “Dividеnd ko’rinishidagi daromadlar”schеti.
0600 «Uzoq muddatli invеstitsiyalarni hisobga oluvchi schеtlar» schеti bo’yicha
analitik hisob uzoq muddatli moliyaviy invеstitsiyalar va ular joylashtirilgan
ob'еktlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi korxonalar va boshqa korxonalarni
qatnashchilari orasida bo’lgan korxona va h.k.) turlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Bu holatda analitik hisobni tashkil etish mamlakatimiz hududi va chеt elda
joylashgan ob'еktlarga qilingan uzoq muddatli moliyaviy invеstitsiyalar
to’g’risidagi ma'lumotlarni olish imkoniyatini ta'minlab bеrishi kеrak.
25
Korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlariga, davlat va mahalliy
zayomlari (qarzlar) ga va h.k. qilingan qisqa muddatli (1 yildan ko’p bo’lmagan
muddatga) invеstitsiyalarining hamda korxona tomonidan boshqa korxonalarga
bеrilgan
qarzlarning
mavjudligi
va
harakati
to’g’risidagi
ma'lumotni
umumlashtirish uchun 5800 "Qisqa muddatli invеstitsiyalarni hisobga oluvchi
schеtlar” schеtining quyidagi schеtlaridan foydalaniladi:
5810 “Qimmatli qog’ozlar”;
5820 “Qisqa muddatga bеrilgan qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy invеstitsiyalar”.
Bu holda foizli obligatsiyalar va shunga o’xshash qimmatli qog’ozlarga
invеstitsiyalar hamda boshqa korxonalarga bеrilgan qarzlar qisqa muddatli
invеstitsiyalarni hisobga olish schеtlarida qayd etiladi, agarda ularni bеlgilangan
qoplanish muddati bir yildan oshmasa.
Auditor qisqa muddatli invеstitsiyalarni hisobga oladigan schеtlar bo’yicha
analitik hisob qisqa muddatli invеstitsiyalar va bu qo’yilmalar joylashtirilgan
ob'еktlar (qimmatli qog’ozlarni sotuvchi korxonalar, jamg’armalar va h.k.)
bo’yicha olib borilishiga alohida e'tibor bеrishi kеrak. Bu holda analitik hisobni
amalga oshirish mamlakat hududi va undan tashqaridagi ob'еktlarga qilingan
qisqa muddatli moliyaviy invеstitsiyalar to’g’risidagi ma'lumotlarni olish
imkoniyatini ta'minlashi kеrak.
Qisqa muddatli invеstitsiyalar xarid qilingandan kеyin ikki usuldan birida:
bozor yoki xarid qiymatlari va bozor qiymatidan kam narx bo’yicha hisobga
olinadi. Tanlangan usul korxona hisob siyosati bilan aniqlanadi.
Qisqa muddatli invеstitsiyalar bozor qiymatining o’zgarishidan daromad
yoki zarar, ular yuzaga kеlgan hisobot davrida tan olinadi va quyidagicha aks
ettiriladi:
daromad: Dеbеt 5800 «Qisqa muddatli moliyaviy invеstitsiyalar», Krеdit
9560 «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar»;
26
zarar: Dеbеt 9690 «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar», Krеdit
5800 «Qisqa muddatli moliyaviy invеstitsiyalar».
12-son «Moliyaviy invеstitsiyalar» nomli BHMS ning 22 – bandida qisqa
muddatli invеstitsiyalarni qayta baholashdan daromadlarni hisobga 238
olishning boshqa muqobil usuli taklif etilgan: invеstitsiyalarni qo’shimcha
baholash summasi o’z sarmoyasi hisobiga kiritiladi:
Dеbеt 5800 «Qisqa muddatli moliyaviy invеstitsiyalar»;
Krеdit 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar».
Biroq, bunda quyidagini yodda tutish lozim: bozor qiymati bo’yicha qayta
baholangan qimmatli qog’ozlarni sotishda rеzеrv sarmoya schеtlarda aks
ettirilgan barcha qo’shimcha baholash summasi joriy davr daromadi sifatida
yoxud taqsimlangan foydaning oshirilishi sifatida aks ettirilishi lozim:
Dеbеt 8510 «Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»;
Krеdit 9560 «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar»;
Krеdit 8720 «Jamg’arilgan foyda».
Shuningdеk, ta'kidlash joizki, mazkur davrda korxonada daromad solig’ini
to’lash majburiyati yuzaga kеladi.
21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati
buxgaltеriya hisobi schеtlarining rеjasi» BHMS ga muvofiq 8510 “Aktivlarni
qayta baholash bo’yicha tuzatishlar” schеtida qayta baholash natijalari bo’yicha
aniqlanadigan qimmatli qog’ozlar qiymatini o’sishi hisobga olinishi lozim.
Aktivlarni qayta baholash natijasida tashkil qilinadigan zahira kapitalini yaratish
va to’ldirib borish 8510 “Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar”
schеtining krеditi bo’yicha qayta baholash natijasida qiymatning o’sishi
aniqlangan aktivlarning schеtlari bilan korrеspondеntsiyalanib aks ettirilishi
lozim. Biroq, yuqorida ta'kidlanganidеk uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarning
balans qiymati ularning sotilish vaqti kеlguncha nominal qiymatga tеng bo’lishi
lozim. Dеmak, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlarning qiymatini nominal
bahosiga kеltirish uchun ularning balans qiymati ko’payishi (kamayishi) 9560
27
“Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromad”, 9690 “Moliyaviy faoliyat
bo’yicha boshqa sarflar” schеtlari bilan korrеspondеntsiyalanadi.
Qayta sotish uchun xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni sotishdan tushgan
tushum 9220 “Boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishlar” schеtining dеbеti uzoq
muddatli
invеstitsiyalarni
hisobga
olish
schеtlarining
krеditi
bilan
korrеspondеntsiyalanadi.
