MOYLI VA EFIRMOYLI EKINLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

10

File size

Fayl hajmi

24,6 KB


MOYLI VA EFIRMOYLI EKINLAR
 Reja.
1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 
2.  Kungaboqarning  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori.
3. Kunjuning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori. 
4.  Yeryong‘oqning  xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati,  botanikva biologik
xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 
5. Maxsarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari,
ekish muddatlari usullari va meyori.
 
Moyli  ekinlar  deb, urug‘lari  yoki  mevalarida  iste’mol  uchun  yaroqli,
o‘simlik moyi beradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar,
maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, Yeryong‘oq kiradi. Ular turli
oilalarga mansub o‘simliklardir. Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati
katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan
tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan, zig‘irdan, narkotik ekinlardan
nashadan hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi. O‘simlik yog‘i oziq-
ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda,
terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda
hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari
uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein
tayyorlashda ishlatiladi.
Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular
o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik
Logotip
MOYLI VA EFIRMOYLI EKINLAR Reja. 1. Moyli ekinlar to‘g‘risida ma’lumot. 2. Kungaboqarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 3. Kunjuning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 4. Yeryong‘oqning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. 5. Maxsarning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, botanikva biologik xususiyatlari, ekish muddatlari usullari va meyori. Moyli ekinlar deb, urug‘lari yoki mevalarida iste’mol uchun yaroqli, o‘simlik moyi beradigan o‘simliklarga aytiladi. Moyli o‘simliklarga kungaboqar, maxsar, xantal, raps, kanakunjut, kunjut, ko‘knori, Yeryong‘oq kiradi. Ular turli oilalarga mansub o‘simliklardir. Moyli o‘simliklarning xalq xo‘jaligida ahamiyati katta, chunki ularning urug‘idan (mevasidan) yog‘ olinadi. Moyli o‘simliklardan tashqari yog‘ yana tolali o‘simliklardan: paxtadan, zig‘irdan, narkotik ekinlardan nashadan hamda don-dukkakli ekinlardan soyadan olinadi. O‘simlik yog‘i oziq- ovqat, konserva sanoatda, to‘qimachilik, sovun olishda, bo‘yoq ishlab chiqarishda, terichilik, tabobat, parfyumeriya sanoatida qo‘llaniladi. Urug‘lardan yog‘ olishda hosil bo‘ladigan chiqindilardan kunjara tayyorlanadi, qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun qimmatli oziq hisoblanadi. Kanakunjut chiqindisi plastmassa, kley, kazein tayyorlashda ishlatiladi. Ma’lumki, kundalik insonlar hayotida faqat ikki xil moy ishlatiladi, bular o‘simlik va hayvon moyi. Ammo, iqlim, agrotexnik tadbirlarga qarab o‘simlik
moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga
tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi.
O‘simlik  moyi  hazm  bo‘lish  jihatidan  ham  hayvon  moyiga  qaraganda  yengil
hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q.
Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p
tarqalgan  soya  (62,6  mln.ga),  kungaboqar  (18,3  mln.ga),  raps  (22,2  mln.ga),
Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer
maydonini tashkil etadi. 
O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani
ekish  mumkin.  Mamlakatimizda  asosiy  moy  beruvchi  xom  ashyo  chigit
hisoblanadi,  garchand  u  moy  olish  uchun  ekilmasada.  Tolasi  ajratib  olingan
chigitlar respublika aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi.
Kungaboqar
Xalq  xo‘jaligidagi  ahamiyati. Moyli  o‘simliklar  ichida  kungaboqar
ekiladigan  maydon  va  umumiy  hosildorligi  bo‘yicha  birinchi  o‘rinda  turadi.
Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och
sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma
sohalarida:  margarin,  non,  shirin  kulchalar  tayyorlashda,  konserva  ishlab
chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda
qo‘llaniladi.  Kungaboqarning  kunjarasidan  hayvonlar  uchun  oziq  tayyorlanadi.
Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi
yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi. Undan
sovun  pishirishda,  shisha  sanoatida  va  boshqa  sohalarda  ishlatiladigan  potash
olinadi.  Gullash  davrida  silos  tayyorlanadi.  Poyasi  o‘tin  sifatida  ishlatiladi.
Kungaboqar urug‘ini tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo‘ladi. Moyidagi 62%
gacha biologik aktiv lipoya kislotasi,  A, D, YE, K vitaminlari  uning sifatini
oshiradi. 
Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani
Shimoliy  Amerikaning  Janubiy  g‘arbiy  hududlaridir.  Yevropaga  ispanlar  XVI
Logotip
moyi 10 martadan 20 martagacha hayvon moyini yetishtirishga qaraganda arzonga tushadi. Hayvonlardan olinadigan moylarning tannarxi hamma vaqt yuqori bo‘ladi. O‘simlik moyi hazm bo‘lish jihatidan ham hayvon moyiga qaraganda yengil hisoblanadi, hamda, tarkibida xolesterin moddasi yo‘q. Yer yuzida moyli ekinlar 140 mln. gektar maydonga ekiladi. Eng ko‘p tarqalgan soya (62,6 mln.ga), kungaboqar (18,3 mln.ga), raps (22,2 mln.ga), Yeryong‘oq (21,8 mln.ga), moyli zig‘ir (7,5 mln.ga), kunjut (6,8 mln.ga) yer maydonini tashkil etadi. O‘zbekistonda, lalmi sharoitda zig‘ir, kunjut va maxsar ekib kelinmoqda. Sug‘oriladigan maydonlarda takroriy ekin sifatida kunjut, Yeryong‘oq va soyani ekish mumkin. Mamlakatimizda asosiy moy beruvchi xom ashyo chigit hisoblanadi, garchand u moy olish uchun ekilmasada. Tolasi ajratib olingan chigitlar respublika aholisini moy bilan ta’minlovchi asosiy xomashyo hisoblanadi. Kungaboqar Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kungaboqar ekiladigan maydon va umumiy hosildorligi bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Urug‘ida yog‘ning miqdori yuqori bo‘lib 52-57% tashkil etadi. Uning yog‘i och sariq rangli, yaxshi sifatli, oson hazm bo‘ladi. Yog‘i oziq-ovqat sanoatining hamma sohalarida: margarin, non, shirin kulchalar tayyorlashda, konserva ishlab chiqarishda, lak-bo‘yoq sanoatida, sovun pishirishda, linoleum, klyonka olishda qo‘llaniladi. Kungaboqarning kunjarasidan hayvonlar uchun oziq tayyorlanadi. Kungaboqar poyasi qog‘oz ishlab chiqarish uchun xomashyo hisoblanadi. Poyasi yoqilganada qoladigan kul tarkibida 35% ga yaqin kaliy oksid bo‘ladi. Undan sovun pishirishda, shisha sanoatida va boshqa sohalarda ishlatiladigan potash olinadi. Gullash davrida silos tayyorlanadi. Poyasi o‘tin sifatida ishlatiladi. Kungaboqar urug‘ini tarkibida 29-60% moy va 16% oqsil bo‘ladi. Moyidagi 62% gacha biologik aktiv lipoya kislotasi, A, D, YE, K vitaminlari uning sifatini oshiradi. Kungaboqar donli ekinlarga qaraganda yosh ekin hisoblanadi. Uning vatani Shimoliy Amerikaning Janubiy g‘arbiy hududlaridir. Yevropaga ispanlar XVI
asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila
boshlangan.  Kungaboqardan  dunyoda  birinchi  bo‘lib  1829  yilda  Rossiyada
krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965
yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi
vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan,
urug‘ini Rossiyadan olib borishgan. 
Dunyoda 9,4 mln.ga yerga ekiladi. Hosildorligi 14 sga teng ilg‘or xo‘jaliklar
29 s dan hosil yetishtirishgan.
Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik
bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy
kungaboqar  (H.Cultus  Wenzl.)  va  yovvoiyi  kungaboqar  (H.Ruderalis  Wenzl).
Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ
kungaboqarga.
Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m
bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak
massa  bilan  to‘lgan  bo‘ladi,  ustki  qismi  qattiq tuklar  bilan  qoplangan  bo‘lib,
uzunligi  0,6-2  mm  ni  tashkil  etadi.  Silosli  sortlari  2,5-4,5  m  bo‘ladi.  Bargi
yuraksimon-oval  shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari
ketma-ket joylashgan. Barglar soni har xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta,
kech pishar navlarda 25-35 ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat.
Savatchaning diametri har xil (10-20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta
savatchaning  gullashi  7-10  kun  davom  etadi.  Kungaboqar  tipik  chetdan
changlanuvchi o‘simlik. Changlanishi asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan
boradi.  Kungaboqar  dalalariga  asalari  uyalari  olib  kelinsa  changlanish  yaxshi
boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor.
Bu  nav  zararlanmaydi.bo‘ladi.  Urug‘ining  rangi  qora,  kulrang,  oq.  1000  ta
urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi.
Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi,
lekin  sekin  o‘sadi.  13-15  0 C  da  maysalari  11-13  kundan  keyin  paydo
bo‘ladi.Harorat 15-160  C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 0  C da 6-8 kunda
unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil
qilish fazasida to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 0 C li qisqa
Logotip
asrda olib kelishgan. Rossiyada XVIII asrda Ukrainada dekorativ ekin sifatida ekila boshlangan. Kungaboqardan dunyoda birinchi bo‘lib 1829 yilda Rossiyada krepostnoy dehqon D.S. Bokorev yog‘ ajratib olgan (qo‘lda siqib olish bilan), 1965 yilda esa Rossiyada yog‘ zavodi qurilgan. Shunday qilib, kungaboqarni ikkinchi vatani Rossiya bo‘lib qolgan. Amerikada XX asrning 20 yillarida eka boshlashgan, urug‘ini Rossiyadan olib borishgan. Dunyoda 9,4 mln.ga yerga ekiladi. Hosildorligi 14 sga teng ilg‘or xo‘jaliklar 29 s dan hosil yetishtirishgan. Botanik xususiyatlari. Kungaboqar (Helanthus annus L) bir yillik o‘simlik bo‘lib astradoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub. Ikki turga bo‘linadi: madaniy kungaboqar (H.Cultus Wenzl.) va yovvoiyi kungaboqar (H.Ruderalis Wenzl). Madaniy kungaboqar yana 2 turga bo‘linadi: madaniy kungaboqarga va dekorativ kungaboqarga. Madaniy kungaboqarning ildiz sistemasi o‘q ildiz bo‘lib, uzunligi 2,5-4 m bo‘lib, yoniga 1,0-1,2 m ga taraladi. Poyasi silindrsimon bo‘lib, ichi oq po‘kak massa bilan to‘lgan bo‘ladi, ustki qismi qattiq tuklar bilan qoplangan bo‘lib, uzunligi 0,6-2 mm ni tashkil etadi. Silosli sortlari 2,5-4,5 m bo‘ladi. Bargi yuraksimon-oval shaklida bo‘ladi. Pastki 3-4 par barglari suprotiv, keyingilari ketma-ket joylashgan. Barglar soni har xil bo‘ladi, tez pishar navlarda 15-25 ta, kech pishar navlarda 25-35 ta bo‘ladi. To‘pguli ko‘p gulli savatchadan iborat. Savatchaning diametri har xil (10-20 sm, 35-40 sm) bo‘ladi. Gulli ikki jinsli. Bitta savatchaning gullashi 7-10 kun davom etadi. Kungaboqar tipik chetdan changlanuvchi o‘simlik. Changlanishi asalarilar yordamida, kamroq shamol bilan boradi. Kungaboqar dalalariga asalari uyalari olib kelinsa changlanish yaxshi boradi. Mevasi-to‘rt qirrali pista, ayrim navlarida urug‘ida pansir yoki qalqon bor. Bu nav zararlanmaydi.bo‘ladi. Urug‘ining rangi qora, kulrang, oq. 1000 ta urug‘ining massasi 45 dan 125 g gacha bo‘ladi. Biologik xususiyatlari. Kungaboqarning urug‘i 4-60 C da una boshlaydi, lekin sekin o‘sadi. 13-15 0 C da maysalari 11-13 kundan keyin paydo bo‘ladi.Harorat 15-160 C ga ko‘talilganda urug‘i 9-10 kunda, 20 0 C da 6-8 kunda unib chiqadi Maysalangandan so‘ng 15-20 kun dan keyin yoki 2-3 par barg hosil qilish fazasida to‘pguli hosil bo‘la boshlaydi. Kungaboqar maysalari 5-5 0 C li qisqa
muddatli  sovuqqa  bemalol  chidaydi.  O‘simlik  unib  chiqqandan  gullashigacha
issiqqa  bo‘lgan  talabi  ortib  boradi.  Gullash  maysalar  hosil  bo‘lgandan  50-60
kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi
uchun eng optimal temperatura 20-240 C, gullash fazasida 25-260 C, pishish yetilish
davrida 26-280 C, 300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi.
Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa,
uning  o‘sishi  va  rivojlanishi  susayadi.  Kungaboqar  qisqa  kun  o‘simligidir.
Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq
muhiti  pH  6,0-6,8  bo‘lganda  yaxshi  rivojlanadi.  Kungaboqarda  quyidagi
rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv
davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki
navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik.
Ammo  ildiz  sistemasi  yaxshi  rivojlanganligi  uchun  qurg‘oqchilikga  chidaydi.
Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik
vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti
450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur
qatlamlaridan  olish  xususiyatiga  ega.  Qoratuproq,  kashtan  tuproq  va  bo‘z
tuproqlarda yaxshi o‘sadi. 
O‘g‘itlash.  Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug‘ yetishtirish uchun 50-60 kg
azot,  20-25  kg  fosfor  va  120-160  kg  kaliy  sariflanadi.  Azotni  korzinka
rivojlanishidan gullash fazasini oxirigacha ko‘p talab qiladi, fosforni unishidan
gullashgacha, kaliyni korzinka hosil bo‘lishidan mum pishish davrigacha talab
etadi. Azot haddan tashqari ko‘p berilsa urug‘ tarkibidagi yog‘ni miqdori kamayib
ketadi, vegetatsiya davri uzayib, oqsilni miqdori ortib boradi. O‘g‘it tarkibida
fosfor va kaliyni ko‘proq bo‘lishi yog‘ning miqdorini oshiradi. Kungaboqarning
eng ko‘p tarqalgan navlaridan Milutinskiy 114 navi ko‘p ekiladi.
Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar-kuzgi,
bahorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo‘xori hisoblanadi.
Kungaboqar ekish uchun tuproqga sifatli ishlov beriladi, begona o‘tlardan
tozalanadi. Kungaboqar erta bahorda keng qatorlab qator orasi 60-70 sm qilib
ekiladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, ekish meyori 6-10 kg (100-150 ming.donaga)
bo‘ladi. Kungaboqar silos bostirish uchun ekiladigan bo‘lsa, ekish normasi 35-40
Logotip
muddatli sovuqqa bemalol chidaydi. O‘simlik unib chiqqandan gullashigacha issiqqa bo‘lgan talabi ortib boradi. Gullash maysalar hosil bo‘lgandan 50-60 kundan boshlanib 20-27 kun davom etadi. Kungaboqarni o‘sish va rivojlanishi uchun eng optimal temperatura 20-240 C, gullash fazasida 25-260 C, pishish yetilish davrida 26-280 C, 300 C dan yuqori temperatura salbiy ta’sir etadi. Kungaboqar yorug‘sevar o‘simlik. Boshqa o‘simliklar bilan soyalanib qolsa, uning o‘sishi va rivojlanishi susayadi. Kungaboqar qisqa kun o‘simligidir. Shimolga borgan sari o‘suv davri uzatsib boradi. Unumdor toza tuproqlarda, tuproq muhiti pH 6,0-6,8 bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Kungaboqarda quyidagi rivojlanish fazalari bor: maysalash, savatcha hosil qilish, gullash, yetilish. O‘suv davri o‘rtapishar navlarida 70-90 kun, o‘rtapishar navlarida 90-120 kun va kechki navlarida 120 kundan ko‘proq davom etadi. Kungaboqar suvga talabchan o‘simlik. Ammo ildiz sistemasi yaxshi rivojlanganligi uchun qurg‘oqchilikga chidaydi. Suvga eng ko‘p talabi intensiv o‘sish davriga to‘g‘ri keladi. Har bir o‘simlik vegetatsiya davrida 200 kg dan ortiq suv sarf qiladi. Trantspiratsiya koeffitsiyenti 450-560. Ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangani uchun suvni tuproqning chuqur qatlamlaridan olish xususiyatiga ega. Qoratuproq, kashtan tuproq va bo‘z tuproqlarda yaxshi o‘sadi. O‘g‘itlash. Ozuqaga talabchan, 1 tonna urug‘ yetishtirish uchun 50-60 kg azot, 20-25 kg fosfor va 120-160 kg kaliy sariflanadi. Azotni korzinka rivojlanishidan gullash fazasini oxirigacha ko‘p talab qiladi, fosforni unishidan gullashgacha, kaliyni korzinka hosil bo‘lishidan mum pishish davrigacha talab etadi. Azot haddan tashqari ko‘p berilsa urug‘ tarkibidagi yog‘ni miqdori kamayib ketadi, vegetatsiya davri uzayib, oqsilni miqdori ortib boradi. O‘g‘it tarkibida fosfor va kaliyni ko‘proq bo‘lishi yog‘ning miqdorini oshiradi. Kungaboqarning eng ko‘p tarqalgan navlaridan Milutinskiy 114 navi ko‘p ekiladi. Almashlab ekishda kungaboqar uchun eng yaxshi o‘tmishdosh ekinlar-kuzgi, bahorgi don ekinlari, don-dukkakli ekinlar va makkajo‘xori hisoblanadi. Kungaboqar ekish uchun tuproqga sifatli ishlov beriladi, begona o‘tlardan tozalanadi. Kungaboqar erta bahorda keng qatorlab qator orasi 60-70 sm qilib ekiladi. Ekish chuqurligi 6-8 sm, ekish meyori 6-10 kg (100-150 ming.donaga) bo‘ladi. Kungaboqar silos bostirish uchun ekiladigan bo‘lsa, ekish normasi 35-40
kg gacha oshiriladi (1 gektarga 0,7-0,8 mln. dona urug‘ ekiladi). Ekilgandan keyin
qatqaloqga  qarshi  choralar  ko‘riladi,  qator  orasiga  2-3  marta  ishlov  beriladi.
Begona  o‘tlarga  qarshi  nitran  va  treflan  gerbitsidlardan  foydalaniladi.  O‘suv
davrida 3-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori 800-1000 kub.m.ga. Hosil don
kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi. Kombayn faqat savatchani o‘rib yanchiydi.
