MONITORING VA ATROF-MUHIT MONITORINGINI AMALGA OSHIRISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

18,8 KB


MONITORING VA ATROF-MUHIT MONITORINGINI AMALGA
OSHIRISH
Reja: 
1. Monitoring va uning turlari 
2. O’zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish
Inson  omilining  atrof-muhitga  bo’lgan  ta’siri  tobora  kuchayib
borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati paydo
bo’ldi. Mazkur  kuzatish natijasida to’plangan ma’lumotlar  tabiiy muhitda yuz
berayotgan o’zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo’yicha takliflar o’rtaga
qo’yildi. 
Monitoring tushunchasining mazmuni, turlari hamda O’zbekiston hududida
atrof-muhit  monitoringini  amalga  oshirish  ushbu  bobda  ochib  beriladi  va
bioekologik, geoekologik va biosfera monitoringi bilan tanishasiz.
1. Monitoring va uning turlari 
XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fan-texnika  inqilobi  natijasida
jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va
mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini
doimiy kuzatib boorish tizimini tashkil qilishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan
fanda yangi, monitoring (lotincha “monitor” – esga soladigan, ogohlantiradigan)
tushunchasi paydo bo’ldi. 
Monitoring  –  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish,  atrof-muhitni
muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish,
nazorat qilish va boshqarish tizimidir. 
Logotip
MONITORING VA ATROF-MUHIT MONITORINGINI AMALGA OSHIRISH Reja: 1. Monitoring va uning turlari 2. O’zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish Inson omilining atrof-muhitga bo’lgan ta’siri tobora kuchayib borayotganligini e’tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati paydo bo’ldi. Mazkur kuzatish natijasida to’plangan ma’lumotlar tabiiy muhitda yuz berayotgan o’zgarishlarni baholash va tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. Shuning uchun ham monitoring tizimini tashkil qilish bo’yicha takliflar o’rtaga qo’yildi. Monitoring tushunchasining mazmuni, turlari hamda O’zbekiston hududida atrof-muhit monitoringini amalga oshirish ushbu bobda ochib beriladi va bioekologik, geoekologik va biosfera monitoringi bilan tanishasiz. 1. Monitoring va uning turlari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan-texnika inqilobi natijasida jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayib ketdi. Oqibatda sayyoraviy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqa boshladi. Bu esa atrof-muhit holatini doimiy kuzatib boorish tizimini tashkil qilishni taqozo etadi. Shu munosabat bilan fanda yangi, monitoring (lotincha “monitor” – esga soladigan, ogohlantiradigan) tushunchasi paydo bo’ldi. Monitoring – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir.
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida
o’zgarishni kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv
apparatini ishga solishdir. 
Monitoring  asosida  atmosfera  havosi,  suv  havzalari,  yer  osti  suvlari,  tuproq,
o’simlik  qoplamining  turli  chiqindilar,  zaharli  kimyoviy  moddalar,  radioaktiv
elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik
sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o’zgarish darajasi
hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi. 
Akademik  I.P.Gerasimov  tomonidan  monitoring  tashkil  qilishning
bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. 
Bioekologik  monitoring  bosqichi  yoki  pog’onasida  atrof-muhitning
ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan kuzatiladi. Mazkur
pog’onada odamlarning kasallanishi, o’lim, tug’ilish, uzoq umr ko’rish va boshqa
ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o’zgarishiga
aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va
sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib, ish ko’riladi. 
Bioekologik  monitoring  inson  salomatligi  uchun  zararli  bo’lgan  chiqindi  va
moddalar bo’yicha kuzatishni tashkil qiladi. 
Geoekologik  (geotizimli)  monitoring  bosqichi  yoki  pog’onasida  asosan
tabiiy-hududiy, tabiiy-texnogen va demografik (aholi) geotizimlari kuzatiladi va
nazorat  qilinadi.  Mazkur  bosqich  (pog’ona)  uchun  tabiatni  ifloslantiruvchi
moddalarning ruxsat etilgan miqdori va tabiiy komplekslarning (geotizimlarning)
o’z-o’zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar
geografik stansionlarda, maxsus zonal yoki mintaqaviy poligonlarda olib boriladi. 