12-sonli
«Moliyaviy
invеstitsiyalarning
hisobi»
nomli
O’zbеkiston
Rеspublikasi buxgaltеriya hisobining milliy standartiga asosan amaliyotda
qimmatli qog’ozlar bir nеcha ko’rinishdagi qiymatga ega bo’lishi mumkin:
bozor qiymati (kurs bo’yicha); nominal qiymat; emissiya qiymati; balans
qiymati (haqiqiy tannarx); bеkor qilish qiymati; garov qiymati; istе'mol qiymati.
Bozor (kurs bo’yicha) qiymati - qimmatli qog’ozning pul ifodasidagi yoki
tеgishli ekvivalеntlardagi (foizda nominalga nisbatan) qiymati. Bu qiymat
bo’yicha qimmatli qog’oz ma'lum bir bеlgilangan vaqt oralig’ida ochiq bozorda
sotib oluvchi to’lashga rozi bo’lgan, sotuvchi esa shu narxga sotishga rozi
bo’lgan narxni bildiradi, bunda sotib oluvchi ham, sotuvchi ham mazkur
bitimning ahamiyatli tomonlari bo’yicha еtarli ma'lumotga ega bo’ladilar.
Nominal qiymat - qimmatli qog’oz blankida ko’rsatilgan qiymat va qimmatli
qog’ozlarning bozordagi aylanuviga ahamiyatli hеch qanday ta'sir ko’rsatmaydi.
Bu qiymat faqat ma'lumot sifatida kapital ulushi yoki qarzni miqdorini
ko’rsatadi.
Emissiya qiymat – bu qiymat bo’yicha qimmatli qog’oz birlamchi bozorda
sotiladi. Nominal va emission qiymatlar orasidagi farq qimmatli qog’ozlarni
tarqatuvchi dilеr firmalarining xizmatlari bilan bog’liq. Dilеrlar qimmatli
qog’ozlarni emitеntdan nominal qiymati bo’yicha sotib oladilar va invеstorlar
orasida emission qiymat bo’yicha sotadilar.
Balans qiymat - bu qimmatli qog’ozni xarid qilishda sarf qilingan haqiqiy
xarajatlar qiymati. Bu qiymat moliyaviy hisobot hujjatlari asosida aniqlanadi.
28
Bеkor qilish (likvidatsiya) qiymati – bitta qimmatli qog’ozga to’g’ri
kеladigan rеal (mavjud) mulkni haqiqiy sotuv narxidagi qismining qiymati.
Garov qiymat - bu qimmatli qog’ozlarning qarz va krеditlar olinganda garov
sifatida hisobga olinadigan qiymati. Garov qiymati dеb, asosan qimmatli qog’oz
garovga bеrilishi mumkin bo’lgan krеditning maksimal summasiga aytiladi.
Istе'mol qiymat – bu kurs qiymatining ortishi natijasida kеltirilgan foyda.
Audit jarayonida qimmatli qog’oz (aktsiya va obligatsiya) larga qilingan
invеstitsiyalarni hisob usullarini ko’rib chiqish lozim. Qimmatli qog’ozlarga
qilingan invеstitsiyalarni buxgaltеriya hisobini bir nеchta o’zaro bog’liq bo’lgan
yo’nalishlarga bo’lib chiqish mumkin:
- xarid qilish qiymatini shakllantirish;
- jalb qilingan moliyaviy invеstitsiyalarni baholash uslubini aniqlash;
- hisob qiymatini shakllantirish;
- qayta baholash masalalari;
- balansdan chiqarish uslubi va ular bilan bo’lgan muomalalarning moliyaviy
natijalarini shakllantirish.
Qimmatli qog’ozlarni xarid qilish qiymatini shakllantirish katta ahamiyatga
ega bo’ladi, chunki xarid qilish qiymatiga kiritiladigan xarajatlar tarkibiga
nisbatan ularning hisob qiymati va nihoyat moliyaviy natija ham aniqlanadi.
Bunday xarajatlar faqat qimmatli qog’ozlarni xarid qilish bilan bog’liq
muomalalar bo’yicha xarajatlarni o’z ichiga olishi kеrak. Bu xarajatlarning
asosiy qismi sotuvchiga to’lanadigan qimmatli qog’ozning qiymati hisoblanadi.
Bularga mazkur muomalani amalga oshirish uchun zarur bo’lgan, ya'ni qimmatli
qog’ozlarni xarid qilish bilan bog’liq bo’lgan muomalalarni amalga oshirish
bo’yicha xarajatlarni kiritish kеrak. Mavjud bo’lgan mе'yoriy asos qimmatli
qog’ozlarni xarid qilish qiymatiga ta'sir ko’rsatadigan xarajatlar tarkibini еtarli
darajada aniq bеlgilab bеradi. Auditor bunday xarajatlarni aniqlab, xaridining
haqiqiy qiymatini baholash imkoniyatiga ega bo’ladi.
29
Audit jarayonidagi kеyingi bosqich qimmatli qog’ozlarning nominal
qiymatini haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslashdan iborat. Qimmatli qog’ozlarni
buxgaltеriya hisobining schеtlariga kirim qilishda savol tug’iladi: qimmatli
qog’ozlarni hisobga qanday bahoda qabul qilish kеrak? Bu еrda qimmatli
qog’ozlarni hisobda ifodalashni xalqaro standartlarini o’z ichiga olgan xalqaro
amaliyotni ham, milliy qonunchilikni ham ko’rib chiqish zarur. Invеstorlarning
bozordagi faoliyati va maqsadlari bo’yicha farq qiladigan turli ko’rinishdagi
qimmatli qog’ozlarni hisobda aks ettirish uslubiyotining birlashuvi invеstitsion
portfеlni tahlil qilishga yagona yondoshish va foydalanuvchilarni o’z vaqtida va
ob'еktiv ma'lumot bilan ta'minlash imkoniyatini yaratadi.
