MOLIYAVIY SIYOSAT

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

22

File size

Fayl hajmi

79,8 KB


MOLIYAVIY SIYOSAT
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
3. Hozirgi davrdagi moliya siyosati va uning  o‘ziga xos xususiyatlari 
1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari
Moliyaviy   boshqaruvning  barcha  tizimi  davlatning  moliyaviy  siyosatiga
asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng
asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar
sohasidagi  mustaqil  faoliyatidir. Bu  faoliyat  davlatning u yoki  bu iqtisodiy  va
ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan
ta’minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash
va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning
ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat
iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir
ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki
ijtimoiy, madaniy yoki  texnikaviy, byudjet  yoki  kredit, ichki  yoki  tashqi  siyosat
to‘g‘risida gapiriladi.
Moliyaviy siyosat  o‘z-o‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, bir
vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha,
harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib
topadi:
Logotip
MOLIYAVIY SIYOSAT 1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari 2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari 3. Hozirgi davrdagi moliya siyosati va uning o‘ziga xos xususiyatlari 1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va tamoyillari Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asoslanadi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun ham moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lab qo‘yish maqsadga muvofiq emas. Siyosat davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta’sir ob’ekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog‘liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to‘g‘risida gapiriladi. Moliyaviy siyosat o‘z-o‘zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo‘lishi prinsipial ahamiyatga ega emas. Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
-bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga
xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va
yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish;
-qo‘yilgan  vazifalarni  yechishga  qodir  bo‘lgan  kadrlarni  tanlash  va  joy-joyiga
qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz
takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy
boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan
maqsad va vazifalarning  yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy  siyosatga  quyidagicha  boshqa  ta’rif  ham  berish  mumkin:
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va
metodologik prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun
moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining
ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni
mujassam etadi. 
Buning boisi shundaki, milliy xo‘jalik taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi
jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va
funksiyalari ham o‘zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga
davlatning  aralashuvi,  aholi  turmush  darajasi  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarini
tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan
boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. 
Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish
vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z-
o‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan
mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari o‘rtasida qarama-
qarshiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining
vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznesning
ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi
ilmiy  va  amaliy  jihatdan  asoslansa-yu,  moliyaviy  siyosat  uzoq  vaqt  davomida
o‘zgarmasdan  qolaversa,  amalga  oshiriladigan  soliq  islohotlari  uning  mohiyatini
Logotip
-bosh maqsadni aniqlash va qo‘yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir davriga xos qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun yechilishi zarur bo‘lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlashtirish; -qo‘yilgan vazifalarni yechishga qodir bo‘lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo‘naltiriladigan maqsad va vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi. Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif ham berish mumkin: moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik prinsiplarining majmuiga (yig‘indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi. Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o‘z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o‘zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi shundaki, milliy xo‘jalik taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi jamiyatda hukmron bo‘lgan tasavvurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o‘zgaradi, transformatsiyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o‘xshash davlatning funksiyalari va vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o‘z- o‘zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub’ektlari, ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari manfaatlari o‘rtasida qarama- qarshiliklarni keltirib chiqadi. Masalan, ko‘plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari tomonidan amaldagi soliq mexanizmining nosamarali ekanligi, biznesning ayrim sohalari uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini
o‘zgartirmasa,  bunday  holda  davlatning  moliyaviy  siyosati  davlat  hokimiyatining
tegishli organlari  tomonidan  faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar
guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
-birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat
organlarining  u  yoki  bu  maqsadlarga  erishishining  instrumenti  emas,  balki
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini echish vositasi bo‘lishi kerak;
-ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining
emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
-uchinchidan,  davlat  moliyaviy  siyosati  va  davlat  hokimiyat  organlarining
moliyaviy siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha
bo‘g‘inlarida
 
moliyaviy
 
resurslarning
 
o‘sishini
 
balanslashtirilgan
(mutanosiblashtirilgan)  holda  ta’minlash  bo‘yicha  davlat  ijtimoiy-iqtisodiy
siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. 
Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan
(mutanosiblashtirilgan)  holda  o‘sishining  zarurligini  inkor  etish  mamlakat  moliya
tizimining  o‘zini  degradatsiyalashuviga,  iqtisodiyotning  yemirilishi  va  vayron
bo‘lishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati shundan
iboratki, bu  siyosat  mamlakat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining  rivojlanishiga  va
iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush  farovonligi ta’minlab va davlat
daromadlarining  manbaini  ko‘paytirib,  moliyaviy  xo‘jalikka  nisbatan  eng  yuqori
natijalarni berishi mumkin. 
