MORFEMIKA

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

67,8 KB


 
 
 
 
 
 
MORFEMIKA1 
REJA: 
1. Morfemika haqida umumiy ma’lumot. 
2. Asos morfema va uning xususiyatlari. 
3. Affiks morfema va uning xususiyatlari. 
4. Affiksal morfemalarning turlari. 
5. Affikslarda shakl va ma’no munosabati. 
6. So‘zning morfema tarkibidagi o‘zgarishlar. 
7. Morfologik qayta bo‘linish. 
 
Morfemika haqida umumiy ma’lumot 
                    
Morfemika so‘zning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. Bu 
kichik 
qismlar 
tilshunoslikda 
morfemalar 
deb 
yuritiladi. 
Masalan, 
paxtakorlarimizga so‘zi paxta, -kor, -lar, -imiz, -ga qismlaridan iborat. Bu qismlar 
turli xil so‘zlar tarkibida qatnashib, o‘ziga xos ma’nolar ifodalaydi. Bu qismlar yana 
bo‘linadigan bo‘lsa, ularning ma’nosi yo‘qoladi. Demak, morfema so‘zning eng 
kichik ma’noli qismidir. 
Morfema tarkibiga ko‘ra fonemalar kompleksidan, ba’zan bitta fonemadan 
iborat bo‘ladi.     Masalan, u-ni, kitob-i. 
Morfema so‘z tuzilishida zarur bo‘lgan eng kichik ma’noli qism sifatida 
yasama so‘zlarning ham, so‘z shakllarining ham tarkibiga kiradi va shu shakllarda 
ajratiladi. Boshqacha aytganda, morfema affikslari bo‘lgan so‘zlardagina 
ajratiladi. 
Masalan, 
gulzor, 
paxtakor, 
temirchilik, 
o‘qiganman 
kabilar 
                                                 
1 Bu bo`lim Q.Sapayevning  “Hоzirgi o‘zbек тili (mоrfеmikа, so‘z yasаlishi vа mоrfоlоgiya)” o‘quv qo‘llаnmаsidagi 
ma’lumotlardan foydalangan holda yozildi. 
 
 
 
MORFEMIKA1 REJA: 1. Morfemika haqida umumiy ma’lumot. 2. Asos morfema va uning xususiyatlari. 3. Affiks morfema va uning xususiyatlari. 4. Affiksal morfemalarning turlari. 5. Affikslarda shakl va ma’no munosabati. 6. So‘zning morfema tarkibidagi o‘zgarishlar. 7. Morfologik qayta bo‘linish. Morfemika haqida umumiy ma’lumot Morfemika so‘zning eng kichik ma’noli qismlari haqidagi ta’limotdir. Bu kichik qismlar tilshunoslikda morfemalar deb yuritiladi. Masalan, paxtakorlarimizga so‘zi paxta, -kor, -lar, -imiz, -ga qismlaridan iborat. Bu qismlar turli xil so‘zlar tarkibida qatnashib, o‘ziga xos ma’nolar ifodalaydi. Bu qismlar yana bo‘linadigan bo‘lsa, ularning ma’nosi yo‘qoladi. Demak, morfema so‘zning eng kichik ma’noli qismidir. Morfema tarkibiga ko‘ra fonemalar kompleksidan, ba’zan bitta fonemadan iborat bo‘ladi. Masalan, u-ni, kitob-i. Morfema so‘z tuzilishida zarur bo‘lgan eng kichik ma’noli qism sifatida yasama so‘zlarning ham, so‘z shakllarining ham tarkibiga kiradi va shu shakllarda ajratiladi. Boshqacha aytganda, morfema affikslari bo‘lgan so‘zlardagina ajratiladi. Masalan, gulzor, paxtakor, temirchilik, o‘qiganman kabilar 1 Bu bo`lim Q.Sapayevning “Hоzirgi o‘zbек тili (mоrfеmikа, so‘z yasаlishi vа mоrfоlоgiya)” o‘quv qo‘llаnmаsidagi ma’lumotlardan foydalangan holda yozildi.  
 
morfemalarga ajratiladi, ammo uy, kitob, olma, oq, ko‘m-ko‘k kabi so‘zlar 
morfemalarga ajratilmaydi. Ular yaxlit so‘zlardir. 
Morfemalar vazifasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham 
aloqadordir. Masalan, temir-chi so‘z yasash hodisasi, temir-ni shakl yasash 
hodisasidir. Ko‘rinadiki, «yasash» termini (keng ma’noda) hosil qilish ma’nosini 
ifodalaydi. 
Morfema eng kichik ma’noli qism sifatida shu tilda (o‘zbek tilida) 
so‘zlovchilarning xotirasida saqlanadi. Bu esa so‘zlarni ma’nosi anglashilib 
turadigan qismlarga ajratish va, aksincha, xotirada mavjud bo‘lgan morfemalar 
asosida yangi so‘z yasash yoki so‘zlarni turli grammatik shakllarga ko‘ra o‘zgartirish 
imkoniyatini beradi. Shu jihatdan qaraganda, morfema, hammadan burun, tilning 
eng muhim elementidir. Biroq morfema o‘z holicha xotirada saqlanib qoladigan 
narsa bo‘libgina qolmay, balki grammatik shakllarning tuzilishida ham ishtirok 
etadi. Bu jihatdan esa morfema til elementi bo‘lishi bilan birga, ayni zamonda nutq 
elementi ham hisoblanadi. 
Morfema biror so‘z doirasiga kirmay turib, leksik yoki grammatik qiymatga 
ega bo‘lmaydi. Masalan, -chi morfemasi garchi o‘zbek tilida shaxs oti yasovchi 
element sifatida xotirada saqlansa-da, ammo bunda konkret biron shaxs oti nazarda 
tutilmaydi. Shuningdek, -ni affiksi tushum ma’nosidagi til elementi sifatida xotirada 
saqlansa ham, u konkret so‘zning tushum kelishigi ma’nosini bildirmaydi. 
Morfemaning leksik yoki grammatik xarakterdagi konkret ma’noga ega 
bo‘lishi faqat nutqda, ya’ni gapda yuzaga keladi. Shuning uchun so‘zlarning 
morfemalarga bo‘linishi nutq jihatidan emas, til jihatidandir. 
Hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan so‘zlarning morfologik tuzilishi tahlil 
qilinar ekan, unda ajratiladigan har bir morfema hozirgi paytda anglanishi, ya’ni 
ma’nosi tushunarli bo‘lishi shart. Shuning uchun hozirgi o‘zbek tilidagi 
morfemalarni so‘zning hozirgi davrda tushunarli bo‘lgan, xotirada til elementi 
sifatida saqlanadigan eng kichik ma’noli qismlari deb ta’riflash mumkin. Masalan, 
talabalar-ning, 
san’at-kor-lar-imiz-ning, 
tin-ch-lik-parvar-lik, 
mustaqil-lik-ni 
kabilar. 
Qo‘shimchali sodda so‘zlarni (o‘zak va qo‘shimcha) morfemalarga ajratish 
tartibini qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarga tatbiq qilinishi u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
morfemalarga ajratiladi, ammo uy, kitob, olma, oq, ko‘m-ko‘k kabi so‘zlar morfemalarga ajratilmaydi. Ular yaxlit so‘zlardir. Morfemalar vazifasiga ko‘ra so‘z yasalishiga ham, so‘z o‘zgarishiga ham aloqadordir. Masalan, temir-chi so‘z yasash hodisasi, temir-ni shakl yasash hodisasidir. Ko‘rinadiki, «yasash» termini (keng ma’noda) hosil qilish ma’nosini ifodalaydi. Morfema eng kichik ma’noli qism sifatida shu tilda (o‘zbek tilida) so‘zlovchilarning xotirasida saqlanadi. Bu esa so‘zlarni ma’nosi anglashilib turadigan qismlarga ajratish va, aksincha, xotirada mavjud bo‘lgan morfemalar asosida yangi so‘z yasash yoki so‘zlarni turli grammatik shakllarga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Shu jihatdan qaraganda, morfema, hammadan burun, tilning eng muhim elementidir. Biroq morfema o‘z holicha xotirada saqlanib qoladigan narsa bo‘libgina qolmay, balki grammatik shakllarning tuzilishida ham ishtirok etadi. Bu jihatdan esa morfema til elementi bo‘lishi bilan birga, ayni zamonda nutq elementi ham hisoblanadi. Morfema biror so‘z doirasiga kirmay turib, leksik yoki grammatik qiymatga ega bo‘lmaydi. Masalan, -chi morfemasi garchi o‘zbek tilida shaxs oti yasovchi element sifatida xotirada saqlansa-da, ammo bunda konkret biron shaxs oti nazarda tutilmaydi. Shuningdek, -ni affiksi tushum ma’nosidagi til elementi sifatida xotirada saqlansa ham, u konkret so‘zning tushum kelishigi ma’nosini bildirmaydi. Morfemaning leksik yoki grammatik xarakterdagi konkret ma’noga ega bo‘lishi faqat nutqda, ya’ni gapda yuzaga keladi. Shuning uchun so‘zlarning morfemalarga bo‘linishi nutq jihatidan emas, til jihatidandir. Hozirgi o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan so‘zlarning morfologik tuzilishi tahlil qilinar ekan, unda ajratiladigan har bir morfema hozirgi paytda anglanishi, ya’ni ma’nosi tushunarli bo‘lishi shart. Shuning uchun hozirgi o‘zbek tilidagi morfemalarni so‘zning hozirgi davrda tushunarli bo‘lgan, xotirada til elementi sifatida saqlanadigan eng kichik ma’noli qismlari deb ta’riflash mumkin. Masalan, talabalar-ning, san’at-kor-lar-imiz-ning, tin-ch-lik-parvar-lik, mustaqil-lik-ni kabilar. Qo‘shimchali sodda so‘zlarni (o‘zak va qo‘shimcha) morfemalarga ajratish tartibini qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarga tatbiq qilinishi u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi.  
 
Chunki bu so‘zlar tarkibidagi har bir qism (komponent) aslida so‘zga xos bo‘lgan 
grammatik tugallikka ega. Shuning uchun bu qismlar ma'lum «ichki» grammatik 
munosabatda bo‘ladi. Masalan, Yangiyer, oshqozon, uchburchak, beshbarmoq 
(ovqat) Yangiobod, Mirzacho‘l, otquloq, osh-non, qozon-tovoq, baland-past, qop-
qop (bug‘doy), tog‘-tog‘ (paxta), ko‘m-ko‘k (osmon) kabi qo‘shma, juft va takroriy 
so‘zlarning har biri grammatik jihatdan to‘la shakllangan so‘zdan tashkil topgan. 
Bundan tashqari, ular tarkibida affikslar ham yo‘q. 
Ammo ba’zi qo‘shma va juft so‘zlarda affiks morfemalar bo‘lishi mumkin. 
Bunday paytda ular morfemalarga ajratiladi. Masalan, kun-ga-boq-ar, muzyor-ar, ol-
ibsot-ar, qo‘l-ma-qo‘l, kun-dan-kun-ga, oy-ma-oy kabi.  
Shunday qilib, morfema so‘zning hozirgi paytda yangidan ma’noli qismlarga 
bo‘linmaydigan har bir o‘zagi, har bir qo‘shimchasidir. 
Morfemalar ma’no va vazifasiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: 
  
 Asos morfema va uning xususiyatlari 
 
Asos morfema. Asos morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy 
qism bo‘lib, qo‘shimchalar shu asos bilan birgalikda qo‘llanadi. Shunga ko‘ra, asos 
morfema asosiy morfema, affiksal morfema esa ergash yoki yordamchi morfema 
deb ham yuritiladi. Asos morfema so‘z yasalishi uchun ham, shakl yasalishi uchun 
ham asos hisoblanadi. U so‘zning semantik yadrosini tashkil etadi. 
Masalan, paxtakor, paxtazor, paxtachilik kabi so‘zlarda paxta – so‘z yasalishi 
uchun asos bo‘lyapti. Paxtani, paxtaning, paxtalar kabi so‘zlarda u shakl yasalishi 
uchun asos hisoblanadi. 
So‘zga turli xil morfemalar qo‘shilib kelganda ham, asosning ma’nosi 
o‘zgarmaydi. Undan yasalgan yangi so‘zlarning – yasalmalarning ma’nosi har vaqt 
asos morfemaning ma’nosi bilan bog‘langan, shu ma’noga asoslangan bo‘ladi. 
Masalan aql, katta, temir, arava, ter, o‘r kabi so‘zlardan yasalgan katta-lik, temir-
chi, arava-kash, ter-im, o‘r-oq kabi yasalmalarning ma’nosi yuqoridagi so‘zlarning 
ma’nosiga asoslanadi. 
Asosning qo‘shimchaga nisbatan yetakchi ekani faqat semantik jihatdandir. 
Chunki u so‘zning tarkibiy elementi til birligi bo‘lgan so‘zlar singari hali ma’lum 
Chunki bu so‘zlar tarkibidagi har bir qism (komponent) aslida so‘zga xos bo‘lgan grammatik tugallikka ega. Shuning uchun bu qismlar ma'lum «ichki» grammatik munosabatda bo‘ladi. Masalan, Yangiyer, oshqozon, uchburchak, beshbarmoq (ovqat) Yangiobod, Mirzacho‘l, otquloq, osh-non, qozon-tovoq, baland-past, qop- qop (bug‘doy), tog‘-tog‘ (paxta), ko‘m-ko‘k (osmon) kabi qo‘shma, juft va takroriy so‘zlarning har biri grammatik jihatdan to‘la shakllangan so‘zdan tashkil topgan. Bundan tashqari, ular tarkibida affikslar ham yo‘q. Ammo ba’zi qo‘shma va juft so‘zlarda affiks morfemalar bo‘lishi mumkin. Bunday paytda ular morfemalarga ajratiladi. Masalan, kun-ga-boq-ar, muzyor-ar, ol- ibsot-ar, qo‘l-ma-qo‘l, kun-dan-kun-ga, oy-ma-oy kabi. Shunday qilib, morfema so‘zning hozirgi paytda yangidan ma’noli qismlarga bo‘linmaydigan har bir o‘zagi, har bir qo‘shimchasidir. Morfemalar ma’no va vazifasiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi: Asos morfema va uning xususiyatlari Asos morfema. Asos morfema so‘zning leksik ma’nosini bildiruvchi asosiy qism bo‘lib, qo‘shimchalar shu asos bilan birgalikda qo‘llanadi. Shunga ko‘ra, asos morfema asosiy morfema, affiksal morfema esa ergash yoki yordamchi morfema deb ham yuritiladi. Asos morfema so‘z yasalishi uchun ham, shakl yasalishi uchun ham asos hisoblanadi. U so‘zning semantik yadrosini tashkil etadi. Masalan, paxtakor, paxtazor, paxtachilik kabi so‘zlarda paxta – so‘z yasalishi uchun asos bo‘lyapti. Paxtani, paxtaning, paxtalar kabi so‘zlarda u shakl yasalishi uchun asos hisoblanadi. So‘zga turli xil morfemalar qo‘shilib kelganda ham, asosning ma’nosi o‘zgarmaydi. Undan yasalgan yangi so‘zlarning – yasalmalarning ma’nosi har vaqt asos morfemaning ma’nosi bilan bog‘langan, shu ma’noga asoslangan bo‘ladi. Masalan aql, katta, temir, arava, ter, o‘r kabi so‘zlardan yasalgan katta-lik, temir- chi, arava-kash, ter-im, o‘r-oq kabi yasalmalarning ma’nosi yuqoridagi so‘zlarning ma’nosiga asoslanadi. Asosning qo‘shimchaga nisbatan yetakchi ekani faqat semantik jihatdandir. Chunki u so‘zning tarkibiy elementi til birligi bo‘lgan so‘zlar singari hali ma’lum  
 
