MOLIYAVIY NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

105,5 KB


MOLIYAVIY NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari.
2. Moliyaviy nazoratning tasnifi.
3. Davlat moliyaviy nazorati.
4.Auditorlik faoliyatining moliyaviy-huquqiy tabiati.
5.Moliyaviy nazoratning shaklari va usullari.
6.Moliyaviy monitoring va uning turlari.
Logotip
MOLIYAVIY NAZORATNING HUQUQIY ASOSLARI Reja: 1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. 2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. 3. Davlat moliyaviy nazorati. 4.Auditorlik faoliyatining moliyaviy-huquqiy tabiati. 5.Moliyaviy nazoratning shaklari va usullari. 6.Moliyaviy monitoring va uning turlari.
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari.
Moliyaviy  nazorat  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  moliyaga  ob’yektiv  xos
bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy
nazorat  quyidagi  ikki  yo’nalishda  qaraladi:  barcha  iqtisodiy  sub’yektlarning
moliyaviy  qonunchilik  va  moliyaviy  (intizomga  rioya  qilishi  ustidan  maxsus
tashkil  etilgan  nazorat  organlarining  qattiq  reglamentatsiya  qilingan  (tartibga
solingan)  faoliyati;  moliyaviy  operatsiyalarning  samaradorligini  va  maqsadga
muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul
oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki
yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi,
metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda
nazoratning  huquqiy  va  miqdoriy  tomonlari  ustunlik  qilsa,  ikkinchi  holda
moliyaviy  nazoratning  analitik  tomoniga  juda  katta  e’tibor  beriladi.  Barcha
iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati
ustidan  qonunchilik  va  ijroiya  hokimiyati  organlarining  turli  darajalari,
shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan
nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini
shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  jarayonida  moliyaviy-iqtisodiy
qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining samaradorligini
baholash  va  amalga  oshirilgan  xarajatlarning  maqsadga  muvofiqligi  ustidan
nazoratni  o’z  ichiga  oladi.  Moliyaviy  nazorat  qiymat  shaklida  amalga
oshiriladigan  nazorat  bo’lganligi  uchun  ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarish
jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining
barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida
ham  kuzatiladi.  Shuning  uchun  ham  moliyaviy  nazoratning  ob’yekti  pul
munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy
ko’rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari;
(soliq  to’lovlarining  hajmlari  (miqdorlari,  o’lchamlari);  (  xo’jalik  yurituvchi
sub’yektlarning  daromadlari;  (xo’jalik  yurituvchi  sub’yektlarning  muomala
xarajatlari; (tannarx va foyda; (uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari; 
Logotip
1. Moliyaviy nazoratning mazmuni, uning vazifalari va tamoyillari. Moliyaviy nazorat iqtisodiy kategoriya sifatida moliyaga ob’yektiv xos bo’lgan nazorat xususiyatining amalda namoyon bo’lishidir. Odatda, moliyaviy nazorat quyidagi ikki yo’nalishda qaraladi: barcha iqtisodiy sub’yektlarning moliyaviy qonunchilik va moliyaviy (intizomga rioya qilishi ustidan maxsus tashkil etilgan nazorat organlarining qattiq reglamentatsiya qilingan (tartibga solingan) faoliyati; moliyaviy operatsiyalarning samaradorligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlash maqsadida makro va mikrodarajada moliya hamda pul oqimlarini boshqarishning ajralmas elenmenti. Moliyaviy nazoratning har ikki yo’nalishi (aspekti) bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lsa-da, nazoratning maqsadi, metodi va sub’yektlariga muvofiq ravishda farqlanadi ham. Agar birinchi holda nazoratning huquqiy va miqdoriy tomonlari ustunlik qilsa, ikkinchi holda moliyaviy nazoratning analitik tomoniga juda katta e’tibor beriladi. Barcha iqtisodiy sub’yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunchilikka rioya etilishi, moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o’z ichiga oladi. Moliyaviy nazorat qiymat shaklida amalga oshiriladigan nazorat bo’lganligi uchun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining barcha sohalarida amalga oshiriladi va pul fondlari harakatining barcha jarayonlarida, shu jumladan, moliyaviy natijalarni idrok etish jarayonida ham kuzatiladi. Shuning uchun ham moliyaviy nazoratning ob’yekti pul munosabatlari hisoblanadi. Moliyaviy nazoratning predmeti quyidagi moliyaviy ko’rsatkichlardan iborat: turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari; (soliq to’lovlarining hajmlari (miqdorlari, o’lchamlari); ( xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning daromadlari; (xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning muomala xarajatlari; (tannarx va foyda; (uy xo’jaliklarining daromadlari va xarajatlari;
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib
xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning
manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy
etgan  mamlakatlarda  moliyaviy  nazorat,  bir  tomondan,  o’zaro  ta’sirchan  va
ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo’lgan) ikki sohaga bo’linadi: 
-davlat moliyaviy nazorati; 
-nodavlat moliyaviy nazorati. 
Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va
hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining kompleksli
va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir.  Moliyaviy  nazoratni  tashkil  etishda
mamlakatning  Konstitutsiyasi  hal  qiluvchi  rolni  o’ynaydi.  Uning  huquqiy
reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy
taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy
nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik
uchun  sharoitlarni  yaratishga  qaratilgan.  Bu  narsa,  eng  avvalo,  barcha
darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish,
tasdiqlash  va  ijro  etish,  korxona  va  tashkilotlar,  banklar  va  moliyaviy
korporatsiyalarning  moliyaviy  faoliyati  ustidan  nazoratni  anglatadi.  Agar
umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat
moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ
biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq
iqtisodiyotning  nodavlat  sektorida  davlat  tomonidan  amalga  oshiriladigan
moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan
holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan
byudjet  subsidiyalari  va  kreditlarini  sarflashda  maqsadga  muvofiqlilik  va
qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan
(belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni
yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi.
Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi:  ichki (firma ichidagi,
korporativ)  va tashqi (auditorlik).  Moliyaviy  nazoratning  davlat  va  nodavlat
Logotip
Moliyaviy nazorat moliya funksiyalarining amalga oshirilish shakli bo’lib xizmat qiladi. U ham davlatning va ham boshqa barcha iqtisodiy sub’yektlarning manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga qaratilgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat, bir tomondan, o’zaro ta’sirchan va ikkinchi tomondan, alohidalashgan (mustaqil bo’lgan) ikki sohaga bo’linadi: -davlat moliyaviy nazorati; -nodavlat moliyaviy nazorati. Davlat moliyaviy nazorati bu davlatning asosiy qonunlariga tayanadigan va hokimiyat hamda boshqaruv organlari iqtisodiy huquqiy harakatining kompleksli va maqsadga yo’naltirilgan tizimidir. Moliyaviy nazoratni tashkil etishda mamlakatning Konstitutsiyasi hal qiluvchi rolni o’ynaydi. Uning huquqiy reglamenti davlatning tipiga, uning sotsial-siyosiy yo’naltirilganligiga, iqtisodiy taraqqiyot darajasiga, mulkchilik shakllarining nisbatiga bog’liq. Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliya siyosatini amalga oshirishga va moliyaviy barqarorlik uchun sharoitlarni yaratishga qaratilgan. Bu narsa, eng avvalo, barcha darajalardagi byudjetlar va nobyudjet fondlarni ishlab chiqish, muhokama qilish, tasdiqlash va ijro etish, korxona va tashkilotlar, banklar va moliyaviy korporatsiyalarning moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni anglatadi. Agar umummilliy iqtisodiy manfaatlar bilan belgilangan (aniqlangan) bo’lsa, davlat moliyaviy nazoratchilari ham davlat sektorida va ham xususiy hamda korporativ biznes sektorida taftish va tekshirishlarni amalga oshirish huquqiga egadir. Biroq iqtisodiyotning nodavlat sektorida davlat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat faqat soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ham qo’shib olgan holda davlat oldidagi pul majburiyatlarining bajarilishi sohalarini, ularga ajratilgan byudjet subsidiyalari va kreditlarini sarflashda maqsadga muvofiqlilik va qonuniylikning rioya qilinishi va shuningdek, hukumat tomonidan o’rnatilgan (belgilangan) pul hisob-kitoblarini tashkil qilish, buxgalteriya hisobi va hisobotni yuritish qoidalariga rioya etilishini qamrab oladi. Nodavlat moliyaviy nazorati ikkiga bo’linadi: ichki (firma ichidagi, korporativ) va tashqi (auditorlik). Moliyaviy nazoratning davlat va nodavlat
