MOVARAUNNAHR VA XUROSONDA SOMONIYLAR DAVLATI
1
Reja
I. Kirish………………………………………………………………………..2-4
II. Asosiy qism
1. Movaraunnahr va Xurosonda Somoniylar davlatining tashkil topishi………5-14
2. Somoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va xo’jalik hayoti ………………15-20
3. Somoniylar davlatida ilm-fan, madaniy hayot va din ………………………21-40
III. Xulosa……………………………………………...……………………...41-43
IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….44
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Har bir xalqning davlatchilik va madaniyati tarixini
o‘rganish nafaqat ilmiy yoki nazariy, balki chuqur ma'naviy-ruhiy ahamiyatga ega
bo‘lib, har birimizda o‘zimiz tug‘ilgan va yashayotgan ona zamin bilan mustahkam
aloqadorlik hissini rivojlantiradi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z o‘tmishiga
qiziqishi kuchaydi. O‘zligimizni anglash, tariximizni o‘rganish davlat siyosati
darajasiga ko‘tarildi. Chunki, xalqimizning madaniy-ma'rifiy an'analari va merosini
o‘rganishda, milliy g‘oyaning shakllanishida tarix fanining ahamiyati beqiyosdir.
Qadimgi va boy tariximizni o‘rganish, uni keng ommaga yetkazish har bir tarixchi
oldida turgan dolzarb vazifadir.
O‘zbekiston tarixini xolisona va haqqoniy o‘rganish masalasi Birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida alohida tahlilini topib, o‘zbek xalqi
davlatchiligi tarixidagi boy an'analarni tadqiq etish dolzarb muammo tarzida maxsus
ta'kidlandi. Prezidentimiz belgilab bergan muhim vazifalar va tarixchi olimlar oldiga
qo‘yilgan masalalar shundan iboratki, asl manbalarga tayangan holda Vatan tarixiga
yangicha yondoshib, qadimgi davrdan to bizning zamonimizgacha bo‘lgan tarixiy
jarayonlarni va voqyealarni o‘rganishimiz zarur.
Tarixchilarimiz zimmasiga o‘lkamiz tarixini xolisona va haqqoniy yoritish,
unga adolat nuqtai nazaridan yondoshish va baho berish kabi ulkan vazifalar
qo‘yildi. O‘zbekistonning qadimgi tarixi va madaniyati, qadimgi madaniy aloqalar
mavzulariga katta e'tibor berilayotganligi ahamiyatga molikdir. Zero, O‘zbekiston
tarixidagi iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlarni aks ettiruvchi yozma manbalar
va hujjatlarni yangi asoslarda tahlil etib umumlashtirish muhimdir. O’zbekiaston
Respublikas Prezidenti ta'kidlaganlaridek “Mustaqillik yillari o‘z o‘tmishimizni, o‘z
madaniyatimizni xolisona bilib olish davridir. Bu jahon hamjamiyati, tarix oldidagi
vazifamizni anglab olish davridir”1. Xalqimiz tarixini o‘rganish va uni targ‘ib
1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ, -Т.: Шарқ, 1998. 4-б
3
etishda, o‘zbek davlatchiligi tarixida, uning madaniy rivojlanishida hukmdor
sulolalar boshqaruvi, ularning ayrim vakillari alohida o‘rin tutadi. O‘zbek xalqi
davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi katta ahamiyat
kasb etadi. Odatda sulolalar biron-bir o‘zlariga mansub yirik namoyanda faoliyati
orqali mashhurlikka erishadilar (masalan, eftaliylar, anushteginiylar, temuriylar).
Somoniylar ham shunday, ular aslida Somon qishlog‘i oqsoqoli Somonxudotning
avlodlaridir.
Mavzuning o‘rganilganilish darajasi. (bu masala birinchi bobda –
mavzuning tarixshunosligi qismida batafsil yoritilgan) Somoniylar davriga oid
manbalar ichida Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far Narshaxiyning (899-959) “Buxoro
tarixi” (944), Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar yoki “Osor ul-boqiya” (1000), Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy –
Nizomulmulkning (1018-1092) “Siyosatnoma” yoki “Siyar ulmuluk” (1091),
asarlari o‘sha davrning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy tarixini o‘rganishda
alhida o‘rin tutadi3 . Shuningdek, Abul-Fazl Bayhaqiyning “Tarixi Ma'sudiy”
(1030-1041), Abu Jafar Muhammad at-Tabariyning “Tarixi Tabariy”, Abu Nasr
Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma”,
Mahmud Qashg‘ariyning “Devonu lug‘at at-turk” kabi asarlarida ham o‘sha
davrning tarixi bayon qilinadi.
Somoniylar davlati tarixiga oid batafsil ma'lumotlar tarixchi olimlar
N.N.Negmatov, G.A.Hidoyatovning asarlarida batafsil yoritilgan. Shuningdek,
N.Ya.Bichurin (Otets Iakinf), V.V.Bartold, A.Yu.Yakubovskiy, S.A.Ahadjanov,
B.Axmedov, K.Shoniyozov kabi olimlarning asarlarida ham somoniylar davriga oid
ma'lumotlar berilgan. Manba va adabiyotlar bilan bir qatorda mustaqillik yillarida
mavzuga oid to‘plamlar nashr qilindi hamda gazeta va jurnallarda bir qator
maqolalar chop etildi.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Tarixiy manba va ilmiy adabiyotlarda aks
ettirilgan Somoniylar davlatining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga bag‘ishlangan
masalalarni chuqur o‘rganish va qiyosiy tahlil asosida, Somoniylar davlatining
taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning sabablarini yoritish maqsadida
4
quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- Somoniylar davlatining tashkil topishi jarayoni o’rganish
- Mavorounnahr va Xurosonda Somoniylar hokimiyatining o‘rnatilishi va
siyosiy hayotini manbalar asosida tahlil qilish;
- Somoniylar davlatining ijtimoiy – iqtisodiy hayotini tadqiq qilish va
xulosalar berish;
- Somoniylar davlatida madaniy hayotning rivojlanish sabablarini o‘rganish,
ilm-fan taraqqiyotining sabablarini ochib berish;
- O‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar davlatining o‘rni va
ahamiyatini ko‘rsatish.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, uchta reja, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlardan iborat
5
1. Movaraunnahr va Xurosonda Somoniylar davlatining tashkil topishi
Yurtimiz tarixida ajralmas sahifa sifatida e'tirof etiladigan Somoniylar davri
shunisi bilan ajralib turadiki, bu davrda o‘lkada tinchlik siyosati hukmron bo‘lgan
va ilm-fan, madaniyat gullab yashnagan. Ushbu davrda o‘lkamizdan mashhur
mutafakkir olim Ibn Sino, islom ilmlarida katta shuhrat qozongan ilohiyotchi olim
Abu Mansur Moturidiy kabi o‘nlab allomalar yashab ijod qilgan. Shuningdek, ushbu
davrda o‘lkamizda islomiy ilmlar taraqqiy etgan va ko‘plab ilm markazlari,
jumladan “Dor al-juzjoniya”, “Dor al-iyodiya”, “Buxoro fiqh maktabi” kabi
maktablar faoliyat olib borgan. Ushbu davr yana shunisi bilan ajralib turadiki, bu
davrda o‘lkada millatlararo o‘zaro totuvlik, e'tiqodiy xurlik va diniy bag‘rikenglik
barqaror bo‘lgan1.
Mazkur kurs ishida qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahrda
mustahkam imperiya sifatida hukmronlik qilgan somoniylar davridagi shu
barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishni maqsad qildik. Somoniylar davlatida IX
asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz
bergani va bir necha yillar davomida tinch siyosat va sharoitlar hukmron bo‘lib
turgani Movarounnahrning asosiy ilmiy markazlaridan hisoblangan Samarqand
shahrida ilmiy jarayonlarning jonlanishiga zamin yaratdi2. Samarqandning buyuk
ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm markazlaridan biriga aylanishiga sabab
bo‘lgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, somoniylar davrida Samarqandda
nafaqat islom dinining, balki boshqa dinlarning ham ta'lim markazlari faoliyat olib
borgan. Movarounnahr mintaqasining Somoniylar davridagi tarixi haqida
birinchilardan bo‘lib Muhammad Narshaxiy batafsil ma'lumot beradi.
Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobi Somoniylar davlatining
1 Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev E.V. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan
lavhalar. T.: “Adolat”, 2001., B-85
2 Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T., «O‘qituvchi», 2001., B-63
6
poytaxti – Buxoro tarixiga bag‘ishlagan o‘ziga xos qomusiy asardir. XIII asr muallifi
Sam'oniyning “Kitob-ul-ansob” asarida keltirilgan qisqagina ma'lumotga qaraganda,
uning to‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ja'far ibn Zakiriyo ibn Xattob ibn Sharik
bo‘lgan. Naslu nasabi Buxoro ahlidan, 899 yilda shahar yaqinidagi Narshax
qishlog‘ida duyoga kelgan. 959 yilda 60 yoshida vafot etgan. “Buxoro tarixi” asarini
u 943-944 mobaynida arab tilida yozadi. Kitobni Samoniylar davlatning hukmdori
Abu Muhammad Nuh ibn Nasr ibn Ahmad ibn Ismoil as-Somoniy (943-954 yy.) ga
bag‘ishlaydi. Afsuski, “Buxoro tarixi”ning arab tilidagi asl nusxasi bizgacha yetib
kelmagan. Uning faqat ancha-muncha qisqartirilib, fors-tojik tiliga ag‘darilgan
tarjimasigina yetib kelgan1.
“Buxoro tirixi” kitobida yozishda Muhammad Narshaxiy o‘z kuzatishlari,
mahaliy aholidan eshitgan va bilganlari bizgacha yetib kelmagan tarixiy hujjatlarga
asoslanish bilan birga ko‘pchilik tadqiqotchilar nazari tushmagan arabnavis
mualliflarning asarlaridan ham keng foydalangan. Kitobda Madoiniy, Balazuriy va
Tabariy asarlariga bo‘lgan havolalar buning yorqin dalilidir. Bulardan tashqari,
Muhammad Narshaxiy o‘z asarida islomiyatga qadarli Buxoro tarixi va arablar
bosqini bilan bog‘liq bir qancha rivoyatlarni keltiradi. “Siyovush marsiyasi” va
“Poykand fojiyasi” kabi axborotlar mana shunday xalq og‘zaki rivoyatlari
namunalaridandir.
Buxoro va Poykandning islomiyaga qadarli bo‘lgan hokimlari, Poykand
ravotlari, arablarning Buxoroga tomon dastlabki yurishlari, shuningdek Muqanna
to‘g‘risidagi axborotlarning bir qismi Muhammad Narshaxiyga mansub bo‘lib, ular
ma'lum darajada yozma manbalar hamda og‘zaki rivoyatlar asosida bayon etilgan.
Sharg‘ va Iskijkat bozorning ta'rifi; Ismoil Somoniy tomonidan Sharg‘ qishlog‘i
yerlarining xaridi; yiliga ikki marta Buxoroda bo‘ladigan mohrshz iyd bozori;
Ko‘shki Mug‘on yerlarining X asrdagi bahosi; shahar atrofi ko‘shklarining
o‘ymakor sanamlar bilan bezatilgan eshiklari; “kashkashon”- savdogarlar bilan
arablar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojaralar; nihoyat, “oqkiyimliklar”ning rahnamosi –
1 Shamsutdinov. R, Karimov. Sh, Ubaydullayev. O’ – Vatan tarixi. I – kitob. Toshkent, “Sharq”., 2010., B-176
7
Muqannaning fojiali qismati to‘g‘risida cho‘rilaridan birining nabirasi og‘zidan
eshitgan hikoyasi ayniqsa antiqa axborotlardan hisoblanadi. Abu Nasr Ahmad
Quboviyning yozishicha, Muhammad Narshaxiy o‘z kitobini Nuh ibn Nasr as-
Samoniy davrigacha bo‘lgan Samoniylar sulolasining hukmronligi to‘g‘risidagi
axborotlar bilan tugatadi.
“Buxoro tarixi”ning fors tiliga tarjimasi 1128 yilda Abu Nasr Ahmad ibn
Muhammad ibn Nasr al-Quboviy tomonidan amalga oshirilgan. Asar matnining
tahlili shuni ko‘rsatadiki, Abu Nasr Ahmad Quboviy asarni tarjima qilishda uni faqat
qisqartiribgina qolmay, balki IX asr mualliflaridan Abu Ja'far Muhammad ibn Jarir
at-Tabariyning “Tarixi Tabari”, Abulhasan Abdurahmon ibn Muxammad
Nishopuriyning “Xazoinul-ulum” hamda Abu isxoq Ibrohim ibn alAbbos as-
Suliyning “Ahbori Muqanna” nomli asarlaridan olingan qimmatli ma'lumotlar bilan
to‘ldiradi. “Buxoro tarixi”da keltirilgan xadislardan ma'lum bo‘lishicha, Abu Nasr
Ahmad Quboviy hadis ilmining ulomalaridan biri mashhur muxaddis Muhammad
Shamsudin Abu Bakr Zaranjariying biz uchun noma'lum bo‘lgan asaridan ham
foydalangan. Masalan, Buxoro shahrining paydo bo‘lishi, “Bozoro moh”, Arkning
barpo etilishi, “Kampirok devor”, Buxoro va unga tobi joylarning dehqonchilik
xo‘jaligi tafsilotlari hamda shaharning tarixiy topografiyasi (shahristondan tashqari)
bayoniga bag‘ishlangan sahifalar Abu Nasr Ahmad Quboviyning Abulhasan
Nishopuriy nomidan “Buxoro tarixiga” kiritgan qo‘shimchalaridan hisoblanadi.
