MOLIYAVIY NAZORAT (Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

33,0 KB


MOLIYAVIY NAZORAT (Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va
ularning o‘zaro bog‘liqligi)
Reja:
1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, nazorat sohalari, ob’ekti, predmeti, tizimi,
vazifalari, tamoyillari.
2. Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
3. Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati, nodavlat moliyaviy
nazorati. Moliyaviy nazorat tizimining elementlari.
4. Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari.
5. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari. 
1-savol  bayoni.  O‘zbekiston  Respublikasida  iqtisodiyotning  bozor
munosabatlariga  o‘tish  sharoitida  ham,  bugungi  iqtisodiyotni  liberallashtirish
sharoitida  ham  umumdavlat  moliyaviy  nazoratining  ahamiyati  tobora  ortib
bormoqda.
      Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida kuchli moliyaviy
nazoratni  shakllantirishni  davr  talabi  hisoblanar  ekan,  moliyaviy  nazoratni
takomillashtirish doimo mamlakatimiz rahbariyatining diqqat-e’tiborida bo‘lgan.
Bu xususda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev quyidagi fikrlarlarni ta’kidlaydi: “Albatta,
Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad
uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib
bo‘lmaydigan haqiqat. Shunday ekan, nima uchun G‘aznachilik va Nazorat-taftish
boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? Ularda jami 4 ming
nafar xodim ishlaydi va ularning harajatiga yiliga 90 milliard so‘m davlat mablag‘i
Logotip
MOLIYAVIY NAZORAT (Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi) Reja: 1. Moliyaviy nazorat: mazmuni, nazorat sohalari, ob’ekti, predmeti, tizimi, vazifalari, tamoyillari. 2. Moliyaviy nazoratning yo‘nalishlari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. 3. Moliyaviy nazorat sohalari: davlat moliyaviy nazorati, nodavlat moliyaviy nazorati. Moliyaviy nazorat tizimining elementlari. 4. Moliyaviy nazoratni tashkil etish tamoyillari. 5. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari. 1-savol bayoni. O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida ham, bugungi iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida ham umumdavlat moliyaviy nazoratining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida kuchli moliyaviy nazoratni shakllantirishni davr talabi hisoblanar ekan, moliyaviy nazoratni takomillashtirish doimo mamlakatimiz rahbariyatining diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Bu xususda Prezidentimiz Sh.Mirziyoev quyidagi fikrlarlarni ta’kidlaydi: “Albatta, Davlat byudjeti o‘lchovsiz emas, mablag‘larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo‘lmaydigan haqiqat. Shunday ekan, nima uchun G‘aznachilik va Nazorat-taftish boshqarmasining apparatlari haddan tashqari kengayib ketgan? Ularda jami 4 ming nafar xodim ishlaydi va ularning harajatiga yiliga 90 milliard so‘m davlat mablag‘i
sarflanadi.  Ana  shu  tuzilmalar  rahbar  va  xodimlari  shunday  tasavvur  bilan
yashamoqdaki, ularning vazifasi go‘yo faqatgina nazorat qilish va boshqalarni
jazolashdir.
     Lekin faqat qamchi va qilich bilan ijobiy natijalarga erishib bo‘ladimi? Bu -
nafaqat  xato  fikr,  balki  chuqur  yanglishish,  deb  hisoblayman.  Bu  borada
profilaktika ishlarini kim samarali olib boradi?”1. 
Darhaqiqat,  islohotlar  izchilligini  ta’minlash  va  davlat  byudjeti
harajatlaridan  oqilona  foydalanish  jarayonida  moliyaviy  nazoratning  ilg‘or
usullarini  qo‘llash,  mablag‘lardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  hamda
harajatlarni  tejashda  moliyaviy  nazorat  organlarining  profilaktik  tadbirlarni
o‘tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mamlakat  moliya  tizimida  tovar  va  pul  oqimlarini  moliyaviy-iqtisodiy
boshqarishda davlat moliyaviy nazoratining samarali tizimini yaratish o‘ziga xos
o‘rin egallaydi, bundan tashqari davlatning moliyaviy mablag‘laridan samarali
foydalanishning kafolati bo‘lib davlat moliyaviy nazorati hisoblanadi. Davlatning
jamiyat  oldidagi  asosiy  vazifalarini  bajarishdagi  rolini  oshirish  bu  amaldagi
qonunchilikka  muvofiq  davlat  harajatlari  va  moliyaviy  oqimlar  yo‘nalishlari
ustidan samarali nazoratni ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy moliya tizimini
yaratishni  talab  qiladi.  O‘z  navbatida,  moliya  tizimi  esa  mavjud  usullardan