sohalari  (ko’rinishlari,  turlari)  nazoratni  amalga  oshirish  metodlarining
o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan
tubdan  farq  ham  qiladi.  Davlat  moliyaviy  nazoratining  bosh  maqsadi  davlat
xazinasiga  resurslarni  tushurishni  maksimallashtirish  va  davlat  boshqaruv
xarajatlarini  minimallashtirish  bo’lsa,  bunga  qarama-qarshi  ravishda  nodavlat
moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini
oshirish  maqsadida  davlat  foydasidagi  ajratmalar  va  boshqa  xarajatlarni
minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki
sohasi  amaldagi  qonunlarning  huquqiy  ramkasi  bilan  cheklab  qo’yilgan.  Pul
munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi
qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo’jalikning
barcha  bo’g’inlaridagi  pul  fondlari  shaklidagi  moliyaviy  resurslar  moliyaviy
nazoratning  ob’yekti  hisoblanadi.  Tekshiruvlarning  bevosita  predmeti  sifatida
foyda,  daromadlar,  rentabellik,  tannarx,  muomala  xarajatlari  kabi  qiymat
ko’rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda
pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi
moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi. 
Moliyaviy nazorat o’z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi: 
-iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish ,
-byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati);
-korxona  va  tashkilotlar,  byudjet  muassasalariga  tegishli  bo’lgan(  mehnat,
moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
-o’zaro soliq munosabatlari.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda
bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: bevosita mamlakatning parlamenti
yoki prezidentiga bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi
davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir; asosan
soliqli  daromadlarning  davlat  xazinasiga  kelib  tushishini  nazorat  qiluvchi  va
mamlakat  prezidenti,  hukumati  yoki  moliya  vazirligiga  bo’ysunuvchi  soliq
muassasi;  quyi  tashkilotlarini  tekshiruvchi  va  taftish  qiluvchi  davlat
Logotip
sohalari (ko’rinishlari, turlari) nazoratni amalga oshirish metodlarining o’xshashligiga qaramasdan, o’zlarining pirovard maqsadlari bo’yicha bir-biridan tubdan farq ham qiladi. Davlat moliyaviy nazoratining bosh maqsadi davlat xazinasiga resurslarni tushurishni maksimallashtirish va davlat boshqaruv xarajatlarini minimallashtirish bo’lsa, bunga qarama-qarshi ravishda nodavlat moliyaviy nazoratning bosh maqsadi joylashtirilgan kapitaldagi foyda normasini oshirish maqsadida davlat foydasidagi ajratmalar va boshqa xarajatlarni minimallashtirishdan iborat. Bir vaqtning o’zida moliyaviy nazoratning har ikki sohasi amaldagi qonunlarning huquqiy ramkasi bilan cheklab qo’yilgan. Pul munosabatlari, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi qayta taqsimlash jarayonlari, shu jumladan, barcha darajalardagi va xo’jalikning barcha bo’g’inlaridagi pul fondlari shaklidagi moliyaviy resurslar moliyaviy nazoratning ob’yekti hisoblanadi. Tekshiruvlarning bevosita predmeti sifatida foyda, daromadlar, rentabellik, tannarx, muomala xarajatlari kabi qiymat ko’rsatkichlari maydonga chiqadi. Puldan