Moliyaviy siyosatning ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng
asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi
turmushining  darajasi  va  sifatini  oshirish  uchun  moliyaviy  sharoitlarni  yaratish
moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap  korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo‘lsa, bu
narsa  korxona  moliyaviy menejerlarining  biznesni  yuritish  maqsadlariga  erishish
borasidagi  maqsadga  yo‘naltirilgan  faoliyatini  anglatadi.  Korxona  moliyaviy
Logotip
o‘zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanadi, qoladi. Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: -birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishining instrumenti emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini echish vositasi bo‘lishi kerak; -ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; -uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlarida moliyaviy resurslarning o‘sishini balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajribalarning ko‘rsatishicha, moliyaviy resurslarning balanslashtirilgan (mutanosiblashtirilgan) holda o‘sishining zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining o‘zini degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo‘lishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligi ta’minlab va davlat daromadlarining manbaini ko‘paytirib, moliyaviy xo‘jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir. Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo‘lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejerlarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy
siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
-raqobat kurashi sharoitida korxonaning  sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat
ko‘rsatishiga) erishish;
-yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan
qochib qutilish;
-raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo‘lishga) erishish;
-korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
-korxona iqtisodiy salohiyatining o‘sish sur’atlarini barqaror o‘stirish;
-ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
-foydani maksimallashtirish;
-xarajatlarni minimallashtirish;
-rentabelli faoliyatni ta’minlash;
-va boshqalar.
Korxona  moliyaviy  siyosatining  u  yoki  bu  maqsadlaridagi  ustuvorlik,  eng
avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy  siyosat  moliyaning  o‘zida  (boshqaruv  ob’ektlarida)  bevosita
mujassam bo‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari,
moliya tizimining (boshqaruv sub’ektlari)  organlarini  tashkil  qilish bilan yagona
joyga bog‘lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat
moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati  quyidagi prinsiplar asosida
quriladi:
-moliya tizimi bo‘g‘inlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini inobatga olib
moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
-barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
-barcha  quyi  boshqaruv  organlarining  faol  ishtirokida  markazdan  umumiy
boshqarish.
Moliyaviy  siyosatni  amalga  oshirishning  (o‘tkazishning,  hayotga  tatbiq
etishning) asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
-pirovard maqsadga bog‘liqlik;
-xo‘jalik  barcha  tarmoqlarining  makroiqtisodiy  balanslashtirilganligi
(muvozanatliligi, mutanosibligi);
Logotip
siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: -raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog‘lom hayot kechirishiga (faoliyat ko‘rsatishiga) erishish; -yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish; -raqobatchilar bilan kurashda etakchilikka (lider bo‘lishga) erishish; -korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; -korxona iqtisodiy salohiyatining o‘sish sur’atlarini barqaror o‘stirish; -ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; -foydani maksimallashtirish; -xarajatlarni minimallashtirish; -rentabelli faoliyatni ta’minlash; -va boshqalar. Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Moliyaviy siyosat moliyaning o‘zida (boshqaruv ob’ektlarida) bevosita mujassam bo‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimining (boshqaruv sub’ektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona joyga bog‘lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakatlarida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: -moliya tizimi bo‘g‘inlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; -barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; -barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning (o‘tkazishning, hayotga tatbiq etishning) asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: -pirovard maqsadga bog‘liqlik; -xo‘jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy balanslashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
-jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi);
-real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga
olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o‘z funksiyalari va
dasturlarini  (uzoq,  o‘rta  va  qisqa  muddatli)  bajarish  uchun  moliyaviy  resurslarni
mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan
davlat  tadbirlarining  majmui  ta’minlaydi.  Bu  tadbirlarning  orasida  moliyaviy
munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga
solish) muhim o‘rin egallaydi.
O‘z-o‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas. Uning
yaxshi  yoki  yomon  ekanligi  jamiyatning  (yoki  uning  ma’lum  bir  qismining)
manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq
vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning  moliyaviy  siyosatiga  baho  berish  uchun  va  uni  o‘zgartirish
(korrektirovka qilish) bo‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat
manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda
jamiyat  taraqqiyotining  aniq  dasturiga,  echilishi  lozim  bo‘lgan  masalalarning
muddatlari  va  metodlarini  aniqlagan  holda  istiqboldagi  va  yaqin  yillardagi
vazifalarning tavsifiga ega bo‘lmoq lozim.
Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning aniq
mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin. Agar
moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun qatlamlarining
va alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning o‘ziga xos
xususiyatlarini  qanchalik  ko‘p  (yuqori  darajada)  hisobga  oladigan  bo‘lsa,  uning
natijaliligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati)
muvofiqlashtirish  mexanizmining  sifatli  ishlab  chiqarilishiga  va  jamiyat  turli
qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo‘lgan
ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda
ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy
siyosatning  amalga  oshirilishiga,  ayrim  hollarda,  bir-biriga  qarama-qarshi  ta’sir
ko‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab
Logotip
-jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga muvofiqligi (mos kelishi); -real (haqiqiy) imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish. Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o‘z funksiyalari va dasturlarini (uzoq, o‘rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo‘naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga solish) muhim o‘rin egallaydi. O‘z-o‘zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir ko‘rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o‘zgartirish (korrektirovka qilish) bo‘yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bo‘lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo‘lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning aniq mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin. Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyojlarini, jamiyat butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini, aniq tarixiy sharoitni va hayotning o‘ziga xos xususiyatlarini qanchalik ko‘p (yuqori darajada) hisobga oladigan bo‘lsa, uning natijaliligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyatliligi (muvaffaqiyati) muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda davlatning ixtiyorida bo‘lgan ob’ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama foydalanish mexanizmining ishlab
chiqilishiga bevosita bog‘liq.
Moliyaviy  siyosat,  eng  avvalo,  moliyaviy  resurslarning  maksimal  hajmini
shakllantirishga yo‘naltirilgan (qaratilgan) bo‘lishi kerak. CHunki aynan moliyaviy
resurslar har qanday o‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq
ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy
ahvoli  to‘g‘risida  ishonchli  ma’lumotlar  zarurdir.  Huquqiy  demokratik  davlatda
moliyaviy  statistikaning  ko‘rsatkichlari  keng  jamoatchilikka  ham  tegishli  bo‘lishi
kerak.  Moliyaviy  hisobotlar  esa  doimiy,  o‘z  vaqtida  beriladigan,  hamma  olishi
mumkin bo‘lgan va eng asosiysi  ishonchli bo‘lmog‘i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo‘lgan moliyaviy
munosabatlar  rivojlanishi  yo‘nalishlarining  umumiy  kompleksi  bilan  belgilanadi.
Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
-moliyaviy  siyosatning  umumiy  konsepsiyasini  (uning  maqsadlarini,
prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini)
ishlab chiqish;
-makrodarajada  va  bozor  iqtisodiyotining  sub’ektlari  darajasida  iqtisodiy
o‘sishni  rag‘batlantiradigan  bozor  iqtisodiyotining  rivojlanishiga  mos  (adekvat)
bo‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish;
-markazlashtirilgan  va  markazlashtirilmagan  resurslar  va  moliyaviy
oqimlarning  samarali  boshqarilishini  oshirish  bo‘yicha  choralar  tizimini  ishlab
chiqish va amalga oshirish;
-ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya
qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va
sohalari bo‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish;
-iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish.
SHuningdek,  moliyaviy  siyosatning  mazmuni,  uning  asosiy  yo‘nalishlari
jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va
iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy
konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida instrumentlaridan
foydalanishda,  ya’ni  moliyaviy  munosabatlarni  tashkil  etishning  aniq  shakllarida
namoyon bo‘ladi. 
Mumtoz  siyosiy  iqtisod  asoschilari  bo‘lgan  A.Smit  va  D.Rikardolar
Logotip
chiqilishiga bevosita bog‘liq. Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga yo‘naltirilgan (qaratilgan) bo‘lishi kerak. CHunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o‘zgarishlarning moddiy asosini tashkil etadi. SHunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik davlatda moliyaviy statistikaning ko‘rsatkichlari keng jamoatchilikka ham tegishli bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o‘z vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo‘lgan va eng asosiysi ishonchli bo‘lmog‘i lozim. Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo‘lgan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo‘nalishlarining umumiy kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin: -moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (uning maqsadlarini, prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish; -makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’ektlari darajasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adekvat) bo‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; -markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo‘yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish; -ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish; -iqtisodiy o‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish. SHuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida instrumentlaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo‘ladi. Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va D.Rikardolar
konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan
erkin  konkurensiyani  (raqobatni)  saqlamog‘i  lozim  va   jamiyat  xo‘jalik  hayotini
tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. 
Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari
oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning
muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. SHu maqsadlarga
muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va
davlat  qarzini  qaytarish  hamda  unga  xizmat  qilish  xarajatlarini  byudjetdan
moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet
daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida (hisobidan) shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab  keynschilik nazariy konsepsiyasi
ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida  davlatning rolini takror
ishlab chiqarish jarayoniningssiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish
orqali  kuchaytirish  zarurligi  asoslandi.  Bunday  moliyaviy  siyosatni  amalga
oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan
davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy
va ijtimoiy vazifalarning echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va
aksincha,  ishsizlik  kamaydi;  tadbirkorlik  faoliyati  o‘sdi;  qo‘shimcha  talab
shakllantirildi;  milliy  daromad  ko‘paydi  (ortdi);  ijtimoiy  ehtiyojlarni
moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi va xokazo
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga
olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o‘zida davlat daromadlarining
oshirilishini  ta’minlashga  qaratilgan  moliyaviy  choralar  ko‘rildi.  Daromad  solig‘i
davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa
tortishning  progressiv  stavkalari  qo‘llanildi.  Soliqlarning  bunday  tizimi  milliy
daromadni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.
