Moliyaviy vositachilar

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

16

File size

Fayl hajmi

42,4 KB


Moliyaviy vositachilar
Reja:
1. Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi.
2. Banklar va ularning asosiy funksiyalari.
3. Sug‘urta kompaniyalari va ularning asosiy funksiyalari.
4. Investitsion banklar. Anderrayting.
5. Venchur kompaniyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Logotip
Moliyaviy vositachilar Reja: 1. Moliyaviy vositachilarning umumiy tarkibi. 2. Banklar va ularning asosiy funksiyalari. 3. Sug‘urta kompaniyalari va ularning asosiy funksiyalari. 4. Investitsion banklar. Anderrayting. 5. Venchur kompaniyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
1-savol bayoni. Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy
vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan
ko‘ra  yuqoriroq  samara  beradigan  moliyaviy  mahsulot  va  xizmatlar  bilan
ta’minlashdan  iborat.  Eng  umumiy  ko‘rinishda  ularning  tarkibini  quyidagicha
tasavvur etish mumkin (8.1-rasm):
8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi1.
1 Moliyaviy vositachilar eng umumiy tarkibiy qismlariga kiruvchi ayrim  sub’ektlarning, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, 
mamlakatimiz amaliyotida mavjud emasligi ularning shunday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga rahna sola 
olmaydi.
Молиявий воситачилар
Ўзаро 
фондлар
Банклар
Бошқа депозит-
жамғарма 
муассасалари
Активларни 
бошқарувчи 
фирмалар
Ахборот хизматларини кўрсатувчи фирмалар
Венчур ком-
панияларига 
капитал қўювчи 
фирмалар
Суғурта 
компаниялари
Пенсия 
фондлари
Инвестицион 
банклар
Logotip
1-savol bayoni. Moliyaviy vositachilar shunday firmalarki, ularning asosiy vazifasi moliya bozoridagi mijozlarni shaxsan ular ishtirokidagi operatsiyalaridan ko‘ra yuqoriroq samara beradigan moliyaviy mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlashdan iborat. Eng umumiy ko‘rinishda ularning tarkibini quyidagicha tasavvur etish mumkin (8.1-rasm): 8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi1. 1 Moliyaviy vositachilar eng umumiy tarkibiy qismlariga kiruvchi ayrim sub’ektlarning, ba’zi bir sabablarga ko‘ra, mamlakatimiz amaliyotida mavjud emasligi ularning shunday tarkibiy qismlardan iborat ekanligiga rahna sola olmaydi. Молиявий воситачилар Ўзаро фондлар Банклар Бошқа депозит- жамғарма муассасалари Активларни бошқарувчи фирмалар Ахборот хизматларини кўрсатувчи фирмалар Венчур ком- панияларига капитал қўювчи фирмалар Суғурта компаниялари Пенсия фондлари Инвестицион банклар
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta
kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar
qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli
qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga
eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda
investorlarning  moliyaviy  resurslarini  birlashtiradi  va  yig‘ilgan  mablag‘larni
qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari
masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli
darajada  tejamkorlikka  erishadi  va  tabiiyki,  mijozlarga  mablag‘larni  qimmatli
qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar
oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi.
2-savol bayoni. Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan)
va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab
yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy
funksiyasi  hisob  va  kliring  operatsiyalarini  amalga  oshirish  uchun  to‘lov
mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan
kechirayotgan  savdo-sotiqning  tovar  va  xizmatlar  bilan  rivojlanishiga  yordam
bergan.  Birinchi  banklarni  ayirboshlovchi  (almashtiruvchi)lar  ochgan.  Aytish
joizki, “bank” so‘zi "banka" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun
kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni
suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita:
omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi
muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funksiyalarni
bajaruvchi  moliyaviy  vositachilar  hisoblanadi.  Ular  mijozlarga  faqat  pullarni
o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni
taklif  etibgina  qolmay,  balki  o‘zaro  fondlar  va  sug‘urta  kompaniyalari
funksiyalarini  ham  bajaradilar.  Masalan,  Germaniyada  universal  banklar deb
Logotip
Moliyaviy vositachilarning asosiylari sifatida banklar, investitsiya va sug‘urta kompaniyalarini ko‘rsatish mumkin. Ularning moliyaviy mahsulotlariga, boshqalar qatorida, chek hisobvaraqlari, kreditlar, ipotekalar, o‘zaro fondlarning qimmatli qog‘ozlari va keng ko‘lamli sug‘urta shartnomalari kiradi. Moliyaviy vositachiga eng oddiy misol sifatida o‘zaro fondni olishimiz mumkin. U ko‘pchilik mayda investorlarning moliyaviy resurslarini birlashtiradi va yig‘ilgan mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga qo‘yadi (joylashtiradi). Bunday fondlar o‘z operatsiyalari masshtabining kengligi tufayli qimmatli qog‘ozlar hisobi va savdosida sezilarli darajada tejamkorlikka erishadi va tabiiyki, mijozlarga mablag‘larni qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qilishning bevosita fond bozoridagi qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisidan ko‘ra samaraliroq usullarini taklif qiladi. 2-savol bayoni. Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banka" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar. Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funksiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germaniyada universal banklar deb
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan
deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar. 