Shu bilan birga “Buxoro tarixi”ning tarjimoni va muharriri Narshaxiydek
mahalliy mualliflardan bo‘lgani uchun asarni o‘z kuzatishlaridan to‘plagan hamda
bilgan va eshitgan axborotlar bilan ham to‘ldirgan. Mana shunday ma'lumot va
axborotlar asosida asarga bir butun sahifalar, ayrim hollarda esa butunlay yangi qism
yoki boblar kiritilgan. Masalan, “Buxoro tarixi”ning “Shamsobodning bino etilishi”
va “Iyd nomozgohi” kabi boblarning xotima sahifalari va boshqalar Abu Nasr
Ahmad Quboviy qalamiga mansubdir. Quboviy tarjimasidan rosa yarim asr o‘tgach,
1178-1179 yillar mobaynida Buxoro hukmdori sadr Abdulaziz ibn Burxonuddin
uchun “Buxoro tarixi”ning fors-tojik matni ham yangitan tahrir qilinib, Mhammad
ibn Zufar ibn Umar tomonidan ikkinchi marta qisqartirilib.qayta bayon etiladi. O.I.
8
Smirovning fikricha, ayrim qo‘shimchalar bilan bir qatorda “Buxoro tarixi”ni
nomma-nom boblarga ajratish asarning mana shu ikkinchi muharriri qalamiga
mansubdir. XIII asrdan boshlab “Buxoro tarixi” noma'lum ko‘chiruvchi muharrirlari
tomonidan muttasil to‘ldirib borilgan. Jumladan, “Buxoro arkining bino etilishi
haqida” va “Buxoro shahrining devori” kabi boblarda Xorazmshoh Muhammad ibn
Sulton Takash (1200-1220 yy.) farmoni bilan Buxoro arki devorining tiklanishi,
1165 yilda qurilgan shahar tashqi devorining ta'mir etilib, uning sirtidan Buxoroning
ikkinchi qatordan tashqi devor bilan o‘rab olinishi, shuningdek 1220 yilda
Chingizxon boshliq mo‘g‘il lashkarlarining Buxoroga bostirib kirib, o‘n ikki kun
davomida arkni qamal qilib, olib borilgan jang oqibatida qal'a va shahar devorlari
vayron etilib, Buxoroning bosqinchilar tomonidan olinishga bag‘ishlagan sahifalar
XIII
asrning
20-yillaridan
keyin
“Buxoro
tarixi”ga
kiritilgan
muhim
qo‘shimchalardir.
Bu qo‘shimchalar asarning tarjimoni Abu Nasr Ahmad Quboviy yoki uning
ikkinchi muharriri Muhammad ibn Zufarlarga tegishli bo‘lmay, balki yana bir
noma'lum muharir qalamiga mansubdir. Yuqorida qayd etilgan juz'iy qo‘shimchalar
nazarda tutiladigan bo‘lsa, bizgacha yetib kelgan “Buxoro tarixi”ning fors-tojik
tilidagi nusxasi bir necha bor qisqartirilib, tahrir etilgan va aslidan tubdan farq
qiladigan tarjimasidan ko‘ra uning arabcha matni asosida ko‘plab qo‘shimchalar
kiritilgan yana bir yangi asarga aylangan, deb tushinish mumkin. U vaqtda “Buxoro
tarixi”ning tarjimoni va asosiy muhariri Abu Nasr Ahmad Quboviyni Narshaxiyning
ham muallifi yoki asarning ommabop yangi variantini yaratgan o‘z davrining o‘tkir
muarrixi deb hisoblashga to‘g‘ri keladi. Somoniylar o‘z davlatida juda yaxshi yulga
quyilgan hukmronlik tizimini urnatdilar.
Turk g‘ulomining xizmat pog‘onasidan ko‘tarilish jarayoni muarrix va davlat
arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» (Siyar ul-muluk)
asarida bayon etilgan. Manbalarda o‘zlaridan keyin o‘lmas noyob asarlar qoldir gan
ko‘plab yetuk olimu fozillarning muborak ismu shariflari saqlanib qolgan.
Chunonchi, keyinchalik Gardiziy, ibn al-Asir hamda Juvayniy kitoblariga manba
bo‘lgan «Kitob fi-axbor vuloti Xuroson» asarining muallifi Abu Ali Husaya ibn
9
Ahmad as-Salomiy, shuningdek, «Tarixi Buxoro»ning muallifi Abu Abdulloy
Muxammad ibn Ahmad ibn Sulaymon al-Buxoriy (924 yilda vafot qilgan) hamda
yuqorida nomi zikr etilgan Abu Bakr Muxammad ibn Ja'far al-Narshaxiy (959 yilda
vafot etgan), Samarqand shazfi tarixiga oid «Kitob al-ikmal li ma'rifat ar-rijol»
kitobining muallifi Abu Said ibn Abdurahmon ibn Muxammad al-Idrisiy (1014 yilda
vafot etgan), sakkiz jildlik biografik asar «Kitob ahvoli Nishopur»ning muallifi Abu
Abdulloy Muxammad ibn Abdulloy al-Bayyi al-hakim an-Naysaburiy (1014 yilda
vafot etgan), «Kitob almufoxarat ahli Kesh va-n-Nasaf»ning muallifi Abulxaris
Asad ibn Xamduyi al-Versiy (927 yilda vafot etgan), va nihoyat, «Tavarixi Xorazm
minxa al-kofi» nomli Xorazmning qadimiy tarixi to‘g‘risidagi kitob muallifi Abu
Ahmad ibn Muxammad ibn Sa'd ibn al-Kofiy (957 yilda vafot etgan) shular
jumlasidan.
Shu o‘rinda Tabariyning mashhur asari «Tarix ar-rasul va-l-muluk va-l-
xulafo»ning amir Abdulmalik I (954—961) va Mansur I (961—976) ning vaziri Abu
Ali Muxammad Bal'amiy tomonidan 974 yili amalga oshirilgan forscha tarjimasini
ko‘rsatish mumkin. Mazkur asar va uning tarjimasi bir necha marta nashr etilgan.
Rofiya bilimdonlaridan fors klassik jug‘rofiya maktabining asoschisi, falakiyot va
jug‘rofiyaga oid 60 dan ortiq asarlar muallifi (bu asarlardan ikkitasining: «Taqvim
al-buldon» hamda «Kitob al-badi' va-t-tarix»ning nomi saqlanib qolgan) Abu Zayd
Ahmad ibn Saxl al-Balxiy (850—934) ni aloxida ta'kidlab utish mumkin.
Somoniylar davridagi jug‘rofiyaga oid adabiyotlar ichida Abu Zayd Balxiyning
hozirgacha topilmagan asari muhim o‘rinni egallashi mumkin edi1.
Vazir Jayhoiiy Buxoroga yuli tushgan ibn Fadlanni qizg‘in kutib olgani ham
ma'lum. Jayxoniy asari o‘sha davrda odat bo‘lgan an'anaga ko‘ra «G‘aroyib ad-
dunyo», «Ajoyib al-buldon» deb atalgan bo‘lishi mumkin. Mas'udiyning tubandagi
so‘zlari fikrimizni tasdiqlaydi: «Al-Jayhoniy dunyoni tavsiflab hamda u haqda
hikoya qiluvchi, chunonchi, quidagi ajoyibotlar, shaharlar, poytaxtlar, dunyo va
dengizlar, xalqlar va ularning yashash makonlari va boshqa g‘aroyib voqyea-
1 Sultonov. F, Bozorboyev. F – O’rta asrlar tarixi., Toshkent., 2007., B-118
10
hodisalar to‘g‘risida asar yaratdi». Tarixchi manbashunos olimlar B.A.Ahmedov,
A.A.Madrimov, D.Yu.Yusupova, G.S.Fuzailovalarning asarlariga qaraganda
Movarounnahrning somoniylar davridagi tarixi haqida xorijiy tarixchilardan dastlab
Astaxoriy (Ibrohim ibn Muhammad al-Forsiy al-Karxiy al-Astaxoriy Abu Is’hoq. U
geograf olim bo‘lgan. Kelib chiqishi Eronning Astaxor vohasidan. Ko‘plab ilmiy
safarlar qilgan. Uning “Suvar al-aqolim val masolik val mamolik” asari o‘z
davrining mashhur asarlaridan hisoblangan.
958 yili vafot etgan). “Suvar al-aqolim val masolik val mamolik”, Ibn Havqal
(Muhammad ibn Ali ibn Havqal an-Nasibiy al-Bag‘dodiy al-Mavsiliy. Bu olim ham
geograf bo‘lgan va ko‘plab safarlar qilgan. 978 yil atrofida vafot etgan) “Surat al-
arz”, Maqdisiy ( Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Bakr al-Banno al-Maqdisiy al-
Bashshor Shamsiddin Abu Abdulloh. Tarixchi va geograf olim bo‘lgan. 947 yili
Maqdisda tug‘ilgan. Tijorat bilan shug‘ullangan va ko‘p shaharlarga safar qilgan.
1000 yili vafot etgan) “Ahsan at-taqosim” nomli asarlarida batafsil ma'lumot berib
o‘tganlar. Movarounnahr o‘lkasi Damashqdan so‘ng Ma'mun davriga qadar
Bag‘doddagi xalifalikka bog‘liq bo‘lgan. Ma'mun xalifa bo‘lgach, As'ad ibn
Somonning farzandlarini o‘ziga yaqin kishilardan bilib, Movarounnahrga boshliq
qilib tayinlagan. Shu bilan Movarounnahr somoniylar qo‘liga o‘tgan. Lekin 875
yilga qadar ular markaziy xalifalikka bo‘ysunar edilar. 875 yildan boshlab ular
mustaqil imperiya sifatida somoniylar davlatini barpo qildilar.
Mashhur tarixchi olim Ibn al-Asir: “Somoniylar davlati yer yuzida keng
yoyilib, ko‘p joylarni egallagan hamda siyrat va adolat jihatidan eng yaxshi
davlatlardan edi”, deb e'tirof etgan. Yana bir ensiklopedik olim Ibn Hallikon
somoniylar davlati amirlarini shunday sifatlagan: “Somoniylar podshohlari
Movarounnahr va Xuroson sultonlarining siyrat jihatidan eng yaxshilari edi. Ulardan
kim podshohlikka o‘tirsa, “sultonlar sultoni”, deb atalar va shu nom bilangina tanilar
edi. Bu nom unga go‘yo belgi bo‘lib qolar edi. Odatda ular adolatli, zakovatli va
ilmli kishilar bo‘lganlar”.
Ibn al-Asir somoniylar davlatining sultonlaridan Ahmad ibn Asadni shunday
tariflagan: “Ahmad ibn Asad tama qilmaydigan, hamma yaxshi ko‘radigan kishi
11
bo‘lib, uning odamlari pora olmas edi”. Ushbu sultonning o‘g‘li Ismoil haqida ham
shunday fikrlarni bildirgan: “Ismoil oqil, adolatli, xalqiga yaxshi munosabatda
bo‘ladigan, yumshoq odam edi”. Somoniylar podshohlari ilmga va uning ahliga
katta e'tibor bergan edilar. Buning tasdig‘i o‘laroq o‘lkada ko‘plab umumiy va xos
kutubxonalar barpo etilgan edi.
Ibn al-Asir somoniylar podshohi Ismoil ibn Ahmad ibn Asad( Amir Abu
Ibrohim Ismoil ibn Ahmad ibn Asad ibn Somon fozil, olim, mohir chavandoz,
shijoatli, ulamolarni hurmat qiladigan podshoh bo‘lgan. Muhammad ibn Nasrdan
uning barcha kitoblarini tinglagan. Undan Ibn Xuzayma va boshqalar dars olgan. U
908 yili Buxoroda vafot etgan)ni shunday tariflagan: “Ismoil yaxshi inson bo‘lib,
ilm va din ahlini yaxshi ko‘rar va ularni hurmat qilar edi”. Manbalarda Ismoilning
o‘zi haqida shunday rivoyat qilinadi: “Samarqandda yashayotgan edim. Bir kuni
zulm bilan olingan narsalar xususida o‘ylanib o‘tirgan edim. Shunda, Abu Abdulloh
Muhammad ibn Nasr al-Faqih ash-Shofiiy kirib qoldi. Men u zotning ilmi va dinini
ulug‘lab darhol o‘rnimdan turdim”. O‘z davrida somoniy sulton huzurida ilmiy
munozaralar tashkil qilinar va sultonning o‘zi turib biron bir masalani so‘rar edi.
So‘ng hozir bo‘lgan ulamolar bunga javob berar edilar.
Sultonlikdagi har bir jome masjidda kutubxona mavjud bo‘lib, eng kattasi
Marv shahrida joylashgan edi. Mazkur kutubxona turli lug‘atlardagi nafis kitoblarni
qamrab olgan. Shuningdek, sultonning maxsus kutubxonasi ham bo‘lgan.
Somoniylar davrida Movarounnahr o‘lkasi hadis, fiqh, lug‘at va boshqa islomiy
ilmlar bo‘yicha yetuk olimlarni yetishtirib chiqargan. Ular o‘zlarining jiddu jahdlari,
ilm yo‘lidagi qiyinchiliklarga sabr qilishlari bilan katta matonat ko‘rsatganlar. Ular
har qancha uzoq bo‘lmasin, olis shaharlarga borib, mashaqqat bilan ilm olgan edilar.
Bunday olimlardan mashhur muhaddis Muhammad ibn Hibbon va “Al-Ishrof”
kitobining muallifi Abu Bakr ibn Muhammad ibn al-Munzir va “At-Tahzib”
kitobining muallifi al-Azhariy kabi ulamolarni misol keltirish mumkin.