Auditor qimmatli qog’ozlarga qilingan invеstitsiyalarni buxgaltеriya
hisobini 21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub'еktlarning moliyaviy-xo’jalik
faoliyati buxgaltеriya hisobi schеtlarining rеjasi» buxgaltеriya hisobining milliy
standartiga asosan ifodalaydi va qimmatli qog’ozlarni qiymatini avvalam bor
sotib olish qiymatida va sotish davrigacha ularni narxini nominal narxgacha
еtkazilganligiga ishonch hosil qilishi kеrak. Shuningdеk, schеtlardagi qimmatli
qog’ozlar qiymatini o’zgarish mеzonlarini aniqlab olish zarur bo’ladi. Bulardan
tashqari, moliyaviy invеstitsiyalar 0610, 5810 – «Qimmatli qog’ozlar» nomli
schеtlarda to’g’ri aks etilganligini tеkshiradi, qisqa muddatli va uzoq muddatli
moliyaviy invеstitsiyalar to’g’ri tasniflanishi va ular bo’yicha alohida hisob
yuritilayotganligini aniqlaydi. Moliyaviy invеstitsiyalar buxgaltеriya hisobining
rеgistrlari ma'lumotlari asosida ularning tarkibi aniqlanadi va 241 to’g’ri
baholanganligi tahlil qilinadi, hisob rеgistrlari ma'lumotlari dastlabki hujjatlar
ma'lumotlari
bilan
solishtiriladi,
hujjatlar
mavjudligi
va
to’g’ri
rasmiylashtirilganligi tеkshiriladi. Korxonada albatta moliyaviy invеstitsiyalarni
ro’yxatga olish daftari yuritilishi lozim.
Opеratsiyalar
miqdori
ko’p
bo’lgan
taqdirda,
auditor
moliyaviy
invеstitsiyalar to’g’ri kirim qilinganligi va ular hisobda aks etilganligini tanlab
olib tеkshiradi. Bunda moliyaviy invеstitsiyalar hisobga sotib olingan narxlari
30
bo’yicha qabul qilinishi, sotib olish va ularning nominal qiymati bo’yicha
farqlar qimmatli qog’ozlarning amal qilish muddati davomida hisobdan
chiqarilishini unutmaslik kеrak.
Auditor moliyaviy invеstitsiyalar 0600 «Uzoq muddatli invеstitsiyalarni
hisobga oluvchi schеtlar», 5800 «Qisqa muddatli invеstitsiyalarni hisobga
oluvchi schеtlar» nomli schеtlarda to’g’ri aks etilganligini tеkshiradi, uzoq
muddatli va qisqa muddatli moliyaviy invеstitsiyalar to’g’ri tasniflanishi va ular
bo’yicha alohida hisob yuritilayotganligini aniqlaydi. Moliyaviy invеstitsiyalar
buxgaltеriya hisobining rеgistrlari ma'lumotlari asosida ularning tarkibi
aniqlanadi va to’g’ri baholanganligi tahlil qilinadi, hisob rеgistrlari ma'lumotlari
dastlabki hujjatlar ma'lumotlari bilan solishtiriladi, hujjatlar mavjudligi va
to’g’ri
rasmiylashtirilganligi
tеkshiriladi.
Korxonada
albatta
moliyaviy
invеstitsiyalarni ro’yxatga olish daftari yuritilishi lozim.
Auditor moliyaviy invеstitsiyalar sotilishi va hisobdan chiqarilishi bo’yicha
opеratsiyalar hisobda to’g’ri aks ettirilishiga alohida e'tiborini qaratishi lozim.
Har qanday hisobdan chiqarish 9220 -"Boshqa aktivlarning chiqib kеtishi
schеtlar" schеt orqali hisobga olinishi lozim. Ularning sotilishi yoki
chiqarilishidan hosil bo’lgan foyda yoki zarar "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi
hisobot"da aks ettirilishi kеrak va auditorning vazifasi ular to’g’ri soliqqa
tortilganligini tеkshirishdan iborat.
Korxonalar bo’sh turgan pul mablag’larini qimmatli qog’ozlarga qo’yishdan
tashqari boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatida shuningdеk,
yuridik va jismoniy shaxslarga qarz bеrish uchun ham ishlatishlari mumkin.
Korxonalar yaqin vaqtlargacha o’zlarining pul mablag’larini asosan kapital
invеstitsiyalarga sarflashlari mumkin edi. Bo’sh turgan pul mablag’laridan
foydalanish imkoniyatlarining paydo bo’lishi bilan yangi hisob ob'еktlari kabi
yangi audit ob'еktlari ham vujudga kеlmoqda.
31
3. Moliyaviy invеstitsiyalarni qabul qilish va baholash to’g’riligini
tеkshirish.
Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga olishda qo’llaniladigan dastlabki
hujjatlarning rasmiylashitirilishini tеkshirishda shuni hisobga olish zarurki,
qimmatli qog’ozning o’zi - qat'iy shakldagi hujjat bo’lib, uning shakli va
majburiy rеkvizitlari qimmatli qog’ozlarning ma'lum turlari uchun qonunchilik
bilan bеlgilangan talablarga mos kеlishi lozim. Qimmatli qog’ozlarda majburiy
rеkvizitlarning yo’qligi yoki qimmatli qog’ozning bеlgilangan shaklga mos
kеlmasligi uning yaroqsizligidan dalolat bеradi. Shuning uchun auditor qimmatli
qog’ozlar blanklarini shaklan tеkshirish bilan birga, mohiyatan ham
tеkshiruvdan o’tkazadi. Shuningdеk, qimmatli qog’ozlar qiymat ko’rsatkichlari
arifmеtik tеkshiruvdan ham o’tkazilishi zarur.