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi
moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari
qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya2 bo‘yicha
universal bank hisoblansa-da, uning funksiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan
broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan  banklar  sirasiga kiruvchi  Merrill
Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos.
Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings
institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma
assotsiatsiyalari  (S&Ls)  va  kredit  uyushmalarini  umumiy  nomlash  uchun
qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda
ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida
ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun
ipoteka  zayomlari  va  iste’mol  zayomlari  bo‘yicha  ixtisoslashgan.  Boshqa
davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit
uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma
institutlari mavjud.
Demak, bank – bu moliyaning mahsus faoliyat sohasi bo‘lib, moliya bozori
orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali sub’ektlariga
manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda bank pul
va moliyaviy instrumentlar yordamida o‘zi bilan bog‘liq shaxslar (kreditorlar,
egalari-investorlar,  joriy  operatsion  hizmatidan  foydanuvchi  mijozlar,  kredit
oluvchilar, sheriklari) risklarini ma’lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib oladi
va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta’minlash maqsadida)
difersifikatsiyalash  asosida  professional  boshqaradi.  Moliya  bozorida  bunday
faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan turli mulkchilik
shaklida  tuzilgan  banklar  amalga  oshiradi.  Bunda  banklar  tijorat  tashkilotlari
2 «Klassifikatsiya» lotincha «klassis» - daraja, razryad + “fakere” – qilmoq. Tasnif – tanlab olish; turlarga ajratish. 
Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish.  Qarang: o‘sha 
manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV–B.11.
Logotip
nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar. Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya2 bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funksiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos. Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma institutlari mavjud. Demak, bank – bu moliyaning mahsus faoliyat sohasi bo‘lib, moliya bozori orqali pul resurslarini jamlab, ularni iqtisodiyotning turli samarali sub’ektlariga manfaatli taqsimlaydigan alohida moliyaviy institut hisoblanadi. Bunda bank pul va moliyaviy instrumentlar yordamida o‘zi bilan bog‘liq shaxslar (kreditorlar, egalari-investorlar, joriy operatsion hizmatidan foydanuvchi mijozlar, kredit oluvchilar, sheriklari) risklarini ma’lum (kelishilgan) haq evaziga qabul qilib oladi va jamlangan risklarni manfaatli (foyda olish va foyda bilan ta’minlash maqsadida) difersifikatsiyalash asosida professional boshqaradi. Moliya bozorida bunday faoliyatni ihtisoslashgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan turli mulkchilik shaklida tuzilgan banklar amalga oshiradi. Bunda banklar tijorat tashkilotlari 2 «Klassifikatsiya» lotincha «klassis» - daraja, razryad + “fakere” – qilmoq. Tasnif – tanlab olish; turlarga ajratish. Narsa va hodisalarni ularning o‘ziga xos belgi, xususiyatlariga qarab, tur, turkum va sh.k.ga ajratish. Qarang: o‘sha manba. J.II. – B.382. O‘sha manba. J. IV–B.11.
sifatida ma’lum risklarga moyil bo‘lganliklari sababli, ular moliya bozori orqali
o‘z risklarini boshqaradilar. 
Ko‘rinib turibdiki, banklar sug‘urta kompaniyalari va investitsiya institutlari
bilan  bir  qatorda  moliya  bozorining  professional,  o‘ta  zarur,  foydali  va  eng
salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi. 
Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari
o‘zaro bog‘liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida moliya
bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi. Bu esa moliya
bozorining risksizlilik,  jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini
ko‘tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat
qiladi. 
Mamlakatimiz  rahbariyati  tomonidan  respublika  bank  tizimining  izchil
rivojlanishiga  katta  e’tibor  qaratilayotganligi  va  banklarning  kapitallashuv
darajasini yanada oshirish va ularning resurs bazasini mustahkamlash borasida
tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi investorlarning fond birjasidagi
banklar  aksiyalariga  bo‘lgan  qiziqishlarining  tobora  ortib  borishiga  sabab
bo‘lmoqda.  Banklar  aksiyalariga  bo‘lgan  qiziqishning  ortib  borishi  ularning
ishonchliligi,  barqarorligi,  daromadlar  miqdorining  doimiy  oshib  borishi  va
aksiyadorlar uchun axborotlar oshkor qilish qonunchilik normalarining faol tadbiq
etilayotganligi kabi omillar bilan uzviy bog‘liqdir.
