Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

31

File size

Fayl hajmi

63,1 KB


MOLIYAVIY NAZORAT
1.Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari
2.Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari
3.Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
4.Nodavlat moliyaviy nazorat
1.Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, predmeti, tizimi, vazifalari,
prinsiplari
Moliyaviy  nazorat  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  moliyaga  ob’yektiv  xos  bo‘lgan
nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi
ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi:
-barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya
qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan
(tartibga solingan) faoliyati;
-moliyaviy  operatsiyalarning  samaradorligini  va  maqsadga  muvofiqligini  ta’minlash
maqsadida  makro  -  va  mikrodarajada  moliya   hamda  pul  oqimlarini  boshqarishning
ajralmas elenmenti.
Moliyaviy nazoratning har ikki  yo‘nalishi  (aspekti)  bir-biri  bilan o‘zaro bog‘liq
bo‘lsada, nazoratning maqsadi, metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham.
Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi
holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi.
Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy
faoliyati  ustidan  qonunchilik  va  ijroiya  hokimiyati  organlarining  turli  darajalari,
shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga
moliyaviy nazorat deyiladi. 
Bu  nazorat,  eng  avvalo,  pul  fondlarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish
Logotip
MOLIYAVIY NAZORAT 1.Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari 2.Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari 3.Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari 4.Nodavlat moliyaviy nazorat 1.Moliyaviy nazorat: mazmuni, sohalari, ob’yekti, predmeti, tizimi, vazifalari, prinsiplari Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’yektiv xos bo‘lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo‘lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo‘nalishda (aspektda) qaraladi: -barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; -moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro - va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo‘nalishi (aspekti) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lsada, nazoratning maqsadi, metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
jarayonida  moliyaviy-iqtisodiy  qonunchilikka  rioya  etilishi,  moliyaviy-xo‘jalik
operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga
muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy
nazorat u yoki bu  moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan
cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir.
Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun
ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul
fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish
jarayonida  ham  kuzatiladi.  SHuning  uchun  ham  moliyaviy  nazoratning  ob’yekti  pul
munosabatlari hisoblanadi.
Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat:
-turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
-soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari);
-xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari;
-xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari;
-tannarx va foyda;
-uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
-va boshqalar. 
Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari
hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida,  ularning amaldagi normativ
hujjatlarga  muvofiq  ravishda  hisoblanishining  to‘g‘riligi  va  ishonchliligini  tekshirishni
(nazorat qilishni) taqozo etadi.
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat
qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va
huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan,
o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga
bo‘linadi:
-davlat moliyaviy nazorati;
-nodavlat moliyaviy nazorati.
Davlat  moliyaviy  nazorati  bu  davlatning  asosiy  qonunlariga  tayanadigan  va
hokimiyat hamda boshqaruv aniq organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va
Logotip
jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u yoki bu moliyaviy harakat sodir bo‘lishining baholashni o‘z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o‘zining analitik yo‘nalishiga (aspektiga) egadir. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo‘lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. SHuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko‘rsatkichlardan iborat: -turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; -soliq to‘lovlarining hajmlari (miqdorlari, o‘lchamlari); -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari; -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari; -tannarx va foyda; -uy xo‘jaliklarining daromadlari va xarajatlari; -va boshqalar. Moliyaviy nazoratning predmeti hisoblangan yuqoridagi ko‘satkichlarning ko‘plari hisobli ko‘rsatkichlar hisoblanadi va bu narsa, o‘z navbatida, ularning amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ravishda hisoblanishining to‘g‘riligi va ishonchliligini tekshirishni (nazorat qilishni) taqozo etadi. Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo‘lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o‘zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo‘lgan) ikki sohaga bo‘linadi: -davlat moliyaviy nazorati; -nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv aniq organlari iqtisodiy-huquqiy harakatining kompleksli va
maqsadga  yo‘naltirilgan  tizimidir. Moliyaviy  nazoratni  tashkil  etishda  mamlakatning
Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga,
uning  ijtimoiy  -  siyosiy  yo‘naltirilganligiga,  iqtisodiy  tarqqiyot  darajasiga,  mulkchilik
shakllarining nisbatiga bog‘liq.
Davlat  moliyaviy  nazorati  YAIM  taqsimlanishining  qiymat  proporsiyalarini
kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat  moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning
to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. 
Davlat  moliyaviy  nazorati  davlatning  moliya  siyosatini  amalga  oshirishga  va
moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha
darajalardagi byudjetlar va maqsadli fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash
va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy
faoliyati ustidan nazoratni anglatadi.
Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa, davlat
moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes
sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. 
Biroq  iqtisodiyotning  nodavlat  sektorida  davlat  tomonidan  amalga  oshiriladigan
moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda
davlat  oldidagi  pul  majburiyatlarining  bajarilishi  sohalarini,  ularga  ajratilgan  byudjet
subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya
qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob -kitoblarini
tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab
oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va
tashqi (auditorlik).
Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko‘rinishlari, turlari) nazoratni
amalga oshirish metodlarining o‘xshashligiga qaramasdan, o‘zlarining pirovard maqsadlari
bo‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi.
Davlat  moliyaviy  nazoratining  bosh  maqsadi  davlat  xazinasiga  resurslarni
tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo‘lsa,
bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi
moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish
Logotip
maqsadga yo‘naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning ijtimoiy - siyosiy yo‘naltirilganligiga, iqtisodiy tarqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog‘liq. Davlat moliyaviy nazorati YAIM taqsimlanishining qiymat proporsiyalarini kuzatishga qaratilgan. Bu nazorat davlat moliyaviy resurslarini shakllantirish, ularning to‘liq va o‘z vaqtida tushib turishi va ulardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul resurslari harakatining barcha kanallariga (tarqatiladi) tegishli hisoblanadi. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va maqsadli fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo‘lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ham qo‘shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o‘rnatilgan (belgilangan) pul hisob -kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo‘linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat sohalari (ko‘rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o‘xshashligiga qaramasdan, o‘zlarining pirovard maqsadlari bo‘yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo‘lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning (ayniqsa, firma ichidagi moliyaviy nazoratning) bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish
maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni  minimallashtirishdan
iborat. Bir vaqtning o‘zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning
huquqiy ramkasi bilan cheklab qo‘yilgan.
Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi
qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo‘jalikning barcha
bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’yekti
hisoblanadi.
Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx,
muomala xarajatlari kabi qiymat ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish
orqali va ayrim hollarda pulsiz amalga oshiriladigan operatsiyalarning barchasi moliyaviy
nazoratning sohasi hisoblanadi.
Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi:
-iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash
porporsiyalarining optimalligi);
-byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
-korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat, moddiy va
moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
-o‘zaro soliq munosabatlari.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib,
quyidagi elementlardan tashkil topadi:
- bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu
tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni
o‘rnatishdir;
- asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va
mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi;
- quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi
nazorat qiluvchi organlar;
- hisobot  hujjatlarining ishonchliligini  va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini
tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari;
-  asosiy  vazifasi  xarajatlarni  qisqartirish,  moliyaviy  oqimlarni  optimallashtirish  va
foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari.
O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir
Logotip
maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o‘zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo‘yilgan. Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’yekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat ko‘rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz amalga oshiriladigan operatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi. Moliyaviy nazorat o‘z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi: -iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish (MDni taqsimlash va qayta taqsimlash porporsiyalarining optimalligi); -byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati); -korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo‘lgan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; -o‘zaro soliq munosabatlari. Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo‘lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: - bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo‘ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o‘rnatishdir; - asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi soliq muassasi; - quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; - hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; - asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo‘lgan ichki nazorat xizmatlari. O‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir
maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank,
Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Bozor  xo‘jaligi  asoslarining  mustahkamlanib  borishi  bilan  moliyaviy  nazoratni
tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq xarakterga ega bo‘lib, sekin-astalik bilan g‘arb
modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o‘zining samaradorligini yaqqol ko‘rsatgan.
Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-  pul  fondlarining  o‘lchami  va  moliyaviy  resurslarga  bo‘lgan  ehtiyoj  o‘rtasidagi
mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko‘rsatish;
-  davlat  byudjeti  oldidagi  majburiyatlarning  o‘z  vaqtida  va  to‘liq  bajarilishini
ta’minlash;
- moliyaviy resurslarni ko‘paytirishning ichki xo‘jalik rezervlarini qidirib topish;
- va boshqalar.
Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning
asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har
birssivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu prinsiplar INTOSAI1ning Lima deklaratsiyasida
o‘z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- mustaqillik;
- ob’yektivlik;
- kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
- oshkoralik.
Moliyaviy  nazoratning  mustaqilligi  nazorat  organining  moliyaviy  jihatdan
mustaqilligi,  nazorat  organlari  rahbarlarining  vakolat  muddatlarining  parlament
muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi
kerak. 
Ob’yektivlik  va  kompetentlik  (layoqatlilik,  qodirlik)  nazoratchilar  tomonidan
amaldagi  qonunchilikka  so‘zsiz  itoat  etilishini,   taftish  ishlarini  amalga  oshirishning
belgilangan  (o‘rnatilgan)  standartlariga  (andozalariga)  qattiq  rioya  etish  asosida
nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat
nazoratchi-larining  jamotchilik  va  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  doimiy  aloqada
bo‘lishini ko‘zda tutadi.
1 ИНТОСАИ – дунёнинг 178 мамлакати олий назорат органларининг Халқаро ташкилоти. Унинг
доирасида минтақавий ташкилотлар ҳам амал қилади. Улардан бири ЕВРОСАИ  бўлиб, у  олий
назорат органларининг Европа ташкилотидир.
Logotip
maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bozor xo‘jaligi asoslarining mustahkamlanib borishi bilan moliyaviy nazoratni tashkil etish masalalari yanada huquqiyroq xarakterga ega bo‘lib, sekin-astalik bilan g‘arb modeliga yaqinlashadi. Bu model amaliyotda o‘zining samaradorligini yaqqol ko‘rsatgan. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: - pul fondlarining o‘lchami va moliyaviy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj o‘rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko‘rsatish; - davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlash; - moliyaviy resurslarni ko‘paytirishning ichki xo‘jalik rezervlarini qidirib topish; - va boshqalar. Jahon hamjamiyati ko‘p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har birssivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Bu prinsiplar INTOSAI1ning Lima deklaratsiyasida o‘z aksini topgan. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: - mustaqillik; - ob’yektivlik; - kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); - oshkoralik. Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’yektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so‘zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan (o‘rnatilgan) standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo‘lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchi-larining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo‘lishini ko‘zda tutadi. 1 ИНТОСАИ – дунёнинг 178 мамлакати олий назорат органларининг Халқаро ташкилоти. Унинг доирасида минтақавий ташкилотлар ҳам амал қилади. Улардан бири ЕВРОСАИ бўлиб, у олий назорат органларининг Европа ташкилотидир.
Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy nazoratning
quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin: 
- natijalilik;
- nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi;
- nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi;
tekshirish va taftish aktlarida keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi;
- preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi);
- moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha)
prezumpsiyasi;
-turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiq-lashtiruvchanligi;
va boshqalar.
Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi
qonunlar  qabul  qila  turib,  har  bir  davlat,  odatda,  yuqoridagi  prinsiplarga  tayanadi
(asoslanadi). Bir vaqtning o‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o‘z reglamenti
(tartibi  va  ketma-ketligi)  mavjud  bo‘lib,  bu  narsa  pirovardida  moliyaviy  nazoratning
natijalariga o‘z ta’sirini, albatta,  ko‘rsatadi.
2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o‘tkazilishi uning tashkil etilish
darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o‘tkazishning metodlariga bog‘liq.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko‘ra uning quyidagi turlari
mavjud:
-umumdavlat moliyaviy nazorati;
-idoraviy moliyaviy nazorat;
-xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat;
-jamoatchilik moliyaviy nazorati;
-mustaqil moliyaviy nazorat.
Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat,
Oliy  majlis,  Moliya  vazirligi,  Davlat  soliq  qo‘mitasi,  Davlat  bojxona  qo‘mitasi  va
boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi
daromadlarning tushib turishi va davlat  xarajatlarining sarflanishi bo‘yicha davlat va
jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Logotip
Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin: - natijalilik; - nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; - nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi; tekshirish va taftish aktlarida keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; - preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining ogohlantiriluvchanligi); - moliyaviy jinoyatlar bo‘yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) prezumpsiyasi; -turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiq-lashtiruvchanligi; va boshqalar. Moliyaviy nazoratni tashkil qilish tizimiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi qonunlar qabul qila turib, har bir davlat, odatda, yuqoridagi prinsiplarga tayanadi (asoslanadi). Bir vaqtning o‘zida, har bir davlatda nazorat harakatlarining o‘z reglamenti (tartibi va ketma-ketligi) mavjud bo‘lib, bu narsa pirovardida moliyaviy nazoratning natijalariga o‘z ta’sirini, albatta, ko‘rsatadi. 2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o‘tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o‘tkazishning metodlariga bog‘liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko‘ra uning quyidagi turlari mavjud: -umumdavlat moliyaviy nazorati; -idoraviy moliyaviy nazorat; -xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat; -jamoatchilik moliyaviy nazorati; -mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo‘yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa
tarkibiy  tuzilmalari  tomonidan  amalga  oshirilib,  shu  idoraga  bo‘ysunuvchi  korxona,
tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi.
Xo‘jalik  ichidagi  moliyaviy  nazorat  korxona  va  tashkilotlarning  iqtisodiy  va
moliyaviy  xizmatlari  tomonidan  o‘tkaziladi.  Bu  erda  moliyaviy  nazoratning  ob’yekti
sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyati maydonga
chiqadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nazoratning ob’yekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi.
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar
tomonidan o‘tkaziladi.
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish
qabul qilingan:
-amalga oshirilish reglamenti;
-o‘tkazilish vaqti;
-nazoratning sub’yektlari;
-nazoratning ob’yektlari.
Amalga  oshirilish  reglamenti  bo‘yicha  moliyaviy  nazoratning  shakllari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
-majburiy (tashqi);
-tashabbuskorli (ichki).
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  moliyaviy  faoliyati  ustidan  majburiy  (tashqi)
nazorat  qonun  asosida  amalga  oshiriladi.  Bular,  masalan,  asosan  tashqi,  mustaqil
nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan
maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya - buxgalteriya
hisobotlari  ma’lumotlarini  majburiy  auditorlik  tasdiqlanishiga  va  xokazolarga  tegishli
bo‘lishi mumkin.
Tashabbuskorli  (ichki)  moliyaviy  nazorat  moliyaviy  qonunchilikdan  kelib
chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas
qismi hisoblanadi.
O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:
Logotip
Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo‘ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o‘tkaziladi. Bu erda moliyaviy nazoratning ob’yekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning ob’yekti uning oldiga quyilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o‘tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo‘yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: -amalga oshirilish reglamenti; -o‘tkazilish vaqti; -nazoratning sub’yektlari; -nazoratning ob’yektlari. Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: -majburiy (tashqi); -tashabbuskorli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya - buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va xokazolarga tegishli bo‘lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. O‘tkazilish vaqti bo‘yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- dastlabki;
- joriy (operativ);
- navbatdagi (kelgusi, so‘nggi).
Dastlabki  moliyaviy  nazorat  moliyaviy  operatsiyalarning  sodir  bo‘lishidan  oldin
amalga oshiriladi va moliyaviy  xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish yoki ularni
ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larning
tejamli va samarasiz sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan
asoslangan bo‘lishini ko‘zda tutadi. 
Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining
makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlari  bashoratlari  asosida  barcha  darajadagi  byudjetlarni  va
maqsadli  fondlarining  moliyaviy  rejalarini  tuzish  va  tasdiqlash  jarayonini  ko‘rsatish
mumkin. 
Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa  arizalari,
biznes-rejalarning moliyaviy bo‘limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat
to‘g‘risida shartnoma va xokazolardan iborat bo‘lishi mumkin.
Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va
subsidiyalarni berish va xokazolarning sodir bo‘lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy
nazoratning bu shakli mablag‘larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi
mumkin  bo‘lgan  qonunbuzarliklardan  ogohlantiradi,  moliyaviy  intizomning
mustahkamlanishiga  va pul  hisob -  kitoblarining o‘z vaqtida amalga  oshirilishiga  o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi. 
Navbatdagi (kelgusi, so‘nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya
hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy
sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga
oshirilganligining  samaradorligini,  moliyaviy  xarajatlarni  ularning  bashoratlari  bilan
qiyoslanishini va xokazolarni baholashga mo‘ljallangan.
Nazoratning sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo‘lishi
mumkin:
- Prezident moliyaviy nazorati;
- hokimiyat  qonunchilik  organlari  va  mahalliy  o‘z-o‘zini  boshqarish  organlarining
moliyaviy nazorati;
- ijroiya hokimiyat organlari  moliyaviy nazorati;
Logotip
- dastlabki; - joriy (operativ); - navbatdagi (kelgusi, so‘nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo‘lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning (buzilmalarning) oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larning tejamli va samarasiz sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo‘lishini ko‘zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va maqsadli fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko‘rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo‘limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to‘g‘risida shartnoma va xokazolardan iborat bo‘lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va xokazolarning sodir bo‘lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag‘larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob - kitoblarining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Navbatdagi (kelgusi, so‘nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo‘li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va xokazolarni baholashga mo‘ljallangan. Nazoratning sub’eklari bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo‘lishi mumkin: - Prezident moliyaviy nazorati; - hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlarining moliyaviy nazorati; - ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;
- moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;
- firmaviy - ichki moliyaviy nazorat;
- auditorlik moliyaviy nazorati;
- va boshqalar.
Nazoratning  ob’yektlariga  muvofiq  ravishda  moliyaviy  nazoratning  quyidagi
shakllari mavjud:
- byudjet moliyaviy nazorati;
- maqsadli fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat;
- sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat;
- investitsion faoliyat bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
- va boshqalar.
Moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirish  jarayonida  uning  quyidagi  metodlaridan
foydalaniladi:
- tekshiruv;
- tadqiq etish;
- nadzor (nazorat);
- moliyaviy holat tahlili;
- kuzatish (monitoring);
- taftish.
Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatning
alohida masalalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning
buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida choralar belgilanadi.
Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi.
Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg‘i va energiyalarning sarflanish
hajmlari  nazorat  tarzida  o‘lchanadi.  SHuningdek,  tadqiq  etish  so‘rash,  kuzatish  va
inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Nazorat moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug‘urta, investitsion,
bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’yektlar ustidan nazorat organlari
Logotip
- moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; - firmaviy - ichki moliyaviy nazorat; - auditorlik moliyaviy nazorati; - va boshqalar. Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud: - byudjet moliyaviy nazorati; - maqsadli fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; - soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; - valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; - kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat; - sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat; - investitsion faoliyat bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; - pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; - va boshqalar. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan foydalaniladi: - tekshiruv; - tadqiq etish; - nadzor (nazorat); - moliyaviy holat tahlili; - kuzatish (monitoring); - taftish. Tekshiruv hisobot, balans va xarajat hujjatlari asosida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatning alohida masalalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Tekshiruv jarayonida moliyaviy intizomning buzilganligi aniqlanadi va ularni barham berish borasida choralar belgilanadi. Tadqiq etish korxona va tashkilotlar faoliyatining ayrim tomonlarini qamrab oladi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar, material, yoqilg‘i va energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat tarzida o‘lchanadi. SHuningdek, tadqiq etish so‘rash, kuzatish va inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Nazorat moliyaviy faoliyatning ma’lum bir turiga (masalan, sug‘urta, investitsion, bank va boshqa faoliyatlar) litsenziya olgan iqtisodiy sub’yektlar ustidan nazorat organlari
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U buzilishi litsenziyaning chaqirib
olinishiga olib keladigan o‘rnatilgan (belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi
ustidan nazoratni ko‘zda tutadi.
Iqtisodiy  tahlil  moliyaviy  nazoratni  amalga  oshirish  metodi  sifatida  xo‘jalik
faoliyatining  natijalari,  moliyaviy  holatning  ahvoliga  umumiy  baho  berish  va  ulardan
samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va
buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning
haqiqiy va hujjatli usullarini qo‘llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot
va  muassasalar  moliya-xo‘jalik  faoliyatini  o‘zaro  bog‘langan  kompleks  tekshiruvidan
iboratdir.  Taftish taftish qilinayotgan ob’yekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilmalarni
topish  uchun,  ya’ni  sodir  etilgan  xo‘jalik  operatsiyalarining  maqsadga  muvofiqligi,
asoslanganligi,  iqtisodiy  samaradorligini,  moliyaviy  intizomga  rioya  etilganligini,
buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga
oshiriladi.
Sub’yekt xo‘jalik faoliyatini qamrab olishning to‘liqligiga qarab taftishning quyidagi
turlari bo‘lishimumkin:
- to‘liq;
- qisman;
- mavzuli;
- kompleks.
To‘liq  taftish nazorat  ob’yekti  moliya-xo‘jalik  faoliyatining  barcha  tomonlarini
tekshirishni ko‘zda tutadi.
Qisman  taftish xo‘jalik  yurituvchi  sub’yekt  moliya-xo‘jalik  faoliyatining  ayrim
qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun o‘tkaziladi.
Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati bo‘yicha
ma’lum  bir  mavzuga  bag‘ishlab  o‘tkaziladiki,  bu  narsa  ularga  xos  bo‘lgan  tipik
kamchiliklar  va  buzilmalarni  aniqlash  hamda  ularni  bartaraf  etish  bo‘yicha  tegishli
choralarning qo‘llanilishiga imkon beradi.
Kompleksli  taftish tekshirilayotgan  korxona,  tashkilot  va  muassasa  faoliyatining
barcha  tomonlarini  qamrab  oladigan  va  eng  to‘liq  bo‘lgan  taftish  bo‘lib,  u  nazorat
sub’yektining xo‘jalik va moliya faoliyatini,  moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning
Logotip
tomonidan amalga oshiriladigan nazoratni anglatadi. U buzilishi litsenziyaning chaqirib olinishiga olib keladigan o‘rnatilgan (belgilangan) qoidalar va normativlarga rioya qilinishi ustidan nazoratni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy tahlil moliyaviy nazoratni amalga oshirish metodi sifatida xo‘jalik faoliyatining natijalari, moliyaviy holatning ahvoliga umumiy baho berish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslash maqsadida davriy yoki yillik moliyaviy va buxgalteriya hisobotlarini detallashtirilgan tarzda o‘rganishni ko‘zda tutadi. Taftish moliyaviy nazoratning ancha keng tarqalgan metodi sanalib, nazoratning haqiqiy va hujjatli usullarini qo‘llash yordamida amalga oshiriladigan korxona, tashkilot va muassasalar moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘zaro bog‘langan kompleks tekshiruvidan iboratdir. Taftish taftish qilinayotgan ob’yekt faoliyatidagi kamchiliklar va buzilmalarni topish uchun, ya’ni sodir etilgan xo‘jalik operatsiyalarining maqsadga muvofiqligi, asoslanganligi, iqtisodiy samaradorligini, moliyaviy intizomga rioya etilganligini, buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlarining ishonchliligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Sub’yekt xo‘jalik faoliyatini qamrab olishning to‘liqligiga qarab taftishning quyidagi turlari bo‘lishimumkin: - to‘liq; - qisman; - mavzuli; - kompleks. To‘liq taftish nazorat ob’yekti moliya-xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlarini tekshirishni ko‘zda tutadi. Qisman taftish xo‘jalik yurituvchi sub’yekt moliya-xo‘jalik faoliyatining ayrim qismlari yoki tomonlarini tekshirish uchun o‘tkaziladi. Mavzuli taftish bir tipdagi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati bo‘yicha ma’lum bir mavzuga bag‘ishlab o‘tkaziladiki, bu narsa ularga xos bo‘lgan tipik kamchiliklar va buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarning qo‘llanilishiga imkon beradi. Kompleksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan va eng to‘liq bo‘lgan taftish bo‘lib, u nazorat sub’yektining xo‘jalik va moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning
butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining
holati va sifati kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik
masalalarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida,
kompleksli  taftish  natijalarining  to‘liqligi  va  samaradorligini  ta’minlashda  muhim  rol
o‘ynaydi.
Moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko‘ra taftishlar
quyidagi uch guruhga bo‘linadi:
- yoppasiga taftish;
- tanlanma taftish;
- kombinatsiyalashtirilgan taftish.
YOppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma’lum bir
qismidagi barcha operatsiyalarning tekshirilishini taqoza etadi.
Tanlanma  taftish  u  yoki  bu  vaqt  oralig‘ida  birlamchi  hujjatlar  bir  qismini
tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar
aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o‘tiladi.
Kombinatsiyalashtirilgan  taftish  bir  qismning  yoppasiga,  boshqa  bir  qismni  esa
tanlanma  metod  bilan  tekshirilishini  nazarda  tutadi.  Bu  narsa  yuqori  darajadagi
hujjatlarning aylanishi bilan xarakterlanadigan va yirik xo‘jalik operatsiyalarini amalga
oshiruvchi sub’yektlar faoliyatini taftish qilishga imkon beradi.
O‘tkazilgan taftish asosida akt rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklarni bartaraf etish,
moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi. 
3.Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  mustahkamlangan  hokimiyatni
taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati
organlarining  moliyaviy  faoliyatini  nazorat  qilishni  nazarda  tutadi.  Bunday  nazorat,
avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli maqsadli fondlarining
loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni
tasdiqlashda amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  78  -  moddasining  8  -  bandiga  muvofiq
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi Vazirlar  Mahkamasining  taqdimoti  bo‘yicha
mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi. Xalq deputatlari
Logotip
butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya hisobi va hisobotining holati va sifati kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Bunda tor texnikaviy va texnologik masalalarni tekshirish uchun tegishli mutaxassislar jalb qilinadi. Bu esa, o‘z navbatida, kompleksli taftish natijalarining to‘liqligi va samaradorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining qamralib olinishi darajasiga ko‘ra taftishlar quyidagi uch guruhga bo‘linadi: - yoppasiga taftish; - tanlanma taftish; - kombinatsiyalashtirilgan taftish. YOppasiga taftish butun tekshiriladigan davr mobaynida faoliyatning ma’lum bir qismidagi barcha operatsiyalarning tekshirilishini taqoza etadi. Tanlanma taftish u yoki bu vaqt oralig‘ida birlamchi hujjatlar bir qismini tekshirishdan iborat. Odatda, chorakdagi bir oyning natijalari tekshiriladi, kamchiliklar aniqlansa, yoppasiga tekshiruvga o‘tiladi. Kombinatsiyalashtirilgan taftish bir qismning yoppasiga, boshqa bir qismni esa tanlanma metod bilan tekshirilishini nazarda tutadi. Bu narsa yuqori darajadagi hujjatlarning aylanishi bilan xarakterlanadigan va yirik xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshiruvchi sub’yektlar faoliyatini taftish qilishga imkon beradi. O‘tkazilgan taftish asosida akt rasmiylashtiriladi. Unda kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy zararlarni qoplash va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralari belgilanadi. 3.Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli maqsadli fondlarining loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78 - moddasining 8 - bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo‘yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi. Xalq deputatlari
Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish
hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli
organlar  zimmasiga  ayrim  tarmoqlar  va  sohalarda  byudjet  mablag‘laridan  foydalanish
ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga
davlat  va  ijroiya  hokimiyat  boshlig‘i  sifatida  katta  vakolatlar  berilgan.  Respublika
Konstitutsiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va
jumladan,  davlat  moliyaviy  nazorati  funksiyalarini  amalga  oshiruvchi  organlar  (Hisob
palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. 
Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan2. U mustaqil
va  ob’yektiv  organ  bo‘lib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  va  O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi.
Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring
va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan:
-makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish
jarayonlarini tizimli o‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish;
-davlat  byudjeti,  uning  daromad  va  xarajatlar  qismlari  asosiy  parametrlari  va
moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
-davlat  byudjetini  ijro  etish,  soliq  tushumlari  va  pul  ko‘rsatkichlari  bo‘yicha
tasdiqlangan  parametrlarni  tuzatish  bo‘yicha  takliflarning  asoslanganligi  va  ularning
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ko‘rib chiqish;
-mintaqalar  va  umuman  jamiyat  rivojlanishida  mahalliy  boshqaruv  organlari  va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti
bilan mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bo‘yicha
takliflarni tahlil qilish va baholash;
-mintaqalar,  tarmoqlar  va  korxonalar  bo‘yicha  tasdiqlangan  parametrlar  hisobidan
davlat  mablag‘larini  xarajat  qilish  bo‘yicha  chetga  chiqishlar  aniqlangan  hollarda
tekshiruvlar  o‘tkazish,  ulardan  foydalanishda  tartibbuzarliklar  va  suiste’mol-liklarning
oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
2 Бу палата Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2002 йил 21 июндаги Фармони билан ташкил этилган.
Logotip
Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga davlat va ijroiya hokimiyat boshlig‘i sifatida katta vakolatlar berilgan. Respublika Konstitutsiyasi 93-moddasining 8-bandiga muvofiq Prezident ijroiya hokimiyat apparati va jumladan, davlat moliyaviy nazorati funksiyalarini amalga oshiruvchi organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va boshqalar)ni shakllantiradi. Davlat moliyaviy nazorati tizimida Hisob palatasiga katta rol ajratilgan2. U mustaqil va ob’yektiv organ bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Hisob palatasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq uning zimmasiga nazorat, monitoring va tahliliy ishlar hamda quyidagi funksiyalarni bajarish yuklatilgan: -makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, byudjet-soliq va pul-kredit parametrlarining shakllanish jarayonlarini tizimli o‘rganib, ularning qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib borish; -davlat byudjeti, uning daromad va xarajatlar qismlari asosiy parametrlari va moddalarining ijro etilishi ustidan nazorat o‘rnatish; -davlat byudjetini ijro etish, soliq tushumlari va pul ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasdiqlangan parametrlarni tuzatish bo‘yicha takliflarning asoslanganligi va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ko‘rib chiqish; -mintaqalar va umuman jamiyat rivojlanishida mahalliy boshqaruv organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari rolini oshirish maqsadida respublika byudjeti bilan mahalliy byudjetlar o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning maqbulligiga erishish bo‘yicha takliflarni tahlil qilish va baholash; -mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar bo‘yicha tasdiqlangan parametrlar hisobidan davlat mablag‘larini xarajat qilish bo‘yicha chetga chiqishlar aniqlangan hollarda tekshiruvlar o‘tkazish, ulardan foydalanishda tartibbuzarliklar va suiste’mol-liklarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish; 2 Бу палата Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2002 йил 21 июндаги Фармони билан ташкил этилган.
