MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

21

File size

Fayl hajmi

56,4 KB


MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH
1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash
2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash
Har  qanday  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish   tizimining  asosiy
bosqichlaridan  biri  rejalashtirishdir.  Iqtisodiy  adabiyotlarda,  eng  umumiy  shaklda,
rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin
qilinadi.
“Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini  yanada umumiyroq bo‘lgan va
xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  faoliyatini  muvofiqlashtirishning  ob’yektiv  zarurligi  va
imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish
amaliyotda  rejalilikni  amalga  oshirishni,  ya’ni  balanslilik  (muvozanat)  va
proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi.
Shu  ma’noda,  moliyaviy  resurslarning  balansliligini  (muvozanatini)  va
prorporsionalliligini  (mutanosibligini)  ta’minlashga  qaratilgan  faoliyatga  moliyaviy
rejalashtirish deyiladi.
Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va
xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlarning  ixtiyorida  (qo‘lida)  qolgan  daromadlar  o‘rtasidagi
optimal  nisbatni  bildiradi.  Proporsionallik  (mutanosiblik)  esa  korxonalar,  xo‘jalik
tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bo‘yicha  daromadlarning soliq to‘languncha
va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari (miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat.
Ana  shu  nisbatni  ko‘paytirish  yoki  kamaytirish  orqali  davlat  ularning  rivojlanishini
rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin.
Umumiy  va  oddiy  ko‘rinishda,  moliyaviy  rejalashtirish  deyilganda  moliyaviy
rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni
Logotip
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA PROGNOZLASHTIRISH 1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash 2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish 1. Moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’yektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ixtiyorida (qo‘lida) qolgan daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’yektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari (miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin. Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, huddi uni
ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil
qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak.
Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona
faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning
rejali  tizimini  aniqlashni,  moliyaviy  rejalashtirishning  ishchi  sxemasi  sifatida  qarash
mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki,  moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu
sub’yekt  faoliyat  ko‘rsatishi  moliyaviy  ta’minlanishining  hayotiychanligini  oshiruvchi
noshakliy omillar inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
-taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;
-jalb  qilingan  mablag‘lar  va  vaqtincha  bo‘sh  turgan  mablag‘larni  joylashtirish
menejmenti;
-firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat
qilish texnologiyasi;
-investitsion menejment;
-kapitallar menejmenti;
-faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
-ishlab  chiqarish,  investitsion  va  moliyaviy  faoliyatlarni  kerakli  bo‘lgan  moliyaviy
resurslar bilan ta’minlash;
-pul  mablag‘laridan  iqtisod  qilib,  tejab-tergab  foydalanish  hisobidan  korxonaning
foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;
-kapitalni  samarali  joylashtirish  yo‘llarini  aniqlash,  undan  oqilona  va  samarali
foydalanishni baholash;
-kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;
-korxonaning  moliyaviy  ahvoli,  to‘lovga  qobilligi  va  kreditga  layoqatliligi  ustidan
nazorat o‘rnatish.
Bozor  munosabatlariga  o‘tilganiga  qadar  moliyaviy  rejalashtirishning  mazmuni
korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun
yetarli  darajada  formal  bo‘lgan  korxonalarning  besh  yillik  moliyaviy  rejalaridagi
ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash,
korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. 
Logotip
ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. SHuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’yekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish; -jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti; -firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi; -investitsion menejment; -kapitallar menejmenti; -faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar). Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi: -ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash; -pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish; -kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash; -kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish; -korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish. Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi.
Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga
obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy
xizmatlarning  roli  tubdan  o‘zgaradi.  Ular  korxona  rivojlanishini  faol  va  ta’sirchan
boshqaradi va bir  vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
Hozirgi  sharoitdagi  moliyaviy  rejalashtirish  barcha  zaruriy harakatlarni  oldindan
ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida
yuzaga chiqishi mumkin bo‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati
hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt o‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham
beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish
imkoniyatiga ega.
Moliyaviy  rejalashtirish  amaliyotida  quyidagi   asosiy  metodlardan  foydalanish
mumkin:
-iqtisodiy tahlil metodi;
-normativ metod;
-balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
-ko‘p variantlilik metodi;
-iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi;
-va boshqa metodlar.
Moliyaviy  rejalashtirish  jarayonining  quyidagi  asosiy  bosqichlarini  ajratib
ko‘rsatish mumkin:
-xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;
-operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini
ishlab chiqish;
-o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektning
moliyaviy resurslarga bo‘lgan aniq ehtiyojlarini aniqlash;
-moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va ularning
tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
-xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  moliyasini  boshqarishning  tizimini  yaratish  va  uni
ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash);
-shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish.
Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin:
-strategik moliyaviy rejalashtirish;
Logotip
Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt o‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin: -iqtisodiy tahlil metodi; -normativ metod; -balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; -ko‘p variantlilik metodi; -iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi; -va boshqa metodlar. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish; -operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish; -o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan aniq ehtiyojlarini aniqlash; -moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash; -xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash); -shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin: -strategik moliyaviy rejalashtirish;
-joriy moliyaviy rejalashtirish.
Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki,
u  tashqi  va  ichki  muhitda  o‘zgarayotgan   xo‘jalik  yuritish  sub’yekti  moliyaviy
taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir. 
Strategik  moliyaviy  reja,  hech  bo‘lmaganda,  quyidagi  savollarga  aniq  javob
bermog‘i lozim:
-xo‘jalik yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami qanday, u
qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
-bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
-o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rivojlanishi mumkinmi? Agar
yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?
-xo‘jalik yurituvchi sub’yekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi
va  investitsiyalar  daromadligining  qanday  darajalariga  chiqishi  mumkin  va  qay
muddatlarda?
O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan
iborat:
-ishlab  chiqarish,  investitsion,  marketing,  ilmiy-loyihaviy  va  qidiruv  faoliyatlarini
hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning
hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
-mahsulotni  (ishni,  xizmatni)  ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilish  tannarxini
rejalashtirish;
-pul oqimlarini rejalashtirish;
-butun xo‘jalik yurituvchi sub’yekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);
-investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi
bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi
barcha  organlarining  faoliyatlarini  muvofiqlashtirishga  (koordinatsiya  qilishga)
yo‘naltiriladi.
Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks
ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
-pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o‘ziga
xosligi;
Logotip
-joriy moliyaviy rejalashtirish. Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o‘zgarayotgan xo‘jalik yuritish sub’yekti moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir. Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim: -xo‘jalik yurituvchi sub’yekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi? -bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi? -o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi sub’yekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday? -xo‘jalik yurituvchi sub’yekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda? O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: -ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash; -mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish; -pul oqimlarini rejalashtirish; -butun xo‘jalik yurituvchi sub’yekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash); -investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish. Moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi: -pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o‘ziga xosligi;
-moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy  rejalashtirishning  bosh  ob’yekti  rejada  o‘zining  miqdoriy  ifodasini
oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Aniq pul fondlari
mablag‘larining  harakati  yagona  tizimga  birlashtirilgan  tegishli  moliyaviy  rejalarda
ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy  rejalar  tizimining  markazini  byudjet  rejasi  egallaydiki,  unda  byudjet
fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning
shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining
miqdoriy ifodasini topadi.
Maqsadli fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi,
Majburiy  tibbiyot  sug‘urtasi  fondi,  Yo‘l  fondi,  kabilarning  moliyaviy  rejalarida
(smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida o‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar
qismida yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. 
Sug‘urta  badallarining  miqdori  mehnat  haqiga  nisbatan  foizlarda  o‘rnatiladi.
Maqsadli fondlarga qisman byudjet mablag‘lari tushishi, mablag‘lar etishmaganda maqsadli
fondlari bir-birlaridan qarzga mablag‘lar olishi mumkin. SHunday qilib, maqsadli fondlari
bir-biri  va byudjet fondi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Sug‘urta  fondi  butun  jamiyat,  alohida  mintaqalar,  hududlar  va  fuqarolar
masshtabidagi  yo‘qotmalarni  tiklash  uchun  kerak  bo‘ladi.  Barcha  ho‘jalik  yurituvchi
sub’yektlarning  ehtiyojlarini  hisobga  olish  uchun  sug‘urta  fondi  ham  rejali  tarzda
shakllantiriladi va undan foydalaniladi. 
Bu erdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot  va alohida
fuqarolarning  badallari,  boshqa  fondlardan  (byudjet  yo‘nalishidagi)  mablag‘larning
tushishi,  xarajatlar  qismida  esa  tabiiy  ofatlardan  ko‘rilgan  zararlarni  qoplash,
sug‘urtalanganlarga sug‘urta to‘lanmalari summasini to‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug‘urta
fondini shakllantirish va undan foydalanishning rejasi mablag‘larning yanada samaraliroq
foylanilishiga imkon beradi.
Moliyaviy  rejalashtirishning  umumdavlat  va  hududiy  darajalariga  istiqboldagi
(istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi
daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalashtirish iqtisodiy va
ijtimoiy taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni)
Logotip
-moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash. Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’yekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Aniq pul fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va xarajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va xarajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi. Maqsadli fondlarning harakati, mos ravishda, Pensiya fondi, Ijtimoiy sug‘urta fondi, Majburiy tibbiyot sug‘urtasi fondi, Yo‘l fondi, kabilarning moliyaviy rejalarida (smetalarida), ularning daromadlari va xarajatlarida o‘z aks ettiriladi. Ularning daromadlar qismida yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy va ixtiyoriy badallari ifodalanadi. Sug‘urta badallarining miqdori mehnat haqiga nisbatan foizlarda o‘rnatiladi. Maqsadli fondlarga qisman byudjet mablag‘lari tushishi, mablag‘lar etishmaganda maqsadli fondlari bir-birlaridan qarzga mablag‘lar olishi mumkin. SHunday qilib, maqsadli fondlari bir-biri va byudjet fondi bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta fondi butun jamiyat, alohida mintaqalar, hududlar va fuqarolar masshtabidagi yo‘qotmalarni tiklash uchun kerak bo‘ladi. Barcha ho‘jalik yurituvchi sub’yektlarning ehtiyojlarini hisobga olish uchun sug‘urta fondi ham rejali tarzda shakllantiriladi va undan foydalaniladi. Bu erdagi moliyaviy rejaning daromadlar qismida korxona, tashkilot va alohida fuqarolarning badallari, boshqa fondlardan (byudjet yo‘nalishidagi) mablag‘larning tushishi, xarajatlar qismida esa tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zararlarni qoplash, sug‘urtalanganlarga sug‘urta to‘lanmalari summasini to‘lash kabilar aks ettiriladi. Sug‘urta fondini shakllantirish va undan foydalanishning rejasi mablag‘larning yanada samaraliroq foylanilishiga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va xarajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni)
ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy
oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va
ularga nisbatan tegishli choralarni o‘z vaqtida qabul qilish  maqsadlarida amalga oshiriladi.
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar navbatdagi uch
yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja
davri  hisoblanib,  ular  davomida e’lon  qilingan  iqtisodiy  siyosatning  haqiqiy  natijalari
kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar mamlakat, uning
ma’muriy-hududiy tuzilmalari ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining aniqlashtirilgan o‘rta
muddatli  bashoratining  ko‘rsatkichlarini  hisobga  olgan  holda  har  yili  o‘zgartirilishi
(korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda,
pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar
balansi)  va har  bir  ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar  va xarajatlar  balansi
muhim o‘rinni egallaydi. 
Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning
sub’yektlari, mahalliy - hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan
barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlarning  barcha  daromadlari  va  xarajatlarining
yig‘indisidan  iboratdir. U  o‘tgan  yilgi  davlatning   hisobot  yig‘ma  moliyaviy  balansi
(hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini  ishlab
chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bu  moliyaviy  rejalar  (hujjatlar)  Moliya  vazirligi  va  moliya  tizimining  boshqa
bo‘linmalari  faol  ishtirokida Iqtisodiyot  vazirligi  tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda
byudjet fondi, maqsadli fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning
pul  fondlari  va  nihoyat,  fuqarolarning  pul  mablag‘lari  tarkibida  rejalashtirilayotgan
resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi.
