Mollyuskalar tuzilishi: mantiya, Chig’anoq,mantiya bo’shlig’i, jabralar, osfradiyalar, oyoq, oziqlanish, selom, ichki transport, ekskretsiya, Nerv tizimi va sezgi a’zolari, ko’payishi va rivojlanishi.
Mollyuskalar tuzilishi: mantiya, Chig’anoq,mantiya bo’shlig’i, jabralar,
osfradiyalar, oyoq, oziqlanish, selom, ichki transport, ekskretsiya, Nerv tizimi
va sezgi a’zolari, ko’payishi va rivojlanishi.
R E J A:
1. Mollyuskalar tipiga tavsif.
2. Qorin oyoqli mollyuskalar sinfi.
3. Qorin oyoqli mollyuskalarning muhim turkumlari vakillari.
Mollyuskalar xilma xil tuzilgan eng qadimgi hayvonlardan ajralib turadi.
1. Ko’pchilik mollyuskalar bilaterial simmetriyali hayvonlar, biroq, bir
qancha turlarida organlarining joylanishi o’zgarib, tana simmetriyasi buzilishi
natijasida assimetrik shaklga kiradi.
2. Ko’pchilik mollyuskalarning bo’g’imlarga bo’linmagan. Faqat tuban
tuzilgan mollyuskalarda metamyerlik tuzilishga xos bo’lgan belgilarni ko’rish
mumkin.
3. Tanasi bosh, gavda va oyoq deb ataladigan uch bo’g’imdan iborat. Faqat
ikki tavaqali mollyuskalarda bosh bo’limi bo’lmaydi. Harakatlanish organi qorin
devoridan hosil bo’lgan yagona o’simtadan iborat.
4. Mollyuskalar ikkilamchi tana bo’shliqli hayvonlar bo’lib, selom qoldig’i
yurakoldi xaltasi (pyerikardiy) va jinsiy bezlari bo’shlig’idan iborat. Ichki organlari
oralig’ini esa biriktiruvchi to’qima to’ldirib turadi.
5. Hamma mollyuskalar tanasining asosi mantiya deb ataladigan teri burmasi
bilan uralgan. Mantiyasi bilan tanasi oralig’ida mantiya bo’shlig’i hosil bo’ladi. Bu
bo’shliqda jabralar va ayrim sezgi organlari joylashgan. Ayrish, orqa chiqaruv va
jinsiy bezlarning teshigi ham ana shu bo’shliqqa ochiladi.
6. Mollyuskalar tanasining orqa tomonida mantiyadan hosil bo’lgan
chig’anog’i tarixiy taraqqiyot davomida reduktsiyaga uchragan.
7. Qon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, qoni tomirlar orqali oqishi bilan birga
lakunlar va sinuslar deb atladigan naylar orqali ham oqib o’tadi. Yuragi qorincha
va bo’lmacha deb ataldigan ikki yoki undan ko’proq kameralarga bo’linadi.
8. Nafas olish organlari odatda ktenidiy deb ataldigan jabralardan iborat.
Faqat quruqlikda hayot kechiradigan va bir qancha chuchuk suvli qorinoyoqli
mollyuskalari o’pka orqali nafas oladi.
9. Ayrish organi halqali chuvalchanglarning metanefridiylariga o’xshash
tuzilgan bir juft naysimon buyrakdan iborat. Buyragi yurakoldi xaltasidan
boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo’shlig’iga ochiladi.
10. Nerv sistemasi tanasining har-xil qismida tarqoq joylashgan nerv
tugunlaridan iborat. Faqat tuban tuzilgan mollyuskalarning nerv sistemasi halqum
atrofi nerv halqumi hamda tana bo’ylab yo’nalgan nerv tolalaridan iborat bo’ladi.
11. Dengizda hayot kechiradigan mollyuskalarning lichinkalari troxoforaga
o’xshash yelkanli lichinka-veligerdan iborat.