foydalanib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun davlat moliyaviy jarayonlarining
yuqori darajadagi tiniqligi va shaffofligini taminlaydi. 
Shunday  ekan,  byudjet  daromadlarini  shakllantirishda  ishtirok  etuvchi
iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar hamda aholining soliq qonunchiligiga
rioya etilishi ustidan olib boriladigan moliyaviy nazorat bugungi kundagi muhim
nazorat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, moliyaviy
nazoratning  asosiy  vazifalaridan biri  bu  moliyaviy  qonun  hujjatlariga  rioya
1 Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim
ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14
yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. -104 b. 
Logotip
sarflanadi. Ana shu tuzilmalar rahbar va xodimlari shunday tasavvur bilan yashamoqdaki, ularning vazifasi go‘yo faqatgina nazorat qilish va boshqalarni jazolashdir. Lekin faqat qamchi va qilich bilan ijobiy natijalarga erishib bo‘ladimi? Bu - nafaqat xato fikr, balki chuqur yanglishish, deb hisoblayman. Bu borada profilaktika ishlarini kim samarali olib boradi?”1. Darhaqiqat, islohotlar izchilligini ta’minlash va davlat byudjeti harajatlaridan oqilona foydalanish jarayonida moliyaviy nazoratning ilg‘or usullarini qo‘llash, mablag‘lardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda harajatlarni tejashda moliyaviy nazorat organlarining profilaktik tadbirlarni o‘tkazishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat moliya tizimida tovar va pul oqimlarini moliyaviy-iqtisodiy boshqarishda davlat moliyaviy nazoratining samarali tizimini yaratish o‘ziga xos o‘rin egallaydi, bundan tashqari davlatning moliyaviy mablag‘laridan samarali foydalanishning kafolati bo‘lib davlat moliyaviy nazorati hisoblanadi. Davlatning jamiyat oldidagi asosiy vazifalarini bajarishdagi rolini oshirish bu amaldagi qonunchilikka muvofiq davlat harajatlari va moliyaviy oqimlar yo‘nalishlari ustidan samarali nazoratni ta’minlashga qodir bo‘lgan zamonaviy moliya tizimini yaratishni talab qiladi. O‘z navbatida, moliya tizimi esa mavjud usullardan foydalanib, iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun davlat moliyaviy jarayonlarining yuqori darajadagi tiniqligi va shaffofligini taminlaydi. Shunday ekan, byudjet daromadlarini shakllantirishda ishtirok etuvchi iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar hamda aholining soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan olib boriladigan moliyaviy nazorat bugungi kundagi muhim nazorat yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash joizki, moliyaviy nazoratning asosiy vazifalaridan biri bu moliyaviy qonun hujjatlariga rioya 1 Mirziyoev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza, 2017 yil 14 yanvar. - Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. -104 b.
qilinishini,  moliyaviy  intizomni  ta’minlash,  byudjet  mablag‘laridan  maqsadsiz
foydalanilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  orqali  davlat  moliyaviy  siyosatining  amalga
oshirilishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda, Davlat moliyaviy
nazorati optimal byudjet va soliq siyosatining ishlab chiqilishi va samarali amalga
oshirilishi hamda davlat byudjetiga va iqtisodiyotning rivojlanishiga tushumlarning
maksimal darajada o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Davlatning moliyaviy nazorati har bir davlatning muhim funksiyasi bo‘lib,
moliya-kredit tizimini normal harakat qilishida, albatta, bajarilishi kerak bo‘lgan
shartlardan biridir. Qarshiliklar munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyotiga
o‘tish  rejasida,  iqtisod  o‘zini  boshqarishga  barqaror  va  samarali  harakatlariga
alohida e’tibor berilgan. Bu moliyaviy nazoratni ayrim bo‘g‘inlarini yo‘q qilishga
asos bo‘lib va qolganlarini intizomini bo‘shashtirishga olib keldi, ishlarni real
ahvolini, moliyaviy intizomini buzilishini, suiste’molini bartaraf qilolmadi.
 Hissadorlik  korxonalarida  va  boshqa  nodavlat  sektoridagi  xo‘jalik
sub’ektlarida davlat  moliyaviy nazoratini  yo‘q  qilinishi  xorijiy davlatlarda  bu
nazorat yo‘qligi bilan izohlanadi. Lekin, ularda bozor tizimi ko‘p yillar davomida
tuzilgan bo‘lib, aldashda va noinsoflik, moliyaviy dallolchilikda tartib qoidani va
ma’suliyatni qattiq tutishgan. 
 Bozor  munosabatlari  hamma  shakldagi  mulk  egalari  bo‘lgan  xo‘jalik