Shuningdek, somoniylar davrida Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida turli
islomiy aqidaviy oqimlar bilan bir qatorda g‘ayriislomiy oqimlarni ham uchratish
mumkin edi. Maqdisiy o‘sha davrlarda Movarounnahr va Xuroson o‘lkalarida o‘zi
12
shohid bo‘lgan turli oqimlar haqida shunday yozgan: “Ushbu o‘lkada ko‘p sonli
yahudiylar va oz sonli nasroniylar yashaydi. Bu o‘lka turli ilmlar, jumladan, fiqh eng
ko‘p tarqalgan maskandir. Movarounnahr va Xurosonda asosan ahli sunna val jamoa
mazhablari faoliyat olib borgan. Lekin Seiston va Xirot kabi ayrim shaharlarda
xorijiylar, Naysaburda mu'taziliylar ham uchrab turardi1.
Shuningdek, ayrim hududlarda shialar va karromiylarni ham uchratishimiz
mumkin edi. Lekin bu o‘lkada Abu Hanifa mazhabi asosiy mazhab hisoblangan.
Shosh, Tus, Naso shaharlarida shofiiy mazhabiga e'tiqod qiluvchilar ham ko‘p edi.
Ta'kidlash joizki, o‘lkada shialar bilan karromiylar, shofiiylar bilan hanafiylar
o‘rtasida o‘zaro bahslar yuzaga kelsa, sultonning o‘zi aralashib, ularning orasini
isloh qilishiga to‘g‘ri kelar edi”. Demak, somoniy sultonlarning o‘zlari o‘lkada
e'tiqodiy va diny bag‘rikenglikni mustahkam turgan holda o‘z nazoratlarida
saqlaganlar. Ibn an-Nadim somoniylar davrida manoniya firqasi a'zolaridan besh
yuzga yaqini Samarqandda yashaganini, ularning boshliqlari bu yerga Bobildan
ko‘chib kelganini ta'kidlab o‘tgan. Shuningdek, olim Movarounnahrda sumaniya
firqasi tarqalganini, yahudiy va nasroniylar ham ko‘pligini zikr qilgan. Somoniylar
davrida Samarqand tarixidagi geografik va ijtimoiy-madaniy omillar ta'lim
jarayonlari, ayniqsa hanafiylikning mintaqada taraqqiy etishiga turtki bo‘ldi.
Hanafiya olimi Abul Muin an-Nasafiy “Tabsirat al-adilla” asarida ta'kidlashicha,
Movarounnahr va Xurosonning Marv va Balx kabi shaharlarida mu'taziliya
ta'limotini qabul qilganlardan tashqari Abu Hanifa izdoshlarining asosiy qismi usul
va furu' mavzularida islom kirib kelgan davrning dastlabki kunlaridanoq hanafiya
ta'limotini qabul qilgan edilar2.
Nasafiyning mazkur asaridagi “Movarounnahrda mu'taziliya ta'limotini qabul
qilmagan hanafiylar” degan iborasidan, bu o‘lkada hanafiya olimlari ikki guruhga
bo‘lingani ma'lum bo‘ladi: 1.Hanafiy mu'taziliylar. 2.Abu Mansur al-Moturidiy
tomonidan rivojlantirilib tizimga solingan va mu'taziliya fikrlarini rad qilgan hanafiy
moturidiylar. Ibn Zakariyo Yahyo ibn Is’hoqning “Sharh jumal usul ad-din” asarida
1 Agadjanov S.A. Gosudarstvo Seljukidov i Srednaya Aziya. (XI-XII v.v.) M.: 1991., B-48
2 Abu Jafar Muhammad at-Tabariy. Istoriya at-Tabariy. T. “Fan” 1987., B-33
13
bir rivoyat e'tiborga molikdir: Somoniylar davrida Movarounnahrda islom diniga
yangi kirgan bir kishi musulmonlarning yetmish uch firqaga ajralib ketganini
eshitadi. Shunda u qadariy-mu'taziliydan insonning fe'llari haqida so‘raydi.
Mu'taziliy quyidagicha javob beradi: “Men istaganimni qila olaman va o‘zim
xohlagan har narsaga kuchim yetadi”.
Yangi musulmon uning fikriga raddiya berib deydi: “Men bu e'tiqodni
tanlamayman. Chunki bu e'tiqod orqali Allohning xohish va qudrati chetga chiqib
qolmoqda”. Shunda qadariymu'taziliy: “Agar mening fikrimni qabul qilmasang, ahli
sunna val jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, deb javob beradi. Shundan so‘ng yangi
musulmon o‘zi yashayotgan joydagi jamiki firqalar vakillaridan inson fe'li haqida
so‘rab chiqadi va birontasining aqidasini qabul qilmaydi. U murojaat qilgan
firqalarning barchasi: “Agar bizning aqidamizni qabul qilmasang, ahli sunna val
jamoa mazhabiga borib qo‘shil”, degan fikrni aytishadi. U firqalar vakillaridan ahli
sunna val jamoa kimlar ekanini so‘raganida, ular quyidagicha javob beradilar: “Ular
har yerda ahli sunna val jamoa nomi bilan tanilganlar.
Samarqandda “Dor al-juzjoniya” va “Dor al-iyodiya” a'zolari, Buxoroda
“As’hobi Abu Hafs” (Abu Hafs al-Kabir tarafdorlari), Balxda Nusayr ibn Yahyo
tarafdorlaridir. Ular ahli sunna val jamoa qarashlarini tarqatayotgan ilm ahli
hisoblanadilar”. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, somoniylar davrida faoliyat olib
borgan sultonlarning barchasi ilm-ma'rifatga xayrixoh bo‘lganlar. Ular o‘lkada
yashab ijod qilgan barcha ulamolarning ilmiy meroslariga befarq bo‘lmaganlar.
Shuningdek, o‘lkada islomiy firqa va oqimlar bilan bir qatorda boshqa din
vakillarining ham faoliyatlari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘lkada nasroniylar va
yahudiylarning uchrab turishi ham somoniylar davrida diniy bag‘rikenglikka katta
e'tibor berilganidan dalolat beradi. Yuqoridagi ma'lumotlar hozirgi kunda ham
yurtimizda boshqa din vakillariga nisbatan hurmat-ehtirom bilan muomalada
bo‘lish, o‘zaro tinchlik ostida yashashga undashi tabiiy holdir.
Ibn Xolliqon, Istahriy, ibn Havqal va Muqaddasiy keltirgan ma'lumotlarga
qaraganda, Movarounnahrning asosiy viloyatlarida, ayniqsa Zarafshon, Farg‘ona
vodiylarida, Ilaqda, Xorazmda qishloq xujaligi rivojlangan. O‘rta Osiyo shaharlari
14
qadimdan Yaqin va O‘rta Sharq, Volga buyi va Xitoy bilan karvoi yo‘llari orqali
bog‘lanib kelganlar. Bu haqda ibn Xurdodbeh, ibn Fadlan, Gardiziy asarlarida,
shuningdek Xorazm va Volga buyida olib borilgan arxeologik qazilmalardan
topilgan faktik materiallar mavjud. X—XII asrlarda Movarounnahrda tarix va
geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi. Chunki bu davrda
mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z ona tili va unda yozilgan tarixiy va adabiy
asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqsa edi. Ayni shu davrda
Gardiziyning «Zaynulaxbor» («Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning 30 jildlik tarixiy
asari, Majiduddin Adnoniyning «Tarixiy mulki Turkiston», Muhammad
Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi.
15
2. Somoniylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va xo’jalik hayoti
Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayotda Movarounnahr, Huroson va
Xorazmning shahar va qishloqlarida hunarmandchilikning ko’pgina sohalari
rivojlangan edi. Somoniylar davlati aholisining asosiy qismi dehqonchilik va
chorvachilik bilan shug’ullangan. Dehqonchilik solig’i (xiroj)dan xazinaga
kattagina daromad tushgani uchun Somoniylar xo’jalikning shu tarmog’iga ko’proq,
e’tibor bergan. Viloyatlarda suv taqsimoti tartibga solinib, ekin maydonlari imkoni
boricha kengaytirilgan. Bir qancha yangi sug’orish kanali qazilib, ularning
dahanalariga miftoxlar (shlyuz) va suv tashlagich novalar qurildi. Oqar suv tanqis
bo’lgan tog’ oldilarida bandlar bino qilinib, suv omborlari barpo etiladi. Yer osti
suvlaridan dehqonchilikda foydalanish uchun murakkab gidrotexnika inshooti -
korizlar qazilib ishga tushiriladi. Charxparrak chig’irlardan keng foydalaniladi1.
X asr arab geograflarining ta’riflashicha, Samarqand va Buxoro rustoklari
Zarafshon daryosidan chiqarilgan shoh ariqlardan sug’orilgan. Masalan, Varksar,
Maymurg’, Sanjarfagon va Darg’om rustoqlarining dehqonchilik maydonlari
Darg’om anhoridan sug’orilgan. Fay kanalidan sug’orilgan yerlar Sug’dning eng
obod qismi bo’lgan. Ibn Xavqalning yozishicha, Sug’d daryosi Buxoro
chegarasigacha obod qishloqlar orqali oqqan. Buxoro vohasi keng va obod bo’lgan,
u 17 ta sug’orish shoh ariqlar orqali sug’orilgan. Sirdaryo havzasida Iloq
(Ohangaron) va Parak (Chirchiq) vodiylari ham nihoyatda obod va istehkomli
qishloqlari ko’p bo’lganligidan, bu joyni o’rta asr tarixchilari «1000 qal’ali
mamlakat» deb ataganlar2.
Sug’orish tarmoqlarini loyqadan tozalash, turli hil suv inshootlarini ta’mirlash
uchun har yili bahorda yuz minglab hasharchilar ishlagan. Mirob, juybon va
1 Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev E.V. Qadimgi O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan
lavhalar. T.: “Adolat”, 2001., B-64
2 Sultonov. F, Bozorboyev. F – O’rta asrlar tarixi., Toshkent., 2007., B-121
16
poykorlar yoz bo’yi gidrotexnika inshootlari rejimi va suv taqsimotini nazorat qilib
turgan. IX asrdan Buxoro vohasining suv taqsimoti bilan shaxsan shahar qozisining
o’zi shug’ullangan. Narshaxiyning yozishicha, Sa’id ibn Xalaf Balxiy Buxoroga
qozi bo’lgach, «yaxshi qonun-qoidalar o’rnatgan... toki kuchli kishi zaif kishiga
zulm o’tkazmasin uchun (shahar) to’g’onlarini qurdirib, Buxoro suvini adolat va
insof yuzasidan taqsim qilishni» joriy etgan1. IX-X asrlarda Movarounnahrda yaylov
chorvachiligi rivoj topgan. Ko’chmanchi chorvador qabilalar o’troq aholini chor-
vachilik mahsulotlari bilan ta’min etib turgan. O’troq aholi, o’z navbatida,
dashtliklarga hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib berib turganlar. IX-X
asrlarda aholining xo’jalik hayotida hunarmandchilik katta o’rin tutadi.
Movarounnahr va Xorazm shaharlarida to’qimachilik, kulolchilik, degrezlik,
chilangarlik, misgarlik, zargarlik, shishagarlik va duradgorlik ancha rivoj topadi.
Ayni vaqtda shaharlarning me’moriy qiyofasi ham o’zgara bordi. Mahobatli saroy,
masjid, madrasa, namozgoh, xonaqoh va karvonsaroylar hamda ustaxonalar qad
ko’tardi.
Shaharlar kengayib ilk o’rta asrlarda vujudga kelgan ark (o’rda), shaxriston
(ichki shahar) va rabod (tashqi shahar) yagona devor bilan o’rab olindi, shahar
darvozalarining soni ham ko’paydi. Shaharning do’nglik yerida joylashgan arkida
odatdagidek podshoh yoki hoqimning qarorgohi (dargoh), xazina, chaqa-tangalar
so’qiladigan zarbxona va qamoqxona bo’lardi. Shahar markazida Registon maydoni,
devonlar, mahkama saroyi, shuningdek amirzodalar, saroy a’yonlari, ruhoniylar,
mulkdor dehqonzodalar va davlatmand savdogarlarning hashamatli qasrlari,
podsholikning
qurol-yarog’,
asbob,
egar-jabduq
yasaydigan
ustaxonalari,
hunarmandchilik do’konlari va savdo rastalari joylashgan edi. Shaharlar kengayib,
ularning girdi bo’ylab kosib va hunarmandlarning yangi-yangi mahalla-kuylari,
bozor va rastalar vujudga keladi.
Mahalla-kuylarda zargar, sarrof, to’quvchi, kulol, misgar, temirchi, duradgor
va boshqa hunarmandlarning uy-joylari va do’konlari bo’lardi. Ayni shu davrda
1 A.S. Sagdullayev – O’zbekiston tarixi. Birinchi kitob., Toshkent., “Donishmand ziyosi”., 2021., B-327
17
Buxoro, Samarqand, Ko’hna Gurganj, Marv, Binkat, Kesh, Nasaf, Ax-sikat kabi
shaharlar o’rta asr hunarmandchiligining rivoj topgan yirik markaziga aylanadi.
Narshaxiyning yozishicha, IX asrda Buxoro arki yonida podsholikka qarashli «Bayt
ut-tiroz» katta to’qimachilik korxonasi bo’lgan. Unda qimmatbaho rangli mato,
palos, darparda, yostiq jildi, joynamoz va ust kiyimliklar to’qilgan. Samarqandda
ko’proq, misgarlik zargarlik va sarrojlik rivojlangan edi. Turli matolar, kimxob,
shoyi va rumollar to’qilar, yuqori navli qog’oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o’zining
kunchilik mahsulotlari va charm buyumlari bilan, Iloq esa kumush va qo’rg’oshin
konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi.
