MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

26,0 KB


MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH
Reja:
1. Moliyaviy  rejalashtirish.  Har  qanday  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni
boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirish ekanligi.
2. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy usullar.
3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari.
4. Moliyaviy rejalashtirish turlari. Moliyaviy rejalashtirishning funksiyalari va
o‘ziga xos xususiyatlari.
5. Moliyaviy tartibga solish. Moliyaviy tartibga solishning huquqiy asoslari. 
1-savol  bayoni.  Har  qanday  sotsial-iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish
tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir1. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng
umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni  qabul qilish
bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi. 
“Rejalashtirish”  tushunchasining  ma’no-mazmunini   yanada  umumiyroq
bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv
zarurligi  va  imkoniyatini  anglatuvchi  “rejalilik”  orqali  aniqlash  mumkin.
Haqiqatdan ham   rejalashtirish  amaliyotda rejalilikni  amalga oshirishni, ya’ni
1 Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi munosabati bilan ayrim iqtisodchilar tomonidan
iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) roli butunlay inkor etilmoqda. Bu
narsani bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalashtirilmasdan, balki
aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi  va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilinmoqda. Shu boisdan ham ayrim
darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarida  rejalashtirish  (shu  jumladan,  moliyaviy  rejalashtirish)  masalalariga  o‘rin
berilmayapti. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va taklifga
asoslanishi  tegishli iqtisodiy jarayonlarning rejalashtirishdan  mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha,
bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no-mazmun kasb
etib, sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining eng muhim bosqichi bo‘lib qolaveradi.
Logotip
MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH Reja: 1. Moliyaviy rejalashtirish. Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirish ekanligi. 2. Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida qo‘llaniladigan asosiy usullar. 3. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining asosiy bosqichlari. 4. Moliyaviy rejalashtirish turlari. Moliyaviy rejalashtirishning funksiyalari va o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Moliyaviy tartibga solish. Moliyaviy tartibga solishning huquqiy asoslari. 1-savol bayoni. Har qanday sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish tizimining asosiy bosqichlaridan biri rejalashtirishdir1. Iqtisodiy adabiyotlarda, eng umumiy shaklda, rejalashtirish istiqbolga yo‘naltirilgan qarorlarni qabul qilish bo‘yicha faoliyat deb talqin qilinadi. “Rejalashtirish” tushunchasining ma’no-mazmunini yanada umumiyroq bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini muvofiqlashtirishning ob’ektiv zarurligi va imkoniyatini anglatuvchi “rejalilik” orqali aniqlash mumkin. Haqiqatdan ham rejalashtirish amaliyotda rejalilikni amalga oshirishni, ya’ni 1 Mamlakatimizda rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tilishi munosabati bilan ayrim iqtisodchilar tomonidan iqtisodiyotda rejalashtirishning (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirishning) roli butunlay inkor etilmoqda. Bu narsani bozor iqtisodiyotining rejali iqtisodiyotdan tub farq qilishi, undagi munosabatlar rejalashtirilmasdan, balki aksincha, stixiyali ravishda vujudga kelishi va h.k.lar bilan izohlashga harakat qilinmoqda. Shu boisdan ham ayrim darslik va o‘quv qo‘llanmalarida rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish) masalalariga o‘rin berilmayapti. Ushbu o‘quv qo‘llanmasi mualliflarining fikricha, bozor iqtisodiyotining, eng avvalo, talab va taklifga asoslanishi tegishli iqtisodiy jarayonlarning rejalashtirishdan mutlaqo voz kechilishini anglatmaydi. Aksincha, bozor iqtisodiyotida ham rejalashtirish (shu jumladan, moliyaviy rejalashtirish ham) yangicha ma’no-mazmun kasb etib, sotsial-iqtisodiy jarayonlarni boshqaruv tizimining eng muhim bosqichi bo‘lib qolaveradi.
balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha
ongli  faoliyatni  bildiradi.  Shu  ma’noda,  moliyaviy  resurslarning  balansliligini
(muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan
faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. 
Bunda  balanslilik  (muvozanat)  davlatning  ixtiyorida  bo‘lgan  moliyaviy
resurslar  va  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  ixtiyorida  (qo‘lida)  qolgan
daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik)
esa  korxonalar,  xo‘jalik  tarmoqlari,  mintaqalar  va  davlat  sub’ektlari  bo‘yicha
daromadlarning  soliq  to‘languncha  va  soliq  to‘langandan  keyingi  o‘lchamlari
(miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish
yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab
qo‘yishi mumkin.
2-savol bayoni. Umumiy  va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish
deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi.
Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi
moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash
tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish
ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va
shu  asosda  moliyaviy  ko‘rsatkichlarning  rejali  tizimini  aniqlashni,  moliyaviy
rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish
kerakki,  moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu  sub’ekt faoliyat ko‘rsatishi
moliyaviy  ta’minlanishining  hayotiychanligini  oshiruvchi  noshakliy  omillar
inobatga olinishi kerak.
“Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;

jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish
menejmenti;

firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va
nazorat qilish texnologiyasi;
Logotip
balanslilik (muvozanat) va proporsionallilikka (mutanosiblikka) erishish bo‘yicha ongli faoliyatni bildiradi. Shu ma’noda, moliyaviy resurslarning balansliligini (muvozanatini) va prorporsionalliligini (mutanosibligini) ta’minlashga qaratilgan faoliyatga moliyaviy rejalashtirish deyiladi. Bunda balanslilik (muvozanat) davlatning ixtiyorida bo‘lgan moliyaviy resurslar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida (qo‘lida) qolgan daromadlar o‘rtasidagi optimal nisbatni bildiradi. Proporsionallik (mutanosiblik) esa korxonalar, xo‘jalik tarmoqlari, mintaqalar va davlat sub’ektlari bo‘yicha daromadlarning soliq to‘languncha va soliq to‘langandan keyingi o‘lchamlari (miqdorlari) o‘rtasidagi oqilona nisbatdan iborat. Ana shu nisbatni ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali davlat ularning rivojlanishini rag‘batlantirish yoki cheklab qo‘yishi mumkin. 2-savol bayoni. Umumiy va oddiy ko‘rinishda, moliyaviy rejalashtirish deyilganda moliyaviy rejalarni tuzish va amalga oshirish jarayoni nazarda tutiladi. Moliyaviy rejani, xuddi uni ishlab chiqish, yaratish yoki tuzish jarayoni kabi moliyaviy ko‘rsatkichlarni ijodiy tahlil qilish, umumlashtirish va o‘zaro bog‘lash tizimi sifatida qarash kerak. Amaliyotda tez-tez foydalaniladigan rejalashtirish ma’lumotlarini, masalan, korxona faoliyatining shakliy modelini ishlab chiqish va shu asosda moliyaviy ko‘rsatkichlarning rejali tizimini aniqlashni, moliyaviy rejalashtirishning ishchi sxemasi sifatida qarash mumkin. Shuni nazarda tutish kerakki, moliyaviy rejalashtirish jarayonida u yoki bu sub’ekt faoliyat ko‘rsatishi moliyaviy ta’minlanishining hayotiychanligini oshiruvchi noshakliy omillar inobatga olinishi kerak. “Moliyaviy rejalashtirish” tushunchasi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:  taraqqiyotning asosiy tendensiyalarini aniqlash va moliyaviy tahlil qilish;  jalb qilingan mablag‘lar va vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni joylashtirish menejmenti;  firma ichidagi moliyaviy natijalar va pullarni rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish texnologiyasi;

investitsion menejment;

kapitallar menejmenti;

faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar).
Demak,  moliyaviy  rejalashtirish  mamlakat  milliy  xo‘jaligini
rejalashtirishning  tarkibiy qismi  bo‘lib, sotsial-iqtisodiy  rivojlanish  rejasining
ko‘rsatkichlariga  tayanadi,  moliya  tizimi  barcha  organlarining  faoliyatlarini
muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida
bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy
rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:
 pul  fondlarini  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  shakllari  va
metodlarining o‘ziga xosligi;
 moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash.
Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’ekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini
oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkret
pul  fondlari  mablag‘larining  harakati  yagona  tizimga  birlashtirilgan  tegishli
moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi.
Moliyaviy  rejalar  tizimining  markazini  byudjet  rejasi  egallaydiki,  unda
byudjet fondining harakati, daromadlar va harajatlarni shakllantirish va ulardan
foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va harajatlarning tarkibiy tuzilishi
va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi.
Moliyaviy  rejalashtirishning  umumdavlat  va  hududiy  darajalariga
istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar, moliyaviy balanslar
va  shuningdek,  aholi  daromadlari  va  harajatlari  harakatining  balansini  ishlab
chiqish va amalga oshirishlar kiradi.
Istiqboldagi  (istiqbol  uchun  mo‘ljallangan)  moliyaviy   rejalashtirish
iqtisodiy  va  sotsial  taraqqiyot  hamda  moliyaviy  siyosatni  muvofiqlashtirishni
(koordinatsiya  qilishni)  ta’minlash,  shuningdek  ishlab  chiqiladigan  islohotlar,
dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash,
uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni
o‘z vaqtida qabul qilish  maqsadlarida amalga oshiriladi.
Logotip
 investitsion menejment;  kapitallar menejmenti;  faoliyatning boshqa ko‘rinishlari (trast, faktoring, lizing va boshqalar). Demak, moliyaviy rejalashtirish mamlakat milliy xo‘jaligini rejalashtirishning tarkibiy qismi bo‘lib, sotsial-iqtisodiy rivojlanish rejasining ko‘rsatkichlariga tayanadi, moliya tizimi barcha organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirishga (koordinatsiya qilishga) yo‘naltiriladi. Moliya tizimi alohida bo‘g‘inlarining nisbiy mustaqilligi quyidagilarni o‘zida aks ettiruvchi moliyaviy rejalarning ishlab chiqilishi zarurligini belgilab beradi:  pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish shakllari va metodlarining o‘ziga xosligi;  moliyaviy resurslarni tarmoqlar va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash. Moliyaviy rejalashtirishning bosh ob’ekti rejada o‘zining miqdoriy ifodasini oladigan moliyaning bo‘g‘inlari (moliyaviy munosabatlar) hisoblanadi. Konkret pul fondlari mablag‘larining harakati yagona tizimga birlashtirilgan tegishli moliyaviy rejalarda ifodalanadi va mustahkamlanadi. Moliyaviy rejalar tizimining markazini byudjet rejasi egallaydiki, unda byudjet fondining harakati, daromadlar va harajatlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning shakllari va metodlari, daromad va harajatlarning tarkibiy tuzilishi va tuzilmasi o‘zining miqdoriy ifodasini topadi. Moliyaviy rejalashtirishning umumdavlat va hududiy darajalariga istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar, moliyaviy balanslar va shuningdek, aholi daromadlari va harajatlari harakatining balansini ishlab chiqish va amalga oshirishlar kiradi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalashtirish iqtisodiy va sotsial taraqqiyot hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni (koordinatsiya qilishni) ta’minlash, shuningdek ishlab chiqiladigan islohotlar, dasturlar va qonunlarning moliyaviy oqibatlarini kompleks tarzda bashoratlash, uzoq muddatli salbiy tendensiyalarni kuzatish va ularga nisbatan tegishli choralarni o‘z vaqtida qabul qilish maqsadlarida amalga oshiriladi.
Odatda,  istiqboldagi  (istiqbol  uchun  mo‘ljallangan)  moliyaviy   rejalar
navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi,
navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy
siyosatning  haqiqiy  natijalari  kuzatiladi.  Istiqboldagi  (istiqbol  uchun