grammatik qoida va qonunlar ta’sirida bo‘lmaydi. Shuning uchun ham asos 
grammatik qiymatga ega bo‘lgan birlik deb emas, balki leksik qiymatga ega bo‘lgan 
eng kichik butunlik deb baholanadi. 
Asos morfema yasama bo‘lmaydi. U faqat tub bo‘ladi. Yasama asos deyish – 
bu so‘zda ikki va undan ortiq asos bo‘lishi mumkin demakdir. Masalan, terimchi 
so‘zining ter – (tub) va terim – (yasama) asoslariga, bilimdonlik so‘zining bil – (tub) 
bilim –(1-yasama), bilimdon – (2-yasama) asoslarga ajratish lozim bo‘ladi. 
Vaholanki, bu so‘zlarda bittadan (ter va bil) asos morfema bor. Asos faqat 
qo‘shimchali so‘zlardagina mavjud. 
So‘zni asos va qo‘shimchaga ajratishning ikki sharti bor: 
1. Asos deb ajratiladigan qism bugungi tilda mustaqil ma’no ifodalashi, boshqa 
qo‘shimchalar qabul qila olishi shart. 
2. Qo‘shimcha deb ajratiladigan qism esa boshqa asoska ham qo‘shila olishi 
shartdir. Masalan yig‘-im, ter-im, yig‘-ma, bos-ma, bos-iq, to‘s-iq, o‘r-im, bos-im 
kabi. 
Ta’kidlanganidek, asos avvalo, so‘zdagi asosiy tub, eng tub leksik ma’noni 
ifodalaydi. U so‘zning semantik yadrosini tashkil qiladi. Bu ma’no hali o‘z 
xarakteriga ko‘ra konkretlashmaganligi uchun abstrakt ma’no hisoblanadi. Ammo 
o‘zbek tilida asosning ma’nosi faqat abstrakt (mavhum) bo‘ladi, deyish unchalik 
to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ya’ni asosning ma’nosi ham konkret, ham abstrakt bo‘ladi. 
Masalan, terim, terma so‘zlarining asosi birinchisida «yig‘ishtirib olish» (paxtani), 
ikkinchisida narsalarni (shaxslarni) «to‘plash», «tanlash» (terma komanda) 
ma’nosini ifodalaydi. Bu holatda asos mavhum ma’no ifodalagan. Ammo paxtani, 
paxtaning kabi so‘zlaridagi paxta - asosi ma’lum bir narsa tushunchasini (konkret 
ma’noni) ifodalagan.  
Asosning ma’nosi ba’zi so‘zlarda so‘zning aniq leksik ma’nosiga teng kelsa, 
ba’zi so‘zlarda teng kelmaydi. Masalan, kitobdan so‘zining leksik ma’nosi shu 
so‘zning asosi - kitob anglatgan ma’noga teng keladi. Shu o‘rinda, demak, asosning 
ma’nosi leksik ma’nodan iborat. Ammo boshliq, boshla, boshqarma so‘zlarining 
leksik ma’nolari bosh (golova) asosi anglatgan ma’nodan farq qiladi. Chunki 
yuqoridagi so‘zlarning asosi bosh - o‘sha so‘zlarning leksik ma’nolarini 
ifodalamaydi, balki shu so‘zlarning asosida yotgan umumiy, abstrakt tushunchani 
grammatik qoida va qonunlar ta’sirida bo‘lmaydi. Shuning uchun ham asos grammatik qiymatga ega bo‘lgan birlik deb emas, balki leksik qiymatga ega bo‘lgan eng kichik butunlik deb baholanadi. Asos morfema yasama bo‘lmaydi. U faqat tub bo‘ladi. Yasama asos deyish – bu so‘zda ikki va undan ortiq asos bo‘lishi mumkin demakdir. Masalan, terimchi so‘zining ter – (tub) va terim – (yasama) asoslariga, bilimdonlik so‘zining bil – (tub) bilim –(1-yasama), bilimdon – (2-yasama) asoslarga ajratish lozim bo‘ladi. Vaholanki, bu so‘zlarda bittadan (ter va bil) asos morfema bor. Asos faqat qo‘shimchali so‘zlardagina mavjud. So‘zni asos va qo‘shimchaga ajratishning ikki sharti bor: 1. Asos deb ajratiladigan qism bugungi tilda mustaqil ma’no ifodalashi, boshqa qo‘shimchalar qabul qila olishi shart. 2. Qo‘shimcha deb ajratiladigan qism esa boshqa asoska ham qo‘shila olishi shartdir. Masalan yig‘-im, ter-im, yig‘-ma, bos-ma, bos-iq, to‘s-iq, o‘r-im, bos-im kabi. Ta’kidlanganidek, asos avvalo, so‘zdagi asosiy tub, eng tub leksik ma’noni ifodalaydi. U so‘zning semantik yadrosini tashkil qiladi. Bu ma’no hali o‘z xarakteriga ko‘ra konkretlashmaganligi uchun abstrakt ma’no hisoblanadi. Ammo o‘zbek tilida asosning ma’nosi faqat abstrakt (mavhum) bo‘ladi, deyish unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Ya’ni asosning ma’nosi ham konkret, ham abstrakt bo‘ladi. Masalan, terim, terma so‘zlarining asosi birinchisida «yig‘ishtirib olish» (paxtani), ikkinchisida narsalarni (shaxslarni) «to‘plash», «tanlash» (terma komanda) ma’nosini ifodalaydi. Bu holatda asos mavhum ma’no ifodalagan. Ammo paxtani, paxtaning kabi so‘zlaridagi paxta - asosi ma’lum bir narsa tushunchasini (konkret ma’noni) ifodalagan. Asosning ma’nosi ba’zi so‘zlarda so‘zning aniq leksik ma’nosiga teng kelsa, ba’zi so‘zlarda teng kelmaydi. Masalan, kitobdan so‘zining leksik ma’nosi shu so‘zning asosi - kitob anglatgan ma’noga teng keladi. Shu o‘rinda, demak, asosning ma’nosi leksik ma’nodan iborat. Ammo boshliq, boshla, boshqarma so‘zlarining leksik ma’nolari bosh (golova) asosi anglatgan ma’nodan farq qiladi. Chunki yuqoridagi so‘zlarning asosi bosh - o‘sha so‘zlarning leksik ma’nolarini ifodalamaydi, balki shu so‘zlarning asosida yotgan umumiy, abstrakt tushunchani  
 
ifodalaydi. Bu tushuncha alohida bosh – (golova) so‘zininggina leksik ma’nosi 
bo‘lishi mumkin. 
Asos morfema o‘z konkret ma’nosidan uzoqlashib, umumiy xarakterda ma’no 
ifodalaydigan vositaga, ya’ni affiksal morfemaga aylanishi mumkin. Masalan, 
oshxona, ishxona, choyxona, talabnoma, taklifnoma, ruxsatnoma kabi so‘zlardagi 
xona, noma elementlari shu o‘rinda bir ish faoliyat joyi ma’nosini, biror narsa turi 
ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchaga aylangan. 
So‘z va asos. 
1. So‘z o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, 
shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va 
munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga 
ega bo‘lgan, shuningdek, turli xil grammatik ma’no va vazifalarda 
qo‘llanadigan til birligidir. So‘z gapning (nutqning) qurilish materiali hisoblanadi. 
Demak, so‘z obyektiv borliqdagi narsa yoki hodisalar haqidagi tushunchaning 
tovush vositasi bilan ifodalanishidir. So‘z, ma’no ifodalash bilan birga, his-
tuyg‘ularni ham bildirishi mumkin (masalan, undovlar). Kelib chiqadiki, so‘z 
tushunchani ifodalaydi yoki his-tuyg‘ularni bildiradi. Bularning hammasi so‘zning 
ma’no tomonidir. So‘z yakka holda bildirgan ma’nosidan tashqari, qo‘llanishda, 
nutq ichida ko‘chgan ma’noda ham ishlatilishi emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lishi 
mumkin. Masalan: bolam so‘zi o‘rnida bo‘tam, qo‘zim, chirog‘im, deyish, bolasi 
ko‘p o‘rniga jo‘jasi ko‘p, farzand o‘rniga tirnoq (farzandga zor - tirnoqqa zor) 
deyish, bo‘tam, bolajonim, bolaginam, qizalog‘im, otajon, jon otam, jonim otam kabi 
qo‘llashlar so‘zlarning emotsional bo‘yog‘i hisoblansa, Oh qanday go‘zal manzara, 
hah, hali oqibat shumi? O, u yurak, o u tilla bosh, (U.Nosir) kabi gaplardagi undov 
so‘zlar turli xil emotsiyalarni (his-hayajon) ifodalagan. 
2. Asos. Morfema strukturasi jihatidan bo‘linmas holdagi so‘zning asos bilan 
bir xil ko‘rinishda kelishi bu elementlarning yaqin munosabatini ko‘rsatadi. Ammo, 
shunday bo‘lsa ham, ular bir-biriga teng hodisalar emas. Masalan, temir- temirchi, 
o‘r-o‘roq, til – tilshunos, ish – ishla, bunda temir, o‘r, til, ish so‘zlari nutqda boshqa 
so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirisha oladi (qiziq kitob, temir panjara, o‘zbek tili, 
ish boshlamoq), ammo shu shakldagi temirchi, kitobxon o‘roq, ishla, tilshunos 
so‘zlaridagi asoslar esa so‘zning bir elementi bo‘lib, bunday xususiyatga ega emas. 
ifodalaydi. Bu tushuncha alohida bosh – (golova) so‘zininggina leksik ma’nosi bo‘lishi mumkin. Asos morfema o‘z konkret ma’nosidan uzoqlashib, umumiy xarakterda ma’no ifodalaydigan vositaga, ya’ni affiksal morfemaga aylanishi mumkin. Masalan, oshxona, ishxona, choyxona, talabnoma, taklifnoma, ruxsatnoma kabi so‘zlardagi xona, noma elementlari shu o‘rinda bir ish faoliyat joyi ma’nosini, biror narsa turi ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchaga aylangan. So‘z va asos. 1. So‘z o‘z tovush qobig‘iga ega bo‘lgan, narsa-hodisalar, jarayonlar, shaxslar, belgi va miqdorlarni, xususiyatlarni, harakat va holatni, aloqa va munosabatlarni nomlash uchun xizmat qiladigan, mustaqil lug‘aviy ma’noga ega bo‘lgan, shuningdek, turli xil grammatik ma’no va vazifalarda qo‘llanadigan til birligidir. So‘z gapning (nutqning) qurilish materiali hisoblanadi. Demak, so‘z obyektiv borliqdagi narsa yoki hodisalar haqidagi tushunchaning tovush vositasi bilan ifodalanishidir. So‘z, ma’no ifodalash bilan birga, his- tuyg‘ularni ham bildirishi mumkin (masalan, undovlar). Kelib chiqadiki, so‘z tushunchani ifodalaydi yoki his-tuyg‘ularni bildiradi. Bularning hammasi so‘zning ma’no tomonidir. So‘z yakka holda bildirgan ma’nosidan tashqari, qo‘llanishda, nutq ichida ko‘chgan ma’noda ham ishlatilishi emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lishi mumkin. Masalan: bolam so‘zi o‘rnida bo‘tam, qo‘zim, chirog‘im, deyish, bolasi ko‘p o‘rniga jo‘jasi ko‘p, farzand o‘rniga tirnoq (farzandga zor - tirnoqqa zor) deyish, bo‘tam, bolajonim, bolaginam, qizalog‘im, otajon, jon otam, jonim otam kabi qo‘llashlar so‘zlarning emotsional bo‘yog‘i hisoblansa, Oh qanday go‘zal manzara, hah, hali oqibat shumi? O, u yurak, o u tilla bosh, (U.Nosir) kabi gaplardagi undov so‘zlar turli xil emotsiyalarni (his-hayajon) ifodalagan. 2. Asos. Morfema strukturasi jihatidan bo‘linmas holdagi so‘zning asos bilan bir xil ko‘rinishda kelishi bu elementlarning yaqin munosabatini ko‘rsatadi. Ammo, shunday bo‘lsa ham, ular bir-biriga teng hodisalar emas. Masalan, temir- temirchi, o‘r-o‘roq, til – tilshunos, ish – ishla, bunda temir, o‘r, til, ish so‘zlari nutqda boshqa so‘zlar bilan sintaktik aloqaga kirisha oladi (qiziq kitob, temir panjara, o‘zbek tili, ish boshlamoq), ammo shu shakldagi temirchi, kitobxon o‘roq, ishla, tilshunos so‘zlaridagi asoslar esa so‘zning bir elementi bo‘lib, bunday xususiyatga ega emas.  
 
So‘zning o‘rni bilan, morfemalarga bo‘linishi, morfemaning esa ajralmas element 
ekanligi, so‘zning grammatik jihatdan shakllangan bir butunlik bo‘lib, aniq bir 
leksik-grammatik kategoriyaga – so‘z turkumiga kirishi, bunday turkumlarga 
ajralishining so‘zgagina xosligi kabi hodisalar asos bilan so‘z orasidagi 
farqlardandir. Shuningdek, so‘z nutqda gap bo‘lagi vazifasida keladi va o‘z 
ma’nosidan tashqari, turli xil qo‘shimcha ma’nolarni ham ifodalaydi. Demak, 
morfema so‘z ichida, so‘z esa nutq ichida yashaydi. 
Aytilgan fikrlarni yakunlab, asosga shunday ta’rif berish mumkin: asos 
so‘zning qo‘shimchalarni ajratgandan so‘ng qoladigan, hozirgi tub leksik 
ma’noni yoki leksik ma’no asosida yotgan umumiy tushunchani ifodalaydigan 
eng kichik qismidir. U qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan so‘zlardagina ajratiladi. 
 
