Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im! (BOSHLANG'ICH TA'LIM TADBIR)

Yuklangan vaqt

2024-03-30

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

19,6 KB


Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im! 
 
 
  (Sahna bayram mavzusiga mos ravishda bezatilgan. Mavzuga oid lozunglar ilingan. 
O‘quvchilar va o‘qituvchi bayramona kayfiyatda) 
  O‘quvchilar harbiy Maratning “Hilpira bayrog‘im” musiqa sadosi ostida qo‘llarida 
bayroqchalar ko‘tarib kirib kelishadi. 
O‘qituvchi tadbirga kelgan mehmonlarni tabriklab, tadbirni boshlashga ruxsat beradi. 
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ustozlar va murabbiylar. Milliy faxrimiz 
va g’ururimiz bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan 
o‘tkazilayotgantadbirimizga xush kelibsiz! 
2-boshlovchi: - Vatanning ramzlari ko‘p. yurt deganda har bir insonning ko‘z oldiga turli 
manzaralar namoyon bo‘ladi. 
3-boshlovchi: - Kimdir ona qishlog‘ini eslaydi, yana kimningdir yodiga ulug‘vor tog‘lar-u 
gavjum shaharlar tushadi. 
1-boshlovchi: - Vatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir 
davlatning o‘zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bu  
Hamma: BAYROG‘IMIZDIR 
2-boshlovchi: Bayroq nima? 
Hamma: Yurtim osmonida fusunkor bezak. 
3-boshlovchi: Bayroq nima?  
Hamma: Istiqlolim belgisi, iftixorim! 
1-boshlovchi: Bayroq nima? 
Hamma: Millatimning yashayotgan udumlari! 
2-boshlovchi: Bayroq nima? 
Hamma: Yo‘lchi yulduz, kuch va adolat timsoli! 
RAQS (Bayroq) 
O‘quvchi: Bayroq tashkilot yoki biror davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bular orasida millat 
uchun eng muhimi, uning mustaqilligini va xalqaro darajadagi hurmatga egaligini bildiruvchi 
bayroq – davlat bayrog‘i. 
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Respublikamiz Oliy Kengashining 
navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan. 
Moviy osmon uzra hilpilla, bayrog‘im! (Sahna bayram mavzusiga mos ravishda bezatilgan. Mavzuga oid lozunglar ilingan. O‘quvchilar va o‘qituvchi bayramona kayfiyatda) O‘quvchilar harbiy Maratning “Hilpira bayrog‘im” musiqa sadosi ostida qo‘llarida bayroqchalar ko‘tarib kirib kelishadi. O‘qituvchi tadbirga kelgan mehmonlarni tabriklab, tadbirni boshlashga ruxsat beradi. 1-boshlovchi: - Assalomu alaykum aziz mehmonlar, ustozlar va murabbiylar. Milliy faxrimiz va g’ururimiz bo‘lgan davlat bayrog‘i qabul qilingan sana munosabati bilan o‘tkazilayotgantadbirimizga xush kelibsiz! 2-boshlovchi: - Vatanning ramzlari ko‘p. yurt deganda har bir insonning ko‘z oldiga turli manzaralar namoyon bo‘ladi. 3-boshlovchi: - Kimdir ona qishlog‘ini eslaydi, yana kimningdir yodiga ulug‘vor tog‘lar-u gavjum shaharlar tushadi. 1-boshlovchi: - Vatanning umuminsoniyat qabul qilgan shunday ramzlari borki, u har bir davlatning o‘zligini anglatadi. Shulardan biri va eng muhimi bu Hamma: BAYROG‘IMIZDIR 2-boshlovchi: Bayroq nima? Hamma: Yurtim osmonida fusunkor bezak. 3-boshlovchi: Bayroq nima? Hamma: Istiqlolim belgisi, iftixorim! 1-boshlovchi: Bayroq nima? Hamma: Millatimning yashayotgan udumlari! 2-boshlovchi: Bayroq nima? Hamma: Yo‘lchi yulduz, kuch va adolat timsoli! RAQS (Bayroq) O‘quvchi: Bayroq tashkilot yoki biror davlatga tegishli bo‘lishi mumkin. Bular orasida millat uchun eng muhimi, uning mustaqilligini va xalqaro darajadagi hurmatga egaligini bildiruvchi bayroq – davlat bayrog‘i. O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Respublikamiz Oliy Kengashining navbatdan tashqari VII sessiyasida 1991-yil 18-noyabrda tasdiqlangan. O‘quvchi: 
Va 
shu 
kuni 
Birinchi 
Prezidentimiz 
Islom 
Karimov 
“O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. 
O‘quvchi: ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, uning 3- moddasida shunday deyiladi: 