Movarounnahrning xo’jalik hayotida Xorazm ham katta rol o’ynaydi. Bu yerda
hunarmandchilikning boshqa sohalari qatorida qayiqsozlik taraqqiy qiladi.
Xorazm va Termizda yasalgan qayiklarda Amudaryo bo’ylab muttasil yuk
tashilgan. Bu davrda hunarmandchilikning ayrim sohalari yirik qishloqlarda ham ri-
voj topdi. Buxoroning Zandana kishlog’ida to’qilgan «zandanacha» malla rang bo’z,
Samarqandning Vador qishlog’ida tayyorlangan «vadoriy» matosi Sharqda mashxur
va manzur edi1. IX-X asrlarga oid kulolchilik sirlangan idishlari va shishasozlik
buyumlari bilan alohida mavqeni egallagan. Bu davrda tog’li mintaqalarda konchilik
ham jadal rivojlandi. Shosh viloyati, Farg’ona vodiysi, Nurota, Ustrushona, Xo’jand
atroflari va Zarafshon tog’larida temir, mis, qo’rg’oshin, oltin, kumush rudalari,
feruza va boshqa qimmatbaho toshlar, Badaxshondan la’l va lojuvard qazib olinardi.
Iloq viloyati kumush va qo’rg’oshin olinadigan yirik markazlardan edi.
Undagi Qoramozor tog’idan bu ikki tur ma’dandan tashqari oltin, mis, temir rudalari
va feruza kazib olinardi. Farg’ona vodiysi tog’laridan temir, qo’rg’oshin, kumush,
simob, mis, qalay, feruza, novshadil qazib chiqarilardi. Farg’onada o’sha
vaqtlardayoq toshko’mir va neft qazib olinib ishlatilganligi ma’lum. Neftdan qamal
qilingan shaharga o’t otishda foydalanilgan. Konchilik va temirchilik davlat
tasarrufida bo’lgan. Kon qazish ishlari o’z zamonasi uchun ancha takomillashgan
edi. Qazilma boyliklar hozirgidek ochiq usulda hamda yer osti konlaridan qazib
1 Karim Shoniyozov. “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni”. T., “Sharq”, 2001, B-266
18
olinardi. Qazilgan rudalar yer ostidan sixg’altaklar vositasida yuqoriga chiqarilgan.
Konlarda, asosan qul, mahbus va qishloq, jamoalari zo’rlik bilan ishlatilardi.
Konchilarning mehnati nihoyatda mashaqqatli va xavfli bo’lganligini arxeologik
topilmalar (qorachirog’, bolta, cho’kich va hokazo)dan bilish mumkin. Somoniylar
davrida (IX—X) islom dinini qabul qilganlar Movarounnahr hududida, uning vodiy
va vohalariga kelib yashayverganlar. Somoniylarning harbiy qismlarida, ma’muriy
lavozimlarida
turklardan
qanchalari
hizmat
qilganlar.
Movarounnahrga
Sirdaryoning quyi oqimidagi cho’llardan, Sharqiy Turkistondan va Yettisuvdan juda
ko’p turkiy qullar olib kelingan. Bo’larning soni ko’payib Movarounnahr
aholisining talabidan bir muncha oshib ketgan.
Turkiy qullar boshqa mamlakatlarga savdoga chiqarilgan. Turkiy qullar
(o’zining aql idroki yaxshi xizmati bilan) yer yuzidagi boshqa qullardan ustun
turganligi Istaxriy asarida qayd qilingan. Sug’diyona o’lkasining taraqqiy etishida
uning geografik jihatdan qulay o’rnashgan joyi ham benihoyat katta ahamiyatga ega
edi. Zarafshon vohasidagi yirik shahar va qishloqlar katta tijorat yo’lida — Buyuk
ipak yo’lida joylashganligidan bu o’lka aholisi bir qancha mamlakatlar, xalqlar va
elatlar bilan savdo-sotiq va madaniy aloqalar olib borish imkoniyatiga ega edi. Bu
muhim aloqa yo’li orqali Movarounnahrga turli mamlakat va o’lkalardan xilma-xil
tovarlar keltirilgan, o’lkadan ham chetga dehqonchilik va hunarmandchilik
mahsulotlari chiqarilgan. Sug’diyonani o’troq aholisining (sug’diylar) ma’lum qismi
tijorat bilan shug’ullanib karvon bilan Afg’oniston, Hindiston, Eron va boshqa Old
Osiyo mamlakatlariga, Yettisuv va Sharqiy Turkiston orqali sharqda, to Xitoygacha
borganlar.
Mahalliy tijoratchilar o’lkalarining taraqqiyoti yo’lida bevosita xizmat qilib,
uning iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanib borishiga katta hissa qo’shganlar.
Sug’diyonani shartli ravishda ikki viloyatga bo’lish mumkin: 1)Zarafshon
vohasining o’rta va yuqori qismlari — Samarqand viloyati, manbalarda Samarqand
Sug’di deyilgan. 2) Shu daryoning quyi (Karmana va undan keyingi) oqimlari —
Buxoro viloyati (yoki Buxoro vohasi), Nurota ham shuning tarkibida bo’lgan.
Albatta, bu shartli bo’linish. Sug’diyonaning markaziy shahri Samarqand bo’lib,
19
Buyuk Ipak yo’lining chorrahasida joylashgan edi. Manbalarda qayd etilishicha
shahar bir necha dahalarga va mahallalarga bo’lingan. Samarqand o’z davrining
ko’p nufuzli shaharlaridan hisoblangan. X asrda unda taxminan 100—110 ming
kishi yashagan. Samarqand shahrining IX—X asrlarda Movarounnahr tarixiga,
iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga qo’shgan hissasi arab geograflarining asarlarida
va ilmiy tadqiqotlarida kerakli darajada yoritilgan. Samarqand shaxrining atroflarida
va umuman viloyat ichida ekin ekiladigan obod yerlar, mevali bog’-rog’lar, kanal
va ariqlar hamda qishloqlar, qo’rg’onlar juda ko’p bo’lgan. Qishloqlarning aksariy
ko’pchiligi kanal va ariq bo’ylab joylashgan edi. «So’g’dda kanal bo’ylarida
joylashmagan, ekin ekilmaydigan, dehqonchilik bilan shug’ullanilmaydigan, aholi
zich yashamaydigan, ulug’zor qasrlari va mustahkam obod qishloqlari bo’lmagan
bironta ham kanal yuq», deb yozadi Ibn Havqal1.
V.V.Bartold yirik tadqiqotlaridan birida Somoniy va Yakut asarlarida qayd
etilgan Zarafshon vohasida mavjud 223 ta qishloq nomlarini keltiradi. Shulardan 101
tasi Samarqand viloyatida bo’lgan. Shu o’rinda ta’kidlab o’tish joizki, arab
geograflari faqat yirik qishloqlarni (asosan qaysi qishloqda jome machit va bozor
bo’lgan bo’lsa) tilga olganlar. Viloyatda aholining tig’iz yashashi hisobga olinsa,
Sirdaryoning o’rta oqimida yana yuzdan ortiq kichik (50—100 kishi) yashaydigan
kichik qishloqlar ham bo’lganligi ehtimoldan holi bo’lmasa kerak. Zarafshon
vohasining quyi oqimlaridagi shaharlar ichida eng yirigi va nufuzlisi IX—X asrlarda
Buxoro shaxri edi.
Buxoroda «bir korxona bor edi; unda paloslar, zarpardalar, yozgi kiyimlar,
yostiq jildlari, funduqiy (jigarrang — Q Sh.) joynomozlar va ust kiyimlarni xalifa
uchun to’qir edilar: bitta zarpardaga (butun) Buxoro xiroji sarf bo’lardi. Bog’doddan
har yili alohida bir omil (amaldor, soliq yiguvchi — Q Sh.) kelib Buxoro xirojining
evaziga shu kiyimlardan olib ketar edi, deb yozgan edi2. Narshaxiy.
Hunarmandlarning ishini yuqori baholab, tarixchi quyidagilarni bayon etadi:
«Buxoro shahrida shunday ishga tayin qilingan ustalar bo’lar edilar; viloyatlardan
1 Ahmadali Asqarov. “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”.T., “Universitet”, 2007, B-165
2 Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T., «O‘qituvchi», 2001., B-67
20
savdogarlar kelib, odamlar zandonachini (Zandonachi qishloqda to’qiladigan mato
— Q Sh.) olib ketganlaridek, u kiyimlardan Shom va Misrga, Rum shaharlariga olib
ketar edilar. Xurosonning hech bir shahrida bunday (mato) to’qiy olmas edilar».
Buxoro IX—X asrlardagi rabot (qishloqlarni) o’z ichiga olib birmuncha kengaygan,
aholisi soni ko’paygan. Shu asrlardagi Buxoroni tilga olib Istaxriy uni (Buxoroni)
Movarounnahr va Xurosonda eng ko’p aholi yashaydigan shahar, deb ta’riflaydi.
Afsuski, aholi sonini aniq belgilab beradigan boshqa aniq ma’lumotlarga ega
emasmiz. O.G.Bolshakovning taxminiy hisobiga ko’ra, Buxoroda X asrda 40—50
ming kishi bo’lgan. Uning atroflarida va rabotlarida yana 48 ming kishi yashagan.
Demak, Buxoro va uning atroflarida yashovchi aholi soni 100 ming kishiga
yaqinlashgan1.
Somoniylar davrida ko’plab yirik hunarmandchilik markazlari mavjud
bo’lgan. Jumladan, Buxoroning Zandona va Iskijkat qishloqlarida to’qilgan bo’z
matolar, Samarqandning Vadori qishlog’ida yaratilgan mato buyumlar Eron, Iroq va
Hindistondan tashqari joylarga ham olib ketilgan va mashhur bo’lgan. Buxorodan
chetga qo’y terisi, yog’, soch moyi, mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, gilamlar,
mehmonxonalarga yoziladigan matolar, egarlar, Taboristondan matolar, go’sht va
qovunlar, har xil shoyilar, ro’mollar, uzangilar, suvluqlar, qayishlar, qozonlar,
yong’oqlar, Jizzaxdan jun gazlamalar va kiyimlar, Shoshdan a’lo sifatli charm va
charm mahsulotlari, o’qdonlar, egarlar, chodirlar, chakmonlar, namoz gilamchalar,
yelkapushtlar, kamonlar, ignalar, bo’z, g’alla va qaychilar chiqarilgan.
Arab geograflari Eloq viloyatini Shosh bilan Farg’ona oralig’ida
joylashganligini qayd etadilar. Eloq X asrda kumush—qo’rg’oshin qazib
chiqarishning markazlaridan biri bo’lgan. Eloqda Movarounnahrning uchinchi
kumush zarbxonasi ochilgan. Biri Samarqandda, yana boshqasi Buxoroda bo’lgan.
Eloq chekani — «Shosh koni» deb o’sha davrda shuhrat topgan. O’z vaqtida
Xuroson noibi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid nomidan zarb qilingan kumush
dirhamlarning birida «Shosh konida» 189-hijriy yilida (805-yil) zarb qilindi», yana
1 Bahodir Eshov. “O’zbekiston davlatchiligi tarixi”. T., “Ma’rifat”, 2009,
21
boshqa birida esa «190-(805-806) yilda» degan so’zlar bor1.
3. Somoniylar davlatida ilm-fan, madaniy hayot va me’morchilik
IX-XI asr boshlaridan Movarounnahr va Xurosonda sodir bo‘lgan o‘ta
murakkab siyosiy vaziyatning tadrijiy rivoji va u bilan chambarchas bog‘liq ijtimoiy
va iqtisodiy o‘zgarishlar mamlakat aholisining madaniy hayotiga ham kuchli ta'sir
etdi. Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan
o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va
uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi
bo‘lgan islom dini tili edi2.
Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab
xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga
boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni
o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining
qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni
Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy
zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z
siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni
o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish
tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili
va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi.
O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan
xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda
abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki
arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham
zaif edi3. Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda
1 Р.Шамсутдинов, Ш.Каримов. “Ватан тарихи”. 1-қисм. Т., “Шарқ”, 2010, 322-бет.
2 Shamsutdinov. R, Karimov. Sh, Ubaydullayev. O’ – Vatan tarixi. I – kitob. Toshkent, “Sharq”., 2010., B-179
3 Ahmadali Asqarov. “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”.T., “Universitet”, 2007, B-171
22
yozilgan asarlar yo‘q etilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda
bu mamlakatning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari —
Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod
qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm
va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar
Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. «Bayt ul-
hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar
olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar
tadqiqotlar bilan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan
merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar.
Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning
ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl
Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni
mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar. Bu davrda «Bayt ul-
hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad
Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi
Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan,
matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik
fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar1.
Muhammad Ibn Muso Xorazmiy (783—850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib
voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm
va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Xorun
ar-Rashidning Xuroson va Movarounnahrdagi noibi, keyinchalik Xalif Abdulloh ibn
Xorun ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan
shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir sifatida fao-liyat ko‘rsatadi.
Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod
qiladi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn Mansur Marvaziy, Ahmad
Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Abul Abbos
1 Негматов Н. Государство Саманидов, Душанбе.: Дониш, 1997, B-167
23
al-Javhariy va boshqalarbor edi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer
aylanasini, uzunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi
masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan
hissa qo‘shadi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina
bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Aljabr va al-muqobala» hisobi hakida qisqacha
kitob, «Hind hisobi haqida» yoki «Ko‘shish va ayirish haqida kitob», ya'ni arifmetik
asar; «Kitob surat ul-arz» — «er surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij»,
«Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob
yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek,
«Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini
aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan.