Affiks morfema va uning xususiyatlari 
 
 Affiksal morfema (lotincha affixus – «bog‘langan», - «biriktirilgan»). 
Qo‘shimcha (affiks) mustaqil qo‘llanmaydigan, bog‘liq holda, asoska qo‘shilib 
keladigan, asosning leksik-grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil 
ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan morfemadir. Qo‘shimcha asosning 
ma’nosiga yangi leksik belgi - modal ma’no yoki faqat grammatik ma’noda 
qo‘llanadigan asos yonidagi yordamchi ma’nodir. Ko‘rinadiki, qo‘shimcha, 
birinchidan, asos ifodalaydigan tub leksik ma’noga yangi leksik belgi qo‘shishi 
mumkin. 
Masalan, temirchi so‘zidagi –chi qo‘shimchasi metallning bir turi ma’nosiga 
shu metall bilan shug‘ullanuvchi shaxs belgisini qo‘shadi. Bu belgi alohida leksik 
ma’noni tashkil etmasa ham, mavjud leksik ma’noga qo‘shilgan yangi belgidir. 
Ikkinchidan, qo‘shimcha asos ifodalagan ma’noga qo‘shimcha grammatik ma’no 
qo‘shishi mumkin. Masalan, bolalar kitoblarini o‘qidilar gapida bolalar (ega), 
ko‘plikda bo‘lgani uchun kitoblarini (to‘ldiruvchi) o‘qidilar (kesim) ham ko‘plikda 
kelgan. Bu o‘rinda –lar qo‘shimchasi, bir tomondan, narsaning ko‘p sonli ekanligini 
(leksik belgi), ikkinchi tomondan esa, bu qo‘shimcha gapdagi boshqa so‘zning son 
jihatdan o‘ziga mos bo‘lishini talab qilgan. 
So‘zning o‘rni bilan, morfemalarga bo‘linishi, morfemaning esa ajralmas element ekanligi, so‘zning grammatik jihatdan shakllangan bir butunlik bo‘lib, aniq bir leksik-grammatik kategoriyaga – so‘z turkumiga kirishi, bunday turkumlarga ajralishining so‘zgagina xosligi kabi hodisalar asos bilan so‘z orasidagi farqlardandir. Shuningdek, so‘z nutqda gap bo‘lagi vazifasida keladi va o‘z ma’nosidan tashqari, turli xil qo‘shimcha ma’nolarni ham ifodalaydi. Demak, morfema so‘z ichida, so‘z esa nutq ichida yashaydi. Aytilgan fikrlarni yakunlab, asosga shunday ta’rif berish mumkin: asos so‘zning qo‘shimchalarni ajratgandan so‘ng qoladigan, hozirgi tub leksik ma’noni yoki leksik ma’no asosida yotgan umumiy tushunchani ifodalaydigan eng kichik qismidir. U qo‘shimchasi mavjud bo‘lgan so‘zlardagina ajratiladi. Affiks morfema va uning xususiyatlari Affiksal morfema (lotincha affixus – «bog‘langan», - «biriktirilgan»). Qo‘shimcha (affiks) mustaqil qo‘llanmaydigan, bog‘liq holda, asoska qo‘shilib keladigan, asosning leksik-grammatik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan har xil ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan morfemadir. Qo‘shimcha asosning ma’nosiga yangi leksik belgi - modal ma’no yoki faqat grammatik ma’noda qo‘llanadigan asos yonidagi yordamchi ma’nodir. Ko‘rinadiki, qo‘shimcha, birinchidan, asos ifodalaydigan tub leksik ma’noga yangi leksik belgi qo‘shishi mumkin. Masalan, temirchi so‘zidagi –chi qo‘shimchasi metallning bir turi ma’nosiga shu metall bilan shug‘ullanuvchi shaxs belgisini qo‘shadi. Bu belgi alohida leksik ma’noni tashkil etmasa ham, mavjud leksik ma’noga qo‘shilgan yangi belgidir. Ikkinchidan, qo‘shimcha asos ifodalagan ma’noga qo‘shimcha grammatik ma’no qo‘shishi mumkin. Masalan, bolalar kitoblarini o‘qidilar gapida bolalar (ega), ko‘plikda bo‘lgani uchun kitoblarini (to‘ldiruvchi) o‘qidilar (kesim) ham ko‘plikda kelgan. Bu o‘rinda –lar qo‘shimchasi, bir tomondan, narsaning ko‘p sonli ekanligini (leksik belgi), ikkinchi tomondan esa, bu qo‘shimcha gapdagi boshqa so‘zning son jihatdan o‘ziga mos bo‘lishini talab qilgan.  
 
Uchinchidan, affiks asos ifodalagan ma’noga faqat grammatik ma’no qo‘shishi 
mumkin. Masalan, kitob-ni, kitob-ning, kitob-dan, o‘qidi-m, o‘qidi-ng, o‘qi-di kabi. 
To‘rtinchidan, qo‘shimcha asos yonida turadi. O‘zicha asossiz qo‘llanmaydi. 
Va, nihoyat, beshinchidan, yakka holda ma’no xususiyati reallashmaydi. 
Qo‘shimcha o‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra asos morfemaga, ya’ni asosiy morfemaga 
tayanadi. Shuning uchun qo‘shimcha ergash yoki yordamchi morfema hisoblanadi. 
So‘zning qismlari bo‘lgan asos bilan qo‘chimcha o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir-
biridan farq qiladi. Bular quyidagilar: 
1. Asos so‘zning tub ma’no yadrosini tashkil qiladi. Qo‘shimcha esa o‘zak 
morfemasiz leksik yoki grammatik ma’no ifodalamaydi, u nutqda oddiy tovushlar 
yig‘indisi bo‘lib qoladi: -chi, -li, -si, -g, -i, -lik, -gar, -chil, -ga (-g‘a, -qa, -ka) kabi. 
2. Asos leksik ma’no tomonidan butun bir tub so‘zga nisbatlanishi mumkin. 
Masalan, ot (liq), bosh (la), ish(chi) so‘zlari ot, bosh, ish so‘zlariga nisbatlanishi 
mumkin. Shuning uchun bu o‘rinda asosning ma’nosi butun so‘zning ham leksik 
ma’nosidir. 
Asosning ma’nosi har vaqt ham so‘zning ma’nosiga teng bo‘lavermaydi. Ya’ni 
so‘z ifodalagan ma’no hamma vaqt asos ifodalagan ma’noga teng bo‘lmaydi. 
Ayniqsa, so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lgan so‘zlarning ma’nosi asosning 
ma’nosiga tayansa ham, yangi ma’no bo‘ladi. Masalan, ish-chi, temir-chi, til-shunos, 
ish-la, oq-la, bilim-li, paxta-kor so‘zlarining ma’nolarini temir, til, ish, oq, bil, paxta 
asoslarining ma’nolariga solishtirib ko‘rsak, bir tomondan, ular orasida semantik 
farq borligini ko‘ramiz. Ikkinchi tomondan esa, o‘sha ma’nolar asoslarning 
ma’nolari bilan ichki jihatdan bog‘langanligini, undan kelib chiqqanligi sezilib 
turadi. 
Qo‘shimchalar esa butun so‘zga nisbatlanmaydi. Ba’zan fonetik jihatdan butun 
so‘zga teng kelib qolishi mumkinday ko‘rinsa ham, uni qo‘shimchaning mustaqil 
so‘zga teng kelib qolishi deb tushunmaslik kerak. Masalan, (iz) chil, mis (kar), o‘t 
(qiz), yoza(man), yoza(san), yoza(siz) kabi so‘zlardagi qo‘shimchalar tovush 
tomonidangina so‘zga o‘xshashdir. 
3. Asos unlisiz bo‘lmaydi. U fonetik jihatdan kamida bir bo‘g‘inga to‘g‘ri 
keladi. Masalan, osh, ish, u, bu, shu, un, bor, kel, yoz kabi. Qo‘shimchalar esa unlisiz 
ham bo‘la beradi. Masalan, (o‘qi)t, (ishla)sh, (ela)k, (yaltira)q, (tin)ch, (ishla)y kabi. 
Uchinchidan, affiks asos ifodalagan ma’noga faqat grammatik ma’no qo‘shishi mumkin. Masalan, kitob-ni, kitob-ning, kitob-dan, o‘qidi-m, o‘qidi-ng, o‘qi-di kabi. To‘rtinchidan, qo‘shimcha asos yonida turadi. O‘zicha asossiz qo‘llanmaydi. Va, nihoyat, beshinchidan, yakka holda ma’no xususiyati reallashmaydi. Qo‘shimcha o‘z ma’no xususiyatiga ko‘ra asos morfemaga, ya’ni asosiy morfemaga tayanadi. Shuning uchun qo‘shimcha ergash yoki yordamchi morfema hisoblanadi. So‘zning qismlari bo‘lgan asos bilan qo‘chimcha o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir- biridan farq qiladi. Bular quyidagilar: 1. Asos so‘zning tub ma’no yadrosini tashkil qiladi. Qo‘shimcha esa o‘zak morfemasiz leksik yoki grammatik ma’no ifodalamaydi, u nutqda oddiy tovushlar yig‘indisi bo‘lib qoladi: -chi, -li, -si, -g, -i, -lik, -gar, -chil, -ga (-g‘a, -qa, -ka) kabi. 2. Asos leksik ma’no tomonidan butun bir tub so‘zga nisbatlanishi mumkin. Masalan, ot (liq), bosh (la), ish(chi) so‘zlari ot, bosh, ish so‘zlariga nisbatlanishi mumkin. Shuning uchun bu o‘rinda asosning ma’nosi butun so‘zning ham leksik ma’nosidir. Asosning ma’nosi har vaqt ham so‘zning ma’nosiga teng bo‘lavermaydi. Ya’ni so‘z ifodalagan ma’no hamma vaqt asos ifodalagan ma’noga teng bo‘lmaydi. Ayniqsa, so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lgan so‘zlarning ma’nosi asosning ma’nosiga tayansa ham, yangi ma’no bo‘ladi. Masalan, ish-chi, temir-chi, til-shunos, ish-la, oq-la, bilim-li, paxta-kor so‘zlarining ma’nolarini temir, til, ish, oq, bil, paxta asoslarining ma’nolariga solishtirib ko‘rsak, bir tomondan, ular orasida semantik farq borligini ko‘ramiz. Ikkinchi tomondan esa, o‘sha ma’nolar asoslarning ma’nolari bilan ichki jihatdan bog‘langanligini, undan kelib chiqqanligi sezilib turadi. Qo‘shimchalar esa butun so‘zga nisbatlanmaydi. Ba’zan fonetik jihatdan butun so‘zga teng kelib qolishi mumkinday ko‘rinsa ham, uni qo‘shimchaning mustaqil so‘zga teng kelib qolishi deb tushunmaslik kerak. Masalan, (iz) chil, mis (kar), o‘t (qiz), yoza(man), yoza(san), yoza(siz) kabi so‘zlardagi qo‘shimchalar tovush tomonidangina so‘zga o‘xshashdir. 3. Asos unlisiz bo‘lmaydi. U fonetik jihatdan kamida bir bo‘g‘inga to‘g‘ri keladi. Masalan, osh, ish, u, bu, shu, un, bor, kel, yoz kabi. Qo‘shimchalar esa unlisiz ham bo‘la beradi. Masalan, (o‘qi)t, (ishla)sh, (ela)k, (yaltira)q, (tin)ch, (ishla)y kabi.  
 
4. Asosning fonetik variantlari kamdan-kam bo‘ladi. Masalan, yosh(lik), va 
(yash)a, ong(li) va ang(la), sariq va sarg‘(ay) kabi. Qo‘shimchalarda esa fonetik 
variantlar nisbatan ko‘proq uchraydi. Masalan, (turt)ki, (supur)gi, (chop)qi, (chol)g‘i 
yoki (chol)g‘u; (eg)ik, (sin)iq, (buz)uq, (tut)qin, (so‘l)g‘in, (tur)g‘un; (o‘yin)choq, 
(erin)chak, (sirg‘an)chiq, (qizg‘an)chiq kabilar. 
5. So‘zning asos va qo‘shimchalarga bo‘linishi ma’no jihatdan o‘zaro aloqador 
bo‘lgan so‘zlarni bir-biriga solishtirib ko‘rganda, ayniqsa, aniq ajralib turadi. 
Masalan, suvli, suvsiz, suvchi, suvdon, suvsira so‘zlari solishtirib qaralsa, ularda bir 
morfemaning aynan takrorlanganini ko‘ramiz. Bu morfema suv bo‘lib, u o‘sha 
so‘zlarning umumiy o‘zagidir. Bir umumiy asoska ega bo‘lgan bunday so‘zlar 
qarindosh yoki asosdosh so‘zlar deyiladi. Aksincha, so‘zning tuzilishida asoslar har 
xil, qo‘shimchalar esa bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, temirchi, ishchi, traktorchi, 
baliqchi (qush) doirachi kabi. Biroq bunday so‘zlar qarindosh so‘zlar deb 
aytilmaydi. 
6. Nutqda ishlatilishi jihatidan qaraganda asoska nisbatan qo‘shimcha ko‘proq 
takrorlanadi. Masalan, Qish bo‘yi allaqaysi yerlarda junjib chiqqan qush zotlari – 
chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar... o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, 
chug‘ur-chug‘ur sayrab kuladilar (A.Qodiriy). Bu gapdagi vijir va chug‘ur 
so‘zlarini hisobga olmaganda so‘zlarning birortasi ham takrorlangan emas. 
Vaholanki, -lar qo‘shimchasi 8 marta, (i)b qo‘shimchasi 2 marta, –i qo‘shimchasi 3 
marta takrorlangan. 
Kembrij universiteti professori J.Yul tomonidan nashr qilingan darslikda 
morfemalar quyidagi ikki guruhga bo`linadi: 1. Erkin morfemalar. 2. Bog`liq 
morfemalar.2  
From these examples, we can make a broad distinction between two types 
of morphemes. There are freemorphemes, that is, morphemes that can stand by 
themselves as single words, for example, open and tour. There are also bound 
morphemes, which are those forms that cannot normally stand alone and are 
typically attached to another form, exemplified as re-, -ist, -ed.  
 