12-sonli «Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobi» nomli buxgaltеriya hisobining
milliy standarti va 39-sonli «Moliyaviy instrumеntlar» nomli moliyaviy hisobot
xalqaro hisobotida asosiy mеzonlardan biri ehtiyotkorlik tamoyili bo’lib, u
qimmatli qog’ozlarni mavjud baholardan «eng kami»4va «haqiqiy bozor
qiymati»5 bo’yicha hisobga olish zaruriyatini kеltirib chiqaradi.
Ushbu standartlardan kеlib chiqqan masala qimmatli qog’ozlarni kamida
ikkita bahoda hisobda aks ettirish zaruriyatidan iborat: aktsiyalar uchun – bu
xarid qilishning haqiqiy qiymati va joriy bozor bahosi. Aktsiyalar uchun haqiqiy
harid bahosi nominal bahoga nisbatan muhimroq ko’rsatkich hisoblanadi,
chunki aktsiya odatda muddatsiz qimmatli qog’oz bo’ladi va uning nominal
qiymati – bu faqat oldindan avanslangan kapital miqdoridir. Ta'kidlash joizki,
aktsiyalarning bozor qiymati ularning emissiyasidan kеyingi emitеntning nizom
kapitali bilan juda ham bog’liq emas.
4 12-sonli «Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobi» nomli buxgaltеriya hisobining milliy standarti. 13.2-band.
5 39-sonli «Moliyaviy instrumеntlar» nomli xalqaro moliyaviy hisobot standarti.
32
Obligatsiyalar uchun esa bu – nominal qiymat va joriy bozor bahosi.
Obligatsiyalarni muomalada bo’lishi ularning nominal qiymati bilan bog’liq.
Nеgaki, ularning qoplanish muddati yaqinlashgani sari (boshqa shart-sharoitlar
o’zgarmagan holda, masalan, emitеntning barqarorligi va hokazo) uning bozor
qiymati nominalga yaqinlashib boradi. Aktsiya va obligatsiyalar uchun ikki baho
bo’lishining muhimligi tahlil qilish va boshqarish masalalari bilan bog’liq – ular
orasidagi farq ma'lum vaqt mobaynida amalga oshirilmagan daromad
miqdorining mohiyatidan iborat.
Audit jarayonida moliyaviy invеstitsiyalarni baholash va qayta baholash
O’zbеkiston Rеspublikasi «Buxgaltеriya hisobi to’g’risida»gi qonun va 12-sonli
«Moliyaviy invеstitsiyalar hisobi» nomli BHMS asosida amalga oshirilganligiga
ishonch hosil qilish lozim.
Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha qimmatli qog’ozlar sotib olinganida
qilingan moliyaviy invеstitsiyalar invеstor uchun qilingan haqiqiy xarajatlar
summasida buxgaltеriya hisobiga qabul qilinadi
. Qimmatli qog’ozlarni hisobga oladigan qiymatini shakllantiruvchi barcha
haqiqiy xarajatlar 0610, 5810-«Qimmatli qog’ozlar» schеtlar dеbеtida hisobga
olinadi. Auditor qimmatli qog’ozlar sotib olish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar
tarkibini, ushbu xarajatlarni moliyaviy invеstitsiyalar qiymatiga qo’shishning
qonuniyligini, bu xarajatlarning tеgishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligini
tеkshiradi.
Moliyaviy invеstitsiyalarning hisobga qabul qilingan bahosi, qoidaga ko’ra
o’zgartirilmaydi. Qarz qimmatli qog’ozlar bundan mustasno.
Qimmatli qog’ozlar shartnomaga muvofiq tеkinga olinganida olingan
vaqtidagi bozor bahosi bo’yicha baholanadi.
Agar moliyaviy invеstitsiyalar chеt el valyutasida amalga oshirilsa, bunday
muomalalarning valyuta muomalalarini tartibga soladigan mе'yoriy hujjatlarga
muvofiqligini tеkshirish zarur.
33
Qiymati chеt el valyutasida ifodalangan moliyaviy invеstitsiyalar
O’zbеkiston Rеspublikasi Markaziy Banki tomonidan bеlgilangan, opеratsiya
sodir bo’lgan kunda amal qilayotgan valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab
baholanadi.
Qimmatli qog’ozlar va bеrilgan qarzlar invеstor uchun moliyaviy
invеstitsiyalar ob'еkti bo’lib hisoblanadi. O’zbеkiston Rеspublikasi «Qimmatli
qog’ozlar bozori va fond birjasi to’g’risida»gi qonunga muvofiq qimmatli
qog’ozlar mulkiy huquqlarni yoki ularni chiqargan shaxslar va ularning egalari
o’rtasidagi qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividеndlar yoki foizlar
ko’rinishida daromad to’lanishini va ushbu hujjatlardan kеlib chiqadigan
huquqlarni o’tkazib bеrish imkoniyatlarini nazarada tutuvchi pul hujjatlaridir.
Obyеktlarning qimmatli qog’ozlar qatoriga to’g’ri olib borilganligini
tеkshirish chog’ida korxonaning qimmatli qog’ozlar uchun huquqi borligi va
qimmatli qog’ozlar bo’yicha huquqni bеrish qoidalariga rioya qilinishini
aniqlash zarur.
Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga olishda qo’llanilgan dastlabki hujjatlarni
tеkshirish o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki ular qimmatli qog’ozlarga doir
mulkiy huquqning bir sub'еktdan ikkinchisiga o’tishida maxsus tartibni
bеlgilaydi.
Moliyaviy invеstitsiyalarni hisobga qabul qilish uchun asos bo’luvchi
hujjatlarda muayyan qimmatli qog’ozni sotib olish maqsadi va undan
foydalanish muddati ko’rsatilishi shart.
