MO‘YNALI HAYVONLARDA NASLCHILIK ISHLARINI OLIB BORISH (Mo‘ynali hayvonlarni tanlash, Podani shakllantirish (butlash), Urchitish usullari)
Yuklangan vaqt
2024-05-08
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
35,4 KB
Ilmiybaza.uz
MO‘YNALI HAYVONLARDA NASLCHILIK ISHLARINI OLIB BORISH
REJA:
1. Umumiy tushuncha.
2. Genetikaning asosiy tushunchalari.
3. Mo‘ynali hayvonlarni tanlash.
4. Podani shakllantirish (butlash)
5. Urchitish usullari.
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar.
Mo‘yna, podani takror ishlab chiqarish xususiyati, naslchilik ishi, genetika,
defekt, irsiyat, irsiy koeffitsient, tanlash, saralash, mo‘ynali hayvonlar klassi,
avlodlar sifati, urchitish usullari va h.q.
1- masala:
Mo‘ynachilikda naslchilik ishlarini olib borishdan asosiy maqsad:kam harajat
evaziga mo‘ynali hayvonlardan ko‘p va sifatli mo‘yna mahsuloti etishtirish
hisoblanadi. Uni murakkabligi shundaki, ko‘pgina seleksion belgilarni birgalikda
olib borishni ta’minlash zurur bo‘ladi. Ularga: muyna sifati, uni hajmi va rangi, yosh
hayvonlarning hayotchanligi, podani takror ishlab chiqarish xususiyati va h.k.lar
kiradi. Jun qoplami ko‘rsatkichlariga junni qalinligi, zichligi, dag‘al jun va tivit
nisbati, junni rangi, jun ildizi va balandgi qismining rangi va boshqalar kiradi.
Podani takror ishlab chiqarish xususiyatiga asosiy podadagi har bir urg‘ochi (ona)
hayvondan o‘stirilgan yosh hayvonlar soni, ona hayvonning tirik vazni, tug‘ilgan
balalari soni, uni pushtdorligi, yosh bolalarining saqlanuvchaligi kabilar kiradi.
Kompleks belgilari bo‘yicha va naslchilik ishlarinisamarali tarzda tashkil
etish o‘ta murakkab masala hisoblanadi. Ba’zi maqsadga muvofiq bo‘lmagan
belgilar (etarlicha tig‘iz jun qoplamga ega bo‘lmaslik, jun tolasining etalicha uzun
bo‘lmasligi) tanlashning umumiy bahosiga salbiy ta’sir qiladi.
Mo‘ynali hayvonlarda naslchilik ishlarini olib borishga quyidagilar engillik
tug‘diradi:
- Mo‘ynali hayvonlar ko‘p bola berishi. Bu o‘z navbatida avlodalarining terisini
sifati bo‘yicha birinchi yilda baholash imkonini beradi (onalaridan 2 marta
bola olishgacha). SHuningdek, podani takror ishlab chiqarish xususiyatiga
ham baho berish imkoni bo‘ladi (bir yoshga etguncha).
2-masala.Mo‘ynali hayvonlar bilan naslchilik ishlarini olib borishda asosan ikki
xo‘jalik foydali belgiga e’tibor berish kerak.
1. Hayvonning jussasining kattaligi.
2. Pushtdorligi.
Ilmiybaza.uz
Ushbu belshilar ko‘p genlar orqali boshqariladi. SHuni unutmaslik kerakki,
katta jussali hayvon bilan kichik jussali hayvon o‘zora juftlanganda o‘rtacha
kattalikka ega bo‘lgan hayvon tug‘iladi.
Mo‘ynali hayvonlarning jun qoplami rangi, jussasini katta bo‘lishi barchasi
dominant genlar yig‘indisiga bog‘liq. Belgildarning irsiyatga o‘tkazuvchanlik
qonuniyatini bilgan holda, qanday avlod olishni bashorat qilish imkoni paydo
bo‘ladi. Bunda ba’zi genlarning ta’sir xususiyatlarini va genlar o‘rtasidagi o‘zaro
nisbat ta’sir doiralarini bilish zarur.