                                                 
2 George Yule.  The Study of Language.  CAMBRIDJE  UNIVERSITY PRESS.   2010,  67-bet. 
 
4. Asosning fonetik variantlari kamdan-kam bo‘ladi. Masalan, yosh(lik), va (yash)a, ong(li) va ang(la), sariq va sarg‘(ay) kabi. Qo‘shimchalarda esa fonetik variantlar nisbatan ko‘proq uchraydi. Masalan, (turt)ki, (supur)gi, (chop)qi, (chol)g‘i yoki (chol)g‘u; (eg)ik, (sin)iq, (buz)uq, (tut)qin, (so‘l)g‘in, (tur)g‘un; (o‘yin)choq, (erin)chak, (sirg‘an)chiq, (qizg‘an)chiq kabilar. 5. So‘zning asos va qo‘shimchalarga bo‘linishi ma’no jihatdan o‘zaro aloqador bo‘lgan so‘zlarni bir-biriga solishtirib ko‘rganda, ayniqsa, aniq ajralib turadi. Masalan, suvli, suvsiz, suvchi, suvdon, suvsira so‘zlari solishtirib qaralsa, ularda bir morfemaning aynan takrorlanganini ko‘ramiz. Bu morfema suv bo‘lib, u o‘sha so‘zlarning umumiy o‘zagidir. Bir umumiy asoska ega bo‘lgan bunday so‘zlar qarindosh yoki asosdosh so‘zlar deyiladi. Aksincha, so‘zning tuzilishida asoslar har xil, qo‘shimchalar esa bir xil bo‘lishi mumkin. Masalan, temirchi, ishchi, traktorchi, baliqchi (qush) doirachi kabi. Biroq bunday so‘zlar qarindosh so‘zlar deb aytilmaydi. 6. Nutqda ishlatilishi jihatidan qaraganda asoska nisbatan qo‘shimcha ko‘proq takrorlanadi. Masalan, Qish bo‘yi allaqaysi yerlarda junjib chiqqan qush zotlari – chumchuqlar, chittaklar, to‘rg‘aylar, sa’valar... o‘z to‘plari bilan vijir-vijir, chug‘ur-chug‘ur sayrab kuladilar (A.Qodiriy). Bu gapdagi vijir va chug‘ur so‘zlarini hisobga olmaganda so‘zlarning birortasi ham takrorlangan emas. Vaholanki, -lar qo‘shimchasi 8 marta, (i)b qo‘shimchasi 2 marta, –i qo‘shimchasi 3 marta takrorlangan. Kembrij universiteti professori J.Yul tomonidan nashr qilingan darslikda morfemalar quyidagi ikki guruhga bo`linadi: 1. Erkin morfemalar. 2. Bog`liq morfemalar.2 From these examples, we can make a broad distinction between two types of morphemes. There are freemorphemes, that is, morphemes that can stand by themselves as single words, for example, open and tour. There are also bound morphemes, which are those forms that cannot normally stand alone and are typically attached to another form, exemplified as re-, -ist, -ed. 2 George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010, 67-bet.  
 
Affiksal morfemalarning turlari 
 
Affiksal morfemalar ma’nosi va fazifasiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) so‘z 
yasovchi qo‘shimchalar; 2) shakl yasovchi qo‘shimchalar. 
So‘z yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalar turli so‘zlarga qo‘shilib, 
uning ma’nosi bilan bog‘langan yangi so‘z hosil qiladi. Masalan, -m (-im, -um) 
qo‘shimchasi harakat va holat anglatgan bilmoq, termoq, to‘plamoq, kechirmoq, 
tuzmoq kabi fe’llardan narsalik ma’nosini, ish-harakat natijasini ifodalovchi ot 
yasashga xizmat qiladi: bilim, terim, to‘plam, kechirim, tuzum kabi. 
Yasovchi qo‘shimchalar bir turkum doirasiga mansub yangi so‘z yasashga 
(bola-lik, sir-dosh, olma-zor – otdan ot yasalgan) va bir turkumdan boshqa turkum 
so‘zi yasashga xizmat qiladi: suz-ma, qir-g‘ich, o‘s-ma, kul-gi, to‘sha-k (fe’ldan ot 
yasalgan), ko‘z-la, varaq-la, zavq-lan, boy-i (otdan fe’l yasalgan), kes-kin, chop-qir, 
och-iq (fe’ldan sifat yasalgan), ko‘k-ar, keng-ay, yangi-la, oq-la (sifatdan fe’l 
yasalgan), chirq-illa, shitir-la, gumbir-la, (taqlidiy so‘zdan fe’l yasalgan) kabi. 
So‘zga birdan ortiq yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan uning tarkibi 
murakkab qurilishga ega bo‘lib boradi: bilimdonlik so‘zi bilimdon yasash asosidan –
lik qo‘shimchasi orqali yasalgan. Bilimdon so‘zi uchun esa bilim yasash asosi va –
don yasash vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bilim so‘zi ham, o‘z navbatida, -im 
qo‘shimchasi orqali bil asosidan yasalgan. 
Yasovchi qo‘shimchalarning so‘z yasash darajasi bir xil emas. Ayrim 
qo‘shimchalar juda ko‘p miqdorda yangi so‘zlar yasash uchun xizmat qilsa, ba’zilari 
miqdor jihatidan kamroq so‘z yasaydi yoki so‘z yasash xususiyatini hozir umuman 
yo‘qotgan. Yasovchi qo‘shimchalar shu jihatdan uch turga bo‘linadi: 1) unumli 
qo‘shimchalar; 2) kamunum qo‘shimchalar; 3) unumsiz qo‘shimchalar. 
1. Juda ko‘p yangi so‘z yasashga xizmat qiluvchi qo‘shimchalar unumli 
qo‘shimcha deyiladi: ish-chi, tarix-chi, traktor-chi, jang-chi, bo‘yoq-chi; aql-li, 
bola-li, g‘ayrat-li, yeyish-li; tuz-la, oq-la, joy-la; bo‘l-ma, mosla-ma, qatla-ma, 
bola-lik, yosh-lik, tinch-lik, do‘st-lik kabi. 
2. Kamroq so‘z yasash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar kamunum 
qo‘shimcha deyiladi: taro-q, tirno-q; tosh-qin, yon-g‘in, qir-g‘in; mehnat-kash, 
chizma-kash; ek-in, yig‘-in, tug-un. 
Affiksal morfemalarning turlari Affiksal morfemalar ma’nosi va fazifasiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1) so‘z yasovchi qo‘shimchalar; 2) shakl yasovchi qo‘shimchalar. So‘z yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalar turli so‘zlarga qo‘shilib, uning ma’nosi bilan bog‘langan yangi so‘z hosil qiladi. Masalan, -m (-im, -um) qo‘shimchasi harakat va holat anglatgan bilmoq, termoq, to‘plamoq, kechirmoq, tuzmoq kabi fe’llardan narsalik ma’nosini, ish-harakat natijasini ifodalovchi ot yasashga xizmat qiladi: bilim, terim, to‘plam, kechirim, tuzum kabi. Yasovchi qo‘shimchalar bir turkum doirasiga mansub yangi so‘z yasashga (bola-lik, sir-dosh, olma-zor – otdan ot yasalgan) va bir turkumdan boshqa turkum so‘zi yasashga xizmat qiladi: suz-ma, qir-g‘ich, o‘s-ma, kul-gi, to‘sha-k (fe’ldan ot yasalgan), ko‘z-la, varaq-la, zavq-lan, boy-i (otdan fe’l yasalgan), kes-kin, chop-qir, och-iq (fe’ldan sifat yasalgan), ko‘k-ar, keng-ay, yangi-la, oq-la (sifatdan fe’l yasalgan), chirq-illa, shitir-la, gumbir-la, (taqlidiy so‘zdan fe’l yasalgan) kabi. So‘zga birdan ortiq yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi bilan uning tarkibi murakkab qurilishga ega bo‘lib boradi: bilimdonlik so‘zi bilimdon yasash asosidan – lik qo‘shimchasi orqali yasalgan. Bilimdon so‘zi uchun esa bilim yasash asosi va – don yasash vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Bilim so‘zi ham, o‘z navbatida, -im qo‘shimchasi orqali bil asosidan yasalgan. Yasovchi qo‘shimchalarning so‘z yasash darajasi bir xil emas. Ayrim qo‘shimchalar juda ko‘p miqdorda yangi so‘zlar yasash uchun xizmat qilsa, ba’zilari miqdor jihatidan kamroq so‘z yasaydi yoki so‘z yasash xususiyatini hozir umuman yo‘qotgan. Yasovchi qo‘shimchalar shu jihatdan uch turga bo‘linadi: 1) unumli qo‘shimchalar; 2) kamunum qo‘shimchalar; 3) unumsiz qo‘shimchalar. 1. Juda ko‘p yangi so‘z yasashga xizmat qiluvchi qo‘shimchalar unumli qo‘shimcha deyiladi: ish-chi, tarix-chi, traktor-chi, jang-chi, bo‘yoq-chi; aql-li, bola-li, g‘ayrat-li, yeyish-li; tuz-la, oq-la, joy-la; bo‘l-ma, mosla-ma, qatla-ma, bola-lik, yosh-lik, tinch-lik, do‘st-lik kabi. 2. Kamroq so‘z yasash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar kamunum qo‘shimcha deyiladi: taro-q, tirno-q; tosh-qin, yon-g‘in, qir-g‘in; mehnat-kash, chizma-kash; ek-in, yig‘-in, tug-un.  
 
3. Hozirgi o‘zbek tilida yangi so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan 
qo‘shimchalar unumsiz qo‘shimcha deyiladi. Bu qo‘shimchalar o‘zbek tilida ma’lum 
davrlarda yangi so‘zlar yasash uchun xizmat qilgan bo‘lsa ham, hozirgi vaqtda tilda 
sanoqli so‘zlar tarkibidagina saqlanib qolgan: qoro-vul, dard-chil, ep-chil, yugur-
dak, kekir-dak kabilar. 
So‘z yasovchilarning asosiy qismini o‘zbek tilining o‘z qo‘shimchalari tashkil 
qiladi. Shu bilan birga, o‘zbek tilida boshqa tillardan o‘zlashgan yasovchilar ham 
qo‘llanadi; -don, -dor, -kor,     -zor, -shunos, ser-, no- kabilar tojik tilidan o‘zlashgan. 
Bu yasovchilar dastlabki vaqtlarda tojik tilidan qabul qilingan so‘zlar tarkibida 
qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik so‘z yasash vositasi sifatida o‘zbek tilidagi so‘zlarga 
ham qo‘shilib, yangi so‘z yasash vazifasini o‘tay boshladi: tuz-don, kul-don, salmoq-
dor, olma-zor, uzum-zor, til-shunos, tuproq-shunos, paxta-kor, ser-suv, no-o‘rin 
kabi. 
Rus tilidan qabul qilingan realist, redaksiya, student, aspirant, direktor singari 
so‘zlar tarkibidagi –ist, -izm, -tsiya, -ant (-yent), -tor kabilar o‘zbek tilida so‘z 
yasovchi qo‘shimchalar qatoriga kiritilmaydi. Bunday so‘zlar o‘zbek tilida 
morfemalarga ajratilmaydi, balki yaxlit bir so‘z sifatida qaraladi. 
Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalar so‘zning leksik ma’nosini 
o‘zgartirmaydi, yangi so‘z yasamaydi, balki shu so‘zning grammatik shaklini 
yasaydi, unga yangi grammatik ma’no qo‘shadi, kichraytirish, erkalash, takror, 
davomlilik kabi har xil qo‘shimcha ma’no anglatuvchi yoki so‘zning gapda biror 
vazifani bajarishga moslashgan shakllarini yasaydi. Masalan, paxta-ning, paxta-dan, 
paxta-ni, paxta-ga; vatan-im, vatan-ing, vatan-i; kelgan-man, kelgan-san; o‘qi-di-
m, o‘qi-di-ng; ikki-nchi, kel-ar, kel-ib; uy-cha, qush-cha, qo‘zi-choq, katta-gina 
kabi. 
Shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘z xususiyatiga qarab ikki turga bo‘linadi: 1) 
kategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar; 2) nokategorial shakl yasovchi 
qo‘shimchalar. 
Kategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning o‘zgarishi bilan 
bog‘liq bir butun sistemani tashkil qilgan grammatik shakllarni hosil qiladi va ular 
ma’lum grammatik kategoriyalarga, paradigmalarga birlashadi. Jumladan, ot va 
otlashgan so‘zlarga xos grammatik son, egalik va kelishik shakllarini yasovchi 
3. Hozirgi o‘zbek tilida yangi so‘z yasash xususiyatini yo‘qotgan qo‘shimchalar unumsiz qo‘shimcha deyiladi. Bu qo‘shimchalar o‘zbek tilida ma’lum davrlarda yangi so‘zlar yasash uchun xizmat qilgan bo‘lsa ham, hozirgi vaqtda tilda sanoqli so‘zlar tarkibidagina saqlanib qolgan: qoro-vul, dard-chil, ep-chil, yugur- dak, kekir-dak kabilar. So‘z yasovchilarning asosiy qismini o‘zbek tilining o‘z qo‘shimchalari tashkil qiladi. Shu bilan birga, o‘zbek tilida boshqa tillardan o‘zlashgan yasovchilar ham qo‘llanadi; -don, -dor, -kor, -zor, -shunos, ser-, no- kabilar tojik tilidan o‘zlashgan. Bu yasovchilar dastlabki vaqtlarda tojik tilidan qabul qilingan so‘zlar tarkibida qo‘llangan bo‘lib, keyinchalik so‘z yasash vositasi sifatida o‘zbek tilidagi so‘zlarga ham qo‘shilib, yangi so‘z yasash vazifasini o‘tay boshladi: tuz-don, kul-don, salmoq- dor, olma-zor, uzum-zor, til-shunos, tuproq-shunos, paxta-kor, ser-suv, no-o‘rin kabi. Rus tilidan qabul qilingan realist, redaksiya, student, aspirant, direktor singari so‘zlar tarkibidagi –ist, -izm, -tsiya, -ant (-yent), -tor kabilar o‘zbek tilida so‘z yasovchi qo‘shimchalar qatoriga kiritilmaydi. Bunday so‘zlar o‘zbek tilida morfemalarga ajratilmaydi, balki yaxlit bir so‘z sifatida qaraladi. Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalar so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartirmaydi, yangi so‘z yasamaydi, balki shu so‘zning grammatik shaklini yasaydi, unga yangi grammatik ma’no qo‘shadi, kichraytirish, erkalash, takror, davomlilik kabi har xil qo‘shimcha ma’no anglatuvchi yoki so‘zning gapda biror vazifani bajarishga moslashgan shakllarini yasaydi. Masalan, paxta-ning, paxta-dan, paxta-ni, paxta-ga; vatan-im, vatan-ing, vatan-i; kelgan-man, kelgan-san; o‘qi-di- m, o‘qi-di-ng; ikki-nchi, kel-ar, kel-ib; uy-cha, qush-cha, qo‘zi-choq, katta-gina kabi. Shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘z xususiyatiga qarab ikki turga bo‘linadi: 1) kategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar; 2) nokategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar. Kategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar so‘zlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bir butun sistemani tashkil qilgan grammatik shakllarni hosil qiladi va ular ma’lum grammatik kategoriyalarga, paradigmalarga birlashadi. Jumladan, ot va otlashgan so‘zlarga xos grammatik son, egalik va kelishik shakllarini yasovchi  
 