-umuman  byudjet  daromad  qismining  ijrosi  ustidan  hamda  mintaqalar  bo‘yicha
manbalar, soliq va bojxona organlaridan to‘lovlarning kelib tushishi to‘liqligi yuzasidan
monitoringni amalga oshirish;
-byudjet jarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va o‘rganish, ularni bartaraf etish
va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
-milliy valyutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o‘sish va
narxlar barqarorligi ko‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo‘yicha takliflarni ko‘rib
chiqish va baholash;
-oltin - valyuta zahiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni
ishlab  chiqarish  va  ular  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarni  nazorat  etish,
yo‘qotishlar va suiste’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yo‘qotish maqsadida davlat
oltin - valyuta zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash;
-tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish,
oltin-valyuta  zahiralarini  chet  el  banklarida  joylashtirish  va  qayta  joylashtirish
asoslanganligi va samaraliligini nazorat qilish;
-davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring o‘rnatish va ularga birinchi
navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bo‘yicha o‘z
vaqtida xizmat ko‘rsatilishini nazorat etish;
-eksportni  rivojlantirish, tovarlar  (ishlar, xizmatlar)  ekporti  prognozlarini  bajarish,
mahsulot  import  qilishni  maqbullashtirish,  tashqi  savdo  va  to‘lov  balanslari  ijobiy
qoldig‘ini ta’minlash bo‘yicha chora - tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish;
- chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar
bo‘yicha tahlil o‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash;
- respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan
foydalanish yuzasidan chet el kompaniyalarining takliflarini ko‘rib chiqish;
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va
qarzlarini  jalb etish  va  ulardan foydalanish  samaradorligi, xalqaro  moliya  bozorlariga
respublika qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish;
- olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir
ko‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish;
-  vazirliklar,  qo‘mitalar,  idoralar,  korxonalar  va  tashkilotlarning  Hisob  palatasi
vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;
Logotip
-umuman byudjet daromad qismining ijrosi ustidan hamda mintaqalar bo‘yicha manbalar, soliq va bojxona organlaridan to‘lovlarning kelib tushishi to‘liqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish; -byudjet jarayonida chetga chiqishlarni tahlil qilish va o‘rganish, ularni bartaraf etish va byudjet qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash; -milliy valyutani mustahkamlash, inflyasiyani pasaytirish hamda iqtisodiy o‘sish va narxlar barqarorligi ko‘rsatkichlarining optimal birligiga erishish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va baholash; -oltin - valyuta zahiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarni nazorat etish, yo‘qotishlar va suiste’molliklar kanallari va imkoniyatlarini yo‘qotish maqsadida davlat oltin - valyuta zahiralarining butun harakati tiniqligini ta’minlash; -tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha hisobot va balans hisob-kitoblarini tahlil etish, oltin-valyuta zahiralarini chet el banklarida joylashtirish va qayta joylashtirish asoslanganligi va samaraliligini nazorat qilish; -davlat tashqi qarzlarini boshqarish ustidan monitoring o‘rnatish va ularga birinchi navbatda, Hukumat tomonidan va uning kafolati ostida olingan kreditlar bo‘yicha o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini nazorat etish; -eksportni rivojlantirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) ekporti prognozlarini bajarish, mahsulot import qilishni maqbullashtirish, tashqi savdo va to‘lov balanslari ijobiy qoldig‘ini ta’minlash bo‘yicha chora - tadbirlar amalga oshirilishini nazorat etish; - chet davlatlarda davlat mulkini realizatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha tahlil o‘tkazish va ularning nazorat etilishini ta’minlash; - respublikada qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar konlarini qazish va ulardan foydalanish yuzasidan chet el kompaniyalarining takliflarini ko‘rib chiqish; - O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoki uning kafolati ostida chet el kreditlari va qarzlarini jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligi, xalqaro moliya bozorlariga respublika qarz majburiyatlarini chiqarishning maqsadga muvofiqligini tahlil etish; - olib borilayotgan byudjet-soliq, pul-kredit, valyuta va tashqi savdo siyosatiga ta’sir ko‘rsatuvchi qonunchilik hujjatlari loyihalarini ekspertiza qilish; - vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning Hisob palatasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha ish-faoliyatini muvofiqlashtirish;
-  Hisob  palatasi  zimmasiga  yuklatilgan  vazifalardan  kelib  chiqadigan  masalalar
bo‘yicha  tahliliy  ishlanmalarni  tashkil  etish  va  o‘tkazish,  ularning  asosida  hisobot  va
takliflar tayyorlash hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish.
Ko‘rsatilgan  funksiyalarni  amalga  oshirish  uchun  Hisob  palatasiga  quyidagi
huquqlar berilgan:
-  davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari,  qo‘mitalar,  idoralar,  korxonalar  va
tashkilotlar, banklardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot, ma’lumotlar va
hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
- zarur bo‘lgan hollarda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun
tekshiruvlar  tashkil  etish va  ularning natijalari  bo‘yicha  ijro etilishi  majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalarni jo‘natish;
-  o‘z  vakolati  doirasida  tekshiruvlar  o‘tkazish  vaqtida  davlat  organlari  va  ularning
vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun
jalb etish;
- Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan
tegishli xulosalar berish;
- qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini
yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha takliflar kiritish.
Moliyaviy nazorat bo‘yicha muhim vazifa va funksiyalar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar  Mahkamasi  zimmasiga  ham  yuklatilgan. 
O‘zbekiston  Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” 1993 yil 6 maydagi qonunining
12-moddasiga muvofiq  u vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va
xo‘jalik  boshqaruv  organlari  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga  oshiradi.  U  davlat
moliyaviy  nazoratini  amalga  oshiruvchi  organlar  vakolati  va  funksiyalari  tartibini
belgilaydi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Hisob  -  kitoblar
mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha
hukumat  komissiyasi  hamda Respublika  pul-kredit  siyosati  komissiyasi  tashkil  etilgan
bo‘lib, ularga davlat moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan. 
Hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini
mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Logotip
- Hisob palatasi zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqadigan masalalar bo‘yicha tahliliy ishlanmalarni tashkil etish va o‘tkazish, ularning asosida hisobot va takliflar tayyorlash hamda ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etish. Ko‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirish uchun Hisob palatasiga quyidagi huquqlar berilgan: - davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, qo‘mitalar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, banklardan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborot, ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish; - zarur bo‘lgan hollarda o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tekshiruvlar tashkil etish va ularning natijalari bo‘yicha ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni jo‘natish; - o‘z vakolati doirasida tekshiruvlar o‘tkazish vaqtida davlat organlari va ularning vakillari, nodavlat auditorlik xizmati va ayrim mutaxassislarni ularda ishtirok etish uchun jalb etish; - Hisob palatasi bilan oldindan kelishilishi zarur bo‘lgan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berish; - qonunchilikni takomillashtirish, davlat organlari, korxonalar va tashkilotlar faoliyatini yaxshilash maqsadida nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha takliflar kiritish. Moliyaviy nazorat bo‘yicha muhim vazifa va funksiyalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga ham yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida” 1993 yil 6 maydagi qonunining 12-moddasiga muvofiq u vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. U davlat moliyaviy nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolati va funksiyalari tartibini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi hamda Respublika pul-kredit siyosati komissiyasi tashkil etilgan bo‘lib, ularga davlat moliyaviy nazorati sohasida katta vakolatlar berilgan. Hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida o‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan
uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va
boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlar hamda ularning birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar va
fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi.
Hisob  -  kitoblar  mexanizmini  takomillashtirish  va  byudjetga  to‘lovlar  intizomini
mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar
uning asosiy vazifalari deb belgilangan:
- iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va
barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  va  tijorat  banklari  tomonidan  to‘lov  intizomini
mustahkamlash va hisob - kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy
to‘lovlarni to‘liq to‘lash bo‘yicha amaldagi qonunchilik me’yorlariga qat’iy rioya etilishi
ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; 
- korxonalarning debitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati o‘tgan debitorlik va
kreditorlik  qarzlari,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlarning  byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha
boqimandalarini qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul
qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli soliqlar va majburiy
to‘lovlarning to‘liq undirib olinishini ta’minlash;
- korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag‘larining ajratib olinishi, shu jumladan
tayyor  mahsulot  zahiralariga  va  tugallanmagan  qurilishga  ajratilishi  sabablari  va
yo‘nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bo‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega:
- vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xo‘jalik uyushmalari,
korxonalar  va  birlashmalar,  davlat  boshqaruv  organlari  rahbarlarining  debitorlik  va
kreditorlik qarzlari, soliq va to‘lov intizomining ahvoli to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha
hisobotlarini eshitib borish;
-  boqimandalarni  to‘lash,  penya  hisoblanishini  tugatish  bo‘yicha  muddatlarni
kechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha
penyalarni hisobdan chiqarish;
- belgilangan tartibda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil
etish, Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur
Logotip
Toshkent shahrida o‘zining mintaqaviy komissiyalariga ega. Mazkur Komissiya tomonidan uning vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, tijorat banklari, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar hamda ularning birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), mansabdor shaxslar va fuqarolar ijro etishi uchun majburiy hisoblanadi. Hisob - kitoblar mexanizmini takomillashtirish va byudjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq quyidagilar uning asosiy vazifalari deb belgilangan: - iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va tijorat banklari tomonidan to‘lov intizomini mustahkamlash va hisob - kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish, soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘liq to‘lash bo‘yicha amaldagi qonunchilik me’yorlariga qat’iy rioya etilishi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; - korxonalarning debitorlik qarzlari ahvolini tahlil etish, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning byudjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalarini qisqartirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli soliqlar va majburiy to‘lovlarning to‘liq undirib olinishini ta’minlash; - korxonalar va tashkilotlar aylanma mablag‘larining ajratib olinishi, shu jumladan tayyor mahsulot zahiralariga va tugallanmagan qurilishga ajratilishi sabablari va yo‘nalishlarini aniqlash hamda ularni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Komissiyaga keng vakolatlar berilgan bo‘lib, u xususan, quyidagi huquqlarga ega: - vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, tijorat banklari, soliq organlari, xo‘jalik uyushmalari, korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarining debitorlik va kreditorlik qarzlari, soliq va to‘lov intizomining ahvoli to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitib borish; - boqimandalarni to‘lash, penya hisoblanishini tugatish bo‘yicha muddatlarni kechiktirish yoki uzaytirish, byudjetga va maqsadli fondlarga soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisobdan chiqarish; - belgilangan tartibda moliya, soliq va bojxona organlari faoliyatini tekshirishni tashkil etish, Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur
bo‘lgan  axborot,  ma’lumotlarni  vazirliklar,  qo‘mitalar,  idoralar,  uyushmalar,  davlat
boshqaruvi mahalliy organlaridan olish;
- bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga
korxonalarni sanatsiyalash yoki muntazam ravishda debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l
qo‘yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot deb e’lon qilish uchun materiallarni xo‘jalik
sudiga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar berish;
-  soliq  solish  tizimi  va  milliy  iqtisodiyotda  hisob-kitoblarni  yaxshilash  uchun
yo‘naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga
takliflar kiritish va xokazo 
Respublika  pul  -  kredit  siyosati  komissiyasi  zimmasiga  respublikada  naqd  pul
muomalasi va milliy iqtisodiyotda hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish
bo‘yicha  chora-tadbirlar  majmuini  ishlab  chiqish  va  ularni  amalga  oshirish,  xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va O‘zbekiston
iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli
foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. 