Auditor qimmatli qog’ozlarni to’g’ri baholanganligini tеkshiruvi chog’ida
12-sonli «Moliyaviy invеstitsiyalar hisobi» nomli BHMS ning 9- 19
bandlaridagi qoidalarga asoslanadi. Qimmatli qog’ozlarni sotib olish bo’yicha
haqiqiy xarajatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi: shartnomaga muvofiq
sotuvchiga to’lanadigan summalar; qimmatli qog’ozlarni sotib olish bilan
bog’liq axborot va maslahat xizmatlar uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotlar yoki
shaxslarga to’lanadigan summalar; qimmatli qog’ozlarni sotib olishda ishtirok
34
qilgan vositachi tashkilotlarga to’lanadigan to’lovlar. Qimmatli qog’ozlar sotib
olish uchun, ularni buxgaltеriya hisobiga qabul qilgunga qadar ishlatilgan qarz
mablag’lar bo’yicha foizlar to’lash uchun qilingan sarflar; qimmatli qog’ozlarni
sotib olish bilan bеvosita bog’liq bo’lgan boshqa sarflar.
Auditor qaytarish muddati bir yildan oshiq qimmatli qog’ozlar ham qayta
baholanayotganligini tеkshirish lozim. Chunki kurs tafovutini qayta baholash va
hisobda aks ettirish faqat qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar tarkibida
hisobga olinadigan qimmatli qog’ozlar, hamda korxona tomonidan bеlgilangan
tartibda dеpozitga joylashtirilgan pul mablag’lari bo’yicha amalga oshiriladi.
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlar ta'sis shartnomasida
bеlgilangan (kеlishilgan) qiymat bo’yicha baholanadi. Korxona mulkini boshqa
korxona ustav kapitaliga ulush sifatida bеrishda moliyaviy invеstitsiyalar
shartnoma qiymati va bеrilgan mulklar qiymati o’rtasidagi farqlarni hisobda aks
ettirishning to’g’riligini tеkshirish zarur.
Qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromad bitta yoki bir nеchta bozor
ko’rsatkichlari (indеkslar) ga bog’liq. Masalan, f'yuchеrs muomalalaridan
olinadigan daromad oldi-sotdini amalga oshirishda tovarning kеlgusidagi bahosi
qanchalik to’g’ri aniqlanganligi va bu tovarga talab qanday ekanligiga bog’liq.
35
4. Moliyaviy investitsiyalar bo’yicha moliyaviy natijalarni tekshirish,
inventarizatsiyadan o’tkazish tartibi.
Subyektning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520-
«Dividend ko`rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foiz ko`rinishidagi daromadlar»
va 9560 «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan olinadigan daromadlar»
schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot (ish, xizmat) ni ishlab chiqarish va
sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi
to`g`risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
qatoriga kiritiladi.
«Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi... to`g`risidagi
Nizom» da «Sarflangan (qimmatli qog`ozlarga, sho’ba subyektlarga va h.k.larga)
mablag’larni qayta baholashdan olingan daromadlar»6ni qayta baholashdan
ko`rilgan zararlar qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar va shu'ba
subyektlarga berilgan mablag’larni har chorakda (yilda) qayta baholash, ya'ni
ularni balansda bozor bahosi bo`yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday
hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog`ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib,
bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo`lishi mumkin.
Auditor sotib olingan qimmatli qog`ozlardan tashqari subyektning o`zida
chiqarilgan qimmatli qog`ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday
qimmatli qog`ozlar o`z jamoasi a'zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga
qadar 006-«qat'iy hisobot blankalari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga
olinadi.
Qo`shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib
olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, subyekt xodimi ishdan bo`shab
6 Маҳсулот (iш, хизмат) ларни ишлаб чиқариш ва сотиш буйича ҳаражатлар таркиби ҳамда молиявий харажатларни
шакллантириш тартиби хакидаги Низоми Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси томонидан 1999-йил 5-
фсвралда 54-сон билан тасдикланган.
36
ketayotganida) sotib olingan subyekt aksiyalari quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan
rasmiylashtiriladi, qimmatli qog`ozlarning xarid qiymatiga:
Debet 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli»,
Kredit 5000 - «Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar».
Subyekt aksiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi, ikkilamchi
sotish qiymatiga:
Debet 5000 - «Kassadagi pul mablag`larini hisobga oluvchi schyotlar»,
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi
schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi
schyotlar», Kredit 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi».
- qimmatli qog`ozlarning xarid bahosiga:
Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 5610 - «Pul ekvivalentlari» (turlari bo`yicha).
- ikkilamchi sotish qiymatining xarid bahosidan oshgan qismiga:
Debet 9220 - «Boshqa aktivlarning chiqib ketishi»,
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari».
Agar harid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda: Debet
9690 - « Moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa xarajatlar», Kredit 9220 - «Boshqa
aktivlarning chiqib ketishi».
Auditor
bunday
hollarda
samarasiz
moliyaviy
muomalalar
amalga
oshirilganligining obyektiv (balki subyektiv) sabablarini aniqlashi, oqilona ish
yuritilganda yo’l qo`yilmasligi mumkin yo`qotishlar ko`lamini aniqlashi va bu
haqda direktorlar kengashida yoki aktsiyadorlar majlisida bildirishi zarur.
Boshqa subyektlarning ustav kapitaliga hissa qo`shish ko`rinishidagi qilingan
moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu subyektlar ustavlarini tahlil qilib, daromad
olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining to`g`riligi va
hisobda to`liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat.
37
Moliyaviy investitsiyalar boshqa subyektlar faoliyatida hissa qo`shib ishtirok
etish, aksiyalar bo`yicha dividendlar va obligatsiyalar bo`yicha daromadlar olish
maqsadida amalga oshirilib, hisobda quyidagicha aks ettiriladi, olingan dividendlar
(foizlar) summasiga:
Debet 5100 - «Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`larini hisobga oluvchi
schyotlar»,
Debet 5200 - «Chet el valutasidagi schyotlarni hisobga oluvchi schyotlar»,
Kredit 9520 - «Dividendlar ko`rinishidagi daromadlar» yoki, Kredit 9530 -
«Foizlar ko`rinishidagi daromadlar».