qo‘shimchalar; fe’llarga xos shaxs-son shakllari, zamon shakllari va u bilan bog‘liq 
mayl shakllarini yasovchi qo‘shimchalar kategorial shakl yasovchi qo‘shimchalarga 
kiradi. 
Nokategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar grammatik ma’no ifodalovchi 
shakl yasaydi, lekin bu qo‘shimchalar shakllar sistemasini – paradigmani hosil 
qilmaydi. Bular asosan quyidagilar: 
1. Otlarda kichraytirish, erkalash, chegara kabi har xil ma’nolarni anglatuvchi 
shakl yasovchi qo‘shimchalar: -cha, -loq, -chak, -choq, -gina, -gacha: uy-cha, bo‘ta-
loq, qo‘zi-choq, kelin-chak, shahar-gacha kabi. 
2. Ot, sifat va ravishlarda modallik (-gina: qiz-gina, yaxshi-gina, tez-gina), 
sifatlarda belgining kuchsiz ekani kabi ma’nolarni anglatgan shakl yasovchilar -ish, 
- (i)mtir: ko‘k-ish, ko‘k-imtir.. 
3. Sonlarda donalik, chama, jamlovchi, tartib son turlarini yasovchi 
qo‘shimchalar: -ta, -cha, -ov, -ala, - (i)nchi: ikki-ta, uch-ov, besh-ta-cha, uch-ala, 
to‘rt-inchi kabi. 
4. Fe’llarda harakatning takror, davom, kuchsizlanish kabi miqdor shakllari 
yoki biror vazifani bajarishga moslashgan sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi 
shakllarini yasovchi qo‘shimchalar: -(i)msira, -(i)nqira, -gila, -gan, -(i)b, -gach, -
moq: kul-imsira, qizar-inqira, yugur-gila, kel-gan, kel-ib, kel-gach, kel-moq kabi. 
Qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibida ma’lum qonuniyat bor. 
Ma’lumki, so‘z yasovchi qo‘shimchalar so‘zning material qismiga, leksik ma’no 
ifodalovchi qismiga kiradi. Shunga ko‘ra, tabiiy ravishda, bu turdagi qo‘shimchalar 
so‘zga shakl yasovchi qo‘shimchalardan oldin qo‘shiladi: ishchi-lar, ishla-di, 
chiroyli-roq va b. 
Shakl yasovchi qo‘shimchalarning sintaktik munosabat ifodalamaydigan turi 
sintaktik munosabat ifodalaydigan turidan oldin qo‘shiladi: ishchi-lar-ga, ishla-ma-
di, ishla-yap-ti kabi. 
Demak, so‘zda so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchaning 
sintaktik munosabat ifodalamaydigan va bunday munosabatni ifodalaydigan turi 
qatnashganda, ularning qo‘shilish tartibi quyidagicha bo‘ladi: asos - so‘z yasovchi 
qo‘shimcha + sintaktik munosabat ifodalamaydigan shakl yasovchi qo‘shimcha 
qo‘shimchalar; fe’llarga xos shaxs-son shakllari, zamon shakllari va u bilan bog‘liq mayl shakllarini yasovchi qo‘shimchalar kategorial shakl yasovchi qo‘shimchalarga kiradi. Nokategorial shakl yasovchi qo‘shimchalar grammatik ma’no ifodalovchi shakl yasaydi, lekin bu qo‘shimchalar shakllar sistemasini – paradigmani hosil qilmaydi. Bular asosan quyidagilar: 1. Otlarda kichraytirish, erkalash, chegara kabi har xil ma’nolarni anglatuvchi shakl yasovchi qo‘shimchalar: -cha, -loq, -chak, -choq, -gina, -gacha: uy-cha, bo‘ta- loq, qo‘zi-choq, kelin-chak, shahar-gacha kabi. 2. Ot, sifat va ravishlarda modallik (-gina: qiz-gina, yaxshi-gina, tez-gina), sifatlarda belgining kuchsiz ekani kabi ma’nolarni anglatgan shakl yasovchilar -ish, - (i)mtir: ko‘k-ish, ko‘k-imtir.. 3. Sonlarda donalik, chama, jamlovchi, tartib son turlarini yasovchi qo‘shimchalar: -ta, -cha, -ov, -ala, - (i)nchi: ikki-ta, uch-ov, besh-ta-cha, uch-ala, to‘rt-inchi kabi. 4. Fe’llarda harakatning takror, davom, kuchsizlanish kabi miqdor shakllari yoki biror vazifani bajarishga moslashgan sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllarini yasovchi qo‘shimchalar: -(i)msira, -(i)nqira, -gila, -gan, -(i)b, -gach, - moq: kul-imsira, qizar-inqira, yugur-gila, kel-gan, kel-ib, kel-gach, kel-moq kabi. Qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibida ma’lum qonuniyat bor. Ma’lumki, so‘z yasovchi qo‘shimchalar so‘zning material qismiga, leksik ma’no ifodalovchi qismiga kiradi. Shunga ko‘ra, tabiiy ravishda, bu turdagi qo‘shimchalar so‘zga shakl yasovchi qo‘shimchalardan oldin qo‘shiladi: ishchi-lar, ishla-di, chiroyli-roq va b. Shakl yasovchi qo‘shimchalarning sintaktik munosabat ifodalamaydigan turi sintaktik munosabat ifodalaydigan turidan oldin qo‘shiladi: ishchi-lar-ga, ishla-ma- di, ishla-yap-ti kabi. Demak, so‘zda so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchaning sintaktik munosabat ifodalamaydigan va bunday munosabatni ifodalaydigan turi qatnashganda, ularning qo‘shilish tartibi quyidagicha bo‘ladi: asos - so‘z yasovchi qo‘shimcha + sintaktik munosabat ifodalamaydigan shakl yasovchi qo‘shimcha  
 
+ sintaktik munosabat ifodalaydigan shakl yasovchi qo‘shimcha: ish-chi-lar-ga, 
ish-la-yap-ti, paxta-kor+lar-imiz-ga, uqi-gan-man, yoz+ib-di. 
O‘zbek tilida qo‘shimchalar suffiks xarakterida bo‘ladi, ya’ni so‘zda asosdan 
keyingi o‘rinda turadi: ish-chi, qish-la, kuch-li, maktab-ni, bola-lar, ishla-sin, ishla-
t-yap-man kabi. Lekin boshqa tillardan kirib, o‘zlashib qolgan so‘zlarda asos oldiga 
qo‘shiluvchi qo‘shimchalar (prefikslar) ham bor. Bular so‘z yasovchilar 
doirasidagina uchraydi: ser-harakat, no’-o‘rin, ser-tashvish; ba-quvvat, be-nuqson, 
be-tashvish; anti-fashist, anti-demokratiya kabi. 
Qo‘shimchalar struktura jihatidan sodda yoki qo‘shma bo‘ladi. Masalan, 
paxtakor, 
paxtadan 
so‘zlaridagi 
–kor 
va 
–dan 
qo‘shimchalari 
sodda 
qo‘shimchalardir. Demak, sodda qo‘shimcha, hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan 
bir-butun yaxlit holda bo‘ladi. 
Qo‘shma qo‘shimchalar hozirda mustaqil qo‘shimcha sifatida qo‘llana 
oladigan ikki yoki undan ortiq qo‘shimchaning o‘zaro birikib, bir qo‘shimcha - bir 
morfema holiga kelishidan tug‘iladi. Masalan, mo‘lchilik, odamgarchilik. Hozirgi 
o‘zbek tilida –chi, -lik va –gar qo‘shimchalari so‘z yasash uchun xizmat qiladi, ya’ni 
ularning har biri alohida bir qo‘shimchadir (suv-chi, do‘st-lik, zar-gar kabi). Lekin 
mo‘lchilik, odamgarchilik so‘zlari tarkibidagi –chilik va –garchilik qo‘shimchalari 
yaxlitligicha bir qo‘shimcha hisoblanadi (ular qismlarga ajralmaydi). Shunki hozirgi 
o‘zbek tilida mo‘lchi, odamgar yoki odamgarchi so‘zlari yo‘q. Demak, birdan ortiq 
affiksal morfemaning o‘zaro birikib, bir butun holga kelishidan hosil bo‘lgan 
qo‘shimcha murakkab qo‘shimcha deyiladi. 
Qo‘shma qo‘shimchalar vazifasi bir xil yoki har xil bo‘lgan qo‘shimchalarning 
birikuvidan hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, serobgarchilik so‘zidagi –garchilik 
uchta so‘z yasovchi qo‘shimchaning birikishidan hosil bo‘lgan. Zavqlanmoq 
so‘zidagi –lan qo‘shimchasi bir so‘z yasovchi (-la) va bir shakl yasovchi (daraja 
yasovchi -n) qo‘shimchaning birikishidan hosil bo‘lgan. Kelmoqda so‘zidagi –
moqda qo‘shimchasi ikki shakl yasovchi (-moq va -da) qo‘shimchaning birikishidan 
hosil bo‘lgan. 
  
Affikslarda shakl va ma’no munosabati 
 
+ sintaktik munosabat ifodalaydigan shakl yasovchi qo‘shimcha: ish-chi-lar-ga, ish-la-yap-ti, paxta-kor+lar-imiz-ga, uqi-gan-man, yoz+ib-di. O‘zbek tilida qo‘shimchalar suffiks xarakterida bo‘ladi, ya’ni so‘zda asosdan keyingi o‘rinda turadi: ish-chi, qish-la, kuch-li, maktab-ni, bola-lar, ishla-sin, ishla- t-yap-man kabi. Lekin boshqa tillardan kirib, o‘zlashib qolgan so‘zlarda asos oldiga qo‘shiluvchi qo‘shimchalar (prefikslar) ham bor. Bular so‘z yasovchilar doirasidagina uchraydi: ser-harakat, no’-o‘rin, ser-tashvish; ba-quvvat, be-nuqson, be-tashvish; anti-fashist, anti-demokratiya kabi. Qo‘shimchalar struktura jihatidan sodda yoki qo‘shma bo‘ladi. Masalan, paxtakor, paxtadan so‘zlaridagi –kor va –dan qo‘shimchalari sodda qo‘shimchalardir. Demak, sodda qo‘shimcha, hozirgi o‘zbek tili nuqtai nazaridan bir-butun yaxlit holda bo‘ladi. Qo‘shma qo‘shimchalar hozirda mustaqil qo‘shimcha sifatida qo‘llana oladigan ikki yoki undan ortiq qo‘shimchaning o‘zaro birikib, bir qo‘shimcha - bir morfema holiga kelishidan tug‘iladi. Masalan, mo‘lchilik, odamgarchilik. Hozirgi o‘zbek tilida –chi, -lik va –gar qo‘shimchalari so‘z yasash uchun xizmat qiladi, ya’ni ularning har biri alohida bir qo‘shimchadir (suv-chi, do‘st-lik, zar-gar kabi). Lekin mo‘lchilik, odamgarchilik so‘zlari tarkibidagi –chilik va –garchilik qo‘shimchalari yaxlitligicha bir qo‘shimcha hisoblanadi (ular qismlarga ajralmaydi). Shunki hozirgi o‘zbek tilida mo‘lchi, odamgar yoki odamgarchi so‘zlari yo‘q. Demak, birdan ortiq affiksal morfemaning o‘zaro birikib, bir butun holga kelishidan hosil bo‘lgan qo‘shimcha murakkab qo‘shimcha deyiladi. Qo‘shma qo‘shimchalar vazifasi bir xil yoki har xil bo‘lgan qo‘shimchalarning birikuvidan hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, serobgarchilik so‘zidagi –garchilik uchta so‘z yasovchi qo‘shimchaning birikishidan hosil bo‘lgan. Zavqlanmoq so‘zidagi –lan qo‘shimchasi bir so‘z yasovchi (-la) va bir shakl yasovchi (daraja yasovchi -n) qo‘shimchaning birikishidan hosil bo‘lgan. Kelmoqda so‘zidagi – moqda qo‘shimchasi ikki shakl yasovchi (-moq va -da) qo‘shimchaning birikishidan hosil bo‘lgan. Affikslarda shakl va ma’no munosabati  
 