Moliyaviy  yo‘nalishda  har  ikkala  nazariy  konsepsiyalar  o‘rtasidagi  farq
mohiyatan  byudjet  defitsitini   turli  xilda  (ravishda,  tarzda)  baholanishi  bilan
belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan
foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan bo‘lsa,  ikkinchi konsepsiya esa byudjet
defitsitining bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘ygan va buning ustiga iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Logotip
konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin konkurensiyani (raqobatni) saqlamog‘i lozim va jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. SHu maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida (hisobidan) shakllantirildi. XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayoniningssiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; qo‘shimcha talab shakllantirildi; milliy daromad ko‘paydi (ortdi); ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo‘ldi va xokazo Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o‘zida davlat daromadlarining oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar ko‘rildi. Daromad solig‘i davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi milliy daromadni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o‘rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda) baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo‘lishi mumkinligiga yo‘l qo‘ygan va buning ustiga iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb
nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat
iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi  va davlat tartibga soluvchi  funksiyasining
kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat
xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab
berdi. 
Uzoq  va  o‘rta  muddatli  qarzlarni  jalb  etish  ssuda  kapitallari  bozorining
rivojlanishiga olib keldi va o‘zining ahamiyati bo‘yicha davlat moliyaviy resurslarini
shakllantirishning  ikkinchi  manbaiga  aylandi.  Buning  natijasida  milliy  daromadni
qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo‘nalishi moliyaviy
siyosatning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  xususiyatlarini  belgilab  berdi.  Bu  konsepsiya
davlatning tartibga soluvchi rolidan voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va
ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasini biroz chekladi. 
Amalda  esa  davlatning  aralashuvi  kamaymadi  va  aksincha  biroz  kuchaydi.
Chunki  bunday  aralashuv  endilikda  faqat  Davlat  byudjetining  daromadlari  va
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta kursini,
ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi.
Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli
kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy
omillariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi.
Hozirgi paytda  rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy
nazariyalar  ostida  bo‘lib,  bu  nazariyalar  amalda  tartibga  solish  ikki  tizimining
konvergensiyasidan (qo‘shilib ketganligidan, aralashuvidan) iborat. Shunga muvofiq
ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham
neokeynschilik tizimining  turli-tuman elementlaridan foydalanadilar.
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining to‘planishinigina
(konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda
davlatning  monopolligini  (yakka  hokimligini)  ko‘zda  tutuvchi  moliyaviy
markazlashtirish  zaruriyatga  aylandi.  Chunki  davlatning  funksiyalari  shu  qadar
kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy
funksiyalar bo‘lib qoldi.
Logotip
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o‘zining ahamiyati bo‘yicha davlat moliyaviy resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida milliy daromadni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yo‘nalishi moliyaviy siyosatning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta kursini, ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o‘zining ta’sirini ko‘rsatdi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar ostida bo‘lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining konvergensiyasidan (qo‘shilib ketganligidan, aralashuvidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham keynschilik va ham neokeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan foydalanadilar. Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining to‘planishinigina (konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda davlatning monopolligini (yakka hokimligini) ko‘zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo‘jalik-tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo‘lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan to‘liq
moliyalashtirdi.  Jamiyat  taraqqiyotini  ta’minlashda  davlatning  roli  keskin  oshdi.
Chunki  iqtisodiy  va  ijtimoiy  rivojlanishning  davlat  rejalari  yordamida  u  ijtimoiy
faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk
shakllarining davlat (umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq
ravishda  davlat  milliy  daromadni  qayta  taqsimlashning  soliq  shakllaridan  ishlab
chiqarish  sohasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  taqsimlashga  va  davlat  byudjeti  orqali  qayta
taqsimlashga o‘tdi.
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo‘ldiki, davlat bevosita va
monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va
kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha
qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona
ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi
uchun mutlaqo yangi bo‘lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o‘tilishini, sovet
davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-
iqtisodiy muamolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni etarli darajada
samarali  bo‘lgan  moliyaviy  siyosat  deyish  mumkin.  Chunki  chor  Rossiyasidan,
fuqarolar urushidan, chet el harbiy intervensiyasidan meros bo‘lib qolgan favquloddagi
murakkab  moliyaviy  vaziyatga  qaramasdan  fashistlar  Germaniyasi  bilan  urush
arafasida Sovet davlati etarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq
bo‘ldi,  urushda  g‘alaba  qozondi  va  qiyosiy  qisqa  muddatlarda  urushdan  vayron
bo‘lgan xalq xo‘jaligini tikladi.
2-Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g‘arb
mamlakatlari  va  eng  avvalo,  AQSH  bilan  qurollanish  poygasi  va  kosmosni
rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi.