Mollyuskalar tipiga xilma-xil tuzilgan 150000 ga yaqin turi kiradi. Ko’pchilik
mollyuskalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ular orasida
quruqlikda yashaydigan turlari ham mavjud. Bu tip yonbosh nervlilar va
chig’anoqlilar kenja tipiga ajratiladi. Biz chig’anoqlilar kenja tipiga mansub
bo’lgan qorinoyoqli mollyuskalar sinfiga to’xtalamiz.
QORINOYOQLI MOLLYUSKALAR (GASTROPODA) SINFI
Qorinoyoqlilarning ko’pchilik vakillari dengizlarda hayot kechiradi, bir
qancha turlari chuchuk suv havzlarida va quruqlikda yashashga o’tgan. Ular
orasida parazit turlari ham uchraydi. Bosh qismi tanasidan aniq ajralib turadi.
Yagona oyog’i keng va yassi tovondan iborat. Chig’anog’i yaxlit bo’lib, ayrim
vakillarida reduktsiyaga uchragan. Ular tanasining ustki tomoni cho’zilib, keng
ichki hataga o’xshash hosil qiladi. Qorin oyoqli mollyuskalarning tuzilish
xususiyatlarini tok shillig’i ( Helix pomatia) misolida byeriladi.
Tashqi tuzilishi: Qorinoyoqlilarning bosh qismida og’iz teshigi, bir ikki
paypaslagichlari va bir juft ko’zlari joylashgan. Boshining oldingi qismi xartumga
o’xshash tuzilgan. Oyog’i odatda keng va yassi qoirn o’simtadan iborat oyog’inig
ustida joylashgan tanasi spiral shaklida buralgan. Tanasining pastki tomoni mantiya
burmalarini hosil qiladi.
Mantiya ostida mantiya bo’shlig’i va mantiya kompleksi kiruvchi organlar
joylashgan. Mantyasi chig’anoq hosil qiladi. Chig’anog’i odatda spiral shaklida
o’ralgan bo’lib, uning ingichka uchki qismi byerk, kengaygan qisimda esa teshigi
bo’ladi. Bu teshikda mollyuskaning boshi va oyog’i chiqb turadi. Chig’anoq soati
strelkasi yo’nalishida yoki unga teskari buralgan bo’lishi mumkin. Havf
tug’ilganida mollyuska tanasini chig’anoq ichiga tortib oladi. Qorinoyoqli
mollyuskalarda chig’anoq turli darajada reduktsiyaga uchragan bo’lishi mumkin.
Masalan: shilliq qurtlar va yalang’och jabrali mollyuskalar chig’anog’i martiya
ostida joylashgan yupqa palstinka yoki mayda ohak tanachalar shaklida saqlanib
qolgan, Suvda va quruqda yashovchi hayot kechiradigan qorinoyoqlilarda butunlay
yo’qolib ketadi. Mantiya bo’shlig’i chig’anoqning pastki qismida joylashgan
bo’lib, unga orqa chiqaruv teshigi, siydik yo’li va ba’zan jinsiy bezlarining yo’li
ochiladi.
Tok shilig’i: 1- chig’anoq, 2-paypaslagichli bosh, 3-oyoq, 4-nafas olish
teshigi, 5-jinsiy teshik, 6-ko’z.
Ovqat hazm qilish sistemasi: og’iz teshigi boshining ostki tomonida
joylashgan. Ayrim yirtqich vakillarida boshining oldingi qismi cho’zilib hartumni
hosil qiladi. Og’iz teshigi og’iz bo’shligi orqali halqumga o’tadi. Halqumni bitta
yoki ikkita jag’lar hamda plastinkasimon muskulli tilcha qirg’ichi (radiula) bo’ladi.
Halqum bo’shlig’iga bir juft so’lak bezlarining yo’li ochilgan. Ayrim yirtqich
mollyuskalar so’lak bezi tarkibida yerkin xlorid kislotasi bo’ladi. Bu kislotaning
so’lakdagi mikdori 4% ga etadi. Halqum ancha uzun qizilo’ngachga ochiladi.