"Toshkent"  Respublika  fond  birjasining  birlamchi  joylashtirish  va
ikkilamchi bozor savdo maydonlaridagi qimmatli qog‘ozlarning investitsiyaviy
jozibadorligi bo‘yicha tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, birja savdo aylanmalarining
asosiy qismi tijorat banklari aksiyalariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shunday qilib, banklar  umuman iqtisodiyotda, xususan  moliya bozorida
quyidagi rollarni bajaradi: 
- monetar siyosatni ta’minlovchi institutlar; 
- iqtisodiyot sub’ektlariga kredit, pul vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar
bo‘yicha professional hizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar; 
- moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai; 
Logotip
sifatida ma’lum risklarga moyil bo‘lganliklari sababli, ular moliya bozori orqali o‘z risklarini boshqaradilar. Ko‘rinib turibdiki, banklar sug‘urta kompaniyalari va investitsiya institutlari bilan bir qatorda moliya bozorining professional, o‘ta zarur, foydali va eng salmoqli qatnashchilaridan hisoblanadi. Aytilgan operatsiyalar negizida davlat (markaziy) banki va tijorat banklari o‘zaro bog‘liqlikda bank tizimini hosil qilib, markaziy bank boshchiligida moliya bozori orqali iqtisodiyotda kredit-pul (monetar) siyosatini yuritadi. Bu esa moliya bozorining risksizlilik, jalbdorlilik, barqarorlik, moliyaviy havfsizlik darajasini ko‘tarishga, samarali investitsion hajmini va jarayoni sifatini oshirishga hizmat qiladi. Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan respublika bank tizimining izchil rivojlanishiga katta e’tibor qaratilayotganligi va banklarning kapitallashuv darajasini yanada oshirish va ularning resurs bazasini mustahkamlash borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi investorlarning fond birjasidagi banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishlarining tobora ortib borishiga sabab bo‘lmoqda. Banklar aksiyalariga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi ularning ishonchliligi, barqarorligi, daromadlar miqdorining doimiy oshib borishi va aksiyadorlar uchun axborotlar oshkor qilish qonunchilik normalarining faol tadbiq etilayotganligi kabi omillar bilan uzviy bog‘liqdir. "Toshkent" Respublika fond birjasining birlamchi joylashtirish va ikkilamchi bozor savdo maydonlaridagi qimmatli qog‘ozlarning investitsiyaviy jozibadorligi bo‘yicha tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki, birja savdo aylanmalarining asosiy qismi tijorat banklari aksiyalariga to‘g‘ri kelmoqda. Shunday qilib, banklar umuman iqtisodiyotda, xususan moliya bozorida quyidagi rollarni bajaradi: - monetar siyosatni ta’minlovchi institutlar; - iqtisodiyot sub’ektlariga kredit, pul vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha professional hizmatlar ko‘rsatuvchi institutlar; - moliyaviy resurslar akkumulyatori, yirik investitsiyalar manbai;
- institutsional investor (belgilangan tartibda); 
- qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda); 
- fond bozorida professional hizmat ko‘rsatuvchi institut. 
Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‘rish
mumkin3. 
Hozirda  rivojlangan  mamlakatlardagi  banklar  operatsiyalari  va
daromadining  80  foiziga  yaqin  miqdori  qimmatli  qog‘ozlar  bozorida
shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan
hosil  bo‘lmoqda.  Bu  holatni  investitsiya  banklari  faoliyati  misolida  ko‘rish
mumkin.  
Investitsiya  banki  – bu  asosan  qimmatli  qog‘ozlar  bilan bog‘liq
operatsiyalarga  ihtisoslashgan  kredit-moliya  instituti.  Uning  maqsadi:  moliya
bozorlari orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish, o‘z mijozlarini (jumladan
davlatni) uzoq muddatli kreditlash. Zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat
fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi, balki
kompaniyalarni  birlashtirilishi  (yutib  borilishi)  va  o‘zaro  birlashishini
tashkillashtirish,  ipotekani  va  venchur  kapitalini  boshqarish  bilan  ham
shug‘ullanadi. 
Investitsiya  banklari  turli  mamlakatlarda  ma’lum  xususiyatlarga  ega.
Masalan,  Buyuk  Britaniyada  – turli  profilli  investitsiya  kompaniyalari,  savdo
banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik
kompaniyalari,  pensiya  fondari,  sug‘urta  kompaniyalari  qimmatli  qog‘ozlarini
boshqarish bilan ham shug‘ullanadi. 
Fransiyada  esa  biznes-banklar,  investitsiya  uylari,  Germaniyada  –
investitsiya jamiyatlari, Yaponiyada – trastbanklar va shahar banklari misol bo‘la
oladi. 
Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi:
HSBC  Holdings (Buyuk  Britaniya),  Chase  Manhattan  Corp.  (AQSH),  Credit
Agricole  Group (Fransiya),  Citicorp.  (AQSH),  Bank  of  Tokyo-Mitsubishi
3 Vahobov A.V., Jumayev N.X, Burxanov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari.-T.: Sharq, 2003.-bb.347-370; 
Maksimo V.Eng, Frensis A.Lis, Lourens Dj.Mauyer. Mirovie finansi.-M.: IKK «DeKA», 1998.-736 s.