Bir vaqtning o‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdordagi
moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi:
-ularning  taraqqiyotida  ijtimoiyistik  orientatsiyani  (yo‘nalishni)  ta’minlash
uchun;
-ijtimoiyistik  mamlakatlarni  sanoati  rivojlangan  mamlakatlarga  aylantirish
uchun;
Logotip
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan to‘liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejalari yordamida u ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat (umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat milliy daromadni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqsimlashga va davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o‘tdi. Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo‘ldiki, davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi. Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo‘lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o‘tilishini, sovet davlati oldida turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy- iqtisodiy muamolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni etarli darajada samarali bo‘lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, fuqarolar urushidan, chet el harbiy intervensiyasidan meros bo‘lib qolgan favquloddagi murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati etarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni yaratishga muvaffaq bo‘ldi, urushda g‘alaba qozondi va qiyosiy qisqa muddatlarda urushdan vayron bo‘lgan xalq xo‘jaligini tikladi. 2-Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g‘arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSH bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni) moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi. Bir vaqtning o‘zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdordagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatildi: -ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik orientatsiyani (yo‘nalishni) ta’minlash uchun; -ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun;
-kuchli  harbiy ittifoqchilarni  shakllantirish  va  umuman mudofa qobiliyatini
mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz
qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi
qazilma-boyliklarini o‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab
kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo‘lishini taqoza etdi.
Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni o‘zlashtirish, o‘sha tumanlarga ishchi
kuchining  migratsiyasining  (mehnatga  haq  to‘lashning  oshirilgan  normalari  bilan
birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, balki neft va gaz quvurlarini qurish bilan
birgalikda davom etdi.
Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo‘lib turgan paytlarda ularni
eksport  qilish  xarajatlarni  ma’lum  darajada  qoplagan  edi.  Shunday  bo‘lishiga
qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish Milliy daromadni tegishli
tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat
kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat  tomonidan belgilangan maqsadlar  nuqtai-nazaridan urushdan  keyingi
davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish
unchalik  to‘g‘ri  bo‘lmaydi.  Hukumat  dasturlarida  aholi  turmush  darajasi
oshganligining deklaratsiya qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo‘lishiga
qaramasdan  aholining  turmush  darajasi  mehnatga  haq  to‘lashning  darajasiga  va
qishloq  xo‘jaligi,  oziq-ovqat  va  engil  sanoat,  fuqarolik  qurilishi  va  iste’mol
predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq.
Agar harbiy sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu
sohada  band  edi)  mehnatga  haq  to‘lashning  darajasi  qiyosiy  jihatdan  yuqoriroq
bo‘lishiga qaramasdan, hatto unga band bo‘lgan aholi ham o‘zining iste’mol talablarini
qondirish  imkoniyatiga  ega  emas  edi.  SHuning  uchun  ham  iste’mol  bozorining
rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliya siyosatining
samaradorligini salbiy baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta
taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir:
-taqsimlash  munosabatlarining  sub’ektlarini  tanlash,  ya’ni  moliyaviy
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
Logotip
-kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa qobiliyatini mustahkamlash uchun. Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng avvalo, neft va gaz qazib chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur’atlarda rivojlantirish talab etildi. YAngi qazilma-boyliklarini o‘zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo‘lishini taqoza etdi. Chunki bu narsalar faqatgina yangi hududlarni o‘zlashtirish, o‘sha tumanlarga ishchi kuchining migratsiyasining (mehnatga haq to‘lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) zarurligi bilan kuzatilmasdan, balki neft va gaz quvurlarini qurish bilan birgalikda davom etdi. Xalqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo‘lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada qoplagan edi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirish Milliy daromadni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi. Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini nosamarali deb aytish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasi oshganligining deklaratsiya qilinganligi, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo‘lishiga qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to‘lashning darajasiga va qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog‘liq. Agar harbiy sanoat kompleksida (mamlakat aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to‘lashning darajasi qiyosiy jihatdan yuqoriroq bo‘lishiga qaramasdan, hatto unga band bo‘lgan aholi ham o‘zining iste’mol talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. SHuning uchun ham iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi davrda sovet davlati moliya siyosatining samaradorligini salbiy baholashning sababidir. Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi prinsipial ahamiyatga egadir: -taqsimlash munosabatlarining sub’ektlarini tanlash, ya’ni moliyaviy resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
-yuridik  shaxslar  va  aholining  o‘z  ehtiyojlarini  qondirishdagi  mustaqillik
darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy
resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash;
-birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va
shularga  mos  ravishda  moliyaviy  resurslardan  foydalanishning  ustuvor
yo‘nalishlarini belgilash;
-moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat  ko‘p o‘lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy
holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan
nazariy  konsepsiyalardan  kelib  chiqqan  holda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  sohalarni
boshqarishda  davlatning  ishtirok  etish  parametrlari  bilan  aniqlansa,  uning  qiymat
munosabatlarining  elementlari  bo‘yicha  differensiatsiya  qilinishi  (tabaqalanishi)
moliya  tizimining  rivojlanganligiga  va  uning  ayrim  (alohida)  bo‘g‘inlarining
mustaqilligiga bog‘liq bo‘ladi.