Moliyaviy  rejalashtirishning  balans  metodi  mamlakat,  uning  ma’muriy-hududiy
tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari miqyosida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga,
barcha  xo‘jalik  yurituvchi  sub’yektlar  o‘rtasida  mablag‘larni  samarali  va  asosli  qayta
taqsimlashga imkon beradi.
Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha
moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit
Logotip
ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi. Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining aniqlashtirilgan o‘rta muddatli bashoratining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va xarajatlar balansi muhim o‘rinni egallaydi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’yektlari, mahalliy - hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning barcha daromadlari va xarajatlarining yig‘indisidan iboratdir. U o‘tgan yilgi davlatning hisobot yig‘ma moliyaviy balansi (hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya tizimining boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, maqsadli fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari tarkibida rejalashtirilayotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari miqyosida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit
rejalarini, shuningdek boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi.
Boshqa bir sintetik balans-aholi daromadlari va xarajatlarining balansi - davlatning
yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog‘langandir. Unda naqd
pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o‘z ifodasini topadi.
Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra quyidagi
uch guruhga bo‘linadi:
-ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mo‘ljallangan
mablag‘lar,  yollanma  ishchilarga  (xodimlarga)   ish  beruvchi  tomonidan  amalga
oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar;
-tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish,
shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va  moliya-kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar;
-ijtimoiy transfertlar - davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va  shunga o‘xshashlar.
Huddi  shuningdek,  balansda  aks  ettirilayotgan  aholining  pul  xarajatlari  ham
quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi:
- iste’mol xarajatlari;
- soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar;
- pul to‘planmalari va jamg‘armalar.
Moliyaviy  reja  hisoblangan  ushbu  balans  aholining  daromadlari  va  xarajatlari
o‘rtasidagi  proporsiyani  aniqlaydi,  mehnat  haqi  va  pensiya  ta’minotining  o‘sganligi,
tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. SHularga muvofiq ravishda, aholi pul
daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi,  soliq
tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o‘ynaydi. Bu balans Moliya
vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot
vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga
bo‘linishi mumkin:
-uzoq muddatli moliyaviy rejalar;
-qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir - birlaridan nafaqat o‘zining qamrab
olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq
muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik
nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash
Logotip
rejalarini, shuningdek boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. Boshqa bir sintetik balans-aholi daromadlari va xarajatlarining balansi - davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) bevosita bog‘langandir. Unda naqd pulli va naqd pulsiz shakllardagi aholi pul resurslarining harakati o‘z ifodasini topadi. Balansda aks ettirilayotgan aholining pul daromadlari o‘zining manbasiga ko‘ra quyidagi uch guruhga bo‘linadi: -ish haqi va ish haqiga ustamalar, mukofotlar, safar xarajatlari uchun mo‘ljallangan mablag‘lar, yollanma ishchilarga (xodimlarga) ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy xarakterdagi to‘lanmalar; -tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar, korxonalarning foydasiga ishtirok etish, shaxsiy mulk bilan operatsiyalar va moliya-kredit operatsiyalaridan olinadigan daromadlar; -ijtimoiy transfertlar - davlat pensiyalari, nafaqalar, stipendiyalar va shunga o‘xshashlar. Huddi shuningdek, balansda aks ettirilayotgan aholining pul xarajatlari ham quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi: - iste’mol xarajatlari; - soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va ixtiyoriy badallar; - pul to‘planmalari va jamg‘armalar. Moliyaviy reja hisoblangan ushbu balans aholining daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi proporsiyani aniqlaydi, mehnat haqi va pensiya ta’minotining o‘sganligi, tovarlar taklifi hajmining oshganligini ifodalaydi. SHularga muvofiq ravishda, aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi naqd pulli pul aylanmasi, chakana tovar aylanmasi, soliq tushumlari, kredit resurslarini rejalashtirish uchun muhim rol o‘ynaydi. Bu balans Moliya vazirligi, Markaziy bank va moliya tizimining boshqa organlari ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin: -uzoq muddatli moliyaviy rejalar; -qisqa muddatli moliyaviy rejalar. Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir - birlaridan nafaqat o‘zining qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan sur’atlarini aniqlash
bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning
doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir.
Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli
bo‘lgan  biznes-rejaning  tarkibiy  qismi  hisoblanadi.  Unda  marketing, operativ  faoliyat,
mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari (aspektlari)
qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi.
Moliyaviy  reja  korxona  butun  faoliyatini  moliyaviy  jihatdan  ta’minlashning
instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy
natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar
bo‘yicha ishlab chiqiladi:
-  bozorlarni  va  ko‘zda  tutilayotgan  sotuvlar  hajmini   o‘zlashtirishning  loyihaviy
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish;
- tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va boshqalar) hisob -
kitob qilish. Bu erda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini
hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi;
- pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash.
Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, moliq
to‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini
taqoza etadi. SHu erning o‘zida foydaga oid hisob - kitoblar korxonaning joriy  istiqboldagi
salohiyati  bilan,  shuningdek  biznes-rejaning  boshqa  bo‘limlarida  aniqlanadigan
cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak;
- zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha moliyaviy
resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash;
- va boshqalar.
Umuman  olganda,  moliyaviy  rejalarning  ko‘rsatkichlari  davlatning  moliyaviy
ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun)
rejalashtirishning  informatsion  asosi  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Moliyaviy  rejalar  tizimi
moliyaviy resurslar  manbalarining  (jismoniy  va  yuridik shaxslar  daromadlari)  tarkibiy
tuzilishidagi  o‘zgarishlarning  ob’yektiv  ravishda  o‘zaro  bog‘liqligi  va  uzoq  muddatli
tendensiyalarini, shuningdek kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi.
Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. U yoki
Logotip
bo‘lsa, qisqa muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi firmaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan iboratdir. Alohida olingan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy rejasi unga tegishli bo‘lgan biznes-rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Unda marketing, operativ faoliyat, mulkka egalik huquqi va korxona faoliyat ko‘rsatishining boshqa yo‘nalishlari (aspektlari) qiymat ko‘rsatkichlarida ifodalanadi. Moliyaviy reja korxona butun faoliyatini moliyaviy jihatdan ta’minlashning instrumenti sifatida maydonga chiqadi va bir vaqtning o‘zida, shu faoliyatning moliyaviy natijalarini xarakterlaydi. Biznes-rejaning tarkibida moliyaviy reja quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqiladi: - bozorlarni va ko‘zda tutilayotgan sotuvlar hajmini o‘zlashtirishning loyihaviy ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish; - tannarxning turli ko‘rinishlarini (to‘liq, ishlab chiqarish, to‘g‘ri va boshqalar) hisob - kitob qilish. Bu erda marketing tadqiqotlari, reklama, bozorlarni o‘zlashtirish xarajatlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi; - pul mablag‘larining yillik oqimini loyihalashtirish va moliyaviy natijalarni aniqlash. Bu tushumlarning kelib tushishi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining o‘zgarishi, moliq to‘lovlarini optimallashtirish va boshqalar bo‘yicha dinamikalarning bashorat qilinishini taqoza etadi. SHu erning o‘zida foydaga oid hisob - kitoblar korxonaning joriy istiqboldagi salohiyati bilan, shuningdek biznes-rejaning boshqa bo‘limlarida aniqlanadigan cheklanmalar bilan muvofiqlashtirilishi kerak; - zaruriy investitsiyalarning hajmi, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha moliyaviy resurslarning hajmi, ularning samaradorligi va foydaga ta’sirini aniqlash; - va boshqalar. Umuman olganda, moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlari davlatning moliyaviy ahvolini tahlil qilish uchun boshlang‘ich material hisoblanadi, istiqboldagi (istiqbol uchun) rejalashtirishning informatsion asosi bo‘lib xizmat qiladi. Moliyaviy rejalar tizimi moliyaviy resurslar manbalarining (jismoniy va yuridik shaxslar daromadlari) tarkibiy tuzilishidagi o‘zgarishlarning ob’yektiv ravishda o‘zaro bog‘liqligi va uzoq muddatli tendensiyalarini, shuningdek kelajakda bu tendensiyalar rivojlanishiniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni aniqlashga imkon beradi. Moliyaviy rejalashtirishni moliyaviy bashoratlashsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. U yoki
bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan
ko‘ra bilish va moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash
deyiladi. 
Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi:
-o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash;
-uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash.
Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo‘ladi.
Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning
konsepsiyasi  ishlab  chiqiladi.  Moliyaviy  bashoratlashning  bosh  maqsadi
bashoratlanayotgan  davrda  haqiqatda  mavjud  bo‘lishi  mumkin  bo‘lgan  moliyaviy
resurslarning  real  hajmi,  ularni  shakllantirish  manbalari  va  ulardan  foydalanishni
aniqlashdan iborat. 
Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va
takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli-
tuman  variantlarini  belgilashga  imkon  beradi.  SHu  ma’noda,  moliyaviy  bashoratlar
moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida  muhim
bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’yektlari oldida
turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echishning (hal qilishning) turli ssenariyalari ishlab
chiqiladi.
Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng
asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
-iqtisodiy  jarayonlarni  aniqlaydigan  omillarga  bog‘liq  ravishda  moliyaviy  reja
ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni qurish (yaratish);
-korrelyasion-regression tahlil;
bevosita ekspertli baholash metodi.
Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli-
maqsadli  yondashuvdan  foydalanadigan  moliyaviy  rejalashtirishning  metodi  sifatida
moliyaviy dasturlashtirish quyidagi-larning bo‘lishini ko‘zda tutadi:
-yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvor-larini belgilash (o‘rnatish);
-davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish;
-muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to‘xtatish.
Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog‘liq.
Logotip
bu davr mobaynida davlatning mumkin bo‘lgan moliyaviy ahvolini (holatini) oldindan ko‘ra bilish va moliyaviy rejalarning ko‘rsatkichlarini asoslashga moliyaviy bashoratlash deyiladi. Nazariya va amaliyotda moliyaviy bashoratlash ikkiga ajratiladi: -o‘rta muddatli (5-10 yillik) moliyaviy bashoratlash; -uzoq muddatli (10 yildan ortiq) moliyaviy bashoratlash. Moliyaviy bashoratlash moliyaviy rejalarni tuzish bosqichidan oldin sodir bo‘ladi. Unda jamiyatning ma’lum bir davrdagi taraqqiyotiga bag‘ishlangan moliyaviy siyosatning konsepsiyasi ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlashning bosh maqsadi bashoratlanayotgan davrda haqiqatda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan moliyaviy resurslarning real hajmi, ularni shakllantirish manbalari va ulardan foydalanishni aniqlashdan iborat. Moliyaviy bashoratlar moliya tizimi organlariga moliya tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning, moliyaviy siyosatni amalga oshirish shakllari va metodlarining turli- tuman variantlarini belgilashga imkon beradi. SHu ma’noda, moliyaviy bashoratlar moliyaviy siyosatni ishlab chiqishning zaruriy elementi va bir vaqtning o‘zida muhim bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Ular yordamida moliya tizimining barcha sub’yektlari oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni echishning (hal qilishning) turli ssenariyalari ishlab chiqiladi. Moliyaviy bashoratlash turli metodlarning qo‘llanilishini taqoza etadi. Ularning eng asosiylari quyidagilar bo‘lishi mumkin: -iqtisodiy jarayonlarni aniqlaydigan omillarga bog‘liq ravishda moliyaviy reja ko‘rsatkichlarining dinamikasini xarakterlaydigan ekonometrik modelni qurish (yaratish); -korrelyasion-regression tahlil; bevosita ekspertli baholash metodi. Asosida aniq shakllantirilgan maqsad va unga erishishning vositalari yotgan dasturli- maqsadli yondashuvdan foydalanadigan moliyaviy rejalashtirishning metodi sifatida moliyaviy dasturlashtirish quyidagi-larning bo‘lishini ko‘zda tutadi: -yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xarajatlarining ustuvor-larini belgilash (o‘rnatish); -davlat mablag‘lari sarflanishining samaradorligini oshirish; -muqobil variantning tanlanishiga muvofiq ravishda moliyalashtirishni to‘xtatish. Dastur variantining tanlanishi, eng avvalo, iqtisodiy omillarga (resurslarga) bog‘liq.
Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki
mavjud zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial
yo‘qotmalar ham hisobga olinadi.
Moliyaviy  siyosat  sohasidagi  uzoq  va  qisqa  muddali  maqsadlar  va  choralarni
muvofiqlashtirishning muhim usuli sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning
hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan asrning 60-yillaridanoq
foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati  besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar
rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining kutilayotgan
ijrosi asosida reja  o‘zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda ko‘rsatkichlar besh yillik
shkala bo‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga)  “ko‘chiriladi”. Oldinda
turgan  birinchi  yilning  reja  ko‘rsatkichlari  direktiv  (majburiy),  keyingi  to‘rt   yillik
ko‘rsatkichlar esa mo‘ljalli (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi. 
Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga,
resurslar va ijrochilar bo‘yicha balanslilikka yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik
va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo‘lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng
foydalanilmoqda.
2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish
Zamonaviy iqtisodiy dunyo-bu aralash iqtisodiyot dunyosi. Ana shu qoida o‘ziga xos
aksioma hisoblanib, u “mumtoz” liberalizmning eng ashaddiy tarafdorlari tomonidan ham
inkor  etilmasligi  kerak.  Dunyoning  hech  bir  rivojlangan mamlakatida  jamiyat  ustidan
bozorning “absolyut monarxiya”si mavjud emas va shubhasiz, hech qachon bo‘lmaydi ham.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’yektiv bo‘lib,
ularni bekor qilish mumkin emas.
Huddi  shuningdek,  bozor  institutlari  “nomenklatura”sining  kengayishi,  ular
o‘rtasidagi aloqalar-ning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyusiya yoki taraqqiyot
qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur:
- hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish
asoslarini  ta’minlash  (butun jamiyatning xavfsizligini ta’minlash, mulkka egalik qilish
Logotip
Bunda faqat maqsadga erishishning masshtabi, ahamiyati va murakkabligi emas, balki mavjud zahiralarning hajmi, kutilayotgan jami samara, maqsadga erishilmaganda potensial yo‘qotmalar ham hisobga olinadi. Moliyaviy siyosat sohasidagi uzoq va qisqa muddali maqsadlar va choralarni muvofiqlashtirishning muhim usuli sifatida dasturlashtirishdan moliyaviy rejalashtirishning hozirgi amaliyotida faol foydalanish maqsadga muvofiqdir. Moliyaviy dasturlashtirish rivojlangan mamlakatlarda o‘tgan asrning 60-yillaridanoq foydalanib kelinayapti. Uning asosiy mohiyati besh yillik “o‘zgarib turadigan” xarajatlar rejasini tuzish bilan belgilanadi. Har yili joriy yil rejasi ko‘rsatkichlarining kutilayotgan ijrosi asosida reja o‘zgartiriladi (korrektirovka qilinadi). Bunda ko‘rsatkichlar besh yillik shkala bo‘yicha bir yil oldinga (hisobot yilidan keyingi yilga) “ko‘chiriladi”. Oldinda turgan birinchi yilning reja ko‘rsatkichlari direktiv (majburiy), keyingi to‘rt yillik ko‘rsatkichlar esa mo‘ljalli (orientirovkali) xarakterga ega hisoblanadi. Hozirgi paytda dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ishlab chiqarish maqsadlariga, resurslar va ijrochilar bo‘yicha balanslilikka yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-xo‘jalik va boshqa tadbirlar tizimidan iborat bo‘lgan maqsadli kompleksli dasturlarlardan keng foydalanilmoqda. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni moliyaviy tartibga solish Zamonaviy iqtisodiy dunyo-bu aralash iqtisodiyot dunyosi. Ana shu qoida o‘ziga xos aksioma hisoblanib, u “mumtoz” liberalizmning eng ashaddiy tarafdorlari tomonidan ham inkor etilmasligi kerak. Dunyoning hech bir rivojlangan mamlakatida jamiyat ustidan bozorning “absolyut monarxiya”si mavjud emas va shubhasiz, hech qachon bo‘lmaydi ham. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, barcha bozor qonunlarining harakati ob’yektiv bo‘lib, ularni bekor qilish mumkin emas. Huddi shuningdek, bozor institutlari “nomenklatura”sining kengayishi, ular o‘rtasidagi aloqalar-ning murakkablashuvi, yangi tizimlarning (evolyusiya yoki taraqqiyot qonunlariga muvofiq ravishda) shakllanishini ham rad etib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga davlatning ta’siri quyidagi maqsadlar uchun zarur: - hayotiy faoliyatning umumiy sharoitlarini va iqtisodiy qarorlarning amalga oshirilish asoslarini ta’minlash (butun jamiyatning xavfsizligini ta’minlash, mulkka egalik qilish
huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy
rejimni  (tartibni)  o‘rnatish  va  qo‘llab  -  quvvatlab  turish,  samarali  raqobatni  qo‘llab-
quvvatlash va rivojlantirish davlatga kerak);
-  barqarorlashtiruvchi  tadbirlarni  amalga  oshirish  (davlat  iqtisodiy  o‘sishning
sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi,  iqtisodiyotning tarmoq va
mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy
muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim);
- resurslarning ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat
jamiyatga  kerak  bo‘ladigan,  lekin  u  bilan  xususiy  sektor  shug‘ullanmaydigan  ishlab
chiqarishni  tashkil  qilishi,  ish  haqi,  pensiyalar,  nafaqalarning  minimal  darajasini
kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksatsiya
qilingan) daromadlarning indeksatsiya-sini amalga oshirishi zarur).
Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka - mamlakat milliy boyligining katta
qismiga - ega. Bu mulk, asosan,  moddiy-buyumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar,
inshootlar,  ishlab  chiqarish  va  xizmat  ko‘rsatish  korxonalari,  muzeylar,  qo‘riqxonalar,
davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va xokazo) mavjud bo‘lib, o‘zining
mo‘ljallanganligiga ko‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning
ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “to‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. 
Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “yeyilmaydi” va
aksincha, u ko‘paytiriladi. SHuning uchun ham  davlatning (agar, albatta,  davlat hududlar,
aholi, an’analar va xokazolar kompleksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida
qaralsa)  real  (haqiqiy)  boyligi   uning  markazlashtirilgan  pul  fondidan,  ya’ni  davlat
moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. 
Barcha zamonaviy iqtisodiy makon  uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va
ularning bir-birlari  bilan  qo‘shilib ketishi,  o‘z o‘lchami  bo‘yicha  turlicha  bo‘lgan pul
fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug‘urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy,
homiylik va boshqalar) shakllantirish  va ulardan foydalanish xosdir. 
Ularning barchasi yagona real manba-mamlakat ichida va xorijda  shu yilning o‘zida
yaratilgan qo‘shilgan qiymat-hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning
tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni  davlat uning qancha qismini o‘ziga oladi
va undan qanday foydalanadi,  milliy xo‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari,
ijtimoiy  sohani  ta’minlash,  zaruriy  rezervlarni  yaratish,  milliy  xavsizlikni  ta’minlash
Logotip
huquqi himoyalashga va shaxsning erkin rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy rejimni (tartibni) o‘rnatish va qo‘llab - quvvatlab turish, samarali raqobatni qo‘llab- quvvatlash va rivojlantirish davlatga kerak); - barqarorlashtiruvchi tadbirlarni amalga oshirish (davlat iqtisodiy o‘sishning sur’atlarini, inflyasiya va bandlik darajasini tartibga solib turishi, iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy tuzilmasidagi progressiv (ijobiy) o‘zgarishlarni rag‘batlantirishi, tashqi iqtisodiy muvozanatni va milliy valyutaning kursini qo‘llab-quvvatlashi lozim); - resurslarning ijtimoiy yo‘naltirilgan qayta taqsimlanishini amalga oshirish (davlat jamiyatga kerak bo‘ladigan, lekin u bilan xususiy sektor shug‘ullanmaydigan ishlab chiqarishni tashkil qilishi, ish haqi, pensiyalar, nafaqalarning minimal darajasini kafolatlashi, ijtimoiy himoyaga muhtojlarga yordam berishi, qat’iylashtirilgan (fiksatsiya qilingan) daromadlarning indeksatsiya-sini amalga oshirishi zarur). Rivojlangan har qanday davlat yirik mulkka - mamlakat milliy boyligining katta qismiga - ega. Bu mulk, asosan, moddiy-buyumlashgan shaklda (tabiiy boyliklar, binolar, inshootlar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari, muzeylar, qo‘riqxonalar, davolash manbalari, kutubxonalar, oltin zahiralari va xokazo) mavjud bo‘lib, o‘zining mo‘ljallanganligiga ko‘ra ular davlat boshqaruvi va iqtisodiy tartibga solishda davlatning ishtirokiga oid joriy ehtiyojlarni “to‘lash”ga ishlatilmasligi kerak. Ma’lumki, hozirgi va kelajak avlod uchun milliy boylik, odatda, “yeyilmaydi” va aksincha, u ko‘paytiriladi. SHuning uchun ham davlatning (agar, albatta, davlat hududlar, aholi, an’analar va xokazolar kompleksi sifatida emas, balki boshqaruv organi sifatida qaralsa) real (haqiqiy) boyligi uning markazlashtirilgan pul fondidan, ya’ni davlat moliyasining moddiy asosidan iborat ekanligi ma’lum bo‘ladi. Barcha zamonaviy iqtisodiy makon uchun turli-tuman pul oqimlarining harakati va ularning bir-birlari bilan qo‘shilib ketishi, o‘z o‘lchami bo‘yicha turlicha bo‘lgan pul fondlarini (shaxsiy, jamoa, kredit, rezerv, valyuta, sug‘urta, byudjet, markaziy, mintaqaviy, homiylik va boshqalar) shakllantirish va ulardan foydalanish xosdir. Ularning barchasi yagona real manba-mamlakat ichida va xorijda shu yilning o‘zida yaratilgan qo‘shilgan qiymat-hisobidan “oziqlanadi”. Bu fondlarni qayta taqsimlashning tarkibi va strukturasi (tarkibiy tuzilmasi) , ya’ni davlat uning qancha qismini o‘ziga oladi va undan qanday foydalanadi, milliy xo‘jalik takror ishlab chiqarishining proporsiyalari, ijtimoiy sohani ta’minlash, zaruriy rezervlarni yaratish, milliy xavsizlikni ta’minlash
imkoniyatlari va xokazolarni belgilab beradi.
Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan
pul fondlarining jami hajmi YAIMning o‘rtacha 30 foiz dan 50 foizgachasini tashkil etadi.
Shunday  qilib,  qolgan  barcha  pul  oqimlari  harakatini  tartibga  solishning  potensial
imkoniyati va  boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish
zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasining o‘ziga borib taqaladi. 
Biroq,  rivojlanayotgan  dunyo,  shuningdek  o‘tish  iqtisodiyotiga  ega  bo‘lgan
mamlakatlar moliyasi uchun bu  sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu
mamlakatlarda  tegishli  raqamlar  yalpi  ichki  mahsulotga  nisbatan  11-17  foiz  atrofida
tebranadi va aynan shu raqamlarning o‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning
etarli darajada faol emasligidan dalolat beradi.
Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida gapirilganda, qayd
etish kerakki,  bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga o‘sib boruvchi
to‘g‘ri  chiziq  sifatida  qaralmaydi.  Chunki  rivojlangan  xorij  mamlakatlarida  xususiy
sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga  “oqib o‘tishi”ning o‘ziga xos bo‘lgan
iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G‘arbning
nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yo‘nalishlari
tomon  faol va muvaffaqiyatli tarzda yo‘naltirmoqda.
Aksincha,  dunyoning  rivojlanayotgan  mamlakatlari  va  bozor  iqtisodiyotiga
o‘tayotgan  mamlakatlar  uchun  esa  kelajak  boshqacharoqdir.  Bu  mamlakatlarda  bozor
tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan  parallel ravishda
davlatning moliyaviy tartibga solishi  ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli
iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor.
Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning
rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini-davlat xarajatlari va
davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim.
Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. CHunki aynan davlat
xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq
ko‘rsatadi. SHunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va
hajmi moliya tizimi faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va  bu tizim  ijtimoiy takror
ishlab  chiqarish  jarayonida  o‘zining  funksiyalarini  bajarayaptimi  yoki  yo‘qmi,  degan
savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Logotip
imkoniyatlari va xokazolarni belgilab beradi. Hozirgi paytda dunyoning sanoati taraqqiy etgan mamlakatlarida markazlashtirilgan pul fondlarining jami hajmi YAIMning o‘rtacha 30 foiz dan 50 foizgachasini tashkil etadi. Shunday qilib, qolgan barcha pul oqimlari harakatini tartibga solishning potensial imkoniyati va boshqa har qanday pul fondlarini shakllantirish sharoitlariga ta’sir ko‘rsatish zamonaviy davlat moliyasi miqdoriy xarakteristikasining o‘ziga borib taqaladi. Biroq, rivojlanayotgan dunyo, shuningdek o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar moliyasi uchun bu sifatlar, ularning bunday masshtabi xos emas, albatta. Bu mamlakatlarda tegishli raqamlar yalpi ichki mahsulotga nisbatan 11-17 foiz atrofida tebranadi va aynan shu raqamlarning o‘zi davlat tomonidan bu jarayonga aralashuvning etarli darajada faol emasligidan dalolat beradi. Bu jarayonlarning yanada rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risida gapirilganda, qayd etish kerakki, bu yerda davlatning tartibga solish roli uzluksiz yuqoriga o‘sib boruvchi to‘g‘ri chiziq sifatida qaralmaydi. Chunki rivojlangan xorij mamlakatlarida xususiy sub’yektlar daromadlarini davlat daromadlariga “oqib o‘tishi”ning o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy chegarasiga (kritik nuqtasiga) erishilgan. Shunga muvofiq ravishda, G‘arbning nazariy bilimlari tegishli hukumatlarni davlat ta’sirini qisqartirishning barcha yo‘nalishlari tomon faol va muvaffaqiyatli tarzda yo‘naltirmoqda. Aksincha, dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari va bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlar uchun esa kelajak boshqacharoqdir. Bu mamlakatlarda bozor tuzilmalari va institutlarining rivojlanishi va mustahkamlanishi bilan parallel ravishda davlatning moliyaviy tartibga solishi ham ortib (kuchayib) borishi kerak va ularda tegishli iqtisodiy “chegara”ga (kritik nuqtaga) yetgunga qadar hali ancha bor. Turli ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda moliyaning rolini (moliyaviy tartibga solishning rolini) to‘liq idrok etish uchun tizimning shakllantiruvchi asoslarini-davlat xarajatlari va davlat daromadlarini - hamda ular har birining rolini atroflicha tahlil qilib chiqmoq lozim. Dastlab, davlat xarajatlarining tavsifiga murojaat qilish kerak. CHunki aynan davlat xarajatlari davlat moliyasining ijtimoiy mo‘ljallanganligi nimadan iborat ekanligini aniq ko‘rsatadi. SHunga mos ravishda, aynan davlat xarajatlarining tarkibi, tarkibiy tuzilmasi va hajmi moliya tizimi faoliyatining natijalarini o‘zida aks ettiradi va bu tizim ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida o‘zining funksiyalarini bajarayaptimi yoki yo‘qmi, degan savolning javobini oldinroq aniqlashga imkon beradi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun
ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Agar davlat xarajatlariga
tovarlar yoki  mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda
davlat  pul  mablag‘lari  oqimlarining  boshqa  ne’matlarga  o‘ziga  xos  tarzda
transformatsiyalashuvi  sodir  bo‘ladi  va  shu  munosabat  bilan  bunday  xarajatlarni
transformatsion  xarajatlarga  kiritish  mumkin.  Ularning  orasidan  quyidagilarni  ajratib
ko‘rsatish mumkin:
-davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun
davlat  tomonidan  sotib  olingan  tovarlar  uchun  to‘lovlar,  ishlab  chiqarishni
dotatsiyalashtirish;  davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va  shu erda
ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar);
-davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma
fondlarining o‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet
kreditlari).
SHunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion
xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita
o‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning o‘zida
jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Agar  davlatning xarajatlari  turli  xildagi  pensiyalarni  (yosh  bo‘yicha, nogironlik,
boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik
mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, u holda davlat
tomonidan mablag‘larni berishning o‘ziga xos-transfert-tarzda berilishi sodir bo‘lib, bunda
mablag‘lar soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchrashuvchan
xizmatlarning  taqdim etilishi, bu erda, sodir bo‘lmaydi. 
Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va
xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. Bunday xarajatlar transfert xarajatlar deyiladi. Bu
xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi
(korrektirovka qiladi). Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) va
kapital  xarajatlarga  (davlat  investitsiyalari)  bo‘linadiki,  bunday  bo‘linish  takror  ishlab
chiqarish parametrlari dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. 