O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlada 
O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi. 
O‘quvchi: 4-moddada esa “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – bayroqning 
butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli to‘rtburchak 
shaklidagi matodir”, deyiladi. 
O‘quvchi: 7-moddada ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 
bilan bir qatorda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda , 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik 
protocol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi”. 
O‘quvchi: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va xalqaro 
tashkilotlar bayroqlaribilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega 
bo‘lishi kerak” 
O‘quvchi: Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz 
uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lgan. 
O‘quvchi:  
                 O, mening muqaddas bayrog‘im, 
Ko‘nglimning, baxtimning qayrog‘i. 
Tinmagay mavjlanib tursang sen, 
Yuragim – bulbulim sayrog‘im. 
O‘quvchi:  
                  Sendagi moviylik – tiriklik, 
Ko‘klarday, suvlarday tiniqlik. 
So‘nmagay mavjlanib tursang sen, 
Ortgaydir qalbimda yiriklik. 
O‘quvchi:  
Oq ranging – niyatim oqligi, 
Qutlashda quyoshday toqligi. 
Bilingay mavjlanib tursang sen, 
O‘ylarim, xayolim pokligi. 
O‘quvchi:  
Bayrog‘im sendagi yashillik –  
Ko‘karish, yuksalish, yaxshilik. 
Ko‘ringay, mavjlanib tursang sen, 
Ishlashim ter bosib tikka-tik. 
O‘quvchi: 
Sendagi chziqlar qizil – ol –  
Hayotiy kuchimga bir misol. 
Hilpirab, mavjlanib tursang sen, 
Bor bashar anglagay bemalol. 
O‘quvchi:  
Ustingda porlagan yarimoy, 
O‘quvchi: Va shu kuni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi. O‘quvchi: ushbu qonun 13 moddadan iborat bo‘lib, uning 3- moddasida shunday deyiladi: O‘quvchi: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlada O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi. O‘quvchi: 4-moddada esa “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i – bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli to‘rtburchak shaklidagi matodir”, deyiladi. O‘quvchi: 7-moddada ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i bilan bir qatorda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlari ko‘tarilganda , O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqaro huquq normalariga va diplomatik protocol qoidalariga muvofiq ko‘tariladi”. O‘quvchi: “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bayroqlaribilan bir xil balandlikda joylashtirilishi hamda bir xil o‘lchamga ega bo‘lishi kerak” O‘quvchi: Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat va g‘alaba timsoli bo‘lgan. O‘quvchi: O, mening muqaddas bayrog‘im, Ko‘nglimning, baxtimning qayrog‘i. Tinmagay mavjlanib tursang sen, Yuragim – bulbulim sayrog‘im. O‘quvchi: Sendagi moviylik – tiriklik, Ko‘klarday, suvlarday tiniqlik. So‘nmagay mavjlanib tursang sen, Ortgaydir qalbimda yiriklik. O‘quvchi: Oq ranging – niyatim oqligi, Qutlashda quyoshday toqligi. Bilingay mavjlanib tursang sen, O‘ylarim, xayolim pokligi. O‘quvchi: Bayrog‘im sendagi yashillik – Ko‘karish, yuksalish, yaxshilik. Ko‘ringay, mavjlanib tursang sen, Ishlashim ter bosib tikka-tik. O‘quvchi: Sendagi chziqlar qizil – ol – Hayotiy kuchimga bir misol. Hilpirab, mavjlanib tursang sen, Bor bashar anglagay bemalol. O‘quvchi: Ustingda porlagan yarimoy, Ko‘rsatar an’anang qanday boy. 
Erkimning ramzidir bu yana, 
Parpirab, hurmatga ochar yo‘l. 
O‘quvchi:  
Sendagi o‘n ikki yulduzda –  
Xalqdagi quyoshli solnoma. 
Beruniy avlodi millatning, 
Kimligin bilmoqqa yodnoma. 
O‘quvchi: 
Yellar-la hilpilla, bayrog‘im, 
Viqor-la silkilla, bayrog‘im! 
Qulama, yiqilma, egilma, 
Olamga qut ula, bayrog‘im! 
          
