MOLIYAVIY SIYOSAT
1.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari
Moliyaviy boshqaruvning barcha tizimi davlat moliyaviy siyosa-tiga asoslanadi.
Shuning uchun ham moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element
hisoblanadi. Moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi mustaqil
faoliyatidir. Bu faoliyat davlatning u yoki bu iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish dasturini
amalga oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta'minlashga qaratilgan.
Ijtimoiy rivojlanish deyilganda faqatgina maorif, madaniyat, sog'liqni saqlash va
boshqa ijtimoiy ehtiyojlarning rivojlanishi tushunilibgina qolmasdan jamiyatning ijtimoiy
tuzilmasi ham tushuniladi. Shuning uchun moliyaviy siyosatni faqat iqtisodiy siyosatga
bog'lab qo'yish maqsadga muvofiq emas.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo'nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy ta'sir ob'ekti
hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog'liq ravishda iqtisodiy yoki ijtimoiy,
madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to'g'risida
gapiriladi.
Moliyaviy siyosat o'z-o'zini bosib turuvchi mustaqil ahamiyatga ega bo'lib, bir
vaqtning o'zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini amalga
oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot, ijtimoiy soha, harbiy
islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo'lishi jiddiy ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta'sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib topadi:
• bosh maqsadni aniqlash va qo'yish hamda jamiyat hayotining ma'lum bir davriga xos
qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun yechi-lishi zarur bo'lgan istiqboldagi va yaqin
kunlardagi vazifalarni aniq-lashtirish;
• qo'yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishiladigan, yaqin kunlardagi va
istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlaming metodlari,
vositalari va aniq shakllarini ishlab chiqish;
• qo'yilganvazifalarni yechishga qodir bo'lgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish,
ularning bajarilishini tashkil etish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyojlarini qondirish va uzluksiz takror
ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash uchun ijtimoiy boylikni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga yo'naltiriladigan maqsad va
vazifalarning yechilishini aniqlashga moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta'rif ham berish mumkin: moliyadan
foydalanishning metodlari, uni tashkil qilishning amaliy shakllari va metodologik
prinsiplarining majmuiga (yig'indisiga) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o'z funksiyalarini bajarishi uchun moliyaviy
munosabatlardan foydalanish bilan bog'liq bo'lgan davlat organlarining ma'lum bir faoliyati
sifatida talqin qilinadi. Bunday talqin o'zida bir necha xavfni mujassam etadi. Buning boisi
shundaki, milliy xo'jalik taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi jamiyatda hukmron
tasawurlarga muvofiq ravishda davlatning vazifalari va funksiyalari ham o'zgaradi,
transformat-siyalanadi. Masalan, mamlakat iqtisodiyotiga davlatning aralashuvi, aholi turmush
darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish va shunga o'xshash davlatning
funksiyalari va vazifalarini
aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon
munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan faqat davlatning
funksiyalarini bajarish vositasi sifatida foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o'z-
o'zini boshqarish organlari bilan moliya tizimining boshqa sub'ektlari, ya'ni aynan
mamlakatning aholisi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlari manfaatlari o'rtasida qarama-qar-
shiliklarni keltirib chiqadi.
Masalan, ko'plab mutaxassislar, shujumladan, davlat hokimiyat organlarining vakillari
tomonidan amaldagi soliq mexanizmining samarasiz ekanligi, biznesning ayrim sohalari
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi mumkinligi ilmiy va amaliy
jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat uzoq vaqt davomida o'zgarmasdan qolaversa, amalga
oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda davlatning
moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga
tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi.
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi:
• birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o'z manfaatlarini ko'zda tutadigan hokimiyat
organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak;
• ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining
emas, balki moliya tizimi barcha sub'ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim;
• uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy
siyosatini farqlash zarur.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha
bo'g'inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta'minlash bo'yicha
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba-larning
ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor
etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron
bo'li-shiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo'lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu
siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy
muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta'sir ko'rsatib turishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bunday
siyosat aholining turmush farovonligini ta'minlab va davlat daromadlari manbaini
ko'paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy
siyosat ana shunga yo'naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash
mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish
uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan bo'lsa, bu narsa
korxona moliyaviy menejeriarining biznesni yuritish maqsadlariga erishish borasidagi
faoliyatini anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan iborat
bo'lishi mumkin:
• raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko'rsatishiga erishish;
• yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib
qutilish;
• raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish;
• korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish;
• korxona iqtisodiy salohiyatining o'sish sur'atJarini barqaror o'stirish;
• ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish;
• foydani maksimallashtirish;
• xarajatlarni minimallashtirish;
• rentabelli faoliyatni ta'minlash
• va boshqalar.