Logotip
- institutsional investor (belgilangan tartibda); - qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi (belgilangan tartibda); - fond bozorida professional hizmat ko‘rsatuvchi institut. Aytilganlarni xalqaro bank tizimi rivojlanishi tendensiyalari asosida ko‘rish mumkin3. Hozirda rivojlangan mamlakatlardagi banklar operatsiyalari va daromadining 80 foiziga yaqin miqdori qimmatli qog‘ozlar bozorida shakllanmoqda. Daromadining qolgan qismi esa traditsion bank operatsiyalaridan hosil bo‘lmoqda. Bu holatni investitsiya banklari faoliyati misolida ko‘rish mumkin. Investitsiya banki – bu asosan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarga ihtisoslashgan kredit-moliya instituti. Uning maqsadi: moliya bozorlari orqali qo‘shimcha pul mablag‘larini jalb qilish, o‘z mijozlarini (jumladan davlatni) uzoq muddatli kreditlash. Zamonaviy investitsiya banki hozirda na faqat fond bozorlarida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaradi, balki kompaniyalarni birlashtirilishi (yutib borilishi) va o‘zaro birlashishini tashkillashtirish, ipotekani va venchur kapitalini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi. Investitsiya banklari turli mamlakatlarda ma’lum xususiyatlarga ega. Masalan, Buyuk Britaniyada – turli profilli investitsiya kompaniyalari, savdo banklari. Bunda savdo banklari oddiy bank operatsiyalaridan tashqari, aksiyadorlik kompaniyalari, pensiya fondari, sug‘urta kompaniyalari qimmatli qog‘ozlarini boshqarish bilan ham shug‘ullanadi. Fransiyada esa biznes-banklar, investitsiya uylari, Germaniyada – investitsiya jamiyatlari, Yaponiyada – trastbanklar va shahar banklari misol bo‘la oladi. Hozirda dunyoning eng yirik investitsiya banklari quyidagilar hisoblanadi: HSBC Holdings (Buyuk Britaniya), Chase Manhattan Corp. (AQSH), Credit Agricole Group (Fransiya), Citicorp. (AQSH), Bank of Tokyo-Mitsubishi 3 Vahobov A.V., Jumayev N.X, Burxanov U.A. Xalqaro moliya munosabatlari.-T.: Sharq, 2003.-bb.347-370; Maksimo V.Eng, Frensis A.Lis, Lourens Dj.Mauyer. Mirovie finansi.-M.: IKK «DeKA», 1998.-736 s.
(Yaponiya),  Deutsche Bank (Germaniya),  Bank America Corp. (AQSH),  ABN
AMRO Bank (Gollandiya),  Sumitamo Bank (Yaponiya),  Dai-Ichi Konquo Bank
(Yaponiya) va h.k.
 Shunday qilib, banklarning moliya bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha
tizimlashtirish mumkin. 
1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar:
valyuta, qimmatli qog‘ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho
metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari). 
2.  Ko‘chmas  mulk  bozorida  vositachi,  riyeltor,  ishonchli  boshqaruvchi
(trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‘rsatadi. 
3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori).
Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi. 
4.  Pul-kredit  bozorida:  pul  hisob  raqamlari  va  pul  vositalari  (cheklar,
kartochkalar  va  h.k.)  bo‘yicha mijozlarga operatsion hizmat  ko‘rsatish;  kredit
berish va olish; bo‘lak kreditorlarning kredit transhlari bo‘yicha operator bo‘lish va
h.k. 
5.  Qimmatli  qog‘ozlar  bozorida:  emitent  (emissiyalanuvchi  va
emissiyalanmaydigan  turlari  bo‘yicha);  institutsional  investor  (o‘zining
investitsiyalarini  boshqarish  bo‘yicha)  va  kollektiv  investor  (mijozlarining
investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha); professional institut (broker, trayder, diler,
anderrayter, trast, konsalting, kliring, depozitariy, transfer-agent va h.k.). 
Moliya bozorida sanab o‘tilgan faoliyat turlarini universal banklar amalga
oshiradi. 