SAHNAVIY   KO‘RINISH 
O‘qituvchi: - Qani, aziz bolajonlar, bugungi bayram munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i 
tasvirini rangli qog‘ozlar bilan tayyorlangchi. 
(O‘quvchilar rangli qog‘ozlarni tayyorlab, ularni ko‘chma doskaga yopishtirishadi. Har bir 
rangni ilayotganda tilak bildirishadi.) 
O‘qituvchi: Har bir rangni ilayotganlaringizda tilak bildirishingizni taklif qilaman. 
Moviy rang Olamda tinchlik bo‘lsin! 
Qizil rang: Osmonda quyosh kulsin! 
Oq rang:    Yuksak zafarlar quchsin! 
Yashil rang: Buyuk yurt yashnab tursin! 
Oymomo:  
O‘y sursalar o‘ylariga sirdoshman, 
Yo‘l yursalar, yonlarida yo‘ldoshman. 
Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman, 
Vatan nomin olam aro so‘ylayman. 
 
(Bir o‘quvchi yig‘lab turadi) 
O‘qituvchi: - Ha, bolajonim, shunday yaxshi kunlarda sen nega yig‘layapsan? 
O‘quvchi: - Bayrog‘imiz uchun tayyorlagan yulduzchalar yo‘qolib qolibdi. 
O‘qituvchi: - Mayli, sen xafa bo‘lma, bizning “Mitti yulduzchalar” nomli do‘stlarimiz bor, 
hozir ularni chaqiramiz, senga yordam berishadi. 
(12 nafar o‘quvchilar “Tantana” guruhi ijrosidagi “Yulduzchalar” qo‘shig‘i ijro etishadi. 
Ishtirokchilar yasalgan bayoqqa bittadan yulduzcha yopishtirishadi.) 
Raqs (Yulduzchalar) 
O‘quvchi: Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli 
O‘quvchi: Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, 
O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. 
O‘quvchi: Zero, unda ruhiyatimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga 
bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir. 
O‘quvchi: Shu o‘rinda sizlarga yana bir ma’lumotni aytib o‘tsak. 2018-yilda poytaxtimizning 
“Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida 65 metr balandlikdagi O‘zbekiston milliy bayrog‘i o‘rnatildi. 
O‘quvchi:  Bayroqning kattaligi enig 20 metr, uzunligi 10 metrli tashkil qilib, u 
mamlakatimiz hududidagi eng bayland bayroqdir.  
O‘quvchi:  
Ko‘rsatar an’anang qanday boy. Erkimning ramzidir bu yana, Parpirab, hurmatga ochar yo‘l. O‘quvchi: Sendagi o‘n ikki yulduzda – Xalqdagi quyoshli solnoma. Beruniy avlodi millatning, Kimligin bilmoqqa yodnoma. O‘quvchi: Yellar-la hilpilla, bayrog‘im, Viqor-la silkilla, bayrog‘im! Qulama, yiqilma, egilma, Olamga qut ula, bayrog‘im! SAHNAVIY KO‘RINISH O‘qituvchi: - Qani, aziz bolajonlar, bugungi bayram munosabati bilan O‘zbekiston bayrog‘i tasvirini rangli qog‘ozlar bilan tayyorlangchi. (O‘quvchilar