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng awalo,
biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Qo'yilgan maqsadlarga
erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o'zidabevosita mujassam bo'lgan boshqaruvning
salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub'ektlari)
organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha
mamlakat-larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati
quyidagi prinsiplar asosida quriladi:
• moliya tizimi bo'g'inlarining o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy
boshqaruvni amalga oshirish;
• barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi;
• barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari
quyidagilardan iborat:
• oxirgi maqsadga bog'liqlik;
• xo'jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiy mutanosibligi;
• jamiyat a'zolarining manfaatlariga muvofiqligi;
• haqiqiy imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoit-larni hisobga olish.
Moliyaviy siyosat dasturlarini (uzoq, o'rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy
resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo'naltirilgan davlat
tadbirlari majmui ta'minlaydi. Bu tadbirlar orasida moliyaviy munosabatlarning shakl-lari va
normalarini huquqiy tartibga solish muhim o'rin egallaydi.
O'z-o'zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo'lishi mumkin emas. Uning yaxshi
yoki yomon ekanligi jamiyat (yoki uning ma'lum bir qismi) manfaatlariga qanchalik
muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning yechilishiga qay
darajada ta'sir ko'rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o'zgartirish bo'yicha tavsiya
berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida gurahlari
manfaatlarini ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, yechilishi lozim bo'Igan
masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi
vazifalarning tavsifiga ega bo'lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni
amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona baho berish
mumkin.
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlarini, jamiyatdagi barcha qatlamlar va
alohida guruhlarning manfaatlarini, ma'lum tarixiy sharoitni va hayotning o'ziga xos
xususiyatlarini yuqori darajada hisobga oladigan bo'lsa, uning natijalari shuncha samarali
bo'ladi.
Bir vaqtning o'zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyati
muvofiqlashtirish
mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va jamiyatdagi turli qatlamlar manfaatlarini amalga
oshirilishiga hamda davlat ixtiyorida bo'Igan ob'ektiv imkoniyatlarning mavjudligiga, ya'ni
jamiyat ijtimoiy tizimidagi hamda ijtimoiy ong va psixologiya holatidagi o'zgarishlarni hisobga
olgan holda moliyaviy siyosatni amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-qarshi
ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ta'siridan har tomonlama foydalanish mexanizmini ishlab
chiqishga bevosita bog'liq.
Moliyaviy siyosat, eng awalo, moliyaviy resurslarning maksimal hajmini shakllantirishga
yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o'zgarishlarning
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy siyosatni aniqiash va uni
shakllantirish uchun davlatning moliyaviy ahvoli to'g'risida ishonchli ma'lumotlarzarurdir.
Huquqiy demokratikdavlatda moliyaviystatistika ko'rsatkichlari keng jamoatchilikka ham
tegishli bo'lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o'z vaqtida beriladigan, hamma olishi
mumkin bo'lgan va eng asosiysi ishonchli bo'lmog'i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab oladigan moliyaviy munosabatlar rivojlanishi
yo'nalishlarining umumiy ko'lami bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi
mumkin:
• moliyaviy siyosatning umumiy konsepsiyasini (maqsadlari, prinsiplarini, vazifalarini,
amalga oshirish bosqichlari va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;
• makrodaraja va bozor iqtisodiyoti sub'ektlari darajasida iqtisodiy o'sishni
rag'batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos bo'lgan dinamik holdagi
moliya mexanizmini shakllantirish;
• markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy oqimlarning
samarali boshqarilishini oshirish bo'yicha choralar tizimini ishlab chiqish va amalga
oshirish;
• ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya qishlishdagi
roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari va sohalari bo'yicha
moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlashni tashkil qilish;
• iqtisodiy o'sishningjoriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini shakllantirish.
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, asosiy yo'nalishlari jamiyat taraqqiyotida
davlatning roli to'g'risidagi fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda
davlat ishtiroki darajasini aniqlaydigan tegishli nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni
amalga oshirishga doir alohida vositalardan foydalanishda, ya'ni moliyaviy munosabatlarni
tashkil etishning aniq shakllarida namoyon bo'ladi. Shunga asosan ta'kidlash joizki,
yigirmanchi yuz yillikda jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to'g'risidagi masala bo'yicha
moliya nazariyasining asosiy yo'nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit
(1723—1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883-1946) va
ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan.