mo‘ljallangan) moliyaviy  rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari
sotsial-iqtisodiy  rivojlani-shining  aniqlashtirilgan  o‘rta  muddatli  bashoratining
ko‘rsatkichlarini  hisobga  olgan  holda  har  yili  o‘zgartirilishi  (korrektirovka
qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi.
Ijtimoiy  takror  ishlab  chiqarishning  proporsionalligi  va  balansliligini
ta’minlashda,  pul  muomalasini  tartibga  solishda  davlatning  yig‘ma  moliyaviy
balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning
daromadlar  va  harajatlar  balansi  muhim  o‘rinni  egallaydi.  Davlatning  yig‘ma
moliyaviy  balansi  (moliyaviy  resurslar  balansi)  mamlakat,  uning  sub’ektlari,
mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha daromadlari va harajatlarining jamidan
iboratdir. U o‘tgan yilgi davlatning  hisobot yig‘ma moliyaviy balansi ( hisobot
moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining
bashorat  ko‘rsatkichlariga  muvofiq  ravishda  tuziladi  hamda  ular  byudjet
loyihalarini  ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
 Bu  moliyaviy  rejalar  (hujjatlar)  Moliya  vazirligi  va  moliya  tizimining
boshqa  bo‘linmalari  faol  ishtirokida  Iqtisodiyot  vazirligi  tomonidan  ishlab
chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi,
korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari
tarkibida rejalashtiri-layotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks
ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy-
hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar
defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida mablag‘larni
samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy
balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona
Logotip
Odatda, istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar navbatdagi uch yil uchun ishlab chiqilib, uning birinchi yili uchun byudjet tuziladi, navbatdagi ikki yil reja davri hisoblanib, ular davomida e’lon qilingan iqtisodiy siyosatning haqiqiy natijalari kuzatiladi. Istiqboldagi (istiqbol uchun mo‘ljallangan) moliyaviy rejalar mamlakat, uning ma’muriy-hududiy tuzilmalari sotsial-iqtisodiy rivojlani-shining aniqlashtirilgan o‘rta muddatli bashoratining ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda har yili o‘zgartirilishi (korrektirovka qilinishi) mumkin. Reja davri esa, bunda yana bir yil oldinga suriladi. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishning proporsionalligi va balansliligini ta’minlashda, pul muomalasini tartibga solishda davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) va har bir ma’muriy-hududiy tuzilmalarning daromadlar va harajatlar balansi muhim o‘rinni egallaydi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mamlakat, uning sub’ektlari, mahalliy-hududiy tuzilmalari va ma’lum hududda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha daromadlari va harajatlarining jamidan iboratdir. U o‘tgan yilgi davlatning hisobot yig‘ma moliyaviy balansi ( hisobot moliyaviy resurslar balansi) asosida va mamlakat sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining bashorat ko‘rsatkichlariga muvofiq ravishda tuziladi hamda ular byudjet loyihalarini ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu moliyaviy rejalar (hujjatlar) Moliya vazirligi va moliya tizimining boshqa bo‘linmalari faol ishtirokida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi. Balansda byudjet fondi, nobyudjet fondlar, sug‘urta fondi, kredit fondi, korxona va tashkilotlarning pul fondlari va nihoyat, fuqarolarning pul mablag‘lari tarkibida rejalashtiri-layotgan resurslarning shakllanishi va ulardan foydalanish aks ettiriladi. Moliyaviy rejalashtirishning balans metodi mamlakat, uning ma’muriy- hududiy tuzilmalari va mahalliy ma’muriyatlari masshtabida moliyaviy resurslar defitsitini aniqlashga, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida mablag‘larni samarali va asosli qayta taqsimlashga imkon beradi. Davlatning yig‘ma moliyaviy balansi (moliyaviy resurslar balansi) mavjud barcha moliyaviy rejalarni yagona
tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek
boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. 
Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ishlab  chiqarish,  investitsion  va  moliyaviy  faoliyatlarni  kerakli  bo‘lgan
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;