rangli qog‘ozlarni tayyorlab, ularni ko‘chma doskaga yopishtirishadi. Har bir rangni ilayotganda tilak bildirishadi.) O‘qituvchi: Har bir rangni ilayotganlaringizda tilak bildirishingizni taklif qilaman. Moviy rang Olamda tinchlik bo‘lsin! Qizil rang: Osmonda quyosh kulsin! Oq rang: Yuksak zafarlar quchsin! Yashil rang: Buyuk yurt yashnab tursin! Oymomo: O‘y sursalar o‘ylariga sirdoshman, Yo‘l yursalar, yonlarida yo‘ldoshman. Tinch tunlarni tinch kunlarga ulayman, Vatan nomin olam aro so‘ylayman. (Bir o‘quvchi yig‘lab turadi) O‘qituvchi: - Ha, bolajonim, shunday yaxshi kunlarda sen nega yig‘layapsan? O‘quvchi: - Bayrog‘imiz uchun tayyorlagan yulduzchalar yo‘qolib qolibdi. O‘qituvchi: - Mayli, sen xafa bo‘lma, bizning “Mitti yulduzchalar” nomli do‘stlarimiz bor, hozir ularni chaqiramiz, senga yordam berishadi. (12 nafar o‘quvchilar “Tantana” guruhi ijrosidagi “Yulduzchalar” qo‘shig‘i ijro etishadi. Ishtirokchilar yasalgan bayoqqa bittadan yulduzcha yopishtirishadi.) Raqs (Yulduzchalar) O‘quvchi: Davlatimiz bayrog‘i – o‘tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli O‘quvchi: Qonunda belgilanganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O‘zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog‘imizni hurmat qilishlari shart. O‘quvchi: Zero, unda ruhiyatimiz, g‘ururimiz va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir. O‘quvchi: Shu o‘rinda sizlarga yana bir ma’lumotni aytib o‘tsak. 2018-yilda poytaxtimizning “Xalqlar do‘stligi” saroyi oldida 65 metr balandlikdagi O‘zbekiston milliy bayrog‘i o‘rnatildi. O‘quvchi: Bayroqning kattaligi enig 20 metr, uzunligi 10 metrli tashkil qilib, u mamlakatimiz hududidagi eng bayland bayroqdir. O‘quvchi: Moviy, oqu yashil rang 
O‘zbekiston bayrog‘i. 
Ko‘zni oladi, qarang –  
Hilpirab turgan chog‘i. 
O‘quvchi:  
Moviy rang  - mangu osmon 
Obihayot ramzidir. 
Ezgulikka posbon 
Chin e’tiqod ramzidir. 
O‘quvchi:  
Oq rangi – beg‘uborlik, 
Poklikni anglatadi. 
Tong nuriday bedorlik, 
Soflikni anglatadi. 
O‘quvchi:  
Yashil rang – yangilanish, 
Tabiatning timsoli, 
Navqironlik, ulg‘ayish, 
Barkamollik misoli. 
O‘quvchi:  
Qizil chiziq – qonimiz, 
Qudratimizdan darak, 
Yarim oy – imonimiz 
Va diyonat mushtarak. 
O‘quvchi:  
O‘n ikki porloq yulduz 
O‘n ikki burj demakdir, 
Ajdodlarga sodiqmiz, 
Dildagi burch, demakdir. 
O‘quvchi:  
Bayrog‘imiz bosh uzra 
Hilpiraydi, porlaydi. 
Bizni ulug‘ ishlarga 
Baxt-iqbolga chorlaydi. 
 