Geotizimli  monitoringni  amalga  oshirishda  hududda  havo,  suv,  tuproq,
o’simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va
ifloslantiruvchi  manbalar  bo’yicha  kuzatish  tashkil  qilinadi.  Bu  borada
geotizimning  o’ziga  xos  xususiyatlari  e’tiborga  olinmog’i  lozim.  Cho’llarda
kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning
oqibatida ma’lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o’chog’I yuzaga
keladi. Shuni hisobga olib, cho’l geotizimida muntazam ravishda ishlarini olib
borish lozim bo’ladi. 
Logotip
Monitoringning asosiy maqsadi tabiiy muhitning inson faoliyati ta’sirida o’zgarishni kuzatish, olingan ma’lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir. Monitoring asosida atmosfera havosi, suv havzalari, yer osti suvlari, tuproq, o’simlik qoplamining turli chiqindilar, zaharli kimyoviy moddalar, radioaktiv elementlar bilan ifloslanishi kuzatiladi. Kuzatish ishlari insonning ma’lum ekologik sharoitda yashashining buzilishiga qaratiladi. Atrof-muhitning o’zgarish darajasi hali ifloslanmagan tabiiy sharoit holatiga nisbatan olinadi. Akademik I.P.Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning bioekologik, geoekologik va biosfera bosqichlari ajratilgan. Bioekologik monitoring bosqichi yoki pog’onasida atrof-muhitning ifloslanishi uning inson salomatligiga ta’siri nuqtai nazaridan kuzatiladi. Mazkur pog’onada odamlarning kasallanishi, o’lim, tug’ilish, uzoq umr ko’rish va boshqa ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu ma’lumotlar insonning atrof-muhit o’zgarishiga aks ta’siri hisoblanadi. Ushbu bosqichda monitoring kuzatish shoxobchalari va sanitariya-gigiyena xizmati ma’lumotlariga tayanib, ish ko’riladi. Bioekologik monitoring inson salomatligi uchun zararli bo’lgan chiqindi va moddalar bo’yicha kuzatishni tashkil qiladi. Geoekologik (geotizimli) monitoring bosqichi yoki pog’onasida asosan tabiiy-hududiy, tabiiy-texnogen va demografik (aholi) geotizimlari kuzatiladi va nazorat qilinadi. Mazkur bosqich (pog’ona) uchun tabiatni ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan miqdori va tabiiy komplekslarning (geotizimlarning) o’z-o’zini tozalash qobiliyati haqidagi ma’lumotlar muhim hisoblanadi. Kuzatishlar geografik stansionlarda, maxsus zonal yoki mintaqaviy poligonlarda olib boriladi. Geotizimli monitoringni amalga oshirishda hududda havo, suv, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi, inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar va ifloslantiruvchi manbalar bo’yicha kuzatish tashkil qilinadi. Bu borada geotizimning o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinmog’i lozim. Cho’llarda kemiruvchilar turli xatarli kasalliklarni tarqatuvchi manba hisoblanadi. Buning oqibatida ma’lum vaqt mobaynida katta hududda yuqumli kasallik o’chog’I yuzaga keladi. Shuni hisobga olib, cho’l geotizimida muntazam ravishda ishlarini olib borish lozim bo’ladi.
Biosfera  monitoringi  bosqichining  asosiy  vazifasi  atrof-muhitni  dunyo
miqyosida  kuzatishdan  iborat.  Bunda  atmosferaning  changlanishiga,  Dunyo
okeanining  ifloslanishiga  va  boshqa  ko’rsatkichlarga  ko’proq  e’tibor  beriladi.
Kuzatishning  asosiy  maqsadi  miqyosida  bo’ladigan  o’zfarishlarning  aholi
salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari
tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo’riqxonalar va aholining
xo’jalik faoliyati zonalari kiradi. 
Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga,
“issiqxona  samarasi”  ning  vujudga  kelishiga,  qutbiy  mintaqalarda  ozon
qatlamining yupqalanishiga qaratiladi. 