sub’ektlarning sistematik reviziyalarini va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish
zarurligini,  kamchiliklarini  oldini  olib  va  ularni  bartaraf  etish  uchun  chora
tadbirlarni ishlab chiqishni rad etmaydi. Moliyaviy nazorat bozor iqtisodiyotiga
ham o‘ziga xos ob’ektiv va hamma xorijiy davlatlarda qanday me’yorda siyosiy va
iqtisodiy vazifalar talab etilsa, shu me’yorda qo‘llaniladi.
  Moliyaviy nazoratning yuzaga  kelishi  va rivojlanishi  davlat  moliyaviy
tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan shart qilib qo‘yildi. Moliya kabi
moliyaviy  nazorat  ham  kapitalistik  jamiyatdan  avvalgi  bosqichlardayoq,
shakllanish va rivojlanishning uzoq davrini bosib o‘tdi. Uning ba’zi elementlari
quldorlik va feodal jamiyatlardagi ijtimoiy munosabatlarda nomoyon bo‘ldi.
Logotip
qilinishini, moliyaviy intizomni ta’minlash, byudjet mablag‘laridan maqsadsiz foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali davlat moliyaviy siyosatining amalga oshirilishiga ko‘maklashishdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda, Davlat moliyaviy nazorati optimal byudjet va soliq siyosatining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishi hamda davlat byudjetiga va iqtisodiyotning rivojlanishiga tushumlarning maksimal darajada o‘sishini ta’minlashga xizmat qiladi. Davlatning moliyaviy nazorati har bir davlatning muhim funksiyasi bo‘lib, moliya-kredit tizimini normal harakat qilishida, albatta, bajarilishi kerak bo‘lgan shartlardan biridir. Qarshiliklar munosabatlariga asoslangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish rejasida, iqtisod o‘zini boshqarishga barqaror va samarali harakatlariga alohida e’tibor berilgan. Bu moliyaviy nazoratni ayrim bo‘g‘inlarini yo‘q qilishga asos bo‘lib va qolganlarini intizomini bo‘shashtirishga olib keldi, ishlarni real ahvolini, moliyaviy intizomini buzilishini, suiste’molini bartaraf qilolmadi. Hissadorlik korxonalarida va boshqa nodavlat sektoridagi xo‘jalik sub’ektlarida davlat moliyaviy nazoratini yo‘q qilinishi xorijiy davlatlarda bu nazorat yo‘qligi bilan izohlanadi. Lekin, ularda bozor tizimi ko‘p yillar davomida tuzilgan bo‘lib, aldashda va noinsoflik, moliyaviy dallolchilikda tartib qoidani va ma’suliyatni qattiq tutishgan. Bozor munosabatlari hamma shakldagi mulk egalari bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlarning sistematik reviziyalarini va moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tekshirish zarurligini, kamchiliklarini oldini olib va ularni bartaraf etish uchun chora tadbirlarni ishlab chiqishni rad etmaydi. Moliyaviy nazorat bozor iqtisodiyotiga ham o‘ziga xos ob’ektiv va hamma xorijiy davlatlarda qanday me’yorda siyosiy va iqtisodiy vazifalar talab etilsa, shu me’yorda qo‘llaniladi. Moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi va rivojlanishi davlat moliyaviy tizimining tashkil etilishi va rivojlanishi bilan shart qilib qo‘yildi. Moliya kabi moliyaviy nazorat ham kapitalistik jamiyatdan avvalgi bosqichlardayoq, shakllanish va rivojlanishning uzoq davrini bosib o‘tdi. Uning ba’zi elementlari quldorlik va feodal jamiyatlardagi ijtimoiy munosabatlarda nomoyon bo‘ldi.
 Quldorlik va feodal jamiyatlari barcha ijtimoiy qatlamlarga singgan hokimlik
va tobelik munosabatlari, «musht» huquqi davlat soliq to‘plovchilari faoliyatining
nihoyatda xilma xil «nazorat» shakllarining gullab-yashnashi uchun ob’ektiv asos
yaratadi.
 Davlat boshlig‘ining daromadlarini davlat daromadlari va harajatlari bilan
muqoyasalash quldorlik va feodal jamiyatlarga xos hodisa bo‘lgan. Rim senati
siyosiy hayotda hal qiluvchi rol o‘ynagan Rim respublikasi davridagina jamoat
xo‘jaligi  xususiy  xo‘jalikdan  ajratildi,  bir  muncha  rivojlangan  moliyaviy
munosabatlar tizimi paydo bo‘lib, davlat daromadlari, boj soliqlari, aksizlar, fiskal
monopoliyalardan iborat edi. Daromadlar ham, harajatlar ham erariyga - Rim
senatining xazinasi va fisk-imperator xazinasiga bo‘lingan edi. 
 Rim  respublikasining  inqirozi  bilan  (ayniqsa,  Rim  imperiyasi  davrida)
moliyaviy nazorat elementlari yo‘qoldi, chunki xokimiyatni to‘liq egallab olgan
imperatorlar  xazinaga  o‘z  mulki  sifatida qarar  va  jamiyat  mablag‘laridan  o‘z
bilganlaricha foydalanardilar.
 Feodalizm davrida moliya masalasi betartib bo‘lib, davlat tomonidan tartibga
solingan  pul  munosabatlari  tizimi  mavjud  emasdi.  Feodalizmda  moliyaviy
munosabatlarning bir muncha rivojlangan shakllari shaharlar- hunarmandchilik,