foydalanish orqali va ayrim hollarda pulsiz (masalan, barter bitimlari) amalga oshiriladigan opreatsiyalarning barchasi moliyaviy nazoratning sohasi hisoblanadi. Moliyaviy nazorat o’z ichiga quyidagi tekshiruvlarni oladi: -iqtisodiy qonunlarning talablariga rioya etish , -byudjet rejasini tuzish va ijro etish (byudjet nazorati); -korxona va tashkilotlar, byudjet muassasalariga tegishli bo’lgan( mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish; -o’zaro soliq munosabatlari. Taraqqiy etgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi, asosan, bir tipda bo’lib, quyidagi elementlardan tashkil topadi: bevosita mamlakatning parlamenti yoki prezidentiga bo’ysunuvchi hisob palatasi. Bu tashkilotning bosh maqsadi davlat mablag’larining sarflanishi ustidan umumiy nazoratni o’rnatishdir; asosan soliqli daromadlarning davlat xazinasiga kelib tushishini nazorat qiluvchi va mamlakat prezidenti, hukumati yoki moliya vazirligiga bo’ysunuvchi soliq muassasi; quyi tashkilotlarini tekshiruvchi va taftish qiluvchi davlat
tashkilotlarining  tarkibidagi  nazorat  qiluvchi  organlar;  hisobot  hujjatlarining
ishonchliligini  va  moliyaviy  operatsiyalarning  qonuniyligini  tijorat  asosida
tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish,
moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat
xizmatlari. O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat
tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar
qatoriga  Markaziy  bank,  Davlat  bojxona  qo’mitasi  va  boshqalarni  kiritish
mumkin. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan
iborat:  pul  fondlarining  o’lchami  va  moliyaviy  resurslarga  bo’lgan  ehtiyoj
o’rtasidagi  mutanosiblikka  (balanslilikka)  ta’sir  ko’rsatish;  davlat  byudjeti
oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash; moliyaviy
resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish; va boshqalar.
Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil
etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga
dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi.  Ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi: mustaqillik; ob’yektivlik; kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik);
oshkoralik. 
Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan
mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament
muddatlaridan  uzoqligi,  shuningdek  ularning  konstitutsion  xarakteri  bilan
ta’minlanishi  kerak.  Ob’yektivlik  va  kompetentlik  (layoqatlilik,  qodirlik)
nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish
ishlarini amalga oshirishning belgilangan standartlariga (andozalariga) qattiq rioya
etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi.
Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot
vositalari bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi. 
Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy
nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin:  natijalilik;
nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi;
nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi;  tekshirish va taftish aktlarida
Logotip