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo'Igan A.Smit va D.Rikardolar ilgari surgan
konsepsiyalarning mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin
raqobatni saqlamog'i lozim va jamiyat xo'jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor
mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz
yillikning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga,
davlatning muvozanatli byudjetini ta'minlashga qaratildi. Shu maqsadlarga muvofiq ravishda
moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish
hamda unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalari
amalga oshirilishini ta'minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar
yordamida shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi ustunlik qila
boshladi. Unga ko'ra, iqtisodiyot taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish
jarayonining davriy rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish zarurligi
asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish
joylarini yaratishga yo'naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning
o'zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning yechilishiga imkon berdi: aholining bandlik
darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o'sdi; qo'shimcha talab
shakllantirildi; MD ko'paydi; ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo
bo'ldi va h.k.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari oshishiga olib keldi va
shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o'zida davlat daromadlari oshirilishini ta'minlashga
qaratilgan moliyaviy choralar ko'rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi
asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog-ressiv stavkalari
qo'llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib
keldi.
Moliyaviy yo'nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar o'rtasidagi farq mohiyatan
byudjet defitsitini turli xilda baholanishi bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz
byudjetni shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo'lsa, ikkinchi
konsepsiya esa byudjet defitsitining bo'lishi mumkinligiga yo'l qo'ygan va ayni zamonda
iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb nom olgan
siyosat g'arb mamlakatlarida o'z samara-dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi
kengayishi va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni
tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat
krediti rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o'rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda
kapitallari bozorining rivojlanishiga olib keldi va o'z ahamiyati bo'yicha davlat moliyaviy
resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. Natijada MDni qayta taqsimlashda
moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yiIlarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik yo'nalish moliyaviy
siyosatning o'ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga
soluvchilik rolidan voz kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi, aksincha biroz
kuchaydi. Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda kapitallari
va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida
davlatning ta'sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning
barchasi taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z ta'sirini ko'rsatdi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy nazariyalar
ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib
ketganligidan) iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga
solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element -laridan foydalanadilar.
Sovet davlatida va ijtimoiyistik orientatsiyada (yo'nalishda) bo'lgan barcha mamlakatlarda
moliyaviy siyosat K.Marks (1818— 1881) va V.I.Leninning (1870—1924) nazariy
konsepsiyalari ta'sirida shakllandi. Sotsialistik davlatning mohiyati va funksiyalari haqidagi
markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining asosiy prinsipini —
moliyaviy markazlashtirishni — belgilab berdi.
Davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismi
to'planishinigina
(konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy munosabatlarni tashkil etishda
davlatning yakka hokimligini ko'zda tutuvchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi.
Chunki davlatning funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo'jalik-
tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bo'lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy soha ehtiyojlarini byudjetdan to'liq moliyalashtirdi.
Jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda davlatning roli keskin oshdi, rivojlanishning davlat rejalari
yordamida ijtimoiy faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy
mulk shakllari umumxalq mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq ravishda davlat
MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab chiqarish sohasida to'g'ridan-to'g'ri
taqsimlashga va Davlat byudjeti orqali qayta taqsimlashga o'tdi.
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo'ldiki, davlat bevosita va monopol
ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit
munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini barcha qiymat
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi yagona ma'muriy-
buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunaqangi moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan insoniyat tarixi uchun
mutlaqo yangi bo'lgan ikkinchi ijtimoiy munosabatlar tizimiga o'tilishini, sovet davlati oldida
turgan va faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning
yechilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni yetarli darajada samarali bo'lgan moliyaviy
siyosat deyish mumkin. Chunki chor Rossiyasidan, Fuqarolar urushidan, chet el harbiy
bosqinidan meros bo'lib qolgan favqulodda murakkab moliyaviy vaziyatga qaramasdan
fashistlar Germaniyasi bilan urush arafasida Sovet davlati yetarli darajada kuchli iqtisodiy
salohiyatni yaratishga muvaffaq bo'ldi, urushda g'alaba qozondi va qisqa muddatlarda
urushda vayron bo'lgan xalq xo'jaligini tikladi.
II Jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy siyosati g'arb
mamlakatlari va eng awalo, AQSh bilan qurollanish poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi
raqobatni moliyaviy jihatdan ta'minlashga qaratildi.
Bir vaqtning o'zida ijtimoiyistik lager mamlakatlariga juda katta miqdorda moliyaviy
yordamlar ko'rsatildi:
• ularning taraqqiyotida ijtimoiyistik yo'nalishni ta'minlash uchun;
• ijtimoiyistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mamlakatlarga aylantirish uchun;
• kuchli harbiy ittifoqchilarni shakUantirish va umuman mudofa qobiliyatini
mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xom-ashyo bazasini va eng awalo, neft va gaz qazib
chiqarishni yuqori tezlashtirilgan sur'atlarda rivojlantirish talab etildi. Yangi qazilma
boyliklarini o'zlashtirish (ularning geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya
boshladi) juda katta miqdordagi moliya resurslarning bo'Iishini taqozo etdi. Bu vazifalarni
bajarish uchun yangi hududlarni o'zlashtirish, o'sha tumanlarga ko'plab ishchi kuchlarini
migratsiya qilish, mehnatga haq to'lashning oshirilgan normalarini joriy etish zarur bo'ldi.
Neft va gaz quvurlarini qurish hajmi muttasil oshib bordi. Xalqaro bozorda neft va gazning
bahosi yuqori bo'lib turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma'lum darajada
qoplagan edi. Shunga qaramasdan, bunday moliyaviy siyosat MDni tegishli tarzda qayta
taqsimlashni talab qildi. Natijada mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi taraqqiy etgan bir
tomonlama iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-nazaridan urushdan keyingi davrning
moliya siyosati va uni amalga oshirish choralarini samarasiz deb baholash unchalik to'g'ri
bo'lmaydi. Hukumat dasturlarida aholi turmush darajasini oshirish ko'zda tutildi. Shunga
qaramasdan aholining turmush darajasi mehnatga haq to'lash darajasiga va qishloq xo'jaligi,
oziq-ovqat, yengil sanoat, fuqarolik qurilishi, iste'mol buyumlarini ishlab chiqaruvchi
tarmoqlarning rivojlanish darajasiga bog'liq edi. Harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat
aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq to'lash darajasi qiyosiy
jihatdan yuqoriroq bo'lishiga qaramasdan, hatto bu ish bilan band bo'lgan aholi ham o'z
iste'mol talablarini to'la qondira olmas edi. Shuning uchun ham iste'mol bozori
rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi sovet moliya siyosati salbiy baholanishiga
sabab bo'ldi.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta
taqsimlash negizida quyidagilarni yotishi muhim ahamiyatga egadir:
• taqsimlash munosabatlarining sub'ektlarini aniqlash, ya'ni moliyaviy resurslarning
egalari va taqsimlovchilarini ajratish;
• yuridik shaxslar va aholining o'z ehtiyojlarini qondirishdagi mustaqillik darajasi va
davlatning funksiyalariga bog'liq ravishda davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning
markazlashtirilish darajasini aniqlash;
• birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini tanlash va shularga
mos ravishda moliyaviy resurslardan foydalanishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash;
• moliyaviy resurslarni shakllantirishning manbalari va metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat ko'p o'lchamli tushuncha hisoblanadi. Agar umumiy holda uning
sohasi jamiyat taraqqiyotining alohida bosqich-larida hukmronlik qilgan nazariy
konsepsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni boshqarishda davlatning
ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa, uning qiymat munosabatlari ele-mentlari bo'yicha
tabaqalanishi moliya tizimining rivojlanganUgiga va uning ayrim bo'g'inlari mustaqilligiga
bog'liq bo'ladi.
1.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari)
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) quyidagilardan iborat:
• byudjet siyosati;
• soliq siyosati;
• pul siyosati;
• kredit siyosati;
• baho siyosati;
• investitsion siyosat;
• ijtimoiy-moliyaviy siyosat;
• boj siyosati.
O'z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga
oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma'noda yordamchi rolni o'ynaydi. Bir vaqtning o'zida
davlat siyosatining boshqa— milliy, geosiyosat, harbiy — yo'nalishlari ham mavjudligini
esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy,
geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida
xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvga xos
yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. Mamlakat sub'ektlari darajasida moliyaviy siyosat
borasida qarorlar qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va
mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng
awalo, har bir mamlakatning Konstitut-siyasi va byudjet jarayonida hamda qonun
ijodkorligida alohida hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar
majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihati-dan katta ish bo'lishiga
qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga
muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari
funksiyalarini, mamlakat sub'ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini,
byudjet jarayoni sub'ektlarining huquq va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak.
Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to'plana-digan
YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari munosabatlarida, byudjet
xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlami
taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo'llarini aniqlashda
ifodalanadi.
Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda
davlatning o'z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qo'lida to'plangan pul mablag'lari
harakati o'z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun
pul resurslarini yo'naltirish byudjet siyosati ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga
erishish milliy iqtisodiyot ta'minlaydigan mablag'lardan ko'p mablag' talab etsa, davlat
qo'shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favqulodda usullarini qo'Uashga
majbur bo'ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik, mol-mulkni ijaraga
berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini to'ldirishga doir favqulodda
choralar iqtisodiy mustaqillikning yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda
hokimiyat qonunchilik organlari qarz olish chegarasini oldindan belgilaydi.
Soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi hisoblanadi. Besh yuz yildan
ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga nisbatan munosabatini aniq
belgilash imkoniga ega bo'lgan. Bu munosabatlar quyidagilardan tashkil topadi:
• davlat soliqlarsiz faoliyat ko'satishi mumkin emas;
• soliqni undirish qat'iy o'sish tendensiyasiga ega;
• oqilona soliq ostonasidan o'tilganidan so'ng tabiiy takror ishlab chiqarish jarayoni
buziladi — iqtisodiyotning o'z-o'zidan yemirilishi sodir bo'ladi;
• tanazzul davrida soliqlar mumkin qadar minimal darajada o'rnatilmog'i lozim. Buning
natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish
hisobidan tiklanadi;
• soliqning yuqori ostonasi kapitalning chetga chiqib ketishiga olib keladi;
• iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kerak, albatta. Biroq, summar
o'lchovlarda sof daromadning 30%dan ortiq qismi undirilishida mamlakatdagi iqtisodiy
o'sishi to'xtaydi;
• soliq imtiyozlari ochiq belgilanishi va barcha takror ishlab chiqarish sub'ektlari uchun
teng bo'lishi kerak;
•soliq tizimi konfiskatsion xarakterga ega bo'lmasligi lozim. Faqat, xususiy daromadlar
o'sishi orqali ifodalangan milliy boylikning ko'payishi soliqqa tortiladigan asosning barqaror
o'sishini ta'minlashi mumkin;
• qonunlar va qoidalar barqarorligini davlat kafolatlagan iqtisodiy tizimda soliqlarning
summar o'lchovi barqaror o'sish tendensiyasiga ega bo'ladi. Barqarorlik kafolati sifatida
davlat o'zining majburiyatlarini buzishni boshlasa, kapital xufyona iqtisodiyotga yoki
xorijga o'tib ketib, byudjetning daromadlar bazasini qisqartiraveradi;
• soliq tizimi oddiy, ochiq va samarali bo'lmog'i lozim. Soliqlar sonini, soliqqa tortish
ob'ektlarini ko'paytirish, ko'p bosqichli soliqlarni joriy etish soliqlarni undirish bo'yicha
xarajatlar ortishiga, boqimanda va jarimalarning o'sishiga va pirovardida, mulkni qamoqqa
olish, soliq to'lovchini kasod deb e'lon qilish singari yo'llar orqali iqtisodiyotning
yemirilishiga olib keladi;
• soliqqa tortish egri (bilvosita) tizimining ustuvorligi byudjet daromadlarini
shakllantirish nuqtai-nazaridan qulay hisoblanadi. Lekin bu narsa, oxir oqibatda, mamlakat
aholisi asosiy qismining qashshoqlanishiga olib keladi. Chunki bunday soliqlarning yuki
tovarlar va xizmatlarning oxirgi iste'molchisi gardaniga, ya'ni yashash minimumi
darajasida yoki ijtimoiy tirikchilik darajasida daromadga ega bo'lgan aholining 80—90%
qismiga yuklanadi. Bu holat daromadlarning turli darajalarida iste'molning nisbatan bir xil
bo'lishiga asoslangan;
• egri (bilvosita) soliqlar tizimining xavfi shundaki, bu tizimda aholining asosiy qismidan
jamg'armalar olib qo'yiladi va bu, o'z navbatida, kredit tizimi va ikkilamchi moliyaviy