pul  mablag‘laridan  iqtisod  qilib,  tejab-tergab  foydalanish  hisobidan
korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;

kapitalni  samarali  joylashtirish  yo‘llarini  aniqlash,  undan  oqilona  va
samarali foydalanishni baholash;

kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;

korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi
ustidan nazorat o‘rnatish.
Bozor  munosabatlariga  o‘tilganiga  qadar  moliyaviy  rejalashtirishning
mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot
amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik
moliyaviy  rejalaridagi  ko‘rsatkichlarni  ishlab  chiqish,  istiqbolga  mo‘ljallangan
rejalarning  loyihasini  baholash,  korxonaning  yillik  moliyaviy  rejalarini  tuzish
kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona
moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa
bog‘liq  emas  edi.  Bozor  iqtisodiyotida  moliyaviy  xizmatlarning  roli  tubdan
o‘zgaradi.  Ular  korxona  rivojlanishini   faol  va  ta’sirchan  boshqaradi  va  bir
vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi.
2-savol bayoni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy
harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni
amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lganhar qanday kutilmagan
holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z
faoliyatidagi  barcha risklarga barham  beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni
samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Logotip
tizimga birlashtiradi. Uning ko‘rsatkichlari byudjet va kredit rejalarini, shuningdek boshqa moliyaviy rejalarni tuzishda asos sifatida qabul qilinadi. Quyidagilar moliyaviy rejalashtirishning asosiy vazifalari hisoblanadi:  ishlab chiqarish, investitsion va moliyaviy faoliyatlarni kerakli bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlash;  pul mablag‘laridan iqtisod qilib, tejab-tergab foydalanish hisobidan korxonaning foydasini oshirish bo‘yicha ichki rezervlarni qidirib topish;  kapitalni samarali joylashtirish yo‘llarini aniqlash, undan oqilona va samarali foydalanishni baholash;  kontragentlar bilan optimal moliyaviy munosabatlarni o‘rnatish;  korxonaning moliyaviy ahvoli, to‘lovga qobilligi va kreditga layoqatliligi ustidan nazorat o‘rnatish. Bozor munosabatlariga o‘tilganiga qadar moliyaviy rejalashtirishning mazmuni korxonalarda sof operativ vazifalarni – markazlashtirilgan iqtisodiyot amal qilganligi uchun yetarli darajada formal bo‘lgan korxonalarning besh yillik moliyaviy rejalaridagi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish, istiqbolga mo‘ljallangan rejalarning loyihasini baholash, korxonaning yillik moliyaviy rejalarini tuzish kabilarni hal etishga qaratilgan edi. Bunday amaliyotning hukm surganligi korxona moliyaviy xizmatlarining obro‘yiga obro‘ qo‘shmas, chunki ularga hech narsa bog‘liq emas edi. Bozor iqtisodiyotida moliyaviy xizmatlarning roli tubdan o‘zgaradi. Ular korxona rivojlanishini faol va ta’sirchan boshqaradi va bir vaqtning o‘zida, shu rivojlanishning yo‘nalishi va sifatini nazorat qiladi. 2-savol bayoni. Hozirgi sharoitdagi moliyaviy rejalashtirish barcha zaruriy harakatlarni oldindan ko‘zda tutishgina (ko‘ra bilishgina) emas. Bu tegishli ishlarni amalga oshirish jarayonida yuzaga chiqishi mumkin bo‘lganhar qanday kutilmagan holatlarni ko‘ra olish qobiliyati hamdir. Albatta, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z faoliyatidagi barcha risklarga barham beraolmaydi. Lekin u ana shu risklarni samarali oldindan ko‘ra bilish yordamida boshqarish imkoniyatiga ega.
Moliyaviy  rejalashtirish  amaliyotida  quyidagi   asosiy  metodlardan
foydalanish mumkin:
-
iqtisodiy tahlil metodi;
-
normativ metod;
-
balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi;
-
ko‘p variantlilik metodi;
-
iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi va boshqa metodlar.
3-savol  bayoni.  Moliyaviy  rejalashtirish  jarayonining  quyidagi  asosiy
bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq
etish;
 operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat
variantlarini ishlab chiqish;
 o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;
 moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va
ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;
 xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish
va uni ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash);
 shakllantirilgan  rejalarni  operativ  o‘zgartirish  tartibini  (protsedurasini)
ishlab chiqish.
4-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin:
-
strategik moliyaviy rejalashtirish;
-
joriy moliyaviy rejalashtirish.
Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda
topadiki,  u tashqi va ichki muhitda o‘zgarayotgan  xo‘jalik yuritish sub’ekti
moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir. 
Logotip