tashkilotlarining tarkibidagi nazorat qiluvchi organlar; hisobot hujjatlarining ishonchliligini va moliyaviy operatsiyalarning qonuniyligini tijorat asosida tekshiruvchi nodavlat nazorat xizmatlari; asosiy vazifasi xarajatlarni qisqartirish, moliyaviy oqimlarni optimallashtirish va foydani oshirish bo’lgan ichki nazorat xizmatlari. O’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlarda moliyaviy nazorat tizimi ba’zi bir maxsus organlarni ham qamrab oladi. Ana shunday organlar qatoriga Markaziy bank, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalarni kiritish mumkin. Moliyaviy nazoratning oldida turgan eng asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: pul fondlarining o’lchami va moliyaviy resurslarga bo’lgan ehtiyoj o’rtasidagi mutanosiblikka (balanslilikka) ta’sir ko’rsatish; davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarning o’z vaqtida va to’liq bajarilishini ta’minlash; moliyaviy resurslarni ko’paytirishning ichki xo’jalik rezervlarini qidirib topish; va boshqalar. Jahon hamjamiyati ko’p yillik tajriba asosida moliyaviy nazoratni tashkil etishning asosiy prinsiplarini ishlab chiqqanki, hozirgi paytda ularga rioya qilishga dunyoning har bir sivilizatsiyalashgan davlati intiladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: mustaqillik; ob’yektivlik; kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik); oshkoralik. Moliyaviy nazoratning mustaqilligi nazorat organining moliyaviy jihatdan mustaqilligi, nazorat organlari rahbarlarining vakolat muddatlarining parlament muddatlaridan uzoqligi, shuningdek ularning konstitutsion xarakteri bilan ta’minlanishi kerak. Ob’yektivlik va kompetentlik (layoqatlilik, qodirlik) nazoratchilar tomonidan amaldagi qonunchilikka so’zsiz itoat etilishini, taftish ishlarini amalga oshirishning belgilangan standartlariga (andozalariga) qattiq rioya etish asosida nazoratchilar ishining yuqori kasbiy darajada bo’lishini taqoza etadi. Oshkoralik davlat nazoratchilarining jamotchilik va ommaviy axborot vositalari bilan doimiy aloqada bo’lishini ko’zda tutadi. Ana shu asosiy prinsiplardan amaliy xarakter kasb etuvchi moliyaviy nazoratning quyidagi boshqa prinsiplari kelib chiqishi mumkin: natijalilik; nazoratchilar tomonidan talab qilinadigan talablarning aniqligi va mantiqiyligi; nazorat sub’yektlarining sotib oluvchanmasligi; tekshirish va taftish aktlarida
keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi;  preventivlik
(moliyaviy 
buzilmalar 
ehtimolining(
 ogohlantiriluvchanligi);
 moliyaviy
jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha)
prezumpsiyasi;
 turli 
nazorat 
organlari 
faoliyatlarining
muvofiqlashtiruvchanligi; va boshqalar. 
Kontrol  tushunchasi  nazoratdan  farq  qilib,  hamma  vaqt  yuqori  organlar
tomonidan ularga  bo’ysunuvchi  quyi  organlar  faoliyatini  tekshirish jarayonida
qo’llaniladi. Kontrol  usulini  qo’llash  huquqiga ega bo’lgan organlar  o’zlariga
bo’ysunuvchi  ob’yektlarning  moliyaviy,  xo’jalik,  tashkiliy  va  boshqa  xildagi
faoliyatini  o’rganib  chiqib, ushbu  faoliyat  davomida  ularning  qonunlarga qay
darajada rioya  qilinganligini  aniqlay-dilar. Agar  qonun  buzilganligi  aniqlansa,
aybdor  shaxslarga  nisbatan  davlat  majburlov  choralarini  (masalan,  intizomiy
javobgarlik  choralarini)  bevosita  qo’llashlari  mumkin.  Nazorat  olib  boruvchi
organlar  esa,  o’zlariga  bo’ysunmagan  ob’yektlar  faoliyati  ustidan  nazorat
o’rnatishlari mumkin. Nazorat maxsus davlat nazorati organlari tomonidan yoki
prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida aniqlangan
kamchiliklar, qonun buzilishlari  bevosita hal  qilinmaydi  yoki aybdor  shaxslar
bevosita  javobgarlikka  tortilmaydi.  Nazorat  vaqtida  aniqlangan  kamchiliklar,
qonun buzilishlari to’g’risida nazorat olib borilgan organ (tashkilot) bo’ysungan
yuqori  organga  yoki  tegishli  davlat  organlariga  (masalan,  sud,  prokuratura
organlariga) murojaat qilish mumkin. 