Ekologik siyosat.  Atrof-muhit ifloslanishi va tabiiy resurslardan noto’g’ri
foydalanish  ishlab  chiqarishning  rivojlanishiga  to’sqinlik  qiladi  hamda  aholi
hayotiga jiddiy xavf soladi. Shu munosabat bilan tabiat bo’yicha turli xil harakatlar
va tashkilotlar  vujudga keldi. Iqtisodiy  rivojlangan davlatlarning ko’pchiligida
ekologik siyosat yurgizila boshlandi. Tabiatni muhofaza qilish borasida qonunlar
qabul qilindi, atrof-muhitni qo’riqlash bo’yicha davlat tashkilotlari tuzildi. Natijada
XX asrning 80-yillaridan boshlab, jahonning ayrim mintaqalarida atrof-muhitning
ifloslanish darajasi kamaya boshlandi. Ammo jahondagi ko’pchilik davlatlarda
ekologik sharoit hamon keskinligicha qolmoqda. Ekologik siyotatni olib borish va
amalga oshirish uchun ayrim davlatlarning harakatlari yetarli emas. 
 2. O’zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish
O’zbekistonda qishloq va suv xo’jaligi, tog’-kon, kimyo, metallurgiya va
boshqa  sanoat  tarmoqlarining  so’nggi  30-40  yil  davomida  tez  sur’atlar  bilan
rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o’zgarishlar ro’y berdi, mintaqaviy va
mahalliy  ekologik  muammolar  kelib  chiqdi.  Natijada  atrof-muhit  holatini
muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab
chiqish va amalga oshirish zarurati tug’ildi.
Logotip
Biosfera monitoringi bosqichining asosiy vazifasi atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatishdan iborat. Bunda atmosferaning changlanishiga, Dunyo okeanining ifloslanishiga va boshqa ko’rsatkichlarga ko’proq e’tibor beriladi. Kuzatishning asosiy maqsadi miqyosida bo’ladigan o’zfarishlarning aholi salomatligi va faoliyatiga ta’sirini baholashdir. Kuzatishlar biosfera poligonlari tizimida olib boriladi. Biosfera poligonlari tizimiga qo’riqxonalar va aholining xo’jalik faoliyati zonalari kiradi. Atmosferani kuzatishda asosiy e’tibor chang miqdorining ortib ketishiga, “issiqxona samarasi” ning vujudga kelishiga, qutbiy mintaqalarda ozon qatlamining yupqalanishiga qaratiladi. Ekologik siyosat. Atrof-muhit ifloslanishi va tabiiy resurslardan noto’g’ri foydalanish ishlab chiqarishning rivojlanishiga to’sqinlik qiladi hamda aholi hayotiga jiddiy xavf soladi. Shu munosabat bilan tabiat bo’yicha turli xil harakatlar va tashkilotlar vujudga keldi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ko’pchiligida ekologik siyosat yurgizila boshlandi. Tabiatni muhofaza qilish borasida qonunlar qabul qilindi, atrof-muhitni qo’riqlash bo’yicha davlat tashkilotlari tuzildi. Natijada XX asrning 80-yillaridan boshlab, jahonning ayrim mintaqalarida atrof-muhitning ifloslanish darajasi kamaya boshlandi. Ammo jahondagi ko’pchilik davlatlarda ekologik sharoit hamon keskinligicha qolmoqda. Ekologik siyotatni olib borish va amalga oshirish uchun ayrim davlatlarning harakatlari yetarli emas. 2. O’zbekistonda atrof-muhit monitoringini amalga oshirish O’zbekistonda qishloq va suv xo’jaligi, tog’-kon, kimyo, metallurgiya va boshqa sanoat tarmoqlarining so’nggi 30-40 yil davomida tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida atrof-muhitda kuchli o’zgarishlar ro’y berdi, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar kelib chiqdi. Natijada atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilish va boshqarishning yagona davlat tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish zarurati tug’ildi.
Atrof-muhit  monitoringi  mamlakatimizdagi  bir  qancha  muassasa  va
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. 