bozor tizimi asoslarini buzadi. Egri (bilvosita) soliqlardan voz kechgan AQSh tajribasi
bunga yaqqol misoldir;
• egri (bilvosita) soliqlarni sog'liquchunzararli bo'lgan tovarlar, zebu-ziynat buyumlari,
ayrim hollarda import qilinadigan tovarlar va xizmatlar, singari bir qancha o'ziga xos maxsus
holatlarga nisbatan joriy etish zarur;
• daromad va mol-mulkdan olinadigan soliqlar soliq bazasining asosiysi hisoblanishi
kerak. Ularni proporsional soliqqa tortish prinsiplariga asoslanib qurish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy tashabbussiz va jamiyatdagi barcha a'zolarning
samarali mehnatisiz iqtisodiyotni tiklash murakkab bo'lib qolaveradi. Soliqlar bozor
iqtisodiyotida mehnatning asosiy rag'batlantirishni salohiyatini (motivatsiya qilinishini)
olib qo'yadi, xolbuki mehnat daromad keltirishi lozim. Mamlakat iqtisodiyotiga soliq
siyosatining ta'siri bevosita namoyon bo'ladi — yuqori soliq ostonasi takror ishlab chiqarish
jarayonining investitsion imkoniyatlarini qisqartiradi, jamiyatda iste'mol darajasi kamayadi,
bu holat esa, o'z navbatida, ishlab chiqarish va xizmat sohalarining o'sish bazalari
pasayishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlaridan (yo'nalishlaridan) yana bin pul siyosatidir. Agar
muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan
holda) mos kelmasa, pul massasining yetmagan qismi qog'oz pullar (pullarning surrogati)
hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to'ldiriladi. Va aksincha, agar pul massasi unga bo'lgan
talabdan ortiq bo'lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy
valyutaning qadrsizlanishi sodirbo'ladi. Tabiiy ravishda, bu holatlaming barchasi mamlakat
qonunchiligiga ham bevosita bog'liq — mamlakatda xorijiy valyutaning muomalada bo'lishiga
ruxsat beriladimi yoki yo'qmi, milliy valyuta konvertatsiya qilinadimi yoki yo'qmi? va h.k.
Tovarlar massasi cheklanganda pul emissiyasi boshqa mamlakatlarning pul birligiga
nisbatan milliy pul birligi qadrsizlanishiga olib keladi.
Emissiya siyosati va milliy valyuta barqarorligi pul siyosatining tarkibiy qismlaridir
(yo'nalishlaridir). Emissiya siyosati muomala uchun zarur bo'Ian pulning miqdorini
aniqlashdan tashqari yana boshqa bir yo'nalishga ega. Bu yo'nalish byudjet daromadlarini
ko'paytirishdir. Ana shu yo'nalish alohida ehtiyotkorlikni talab etadi. Chunki ma'lum bir
miqdoriy chegaradan o'tilganidan so'ng pul tizimi inflyasiyaga moyil (ta'sirchan) bo'lib
qoladi, ya'ni byudjet daromadlarining real qadrsizlanishi sodir bo'lishi mumkin. Agar
qandaydir bir sabablarga ko'ra davlat o'z pul tizimini tartibga solishga qodir bo'lmasa,
mamlakatning iqtisodiy xavfsizligiga putur yetadi. Chunki bunday sharoitda mamlakatning
milliy valyutasi boshqa kuchli valyutalarning ekspansiyasiga qarshi turaolmaydi va milliy
boylikdan mahrum bo'lib qolish mumkin .
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) bo'lib, uning
namoyon bo'lishi mamlakatning krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda
kapitalining faoliyatko'rsatishini ta'minlaydi. O'z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab
chiqarish jarayonini amalga oshirishdgi muhim shart hisoblanib, aylanma mablag'Iarni
to'ldirish va investitsiyalar uchun mablag'larning qarzga olinishini ta'minlaydi. Iqtisodiyotning
kredit sektori o'rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi. Foiz
stavkasi darajasi jamiyatdagi iqtisodiy faollikka salbiy ta'sirko'rsatishi mumkin. U asossiz
darajada yuqori bo'lsa, quyidagi salbiy oqibatlarga olib keladi:
• kreditlarriing qaytarilmasligi;
• ishlab chiqarish sohasi va xizmatlar sohasida mahsulotlar narxining o'sishi;
• qarzga oluvchilar rentabellik darajasining pasayishi va buning oqibatda soliqqa
tortiladigan bazaning qisqarishi;
• ishlab chiqarishning qisqarishi;
• takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlari pasayishi natijasida ichki
iste'mol bozorining torayishi.