2. Moliyaviy nazoratning tasnifi.
Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil
etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga
bog’liq. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi
turlari mavjud: 
 Umumdavlat moliyaviy nazorati; 
 idoraviy moliyaviy nazorat; 
Logotip
keltirilgan ma’lumotlarning asoslanganligi va isbotlanganligi; preventivlik (moliyaviy buzilmalar ehtimolining( ogohlantiriluvchanligi); moliyaviy jinoyatlar bo’yicha shubhalanilayotgan shaxslarning aybsizlik (sudgacha) prezumpsiyasi; turli nazorat organlari faoliyatlarining muvofiqlashtiruvchanligi; va boshqalar. Kontrol tushunchasi nazoratdan farq qilib, hamma vaqt yuqori organlar tomonidan ularga bo’ysunuvchi quyi organlar faoliyatini tekshirish jarayonida qo’llaniladi. Kontrol usulini qo’llash huquqiga ega bo’lgan organlar o’zlariga bo’ysunuvchi ob’yektlarning moliyaviy, xo’jalik, tashkiliy va boshqa xildagi faoliyatini o’rganib chiqib, ushbu faoliyat davomida ularning qonunlarga qay darajada rioya qilinganligini aniqlay-dilar. Agar qonun buzilganligi aniqlansa, aybdor shaxslarga nisbatan davlat majburlov choralarini (masalan, intizomiy javobgarlik choralarini) bevosita qo’llashlari mumkin. Nazorat olib boruvchi organlar esa, o’zlariga bo’ysunmagan ob’yektlar faoliyati ustidan nazorat o’rnatishlari mumkin. Nazorat maxsus davlat nazorati organlari tomonidan yoki prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari bevosita hal qilinmaydi yoki aybdor shaxslar bevosita javobgarlikka tortilmaydi. Nazorat vaqtida aniqlangan kamchiliklar, qonun buzilishlari to’g’risida nazorat olib borilgan organ (tashkilot) bo’ysungan yuqori organga yoki tegishli davlat organlariga (masalan, sud, prokuratura organlariga) murojaat qilish mumkin. 2. Moliyaviy nazoratning tasnifi. Moliyaviy nazoratning muvaffaqiyatli va samarali o’tkazilishi uning tashkil etilish darajasiga va nazoratning turlari, shakllari va uni o’tkazishning metodlariga bog’liq. Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi sub’yektlarga ko’ra uning quyidagi turlari mavjud:  Umumdavlat moliyaviy nazorati;  idoraviy moliyaviy nazorat;
 xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat; 
 jamoatchilik moliyaviy nazorati; 
 mustaqil moliyaviy nazorat.
Umumdavlat  moliyaviy  nazorati  davlat  hokimiyat  organlari  (prezident,
hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona
qo’mitasi  va  boshqalar)  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bu  turdagi  moliyaviy
nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining
sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. 
Idoraviy  moliyaviy  nazorat vazirliklarning  nazorat-taftish  boshqarmalari  va
boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. 
Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va
moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi.  Bu  yerda  moliyaviy  nazoratning
ob’yekti  sifatida  korxona,  tashkilot  va muassasalarning  xo’jalik va  moliyaviy
faoliyati maydonga chiqadi.
Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga
oshiriladi.  Nazoratning  ob’yekti  uning  oldiga  qo’yilgan  vazifalarga  muvofiq
ravishda  aniqlanadi.  Mustaqil  moliyaviy  nazorat  maxsus  organlar:  auditorlik
firmalari  va  boshqa  xizmatlar  tomonidan  o’tkaziladi.  Moliyaviy  nazoratning
shakllarini  quyidagi  mezonlar  bo’yicha  klassifikatsiya  qilish  qabul  qilingan:
amalga  oshirilish  reglamenti;  o’tkazilish  vaqti;  nazoratning  sub’yektlari;
nazoratning ob’yektlari. 
Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 
- majburiy (tashqi);
 - tashabbuskorli (ichki).
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy
(tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi,
mustaqil  nazoratchilar  tomonidan  amalga  oshiriladigan  soliq  tekshiruvlariga,
byudjet  resurslaridan  maqsadli  foydalanish  ustidan  nazoratga,  korxona  va
Logotip
 xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat;  jamoatchilik moliyaviy nazorati;  mustaqil moliyaviy nazorat. Umumdavlat moliyaviy nazorati davlat hokimiyat organlari (prezident, hukumat, Oliy majlis, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi. Bu turdagi moliyaviy nazoratning bosh maqsadi daromadlarning tushib turishi va davlat xarajatlarining sarflanishi bo’yicha davlat va jamiyatning manfaatlarini ta’minlashdan iborat. Idoraviy moliyaviy nazorat vazirliklarning nazorat-taftish boshqarmalari va boshqa tarkibiy tuzilmalari tomonidan amalga oshirilib, shu idoraga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyatini qamrab oladi. Xo’jalik ichidagi moliyaviy nazorat korxona va tashkilotlarning iqtisodiy va moliyaviy xizmatlari tomonidan o’tkaziladi. Bu yerda moliyaviy nazoratning ob’yekti sifatida korxona, tashkilot va muassasalarning xo’jalik va moliyaviy faoliyati maydonga chiqadi. Jamoatchilik moliyaviy nazorati nodavlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazoratning ob’yekti uning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda aniqlanadi. Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan: amalga oshirilish reglamenti; o’tkazilish vaqti; nazoratning sub’yektlari; nazoratning ob’yektlari. Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: - majburiy (tashqi); - tashabbuskorli (ichki). Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va
tashkilotlarning  moliya-buxgalteriya  hisobotlari  ma’lumotlarini  majburiy
auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin. 