Mulkchilik  shakllaridan  qat’i  nazar,  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlarni  tekshirishni
tartibga  solish,  nazorat  organlari  tomonidan  ularning  faoliyatiga  asossiz  ravishda
aralashuvga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining
“Tekshiruvlarni  tartibga  solish  va  nazorat  organlarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish
to‘g‘risida”  1996  yil  8  avgustdagi  №UP-1503  Farmoni  bilan  Respublika  nazorat
organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Mazkur  Kengash  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  faoliyatini  davlat  nazorat  etish
sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishga
vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi. 
Kengash  tarkibi  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  tasdiqlanadi.
Kengash  o‘z  faoliyatini  Respublika  nazorat  organlarining  faoliyatini  muvofiqlashtirish
kengashi to‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tegishli hududiy
komissiyalar tuzilgan bo‘lib, ularning tarkibi Respublika nazorat organlarining faoliyatini
muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash  faoliyatining  maqsadi,  mulkchilik  shakllaridan  qat’i  nazar,  xo‘jalik
Logotip
bo‘lgan axborot, ma’lumotlarni vazirliklar, qo‘mitalar, idoralar, uyushmalar, davlat boshqaruvi mahalliy organlaridan olish; - bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga korxonalarni sanatsiyalash yoki muntazam ravishda debitorlik va kreditorlik qarzlariga yo‘l qo‘yuvchi korxonalar va tashkilotlarni bankrot deb e’lon qilish uchun materiallarni xo‘jalik sudiga berish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan takliflar berish; - soliq solish tizimi va milliy iqtisodiyotda hisob-kitoblarni yaxshilash uchun yo‘naltirilgan respublika qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish va xokazo Respublika pul - kredit siyosati komissiyasi zimmasiga respublikada naqd pul muomalasi va milliy iqtisodiyotda hisob-kitoblarning ahvoli ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish va O‘zbekiston iqtisodiyoti ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun ajratiladigan kreditlardan maqsadli foydalanish tartibiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat organlari tomonidan ularning faoliyatiga asossiz ravishda aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshiruvlarni tartibga solish va nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida” 1996 yil 8 avgustdagi №UP-1503 Farmoni bilan Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur Kengash xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini davlat nazorat etish sohasidagi markaziy muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Kengash qarorlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bo‘yicha davlat nazoratini amalga oshirishga vakolat berilgan barcha organlar uchun majburiy hisoblanadi. Kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Kengash o‘z faoliyatini Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi to‘g‘risida nizomga asosan amalga oshiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda tegishli hududiy komissiyalar tuzilgan bo‘lib, ularning tarkibi Respublika nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Kengash faoliyatining maqsadi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish va muvofiqlashtirish, ularning ish -
faoliyatiga nazorat organlari tomonidan asossiz ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslikdan
iborat. 
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan:
-nazorat organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ish faoliyatini tekshirish masalalari
bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
-xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlarning  ish-faoliyati  bo‘yicha  o‘tkaziladigan
tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish;
-tekshiruvlar, shuningdek nazorat organlarining faoliyatini qaytarishga yo‘l qo‘yuvchi
kompleks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish;
-tekshiruvlar  o‘tkazish  bo‘yicha  muvofiqlashtiruvchi  rejalarga  rioya  etilgan  holda
nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va Kengash bilan kelishilmay turib,
rejadan  tashqari,  qarshi  tekshiruv  va  nazorat  tartibida  tekshiruvlar  o‘tkazilishiga  yo‘l
qo‘ymaslik;
-tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni tashkil etish tizimini
tartibga solish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Kengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga:
-xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  faoliyatini  tekshirish  bo‘yicha  hududiy
muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar ishlab chiqish;
-muvofiqlashtiruvchi  reja-grafiklar  bajarilishiga  rioya  etilishi  ustidan  monitoring
o‘rnatish kabi vazifalar kiradi.
Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun hamda o‘z maqomiga
muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega:
- respublika barcha vazirliklari va idoralaridan yaqinlashib kelayotgan davr uchun
mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi  sub’yektlar  faoliyatini  tekshiruv rejalarini  so‘rash  va
olish;
- tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga rioya
etilishini ta’minlash talab qilingan ko‘rsatmalarni, Kengash Raisi imzosi qo‘yilgan holda,
nazorat organlariga jo‘natish;
- tekshiruvlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qonunchi-likni buzish yoki Kengash
qarorlarini buzishda aybdor bo‘lgan nazorat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarga
ma’muriy choralar belgilanganligi to‘g‘risidagi taqdimnomalarni, Kengash Raisi imzosi
Logotip
yurituvchi sub’yektlarni tekshirishni tartibga solish va muvofiqlashtirish, ularning ish - faoliyatiga nazorat organlari tomonidan asossiz ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari qilib belgilangan: -nazorat organlarining xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ish faoliyatini tekshirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish; -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ish-faoliyati bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlarning umumiy sonini qisqartirish; -tekshiruvlar, shuningdek nazorat organlarining faoliyatini qaytarishga yo‘l qo‘yuvchi kompleks tekshiruvlarning muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish; -tekshiruvlar o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi rejalarga rioya etilgan holda nazorat organlarining faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va Kengash bilan kelishilmay turib, rejadan tashqari, qarshi tekshiruv va nazorat tartibida tekshiruvlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik; -tekshiruvlarni qisqartirish va takomillashtirish maqsadida ularni tashkil etish tizimini tartibga solish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish. Kengash hududiy komissiyalarining asosiy funksiyalariga: -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshirish bo‘yicha hududiy muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar ishlab chiqish; -muvofiqlashtiruvchi reja-grafiklar bajarilishiga rioya etilishi ustidan monitoring o‘rnatish kabi vazifalar kiradi. Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun hamda o‘z maqomiga muvofiq ravishda quyidagi huquqlarga ega: - respublika barcha vazirliklari va idoralaridan yaqinlashib kelayotgan davr uchun mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini tekshiruv rejalarini so‘rash va olish; - tekshiruvlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibga rioya etilishini ta’minlash talab qilingan ko‘rsatmalarni, Kengash Raisi imzosi qo‘yilgan holda, nazorat organlariga jo‘natish; - tekshiruvlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi qonunchi-likni buzish yoki Kengash qarorlarini buzishda aybdor bo‘lgan nazorat organlari rahbarlari va mansabdor shaxslarga ma’muriy choralar belgilanganligi to‘g‘risidagi taqdimnomalarni, Kengash Raisi imzosi
qo‘yilgan holda, jo‘natish;
- nazorat organlarining rejadan tashqari tekshiruvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarini,
agar ularni o‘tkazish uchun etarlicha asoslar bo‘lmasa, bekor qilish.