manufaktura, savdo markazlari, bankirlar uylari paydo bulgan joylarda mavjud
bo‘lgan.
 Moliya elementlariga nisbatan moliyaviy nazorat mutlaqo ibtidoiy ahvolda
edi. Davlat xazinasi davlat boshlig‘i xazinasidan ajratilmagan va hokimi mutlaklar
mablag‘lardan o‘z mablag‘lari singari mutlaqo benazorat foydalanardilar. Davlat
harajatlari nazoratdan to‘liq holi bo‘lib, bu hukmron sinflarning tekinxo‘rlarcha
iste’moli, xazinani talon taroj-kilish va poraxo‘rlik o‘sishiga xizmat qilar; natura
soliqlari va to‘lovlar undirishda boshboshdoqlik hukm suradi.
 Shunday qilib, quldorlik jamiyatidagi kabi feodal jamiyatda ham moliyaviy
nazorat moliyaga nisbatan ancha sust rivojlandi.
Logotip
Quldorlik va feodal jamiyatlari barcha ijtimoiy qatlamlarga singgan hokimlik va tobelik munosabatlari, «musht» huquqi davlat soliq to‘plovchilari faoliyatining nihoyatda xilma xil «nazorat» shakllarining gullab-yashnashi uchun ob’ektiv asos yaratadi. Davlat boshlig‘ining daromadlarini davlat daromadlari va harajatlari bilan muqoyasalash quldorlik va feodal jamiyatlarga xos hodisa bo‘lgan. Rim senati siyosiy hayotda hal qiluvchi rol o‘ynagan Rim respublikasi davridagina jamoat xo‘jaligi xususiy xo‘jalikdan ajratildi, bir muncha rivojlangan moliyaviy munosabatlar tizimi paydo bo‘lib, davlat daromadlari, boj soliqlari, aksizlar, fiskal monopoliyalardan iborat edi. Daromadlar ham, harajatlar ham erariyga - Rim senatining xazinasi va fisk-imperator xazinasiga bo‘lingan edi. Rim respublikasining inqirozi bilan (ayniqsa, Rim imperiyasi davrida) moliyaviy nazorat elementlari yo‘qoldi, chunki xokimiyatni to‘liq egallab olgan imperatorlar xazinaga o‘z mulki sifatida qarar va jamiyat mablag‘laridan o‘z bilganlaricha foydalanardilar. Feodalizm davrida moliya masalasi betartib bo‘lib, davlat tomonidan tartibga solingan pul munosabatlari tizimi mavjud emasdi. Feodalizmda moliyaviy munosabatlarning bir muncha rivojlangan shakllari shaharlar- hunarmandchilik, manufaktura, savdo markazlari, bankirlar uylari paydo bulgan joylarda mavjud bo‘lgan. Moliya elementlariga nisbatan moliyaviy nazorat mutlaqo ibtidoiy ahvolda edi. Davlat xazinasi davlat boshlig‘i xazinasidan ajratilmagan va hokimi mutlaklar mablag‘lardan o‘z mablag‘lari singari mutlaqo benazorat foydalanardilar. Davlat harajatlari nazoratdan to‘liq holi bo‘lib, bu hukmron sinflarning tekinxo‘rlarcha iste’moli, xazinani talon taroj-kilish va poraxo‘rlik o‘sishiga xizmat qilar; natura soliqlari va to‘lovlar undirishda boshboshdoqlik hukm suradi. Shunday qilib, quldorlik jamiyatidagi kabi feodal jamiyatda ham moliyaviy nazorat moliyaga nisbatan ancha sust rivojlandi.
 Hokimiyat tepasiga kelgan yangi burjua sinfi mufassal moliyaviy tizimni
barpo  etdi,  davlat  xazinasi  davlat  boshlig‘i  xazinasidan  ajratildi,  soliqlar  va
yig‘imlarning batartib tizimi belgilandi.
 Rivojlangan moliyaviy tizim moliyaviy nazoratning rivojlanishini taqozo
etardi. Fransiya, Italiyada davlat moliyaviy nazoratining bevosita sub’ektlari –
Hisob  palatalari,  Angliyada  –  Bosh  nazoratchi  va  Bosh  to‘lovchi  qonun
chiqaruvchi hokimiyat (parlament) tomonidan tayinlanadi.   
 Davlat mulkining rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat sohasi ham kengayib
bordi, lekin u tobora shartli tus ola boshladi, chunki davlat sektori korxonalaridan
tashqari  ko‘pdan-ko‘p  xususiy  korxonalar  o‘zlarining  haqiqiy  daromadlarini
bemalol yashirardi. 
 Moliyaviy  nazoratning  mohiyatini  tushunish  uchun  uning  har  qanday
iqtisodiy  formatsiya  va  ishlab  chiqish  munosabatlarining  barcha  turlariga  xos
bo‘lgan umumiy xususiyatlarini aniqlab olish lozim.
 Moliya nazorat vazifasining mavjudligi o‘z-o‘zidan moliyaviy nazoratning
mavjudligini keltirib chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muqim tashkil
etuvchi faoliyatini taqozo etadi.
Pul  munosabatlari,  moliyaviy  resurslarni  shakllantirish  va  ulardan
foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi
va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar
moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti
sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala harajatlari kabi qiymat
ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi.  Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda
pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi
moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:

iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta
taqsimlash proporsiyalarining optimalligi);

byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
Logotip
Hokimiyat tepasiga kelgan yangi burjua sinfi mufassal moliyaviy tizimni barpo etdi, davlat xazinasi davlat boshlig‘i xazinasidan ajratildi, soliqlar va yig‘imlarning batartib tizimi belgilandi. Rivojlangan moliyaviy tizim moliyaviy nazoratning rivojlanishini taqozo etardi. Fransiya, Italiyada davlat moliyaviy nazoratining bevosita sub’ektlari – Hisob palatalari, Angliyada – Bosh nazoratchi va Bosh to‘lovchi qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament) tomonidan tayinlanadi. Davlat mulkining rivojlanishi bilan moliyaviy nazorat sohasi ham kengayib bordi, lekin u tobora shartli tus ola boshladi, chunki davlat sektori korxonalaridan tashqari ko‘pdan-ko‘p xususiy korxonalar o‘zlarining haqiqiy daromadlarini bemalol yashirardi. Moliyaviy nazoratning mohiyatini tushunish uchun uning har qanday iqtisodiy formatsiya va ishlab chiqish munosabatlarining barcha turlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarini aniqlab olish lozim. Moliya nazorat vazifasining mavjudligi o‘z-o‘zidan moliyaviy nazoratning mavjudligini keltirib chiqarmaydi, u tegishli davlat organlarining muqim tashkil etuvchi faoliyatini taqozo etadi. Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’ekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala harajatlari kabi qiymat ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi. Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:  iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash proporsiyalarining optimalligi);  byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);

korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat,
moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;

o‘zaro soliq munosabatlari.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o‘tkazilishi uning tashkil
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o‘tkazishning metodlariga
bog‘liq.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning quyidagi
turlari mavjud:

umumdavlat moliyaviy nazorati;

idoraviy moliyaviy nazorat;

xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat;

jamoatchilik moliyaviy nazorati;

mustaqil moliyaviy nazorat.
Umumdavlat  moliyaviy  nazorati  davlat  hokimiyat  organlari  (prezident,
hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona
qo‘mitasi  va  boshqalar)  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  turdagi  moliyaviy
nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat  harajatlarining
sarflanishi bo‘yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo‘ysunuvchi
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
Xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va
moliyaviy  xizmatlari  tomonidan  o‘tkaziladi.  Bu  yerda  moliyaviy  nazoratning
ob’ekti  sifatida  korxona,  tashkilot  va  muassasalarning  xo‘jalik  va  moliyaviy
faoliyati maydonga chiqadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi. Nazoratning ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda
aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa
xizmatlar tomonidan o‘tkaziladi.
Logotip
 korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;  o‘zaro soliq munosabatlari. Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o‘tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o‘tkazishning metodlariga bog‘liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’ektlarga ko‘ra uning quyidagi turlari mavjud:  umumdavlat moliyaviy nazorati;  idoraviy moliyaviy nazorat;  xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat;  jamoatchilik moliyaviy nazorati;  mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat harajatlarining sarflanishi bo‘yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo‘ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob’ekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning ob’ekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o‘tkaziladi.
Moliyaviy  nazoratning  shakllarini  quyidagi  mezonlar  bo‘yicha
klassifikatsiya qilish qabul qilingan:

amalga oshirilish reglamenti;

o‘tkazilish vaqti;

nazoratning sub’ektlari;