Qizilo’ngachning kengaygan qismi jig’ildon deb ataladi. Halqum va qizilo’ngach
ektodyermal oldingi ichakdan iborat. O’rta ichakning oldingi qismi xaltasimon
kengaygan bo’lib, oshqozon deb ataladi. Oshqozon bo’shligiga “jigar” yo’li
ochilgan. Jigar suyuqligi uglevodlarga ta’sir qiladi. Oshqozon ingichka ichak bilan
tutashgan. Ingichka ichak bir necha marta bo’ralib, orqa ichakka ulanadi. Orqa
ichak bosh yaqinidagi chiqaruv teshigi orqali tashqi muhitga ochiladi.
Nafas olish sistemasi: Qorinoyoqlilar jabralar yoki o’pka bilan nafas oladi.
Haqiqiy jabralar ktenidiy tipidagi juft organlar bo’lib patsimon shaklda va
tanasining ikki qator bo’lib joylashgan.
Har bir ktenidiy yassi ustuncha-o’qidan va unda ikki qator bo’lib joylashgan
yaproqchalardan iborat. Quruqlikda hayot kechirishga o’tgan mollyuskalarda
ktenidiy yo’qolib uning o’rniga o’pka paydo bo’ladi ya’ni suvda nafas olish
havodan nafas olish bilan almashinadi. Bunda molyuskalar mantiya bo’shlig’ining
bir qismi tanadan ajraladi, uning devorida juda ko’p qon tomirlari paydo bo’ladi va
mantiya bo’shlig’i o’pka bo’shlig’iga aylanadi.
Qon aylanish sistemasi: Yuragi har xil tuzilgan. Primitiv vakillarining
yuragi qornicha va ikkita bo’lmadan iborat bo’lib, boshidan orqaroqda joylashgan.
Oliy qorinoyoqli mollyuskalar yuragining faqat o’ng bo’lmasi saqlanib qoladi,
chap bo’lmasi esa butunlay yo’qolib ketadi. Yurak qorinchasida aorta boshlanadi.
Aorta ikkita aorta tomirga ajraladi. Organlari yaqinida aorta arteriyalarga bo’linadi.
O’pkali mollyuskalarda yirik qon tomirlari ancha mayda kapillyarlarga bo’linadi.
Qon tomirlaridan biriktiruvchi to’qima joylashgan lakunlarga to’kiladi. Birmuncha
yirik lakunlar oshqozon, jigar va jinsiy bezlarni o’rab turadi. Qon lakunlardan
jabralarni o’pkaga boradi: u yerda oksidlangach yana yurakka kelib quyiladi.
Nerv sistemasi: Oliy qorinoyoqlilarda nerv hujayralari nerv tomirlarining
ma’lum joylarida to’planib, bir necha nerv tugunlari hosil qiladi. Oldjabrali
qorinoyoqlilarda besh juft nerv gangliylari bo’ladi. Shu jumladan, Birinchi jufti
serebral gangliylar halqum ustida, ikkinchi jufti pedal gangiylar oyog’ining oldingi
qismida, uchinchi jufti plevral gangliylar pedal gangliylar ustida, to’rtinchi juft
vistseral gangiylar orqa ichakning ostida, beshinchi juft parital gangiylar esa
plevrovistseral nerv stvolining orqasida joylashgan. Nerv gangliylari o’zaro nerv
stvollari orqali tutashgan. Serebral nerv gangliylari ko’zlar statotsislar, halqum va
paypaslagichlarni pedal oyoq muskullarni, pleval mantiyani, parietal-ktennidiy va
osfradiylarni va vistseral gangliylar esa ichki organlar ishini idora qilib turadi.
Sezgi organlari: Boshidagi paypaslagichlari, mantiyani chetlari tuyg’u
vazifasini bajaradi. Kimyoviy sezish vazifasini bajaradigan osfradiylar ktenidiylar