Xorazmiy merosidan, ayniqsa, «Aljabr va al-muqobala» kitobi-ning ilmiy
ahamiyati nihoyatda buyukdir. U bu kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib
algebra faniga asos sodsi. Hatto «al-gebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-
jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa
matematika faniga «algaritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning «Aljabr»
asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish,
merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib
xizmat qildi.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi
va qayta ishlanadi. Keyinchalik esa asrlar davomida yevropa olimlari Xorazmiy
asarini qayta-qayta ishlab, uning asosida darsliklar yozadilar. Xorazmiyning
arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash
sistemasining yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat
kasb etadi. Shunday kilib, buyuk vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos
sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.
IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana biri marvlik
Yahyo ibn Abu Mansur edi. U 828 yilda xalifa Ma'mun farmoni bilan Bag‘dodning
Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik kiladi. Rasadxona
24
ishlari va unda olib borilayotgan quzatishlar na-tijalari haqida «Bayt ul-hikma» ning
mudiri Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu Mansur «Az-Zij al-Ma'muni
al-mumtaxan» («Sinalgan zich») nomli astronomik asar yozib qodsirgan. U 831
yilda Bag‘dodda vafot etgan. «Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn
Abdumalik al-Marvaziy esa 831 yidda Damashq yaqinidagi Qisiyon tog‘ida barpo
etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining
uzunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi.
Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn
Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar o‘rtasida Habash al-Hosib («Hisobchi
habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan o‘rta asr
astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-
Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini
kiritib, ularning jadvallarini keltirgan.
«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom,
matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi
Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U Farg‘o-nada
tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada esa Alfraganus taxallusi
bilan shuhrat topgan. Ahmad Farg‘oniy xalifa Ma'mun (813—833), Mu'tasim
(833—842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi. U avval
Marvda, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya,
matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi va qator ilmiy va amaliy asarlar
yozib qoldirdi. U asosan Damashqsaga rasadxonada osmon jismlari hara-katini va
o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832—833
yillarda Suriyaning shimolidagi Sanjar dashtida va Ar-Raqqa oralig‘ida yer
meridianining bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashadi. 861 yilda uning
rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi
sohilida qurilgan qadimgi Nilometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshooti
Miqyos an-Nil va uning darajoti tiklanadi. Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan
bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab bergan olimdir.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 8 ta asari saqla nib, ularning
25
birortasi ham hozirgi zamon tillarigatarjima qilinmagan edi. Ahmad Farg‘oniy
tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning ayrim risolalari o‘zbek va rus
tillarida nashr ztildi. Ularning orasida uning «Kitob ul-harakat as-samoviya va
javomi' ilm an-nujum» («Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum — astronomiya
asoslari kitobi») ham bordir. Bu kitob XII asrdayoq lotin tiliga tarjima qilinib,
nafaqat musulmon Sharqidagi, balki Ispaniya orqali yevropa mamlakatlaridagi
astrono-miya ilmining rivojini boshlab berdi. Shundan so‘ng Ahmad Farg‘oniy nomi
lotinlashtirilib, «Alfraganus» shaklida G‘arbda shuhrat topdi. Uning «Astronomiya
asoslari» nomli kitobi bir necha asrlar davomida yevropa universitetlarida
astronomiya fani bo‘yicha asosiy darslik sifatida foydalanibkelindi1.
Dunyoviy fan olimlari bilan bir qatorda bu davrda Islom ta'limoti va
mafkurasining takomili yo‘lida movarounnahrlik muhaddis ulamolarning ham
xizmati katta bo‘ldi. Bu borada ayniqsa Ismoil a l-Buxoriy va uning zamondoshi va
shogirdi Iso at-Termiziylarning hissasi nihoyatda buyuqdir. Ismoil al- Buxoriyning
to‘liq ismi Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al- Buxoriydir. U 810 yilda
Buxoroda tug‘ilgan, kuchli qobiliyat va xotiraga ega bo‘lgan. Yoshligidanoq
hadislarni o‘rganishga kirishib, butun umrini hadis ilmiga bag‘ishlagan. U hadis va
tafsir olimi, tarixchi bo‘lib yetishgan. Hijoz, Misr, Iroq, Xuroson va boshqa
o‘lkalarda yashab 600 mingdan ortiq hadis to‘plagan. Ulardan eng ishonchlilarini
saralab, 4 jildli «Al-jome as-sahih» («Sahihi Buxoriy») to‘plamini tuzgan. Bu asar
islom dunyosida Kur'ondan keyin ikkinchi manba sanaladi va islom dorilfununlarida
asosiy darslik sifatida o‘rganiladi.
Bu bebaho asarga kiritilgan 7275 hadis va ularga berilgan ko‘pdan-ko‘p
sharhlarda faqat shariat ahkomlariga oid qoidalargina ifodalanmaydi, balki inson
ma'naviy kamolotining ramzi hisoblangan mehr-muhabbat, hurmatu izzat,
muruvvatu himmat, halolligu mehnatsevarlik, saxiyligu ochiqko‘ngillik hamda
o‘zaro tinch-totuvlik kabi insoniy fazilatlar haqida bayon etilgan2.
Imom al-Buxoriy «Al-adab ul-mufrad» («Adab durdo-nalari»), «Tarix al-
1 Shamsutdinov. R, Karimov. Sh, Ubaydullayev. O’ – Vatan tarixi. I – kitob. Toshkent, “Sharq”., 2010., B-177
2 Мухаммаджонов А.Р. Узбекистон тарихи. -Т.: Fафур Fулом нашриёти, 2004, B-138.
26
Buxoro» («Buxoro tarixi»), «Al Jo-mi' al-sag‘ir» («Muxtasar to‘plam») nomli
asarlar yozgan. Uatrofiga ko‘plab shogird va izdoshlarini to‘plagan. Uning eng
mashhur shogirdlaridan biri Imom at-Termiziy edi. Imom at-Termiziy 824 yilda
Termiz shahridan 6 farsax (36 km) shimolda joylashgan Bug‘ qishlog‘ida dunyoga
kelgan. Islom olamida mashhur bu muhaddis olimning to‘liq ismi Abu Iso
Muhammad bin Iso bin Savra bin Muso bin az-Zahhok az-Zarir at-Termiziy al-
Bug‘iydir. Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa shaharlarda mashhur muhaddislar
asarlarini o‘rganib, islom dunyosining turli shahar va mamlakatlariga safar qilib,
Xuroson, Iroq, Hijozning mashhur muhaddis ulamolari bilan muloqotda bo‘lgan.
Imom at-Termiziy hadislar to‘plab, bir qancha asarlar yozgan, «Jome as -
Sahih» yoki «Sunani Termiziy», «Kitob Ilal», «Kitob at-Tarix», «Kitob at- Shamoil
an-Naboviya», «Kitob az-Zuhd» va boshqalar shular jumlasidandir. Bu davrda
islomning nazariy asoslari mustahkamlandi. Bu borada ham Movarounnahr olimlari
ulkan hissa qo‘shdilar. Bu dawning islom nazariyachilaridan biri Hakim Ter-miziy
edi. Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Husayn ibn Bashir al-
Hakim at-Termiziydir. U 820 yidda Termiz shahrida dunyoga keladi. Umr bo‘yi ilm
bilan shug‘ullanib, tasavvufni targ‘ib qiladi. 80 dan ortiq muhim asarlar yozadi:
«Kitob
an-nahi»
(«Yo‘riqnoma
kitobi»),
«Kitob
al-Furuh»
(«Ollohdan
qo‘rquvchilar haqida kitob») shular jumlasidandir. Ayniqsa uning «Ilal ash-Shariat
va hatm ul- avliyotun» nomli kitobi islom nazariyachi-lari tomonidan eng ko‘p qayd
etiladigan asardir. Asarlari va ularda berilgan teran fikr-mulohazalar, g‘oyalar bilan
at-Termiziy o‘z zamonining ma'naviy hayotiga katta hissa qo‘shadi. Shu boisdan
zamondoshlari uni «Al-hakim» degan nom bilan ulug‘lashgan1.
Bu davrda kalom ilmiga asos solib, islom ta'limoti va mafkurasi takomiliga
katta hissa qushgan. buyuk allomalardan yana biri Abu Mansur al- Moturidiydir.
Uning to‘liq ismi Abu Mansur ibn Muhammad ibn Mahmud al- Hanafiy al-
Moturidiy as-Samarqandiydir. U taxminan 870 yilda Samarqand yaqinidagi Moturid
qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning hayoti haqida ma'lumotlar juda oz. U 944 yilda
1 Уватов У. Донолардан сабоклар. -Т.: А.Кoдирий, 1994, B-21
27
Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.
Yoshligida otasidan turli ilmlardan saboq olgan. So‘ngra Samarqanddagi Raboti
G‘oziyon masjidi qoshidaga madrasada tahsil ko‘rib, ustozlari Abu Bakr Ahmad al-
Juzjoniy va Abu Nasr Ahmad al-Ibodiylardan faqih va kalom ilmlaridan dars olgan.
O‘rta asrlarning mashhur ilohiyotshunos olimi bo‘lib yetishgan Abu Mansur al-
Moturidiy islomiy odob qoidalari, shariat qonunlari, ma'naviy-axloqiy kamolot
sirlaridan ta'lim berishga mo‘ljallangan qator asarlar yozgan. Ammo uning ko‘pgina
kitoblari bizning zamonimizgacha saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan
muhim asarlarvdan biri «Kitob at-Tavhid» («Ollohning yakka-yagonaligi haqidagi
kitob»), ikkinchisi «Ta'viylot al Kur'on» («Qur'oni Karimning sharhlari») nomi bilan
ataladi. Bu kitoblar ilohiyat ta'limotiga bag‘ishlangan eng qadimiy asarlardan bo‘lib,
islomshunoslikda ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega muhim manbalardan
birvdir. Ularda diniy ta'limot va islomiy urf-odatlar insonning ruhiy kamoloti, uning
dunyoqarashining shakllanishvdagi mohiyati talqin etiladi. Abu Mansur al-
Moturvdiy asos solgan talimot kishilarni yaxshilikka, rostgo‘ylikka, sabru-qanoatga,
sharm-hayoga, oliyhimmatlikka, Vatanni sevmoqlikka chorlaydi73.
Bu davrda Movarounnahr, Xuroson va Xorazmdan xalifalikning markaziy
shaharlariga borib fanning turli sohalarida ijod qilgan olimlardan tashqari
madaniyatning deyarli barcha sohalari bo‘yicha ham yetuk ustozu shogirdlarning
soni Bag‘dod shahrvda oz emas edi. Bu yerda ular o‘z Vatanlaridagi ilmiy va
madaniy an'analarni arab tilida islom mafkurasiga moslashtirilgan holda taraqkiy
ettirishga va ularni jahon ilmu madaniyatiga qo‘shishga muyassar bo‘ladilar. IX
asrning ikkinchi yarmvda Movarounnahrning madaniy haetvda yangi davr
boshlanadi. Xalifalik hukmronligi tugab, mustaqil Somoniylar davlatining qaror
topishi bilan madaniy hayotning jonlanishi uchun keng yo‘l ochiladi. Buxoro,
Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz
sifatida taraqkiy qila boshlaydi.
Bu davrda qishloq aholisining aksariyati sug‘diy yoki xorazmiycha so‘zlashsa-
da, markaziy shaharlarda forsiy — dariy deb yuntilgan xalqning adabiy tili vujudga
keladi. Bu til davlat tili sifatida qabul qilinadi. Dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar
28
yozila boshlaydi. Bu davrda dariy ti-lida yozilgan nasriy asarlarning ayrim nusxalari
bizgacha saqlanib qolgan. Abu Mansurning nasriy «P1ohnoma»siga yozilgan
muqaddima, noma'lum muallifning «Hudud al-olam» nomli asari hamda Abu Ja'far
Tabariyning «Tarixi Tabariy», «Kur'oni Karim»ning 14 jildli «Tafsiri»ning
arabchadan dariy tiliga tarjimalari shular jumlasidandir. IX-X asrlarda ayniqsa
Buxoro shahri madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda — amir saroyida turli
sohalarga oid qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubona barpo etiladi.
Somoniy
amirlarning
aksariyati
adabiyot,
she'riyat,
ilm-fan,
san'at
va
me'morchilikka homiylik kiladilar. Bu davrda Buxoroda ayniqsa she'riyat ravnaq
topadi. Uning rivojiga fors klassik poeziyasining buyuk vakillari Abu Abdulloh
Ja'far Rudakiy, Abu Mansur Daqiqiy, Abulhasan Balxiy va ko‘pgina boshqa shoirlar
g‘oyatda katta hissa qo‘ shadilar.
Rudakiy IX asr oxirida Panjikent yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan.
Yoshlik chog‘idayoq u rud (chang) chalishni yaxshi o‘rgangan. She'r yozib, kuy
bastalagan va hofizlik kilgan. Xalqo‘rtasidagi dong‘i tufayli u Nasr ibn Ahmad
(914~943) tomonidan sozanda va shoir sifatida Buxoroga chaqirtirilib olingan.
Rudakiy «Kalila va Dimna», «Sind-badnoma», «Arois un-nafois» va «Davroni
oftob» asarlarini yozgan. U she'riyatda ayniqsa qasida bitishning mohir ustasi
bo‘lgan. Uning «Jo‘yi Muliyon», «Mayning onasi» va «Qarilik» kabi qasidalari xalq
o‘rtasida g‘oyat shuhrat top-gan. Rudakiyning ulkan she'riy merosidan hozirgi
vaqtgacha saqlanib qolgan ozgina qismi ham (2 ming misraga yaqin) shoirning zo‘r
va yorqin iste'dodidan, poetik tilining ta'sirchanligidan, obrazlarining teranligidan
dalolat beradi. Rudakiy o‘z she'rlarida ona- Vatanni, uning tabiati va aholisini,
insoniy his-tuyg‘ularini tarannum etadi. Shoir haqsizlik va adolatsizlikka dadil
qarshi chiqadi, o‘sha vaqtlarda hukm surgan tartibsizliklarni ayamay fosh etadi. Umr
bo‘yi ta'qib etilgan, oxiri Buxorodan quvilgan Rudakiy 941 yilda ona qishlog‘ida
vafot etadi1.