So‘zlarda bo‘lganidek, qo‘shimchalarda ham shakl va ma’no munosabati asosida 
omonimiya, polisemiya, sinonimiya va antonimiya kabi hodisalar uchraydi. 
Affiksal omonimiya. Shaklan bir xil bo‘lib, ma’no jihatidan turlicha turkumlarga 
xos so‘z yasovchi va shakl yasovchi affiks omonim affiks deyiladi. Ular shaklan bir xil 
bo‘lsa ham, lekin ma’no jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa-boshqa 
qo‘shimcha hisoblanadi. 
Affiksal omonimiya quyidagi ko‘rinishlarga ega: 
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik munosabatida bo‘ladi. So‘z 
yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumi doirasida omonimlik holatida bo‘lishi juda 
kam uchraydi. Bu hodisa ko‘pincha ikki, ba’zan uch so‘z turkumi doirasida bo‘ladi. 
So‘z yasovchi qo‘shimchalarning omonimlik munosabatida bo‘lishi quyidagicha: 
a) –k, -q (-ik, -iq, -uk, -oq): kura-k, tesh-ik, chiz-iq, yut-uq, yamo-q, tuz-oq, o‘r-oq 
(ot); eg-ik, sin-iq, qo‘rq-oq, yum-uq (sifat); ko‘z-ik, kech-ik, yo‘l-yo‘liq (fe’l) kabi; 
b) –gi (-ki, -qi); supur-gi, chop-qi, tep-ki (ot); kuz-gi, kech-ki, qish-ki (sifat) kabi; 
v) –in, -un: ek-in, tug-un, yig‘-in (ot); erk-in, yashir-in (sifat) kabi; 
g) –lik; bola-lik, mustaqil-lik, paxtachi-lik, yaxshi-lik (ot); hafta-lik, kun-lik, tush-lik, 
buxoro-lik (sifat); 
d) –qin, -g‘in (-qun, -g‘un); tosh-qin, yon-g‘in, uch-qun (ot); yor-qin, oz-g‘in, tur-
g‘un (sifat) kabi; 
ye) –don: tuz-don, kul-don, qalam-don (ot); bilim-don, gap-don, qadr-don (sifat) 
kabi. 
2. So‘z yasovchi qo‘shimcha bilan shakl yasovchi qo‘shimcha omonimlik 
munosabatida bo‘ladi: 
a) –chak, -choq, -chiq: kuyun-chak, maqtan-choq, sirg‘an-chiq (sifat); kelin-chak, 
toy-choq, qop-chiq (otning kichraytish – erkalash shakli) kabi; 
b) –cha, -larcha, -lab: qisqa-cha, yashirin-cha, do‘st-larcha, mard-larcha, oy-lab, 
yil-lab (ravish); uy-cha, shahar-cha (otning kichraytish shakli); o‘n-larcha, yuz-lab, ming-
lab (son shakllari) kabi; 
v) –ma; gazla-ma, bos-ma, o‘s-ma (ot) va yasa-ma, tug‘-ma, qayril-ma (qosh); 
qaynat-ma (sho‘rva) (sifat); kel-ma, o‘qi-ma, bor-ma (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi; 
g) – (a)r: ko‘k-ar, oq-ar (sifatdan fe’l yasalgan); kel-ar, oq-ar (suv), ko‘r-ar ko‘z, bor-
ar (yer), (sifatdosh shakli) kabi; 
So‘zlarda bo‘lganidek, qo‘shimchalarda ham shakl va ma’no munosabati asosida omonimiya, polisemiya, sinonimiya va antonimiya kabi hodisalar uchraydi. Affiksal omonimiya. Shaklan bir xil bo‘lib, ma’no jihatidan turlicha turkumlarga xos so‘z yasovchi va shakl yasovchi affiks omonim affiks deyiladi. Ular shaklan bir xil bo‘lsa ham, lekin ma’no jihatidan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa-boshqa qo‘shimcha hisoblanadi. Affiksal omonimiya quyidagi ko‘rinishlarga ega: 1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik munosabatida bo‘ladi. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning bir so‘z turkumi doirasida omonimlik holatida bo‘lishi juda kam uchraydi. Bu hodisa ko‘pincha ikki, ba’zan uch so‘z turkumi doirasida bo‘ladi. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning omonimlik munosabatida bo‘lishi quyidagicha: a) –k, -q (-ik, -iq, -uk, -oq): kura-k, tesh-ik, chiz-iq, yut-uq, yamo-q, tuz-oq, o‘r-oq (ot); eg-ik, sin-iq, qo‘rq-oq, yum-uq (sifat); ko‘z-ik, kech-ik, yo‘l-yo‘liq (fe’l) kabi; b) –gi (-ki, -qi); supur-gi, chop-qi, tep-ki (ot); kuz-gi, kech-ki, qish-ki (sifat) kabi; v) –in, -un: ek-in, tug-un, yig‘-in (ot); erk-in, yashir-in (sifat) kabi; g) –lik; bola-lik, mustaqil-lik, paxtachi-lik, yaxshi-lik (ot); hafta-lik, kun-lik, tush-lik, buxoro-lik (sifat); d) –qin, -g‘in (-qun, -g‘un); tosh-qin, yon-g‘in, uch-qun (ot); yor-qin, oz-g‘in, tur- g‘un (sifat) kabi; ye) –don: tuz-don, kul-don, qalam-don (ot); bilim-don, gap-don, qadr-don (sifat) kabi. 2. So‘z yasovchi qo‘shimcha bilan shakl yasovchi qo‘shimcha omonimlik munosabatida bo‘ladi: a) –chak, -choq, -chiq: kuyun-chak, maqtan-choq, sirg‘an-chiq (sifat); kelin-chak, toy-choq, qop-chiq (otning kichraytish – erkalash shakli) kabi; b) –cha, -larcha, -lab: qisqa-cha, yashirin-cha, do‘st-larcha, mard-larcha, oy-lab, yil-lab (ravish); uy-cha, shahar-cha (otning kichraytish shakli); o‘n-larcha, yuz-lab, ming- lab (son shakllari) kabi; v) –ma; gazla-ma, bos-ma, o‘s-ma (ot) va yasa-ma, tug‘-ma, qayril-ma (qosh); qaynat-ma (sho‘rva) (sifat); kel-ma, o‘qi-ma, bor-ma (fe’lning bo‘lishsiz shakli) kabi; g) – (a)r: ko‘k-ar, oq-ar (sifatdan fe’l yasalgan); kel-ar, oq-ar (suv), ko‘r-ar ko‘z, bor- ar (yer), (sifatdosh shakli) kabi;  
 
d) –siz: suv-siz, kuch-siz, poyon-siz (sifat); kela-siz, keta-siz, o‘qiy-siz, ishlayap-siz, 
o‘qigan-siz (fe’lning shaxs-son shakli) kabi; 
ye) –i, (a)y: chang-i, boy-i, tinch-i, kuch-ay, keng-ay (fe’l yasovchi); qishloq-(g‘)-i, 
maktab-i, kitob-i (egalik shakli); bor-ay, kel-ay, yoz-ay (fe’lning mayl shakli). 
3. Shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik munosabatida bo‘ladi: 
a) –(i)sh: oq-ish, ko‘k-ish, sarg‘-ish (belgining kamligi shakli); o‘qi-sh, bor-ish, yoz-
ish (harakat nomi shakli); yoz-ish-di, ishla-sh-di, kul-ish-di (fe’lning birgalik daraja shakli) 
kabi; 
b) –m, -ng: uka-m, ota-m, uka-ng, ota-ng (egalik shakli); keldi-m, o‘qidi-m, keldi-
ng, o‘qiding (shaxs-son shakli) kabi. 
Bu kabi omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha omomorfema ham 
deyiladi. Bunday til hodisasi affiksal o‘mo‘nimiya deyiladi. 
Affiksal polisemiya. Yasovchi affiksning bir turkumga xos bo‘lgan xilma-xil 
ma’noli so‘z yasash hodisasi affiksal polisemiya deyiladi: tort-ma, bo‘l-ma, bostir-
ma (joy oti); isit-ma, terla-ma, yozish-ma (mavhum ot); sur-ma, qatla-ma (narsa oti) 
kabi. –ma qo‘shimchasi yordamida yasalgan bu so‘zlarning hammasi narsalik 
ma’nosini anglatadi. Ular anglatgan ma’nodagi farq esa qo‘shimcha orqali emas, 
balki yasash asosi orqali aniqlanadi. Shuning uchun bunday xususiyatga ega bo‘lgan 
qo‘shimcha polisemantik qo‘shimcha, bunday til hodisasi esa affiksal polisemiya 
deyiladi. 
Quyidagi qo‘shimchalar polisemantik xususiyatga ega:  
1) –gi, -g‘i (-ki, -qi): supur-gi, chop-qi (narsa oti), sev-gi, sez-gi, kul-gi 
(mavhum ot) kabi;  
2) 
–lik: 
pillachi-lik, o‘qituvchi-lik, uchuvchi-lik, adabiyotshunos-lik, 
o‘lkashunos-lik, jamiyatshunos-lik (kasb, hunar, soha oti); yaxshi-lik, manman-lik, 
bola-lik, o‘smir-lik, yosh-lik (belgi, holat nomi); tepa-lik, jar-lik, past-lik, do‘ng-lik 
(joy, makon oti) kabi. 
Polisemantik qo‘shimcha bir turkumga tegishli har xil ma’noli so‘z yasashiga 
qaramay bir necha qo‘shimcha emas, balki har xil o‘zakka qo‘shilib, turli xil ma’no 
ifodalaydigan birgina qo‘shimcha hisoblanadi. 
d) –siz: suv-siz, kuch-siz, poyon-siz (sifat); kela-siz, keta-siz, o‘qiy-siz, ishlayap-siz, o‘qigan-siz (fe’lning shaxs-son shakli) kabi; ye) –i, (a)y: chang-i, boy-i, tinch-i, kuch-ay, keng-ay (fe’l yasovchi); qishloq-(g‘)-i, maktab-i, kitob-i (egalik shakli); bor-ay, kel-ay, yoz-ay (fe’lning mayl shakli). 3. Shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘zaro omonimlik munosabatida bo‘ladi: a) –(i)sh: oq-ish, ko‘k-ish, sarg‘-ish (belgining kamligi shakli); o‘qi-sh, bor-ish, yoz- ish (harakat nomi shakli); yoz-ish-di, ishla-sh-di, kul-ish-di (fe’lning birgalik daraja shakli) kabi; b) –m, -ng: uka-m, ota-m, uka-ng, ota-ng (egalik shakli); keldi-m, o‘qidi-m, keldi- ng, o‘qiding (shaxs-son shakli) kabi. Bu kabi omonimlik xususiyatiga ega bo‘lgan qo‘shimcha omomorfema ham deyiladi. Bunday til hodisasi affiksal o‘mo‘nimiya deyiladi. Affiksal polisemiya. Yasovchi affiksning bir turkumga xos bo‘lgan xilma-xil ma’noli so‘z yasash hodisasi affiksal polisemiya deyiladi: tort-ma, bo‘l-ma, bostir- ma (joy oti); isit-ma, terla-ma, yozish-ma (mavhum ot); sur-ma, qatla-ma (narsa oti) kabi. –ma qo‘shimchasi yordamida yasalgan bu so‘zlarning hammasi narsalik ma’nosini anglatadi. Ular anglatgan ma’nodagi farq esa qo‘shimcha orqali emas, balki yasash asosi orqali aniqlanadi. Shuning uchun bunday xususiyatga ega bo‘lgan qo‘shimcha polisemantik qo‘shimcha, bunday til hodisasi esa affiksal polisemiya deyiladi. Quyidagi qo‘shimchalar polisemantik xususiyatga ega: 1) –gi, -g‘i (-ki, -qi): supur-gi, chop-qi (narsa oti), sev-gi, sez-gi, kul-gi (mavhum ot) kabi; 2) –lik: pillachi-lik, o‘qituvchi-lik, uchuvchi-lik, adabiyotshunos-lik, o‘lkashunos-lik, jamiyatshunos-lik (kasb, hunar, soha oti); yaxshi-lik, manman-lik, bola-lik, o‘smir-lik, yosh-lik (belgi, holat nomi); tepa-lik, jar-lik, past-lik, do‘ng-lik (joy, makon oti) kabi. Polisemantik qo‘shimcha bir turkumga tegishli har xil ma’noli so‘z yasashiga qaramay bir necha qo‘shimcha emas, balki har xil o‘zakka qo‘shilib, turli xil ma’no ifodalaydigan birgina qo‘shimcha hisoblanadi.  
 
Demak, 
qo‘shimchalardagi 
omonimiya 
va 
polisemiya 
hodisalari 
qo‘shimchaning qanday yasash asoslariga qo‘shilishi, yasama so‘zning leksik va 
grammatik ma’nolari kabilarga qarab aniqlanadi. 
Affiksal sinonimiya. Shaklan har xil bo‘lib, bir-biriga o‘xshash yoki juda 
yaqin ma’no bildiruvchi qo‘shimcha sinonim affiks, bu hodisa esa affiksal sinonimiya 
deyiladi. Affiksal sinonimiya, asosan, bir xil so‘z turkumi doirasida sodir bo‘ladi. 
Qo‘shimchalardagi sinonimiya hodisasi boshqa-boshqa qo‘shimchalarning so‘z 
yasash asosiga qo‘shilishi natijasida yuz beradi. Masalan, o‘rin-siz va no-o‘rin, 
g‘ayrat-li va ser-g‘ayrat, suvl-li va ser-suv. 
Tilda sinonim qo‘shimchalar so‘z yasovchilarning o‘zaro va shakl 
yasovchilarning o‘zaro ma’nodosh bo‘lib kelishi asosida (o‘zgar-t va o‘zgar-tir, to‘l-
dir va to‘l-g‘iz, oq-ish-oq-imtir, oq-roq, ayt-ing-lar-ayt-ingiz, unum-li-unum-dor, 
pul-li-pul-dor kabi), shuningdek, o‘zbek tili qo‘shimchalari bilan boshqa tillardan 
qabul qilingan qo‘shimchalarning ma’nodoshlik xususiyatiga ega bo‘lishi natijasida 
(adabiyot-chi va adabiyot-shunos, g‘ubor-siz va be-g‘ubor kabi) kelib chiqadi. 
Sinonim qo‘shimchalarning turli asoslarga qo‘shilib so‘z yasash darajasi ham bir xil 
emas. Jumladan, mahsuldor –chi qo‘shimchasi turli ma’no anglatgan shaxs oti 
yasagani holda, uning sinonimi sifatida kelgan –shunos qo‘shimchasi ma’lum 
asoslargagina qo‘shilib shunday otlar yasaydi. Shuningdek, -shunos qo‘shimchasi 
qo‘shilgan barcha asoslarga –chi qo‘shimchasi ham bir xilda qo‘shila olmaydi. 
Qiyoslang: adabiyot-chi va adabiyot-shunos, tarix-chi va tarix-shunos, lekin bo‘yoq-
chi, xizmat-chi (-shunos qo‘shimchasini qo‘shib bo‘lmaydi), sharq-shunos, tuproq-
shunos, o‘lka-shunos (-chi qo‘shimchasi qo‘shilmaydi) kabi so‘zlarda bu 
qo‘shimchalarni almashtirib qo‘llab bo‘lmaydi.  
Sinonimiya quyidagi ko‘rinishlarga ega: 
1. –chi qo‘shimchasi tojik tilidan qabul qilingan –shunos,  -kor, -kash kabi 
qo‘shimchalar bilan sinonimlik munosabatida bo‘ladi: til-chi va til-shunos adabiyot-chi 
va adabiyot-shunos; qasos-chi – qasos-kor, childirma-chi – childirma-kash kabi. 
2. –li qo‘shimchasi tojik tilidan o‘zlashgan –kor, -dor, ba-,  -ser kabi yasovchilar 
bilan sinonimlik holatida bo‘ladi: itoat-li va itoat-kor,(-go‘y) bayroq-li va bayroq-dor, 
suv-li va ser-suv, tashvish-li va ser-tashvish, davlat-li va ba-davlat, tartib-li va ba-tartib 
kabi. 
Demak, qo‘shimchalardagi omonimiya va polisemiya hodisalari qo‘shimchaning qanday yasash asoslariga qo‘shilishi, yasama so‘zning leksik va grammatik ma’nolari kabilarga qarab aniqlanadi. Affiksal sinonimiya. Shaklan har xil bo‘lib, bir-biriga o‘xshash yoki juda yaqin ma’no bildiruvchi qo‘shimcha sinonim affiks, bu hodisa esa affiksal sinonimiya deyiladi. Affiksal sinonimiya, asosan, bir xil so‘z turkumi doirasida sodir bo‘ladi. Qo‘shimchalardagi sinonimiya hodisasi boshqa-boshqa qo‘shimchalarning so‘z yasash asosiga qo‘shilishi natijasida yuz beradi. Masalan, o‘rin-siz va no-o‘rin, g‘ayrat-li va ser-g‘ayrat, suvl-li va ser-suv. Tilda sinonim qo‘shimchalar so‘z yasovchilarning o‘zaro va shakl yasovchilarning o‘zaro ma’nodosh bo‘lib kelishi asosida (o‘zgar-t va o‘zgar-tir, to‘l- dir va to‘l-g‘iz, oq-ish-oq-imtir, oq-roq, ayt-ing-lar-ayt-ingiz, unum-li-unum-dor, pul-li-pul-dor kabi), shuningdek, o‘zbek tili qo‘shimchalari bilan boshqa tillardan qabul qilingan qo‘shimchalarning ma’nodoshlik xususiyatiga ega bo‘lishi natijasida (adabiyot-chi va adabiyot-shunos, g‘ubor-siz va be-g‘ubor kabi) kelib chiqadi. Sinonim qo‘shimchalarning turli asoslarga qo‘shilib so‘z yasash darajasi ham bir xil emas. Jumladan, mahsuldor –chi qo‘shimchasi turli ma’no anglatgan shaxs oti yasagani holda, uning sinonimi sifatida kelgan –shunos qo‘shimchasi ma’lum asoslargagina qo‘shilib shunday otlar yasaydi. Shuningdek, -shunos qo‘shimchasi qo‘shilgan barcha asoslarga –chi qo‘shimchasi ham bir xilda qo‘shila olmaydi. Qiyoslang: adabiyot-chi va adabiyot-shunos, tarix-chi va tarix-shunos, lekin bo‘yoq- chi, xizmat-chi (-shunos qo‘shimchasini qo‘shib bo‘lmaydi), sharq-shunos, tuproq- shunos, o‘lka-shunos (-chi qo‘shimchasi qo‘shilmaydi) kabi so‘zlarda bu qo‘shimchalarni almashtirib qo‘llab bo‘lmaydi. Sinonimiya quyidagi ko‘rinishlarga ega: 1. –chi qo‘shimchasi tojik tilidan qabul qilingan –shunos, -kor, -kash kabi qo‘shimchalar bilan sinonimlik munosabatida bo‘ladi: til-chi va til-shunos adabiyot-chi va adabiyot-shunos; qasos-chi – qasos-kor, childirma-chi – childirma-kash kabi. 2. –li qo‘shimchasi tojik tilidan o‘zlashgan –kor, -dor, ba-, -ser kabi yasovchilar bilan sinonimlik holatida bo‘ladi: itoat-li va itoat-kor,(-go‘y) bayroq-li va bayroq-dor, suv-li va ser-suv, tashvish-li va ser-tashvish, davlat-li va ba-davlat, tartib-li va ba-tartib kabi.  
 