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari 
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari) quyidagilardan iborat:
-byudjet siyosati;
-soliq siyosati;
-pul siyosati;
-kredit siyosati;
-baho siyosati;
-investitsion siyosat;
-ijtimoiy moliyaviy siyosat;
-boj siyosati.
O‘z navbatida, moliyaviy siyosat  davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini
amalga  oshirishning  vositasi  bo‘lib hisoblanadi  va  shu  ma’noda yordamchi  rolni
o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining boshqa - milliy, geosiyosat, harbiy -
yo‘nalishlari  ham  mavjudligini  esdan  chiqarmaslik  kerak.  Ana  shu  barcha  besh
yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy)  yig‘indisi  (majmui)
davlat siyosatini  amalga oshirishning asosiy  instrumenti sifatida xizmat  qiladigan
moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Logotip
-yuridik shaxslar va aholining o‘z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog‘liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish darajasini aniqlash; -birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; -moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash. Moliyaviy siyosat ko‘p o‘lchamli(dir) tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlarining elementlari bo‘yicha differensiatsiya qilinishi (tabaqalanishi) moliya tizimining rivojlanganligiga va uning ayrim (alohida) bo‘g‘inlarining mustaqilligiga bog‘liq bo‘ladi. 2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo‘nalishlari) quyidagilardan iborat: -byudjet siyosati; -soliq siyosati; -pul siyosati; -kredit siyosati; -baho siyosati; -investitsion siyosat; -ijtimoiy moliyaviy siyosat; -boj siyosati. O‘z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o‘ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining boshqa - milliy, geosiyosat, harbiy - yo‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy  siyosat  moliyaviy  boshqaruvning  tarkibiy  qismi  sifatida
boshqaruvning  yuqori  (oliy)  organlariga  tegishlidir.  Mamlakatning  sub’ektlari
darajasida  moliyaviy  siyosat  borasida  qarorlarning  qabul  qilinish  imkoniyatlari
cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas.
Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida  davlatning  byudjet
siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida
hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi
boshqa  qonunlar  majmuiga  muvofiq  aniqlanadi. O‘zining  hajmi  va  muhimligi
jihatidan  eng  katta  ish  bo‘lishiga  qaramasdan  byudjet  siyosatini  faqat  byudjet
jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. 
Qonun  byudjet  jarayonida  hokimiyatning  qonunchilik  va  ijroiya  organlari
funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini,
byudjet  jarayoni  sub’ektlarining  huquq  va  majburiyatlarini  va  xokazolarni  aniq
belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. 
Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (to‘planadigan) YAIM
hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining o‘zaro munosabatlarida,
byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida
xarajatlarni  taqsimlashda,  davlat  qarzini  boshqarishda,  byudjet  defitsitini  qoplash
yo‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi.
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi.
Unda davlatning o‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo‘lida konsentratsiya
qilingan (to‘plangan) pul mablag‘larining harakati o‘z ifodasini topadi. Davlat siyosati
aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo‘naltirish byudjet
siyosatining ustuvorligini tashkil etadi.
Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan ko‘p
mablag‘  talab  etsa,  davlat  qo‘shimcha  daromadlarni  shakllantirishning  quyidagi
favquloddagi usullarini qo‘llashga majbur bo‘ladi:  ichki va tashqi kreditlar, milliy
boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning
daromadlar  qismini  to‘ldirishning  favquloddagi  choralari  iqtisodiy  mustaqillikning
yo‘qolishiga  olib  kelishi  mumkin.  Buni  hisobga  olgan  holda  hokimiyatning
qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi.
Logotip
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning yuqori (oliy) organlariga tegishlidir. Mamlakatning sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitutsiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. O‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bo‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini va xokazolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (to‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining o‘zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning o‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo‘lida konsentratsiya qilingan (to‘plangan) pul mablag‘larining harakati o‘z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yo‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan ko‘p mablag‘ talab etsa, davlat qo‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qo‘llashga majbur bo‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi.
Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga
soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo‘nalishi) hisoblanadi nisbatan
munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan
tashkil topadi: 
-soliqlarsiz davlatning faoliyat ko‘satishi mumkin emas;
-soliqli undirish qat’iy o‘sish tendensiyasiga ega;
-oqilona soliq ostonasidan o‘tilganidan so‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish
jarayoni buziladi-iqtisodiyotning o‘z-o‘zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo‘ladi;
-tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o‘rnatilmog‘i lozim.
Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni
safarbar etish hisobidan tiklanadi;
-soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;
-iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq,  summar
o‘lchovlarda sof daromadning 30 foizdan ortiq qismining undirilishida mamlakatning
iqtisodiy o‘sishi to‘xtaydi;
-soliq  imtiyozlari  ochiqlik  xarakteriga  ega  bo‘lishi  va  barcha  takror  ishlab
chiqarish sub’ektlari uchun teng bo‘lishi kerak;
-soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo‘lmasligi lozim.  Faqat, jumladan,
individual  daromadlarning o‘sishida  ifodalangan  milliy  boylikning  o‘sishi  soliqqa
tortiladigan bazaning (asosning) barqaror o‘sishini ta’minlashi mumkin;
-qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda
soliqlarning summar o‘lchovi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Barqarorlik
kafolati sifatida davlat o‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona
iqtisodiyotga yoki xorijga o‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini)
qisqartiraveradi;
-soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa
tortish ob’ektlarini ko‘paytirish, ko‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish
bo‘yicha  xarajatlarning  ortishiga,  boqimanda  va  jarimalarning  o‘sishiga  va
pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq to‘lovchini kasod deb e’lon qilish va xokazo
yo‘llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi;
-soliqqa  tortish  egri  (bilvosita)  tizimining ustuvorligi  byudjet  daromadlarini
shakllantirish  nuqtai-nazaridan  qulay  hisoblanadi.  Lekin  bu  narsa,  oxir  oqibatda,
Logotip
Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yo‘nalishi) hisoblanadi nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bo‘lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi: -soliqlarsiz davlatning faoliyat ko‘satishi mumkin emas; -soliqli undirish qat’iy o‘sish tendensiyasiga ega; -oqilona soliq ostonasidan o‘tilganidan so‘ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni buziladi-iqtisodiyotning o‘z-o‘zidan buzilishi (emirilishi) sodir bo‘ladi; -tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o‘rnatilmog‘i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanadi; -soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi; -iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar o‘lchovlarda sof daromadning 30 foizdan ortiq qismining undirilishida mamlakatning iqtisodiy o‘sishi to‘xtaydi; -soliq imtiyozlari ochiqlik xarakteriga ega bo‘lishi va barcha takror ishlab chiqarish sub’ektlari uchun teng bo‘lishi kerak; -soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo‘lmasligi lozim. Faqat, jumladan, individual daromadlarning o‘sishida ifodalangan milliy boylikning o‘sishi soliqqa tortiladigan bazaning (asosning) barqaror o‘sishini ta’minlashi mumkin; -qonunlar va qoidalarning barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning summar o‘lchovi barqaror o‘sish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Barqarorlik kafolati sifatida davlat o‘zining majburiyatlarini buzishni boshladimi, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki xorijga o‘tishni boshlab, byudjetning daromadlar bazasini (asosini) qisqartiraveradi; -soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo‘lmog‘i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish ob’ektlarini ko‘paytirish, ko‘p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo‘yicha xarajatlarning ortishiga, boqimanda va jarimalarning o‘sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa olish, soliq to‘lovchini kasod deb e’lon qilish va xokazo yo‘llar orqali iqtisodiyotning emirilishiga olib keladi; -soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda,
mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. CHunki bunday
soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga
(zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida
daromadga  ega  bo‘lgan  aholining  80-90  foiz  qismiga  yuklanadi.  Bu  paradoks
daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan;
-egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining
asosiy qismidan jamg‘armalar olib qo‘yiladi va bu, o‘z navbatida, kredit tizimi va
ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan
voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir;
-egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlar, zebu-ziynat
buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir
qancha o‘ziga xos bo‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
-daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bo‘lib
hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga
asosan qurmoq lozim.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  shaxsiy  tashabbussiz  va  jamiyat  barcha
a’zolarining  samarali  mehnatisiz  iqtisodiyotni  tiklash  murakkabligicha  qolaveradi.
Soliqlar  bozor  iqtisodiyotida  mehnatning  asosiy  rag‘batlantirilishini  (motivatsiya
qilinishini) olib qo‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim. 
Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo‘ladi-
yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini
qisqartiradi  (toraytiradi),  jamiyatda  iste’mol  darajasi  pasayadi  va  bu  narsa,  o‘z
navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o‘sish bazalarining (asoslarining)
pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy  siyosatning  tarkibiy  qismlaridan  (yo‘nalishlaridan)  yana  biri  pul
siyosatidir.  Agar  muomaladagi  pul  miqdori  tovarlar  massasi  miqdoriga  (pulning
aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi
qog‘oz  pullar  (pullarning  surrogati)  hisobidan  yoki  xorijiy  valyuta  hisobidan
to‘ldiriladi (tiklanadi).