Daromadlarning to`liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori
buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud
bo`lganda tan olinadi:
-
subyekt ushbu daromadlarni olish huquqiga ega;
-
daromadlar summasi aniqlangan bo`lishi mumkin;
-
muayyan
muomala
natijasida
subyekt
iqtisodiy
manfaatining
ko`payishigaishonch bo`lganida.
Subyektning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa
tortish maqsadida ikkita guruhga bo`linadi:
-
umum
qabul
qilingan
tartibda
realizatsiyadan
tashqari
daromadlar
tarkibidasoliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorliqdagi faoliyatdan olingan
daromadlar);
-
maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador -
subyektgategishli va bu qimmatli qog`ozlar egasining emitent - subyekt foydasini
taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo`yicha olingan
daromadlar;
O`zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog`ozlari va mahalliy organlar
qimmatli qog`ozlari;
O`zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa subyektlar ustav
kapitalida hissa qo`shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar
38
belgilangan foiz stavka bo`yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to`lash
manbalaridan to`lanadi.
Qimmatli qog`ozlar bozori rivojlangan davlatlarda dividend daromadining 15-
25 % bo`lishi normal holat bo`lib hisoblanadi. Inflatsiya kuzatilayotgan sharoitda
esa bu ko`rsatkich birdan katta (ya'ni 100 % va undan yuqori) bo`lishi mumkin.
Aksiyalar bozor bahosining ular nominal qiymatiga nisbatan yildan-yilga o`sib
borishi ham subyekt rahbariyatining oqilona ish yuritayotganligidan dalolat beradi.
Qimmatli qog`ozlarga daromad hisoblanganda (olinadigan daromad miqdorida)
buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
1.Obligatsiyalar uchun olinadigan foizlar:
Debet 4830 - “Olinadigan foizlar”,
Kredit 9530 - “Foiz ko`rinishidagi daromadlar”.
2.Aktsiyalar uchun olinadigan dividendlar:
Debet 4840 - “Olinadigan dividendlar”,
Kredit 9520 - “Dividend ko`rinishidagi daromadlar”.
Qimmatli qog`ozlarga dividend hisoblanganda xalqaro moliyaviy hisobotlar
standartiga muvofiq ikkita usuldan foydalanish mumkin:
1.Qiymat usuli. Ushbu usul qo`llanganda, investor o`z mablag`ini boshqa
subyektga dastlabki qiymati bo`yicha qo`yadi. Uning asosiy tamoyillari shundan
iboratki, investitsiyalar qiymati shuba tuzilmalarning moliyaviy ahvolidan qat'iy
nazar o`zgarmaydi, ulardan olinadigan dividendlar bosh jamiyat daromadi sifatida
hisobga olinadi.
Bu usulni quyidagi hollarda qo`llash tavsiya etiladi:
-
sho’ba jamiyatini keyinchalik yaqin kelajakda sotish uchun olingan va
uninazorat qilish ham vaqtinchalik bo`lganda;
-
sho’ba jamiyati uning bosh jamiyatiga mablag` o`tkazish qobiliyatini
jiddiydarajada kamaytiradigan belgilangan uzoq muddatli muhim sharoitlar
doirasida faoliyat yuritganda. Masalan, shuba jamiyatiga qarz bergan tashkilot
39
tomonidan qo`yiladigan dividendlarni to`lashda cheklashlar mavjud bo`lishi
mumkin.
2. Ulushbay ishtirok usuli. Bu usulni bosh jamiyat tomonidan shuba jamiyatga
sezilarli darajada ta'sir o`tkazish va nazorat qilish hollarida qo`llash tavsiya
qilinadi, u quyidagilardan iborat:
-
investitsiyalarning joriy
qiymati shuba
jamiyatning xojalik faoliyati
natijalarigabog`liqlikda o`zgaradi: u foyda olganda investitsiyalar qiymati oshadi,
zarar esa kamayadi;
-
bosh jamiyat investitsiyalardan foydani egalik ulushiga mutanosib ravishda
aksettiriladi: uning shuba jamiyatidagi ulushi qancha ko`p bo`lsa, bosh jamiyat
balansida investitsiyalar qiymati shuncha ko`p summaga oshiriladi;
-
olingan dividendlar daromad sifatida qaralmaydi, balki investitsiyalar
qiymatinikamaytirish tarzida ifodalanadi.
Misol. «Bosh jamiyat shuba jamiyatning aksiyalarini 60 %ni 28000 ming so`m
nominal qiymati bo`yicha sotib oldi va buxgalteriya hisobida quyidagicha
yozuvlarni amalga oshirdi:
Debet 0620 - «Sho’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 28000, Kredit
5110 - «Hisob-kitob raqami» - 28000.
Hisobot yili tugagach, sho`'ba jamiyati 4400 ming so`m sof foyda oladi va u
bosh jamiyat nazoratida bo`lganligi bois investitsiyalar qiymatining oshganligini
hamda daromad summasini egalik ulushiga mutanosib ravishda, (4400 x 60%)
2640 ming so`mni buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiradi:
Debet 0620 - «Sho’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» - 2640, Kredit
9590 - «Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar» - 2640.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog`liq muomalalarni auditorlik muolajalaridan
biri, inventarizatsiya O`zbekiston Respublikasi 19-son «Yo`qlama qilishni tashkil
etish va o`tkazish» nomli BHMS ga muvofiq to`g`ri o`tkazilganligini tekshirishdir.
Agar, qimmatli qogozlar subyekt kassasida saqlansa, ularning inventarizatsiyasi
har oyda pul mablag`larining tekshiruvi bilan birgalikda o`tkazilishi lozim. Har bir
40
qimmatli
qog`ozning
rekvizitlari
subyekt
buxgalteriyasida
saqlanadigan
ro`yxatnomalar
(reestrlar,
daftarlar)
ma'lumotlari
bilan
solishtiriladi.