3. –siz qo‘shimchasi tojik tilidan o‘zlashgan be-, no- qo‘shimchalari bilan 
sinonimlik munosabatda bo‘ladi: g‘ubor-siz va be-g‘ubor, xabar-siz va be-xabar, umid-
siz va no-umid, o‘rin-siz va no-o‘rin kabi. 
Affiksal antonimiya. Qo‘shimchalarning qarama-qarshi ma’no bildirish hodisasi 
affiksal antonimiya deyiladi. Antonim affikslar o‘zbek tilida uncha ko‘p emas. Masalan: 
Sifat yasovchi –li va -siz, -li va be-, -li va no-, -siz va -dor, -siz va ser- kabi qo‘shimchalar 
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar yasaydi: kuch-li-kuch-siz, o‘rin-li-o‘rinsiz, odob-li-odob-
siz; baraka-li-be-baraka; nuqson-li-be-nuqson; foyda-li-be-foyda; o‘rin-l-=no-o‘rin, 
jo‘ya-li-no-jo‘ya; insof-li-no-insof; pul-siz-pul-dor, xabar-siz-xabar-dor; go‘sht-siz-ser-
go‘sht, farzand-siz-ser-farzand kabi. 
Affiksal pleonazm. Affiksatsiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bir so‘zda bir xil 
affiksning birdan ortiq bo‘lmasligidir. Lekin bu holatning ham o‘z aniq sabablariga ko‘ra 
chekinishlari - affikslarning takrorlanishi uchrab turadi, ya’ni affiksal pleonazm hodisasi 
sodir bo‘ladi. Pleonazm – yunoncha «pleonasmos – ortiqchalik» ma’nosini ifodalaydi. 
Bir so‘zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo‘lgan affikslarning takrorlanishi (ikki, ba’zan 
uch) affiksal pleonazm deyiladi. 
So‘zda takrorlanib keladigan bunday affikslar har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: bir 
affiksning aynan o‘zi takrorlanadi yoki tashqi shakli har xil bo‘lgan – sinonim affikslar 
takrorlanadi: ayt-ingiz-lar, ish-da-ligim-da, bir-i-si, sing(i)l-i-si kabi. Shuningdek, til 
birliklari (so‘zlar) ham semantik jihatdan takror holda qo‘llanadi: bosh-oyoq sarpo 
birikmasidagi «sarpo» so‘zi ham «bosh-oyoq» ma’nosini ifodalaydi. Yoki pulsirot 
ko‘prigi birikmasidagi «pul» so‘zi «ko‘prik» ma’nosini bildiradi.  
 
So‘zning morfema tarkibidagi o‘zgarishlar 
Tilning boshqa hodisalarida bo‘lgani kabi tarixiy taraqqiyot jarayonida 
so‘zlarning morfema tarkibi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, ayt fe’li hozirgi tilda 
morfemalarga ajralmaydi, lekin u aslida ikki morfemadan tashkil topgan bo‘lib, 
qadimda uning ay elementi asos bo‘lgan (ya’ni hozirgi aytdi fe’li qadimda aydi 
shaklida bo‘lgan). Demak, t elementi aslida shu asoska qo‘shilgan affiksal 
morfemadir: ay-t (ay-it) – ayt. Shuningdek, art fe’li ham ari o‘zagidan hosil bo‘lgan 
(ari: yo‘qolmoq, yo‘q bo‘lmoq - ketmoq). Masalan, ko‘ylakning kiri aridi, kalla 
solgan joydan it arimas (maqol), ari-t. Bu o‘rinda t elementi orqali o‘timsiz fe’ldan 
3. –siz qo‘shimchasi tojik tilidan o‘zlashgan be-, no- qo‘shimchalari bilan sinonimlik munosabatda bo‘ladi: g‘ubor-siz va be-g‘ubor, xabar-siz va be-xabar, umid- siz va no-umid, o‘rin-siz va no-o‘rin kabi. Affiksal antonimiya. Qo‘shimchalarning qarama-qarshi ma’no bildirish hodisasi affiksal antonimiya deyiladi. Antonim affikslar o‘zbek tilida uncha ko‘p emas. Masalan: Sifat yasovchi –li va -siz, -li va be-, -li va no-, -siz va -dor, -siz va ser- kabi qo‘shimchalar qarama-qarshi ma’noli so‘zlar yasaydi: kuch-li-kuch-siz, o‘rin-li-o‘rinsiz, odob-li-odob- siz; baraka-li-be-baraka; nuqson-li-be-nuqson; foyda-li-be-foyda; o‘rin-l-=no-o‘rin, jo‘ya-li-no-jo‘ya; insof-li-no-insof; pul-siz-pul-dor, xabar-siz-xabar-dor; go‘sht-siz-ser- go‘sht, farzand-siz-ser-farzand kabi. Affiksal pleonazm. Affiksatsiyaning asosiy xususiyatlaridan biri bir so‘zda bir xil affiksning birdan ortiq bo‘lmasligidir. Lekin bu holatning ham o‘z aniq sabablariga ko‘ra chekinishlari - affikslarning takrorlanishi uchrab turadi, ya’ni affiksal pleonazm hodisasi sodir bo‘ladi. Pleonazm – yunoncha «pleonasmos – ortiqchalik» ma’nosini ifodalaydi. Bir so‘zda ma’nolari bir xil yoki yaqin bo‘lgan affikslarning takrorlanishi (ikki, ba’zan uch) affiksal pleonazm deyiladi. So‘zda takrorlanib keladigan bunday affikslar har xil ko‘rinishga ega bo‘ladi: bir affiksning aynan o‘zi takrorlanadi yoki tashqi shakli har xil bo‘lgan – sinonim affikslar takrorlanadi: ayt-ingiz-lar, ish-da-ligim-da, bir-i-si, sing(i)l-i-si kabi. Shuningdek, til birliklari (so‘zlar) ham semantik jihatdan takror holda qo‘llanadi: bosh-oyoq sarpo birikmasidagi «sarpo» so‘zi ham «bosh-oyoq» ma’nosini ifodalaydi. Yoki pulsirot ko‘prigi birikmasidagi «pul» so‘zi «ko‘prik» ma’nosini bildiradi. So‘zning morfema tarkibidagi o‘zgarishlar Tilning boshqa hodisalarida bo‘lgani kabi tarixiy taraqqiyot jarayonida so‘zlarning morfema tarkibi ham o‘zgarishi mumkin. Masalan, ayt fe’li hozirgi tilda morfemalarga ajralmaydi, lekin u aslida ikki morfemadan tashkil topgan bo‘lib, qadimda uning ay elementi asos bo‘lgan (ya’ni hozirgi aytdi fe’li qadimda aydi shaklida bo‘lgan). Demak, t elementi aslida shu asoska qo‘shilgan affiksal morfemadir: ay-t (ay-it) – ayt. Shuningdek, art fe’li ham ari o‘zagidan hosil bo‘lgan (ari: yo‘qolmoq, yo‘q bo‘lmoq - ketmoq). Masalan, ko‘ylakning kiri aridi, kalla solgan joydan it arimas (maqol), ari-t. Bu o‘rinda t elementi orqali o‘timsiz fe’ldan  
 
o‘timli fe’l yasalgan. Solishtiring: kir aridi – kirni aritdi, chang aridi – changni aritdi 
(tozaladi). Ko‘rinadiki, so‘z tarkibidagi bu o‘zgarishda fonetik hodisaning (i 
tushgan) roli bor. 
Odatda, so‘zlarni morfemalarga ajratishda, asosan, uning adabiy tilda 
anglatgan ma’nolari va grammatik xususiyatlari hisobga olinadi, ya’ni so‘zlarning 
tub – yasamaligi ularning hozirgi kunda qanday o‘qilishiga qarab belgilanadi. Ba’zi 
so‘zlar qadimda yasalgan bo‘lsa ham, bora-bora turli sabablar natijasida ularning bu 
holati yo‘qolgan. Ya’ni ularning yasalganligi sezilmay qolib, ular ajralmas bir so‘zga 
aylangan. Masalan, yasama so‘z tub so‘zga aylangan: ko‘rpacha (aslida ko‘rpa-cha); 
ko‘mir (aslida ko‘m-ir yoki kuy-mir – kuyadigan, yonadigan) yaxshi (aslida yoqmoq 
fe’lidan), chaqirim (aslida chaqir-im). 
So‘zning morfem tarkibidagi bu tarixiy o‘zgarish, ya’ni bir necha qismli 
so‘zning ajralmas bir bo‘lakka aylanishi soddalanish deyiladi.  
Soddalanish natijasida yasama so‘z tub so‘zga aylanadi, morfemalarning soni 
kamayadi. Soddalanish hodisasi qo‘shimchalarda ham uchraydi. Masalan, fe’l yasovchi -
da (tarixiy) (aslida –la qo‘shimchasining varianti) va ot yasovchi (keng ma’noda) –sh 
qo‘shimchalarining birikuvidan (da-sh, dosh) hosil bo‘lgan. Bu qo‘shma qo‘shimcha 
keyinchalik tarixiy taraqqiyot natijasida ma’lum sabablar bilan bir sodda qo‘shimchaga 
aylangan (qo‘l-dash – qo‘ldosh; yo‘l-dosh, saf-dosh, qurol-dosh) kabi. Bunday soddalanish 
qo‘shma so‘zlarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, tog‘ olcha (asli tog‘-olucha); sakson 
(asli sakkiz-o‘n) to‘qson (asli to‘qqiz o‘n); odamovi (asli odam-yovi); Shovot (asli Shoh 
Obod); Shobboz (asli shoh Abbos); bosvoldi - qovun turi (asli bosib oldi).  
Soddalanish hodisasining quyidagi sabablari mavjud: 
1. Fonetik sabab. So‘z strukturasida yuz bergan fonetik hodisa sababli asos 
morfema bilan affiksal morfema o‘rtasidagi aloqa sezilarsiz holga keladi. Masalan, 
qattiq so‘zi aslida qot (qotmoq) o‘zagiga –iq qo‘shimchasining qo‘shilishidan 
yasalgan. Ammo qot va qattiq so‘zlarida o va a tovushlari orasidagi farq, 
shuningdek, qattiq so‘zida bir t tovushining orttirilishi bu so‘zning qot so‘zidagi 
aloqasini sezilarsiz holga keltirib qo‘ygan. Natijada qattiq so‘zi morfemalarga 
ajralmaydigan bo‘lib qolgan. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tilidagi sovchi so‘zi -chi 
qo‘shimchasi orqali sav so‘zidan (sav o‘g‘uzcha «so‘z» demakdir) yasalgan bo‘lib, 
tovush o‘zgarishi (a-o) va ma’no taraqqiyoti natijasida tub so‘z holiga kelib qolgan. 
o‘timli fe’l yasalgan. Solishtiring: kir aridi – kirni aritdi, chang aridi – changni aritdi (tozaladi). Ko‘rinadiki, so‘z tarkibidagi bu o‘zgarishda fonetik hodisaning (i tushgan) roli bor. Odatda, so‘zlarni morfemalarga ajratishda, asosan, uning adabiy tilda anglatgan ma’nolari va grammatik xususiyatlari hisobga olinadi, ya’ni so‘zlarning tub – yasamaligi ularning hozirgi kunda qanday o‘qilishiga qarab belgilanadi. Ba’zi so‘zlar qadimda yasalgan bo‘lsa ham, bora-bora turli sabablar natijasida ularning bu holati yo‘qolgan. Ya’ni ularning yasalganligi sezilmay qolib, ular ajralmas bir so‘zga aylangan. Masalan, yasama so‘z tub so‘zga aylangan: ko‘rpacha (aslida ko‘rpa-cha); ko‘mir (aslida ko‘m-ir yoki kuy-mir – kuyadigan, yonadigan) yaxshi (aslida yoqmoq fe’lidan), chaqirim (aslida chaqir-im). So‘zning morfem tarkibidagi bu tarixiy o‘zgarish, ya’ni bir necha qismli so‘zning ajralmas bir bo‘lakka aylanishi soddalanish deyiladi. Soddalanish natijasida yasama so‘z tub so‘zga aylanadi, morfemalarning soni kamayadi. Soddalanish hodisasi qo‘shimchalarda ham uchraydi. Masalan, fe’l yasovchi - da (tarixiy) (aslida –la qo‘shimchasining varianti) va ot yasovchi (keng ma’noda) –sh qo‘shimchalarining birikuvidan (da-sh, dosh) hosil bo‘lgan. Bu qo‘shma qo‘shimcha keyinchalik tarixiy taraqqiyot natijasida ma’lum sabablar bilan bir sodda qo‘shimchaga aylangan (qo‘l-dash – qo‘ldosh; yo‘l-dosh, saf-dosh, qurol-dosh) kabi. Bunday soddalanish qo‘shma so‘zlarda ham bo‘lishi mumkin. Masalan, tog‘ olcha (asli tog‘-olucha); sakson (asli sakkiz-o‘n) to‘qson (asli to‘qqiz o‘n); odamovi (asli odam-yovi); Shovot (asli Shoh Obod); Shobboz (asli shoh Abbos); bosvoldi - qovun turi (asli bosib oldi). Soddalanish hodisasining quyidagi sabablari mavjud: 1. Fonetik sabab. So‘z strukturasida yuz bergan fonetik hodisa sababli asos morfema bilan affiksal morfema o‘rtasidagi aloqa sezilarsiz holga keladi. Masalan, qattiq so‘zi aslida qot (qotmoq) o‘zagiga –iq qo‘shimchasining qo‘shilishidan yasalgan. Ammo qot va qattiq so‘zlarida o va a tovushlari orasidagi farq, shuningdek, qattiq so‘zida bir t tovushining orttirilishi bu so‘zning qot so‘zidagi aloqasini sezilarsiz holga keltirib qo‘ygan. Natijada qattiq so‘zi morfemalarga ajralmaydigan bo‘lib qolgan. Shuningdek, hozirgi o‘zbek tilidagi sovchi so‘zi -chi qo‘shimchasi orqali sav so‘zidan (sav o‘g‘uzcha «so‘z» demakdir) yasalgan bo‘lib, tovush o‘zgarishi (a-o) va ma’no taraqqiyoti natijasida tub so‘z holiga kelib qolgan.  
 