Poyasi o‘rib olinadi. Urug‘i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi.    
Kunjut
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kunjut yog‘ining
miqdori bo‘yicha ajralib turadi. Uning tarkibida eng ko‘p 48-63% yog‘, 16-17%
azotsiz  moddalar,  16-19%  oqsil  bo‘ladi.  U  oziq-ovqat,  qandolat,  konserva
sanoatida, tibbiyotda keng ishlatiladi. Kunjut moyi yuqori sifatli o‘simlik moyi
hisoblanadi  va  qandolat  sanoatida,  konserva,  margarin  tayyorlashda  hamda
tabobatda ishlatiladi. Qobig‘idan tozalangan va urug‘i  maydalangan kunjutdan
yuqori navli xolva tayyorlanadi (taxin xolva). Kunjarasi esa chorvachilikda yuqori
sifatli ozuqa hisoblanadi. 
Botanik  xususiyatlari.  Vatani  Afrika.,  Markaziy  Osiyoga  Hindistondan
keltirilgan. Dunyo bo‘yicha 6,73 mln.ga yerga kunjut ekiladi. O‘zbekistonning
lalmi  yerlariga  ekib  kelingan.  Hosildorligi  lalmikor  yerlarda  gektariga  5-6  s,
sug‘oriladigan yerlarda 15-20 s ni tashkil etadi. Ko‘kat hosili 150-200 sga dan
iborat.
Kunjut  bir  yillik  o‘simlik  bo‘lib,  Pedaliaceae-kunjutdoshlar  oilasiga,
Sesamum  Indicum  L.  madaniy  turiga  kiradi.  Ildizi  o‘q  ildiz  ,tuproqqa  1  m
chuqurlikkacha  kirib boradi, uzunligi 1 metr, yuqori qismi yaxshi shoxlanadi.
Poyasi  tik o‘sadi, pastdan shoxlanadi, uzunligi  0,5-1,5 m, mayin tuklar  bilan
qoplangan.  Poyasi  qirrali  (4-8  ta),  shoxlarining  soni   10-12  tagacha  bo‘lishi
mumkin.  Bargi  oddiy,  bandli  yaproqdan  iborat  bo‘lib,  ketma-ket  va  suprotiv
joylashgan. Shakli har xil. Guli barg qo‘ltig‘ida 1-3 ta bo‘lib joylashadi, besh
bargli, toj barglari bir-biriga qo‘shilib o‘sgan, naychasimon, ikki labli, rangi pushti,
binafsha, oq rangda bo‘ladi. Changchisi 5 ta bo‘lib, bularning bittasi, odatda,
rivojlanmaydi. Guli tukli, o‘zidan changlanadi, ammo tabiatda arilar yordamida
Logotip
kg gacha oshiriladi (1 gektarga 0,7-0,8 mln. dona urug‘ ekiladi). Ekilgandan keyin qatqaloqga qarshi choralar ko‘riladi, qator orasiga 2-3 marta ishlov beriladi. Begona o‘tlarga qarshi nitran va treflan gerbitsidlardan foydalaniladi. O‘suv davrida 3-4 marta sug‘oriladi, sug‘orish meyori 800-1000 kub.m.ga. Hosil don kombaynlar yordamida yig‘ib olinadi. Kombayn faqat savatchani o‘rib yanchiydi. Poyasi o‘rib olinadi. Urug‘i 7-9% namlikda yaxshi saqlanadi. Kunjut Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Moyli o‘simliklar ichida kunjut yog‘ining miqdori bo‘yicha ajralib turadi. Uning tarkibida eng ko‘p 48-63% yog‘, 16-17% azotsiz moddalar, 16-19% oqsil bo‘ladi. U oziq-ovqat, qandolat, konserva sanoatida, tibbiyotda keng ishlatiladi. Kunjut moyi yuqori sifatli o‘simlik moyi hisoblanadi va qandolat sanoatida, konserva, margarin tayyorlashda hamda tabobatda ishlatiladi. Qobig‘idan tozalangan va urug‘i maydalangan kunjutdan yuqori navli xolva tayyorlanadi (taxin xolva). Kunjarasi esa chorvachilikda yuqori sifatli ozuqa hisoblanadi. Botanik xususiyatlari. Vatani Afrika., Markaziy Osiyoga Hindistondan