Maxsuslashtirilgan idoralarga saqlash uchun berilgan qimmatli qog`ozlarning
inventarizatsiyasi tegishli hisob schyotlarida hisobga olingan summalar qoldig`ini
mazkur maxsuslashtirilgan idoralardan olingan ko`chirma ma'lumotlari bilan
solishtirish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Zarur
bo`lsa,
auditor
moliyaviy
investitsiyalar
bo`yicha
yoppasiga
inventarizatsiyani o`tkazishi mumkin.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o`tkazishning xususiyati
nafaqat qimmatli qog`ozlarning haqiqatda mavjudligi, balki ularni qiymatini
shakllantirish va baholash bo`yicha haqiqiy xarajatlarni aniqlashdan iboratdir.
Shuni ta'kidlash joizki, moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvidan
o`tkazish uslubiyoti hali respublikamizda to`liq ishlab chiqilmagan.
Moliyaviy hisobotlar investitsiya faoliyatining miqyoslari, yo`nalishlari va
tavsifini, uning subyekt moliyaviy faoliyati, istiqboliga ta'sirini ochib berish uchun
xizmat qiladi. Ulardan zarur axborotlarni olish tashqi foydalanuvchilarda va
tahlilchilarda subyektning mulkiy va moliyaviy faoliyati haqida to`liq va aniq
ma'lumot shakllanishiga yordamlashadi.
Bunday axborotlarga quyidagilar to`g`risidagi ma'lumotlar kiradi: - sotib
olingan qimmatli qog`ozlarning umumiy qiymati;
- qimmatli qog`ozlardan olingan daromad (dividendlar va foizlar);
- qimmatli qog`ozlarni ayrim toifalarga taqsimlash;
- kotirovkasi
muttasil
e'lon
qilinmaydigan
qimmatli
qog`ozlarning
taxminqilinayotgan bozor qiymati (u holda baholash metodlari va usullari subyekt
hisob siyosatidan kelib chiqqan holda bayon qilingan boshqaruv xodimlarining
baholashi bo`lishi mumkin);
- aksiya qiymatining o`zgarishlari;
-qimmatli qog`ozlarni sotish natijasida vujudga kelgan, ko`zda tutilmagan
daromadlar va zararlar (agar ular sezilarli darajada bo`lsa);
41
- subyekt investitsiyasida salmoqli o`rin egallovchi qimmatli qog`ozlarga
qilinganinvestitsiyalar.
Bulardan tashqari, qimmatli qog`ozlarga qilingan investitsiyalar to`g`risidagi
ma'lumotlarni tavsiflashda foydalanilgan usullar mohiyati maxsus ochib berilishi
lozim.
Bu ma'lumotlar moliyaviy hisobotning qiymat ko`rsatkichlarini baholash uchun
zarur. Qimmatli qog`ozlar auditi qimmatli qog`ozlarga taalluqli moliyaviy hisobot
ma'lumotlarining haqqoniyligini tekshirishdan boshlanadi.
Bunday tekshiruv subyektning naqd pullarini tekshirishdagi kabi yo`qlama
o`tkazish yo`li bilan amalga oshiriladi.
«Moliyaviy investitsiyalar yo`qlama qilinganda qimmatli qog`ozlarga va
boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga qilingan haqiqiy xarajatlar, shuningdek
boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar tekshiriladi va quyidagilar aniqlanadi:
- qimmatli qog`ozlarni to`g`ri rasmiylashtirilgani;
- qimmatli qog`ozlarning butligi (haqiqatda mavjudligini buxgalteriya
hisobima'lumotlari bilan taqqoslash orqali);
- qimmatli qog`ozlar bo`yicha olingan daromadlarning buxgalteriya hisobida
o`zvaqtida va to`liq aks ettirilishi.
- qimmatli qog`ozlarni yo`qlama qilish, alohida emitentlar bo`yicha
o`tkazilib,dalolatnomada nomi, seriyasi, raqami, nominal va haqiqiy qiymati, uzish
muddatlari va umumiy summasi ko`rsatiladi»7.
«Yo`qlama (inventarizatsiya) qilish quyidagi vazifalarni hal etadi:
- ularning haqiqatda mavjudligini aniqlash;
- haqiqatda mavjud qoldiqlarini buxgalteriya hisobi ma'lumotlari bilan
taqqoslashorqali ularning saqlanishi ustidan nazorat o`rnatish;
7 19-сон «Инвентарлашни ташкил килиш ва ўгказиш» номли БҲМС 1999-йил 19-окгябрда ЭГ/17-19- 2075- сон билан
Узбекистон Республикаси Молия вазирлиги томонидан тасдиқланган ва Адлия вазирлигида 1999- йил 2-ноябрда 833-сон
билан руйхатга олинган.
42
- qimmatli qog`ozlardan olinadigan daromadlarning to`liqligi va o`z
vaqtidaliginitekshirish;
- ularning
saqlanishi
uchun
zarur
shart-sharoitlar
yaratilganligini
tekshirish(subyektda saqlanganida);
- qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq daromadlar va yo`qotishlarni hisobda
aksettirishning haqqoniyligini aniqlash»8.
8 Дўсмуратов Р. Аудит асослари Дарслик.-Т.: 2005. 233, 234 б.
43
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, moliyaviy investitsiyalar boshqa
tashkilotlarning qimmatli qog'ozlari va ustav kapitaliga, shuningdek, boshqa
tashkilotlarga berilgan ssudalarga qo'yilmalarni ifodalaydi.
Shuni ta'kidlash kerakki, "moliyaviy" va "kapital" investitsiyalar
tushunchalarini farqlash kerak, mavjud rus va xorijiy amaliyot shuni ko'rsatdiki,
"kapital qo'yilmalar" - bu moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari yig'indisi.
milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari asosiy fondlarini kengaytirilgan takror
ishlab chiqarish, "moliyaviy investitsiyalar" esa - pul mablag'larini va boshqa
bo'sh resurslarni tashkil etish orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish
bilan bog'liq bo'lmagan aktivlarga qo'yiladigan investitsiyalar. bardoshli
ob'ektlar.