SAHNAVIY KO‘RINISH 
(Davraga sayyoh kirib keladi va o‘quvchilardan bayram haqida so‘raydi) 
Sayyoh: - Hello dear children, whatholiday are you celebrating? 
1-o‘quvchi: - We are celebrating our country’s flag. 
Sayyoh: - How many colours in your flag? 
2-o‘quvchi: - There are four colours in the flag. They are blue, red, green and white. 
Sayyoh: - What do the moon and stars symbolize? 
3-o‘quvchi: - They represent peace and independence. 
Sayyoh: - Thank you. Do you know a poem about flag? 
4- o‘quvchi: - Yes pleasa, listen. 
5-o‘quvchi:  
Blue, white and green 
And has a red tie. 
Moviy, oqu yashil rang O‘zbekiston bayrog‘i. Ko‘zni oladi, qarang – Hilpirab turgan chog‘i. O‘quvchi: Moviy rang - mangu osmon Obihayot ramzidir. Ezgulikka posbon Chin e’tiqod ramzidir. O‘quvchi: Oq rangi – beg‘uborlik, Poklikni anglatadi. Tong nuriday bedorlik, Soflikni anglatadi. O‘quvchi: Yashil rang – yangilanish, Tabiatning timsoli, Navqironlik, ulg‘ayish, Barkamollik misoli. O‘quvchi: Qizil chiziq – qonimiz, Qudratimizdan darak, Yarim oy – imonimiz Va diyonat mushtarak. O‘quvchi: O‘n ikki porloq yulduz O‘n ikki burj demakdir, Ajdodlarga sodiqmiz, Dildagi burch, demakdir. O‘quvchi: Bayrog‘imiz bosh uzra Hilpiraydi, porlaydi. Bizni ulug‘ ishlarga Baxt-iqbolga chorlaydi. SAHNAVIY KO‘RINISH (Davraga sayyoh kirib keladi va o‘quvchilardan bayram haqida so‘raydi) Sayyoh: - Hello dear children, whatholiday are you celebrating? 1-o‘quvchi: - We are celebrating our country’s flag. Sayyoh: - How many colours in your flag? 2-o‘quvchi: - There are four colours in the flag. They are blue, red, green and white. Sayyoh: - What do the moon and stars symbolize? 3-o‘quvchi: - They represent peace and independence. Sayyoh: - Thank you. Do you know a poem about flag? 4- o‘quvchi: - Yes pleasa, listen. 5-o‘quvchi: Blue, white and green And has a red tie. That’s why beautiful, 
The flag of  Uzbekistan 
6-o‘quvchi:  
Hoist my flag, 
Hoist pridly. 
For my free people 
Give freedom. 
Raqs (inglizcha) 
O‘quvchi:   
Moviy, yashil, oq, 
Qo‘limda bayroq, 
Yuguraman shod, 
Vatanda ozod! 
O‘quvchi: 
Shamolda g‘ir-g‘ir, 
Hilpiraydi hur. 
Dilim shoshadi, 
Zavqim toshadi. 
O‘quvchi:   
Ona tabiat 
Va jo‘shqin hayot, 
Musaffo osmon, 
Tomirimda qon. 
O‘quvchi:   
Pok orzularim, 
Jam bo‘lgan bari. 
Boshla mayog‘im –  
Vatan bayrog‘i!   
 
1-boshlovchi:  - Dunyoda millat va elatlar, xalqlar va davlatlar ko‘p, lekin O‘zbekiston bitta. 
Uning bayrog‘i ham yagona. 
2-boshlovchi: - Vatanni, bayrog‘imizni, tinchlik va do‘stlikni milliy qadriyatlarimizniulug‘ 
bilib, vatan uchun xizmat qilishga astoidil bel bog‘laylik. 
3-boshlovchi: - bayrog‘imiz doim moviy osmon uzra hilpillab, viqol-la silkillab tursin! 
1-boshlovchi:  - Bugungi bayramimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat! 
 (O‘zbek istrada yulduzlari ijrosida “Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘i sadosi ostida tadbirga 
yakun yasaladi) 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
That’s why beautiful, The flag of Uzbekistan 6-o‘quvchi: Hoist my flag, Hoist pridly. For my free people Give freedom. Raqs (inglizcha) O‘quvchi: Moviy, yashil, oq, Qo‘limda bayroq, Yuguraman shod, Vatanda ozod! O‘quvchi: Shamolda g‘ir-g‘ir, Hilpiraydi hur. Dilim shoshadi, Zavqim toshadi. O‘quvchi: Ona tabiat Va jo‘shqin hayot, Musaffo osmon, Tomirimda qon. O‘quvchi: Pok orzularim, Jam bo‘lgan bari. Boshla mayog‘im – Vatan bayrog‘i! 1-boshlovchi: - Dunyoda millat va elatlar, xalqlar va davlatlar ko‘p, lekin O‘zbekiston bitta. Uning bayrog‘i ham yagona. 2-boshlovchi: - Vatanni, bayrog‘imizni, tinchlik va do‘stlikni milliy qadriyatlarimizniulug‘ bilib, vatan uchun xizmat qilishga astoidil bel bog‘laylik. 3-boshlovchi: - bayrog‘imiz doim moviy osmon uzra hilpillab, viqol-la silkillab tursin! 1-boshlovchi: - Bugungi bayramimiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiboringiz uchun rahmat! (O‘zbek istrada yulduzlari ijrosida “Qo‘lingda imkon” qo‘shig‘i sadosi ostida tadbirga yakun yasaladi)