keltirilgan. Dunyo bo‘yicha 6,73 mln.ga yerga kunjut ekiladi. O‘zbekistonning lalmi yerlariga ekib kelingan. Hosildorligi lalmikor yerlarda gektariga 5-6 s, sug‘oriladigan yerlarda 15-20 s ni tashkil etadi. Ko‘kat hosili 150-200 sga dan iborat. Kunjut bir yillik o‘simlik bo‘lib, Pedaliaceae-kunjutdoshlar oilasiga, Sesamum Indicum L. madaniy turiga kiradi. Ildizi o‘q ildiz ,tuproqqa 1 m chuqurlikkacha kirib boradi, uzunligi 1 metr, yuqori qismi yaxshi shoxlanadi. Poyasi tik o‘sadi, pastdan shoxlanadi, uzunligi 0,5-1,5 m, mayin tuklar bilan qoplangan. Poyasi qirrali (4-8 ta), shoxlarining soni 10-12 tagacha bo‘lishi mumkin. Bargi oddiy, bandli yaproqdan iborat bo‘lib, ketma-ket va suprotiv joylashgan. Shakli har xil. Guli barg qo‘ltig‘ida 1-3 ta bo‘lib joylashadi, besh bargli, toj barglari bir-biriga qo‘shilib o‘sgan, naychasimon, ikki labli, rangi pushti, binafsha, oq rangda bo‘ladi. Changchisi 5 ta bo‘lib, bularning bittasi, odatda, rivojlanmaydi. Guli tukli, o‘zidan changlanadi, ammo tabiatda arilar yordamida
chetdan changlanishi mumkin. Mevasi quticha, cho‘ziq, yassi, tukli. Qutichasi 2-4
mevali  bargdan  tashkil  topgan.  Ko‘saklari  to‘la  pishib  yetilganda  chatnaydi.
Ko‘sakchasi 4 yoki 8 uyali, uzunligi 4sm va eni 0,9 sm atrofida. Bir tup o‘simlikda
20-100 gacha ko‘sakcha joylashadi. Urug‘i ko‘sakchaning uyalarida joylashadi,
tuxumsimon (yassi) shaklda, mayda, uzunligi 2,7-4,0 mm, eni 1,9 mm, 1000 dona
urug‘ining og‘irligi 3-5 g. Urug‘ining rangi och yoki to‘q jigarrangli, goho oq va
qora rangda bo‘ladi. 
Biologik  xususiyatlari. Kunjut  qisqa  kun  o‘simlik  bo‘lib,  yorug‘sevar
hisoblanadi. Urug‘i 15-160  C da unib chiqadi,-10  C sovuqda nobud bo‘ladi. Eng
yaxshi temperatura 25-270  C , 150  C dan harorat past bo‘lsa o‘sishdan to‘xtaydi.
Kunjutning o‘suv dari 80-120 kun davom etadi.
Kunjut qora tuproq, bo‘z tuproq, yengil qumoq tuproqli yerlarda va qumloq
tuproqli  yerlarda  o‘sadi,  sho‘r  va  og‘ir  tuproqlarda  kunjut  yaxshi  o‘smaydi.
Kunjutning  keng  tarqalgan  navlaridan  Tashkentskiy-122,  Saraxskiy-470  va
boshqalar ekiladi.
Kunjut  kuzgi  don  ekinlar,  don-dukkakli  ekinlar,  makkajo‘xoridan  keyin
ekiladi. Tuproqga ishlov berish bahorgi ekinlarga qanday ishlov berilsa, shunday
bajariladi. Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki
kasallik  va  zararkunandalar  bilan  ko‘p  shikastlanadi.  Kunjut  aprelning  oxiri,
mayning o‘rtalarigacha ekiladi. Ekish usuli -keng qatorlab, qator orasi 45-60 sm.
Ekish chuqurligi 3-5 sm, ekish meyori 1,5-2,0 mln.dona (5-6 kg) tashkil etadi.
Ekishdan  so‘ng  yer  bostiriladi.  Maysalari  ko‘ringach,  qator  oralari  ishlanadi.
Sug‘oriladigan maydonlarda vegetatsiya davrida 2-3 marta sug‘oriladi.
O‘g‘itlash. O‘g‘itlash meyori tuproq unimdorligiga, rejalashtirilgan hosilga,
ekish usuliga, urug‘ sifatiga qarab belgilanadi. Organik o‘g‘itlar gektariga 20-30 t,
mineral o‘g‘itlar esa azot-50-100 kg, fosfor-100-150 kg, kaliy-50-70 kg miqdorida
beriladi. 