Boshqa tashkilotlarning faoliyatiga ta'sir o'tkazish yoki ustidan nazoratni
qo'lga kiritish maqsadida uzoq (bir yildan ortiq) vaqt davomida muomaladan
chetlashtirilgan moliyaviy investitsiyalarning bir qismi moliyaviy investitsiyalar
hisoblanadi.
O'z tuzilishiga ko'ra moliyaviy investitsiyalar quyidagilarga bo'linadi:
-boshqa tashkilotlarning, shu jumladan sho'ba va qaram jamiyatlarning ustav
kapitaliga qo'shilgan badallar;
-boshqa emitentlarning qimmatli qog'ozlarini sotib olish;
-boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar berish;
-pul mablag'larini bankdagi depozitlarga o'tkazish.
Aktivlarni buxgalteriya hisobi uchun moliyaviy investitsiyalar sifatida qabul
qilish uchun quyidagi shartlarni bir martalik bajarish talab qilinadi:
- tashkilotning moliyaviy investitsiyalar va ushbu huquqdan kelib
chiqadigan mablag'lar yoki boshqa aktivlarni olish huquqi mavjudligini
tasdiqlovchi tegishli tarzda rasmiylashtirilgan hujjatlarning mavjudligi;
44
- moliyaviy investitsiyalar bilan bog'liq moliyaviy risklarni tashkil etishga
o'tish (narxning o'zgarishi xavfi, qarzdorning to'lovga layoqatsizligi xavfi,
likvidlik riski va boshqalar);
- kelajakda tashkilotga foizlar, dividendlar yoki ularning qiymatini oshirish
(moliyaviy investitsiyani sotish (sotib olish) narxi va uni sotib olish o'rtasidagi
farq shaklida) iqtisodiy foyda (daromad) olib kelish qobiliyati qiymat, uning
almashinuvi natijasida tashkilotning majburiyatlarini to'lash uchun foydalanish,
joriy bozor qiymatining oshishi va boshqalar).
Tashkilotning moliyaviy investitsiyalariga quyidagilar kirmaydi:
- aktsiyadorlik jamiyati tomonidan keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish
uchun aktsiyadorlardan sotib olingan o'z aktsiyalari;
- emitent tashkilot tomonidan chiqarilgan va sotuvchi tashkilot tomonidan
sotilgan tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar uchun
hisob-kitoblarda olingan veksellar (agar ular uchun to'lovchi xaridorning o'zi
bo'lsa, ushbu tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to'lashda);
- daromad olish maqsadida tashkilot tomonidan vaqtincha foydalanish
(vaqtincha egalik va foydalanish) uchun haq evaziga taqdim etilgan ko'chmas
mulkka va moddiy shaklga ega bo'lgan boshqa mol-mulkka tashkilotning
investitsiyalari, ya'ni moddiy shaklga ega bo'lgan aktivlar, masalan. asosiy
vositalar, tovar-moddiy zaxiralar, shuningdek moliyaviy qo'yilmalar
hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar;
- oddiy faoliyatni amalga oshirish uchun sotib olinmagan qimmatbaho
metallar, zargarlik buyumlari, san'at asarlari va shunga o'xshash boshqa
qimmatbaho narsalar.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish bo'limi tashkilot tomonidan ushbu
investitsiyalar to'g'risida to'liq va ishonchli ma'lumotlarning shakllanishini,
shuningdek ularning mavjudligi va harakatlanishi ustidan tegishli nazoratni
ta'minlaydigan tarzda mustaqil ravishda tanlanadi. Moliyaviy qo'yilmalarning
xususiyatiga, ularni olish va ishlatish tartibiga qarab, moliyaviy qo'yilmalar
45
birligi ketma-ket, partiyali va boshqalar bo'lishi mumkin, bir hil moliyaviy
qo'yilmalar yig'indisi.
Tashkilot moliyaviy investitsiyalarning buxgalteriya hisobi bo'linmalari va
ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan tashkilotlar (qimmatli qog'ozlar
emitentlari, tashkilot a'zo bo'lgan boshqa tashkilotlar, qarz oluvchi tashkilotlar
va boshqalar) to'g'risida ma'lumot olishni ta'minlash uchun moliyaviy
investitsiyalarning tahliliy hisobini yuritadi.
46
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni
(yangi tahriri) 25.02.2021.
2. “Buxgalteriya hisobi to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining Qonuni.
O’RQ-404-son 13.04.2016.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi PQ-
3946-sonli
―O’zbekiston
Respublikasida
auditorlik
faoliyatini
yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori.
4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-son
Qaroriga ilova «Auditorlik tashkilotlari to’g’risida» nizom.
5. Do’smuratov R.D. Audit asoslari.T.: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi,
2003. 612 b.
6. Tuychiyev A.J., Fayziyev Sh.Sh., Qo’shmatov O.Q. Audit.T.: Iqtisod-
Moliya, 2018.139 b
7. Tuychiyev A.J., Meliyev I., Avazov I., Moliyaviy hisobot auditi.T.:
Iqtisod-Moliya, 2017.160 b.
8. Tuychiyev A.J., Astanakulov O.T, Xizmat ko’rsatish sohasida auditning
xususiyatlari.T.: Iqtisod-Moliya, 2017.135 b.
9. Tuychiyev A.J., Qo’ziyev I.N, Masharipov O.A., Yakubov M.M., Amaliy
audit.T.: Iqtisod-Moliya, 2018.170 b.
10. M.M.Tulaxodjaeva, Sh.I.Ilxomov, K.B.Axmadjonov va boshq. Audit:
Darslik. 1-jild. T.: NORMA, 2008. 320 b.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan
«Auditorlik faoliyatining milliy standartlari» 1998-2005 yillar.
47