Qimmatli  qog‘ozlarni  ochiq  va  oshkora  tarzda  birja  savdolari  orqali
joylashtirish  va  ularning  ikkilamchi  bozorda  muomalada  bo‘lishligi  tijorat
banklariga va boshqa fond bozori qatnashchilariga quyidagi afzalliklarni beradi:
1)
Qimmatli  qog‘ozlar  bilan  oldi-sotdi  jarayonlari  birjaning  Markaziy
savdo  zaliga,  uning  hududiy  filiallari  va  brokerlik  idoralariga  o‘rnatilgan
zamonaviy  jihozlar  va  ta’minot  dasturiga  ega  bo‘lgan  barcha
terminal(kompyuter)lar orqali haqiqiy vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi;
Logotip
(Yaponiya), Deutsche Bank (Germaniya), Bank America Corp. (AQSH), ABN AMRO Bank (Gollandiya), Sumitamo Bank (Yaponiya), Dai-Ichi Konquo Bank (Yaponiya) va h.k. Shunday qilib, banklarning moliya bozoridagi faoliyat turlarini quyidagicha tizimlashtirish mumkin. 1. Banklar moliya bozorining quyidagi segmentlarida faoliyat yuritadilar: valyuta, qimmatli qog‘ozlar, pul-kredit (jumladan ipoteka kreditlari), qimmatbaho metallar va toshlar (jumladan san’at asarlari). 2. Ko‘chmas mulk bozorida vositachi, riyeltor, ishonchli boshqaruvchi (trast), ipotekaviy investor sifati faoliyat ko‘rsatadi. 3. Valyuta bozorida: diler va broker (treyder, jumladan valyuta operatori). Bunda spot va muddatli bozorlarda ishtirok etadi. 4. Pul-kredit bozorida: pul hisob raqamlari va pul vositalari (cheklar, kartochkalar va h.k.) bo‘yicha mijozlarga operatsion hizmat ko‘rsatish; kredit berish va olish; bo‘lak kreditorlarning kredit transhlari bo‘yicha operator bo‘lish va h.k. 5. Qimmatli qog‘ozlar bozorida: emitent (emissiyalanuvchi va emissiyalanmaydigan turlari bo‘yicha); institutsional investor (o‘zining investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha) va kollektiv investor (mijozlarining investitsiyalarini boshqarish bo‘yicha); professional institut (broker, trayder, diler, anderrayter, trast, konsalting, kliring, depozitariy, transfer-agent va h.k.). Moliya bozorida sanab o‘tilgan faoliyat turlarini universal banklar amalga oshiradi. Qimmatli qog‘ozlarni ochiq va oshkora tarzda birja savdolari orqali joylashtirish va ularning ikkilamchi bozorda muomalada bo‘lishligi tijorat banklariga va boshqa fond bozori qatnashchilariga quyidagi afzalliklarni beradi: 1) Qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi jarayonlari birjaning Markaziy savdo zaliga, uning hududiy filiallari va brokerlik idoralariga o‘rnatilgan zamonaviy jihozlar va ta’minot dasturiga ega bo‘lgan barcha terminal(kompyuter)lar orqali haqiqiy vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi;
2) Savdo  texnologiyasi  va  ta’minot  dasturi  mamlakatimizning  barcha
hududlarida joylashgan investitsiya vositachilarni, ya’ni birja a’zolarini (ularning
soni 100 dan ortiq) birja savdosiga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan bir lahzada ta’minlash imkonini beradi;
3)
Fond birjasida investitsiya vositachisi  (broker, diler) va investitsiya
aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi
litsenziyaga  ega  bo‘lgan  yuqori  malakali  qimmatli  qog‘ozlar  bozorining
professional ishtirokchilari faoliyat yuritishadi. Bu birjada amalga oshiriladigan
barcha savdo bitimlari qat’iy belgilangan qoidalar asosida olib boriladi, demakdir;
4) Aksiya  va  obligatsiyalarini  birja  savdolariga  chiqargan  korxonalar
birjaning  axborot  kanallari,  shuningdek  listinga  kirgan  qimmatli  qog‘ozlar
kotirovkasini muntazam e’lon qilib boruvchi yetakchi iqtisodiy gazetalar orqali
qo‘shimcha reklama bilan ta’minlanadi;
5) Qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini yanada oshirish maqsadida
fond  birjasi  tomonidan,  kunlik  savdo  sessiyalari  ochilishi  paytida  qimmatli
qog‘ozlarning  ikki  tomonlama  kotirovkasini  amalga  oshirishni  ta’minlab  bera
oladigan  va  natijada  banklar  tomonidan  chiqarilgan  qimmatli  qog‘ozlar
kotirovkasining  o‘sishiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsata  oladigan  market-meykerlik
institutini tashkil qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlar
tajribasi  ko‘rsatmoqdaki,  market-meykerlik  institutlarining  faoliyat  ko‘rsatishi
qimmatli  qog‘ozlarning  likvidlik  darajasini  va  investorlarning  ularga  bo‘lgan
ishonchini oshiradi.
6) Talab va taklifdan kelib chiqib qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy bozor
bahosini va kompaniyalarning kapitalizatsiya darajasini aniqlash. Yuqoridagilarga
asoslanib aytish mumkinki, fond birjasi tashkillashgan fond bozorini rivojlantirish
uchun qulay sharoit yaratish orqali yanada ishonchli va sifatli qimmatli qog‘ozlarni
aniqlash va ularning likvidliligini  oshirishga  katta e’tibor  qaratmoqda, hamda
barcha  manfaatdor  emitentlar,  shu  jumladan  tijorat  banklari  bilan  hamkorlik
qilishga doim tayyor.