Va  aksincha,  agar  pul  massasi  unga  bo‘lgan  talabdan  ortiq  bo‘lsa,  yo  pul
massasining  mamlakatdan  chetga  chiqishi  (oqishi)  yoki  milliy  valyutaning
qadrsizlanishi sodir bo‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning
Logotip
mamlakat aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. CHunki bunday soliqlarning yuki tovarlar va xizmatlarning yakuniy (oxirgi) iste’molchisi gardaniga (zimmasiga), ya’ni yashash minimumi darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bo‘lgan aholining 80-90 foiz qismiga yuklanadi. Bu paradoks daromadlarning turli darajalarida iste’molning nisbatan bir xil darajasiga asoslangan; -egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfliligi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan jamg‘armalar olib qo‘yiladi va bu, o‘z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy bozor tizimining asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSH tajribasi bunga yaqqol tasdiqdir; -egri (bilvosita) soliqlarni sog‘liq uchun zararli bo‘lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari, ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar va boshqa bir qancha o‘ziga xos bo‘lgan maxsus holatlarga nisbatan joriy etish zarur; -daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi bo‘lib hisoblanishi (xizmat qilishi) kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asosan qurmoq lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyat barcha a’zolarining samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkabligicha qolaveradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag‘batlantirilishini (motivatsiya qilinishini) olib qo‘yadi, ya’ni mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq siyosatining ta’siri bevosita namoyon bo‘ladi- yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi (toraytiradi), jamiyatda iste’mol darajasi pasayadi va bu narsa, o‘z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sektorlarining o‘sish bazalarining (asoslarining) pasayishiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo‘nalishlaridan) yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog‘oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to‘ldiriladi (tiklanadi). Va aksincha, agar pul massasi unga bo‘lgan talabdan ortiq bo‘lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo‘ladi. Tabiiy ravishda, bu variantlarning barchasi mamlakatning
qonunchiligiga  ham  bevosita  bog‘liq-mamlakatda  xorijiy  valyutaning  muomalada
bo‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki
yo‘qmi? va xokazo.
Tovarlar  massasi  cheklanganda  pul  emissiyasi  boshqa  mamlakatlarning  pul
birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy
qismlaridir (yo‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bo‘lgan pulning
miqdorini  aniqlashdan  tashqari  yana  boshqa  bir  yo‘nalishga  ega.  Bu  yo‘nalish
byudjet daromadlarini ko‘paytirishdir. Ana shu yo‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab
etadi.  Chunki  ma’lum  bir  miqdoriy  chegaradan  o‘tilganidan  so‘ng  pul  tizimi
inflyasiyaga  moyil  (ta’sirchan)  bo‘lib  qoladi,  ya’ni  byudjet  daromadlarining  real
qadrsizlanishi sodir bo‘lishi mumkin. 
Agar qandaydir bir sabablarga ko‘ra davlat o‘z pul tizimini tartibga solishga
qodir bo‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi. CHunki bunday
sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga
qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo‘lib qolish mumkin (o‘zaro  hisobga
olishlar, aksiyalarni sotib olish va xokazolar orqali).
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) bo‘lib,
uning namoyon bo‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit
tizimi  ssuda  kapitalining  faoliyat  ko‘rsatishini  ta’minlaydi.  O‘z  navbatida,  ssuda
kapitali  takror  ishlab  chiqarish  jarayonini  amalga  oshirishning  muhim  sharti
hisoblanib,  aylanma mablag‘larni to‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning
qarzga olinishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotning kredit sektori o‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham
xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib
kelishi mumkin:
-kreditlarning qaytarilmasligi;
- ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining o‘sishi;
-qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa
tortiladigan bazaning qisqarishi;
-ishlab chiqarishning qisqarishi;
Logotip
qonunchiligiga ham bevosita bog‘liq-mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishiga ruxsat beriladimi yoki yo‘qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo‘qmi? va xokazo. Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga nisbatan milliy pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Emissiya siyosati va milliy valyutaning barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir (yo‘nalishlaridir). Emission siyosat muomala uchun zarur bo‘lgan pulning miqdorini aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo‘nalishga ega. Bu yo‘nalish byudjet daromadlarini ko‘paytirishdir. Ana shu yo‘nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma’lum bir miqdoriy chegaradan o‘tilganidan so‘ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta’sirchan) bo‘lib qoladi, ya’ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo‘lishi mumkin. Agar qandaydir bir sabablarga ko‘ra davlat o‘z pul tizimini tartibga solishga qodir bo‘lmasa, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur etadi. CHunki bunday sharoitda mamlakatning milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy boylikdan mahrum bo‘lib qolish mumkin (o‘zaro hisobga olishlar, aksiyalarni sotib olish va xokazolar orqali). Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo‘nalishi) bo‘lib, uning namoyon bo‘lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag‘larni to‘ldirish va investitsiyalar uchun mablag‘larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o‘rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz stavkasining darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U asossiz darajada yuqori bo‘lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: -kreditlarning qaytarilmasligi; - ishlab chiqarish sektori va xizmatlar sektorida mahsulotlar narxining o‘sishi; -qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatida soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi; -ishlab chiqarishning qisqarishi;