Kengash  nazorat  organlari  tomonidan  nazoratni  tartibga  solish  sohasidagi
qonunchilikka qat’iy rioya etishi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlarining
noqonuniy harakatlari ustidan tushgan arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, ular yuzasidan
qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari to‘g‘risida hukumatga
muntazam ravishda axborot berib turishi shart.
Davlat  moliyaviy  nazorati  tizimida  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi,
Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari alohida o‘rin tutadi.
Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni
va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi.
Moliya organlarining ko‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy
rejalar va smetalar loyihalarini ko‘rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to‘plash, davlat
byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish
jarayonida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini
amalga oshirish bo‘yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan:
1) respublika vazirliklari, qo‘mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika
byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa
ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qo‘yilmalar va byudjetdan
ajratilgan  mablag‘lar  hisobidan  amalga  oshiriladigan  boshqa  chora-tadbirlarning
moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va harakatini
nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish;
3) respublika  byudjeti  va  mahalliy  byudjetlar  hisobidan  moliyalashtiriladigan,
shuningdek  barcha  ko‘rinishdagi  qimmatbaho  metallar  va qimmatbaho toshlarni  qazib
oluvchi,  qayta  ishlovchi  hamda  ulardan  boshqa  maqsadlar  (jumladan  eksport)  uchun
foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini taftish
qilish va tekshirish.
Hukumatning “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini
oshirish  to‘g‘risida”  2000  yil  22  sentyabrdagi  365-sonli  qarori  bilan  O‘zbekiston
Logotip
qo‘yilgan holda, jo‘natish; - nazorat organlarining rejadan tashqari tekshiruvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorlarini, agar ularni o‘tkazish uchun etarlicha asoslar bo‘lmasa, bekor qilish. Kengash nazorat organlari tomonidan nazoratni tartibga solish sohasidagi qonunchilikka qat’iy rioya etishi, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning nazorat organlarining noqonuniy harakatlari ustidan tushgan arizalarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqishi, ular yuzasidan qarorlar qabul qilishi hamda olib borilayogan ishlarning natijalari to‘g‘risida hukumatga muntazam ravishda axborot berib turishi shart. Davlat moliyaviy nazorati tizimida O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va ularning quyi organlari alohida o‘rin tutadi. Moliya-kredit tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy ehtiyojlar bilan belgilanadi. Moliya organlarining ko‘p qirrali nazorat faoliyati byudjetni rejalashtirish, moliyaviy rejalar va smetalar loyihalarini ko‘rib chiqish, byudjet barcha daromadlarini to‘plash, davlat byudjeti bilan tegishli moliya yili uchun nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish jarayonida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirish bo‘yicha quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklangan: 1) respublika vazirliklari, qo‘mitalari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika byudjetining ijro etilishi, Markaziy bank va boshqa banklar tomonidan byudjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya etilishi hamda banklar tomonidan kapital qo‘yilmalar va byudjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan boshqa chora-tadbirlarning moliyalashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish; 2) qimmatli qog‘ozlar bozori shakllanishi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va harakatini nazorat etish, moliya bozorini shakllantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish; 3) respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladigan, shuningdek barcha ko‘rinishdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi hamda ulardan boshqa maqsadlar (jumladan eksport) uchun foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar moliyaviy - xo‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish. Hukumatning “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshiruvlari rolini oshirish to‘g‘risida” 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-sonli qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi vazifalar yuklandi. Xususan, endi auditorlik
tashkilotlarida litsenziya shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga
rioya etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Moliya  vazirligi  huzurida  Bosh  nazorat-taftish  boshqarmasi  mavjud  bo‘lib,  u
O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  Bosh  nazorat-taftish  boshqarmasi  va  uning
hududiy nazorat - taftish boshqarmalari to‘g‘risida nizom3ga asosan faoliyat yuritadi. 
Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining
barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir.
Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagilar
belgilangan:
- moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va moliya qonunchiligi
hamda  byudjet  majburiyatlarining  ijrosi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  boshqa  qonunchilik
hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
- respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni
ta’minlash;
-  moliya  organlari  va  tijorat  banklari  tomonidan  birinchi  navbatdagi  xarajatlar
navbatiga  rioya  etilishi,  byudjet  tashkilotlari  xodimlariga  ish  haqi  to‘lash,  ijtimoiy
nafaqalar, stipendiyalar berish muddatlari va to‘liqligi, shuningdek byudjet muassasalariga
ko‘rsatilgan maqsadlar uchun naqd pul mablag‘larini berish bo‘yicha faoliyati ustidan
nazorat va monitoringni amalga oshirish;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali kam ta’minlangan oilalarga
beriladigan ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash va ularning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat
qilish;
- paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini ishlab
chiqarish  va  ularni  realizatsiya  qilish  bo‘yicha  statistik  va  buxgalteriya  hisoboti
ma’lumotlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-paxta xom ashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning miqdori va sifatini
baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va
o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish;
3 Ўзбекистон Республикаси  Вазирлар Маҳкамасининг 2002 йил 15 ноябрдаги 393-сонли қарори.
Logotip
Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yangi vazifalar yuklandi. Xususan, endi auditorlik tashkilotlarida litsenziya shartnomalarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishni amalga oshirish ham uning vazifasiga kiradi. Moliya vazirligi huzurida Bosh nazorat-taftish boshqarmasi mavjud bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy nazorat - taftish boshqarmalari to‘g‘risida nizom3ga asosan faoliyat yuritadi. Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining asosiy vazifasi byudjet jarayonining barcha bosqichlarida byudjet intizomiga rioya etilishini nazorat qilishdir. Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalarining boshqa vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: - moliya organlari va byudjet muassasalari tomonidan byudjet va moliya qonunchiligi hamda byudjet majburiyatlarining ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish; - respublika va mahalliy byudjetlarning qat’iy ijro etilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlash; - moliya organlari va tijorat banklari tomonidan birinchi navbatdagi xarajatlar navbatiga rioya etilishi, byudjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi to‘lash, ijtimoiy nafaqalar, stipendiyalar berish muddatlari va to‘liqligi, shuningdek byudjet muassasalariga ko‘rsatilgan maqsadlar uchun naqd pul mablag‘larini berish bo‘yicha faoliyati ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish; - fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqaruv organlari orqali kam ta’minlangan oilalarga beriladigan ijtimoiy nafaqalar bilan ta’minlash va ularning o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish; - paxta xom ashyosini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bo‘yicha statistik va buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarining to‘g‘riligi ustidan nazoratni amalga oshirish; -paxta xom ashyosi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarning miqdori va sifatini baholash hamda ularning hisobotda aks ettirilishi bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va o‘tkazish metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish; 3 Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2002 йил 15 ноябрдаги 393-сонли қарори.