Atmosfera  havosi  va  suv  havzalarining  ifloslanishi  O’zbekiston
Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yer osti suvlarining ifloslanishi,
noxush  tabiiy  geografik  jarayonlarning  rivojlanishi  O’zbekiston  Geologiya
vazirligiga  qarashli  “O’zbekgidrogeologiya”  korxonasi  tomonidan,  tuproqning
sho’rlanishi  va  grunt  suvlari  me’yori, kollektor  suvlari  minerallashuv  darajasi
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan, o’rmonlar holati O’rmon xo’jaligi
qo’mitasi  tomonidan,  atrof-muhitning  inson  salomatligiga  ta’siri  bilan  bog’liq
bo’lgan masalalar  Sog’liqni  saqlash vazirligi tomonidan kuzatib, nazorat  qilib
turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Tabiatni
muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo’mita atrof-muhit
bo’yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig’ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni
baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo’lsa, tegishli xabar berish bilan uning
oldini olish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini
nazorat qiladi. 
Atrof-muhit monitoringi kuzatish va nazorat qilish turli ususllarda olib
boriladi: aerokosmik, avtomatik laboratoriyalar, ko’chma laboratoriyalar va h.k.
Aerokosmik  usul  bilan  atmosfera  havo  massalarning  yo’nalishi,  havoning
ifloslanishi,  tog’lardagi  muzliklar,  qorliklar  rejimi,  tuproq  va  o’simlik  holati,
ekinlarning  o’sishi,  ularning  holati  hamda  hosildorligi  kuzatib  turiladi.
O’zbekistonning ma’lum bir hududi aerokosmik usulda kuzatilayotganda olingan
ma’lumotlar avtomatik ravishda tegishli tashkilotlarga uzatib turiladi. Atmosfera
havosi monitoringi O’zbekiston hududida asosiy gidrometeorologik stansiya va
postlar (avtomatik ravishda ishlaydigan maxsus uychalar – Post-2) da amalga
oshiriladi. 
Atmosfera va suv tarkibidagi zararli, ifloslantiruvchi moddalar miqdori
maxsus laboratoriyalarda kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. 
Sanoat  rivojlangan  hududlarda  maxsus  kuzatish  asosan  stansionar  (doimiy),
marshrutli va harakatdagi postlarda olib boriladi. Mazkur postlarda gazlarning
miqdori avtomatik usulda aniqlanadi. 
Logotip
Atrof-muhit monitoringi mamlakatimizdagi bir qancha muassasa va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Atmosfera havosi va suv havzalarining ifloslanishi O’zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan, yer osti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlanishi O’zbekiston Geologiya vazirligiga qarashli “O’zbekgidrogeologiya” korxonasi tomonidan, tuproqning sho’rlanishi va grunt suvlari me’yori, kollektor suvlari minerallashuv darajasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan, o’rmonlar holati O’rmon xo’jaligi qo’mitasi tomonidan, atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri bilan bog’liq bo’lgan masalalar Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kuzatib, nazorat qilib turiladi. Bu tashkilot va muassasalarning monitoring sohasidagi faoliyati Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasi tomonidan boshqariladi. Bu qo’mita atrof-muhit bo’yicha turli axborot va ma’lumotlarni yig’ib, yuzaga kelgan ekologik vaziyatni baholaydi. Noxush ahvol vujudga kelgan bo’lsa, tegishli xabar berish bilan uning oldini olish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. Atrof-muhit monitoringi kuzatish va nazorat qilish turli ususllarda olib boriladi: aerokosmik, avtomatik laboratoriyalar, ko’chma laboratoriyalar va h.k. Aerokosmik usul bilan atmosfera havo massalarning yo’nalishi, havoning ifloslanishi, tog’lardagi muzliklar, qorliklar rejimi, tuproq va o’simlik holati, ekinlarning o’sishi, ularning holati hamda hosildorligi kuzatib turiladi. O’zbekistonning ma’lum bir hududi aerokosmik usulda kuzatilayotganda olingan ma’lumotlar avtomatik ravishda tegishli tashkilotlarga uzatib turiladi. Atmosfera havosi monitoringi O’zbekiston hududida asosiy gidrometeorologik stansiya va postlar (avtomatik ravishda ishlaydigan maxsus uychalar – Post-2) da amalga oshiriladi. Atmosfera va suv tarkibidagi zararli, ifloslantiruvchi moddalar miqdori maxsus laboratoriyalarda kimyoviy usullar yordamida aniqlanadi. Sanoat rivojlangan hududlarda maxsus kuzatish asosan stansionar (doimiy), marshrutli va harakatdagi postlarda olib boriladi. Mazkur postlarda gazlarning miqdori avtomatik usulda aniqlanadi.