SHuningdek, davlatning xarajatlari  insonlarga  (shaxsiy  daromadlar)  va  kapitalga
(joriy quyilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo‘yicha  ham klassifikatsiya
Logotip
Takror ishlab chiqarish jarayonida davlat moliyasining rolini aniqlab olish uchun ularni bir necha belgilar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Agar davlat xarajatlariga tovarlar yoki mehnatda ifodalangan xizmatlar qarama-qarshi turadigan bo‘lsa, u holda davlat pul mablag‘lari oqimlarining boshqa ne’matlarga o‘ziga xos tarzda transformatsiyalashuvi sodir bo‘ladi va shu munosabat bilan bunday xarajatlarni transformatsion xarajatlarga kiritish mumkin. Ularning orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: -davlat iste’moli (davlat sektori ishchilarining ish haqi, joriy ehtiyojlarni qoplash uchun davlat tomonidan sotib olingan tovarlar uchun to‘lovlar, ishlab chiqarishni dotatsiyalashtirish; davlat qarziga xizmat ko‘rsatish, byudjetlararo subsidiyalar va shu erda ko‘rsatilgan maqsadlar uchun foydalaniladigan ssudalar); -davlat investitsiyalari (davlat korxonalari va tashkilotlarining asosiy kapitali va aylanma fondlarining o‘sgan qismiga quyilmalar, davlat zaxiralarini yaratish, uzoq muddatli byudjet kreditlari). SHunday qilib, iqtisodiyot resurslarining cheklanganligi sharoitida transformatsion xarajatlar nodavlat sektorida tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning hajmini bevosita o‘zgartiradiki, bulardan boshqa bir vaziyatlarda jamiyat foydalanadi va bir vaqtning o‘zida jami taklifning tarkibiy tuzilmasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Agar davlatning xarajatlari turli xildagi pensiyalarni (yosh bo‘yicha, nogironlik, boquvchisini yo‘qotganda, alohida xizmatlari uchun) va nafaqalarni (bolalarga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlik bo‘yicha) to‘lashga yo‘naltirilsa, u holda davlat tomonidan mablag‘larni berishning o‘ziga xos-transfert-tarzda berilishi sodir bo‘lib, bunda mablag‘lar soliq to‘lovchilardan shu to‘lanmalarni oluvchilarga beriladi va uchrashuvchan xizmatlarning taqdim etilishi, bu erda, sodir bo‘lmaydi. Bunday holda yangi qiymat yaratilmaydi va huquqni ushlab turuvchining tovarlar va xizmatlar iste’moli berilishi kuzatiladi. Bunday xarajatlar transfert xarajatlar deyiladi. Bu xarajatlar jamiyatning jami daromadini uning a’zolari o‘rtasida taqsimlanishini o‘zgartiradi (korrektirovka qiladi). Davlatning xarajatlari yana joriy (davlat iste’moli va transfertlar) va kapital xarajatlarga (davlat investitsiyalari) bo‘linadiki, bunday bo‘linish takror ishlab chiqarish parametrlari dinamikasiga moliyaning ta’sirini baholashda juda muhimdir. SHuningdek, davlatning xarajatlari insonlarga (shaxsiy daromadlar) va kapitalga (joriy quyilmalar va investitsiyalar) xizmat qilishi mezoni bo‘yicha ham klassifikatsiya
qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda
ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi.
Davlat  xarajatlarini  guruhlarga  ajratishda  funksional  prinsipdan  foydalanish
mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro
munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy,
tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. SHu
narsaning o‘zi  tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va
davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. 
Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan
minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. 
Ijtimoiy  munosabatlarning  barqarorligini  qo‘llab-quvvatlab,  ular  jami  talabning
hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda namoyon
bo‘ladi:
- ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan
barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi;
- ijtimoiy - madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni
davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi
muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi;
-  maorif,  sog‘liqni  saqlash,  madaniyat  va  ijtimoiy  ta’minot  ob’yektlarining
kengaytirilishi,uy-joy  qurilishiga  davlat  dotatsiyalari  bilan  birgalikda,  faqat  qurilish
materiallariga bo‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki  qurilish industriyasi bilan bog‘liq
bo‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq
muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi.
Bundan tashqari,  davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar  xarajatlari  bu o‘ziga  xos
tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan
uning  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  qisqartirish  va  tadbirkorlik  sohasini  qo‘llab-
quvvatlashning  strategik  chorasi  ekanligi  ham  yaqqol  ko‘rinadi.  Davlatning  boshqa
funksiyalarini  amalga  oshirilishi  jarayonida ham, xususan,  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligi
korxonalarini subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma ob’yektlarini yaratish va
ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda,  davlat
qarzlarini qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’yunkturasini
Logotip
qilinishi mumkin. Bu narsa ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va uni iste’mol qilishda ularning ulushlarini alohida hisobga olishga imkon beradi. Davlat xarajatlarini guruhlarga ajratishda funksional prinsipdan foydalanish mamlakat taraqqiyotining ichki muammolarini hal qilish va dunyo hamjamiyati bilan o‘zaro munosabatlar orqali ifodalanadigan davlatning barcha funksiyalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, tadqiqotchilik, boshqaruvchilik, tashqi siyosiy va boshqalar) namoyish qilishi mumkin. SHu narsaning o‘zi tizimlashtirilgan ko‘rinishda yo‘nalishlarning ustuvorligini aks ettirishga va davlat tomonidan tartibga solish jarayonining ta’sirchanligini baholashga imkon beradi. Masalan, davlatning ijtimoiy funksiyalarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aholi kam ta’minlangan qatlamlarining kvalifikatsiya, tibbiy xizmat, uy-joy, kafolatlangan minimal pensiya va nafaqalar olishga tegishli sharoitlarni yaratadi. Ijtimoiy munosabatlarning barqarorligini qo‘llab-quvvatlab, ular jami talabning hajmi va tarkibiy tuzilmasiga keskin ta’sir ko‘rsatadi va bu narsa quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ijtimoiy subsidiya oluvchilar aholining moddiy ne’matlar iste’moli qismiga nisbatan barqaror to‘lovga qobiliyatli talabning barqarorligini ta’minlaydi; - ijtimoiy - madaniy soha tashkilotlarini joriy saqlash uchun tovarlar va xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishi bozorning juda ko‘p segmentlarida talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi; - maorif, sog‘liqni saqlash, madaniyat va ijtimoiy ta’minot ob’yektlarining kengaytirilishi,uy-joy qurilishiga davlat dotatsiyalari bilan birgalikda, faqat qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirib qolmasdan, balki qurilish industriyasi bilan bog‘liq bo‘lgan sanoatning boshqa alohida tarmoqlari uchun ham chuqur bozorni yaratadi, uzoq muddatli foydalanish xos bo‘lgan predmetlar uchun talabni oshiradi. Bundan tashqari, davlatning ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari bu o‘ziga xos tarzda malakali ishchi kuchini tayyorlashga qilingan investitsiyalardan iboratdir. Bundan uning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tadbirkorlik sohasini qo‘llab- quvvatlashning strategik chorasi ekanligi ham yaqqol ko‘rinadi. Davlatning boshqa funksiyalarini amalga oshirilishi jarayonida ham, xususan, sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarini subsidiyalashtirish va kreditlashtirishda, infratuzilma ob’yektlarini yaratish va ularni takomillashtirishda, harbiy qurilish uchun quro-aslahalarni sotib olishda, davlat qarzlarini qaytarish va ular bo‘yicha foizlarni qaytarishda ham bozor kon’yunkturasini