Logotip
2) Savdo texnologiyasi va ta’minot dasturi mamlakatimizning barcha hududlarida joylashgan investitsiya vositachilarni, ya’ni birja a’zolarini (ularning soni 100 dan ortiq) birja savdosiga qo‘yilgan qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan bir lahzada ta’minlash imkonini beradi; 3) Fond birjasida investitsiya vositachisi (broker, diler) va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuqori malakali qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyat yuritishadi. Bu birjada amalga oshiriladigan barcha savdo bitimlari qat’iy belgilangan qoidalar asosida olib boriladi, demakdir; 4) Aksiya va obligatsiyalarini birja savdolariga chiqargan korxonalar birjaning axborot kanallari, shuningdek listinga kirgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasini muntazam e’lon qilib boruvchi yetakchi iqtisodiy gazetalar orqali qo‘shimcha reklama bilan ta’minlanadi; 5) Qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini yanada oshirish maqsadida fond birjasi tomonidan, kunlik savdo sessiyalari ochilishi paytida qimmatli qog‘ozlarning ikki tomonlama kotirovkasini amalga oshirishni ta’minlab bera oladigan va natijada banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar kotirovkasining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan market-meykerlik institutini tashkil qilish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi ko‘rsatmoqdaki, market-meykerlik institutlarining faoliyat ko‘rsatishi qimmatli qog‘ozlarning likvidlik darajasini va investorlarning ularga bo‘lgan ishonchini oshiradi. 6) Talab va taklifdan kelib chiqib qimmatli qog‘ozlarning haqiqiy bozor bahosini va kompaniyalarning kapitalizatsiya darajasini aniqlash. Yuqoridagilarga asoslanib aytish mumkinki, fond birjasi tashkillashgan fond bozorini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish orqali yanada ishonchli va sifatli qimmatli qog‘ozlarni aniqlash va ularning likvidliligini oshirishga katta e’tibor qaratmoqda, hamda barcha manfaatdor emitentlar, shu jumladan tijorat banklari bilan hamkorlik qilishga doim tayyor.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining, shu jumladan fond birja bozorining yanada
rivojlanishi  aksiyadorlik  tijorat  banklarining  bozordagi  faolligi  va  mavqening
yanada oshishi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank
tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlovchi
asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda
keng  qo‘llanilib  kelinmoqda.  Markaziy  bank  tomonidan  pul-kredit
ko‘rsatkichlarining  maqsadli  parametrlaridan  kelib  chiqqan  holda,  to‘lov
balansining  ijobiy  saldosi  hisobiga  shakllangan  qo‘shimcha  likvidlikni
sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‘tkazilib borildi.
Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan
iboratki,  ular boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan farqli ravishda,  ushbu
bozor qatnashchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha vazifalarda,  xususan:
aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‘arma) sertifikatlar hamda bank veksellari
emitentlari  sifatida;  boshqa  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlar  va  davlat  qimmatli
qog‘ozlarini  sotib  oluvchi  sarmoyadorlar  sifatida;  o‘z  mijozlariga  maslahatlar
beradigan,  depozitar  operatsiyalarini  bajaruvchi,  qimmatli  qog‘ozlarga
investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini
boshqarish  bo‘yicha  xizmatlar  ko‘rsatadigan  investitsiya  muassasalari  va  h.k.
sifatida  qatnashishi  mumkin.  Amaldagi  qonunchilikka  muvofiq  banklar  bank
mijozi  tomonidan  veksel  yozilayotgan  vaqtda  veksel  topshiriqnomasi  (aval)ni
berish yo‘li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit
va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish,
muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida
fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
Mijozlarning  qimmatli  qog‘ozlari  portfelini  boshqarish  bo‘yicha  banklar
tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning
hohishi  bo‘yicha  ularning  pullari  xavfli  yoki  nisbatan  ishonchli  qimmatli
qog‘ozlarga qo‘yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan
kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir vaqtning o‘zida bir necha banklarga
Logotip
Qimmatli qog‘ozlar bozorining, shu jumladan fond birja bozorining yanada rivojlanishi aksiyadorlik tijorat banklarining bozordagi faolligi va mavqening yanada oshishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ochiq bozordagi operatsiyalar muomaladagi pul massasini boshqarish, bank tizimi likvidligini tartibga solish va foiz stavkalari barqarorligini ta’minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida Markaziy bank tomonidan muntazam ravishda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Markaziy bank tomonidan pul-kredit ko‘rsatkichlarining maqsadli parametrlaridan kelib chiqqan holda, to‘lov balansining ijobiy saldosi hisobiga shakllangan qo‘shimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish operatsiyalari o‘tkazilib borildi. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozorida tutgan alohida mavqei shundan iboratki, ular boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan farqli ravishda, ushbu bozor qatnashchisi sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha vazifalarda, xususan: aksiyalar, depozitlar va omonat (jamg‘arma) sertifikatlar hamda bank veksellari emitentlari sifatida; boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib oluvchi sarmoyadorlar sifatida; o‘z mijozlariga maslahatlar beradigan, depozitar operatsiyalarini bajaruvchi, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar qilish uchun ularga berilgan qimmatli qog‘ozlar va pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan investitsiya muassasalari va h.k. sifatida qatnashishi mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq banklar bank mijozi tomonidan veksel yozilayotgan vaqtda veksel topshiriqnomasi (aval)ni berish yo‘li bilan veksel muomalasini nazorat qilishi kerak. Markaziy bank depozit va omonat sertifikatlari va bank veksellarini chiqarish, ularni muomalaga kiritish, muomaladan chiqarish uchun javob berar ekan, fond bozori ishtirokchisi sifatida fond bozorini tartibga solish tizimining muhim tarkibiy qismi ham hisoblanadi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlari portfelini boshqarish bo‘yicha banklar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar ularga katta daromad keltiradi. Mijozlarning hohishi bo‘yicha ularning pullari xavfli yoki nisbatan ishonchli qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilma qilinadi. Bunda banklar o‘zaro qattiq raqobatni boshdan kechirishiga to‘g‘ri keladi, chunki mijozlar bir vaqtning o‘zida bir necha banklarga
bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa,  mablag‘lari eng
ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar
bilan operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularni saqlash va ularga bo‘lgan
huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular
bevosita  banklarda  (odatda,  yerosti  xonalarda,   mijozlarning  boyliklari
saqlanadigan  maxsus  seyflar  turadigan  omborlarda)  joylashgan.  Bank
depozitariylari  qimmatli  qog‘ozlarni  naqd  va  naqd  bo‘lmagan  shakllarda,
kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar,
shuningdek,  qimmatli qog‘ozlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar  vazifasini  bajarishi  ham  mumkin.  Banklar  tomonidan  investitsiya
muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi,  ular orqali qimmatli
qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi.
Tijorat banki o‘z aksiyalarini asosan aksiyadorlik jamiyati sifatida chiqaradi.
Banklar  obligatsiyalar, depozit  sertifikatlar,  veksellarni  muomalaga  chiqarishi
bilan ular mamlakatning pul oborotini tezlashtiradi hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larini  to‘plab,  keyinchalik  ularni  xalq
xo‘jaligining ustuvor tarmoqlariga investitsiya qiladilar. Bundan tashqari, veksel
muomalasiga  xizmat  ko‘rsatib, o‘zaro  hisob-kitoblarni  tezlashtirishi  va  to‘lov
intizomini mustaxkamlashi mumkin. Banklar turli toifadagi sarmoyadorlar uchun
keng  miqyosdagi  maslahat  xizmatlarini  ko‘rsatishi:  mijozlarning  investitsion
siyosatini shakllantirish, loyihaviy moliyalashni tashkil etishdan boshlab, qimmatli
qog‘ozlar  portfelini  boshqarish  va  dividendlarni  olishgacha  bo‘lgan  yordamni
berishi mumkin. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan
amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kreditorlar va sug‘urtachilar, depozitar
va  kliring  hisob-kitob  markazlarining  tashkilotchilari  sifatida  ishtirok  etishi
mumkin. Xususan, tijorat banklari qarz oluvchilarga qisqa muddatli kreditlar berib,
ularning  garovi  sifatida  qimmatli  qog‘ozlarni  qabul  qilib  olishi  mumkin.
Mijozlarga  ko‘rsatiladigan  xizmatlarning  yanada  kengroq  turi  banklarning
veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini  o‘z ichiga oladi. So‘nggi
yillarda yirik aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish uchun hujjatlar
Logotip
bunday operatsiyalarni bajarishni topshirishi, keyinchalik esa, mablag‘lari eng ko‘p samara beradigan bitta bankni tanlab olishlari mumkin. Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida ularni saqlash va ularga bo‘lgan huquq hisobini yuritish maqsadida banklar o‘z depozitariylarini yaratadi. Ular bevosita banklarda (odatda, yerosti xonalarda, mijozlarning boyliklari saqlanadigan maxsus seyflar turadigan omborlarda) joylashgan. Bank depozitariylari qimmatli qog‘ozlarni naqd va naqd bo‘lmagan shakllarda, kompyuter tizimlarida elektron shakldagi yozuvlar vositasida saqlaydi. Banklar, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar uchun hisob-kitoblar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar vazifasini bajarishi ham mumkin. Banklar tomonidan investitsiya muassasalarining ta’sis etilishi alohida ahamiyat kasb etadi, ular orqali qimmatli qog‘ozlar bozorida birato‘la bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib boriladi. Tijorat banki o‘z aksiyalarini asosan aksiyadorlik jamiyati sifatida chiqaradi. Banklar obligatsiyalar, depozit sertifikatlar, veksellarni muomalaga chiqarishi bilan ular mamlakatning pul oborotini tezlashtiradi hamda yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plab, keyinchalik ularni xalq xo‘jaligining ustuvor tarmoqlariga investitsiya qiladilar. Bundan tashqari, veksel muomalasiga xizmat ko‘rsatib, o‘zaro hisob-kitoblarni tezlashtirishi va to‘lov intizomini mustaxkamlashi mumkin. Banklar turli toifadagi sarmoyadorlar uchun keng miqyosdagi maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi: mijozlarning investitsion siyosatini shakllantirish, loyihaviy moliyalashni tashkil etishdan boshlab, qimmatli qog‘ozlar portfelini boshqarish va dividendlarni olishgacha bo‘lgan yordamni berishi mumkin. Banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha kreditorlar va sug‘urtachilar, depozitar va kliring hisob-kitob markazlarining tashkilotchilari sifatida ishtirok etishi mumkin. Xususan, tijorat banklari qarz oluvchilarga qisqa muddatli kreditlar berib, ularning garovi sifatida qimmatli qog‘ozlarni qabul qilib olishi mumkin. Mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada kengroq turi banklarning veksellar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. So‘nggi yillarda yirik aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini boshqarish uchun hujjatlar
olish, investitsiya va xususiylashtirish jamg‘armalari bilan ishlash kabi investitsion
faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari banklarning diqqat markazida turgan ob’ektlar
bo‘lib qoldi. Masalan, O‘zbekistonda Xalq bankining bo‘limlari orqali XIFlar
aksiyalarini sotish amalga oshirilmoqda.