 Kunjutni 70% mevasi yetilganda o‘riladi va mevasi chatnaganda qoqib
urug‘i ajratiladi. Kunjutni to‘la pishish davrigacha qoldirish mumkin emas, chunki
yetilgan mevalar chatnab urug‘i to‘kiladi. Saqlanadigan urug‘likda namlik 9% dan
ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Logotip
chetdan changlanishi mumkin. Mevasi quticha, cho‘ziq, yassi, tukli. Qutichasi 2-4 mevali bargdan tashkil topgan. Ko‘saklari to‘la pishib yetilganda chatnaydi. Ko‘sakchasi 4 yoki 8 uyali, uzunligi 4sm va eni 0,9 sm atrofida. Bir tup o‘simlikda 20-100 gacha ko‘sakcha joylashadi. Urug‘i ko‘sakchaning uyalarida joylashadi, tuxumsimon (yassi) shaklda, mayda, uzunligi 2,7-4,0 mm, eni 1,9 mm, 1000 dona urug‘ining og‘irligi 3-5 g. Urug‘ining rangi och yoki to‘q jigarrangli, goho oq va qora rangda bo‘ladi. Biologik xususiyatlari. Kunjut qisqa kun o‘simlik bo‘lib, yorug‘sevar hisoblanadi. Urug‘i 15-160 C da unib chiqadi,-10 C sovuqda nobud bo‘ladi. Eng yaxshi temperatura 25-270 C , 150 C dan harorat past bo‘lsa o‘sishdan to‘xtaydi. Kunjutning o‘suv dari 80-120 kun davom etadi. Kunjut qora tuproq, bo‘z tuproq, yengil qumoq tuproqli yerlarda va qumloq tuproqli yerlarda o‘sadi, sho‘r va og‘ir tuproqlarda kunjut yaxshi o‘smaydi. Kunjutning keng tarqalgan navlaridan Tashkentskiy-122, Saraxskiy-470 va boshqalar ekiladi. Kunjut kuzgi don ekinlar, don-dukkakli ekinlar, makkajo‘xoridan keyin ekiladi. Tuproqga ishlov berish bahorgi ekinlarga qanday ishlov berilsa, shunday bajariladi. Kunjut bir bor ekilgan yerga 6-7 yildan keyin qayta ekiladi, chunki kasallik va zararkunandalar bilan ko‘p shikastlanadi. Kunjut aprelning oxiri, mayning o‘rtalarigacha ekiladi. Ekish usuli -keng qatorlab, qator orasi 45-60 sm. Ekish chuqurligi 3-5 sm, ekish meyori 1,5-2,0 mln.dona (5-6 kg) tashkil etadi. Ekishdan so‘ng yer bostiriladi. Maysalari ko‘ringach, qator oralari ishlanadi. Sug‘oriladigan maydonlarda vegetatsiya davrida 2-3 marta sug‘oriladi. O‘g‘itlash. O‘g‘itlash meyori tuproq unimdorligiga, rejalashtirilgan hosilga, ekish usuliga, urug‘ sifatiga qarab belgilanadi. Organik o‘g‘itlar gektariga 20-30 t, mineral o‘g‘itlar esa azot-50-100 kg, fosfor-100-150 kg, kaliy-50-70 kg miqdorida beriladi. Kunjutni 70% mevasi yetilganda o‘riladi va mevasi chatnaganda qoqib urug‘i ajratiladi. Kunjutni to‘la pishish davrigacha qoldirish mumkin emas, chunki yetilgan mevalar chatnab urug‘i to‘kiladi. Saqlanadigan urug‘likda namlik 9% dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Yeryong‘oq
Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Yeryong‘oq qimmatli moyli ekin hisoblanadi.
Urug‘ining tarkibida 45-66% gacha yog‘, 23- 38% oqsil bo‘ladi. Yeryong‘oq yog‘i
konserva, margarin tayyorlash uchun, sovun tayyorlash sanoatida va tibbiyotda
ishlatiladi. Moyi olingandan keyin tayyorlanadigan massada 45% oqsil va 8% yog‘
bo‘ladi uni xolva, tort va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Dukkagi tabiiy holda ham ishlatiladi. Poyasi hayvonlar uchun ozuqa. Quruq poyasi
va  bargining  tarkibida  11-19%  oqsil  bo‘ladi.  Shulxasidan  (dukkagini  po‘sti)
izolatsion materiallar tayyorlashda va yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Yeryong‘oqning  vatani  -Janubiy  Amerikadir.  Avval  Fillipin  orollariga,
keyinchalik  Yaponiya,  Xitoy,  Hindistonga  keltirilgan.  Yevropaga  XVI  asrda
Xitoydan keltirilgan, shuning uchun ham uni Xitoy yong‘og‘i deb atashgan. Dunyo
bo‘yicha ekin maydoni 21,78 mln. ga yerni tashkil etadi. Asosiy ekin maydonlari
Indoneziya,  Hindiston  va  Xitoyda  joylashgan.  Bizning  mamlakatimizda  XIX
asrning boshlarida ekila boshlangan. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda
kam ekiladi va uning ekin maydoni 5,6 ming gektarni tashkil etadi. Hosildorligi 15-
18 tsga. Sug‘orib ekiladigan yerlarda 35-40 s ga ni tashkil etadi.