Bu dawning zakovatli shoirlaridan yana biri Daqiqiy edi. Avval u Chag‘oniyon
1 Негматов Н. Государство Саманидов, -Душанбе,: “Дониш”, 1997, B-200.
29
hukmdorlari, so‘ngra somoniylar saroyiga taklif etiladi. Daqiqiy an'anaviy saroy
poeziyasidan farqli o‘laroq, xalq rivoyatlari va epik dostonlar asosida yangi poetik
yo‘nalishda ijod qiladi. Umrining oxirida u «Shohnoma» nomli poetik asarini
yozishga kirishadi. Biroq shoirning fojiali o‘limi oqibatida asar boshlanganicha
qoladi. Bu buyuk ish keyinchalik Abulqosim Firdavsiy tomonidan davom ettiriladi.
Abulqosim Firdavsiy (934-1012) fors adabiyotining klassik shoiri. U dunyoga
mashhur she'riy «Shohnoma» asarini yaratadi. Bu doston Eron va Turon xalqlarining
qahramono na o‘tmishiga bag‘ishlangan. U ashaddiy vatanparvarlik ruhida yozilgan
asar. «Shohnoma» jahon adabiyoti xazinasining noyob durdonalaridan hisoblanadi.
Asar juda ko‘p tillarga, shu jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.
IX-X asrlarda fors adabiy tili ancha rivoj topgan bo‘lsa-' da, ammo ilm- fan va
adabiyotda hali arab tili muhim o‘ringa ega edi. Saolabiyning «Yatimat ul-bahr»
nomli asarida qayd etilishicha, Buxoro, Xorazm va Xurosonda 119 arabiy zabon
shoirlar ijod qilgan. Ularning deyarli barchasi saroy ahli, hukmron xonadon a'zolari
va boshqa oliy tabaqa vakillaridan iborat bo‘lgan. Tilshunoslik, fiqh, musiqa, falsafa,
matematika, tabobat, astronomiya, tarix va boshqa fanlar bo‘yicha ilmiy asarlar
asosan arab tilida yozilgan1.
Buxoro va boshqa markaziy shaharlarda islom dini ta'limotining asosiy
manbalari va shariat bilimlarini o‘qitish uchun madrasalar ochilgan edi. Bunday
ilmgohlardan yetishib chiqadigan ilm ahlining hammasi ham qozi yoki a'lam
bo‘lavermay, ular orasidan dunyoviy ilmlar: tabobat, handasa, matematika, kimyo,
falakiyot, falsafa, mantiq, tarix va boshqa sohalar bo‘yicha puxtagina bilim orttirgan
olimlar ham yetishib chiqar edi. Bunday bilim egalari xalq o‘rtasida baobro‘ va
e'tiborli bo‘lib, ular atrofida, shubhasiz, shogirdlar to‘planar edi. Shogirdpeshalariga
ular ma'lum soha bo‘yicha o‘z bilganlaridan ta'lim berar edilar.
Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Balx, Nishopur kabi markaziy shahar
bozorlarida alohida kitobfurushlik rastalari bo‘lgan. Ularda diniy va dunyoviy
ilmlarning turli sohalari bo‘yicha turli tillardagi qo‘lyozma kitoblar sotilgan. Ibn
1 Абу Мансур ас-Саолибий. Йатимат ад-дахр. -Т.: 1976, B-18.
30
Sinoning yozishicha, u Buxoro bozoridan Abu Nasr Forobiyning «Aristotel
metafizikasiga sharh»lar nomli kitobini uc h dirhamga sotib olgan. Bu kitobni o‘qib
chiqqach Ibn Sino qadimgi yunon faylasufi Aristotel ta'limoti va falsafasining
mohiyatiga tushunib yetgan.
Shahar madaniyatining ravnaqi, o‘rta asrlar jamiyati, ziyolilari davrasining
kengayib borishi shubhasiz somoniy hukmdorlarni ilm ahli bilan yaqinlashtirdi.
Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar.
Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta
san'atkorlarni va turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga
odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar kutubxonalardagi nodir
ko‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar.
Mustaqil Somoniylar davlatining tashkil topishi, siyosiy barkarorlik va
iqtisodiy ko‘tarilish madaniy hayotning ravnakiga imkon berdi. Bu davr Abu Nasr
Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Abu Abdulloh Xorazmiy va Abu Bakr
Muhammad Narshaxiy kabi jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk
siymolarni o‘z bag‘rida tarbiyalab kamolotga yetkazdi.
Abu Nasr Forobiy 873 yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan
Forob (O‘tror) shahrida tug‘ilgan. U avval ona shahrida, so‘ngra Samarqand, Buxoro
va Bag‘dodda bilim olgan. Umrining oxirida Xalab va Damashq shaharlarida
yashagan, 950 yilda vafot etgan. Forobiy riyoziyot, fa- lakiyot, tabobat, musiqa,
mantiq, falsafa, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ijod etgan. U 160 dan ortiq asar
yozib, o‘rta asr fan va madaniyatiga ulkan hissa qo‘shdi. Bular orasida <Aristotel
(Arastu)ning «Metofizika» asari maqsad-lari haqida», «Musiqa kitobi», «Baxt-
saodatga erishuv haqida», «Tirik mavjudot a'zolari haqida», «Siyosati al-madaniya»
(«Shaharlar ustida siyosat yurgizish») va boshqa ko‘pgina asarlari bo‘lgan. Forobiy
bilimi, ma'rifati, fikr- mulohazalarining kengligi va mantigining teranligi tufayli
Sharqda Aristotel (Arastu) dan keyingi yirik mutafakkir — «Muallimus-soniy»
(«Ikkinchi muallim») nomi bilan shuhrat topdi. Forobiy ilk o‘rta asr sharoitidaaql va
ilm tantanasi, ma'naviy ozodlik, inson takomili va adolatli jamiyat uchun kurashgan
buyuk siymo edi.
31
Bu davrning ulug‘ mutafakkirlaridan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. U 980
yidda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida dunyoga
keladi. Besh, o‘n yoshlarida maktabda ta'lim oladi. Maktabni bitirgach, ustozi Abu
Abdulloh an-Natiliydan mantiq, falsafa, riyoziyot va fiqh ilmlarini o‘rganadi. O‘n
olti yoshidan boshlab turli fanlar bo‘yicha Sharq va G‘arb olimlarining ilmiy
asarlarini mustaqil o‘rganadi. Ayniqsa u tabobat ilmining qadimgi allomalari
Gippokrat va Golen hamda o‘rta asr Sharqining buyuk hakimi va mutafakkiri Abu
Bakr ar-Roziy (864—925) ning asarlarini puxta o‘rganadi. Ibn Sino o‘n yetti
yoshidayoq e'tiborli hakim va olim bo‘lib yetishadi. U amir Nuh ibn Mansurni
davolab tuzatgach, somoniylarning saroy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat
oladi. Kutubxonada u bir yil davomida turli sohalardagi ilmiy asarlarni mutolaa
qilib, bilimini chuqurlashtiradi.
IX asr oxiri — XI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosondagi murakkab
siyosiy vaziyat oqibatida yuzaga kelgan og‘ir sharoitda Ibn Sino o‘z ona shahri
Buxoroni tark etib, avvalo Xorazmshoh Ma'mun saroyidagi olimlar qatoridan joy
oladi. So‘ngra Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi tufayli Xorazmdan ham chiqib
ketadi. U umrining oxirigacha Obivard, Gurgon, Ray, Kazvin, Isfaxon va Hamadon
shaharla-rida hukmdorlar qo‘l ostida tabiblik va vazirlik qiladi. 1037 yilda
Hamadonda vafot etadi1.
Ibn Sino arab va fors tillarida fanning turli sohalari bo‘yicha 300 dan ortiq
asarlar yozadi. Nazm va nasrda qalam yuritadi. Uning besh jildlik «Al-Qonun fit-
tib», «Kitob ush-shifo», «Donishnoma», «Salamon va Ibsol», «Risolat at- tayr» va
ko‘pgina boshqa asarlari shular jumlasidandir. Uning tabobatga doir asarlarida
kasalliklarning kelib chiqish sabablari va manbalari, diagnostika, muolaja usullari,
dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simliklar xususiyatlari, parhyez, inson salomatligi
uchun jismoniy tarbiyaning ahamiyati kabi tabobatning ko‘pgina g‘oyat muhim
masalalariga alohida e'tibor berilgan. Uning «Al-Qonun fit-tib» asari XII asrdayoq
lotinchaga tarjima qilinib, to XVII asrgacha yevropa tabobatida asosiy qo‘llanma
1 Беруний билан Ибн Синонинг савол-жавоблари. -Т.: Фан, 1950. -14б.
32
sifatida foydalanilgan. O‘rta asrning bu buyuk allomasi Sharqda «Shayxur-rais»,
G‘arbda «Avitsenna» nomlari bilan shuhrat topdi.
Bu davrda Xorazm poytaxti Urganch ham obod va madaniy shahar edi.
Xorazmshoh Abul Abbos Ma'mun ancha bilimli hukmdor bo‘lib, olim, shoir,
san'atkor, naqqosh va musavvirlarga homiylik qilar edi. Urganchda xorazmshohlar
saroyida zamonasining yirik mutafakkirlari Ibn Sino va Beruniydan tashqari,
tarixchi Miskavayx, matematik Abu Nasr Arroq, faylasuf Abu Sahl Masihiy, tabib
Ibn Hammorlar to‘plangan edilar. Bu yerda «Bilimdonlar uyi» — «Ma'mun
akademiyasi» tashkil etilib, u yerda Xorazmshoh homiyligida falsafa, matematika,
tib ilmiga oid masalalar muhokama qilinar edi. Ammo Urganchdagi bu ilmiy muhit
uzoq yashamadi.
Mahmud G‘aznaviyning tazyiqi ostida u tezda tarqalib ketdi. O‘sha zamonda
Urganchda yashab ijod qilgan ulug‘ mutafakkirlardan biri Abu Rayhon Beruniy
(973-1048) edi. U Xorazmda tug‘iddi, dastlab Urganchda ta'lim oldi. Uzoq yillar
Gurgonda yashadi. So‘ngra Xorazmshoh Ma'mun saroyida ijod qildi. 1017 yilda
Mahmud G‘aznaviyning talabi bilan G‘azna shahriga bordi va umrining oxirigacha
shu yerda ijod qildi. Beruniy 1048 yilda G‘aznada vafot etdi. U falakiyot, geografiya,
matematika va tarix fanlari bo‘yicha 154 ta ilmiy asar yozdi. Beruniyning «O‘tmish
avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya» kabi yirik asarlari
shular jumlasidandir. U o‘zining falakiyotga oid asarlarida n Koperniqdan qariyb 5
asr muqaddam yerning quyosh atrofida aylanishi haqidagi fikrni o‘rta asrlarda
birinchi bo‘lib ilgari surdi. yerning dumaloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U
dunyoning geografik xaritasini tuzdi.
Beruniyning fan olamida shuhrat qozontirgan katta asarlari «Hindiston» hamda
«O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar» nomli kitoblaridir. Ulardan birinchisida
u Hindistonning geografiyasi, aholisining mifologik tasavvurlari haqida ma'lumot
beradi. Ikkinchi kitobida esa yunonlar, rumoliklar, sug‘dlar, xorazmliklar, nasorolar,
yahudiylar, arablarning islomgacha bo‘lgan urf-odatlari, diniy e'tiqodlari, matematik
va geografik tushunchalari to‘g‘risida qimmatli tarixiy ma'lumotlarni bayon qiladi.
Beruniyning ilmiy va falsafiy merosi, shubhasiz, jahon fani va madaniyati
33
xazinasiga qo‘shilgan katta hissa bo‘ldi. IX-XI asrlarning qomusiy olimlaridan
ikkinchisi Abu Abdulloh al- Xorazmiy edi. Xorazmlik bu olimning hayoti haqida
juda oz ma'lumot bizgacha yetib kelgan, hatto uning na tavallud topgan, na vafot
etgan sanasi ma'lum. Olimning to‘liq ismi Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Yusuf al-
Xorazmiydir. Uning yoshligi Xiva, Zamahshar va kindik qoni to‘kilgan Kat shahrida
o‘tgan. Bu shaharda Abu Abdulloh al-Xorazmiy yashadi, savod chiqardi va fanning
turli sohalari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ddi. Ma'lum bir vaqt u Xurosonda istiqomat
qiladi. Nishopur shahrida kotiblik, Somoniylar davlati poytaxti Buxoroda Nuh ibn
Mansur (976- 997) saroyida hatto vazirlik lavozimida faoliyat ko‘rsata-i. Saroydagi
hayot unga Buxoro shahridagi nihoyatda boy amir kutubxonasidan foydalanish
imkonini beradi.
Abu Abdulloh Xorazmiydan bizgacha arab tilida yozilgan yagona asar —
«Mafotih ul-ulum» («Fanlar kalitlari») yetib kelgan. Bu kitob fanlarning rivoji tarixi
va ularnint tasnifiga bashshlangan. Unda o‘rta asrlardagi fanlar borasida ma'lumotlar
qomusiy uslubda berilgan. Aruz, arifmetika, geometriya, kimyo kabi fanlarning
asoslari bayon etilgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy o‘z asarida aniq fanlar to‘g‘risida
tushunchalar beribgina qolmay, balki ularning taraqqiyot darajasini ham aniqlagan.