Yana misollar: bu kun – bugun, sez-seskanmoq, ters-teskari, past-ay-pasaymoq, sust-
ay-susaymoq va boshqalar. 
2. Grammatik sabab. So‘z tarkibida yuz bergan grammatik o‘zgarish sababli 
yordamchi so‘z qo‘shimchaga aylanadi yoki birdan ortiq shakl yasovchi 
qo‘shimchalar bir qo‘shimcha holiga kelib qoladi. Masalan, boryapti, ishlayapti 
so‘zlaridagi –yap qo‘shimchasi aslida yot ko‘makchi fe’lining ravishdosh shaklidan 
kelib chiqqan. Solishtiring: o‘qib yotibdi - o‘qiyapti, -yotib//-yatip> -yap, ishlab 
yotibdi – ishlayapti; shuningdek, ukamniki, maktabniki so‘zlaridagi –niki 
qo‘shimchasi tarixan mustaqil –ni va –ki qo‘shimchalaridan iborat bo‘lgan. 
3. Leksik – semantik sabab. So‘z tarkibidagi semantik aloqaning 
yo‘qolganligi sababli asosning ma’nosi bilan undan yasalib chiqqan so‘zning 
ma’nosi orasidagi bog‘lanish yo‘qoladi. Masalan, qishloq (aslida qish-la-q - 
qishlanadigan joy); yurak (yur-ak: «doim yurib turadigan»; sholcha (shol bilan 
sholcha ma’nolari bugungi kunda bog‘lanmaydi); pichoq (pich-bich o‘zagidan, 
«kesadigan» bich so‘zi qadimda umuman kesish ma’nosida qo‘llangan); ovloq 
(aslida ov-la-q - ov qiladigan joy) ma’nolarida qo‘llangan: bosh-boshoq, qop-
qopchiq so‘zlari ham shunday. 
Morfologik qayta bo‘linish 
So‘zning morfemalarga bo‘linishi, morfemalar orasidagi chegara – ajralish 
o‘rni tarixiy taraqqiyot natijasida o‘zgarishi ham mumkin. Masalan, ular olmoshi 
hozirgi o‘zbek tilda u-lar shaklida ajraladi, lekin qo‘shimchaning boshidagi –l 
tovushi aslida asosnikidir. U olmoshi aslida ul shaklida bo‘lgan. Demak, bu so‘z ul-
ar – ular shakliga o‘tgan bo‘lib, asosning bir tovushi qo‘shimchaga o‘tgan, asos 
morfema qisqargan, affiksal morfema kengaygan (solishtiring: ul-ning; ul-ni, ul-ga, 
ul-da, ul-dan va boshqalar). 
So‘zning morfemalarga ajralishidagi bunday tarixiy o‘zgarish – so‘zdagi 
morfemalar tarkibidagi ajralish chegarasining o‘zgarishi – morfologik qayta 
bo‘linish deyiladi. 
Morfologik qayta bo‘linish fonetik hodisa bilan ham bog‘liq. Ya’ni bir 
morfemaning qo‘shimcha qo‘shilishi bilan fonetik jihatdan boshqa tusga kirishi 
natijasida so‘zlar 2 xil variantda bo‘lib, birining boshqasidan tug‘ilishini ko‘rsatadi. 
Yana misollar: bu kun – bugun, sez-seskanmoq, ters-teskari, past-ay-pasaymoq, sust- ay-susaymoq va boshqalar. 2. Grammatik sabab. So‘z tarkibida yuz bergan grammatik o‘zgarish sababli yordamchi so‘z qo‘shimchaga aylanadi yoki birdan ortiq shakl yasovchi qo‘shimchalar bir qo‘shimcha holiga kelib qoladi. Masalan, boryapti, ishlayapti so‘zlaridagi –yap qo‘shimchasi aslida yot ko‘makchi fe’lining ravishdosh shaklidan kelib chiqqan. Solishtiring: o‘qib yotibdi - o‘qiyapti, -yotib//-yatip> -yap, ishlab yotibdi – ishlayapti; shuningdek, ukamniki, maktabniki so‘zlaridagi –niki qo‘shimchasi tarixan mustaqil –ni va –ki qo‘shimchalaridan iborat bo‘lgan. 3. Leksik – semantik sabab. So‘z tarkibidagi semantik aloqaning yo‘qolganligi sababli asosning ma’nosi bilan undan yasalib chiqqan so‘zning ma’nosi orasidagi bog‘lanish yo‘qoladi. Masalan, qishloq (aslida qish-la-q - qishlanadigan joy); yurak (yur-ak: «doim yurib turadigan»; sholcha (shol bilan sholcha ma’nolari bugungi kunda bog‘lanmaydi); pichoq (pich-bich o‘zagidan, «kesadigan» bich so‘zi qadimda umuman kesish ma’nosida qo‘llangan); ovloq (aslida ov-la-q - ov qiladigan joy) ma’nolarida qo‘llangan: bosh-boshoq, qop- qopchiq so‘zlari ham shunday. Morfologik qayta bo‘linish So‘zning morfemalarga bo‘linishi, morfemalar orasidagi chegara – ajralish o‘rni tarixiy taraqqiyot natijasida o‘zgarishi ham mumkin. Masalan, ular olmoshi hozirgi o‘zbek tilda u-lar shaklida ajraladi, lekin qo‘shimchaning boshidagi –l tovushi aslida asosnikidir. U olmoshi aslida ul shaklida bo‘lgan. Demak, bu so‘z ul- ar – ular shakliga o‘tgan bo‘lib, asosning bir tovushi qo‘shimchaga o‘tgan, asos morfema qisqargan, affiksal morfema kengaygan (solishtiring: ul-ning; ul-ni, ul-ga, ul-da, ul-dan va boshqalar). So‘zning morfemalarga ajralishidagi bunday tarixiy o‘zgarish – so‘zdagi morfemalar tarkibidagi ajralish chegarasining o‘zgarishi – morfologik qayta bo‘linish deyiladi. Morfologik qayta bo‘linish fonetik hodisa bilan ham bog‘liq. Ya’ni bir morfemaning qo‘shimcha qo‘shilishi bilan fonetik jihatdan boshqa tusga kirishi natijasida so‘zlar 2 xil variantda bo‘lib, birining boshqasidan tug‘ilishini ko‘rsatadi.  
 
Masalan, sana – sanoq, etak-etagi, kurak-kuragi, qishloq-qishlog‘i, yo‘nalish-
jo‘nalish kabi. 
Morfologiya bilan bog‘liq bo‘lgan tovush hodisalari, hozirgi davrda, 
tilshunoslikdagi maxsus ta’limot sifatida morfonologi-yada (fonomorfonologiya) 
o‘rganiladi. Morfologiya so‘zdagi ma’noli qismlarni, so‘zning leksik-grammatik 
tomonlarini tekshirsa, morfonologiya esa bularning (morfema va so‘zlarning) fonologik 
jihatdan shakllanishidagi qonuniyatlarni tekshiradi: ularning fonetik qiyofasi, 
morfemalarning qo‘shilishida, so‘z tarkibida uchraydigan fonetik variantlarning, har 
xilliklarning paydo bo‘lishdagi qonuniyatlar (yo‘q-yog‘i, bor-yog‘i, buyur-uq-buyruq) 
morfemalarning chegarasida va qo‘shilayotgan morfemalarning o‘z ichida, qo‘shilish 
natijasida bo‘ladigan fonetik hodisalarni tekshiradi: bunday hodisalar quyidagi 
ko‘rinishlarda bo‘ladi: bag‘ir-bag‘ri, buyur-buyruq, tani-tanuv, yo‘q-yo‘g‘i, ko‘ngil-
ko‘ngli, qishloq-qishlog‘i, ayir-ayrim. 
So‘zdagi fonetik o‘zgarishlar yana quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi. 
1. Tovush almashinishi natijasida: a) unlilarning almashinishi: a–o (ishla–ishlov, 
qishla-qishlov, so‘ra-so‘roq). 
2. Unlining cho‘zilishi natijasida: o-o (jon–jo:n, mador-mado: rim, yor–yo: -rim). 
3. Tovushlarning tushishi natijasida: 1) unlilarning tushishi: (buyur-buyruq, ulug‘-
ulkan, sariq-sarg‘ay, o‘yin-o‘yna, o‘rin-o‘rni); 2) undoshlarning tushishi: (qochqoq-
qochoq, qayyerda?-qayerda?, pastay-pasay, tupuruk-tupuk) kabi. 
4. Tovushlarning ikkilanishi natijasida: (isi-issiq, sasi-sassiq, maza-mazza, boshiga-
boshshiga, achi-achchiq). 
5. Tovush orttirish: (xato-xatoying, imzo-imzoying, parvo-parvoying, singli-singlisi) 
kabi. 
6. Tovushlarning o‘rin almashinishi: (yog‘-mur-yomg‘ir, tuproq-turpoq, 
to‘rg‘a- to‘g‘ra, o‘shxaydi- o‘xshaydi (shevada), surpa- supra). 
 
Masalan, sana – sanoq, etak-etagi, kurak-kuragi, qishloq-qishlog‘i, yo‘nalish- jo‘nalish kabi. Morfologiya bilan bog‘liq bo‘lgan tovush hodisalari, hozirgi davrda, tilshunoslikdagi maxsus ta’limot sifatida morfonologi-yada (fonomorfonologiya) o‘rganiladi. Morfologiya so‘zdagi ma’noli qismlarni, so‘zning leksik-grammatik tomonlarini tekshirsa, morfonologiya esa bularning (morfema va so‘zlarning) fonologik jihatdan shakllanishidagi qonuniyatlarni tekshiradi: ularning fonetik qiyofasi, morfemalarning qo‘shilishida, so‘z tarkibida uchraydigan fonetik variantlarning, har xilliklarning paydo bo‘lishdagi qonuniyatlar (yo‘q-yog‘i, bor-yog‘i, buyur-uq-buyruq) morfemalarning chegarasida va qo‘shilayotgan morfemalarning o‘z ichida, qo‘shilish natijasida bo‘ladigan fonetik hodisalarni tekshiradi: bunday hodisalar quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi: bag‘ir-bag‘ri, buyur-buyruq, tani-tanuv, yo‘q-yo‘g‘i, ko‘ngil- ko‘ngli, qishloq-qishlog‘i, ayir-ayrim. So‘zdagi fonetik o‘zgarishlar yana quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi. 1. Tovush almashinishi natijasida: a) unlilarning almashinishi: a–o (ishla–ishlov, qishla-qishlov, so‘ra-so‘roq). 2. Unlining cho‘zilishi natijasida: o-o (jon–jo:n, mador-mado: rim, yor–yo: -rim). 3. Tovushlarning tushishi natijasida: 1) unlilarning tushishi: (buyur-buyruq, ulug‘- ulkan, sariq-sarg‘ay, o‘yin-o‘yna, o‘rin-o‘rni); 2) undoshlarning tushishi: (qochqoq- qochoq, qayyerda?-qayerda?, pastay-pasay, tupuruk-tupuk) kabi. 4. Tovushlarning ikkilanishi natijasida: (isi-issiq, sasi-sassiq, maza-mazza, boshiga- boshshiga, achi-achchiq). 5. Tovush orttirish: (xato-xatoying, imzo-imzoying, parvo-parvoying, singli-singlisi) kabi. 6. Tovushlarning o‘rin almashinishi: (yog‘-mur-yomg‘ir, tuproq-turpoq, to‘rg‘a- to‘g‘ra, o‘shxaydi- o‘xshaydi (shevada), surpa- supra).