nazoratning ob’ektlari.
Amalga  oshirilish  reglamenti  bo‘yicha  moliyaviy  nazoratning  shakllari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:

majburiy (tashqi);

tashabbuskorli (ichki).
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  moliyaviy  faoliyati  ustidan  majburiy
(tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi,
mustaqil  nazoratchilar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  soliq  tekshiruvlariga,
byudjet  resurslaridan  maqsadli  foydalanish  ustidan  nazoratga,  korxona  va
tashkilotlarning  moliya-buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlarini  majburiy
auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo‘lishi mumkin.
Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib
chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning
ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:

dastlabki;

joriy (operativ);

navbatdagi (kelgusi, so‘nggi).
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo‘lishidan
oldin amalga oshiriladi va moliyaviy  xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish
yoki ularni ogohlantirishda muhim  ahamiyatga ega.  Moliyaviy nazoratning bu
shakli mablag‘larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun
harajatlarning  moliyaviy  jihatdan  asoslangan  bo‘lishini  ko‘zda  tutadi.
Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining
Logotip
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan:  amalga oshirilish reglamenti;  o‘tkazilish vaqti;  nazoratning sub’ektlari;  nazoratning ob’ektlari. Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:  majburiy (tashqi);  tashabbuskorli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo‘lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasa-da, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  dastlabki;  joriy (operativ);  navbatdagi (kelgusi, so‘nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo‘lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun harajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo‘lishini ko‘zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni
va nobyudjet  fondlarining  moliyaviy rejalarini  tuzish  va tasdiqlash  jarayonini
ko‘rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va
kassa   arizalari,  biznes-rejalarning  moliyaviy  bo‘limlari,  bashorat  balanslarini
tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo‘lishi
mumkin.
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar,
ssuda  va  subsidiyalarni  berish  va  h.k.larning  sodir  bo‘lish  vaqtida  amalga
oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larni olish va ularni sarflash
jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi,
moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o‘z vaqtida
amalga oshirilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta
rol o‘ynaydi.
Navbatdagi  (kelgusi,  so‘nggi)  moliyaviy  nazorat  moliyaviy  hisobot  va
buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning
bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan
moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy harajat-
larni  ularning  bashoratlari  bilan  qiyoslanishini  va  h.k.larni  baholashga
mo‘ljallangan.
Nazoratning sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari
bo‘lishi mumkin:

Prezident moliyaviy nazorati;

hokimiyat  qonunchilik  organlari  va  mahalliy  o‘z-o‘zini  boshqarish
organlarining moliyaviy nazorati;

ijroiya hokimiyat organlari  moliyaviy nazorati;

moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;

firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;

auditorlik moliyaviy nazorati;

va boshqalar.
Logotip
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko‘rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo‘limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo‘lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo‘lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o‘ynaydi. Navbatdagi (kelgusi, so‘nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy harajat- larni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mo‘ljallangan. Nazoratning sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo‘lishi mumkin:  Prezident moliyaviy nazorati;  hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining moliyaviy nazorati;  ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;  moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;  firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;  auditorlik moliyaviy nazorati;  va boshqalar.
Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi
shakllari mavjud:

byudjet moliyaviy nazorati;

nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat;

sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat;

investitsion faoliyat bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat va boshqalar.
2-savol  bayoni.  Odatda,  moliyaviy  nazorat  quyidagi  ikki  yo‘nalishda
(aspektda) qaraladi:

barcha  iqtisodiy  sub’ektlarning  moliyaviy  qonunchilik  va  moliyaviy
intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq
reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;