Tashabbuskorli (ichki)  moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib
chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning
ajralmas qismi hisoblanadi. 
O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni
o’z ichiga oladi:
-dastlabki;
-joriy (operativ);
-navbatdagi (kelgusi, so’nggi).
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan
oldin  amalga  oshiriladi  va  moliyaviy  xatoliklarning  oldini  olish  yoki  ularni
ogohlantirishda  muhim  ahamiyatga  ega.  Moliyaviy  nazoratning  bu  shakli
mablag’larning  notejamli  va  nosamarali  sarflanishining  oldini  olish  uchun
xarajatlarning  moliyaviy  jihatdan  asoslangan  bo’lishini  ko’zda  tutadi.
Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni
va nobyudjet  fondlarining  moliyaviy rejalarini  tuzish  va tasdiqlash  jarayonini
ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va
kassa  arizalari,  biznes-rejalarning  moliyaviy  bo’limlari,  bashorat  balanslarini
tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi
mumkin. 
Joriy (operativ)  moliyaviy nazorat pul bitimlari,  moliyaviy operatsiyalar,
ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga
oshiriladi.  Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash
jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi,
moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida
amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta
rol o’ynaydi. 
Logotip
tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo’lishi mumkin. Tashabbuskorli (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi. O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi: -dastlabki; -joriy (operativ); -navbatdagi (kelgusi, so’nggi). Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larning notejamli va nosamarali sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo’lishini ko’zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy tarqqiyotining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va h.k.lardan iborat bo’lishi mumkin. Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va h.k.larning sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu yerda buxgalteriya xizmatlari katta rol o’ynaydi.
Navbatdagi (kelgusi,  so’nggi)  moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va
buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning
bu shakli iqtisodiy sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini,  taklif etilgan
moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini,  moliyaviy
xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga
mo’ljallangan. 
Nazoratning sub’yeklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari
bo’lishi mumkin:
 Prezident moliyaviy nazorati;
 hokimiyat  qonunchilik  organlari  va  mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish
organlarining moliyaviy nazorati;
 ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;
 moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;
 firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;
 auditorlik moliyaviy nazorati; va boshqalar
Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi
shakllari mavjud: 
 byudjet moliyaviy nazorati; 
 nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
  soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
 valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
 kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat; 
 sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat; 
 investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat; 
  pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; va boshqalar. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan
foydalaniladi:
tekshiruv;
tadqiq etish;
nadzor (nazorat);
Logotip
Navbatdagi (kelgusi, so’nggi) moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’yektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va h.k.larni baholashga mo’ljallangan. Nazoratning sub’yeklari bo’yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo’lishi mumkin:  Prezident moliyaviy nazorati;  hokimiyat qonunchilik organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moliyaviy nazorati;  ijroiya hokimiyat organlari moliyaviy nazorati;  moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati;  firmaviy-ichki moliyaviy nazorat;  auditorlik moliyaviy nazorati; va boshqalar Nazoratning ob’yektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud:  byudjet moliyaviy nazorati;  nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat;  sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat;  investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;  pul massasi ustida amlga oshiriladigan moliyaviy nazorat; va boshqalar. Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan foydalaniladi: tekshiruv; tadqiq etish; nadzor (nazorat);