Uning bu asari o‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda aniq fanlarning rivojida muhim o‘rin
tutgan.
Bu davrda Xorazm diyorida yetishib chiqqan buyuk allomalardan yana biri
Mahmud Zamahshariydir. Uning to‘liq ismi Abul Qosim Mahmud ibn Umar az-
Zamahshariy bo‘lib, u 1074 yidda Xorazmning Zamahshar qasabasida dunyoga
keldi. Dastlab bilimni u avval otasidan oladi, so‘ngra madrasada tahsil ko‘radi.
Ilmga bo‘lgan chanqoqlik uni Buxoro, Marv, Nishopur, Isfaxon, Shom, Bag‘dod,
Hijoz va Makkada hayot kechirib kelgan arab tili grammatikasi va lug‘ati, arab
qabilalarining lahjalari, maqollari, urf-odatlarini chuqur o‘rganishiga sabab bo‘ladi.
Mintaqa geografiyasiga doir ma'lumotlar to‘playdi.
Mahmud Zamahshariy arab tili grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz
ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis vafiqh ilmiga oid 50 dan ortiq asarlar yozib qoldiradi.
Ayniqsa uning arab tili fonetikasi va morfologiyasiga bag‘ishlangan «Al-Mufassal»,
34
Xorazmshoh Otsizga bag‘ishlangan «Muqaddimat ul-adab», «Kitob al-Jibol va-
lamkina val-miyoh» («Tog‘lar, joylar va suvlar haqidagi kitob») kabi asarlari
nihoyatda ahamiyatlidir. Uning «Asos al-balog‘a» («Notiqlik asoslari»), «Al-Kustos
fil-aruz» («Aruzda o‘lchov (mezon)») asarlari qimmatli manbalardan hisoblanadi.
Az-Zamahshariyning Qur'on tafsiriga oid «Al- Kashshof» asari musulmon olamida
ayniqsa mashhurdir. Qohiradagi dunyoga dong‘i ketgan Al-Azxar diniy
dorulfunining talabalari «Al-Kashshof» asosida Qur'oni Karimni o‘rganadilar.
XII asrda fiqh ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk allomaning to‘liq
ismi Abul Hasan Ali ibn Abu Bakr ibn Abdul Jalil ar-Rishtoniy al- Marg‘inoniydir.
U1118 yil-da Farg‘ona vodiysining Rishton qasabasida tavallud topdi, 1197 yili
vafot etdi. U yoshligidayoq Rishton, Marg‘inon, Samarqand, Buxoro hamda
Movarounnahrning boshqa shaharlarida Qur'on, hadis ilmlarini mukammal egallab,
islom huquqshunoslish borasida yuksak yutuqlarga erishgan. X-XII asrlarda
Movarounnahrda tarix va geografiyaga qiziqish ortib, bu ilmlarga e'tibor kuchayadi.
Chunki bu davrda mahalliy aholining ma'naviy hayotida o‘z ona tili va unda
yozilgan tarixiy va adabiy asarlarga bo‘lgan ehtiyoj ham tobora ortib bormoqsa edi.
Ayni shu davrda Gardiziyning «Zaynulaxbor» («Xabarlar ko‘rki»), Bayxaqiyning
30 jildlik tarixiy asari, Majiduddin Adnoniyning «Tari-xiy mulki Turkiston»,
Muhammad Narshaxiyning «Tarixi Buxoro» kabi asarlari fors tiliga tarjima qilinadi.
Bu davrda Movarounnahr, Shosh, Fargona, yettisuv va Sharqiy Turkistonda
turkiy xalqyaarning qadimdan davom etib kelayotgan og‘zaki adabiyoti yuzaga
keladi. Qator didaktik poemalari bitiladi. Ammo ularning juda oz nusxalarigina
bizgacha saqlangan. Ulardan eng nodiri Yusuf Xos Hojib Bolasog‘uniyning
«Kutadg‘u bilik» («Saodatga boshlovchi asar») nomli asaridir. Asarda mavzular
qamrovi juda keng. Ularda inson va uning ijtimoiy mohiyati, hayotidagi o‘rni va
vazifasi har tomonlama tahlil qilinadi. «Qutadg‘u bilik»da oddiy xalq, mehnatkash
inson alohida ehtirom bilan tasvirlanadi. Yusuf Xos Hojib ayniqsa dehqonlar,
chorvadorlar, hunarmand va savdogarlarni iliq mehr bilan tilga oladi. Dehqonlarni u
hammadan ham yuqori qo‘yadi. Turli tabaqalar bilan hokimiyatning qanday
munosabatda bo‘lishi kerakligini uqtiradi. Dehqonlar «zarur kishilardir... bular bilan
35
sen aloqada bo‘l va aralashgin.... hammajonliylarga ulardan oziq yetadi, hamma o‘z
yeyim-ichimini ulardan oladi»1, deb ta'kidlanadi kitobda.
IX-XII asrlarda Movarounnahr va Xorazmda me'morchilik va san'at yangi
taraqkiyot bosqichiga ko‘chdi. Avvalambor, o‘rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy
tuzumi va bu davrda to‘la g‘alaba qozongan islom dini mafkurasi madaniy hayotning
bu sohasiga ham kuchli ta'sir qildi. Uning tashqi qiyofasi va mazmuni tubdan
o‘zgardi. Qolaversa, mamlakatning iqtisodiy qo‘tarilishi natijasida uning yangi
yo‘nalishda ravnaq topishi uchun qulay sharoit yuzaga keldi. VIII asrda yuz bergan
tushkunlikdan keyin shaharlar kengayib, obodonlashadi. Asrlar davomida
to‘plangan va avloddan-avlodga ananaviy ravishda o‘gib, tobora boyib kelgan
me'morchilik yuqori darajada rivojlanadi.
Shaharlarda hashamatli binolar qad ko‘taradi. Binokorlikda xom g‘isht va
paxsa bilan bir qatorda, pishiq g‘isht va turli xil ganch hamda ohakli qurilish
qorishmalari keng ishlatilib, binolarning shakli ham, ko‘rinishi ham ko‘rkamlashadi.
Baland peshtoqli yoki chortoqpi, tomi gumbazli hashamatli binolar hamda o‘ymakor
g‘ishtlardan qurilgan qo‘rkam minoralar har bir shaharning ko‘rki bo‘lib, uning
husniga husn qo‘shar va manzarasini bezab turar edi. Samarqand, Buxoro, Urganch,
Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko‘plab saroy, masjid, madrasa,
minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi
Ismoil Somoniy, Zirabuloq yaqinida -Tim qishlog‘idagi Arabota, Karmanadagi
Mirsaid Bahrom maqbaralari, Buxorodagi namozgoh, Minorai Kalon, Vobkent va
Jarqo‘rg‘on minoralari va boshqa ko‘pgina binolar o‘sha davr me'morchiligining
namunalaridandir. Bu yodgorliklar X-XII asrlarda Movarounnahrda o‘ziga xos
me'morchilikning g‘oyat rivoj topganligidan dalolat beradi.
Bu davrda monumental me'moriy binolardan tashqari, yo‘nilgan tosh, pishiq
g‘isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv
omborlari - bandlar, novalar, ko‘priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Qizig‘i
shundaki, bunday inshootlarning o‘lchamlari matematik jihatdan yuyat puxta
1 Уватов У. Донолардан сабоклар. -Т.: А.Кoдирий, 1994
36
ishlangan. Shunga qaraganda, mahalliy gidrotexniklar bunday suv inshootlarini
qurishda o‘sha davrda rivoj topgan handasa va riyoziyot ilmlari hamda asriy
mirobchilik muhandisligi tajribalaridan keng foydalanganlar.
Masalan, X asr Nurota tog‘ tizmalarining Pasttog‘ darasi to‘silib, barpo etilgan
Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to‘plangan. To‘g‘ on granit
toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Xonbandining matematika
yechimlaridan ma'lum bo‘lishicha, uni bino qilishda X asr muhandislari hovuzga
to‘planadigan suvning vertikal hamda ag‘daruvchi kuchlarigina emas, balki bu
hududlarda tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga
olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan
suvning bosim kuchi to‘g‘risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb VII asr
muqaddam movarounnahrlik muhandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi1.
IX asrdan boshlab binokorliqsa sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch
va qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib, ustunlariyu sarrovlari va
to‘sinlarigacha yog‘ochlarni payvandlash uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom
g‘isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish uslubi
hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar
xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiqlaridan ma'lum bo‘lishicha, X—XI
asrlarda ham paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan imoratlar shahar me'morchiligida
asosiy o‘rinni tutgan. Xona, yo‘lak, ayvon va hovlilardan iborat bunday turarjoylar
va saroylar odatda mustahkam qalin paxsa devor bilan o‘ralib suvalgan, xona
devorlari ganchkori naqshli panellar bilan bezatilgan. Turarjoy sahni ko‘pincha
naqshli qilib to‘shalgan pishiq g‘yshtlar bilan qoplanar edi87.
IX—XII asrlarda me'morchilik bilan birga naqqoshlik va o‘ymakorlik san'ati
ham ancha rivoj topadi. Imoratni o‘ymakor ustun va to‘sinlar, devorlarini bo‘yoqli
yoki ganchkorli naqshlar bilan bezash keng ta rqaladi. Bu davrga kelib naqqoshlik
va tasviriy san'at o‘zgacha tus oladi. Endiliqsa jonli mavjudotlarni tasvirlashdan
murakkab geometrik va islimiy gulli naqshlar ishlashga o‘tiladi. Islom dini
1 Мухаммаджонов А. Узбекистоннинг кадимги гидротехника иншоотлари. Т.: Узбекистон, 1997, -32б.
37
mafkurasiga asosan, garchi tirik jonzodlarni tasvirlash majusiylik va butparastlik
deb qagiy man qilinganiga qaramay, xalq san'atining bu sohadagi asriy an'analari
butunlay yo‘qolib ketmaydi. Bu davrda yog‘och, ganch va sopoldan turli
jonzodlarning haykalchalarini yasash va ularning tasvirlarini sirli sopol buyumlariga
tushirish keng tarqaladi.
Naqqoshlik san'atining taraqqiyoti o‘z navbatida kulolchilik, misgarlik va
zargarlikning ravnaqiga yordam beradi. Samarqand, Buxoro, Toshkent va boshqa
shaharlar kulolchilik, misgarlik va zargarlik rivoj topgan markazga aylanadi. IX—
XII asrlarda ayniqsa sirli sopol buyumlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yiladi.
Rango-rang sopol idishlarga nimsariq, ko‘kimtir, yashil, qizil, jigarrang va qora
bo‘yoqli naqshlar tortilib, sirti yupqa sir bilan qoplangan. Idish-tovoqlarni epigrafik
naqsh — arabcha «xatti kufiy»da bitilgan maqollar, hikmatli so‘z va tilaklar bilan
bezash katta o‘rin tutgan. Bunday sopol buyumlar nihoyatda sifatli bo‘lib, chet
mamlakatlarga ham olib chiqilgan.
Bu davrda xattotlik xalq san'atining muhim va keng tarqalgan sohalaridan biri
edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi, qo‘lyozma kitoblardan nusxalar xattotlar
tomonidan faqat qo‘lda ko‘chirilishi tufayli xattotlik san'ati ancha rivoj topadi. Turli
uslubda husnixat bilan bitilgan xattotlik namunalari me'moriy naqshlarda ham
hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida ishlatiladi. Odatda,
imoratlarning peshtoqi, eshigi va devorlarining ayrim qismlari turli mazmundagi
bitiklar bilan qoplanar edi. Shu jumladan, masjid, xonaqoh va madrasalarga ayrim
oyatlar, saroylarga turli madhiyalar, oddiy bino va buyumlarga esa hikmatli so‘zlar
bitilar edi. Shuningdek, imoratning qurilgan yili, binokor ustaning ismini yozish ham
odatga aylangan. Bu odat, shubhasiz, kulolchilik, misgarlik va zargarlik
buyumlarida ham namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, IX—XII asr me'morchiligi va
unda ishlangan me'moriy naqsh uslublari o‘z navbatida mexnatkash aholining did-
nafosat va binokorlik g‘oyalari bilan chambarchas bog‘langan xalq me'mor-
bannolarining sermazmun ijodini namoyish etadi1.
1 Муродоа А. Урта Осиё хаттотлик санъатининг тарихи. Т.: Фан, 1971, -28б.
38
IX—XII asrlarda musiqa san'ati xam g‘oyat taraqqiy qiladi. Bayramlar, to‘ylar,
xalq sayillari va boshqa marosimlar, shubhasiz, kuy va qo‘shiqsiz o‘tmas edi.
Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» kitobida keltirilgan ma'lumotlarga
qaraganda, xalq orasida ayniqsa qo‘shiq janri keng tarqalgan. Bu davrda sozandalar
rud, tanbur, qo‘buz, rubob, nay, surnay, karnay, qo‘shnay, tabl, barbat, daf, ko‘s,
taburok, zir, chag‘ona, shaynur, arg‘unun va qonun kabi g‘oyat xilma-xil torli, zarbli
va puflab chalinadigan cholg‘u asboblaridan keng foydalanganlar.
Bu davrda hatto yangi sozlar ixtiro etilgan. Masalan, Rudakiyning zamondoshi
Abu Hifz Sug‘diy nayga monand «shohrud» nomli torli asbob yaratgan edi.