moliyaviy  operatsiyalarning  samaradorligini  va  maqsadga  muvofiqligini
ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya  hamda pul oqimlarini
boshqarishning ajralmas elenmenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda
farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari
ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta
e’tibor beriladi.
Barcha  iqtisodiy  sub’ektlarning  (davlat,  korxona  va  tashkilotlarning)
moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli
darajalari,  shuningdek  maxsus  tashkil  etilgan  muassasalar  tomonidan  amalga
oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul
fondlarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  jarayonida  moliyaviy-iqtisodiy
qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini
Logotip
Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud:  byudjet moliyaviy nazorati;  nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat;  sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat;  investitsion faoliyat bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat va boshqalar. 2-savol bayoni. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi:  barcha iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati;  moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro- va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’ektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub’ektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini
baholash  va  amalga  oshirilgan  harajatlarning  maqsadga  muvofiqligi  ustidan
nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u
yoki bu  moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan
cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi
uchun  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish  jarayonining  barcha  sohalarida  amalga
oshiriladi  va  pul  fondlari  harakatining  barcha  jarayonlarida,  shu  jumladan,
moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham
moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy  nazoratning  predmeti  quyidagi  moliyaviy  ko‘rsatkichlardan
iborat:

turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va harajatlari;

soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlari;

xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muomala harajatlari;

tannarx va foyda;

uy xo‘jaliklarining daromadlari va harajatlari;

va boshqalar. 
Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning
ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida,  ularning
amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va
ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi.
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib
xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’ektlarning
manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
3-savol bayoni. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy
nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan
(mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi2:
2 Ayrim iqtisodchi olimlarning fikricha, moliyaviy nazorat tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: davlat moliyaviy
nazorati;  kontragentlar  bilan  moliyaviy-hisob-kitob  munosabatlari  jarayonidagi  nazorat;  nodavlat  moliyaviy
Logotip
baholash va amalga oshirilgan harajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’ekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:  turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va harajatlari;  soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning daromadlari;  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning muomala harajatlari;  tannarx va foyda;  uy xo‘jaliklarining daromadlari va harajatlari;  va boshqalar. Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqoza etadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’ektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. 3-savol bayoni. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi2: 2 Ayrim iqtisodchi olimlarning fikricha, moliyaviy nazorat tizimi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: davlat moliyaviy nazorati; kontragentlar bilan moliyaviy-hisob-kitob munosabatlari jarayonidagi nazorat; nodavlat moliyaviy

davlat moliyaviy nazorati;

nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va
hokimiyat  hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining
kompleksli  va  maqsadga  yo‘naltirilgan  tizimidir.  Moliyaviy  nazoratni  tashkil
etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy
reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy
tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog‘liq.
Davlat moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini
kuzatishga  qaratilgan.  Bu  nazorat  davlat  moliyaviy  resurslarini  shakllantirish,
ularning to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli
hisoblanadi. 
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va
moliyaviy  barqarorlik  uchun  sharoitlarni  yaratishga  qaratilgan.  Bu  narsa,  eng
avvalo, barcha darajalardagi  byudjetlar  va nobyudjet  fondlarni  ishlab chiqish,
muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va
moliyaviy  korporatsiyalarning  moliyaviy  faoliyati  ustidan  nazoratni  anglatadi.
Agar  umummilliy  iqtisodiy  manfaatlar  bilan  belgilangan  (aniqlangan)  bo‘lsa,
davlat  moliyaviy  nazoratchilari  ham  davlat  sektorida  va  ham  xususiy  hamda
korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga
egadir.  Biroq  iqtisodiyotning  nodavlat  sektorida  davlat  tomonidan  amalga
oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham
qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini,
ularga  ajratilgan  byudjet  subsidiyalari  va  kreditlarini  sarflashda  maqsadga
muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan
o‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va
hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
nazorati.  (Qarang:  Finansi,  nalogi  i  kredit.  Uchebnik.  Izd.  2-ye,  dop.  i  pererab.  /Pod  red.  d.e.n.,  prof.
I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.23).
Logotip
 davlat moliyaviy nazorati;  nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv konkret organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog‘liq. Davlat moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. nazorati. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. Uchebnik. Izd. 2-ye, dop. i pererab. /Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.23).