-investitsion dasturlarning amalga oshirilishi uchun ajratiladigan markazlashtirilgan
byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish;
-kommunal  xizmatlar  va  elektr  energiyasi  uchun  byudjet  mablag‘larini  sarflash
limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar o‘tkazib turish;
-byudjet  muassasalari  tomonidan  shtatlar  jadvali-smeta  intizomiga  rioya  etilishini
nazorat qilish;
-hokimiyat  va  boshqaruv  organlari  rahbarlarining  byudjet  jarayoniga  noqonuniy
ravishda aralashuvi faktlarini to‘xtatish;
-davlat valyuta mablag‘larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish;
-fuqarolarning  moliya  va  byudjet  intizomi  buzilganligi  faktlari  to‘g‘risidagi  xat,
shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish va xokazo
Bosh  nazorat-taftish  boshqarmasi  va  uning  hududiy  bo‘linmalari  zimmasiga
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan:
1) hududiy moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosi bo‘yicha ish-faoliyatini,
barcha darajadagi byudjet muassasalarining esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga
rioya etish bo‘yicha ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring);
2) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalarining pul va
buxgalteriya  hujjatlari,  hisobotlari,  smetalari  va  boshqa  hujjatlari,  moddiy  boyliklari
mavjudligini tekshirish;
3) maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish;
4) tijorat  banklari  muassasalari,  soliq  organlari,  boshqa  idoralardan  taftish  va
tekshiruvlar  o‘tkazish  vaqtida  yuzaga  keladigan  savollar  bo‘yicha  zarur  bo‘lgan
ma’lumotnomalar va axborot, ma’lumotlarni olish;
5) qurilish, montaj, ta’mirlash kabi ishlar nazorat o‘lchamlarini amalga oshirish va
boshqa tekshiruvlarni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish;
6) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalari hamda xo‘jalik
yurituvchi  sub’yektlar  rahbarlari  va  mansabdor  shaxslaridan  taftish  va  tekshiruvlar
o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalar, moliya va byudjet intizomi buzilishi
faktlari, shuningdek ma’lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolatnomalarining imzolanishi
bo‘yicha tushuntirishlar talab qilish;
Logotip
-investitsion dasturlarning amalga oshirilishi uchun ajratiladigan markazlashtirilgan byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanishni nazorat etish; -kommunal xizmatlar va elektr energiyasi uchun byudjet mablag‘larini sarflash limitlariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda tekshiruvlar o‘tkazib turish; -byudjet muassasalari tomonidan shtatlar jadvali-smeta intizomiga rioya etilishini nazorat qilish; -hokimiyat va boshqaruv organlari rahbarlarining byudjet jarayoniga noqonuniy ravishda aralashuvi faktlarini to‘xtatish; -davlat valyuta mablag‘larining to‘g‘ri va maqsadli sarflanishini nazorat qilish; -fuqarolarning moliya va byudjet intizomi buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi xat, shikoyat va arizalarini ko‘rib chiqish va xokazo Bosh nazorat-taftish boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun ularga quyidagi huquqlar berilgan: 1) hududiy moliya organlarining mahalliy byudjetlar ijrosi bo‘yicha ish-faoliyatini, barcha darajadagi byudjet muassasalarining esa, xarajatlar smetalari va byudjet intizomiga rioya etish bo‘yicha ish-faoliyatini taftish qilish va tekshirish (monitoring); 2) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalarining pul va buxgalteriya hujjatlari, hisobotlari, smetalari va boshqa hujjatlari, moddiy boyliklari mavjudligini tekshirish; 3) maxsus vakolatli organning qaroriga asosan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish va tekshirish; 4) tijorat banklari muassasalari, soliq organlari, boshqa idoralardan taftish va tekshiruvlar o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan savollar bo‘yicha zarur bo‘lgan ma’lumotnomalar va axborot, ma’lumotlarni olish; 5) qurilish, montaj, ta’mirlash kabi ishlar nazorat o‘lchamlarini amalga oshirish va boshqa tekshiruvlarni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda mutaxassislarni jalb etish; 6) hududiy moliya organlari va barcha darajadagi byudjet muassasalari hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlari va mansabdor shaxslaridan taftish va tekshiruvlar o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan masalalar, moliya va byudjet intizomi buzilishi faktlari, shuningdek ma’lumotnoma, taftish va tekshiruvlar dalolatnomalarining imzolanishi bo‘yicha tushuntirishlar talab qilish;
7) zarur  bo‘lgan  hollarda  kassa  va  kassa  xonalari,  omborlar,  arxivlarni  muhrlab
qo‘yish, qalbaki, soxta hujjatlar va boshqa suiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlarni
olib  qo‘yish,  tekshirilayotgan  ob’yektlar  rahbarlaridan  asosiy  vositalar,  tovar-moddiy
boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarning yo‘qlama qilinishini talab etish;
8) Moliya vazirligining topshirig‘i  va u tomonidan tasdiqlangan maxsus  grafiklar
bo‘yicha paxta xom ashyosini tayyorlash va qayta tayyorlashga oid butun davrda paxta
tozalash korxonalarida tayyorlanayotgan, qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan paxta
xom ashyosiga tegishli masalalar bo‘yicha tekshiruv va taftishlar o‘tkazish;
9) moliya va byudjet intizomi bo‘yicha aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish,
moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda boshqa vazifalar
bo‘yicha taftish va tekshiruvlar materiallari yuzasidan tegishli takliflar kiritish. 
Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent  shahar  nazorat-taftish  boshqarmalari  o‘z  ish  faoliyatini  Moliya  vazirligi
tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bo‘lgan
hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va
tekshiruvdan o‘tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish va nazorat qiladi.
Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekiston Respublikasining  “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” 1997 yil 29 avgustdagi
qonuni soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo‘yicha soliq organlarining huquq
va majburiyatlarini belgilab beradi.
Soliq nazorati soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari hisobini yuritish hamda soliq
qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati
organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’yektlar va ob’yektlar hisobini yuritish, soliq
tekshiruvlarini o‘tkazish, soliq to‘lovchilar, boshqa shaxslarni so‘roq qilish va qonunchilik
bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
Davlat  soliq  xizmati  organlarining moliyaviy  nazoratga  oid asosiy  vazifalari
quyidagilardan iborat:
-  soliq  qonunchiligi,  soliqlar  hamda  O‘zbekiston  Respublikasi  maqsadli  Pensiya
fondiga majburiy  to‘lovlarning  o‘z  vaqtida  hisoblab  yozilishi,  to‘liq  va  o‘z  vaqtida
to‘lanishini nazorat etish;
-  soliq  qonunchiligiga  rioya  etilishining  zaruriy  shartlarini  ta’minlash,  soliq
Logotip
7) zarur bo‘lgan hollarda kassa va kassa xonalari, omborlar, arxivlarni muhrlab qo‘yish, qalbaki, soxta hujjatlar va boshqa suiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlarni olib qo‘yish, tekshirilayotgan ob’yektlar rahbarlaridan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va hisob-kitoblarning yo‘qlama qilinishini talab etish; 8) Moliya vazirligining topshirig‘i va u tomonidan tasdiqlangan maxsus grafiklar bo‘yicha paxta xom ashyosini tayyorlash va qayta tayyorlashga oid butun davrda paxta tozalash korxonalarida tayyorlanayotgan, qayta tayyorlanayotgan va saqlanayotgan paxta xom ashyosiga tegishli masalalar bo‘yicha tekshiruv va taftishlar o‘tkazish; 9) moliya va byudjet intizomi bo‘yicha aniqlangan tartibbuzarliklarni bartaraf etish, moddiy zararni qoplash, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish hamda boshqa vazifalar bo‘yicha taftish va tekshiruvlar materiallari yuzasidan tegishli takliflar kiritish. Bosh nazorat - taftish boshqarmasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar nazorat-taftish boshqarmalari o‘z ish faoliyatini Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan yillik ish rejalariga asosan amalga oshiradi. Ular, zarur bo‘lgan hollarda, moliya organlari va byudjet muasasalari faoliyatini rejadan tashqari taftish va tekshiruvdan o‘tkazishadi, maxsus vakolatli organ ruxsati bilan esa, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish va nazorat qiladi. Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda soliq organlari muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida” 1997 yil 29 avgustdagi qonuni soliq nazoratining asoslari, uni amalga oshirish bo‘yicha soliq organlarining huquq va majburiyatlarini belgilab beradi. Soliq nazorati soliq solish sub’yektlari va ob’yektlari hisobini yuritish hamda soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidir. U davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliqqa tortiladigan sub’yektlar va ob’yektlar hisobini yuritish, soliq tekshiruvlarini o‘tkazish, soliq to‘lovchilar, boshqa shaxslarni so‘roq qilish va qonunchilik bilan nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlarining moliyaviy nazoratga oid asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - soliq qonunchiligi, soliqlar hamda O‘zbekiston Respublikasi maqsadli Pensiya fondiga majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida hisoblab yozilishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat etish; - soliq qonunchiligiga rioya etilishining zaruriy shartlarini ta’minlash, soliq