Manbalarda Abu Bakr Rubobiy, Bunasr, Buamir, changchi Lo‘kariy kabi sozandalar
hamda hofizlarning nomlari saq-lanib qolgan. Rudakiy rud va tanbur kabi sozlarni
yaxshigina chaladigan sozanda va xushovoz hofiz bo‘lgan, uning mashhur «Bo‘yi
jo‘yi Mo‘liyon» she'ri ushshoq kuyida aytilib, nihoyatda shuhrat qozongan.
Rudakiyning zamondoshlaridan shoir Abu Tayib Tohir «Xusravoniy» kuyini ijod
qilgan edi.
Bu davrda xalq kuylari asosida keyinchalik tojik va o‘zbek xalqlarining klassik
kuyi «Shashmaqom» uchun poy devor bo‘lgan «Rost», «Xusravoniy», «Boda»,
«Ushshoq», «Zerafkanda», «Buslik», «Sipohon», «Navo», «Basta», «Tarona» kabi
yangi-yangi quylar ijod etiladi. Bu soz va kuylarning ko‘pi o‘zbek va qardosh
xalkdarning madaniy merosi tarzida hozirgi kungacha sakdanib kelmoqsa. Musiqa
san'ati, shubhasiz, poeziya hamda musiqashunoslik ilmi bilan uzviy bog‘langan
holda taraqqiy etadi. Forobiy va Abu Ali ibn Sino kabi ulug‘ olimlar musiqa va
musiqashunoslikka katta e'tibor beradilar va nodir asarlar yaratadilar.
Somoniylar davrida mamlakat ma’naviy xayotining asosi islom mafkurasi edi.
Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda
islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish
uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va utning imlosi joriy etildi. Movarounnahrda
ko’p o’tmay hatto ona tilidan ko’ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar
39
paydo bo’ldi1.. Mahalliy bilimdonlar o’z vatanida quvg’in ostiga olinib, kupgina
tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari Damashq, Kohira, Bog’dod, Kufa va
Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo’ladilar. Davlatni
boshharishda abbosiylar ma’muriyati ko’plab bilimdon siymolarga muhtoj edi,
chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli bo’lgan bilimdonlar hali oz,
borlari ham zaif edi.
Eng mashhur madaniyat markazi shu davrda Bag’dod shahri edi. Bag’dodda
«Bayt ul hikma» (donishmaidlar uyi) tashkil etilgan edi. “Baytul xikma”da Ahmad
Farg’oniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad ibi Abdulloh Marvaziylar
ta’lim olganlar. IX-X asrlarda O’rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi2. Uning
ildizlari O’rta Osiyo, ayniq, Xorazm, shuningdek Bobil, Eron, Hindostonning antik
dunyosiga va kadimgi madaniyatiga borib taqalar edi. IX-XII asrlarda arab tilida
asarlar yozgan eng mashhur olimlar Ahmad Farg’oniy, Muhammad ibn Muso
Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abusalx
Masihiy, Abulhayr Xammar, Abunosir Arron va boshqalar edi.Sharq dunyosining
buyuk daho olimi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino
Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida tug'il-gan. Uning otasi Abdulloh asli
Balxdan bo'lib, Ibn Sino besh yoshga to'l-ganda oilasi bilan Buxoroga ko'chib keladi.
Turk yozuvchisi Ibrohim Ogoh Chubukchining ma'lumotiga qaraganda, asli turk
oilasidan bo'lgan ibn Sinoning otasi nihoyatda o'qimishli kishi edi. U «Ihvon as-
Safo» risolalarini va Ismoiliya mazhabining dunyoqarashlarini sevardi.
Xorazm madaniyati xorazmlik ulug’ olim Abu Rayhon Beruniyning nomi
bugan bog’langan. Abu Rayhon Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo’lib,
«O’tmish avlodlardan qolgan yodgorlmklar», «Hindiston», «Meteorologiya» kabi
yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi
bilgan qomusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix
fanlarga katga hissa qushdi.
1 Равшанов Поён. Ватан тарихидан Турон VII-IX асрларда. Қарши, “Насаф” 2003., B-39
2 Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихиТ., Фан, 1992, B-102
40
Bu davr O’rta Osiyoda me’morchilik san’ati ham gurkirab rivojlandi. Buxoroda
Dehgaron, Masjidi kalon, Namozgoh, Maqoki Attoriy masjidlari, Surxondaryodagi
Jarqo’ton minorasi, Ko’hna Urganchda Faxriddin Roziy maqbarasi, Marvdagi
Sulton Sanjar maqbarasi, Talxojanbobo masjidi va boshqa yodgorliklar
me’morchilik san’atining yorqin namunalari hisoblanadi.
41
Xulosa
O‘zbek xalqi davlatchiligi taraqqiyotida Somoniylar sulolasining hukmronligi
katta ahamiyat kasb etadi. Arablarga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida 1X
asrning ikkinchi yarmidan boshlab Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil
topdi. Bunday davlatlarning eng kattasi Somoniylar davlati edi. U Movarounnahr va
Xurosondan Ray va Kavzingacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan.
Ismoil ibn Ahmad (892-907) davrida mazkur sulolaning ko‘zga ko‘ringan
namoyandalari, Somoniylar markaziy davlat apparatini mustahkamlashdan
manfaatdor bo‘lgan feodal zodagonlar, din peshvolari, barcha badavlat dehqon
tabaqalarining qo‘llab-quvvatlashlari bilan xorijiylarning yetakchilaridan Amir
Husaynni ag‘darib tashlashga, Buxoroning Barnod va Romiton tumanlarida
boshlangan dehqonlar harakatini bostirishga hamda teskarichi boyonlarni davlat
ishlaridan chetlashtirib tashlashga muvaffaq bo‘ldilar. 893 yili qadimiy
Usrushonaning mahalliy hokimiyatini ag‘darib tashladilar hamda iqtisodiy va
siyosiy jihatdan ahamiyatga molik bo‘lgan bu hududni o‘z tasarruflariga olishga
muvaffaq bo‘ldilar. Turk-qorluqlarning Sirdaryo bo‘yidagi yerlarga qilib turgan
bosqinini to‘xtatib, Tarozni bosib oldilar (893) hamda u yerdagi aholini musulmon
diniga kirgizdilar. Abbosiylar xalifaligi davrida bir butun bo‘lgan mazkur shahar va
viloyatlar X asrning biriichi choragida undan ajralib chiqdi. Bu bo‘linish to 935
yillargacha davom etdi. Natijada Mesopotamiya hamdoniylar (905-1004), Misr
bilan Suriya ixshidiylar (935-969) qul ostiga, G‘arbiy Eron buvayxiylarga,
Tabariston bilan Gurgon mahalliy daylimiylar sulolasi bo‘lmish ziyoriylarga,
Movarounnahr bilan Xuroson somoniylar qo‘liga utib qoldi.
Tarixchilar o‘xshatib aytganlaridek, xalifaga Bag‘dod bilan Vaviloniyaning
bir qismigina qoldi, xulos. To‘g‘ri, maxalliy hukmdorlar (mulk at-tavoif) hali ham
xalifa hokimiyatini tan olar, uning nomini xutbaga qo‘shib uqitar, tangalarda uning
nomini o‘z nomlari bilan bir qatorda zarb etar, vaqt-vaqti bilan xalifaga hadyalar
42
yuborib turar edilar. Ammo ular Bardodga shunchaki qaram edilar, xolos. Xalifa
nomigagina davlat boshlig‘i bo‘lib, hyech kanday real hokimiyatga ega emas edi.
Somoniylar Movarounnaxr va Xurosonda mustakil davlat tuzish uchun avvalambor,
kuchli markazlashgan xokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa
Ismoil Somoniy xukmronligi davrida kunning dolzarb masalasiga aylandi. Chunki
Ismoil Somoniy Movarounnaxr va Xurosonni birlashtirishga va yagona
markazlashgan davlat tuzishga muvaffak buldi. Endi bu davlatni idora kilish lozim
edi.
Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eroni va Arab
xalifaligida kabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga karab
mukammallashtirdi. Xokimiyatning eng yuqori pogonasida somoniylar turib, ular
amir unvoni bilan idora qilganlar. Davlat majmuini mustaxkamlashda, Nasr II
Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abuabdullo Muxammad Jayxoniy va Abufazl
Muxammad Balamiylarning xizmatlari katta bulgan. Umuman, Somoniylar
xukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari
tayinlanganlar. Umuman somoniylar davrida Xuroson va Movarounnaxr qishloq
xujaligini turli tarmoklari xususan, dexonchilik yaxshi rivojlangan. Somoniylar
davrida dexkonchilik bilan bir katorda xunarmandchilik xam keng sur'atlar bilan
taraqqiy qildi.
Shaxar axolisining ko’p kismi xunarmandchilikning turli soxalari bilan
mashg’ul bo’lishgan. Manbalarda qayd qilinishicha Movarounnahrda, ayniqsa,
to’qimachilik yaxshi taraqqiy qilgan. Bu yerda ipak va jundan tayyorlangan turli-
tuman gazlamalar o’zining yuqori sifatliligi, bejirim va nafis naqshlari bilan ajralib
turgan. Buxoroning Zandana, Samarqanddagi Vedar va Surxon daryodagi Darzangi
tukimachilarining maxsulotlari faqatgina Movarounnaxr va Xurosondagina emas,
balki Iroq, Eron va Hindistonlarda xam ma'lum bulgan. Xususan, Narshaxiyning
yozishicha, Zandanada tayyorlangan gazlamalarga Shark bozorida extiyoj juda katta
bulgan. Ibn Xavkal va Mukaddasiyning qayd etishicha Vedarda tayyorlangan yuqori
sifatli gazlamalar axolining yuqori tabakalari orasida juda kadrlangan. Bu
gazlamalardan asosan amirlar, vazirlar, turli amaldorlar, qozilar uzlariga liboslar
43
tiktirganlar. Vedar gazlamasi xatto Xuroson parchasi xam deb atalgan.
Gazlamalarning turli navlari bundan tashkari Keshda, Nasafda, Binketda,
Dabusiyada va ko’pgina boshka shaxarlarda xam tayyorlangan. Somoniylar davrida
kuchli va mustakil davlatning paydo bulishi dexonchilik, xunarmandchilikning
rivojlanishi, shaxarlarning taraqqiyoti uz navbatida ichki va tashki savdoni yanada
uzviylashuviga va taraqqiyotiga olib keldi. Avvalo shaxar va qishloqlar o’rtasidagi
savdo kengaydi. Ikkinchi tomondan shaxar va qishloqlarni kuchmanchi xalklar va
boshka davlatlar bilan alokasi rivojlandi.
Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy rivojlanishida ham Somoniylar davlati (1X-X asrlar) katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu davr ilmfan va ma'rifatning rivojlangan davri bo‘ldi
hamda Al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Imom at-
Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband kabi ulug‘ mutafakkir olimlar
va allomalar yetishib chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.
Somoniylar davlatida IX asrning oxirlarida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy
sohalarda muhim o‘zgarishlar yuz bergani va bir necha yillar davomida tinch siyosat
va sharoitlar hukmron bo‘lib turgani Movarounnahrning asosiy ilmiy markazlaridan
hisoblangan Buxoro va Samarqand shahrida ilmiy jarayonlarning jonlanishiga
zamin yaratdi. Samarqandning buyuk ipak yo‘lida joylashgani tijorat, san'at va ilm
markazlaridan biriga aylanishiga sabab bo‘lgan. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki,
somoniylar davrida Samarqandda nafaqat islom dinining, balki boshqa dinlarning
ham ta'lim markazlari faoliyat olib borgan. Mazkur tadqiqot ishida qariyb bir yarim
asr davomida Movarounnahrda mustahkam imperiya sifatida hukmronlik qilgan
somoniylar davridagi shu barqarorlik tarixi haqida ma'lumot berishga harakat
qildim.
44
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ, -Т.: Шарқ, 1998.
2. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T.: Sharq, 2000.
3. Abu Bakr ibn Jafar Narshaxiy. Buxoro tarixi. T. “Kamalak” 1995
4. Abu Jafar Muhammad at-Tabariy. Istoriya at-Tabariy. T. “Fan” 1987
5. Abulqosim Firdavsiy. Shohnoma. Uch jildlik. T.: G‘afur G‘ulom nashriyoti,
1984.
6. Karim Shoniyozov. “O’zbek xalqining shakllanish jarayoni”. T., “Sharq”,
2001,
7. Axmedov B. O‘zbekiston tarixi manbalari. T., «O‘qituvchi», 2001.
8. Buryakov Yu.F., Gritsina A. Maverannaxr na Velikom shelkovom puti.
Samarqand-Bishkek, 2006.
9. A.S. Sagdullayev – O’zbekiston tarixi. Birinchi kitob., Toshkent.,
“Donishmand ziyosi”., 2021
10. Vamberi Xerman. Buxoro yoki Movarounnahr tarixi. T.: 1990.
11. Rtveladze E.V., Saidov A.X., Abdullaev E.V. Qadimgi O‘zbekiston
sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. T.: “Adolat”, 2001.
12. Sagdullaev A.S., Mavlonov O‘- O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi. – T.:
Akademiya, 2006.
13. Eshov B.J. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – T.: Yangi
asr avlodi, 2012.
14. Shamsutdinov. R, Karimov. Sh, Ubaydullayev. O’ – Vatan tarixi. I – kitob.
Toshkent, “Sharq”., 2010.
15. Sultonov. F, Bozorboyev. F – O’rta asrlar tarixi., Toshkent., 2007.
16. Негматов Н. Государство Саманидов, Душанбе.: Дониш, 1997
17. Ahmadali Asqarov. “O’zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi”.T.,
“Universitet”, 2007
45
18. Равшанов Поён. Ватан тарихидан Турон VII-IX асрларда. Қарши,
“Насаф” 2003