Moliyaviy rejalashtirish amaliyotida quyidagi asosiy metodlardan foydalanish mumkin: - iqtisodiy tahlil metodi; - normativ metod; - balansli hisob-kitoblar va pul oqimlari metodi; - ko‘p variantlilik metodi; - iqtisodiy-matematik modellashtirish metodi va boshqa metodlar. 3-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirish jarayonining quyidagi asosiy bosqichlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining moliyaviy natijalarini tadqiq etish;  operativ rejalarning o‘zgarishi asosida moliyaviy hisobotlarning bashorat variantlarini ishlab chiqish;  o‘z reja topshiriqlarining bajarilishini ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslarga bo‘lgan konkret ehtiyojlarini aniqlash;  moliyalashtirish manbalari (shu jumladan, o‘z va tashqi manbalarning) va ularning tarkibiy tuzilishini bashoratlash;  xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini boshqarishning tizimini yaratish va uni ushlab turish (qo‘llab-quvvatlash);  shakllantirilgan rejalarni operativ o‘zgartirish tartibini (protsedurasini) ishlab chiqish. 4-savol bayoni. Moliyaviy rejalashtirishning ikki turi bo‘lishi mumkin: - strategik moliyaviy rejalashtirish; - joriy moliyaviy rejalashtirish. Strategik moliyaviy rejalashtirish o‘z ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda o‘zgarayotgan xo‘jalik yuritish sub’ekti moliyaviy taraqqiyotining ko‘p variantli bashoratidan iboratdir.
Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob
bermog‘i lozim:
 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami
qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?
 bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?
 o‘z  kuchiga  ishongan  holda  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  rivojlanishi
mumkinmi?  Agar yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari
qanday?
 xo‘jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning
rentabelligi  va  investitsiyalar  daromadligining  qanday  darajalariga  chiqishi
mumkin va qay muddatlarda?
O‘z  navbatida,  joriy  moliyaviy  rejalashtirishning  asosiy  funksiyalari
quyidagilardan iborat:
 ishlab  chiqarish,  investitsion,  marketing,  ilmiy-loyihaviy  va  qidiruv
faoliyatlarini  hamda  sotsial  loyihalarni  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan
moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;
 mahsulotni  (ishni,  xizmatni)  ishlab  chiqarish  va  realizatsiya  qilish
tannarxini rejalashtirish;
 pul oqimlarini rejalashtirish;
 butun  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  doirasida  foydani  rejalashtirish
(bashoratlash);
 investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish.
Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki
guruhga bo‘linishi mumkin:
-
uzoq muddatli moliyaviy rejalar;
-
qisqa muddatli moliyaviy rejalar.
Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o‘zining
qamrab  olish  gorizonti  bo‘yicha,  balki  rejalashtirish  maqsadlariga  ko‘ra  ham
farqlanadi.   Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh
maqsadi  moliyaviy  barqarorlik  nuqtai-nazaridan  firma  kengayishining  yo‘l
Logotip
Strategik moliyaviy reja, hech bo‘lmaganda, quyidagi savollarga aniq javob bermog‘i lozim:  xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun talab qilinadigan kapitalning o‘lchami qanday, u qaysi manbalar hisobidan va qanday muddatlarda jalb qilinadi?  bu kapitaldan qanday qilib foydalaniladi?  o‘z kuchiga ishongan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rivojlanishi mumkinmi? Agar yo‘q bo‘lsa, moliyaviy resurslarni jalb qilishning manbalari qanday?  xo‘jalik yurituvchi sub’ekt pul mablag‘lari tushumi, ishlab chiqarishning rentabelligi va investitsiyalar daromadligining qanday darajalariga chiqishi mumkin va qay muddatlarda? O‘z navbatida, joriy moliyaviy rejalashtirishning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:  ishlab chiqarish, investitsion, marketing, ilmiy-loyihaviy va qidiruv faoliyatlarini hamda sotsial loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarning hajmi va ularning manbalarini aniqlash;  mahsulotni (ishni, xizmatni) ishlab chiqarish va realizatsiya qilish tannarxini rejalashtirish;  pul oqimlarini rejalashtirish;  butun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt doirasida foydani rejalashtirish (bashoratlash);  investitsiyalarning daromadliligini rejalashtirish. Ma’lum bir muddatni qamrab olishiga qarab, moliyaviy rejalar quyida ikki guruhga bo‘linishi mumkin: - uzoq muddatli moliyaviy rejalar; - qisqa muddatli moliyaviy rejalar. Uzoq va qisqa muddatli moliyaviy rejalar bir-birlaridan nafaqat o‘zining qamrab olish gorizonti bo‘yicha, balki rejalashtirish maqsadlariga ko‘ra ham farqlanadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy rejalarning (rejalashtirishning) bosh maqsadi moliyaviy barqarorlik nuqtai-nazaridan firma kengayishining yo‘l