Aksincha, kreditning arzonlashuvi ishlab chiqarishning sog'lomlashuviga, tovarlar
massasi ortishiga, tovarlarva xizmatlar bahosi pasayishiga va ana shularning natijasida esa,
takror ishlab chiqarish jarayoni sub'ektlari daromadlarining oshishiga, soliqqa tortish bazasi
kengayishiga va byudjet daromadlari ko'payishiga olib keladi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlatning baho siyosati
monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining o'zgartirilishi orqali ifodalanadi. Yer osti
boyliklari, suv havzalari, temir yo'llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari
davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosi o'sishi (ortishi)
milliy xo'jalikning barcha boshqa sektorlarida baholar o'sishiga olib keladi. Bu yerda
bog'lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo'q. Shuning uchun ham baho
siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo'lib hisoblanadi.
Investitsiya siyosati ham moliyaviy siyosatning tarkibiy
qismlaridan
(yo'nalishlaridan) biri bo'lib, u eng awalo, mamlakat iqtisodiyotining real sektoriga o'z va
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlar yaratish bo'yicha tadbirlar kompleksidan
iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasini boshqarishga
bog'Iiq turli darajalarda amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat
iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning
«chiqib» ketmasligi va aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallaroqimining kirib kelishi uchun
sharoitlarni yaratish orqali ifodaJanadi.
Ijtimoiy moliyaviy siyosat Konstitutsiyaga muvofiq mamlakat aholisining huquqlarini
moliyaviyjihatdan ta'minlash bilan bog'Iiq. Hozirgi paytda bu siyosat, o'z navbatida, nafaqa
siyosati, immigratsiya siyosati, aholining ayrim ijtimoiy guruhlariga moliyaviy yordam
ko'rsatish siyosati singari sohalarni o'z ichiga oladi.
Boj siyosatini moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida qarash bilan
birgalikda uni soliq va baho siyosatlarining ham bir qismi sifatida e'tiborga olish kerak.
Chunki soliqlar va boj yig'imlari tovar va xizmatlarning bahosiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Bir
vaqtning o'zida boj siyosati mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir ko'rsatishning o'ziga xos usuliga
ham ega bo'ladi. Usulning o'ziga xosligi shundaki, bu siyosat bir tomondan, mamlakat ichki
bozoriga import qilinayotgan tovarlar va xizmatlarni kengaytirishi yoki cheklashi, ikkinchi
tomondan esa, mamlakatdan tovarlar va xizmatlar eksportini rag'batlantirishi yoki unga
to'sqinlik qilishi mumkin. Masalan, mamlakatda mavjud bo'lmagan texnologik asbob—
uskunani import qilishga 20% li boj yig'imi o'rnatilsa, bu narsa mamlakatdagi ishlab
chiqaruvchilarning investitsion imkoniyatiarini kamaytiradi, ichki ishlab chiqarish o'sish
sur'atlarini pasaytiradi, import mahsulotlari salmog'ini oshiradi.
Har qanday mamlakatning boj siyosati bumerang harakatiga egadir. Chunki boj
undirishning cheklovchi yoki rag'batlantiruvchi hajmlarining joriy qilinishi xuddi shunday
javob choralari qo'Uanilishini taqozo etadi. Boj siyosati yo'nalishi tanlanishi mamlakat
iqtisodiy ahvoliga mos kelishi kerak. Agar biz bugun oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj
tovarlarining import qilinishiga bog'lanib qolsak, bu boj stavkalarida o'z aksini topmog'i
lozim. Ammo boj stavkalari rag'batlantiruvchi bo'lsa, u holda mamlakatdagi tovar ishlab
chiqaruvchilar xorijiy tovarlar bilan raqobat qila olmay qoladi.
Umuman olganda, aksari hollarda mamlakatning boj siyosati bojxona bojlari va
to'lovlarini oshirishga yo'naltirilgan byudjet siyosatiga bogiiq bo'tadi.
Xullas, moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) ilmiy jihatdan
asoslangan, ma'lum bir maqsadlarga erishishgayo'naltirilgan, muvofiqlashtirilgan, takror ishlab
chiqarish sub'ektlarining manfaatlariga zid kelmaydigan bo'lishi kerak. Uning muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi davlat ichki va tashqi qarzlari kamayishiga, davlatning oltin-valyuta zaxiralari