Banklarning  fond  bozorida  ishtirok  etishining  bosh
 maqsadlari
quyidagilardan iborat:
- faoliyatining  asosiy  turlarini  amalga  oshirish  uchun  pul
mablag‘larini jalb etish (o‘z passivlarini shakllantirish);
- qimmatli  qog‘ozlarga  o‘z  mablag‘larini  investitsiyalashdan  tushadigan
daromadni olish;
- qimmatli  qog‘ozlar  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalar
bo‘yicha mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan daromadni olish;
- o‘z nufuzini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish.
Banklar o‘ziga xos noyob muassasalar bo‘lib,  amalda fond bozorining
barcha vositalari, aksiyalar, davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari,  depozit  va
depozit (omonat, jamg‘arma) sertifikatlari, veksellar bilan ishlashni o‘zlashtirib
olib, bugungi kunda ular qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar,  sarmoyadorlar
va  investitsiya  muassasalari  sifatida  chiqmoqda.  Demak,  bundan  keyin  ham
respublika qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan banklarning bu sohadagi
mavqei tobora kuchayib boraveradi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida  banklarning faollashuviga  sabab bo‘lgan eng
muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:

O‘zbekistonda  amal  qilayotgan  qonunchilik  bo‘yicha  tijorat
banklari  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  har  qanday  turdagi  operatsiyalarni  amalga
oshirishda qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi;
 banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining
yuqori daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan qimmatli
qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan ko‘ngina operatsiyalarni o‘zlashtirishga katta
moliyaviy resurslarni ajratish uchun imkon beradi;
 banklarda mavjud bo‘lgan texnik, axborot va kadrlar salohiyati, shu’ba
Logotip
olish, investitsiya va xususiylashtirish jamg‘armalari bilan ishlash kabi investitsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari banklarning diqqat markazida turgan ob’ektlar bo‘lib qoldi. Masalan, O‘zbekistonda Xalq bankining bo‘limlari orqali XIFlar aksiyalarini sotish amalga oshirilmoqda. Banklarning fond bozorida ishtirok etishining bosh maqsadlari quyidagilardan iborat: - faoliyatining asosiy turlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larini jalb etish (o‘z passivlarini shakllantirish); - qimmatli qog‘ozlarga o‘z mablag‘larini investitsiyalashdan tushadigan daromadni olish; - qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushadigan daromadni olish; - o‘z nufuzini oshirish va yangi mijozlarni jalb etish. Banklar o‘ziga xos noyob muassasalar bo‘lib, amalda fond bozorining barcha vositalari, aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, depozit va depozit (omonat, jamg‘arma) sertifikatlari, veksellar bilan ishlashni o‘zlashtirib olib, bugungi kunda ular qimmatli qog‘ozlar bozorida emitentlar, sarmoyadorlar va investitsiya muassasalari sifatida chiqmoqda. Demak, bundan keyin ham respublika qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi bilan banklarning bu sohadagi mavqei tobora kuchayib boraveradi. Qimmatli qog‘ozlar bozorida banklarning faollashuviga sabab bo‘lgan eng muhim shart-sharoitlarga quyidagilarni kiritish mumkin:  O‘zbekistonda amal qilayotgan qonunchilik bo‘yicha tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bilan har qanday turdagi operatsiyalarni amalga oshirishda qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi;  banklarning nisbatan barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuqori daromadliligi ularga bank xizmatlarining yangi turlarini, xususan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan ko‘ngina operatsiyalarni o‘zlashtirishga katta moliyaviy resurslarni ajratish uchun imkon beradi;  banklarda mavjud bo‘lgan texnik, axborot va kadrlar salohiyati, shu’ba