Botanik  xususiyatlari. Yeryong‘oq  dukkakdoshlar  (Fabaceae)  oilasiga
mansub, - Arachis hypogaea L avlodi va turiga kiradi. Madaniy turi bir nechta
kenja turlarga ega. Eng ko‘p tarqalgani ssp. Vulgaris Z. Luz. Bu kenja turi to‘rt
xilga bo‘linadi. Tur xillari poyaning balandligi, shoxlanishi, bargining shakli va
kattaligi,  dukkagining  tuzilishi  va  donining  rangi  bo‘yicha  farqlanadi.
Yeryong‘oqning  tik  o‘sadigan  va  yotib  o‘sadigan  shakllari  bor.  Bizning
mamlakatimizda tik o‘sadigan shaklsi tarqalgan, poyasini uzunligi 50-60 sm. Ildizi
o‘q ildiz, kuchli rivojlangan, 1,5 m chuqurlikgacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar
ko‘p  shakllanadi.  Poyasi  o‘tsimon tik  o‘sadi,  poyalarining  soni  4-20  tagacha,
balandligi 10-80 sm gacha boradi va tuk bilan qoplangan bo‘ladi. Barglari juft
patsimon  shaklda,  bargining ustki  qismi  silliq,  pastki  qismi  tukli, barg bandi
yo‘g‘onlashgan, uzunligi 5 sm gacha, tukli, pastki qismida ikkita yon barglari bor.
Guli kapalaksimon, barg qo‘ltiqlarida 2-3 ta bo‘lib joylashadi. Gulining rangi sariq
yoki qovoq rangda bo‘ladi. Changchisi o‘nta bo‘lib, urug‘chisi uzun, ingichka,
Logotip
Yeryong‘oq Xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Yeryong‘oq qimmatli moyli ekin hisoblanadi. Urug‘ining tarkibida 45-66% gacha yog‘, 23- 38% oqsil bo‘ladi. Yeryong‘oq yog‘i konserva, margarin tayyorlash uchun, sovun tayyorlash sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Moyi olingandan keyin tayyorlanadigan massada 45% oqsil va 8% yog‘ bo‘ladi uni xolva, tort va boshqa qandolat mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Dukkagi tabiiy holda ham ishlatiladi. Poyasi hayvonlar uchun ozuqa. Quruq poyasi va bargining tarkibida 11-19% oqsil bo‘ladi. Shulxasidan (dukkagini po‘sti) izolatsion materiallar tayyorlashda va yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Yeryong‘oqning vatani -Janubiy Amerikadir. Avval Fillipin orollariga, keyinchalik Yaponiya, Xitoy, Hindistonga keltirilgan. Yevropaga XVI asrda Xitoydan keltirilgan, shuning uchun ham uni Xitoy yong‘og‘i deb atashgan. Dunyo bo‘yicha ekin maydoni 21,78 mln. ga yerni tashkil etadi. Asosiy ekin maydonlari Indoneziya, Hindiston va Xitoyda joylashgan. Bizning mamlakatimizda XIX asrning boshlarida ekila boshlangan. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. O‘zbekistonda kam ekiladi va uning ekin maydoni 5,6 ming gektarni tashkil etadi. Hosildorligi 15- 18 tsga. Sug‘orib ekiladigan yerlarda 35-40 s ga ni tashkil etadi. Botanik xususiyatlari. Yeryong‘oq dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, - Arachis hypogaea L avlodi va turiga kiradi. Madaniy turi bir nechta kenja turlarga ega. Eng ko‘p tarqalgani ssp. Vulgaris Z. Luz. Bu kenja turi to‘rt xilga bo‘linadi. Tur xillari poyaning balandligi, shoxlanishi, bargining shakli va kattaligi, dukkagining tuzilishi va donining rangi bo‘yicha farqlanadi. Yeryong‘oqning tik o‘sadigan va yotib o‘sadigan shakllari bor. Bizning mamlakatimizda tik o‘sadigan shaklsi tarqalgan, poyasini uzunligi 50-60 sm. Ildizi o‘q ildiz, kuchli rivojlangan, 1,5 m chuqurlikgacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar ko‘p shakllanadi. Poyasi o‘tsimon tik o‘sadi, poyalarining soni 4-20 tagacha, balandligi 10-80 sm gacha boradi va tuk bilan qoplangan bo‘ladi. Barglari juft patsimon shaklda, bargining ustki qismi silliq, pastki qismi tukli, barg bandi yo‘g‘onlashgan, uzunligi 5 sm gacha, tukli, pastki qismida ikkita yon barglari bor. Guli kapalaksimon, barg qo‘ltiqlarida 2-3 ta bo‘lib joylashadi. Gulining rangi sariq yoki qovoq rangda bo‘ladi. Changchisi o‘nta bo‘lib, urug‘chisi uzun, ingichka,