Kompaund hayvon – bu turli retsessiv genlarni o‘z alleliga birlashtirgan
hayvondir.
Epistaz – bu bitta gennning ikkinchi gennning yuzaga chiqarmaslik hodisasidir.
Genlarning pleyotrop ta’siri – bitta genning bir necha belgilarga ta’siri
demakdir.
Miqdoriy belgilar : gavdaning kattaligi, pushtdorlik, jun qoplamining rangi
kabilarga tashqi muhit omili katta ta’sir qiladi.
Mo‘ynali hayvonlar yaxshi oziqlantirilmaganda, gavdasi kichik bo‘lib
shakllanadi, ona hayvon kam sonli bola beradi. Bunday hayvonlar bilan olib
boriladigan naslchilik ishlari kutilgan samarani bermaydi. Belgilarning irsiylanish
koeffitsienti bunda muhim rol o‘ynaydi. Agar irsiy koeffitsient belgilar bo‘yicha 0,3
dan yuqori bo‘lsa, demak, shu belgining tashqi omillar ta’sirida o‘zgaruvchanligi
past darajada bo‘ladi.
Xo‘jalikda parvarishlanayotgan hayvonlarning genotipi turlicha bo‘lsa, irsiy
o‘zgaruvchanlik tanlanayotgan va parvarishlanayotgan hayvonlarni genotipiga
bog‘liq bo‘ladi, bunda naslchilik ishini samarasi yuqori bo‘ladi.
Seleksion differensial - tanlangan hayvonning podani o‘rtacha ko‘rsatkichidan
belgisi bo‘yicha farqlanishi. Seleksion differensial katta qancha bo‘lsa, naslchilik
ishining samarasi shuncha yuqori bo‘ladi.
1 jadval
Mo‘ynali hayvonlarning ba’zi belgilari bo‘yicha koeffitsienti.
Ilmiybaza.uz
№
Belgilar
Norka
Tulki
Arktika
tulkisi
Nutriya
1.
Dlina (massa) tela
0,15-0,96
-
0,05-0,5
0,17-0,26
2.
Jun
tolasining
zichligi
0,3-0,6
0,4-0,52
0,11-0,29
-
3.
O‘q
tolalarini
uzunligi
-
0,15-0,26
0,13-0,60
-
4.
Tivit
tolalarining
uzunligi
-
0,22-0,45
-
0,16--0,40
3-masala. Seleksiyaning asosiy yщnalishini tanlash va saralash belgilaydi.
Tanlashning maqsadi – avlodlariga xo‘jalik foydali belgilarini turg‘un
o‘tkazadigan hamda xo‘jalikning tabiiy iqtisodiy sharoitiga bardoshli hayvonlarni
podadan ajratib olish va undan nasl olish maqsadida foydalanish.
Baholash usullari – mo‘ynali hayvonlar kelib chiqishi (genotipi), tashqi
tuzilishi (fenotipi) va avlodlarining sifati bo‘yicha baholanadi.
Tanlangan urg‘ochi va erkak hayvonlar yaxshi belgilarga ega bo‘lsa, ulardan
olingan avlodlar ham yaxshi belgilarni o‘zida mujassam qiladi.
Avlodlarning bir xilligi tanlangan belgilar bo‘yicha ota-onalarining
gomozigotligidan dalolatdir. Ammo, fenotipga qarab baholash har doim ham uni
genotipini to‘liq belgilab bera olmaydi. CHunki ayrim belgilar retsessiv (chekingan)
bo‘lishi mumkin.
Mo‘ynali hayvonlar bonitirovka qilinganda 3 ta asosiy ko‘rsatkich bo‘yicha
klasslarga ajratiladi.
1. Hayvon tanasining kattaligi.
2. Tana tuzilishi.
3.Jun qoplami rangi. Bonitirovka OST – 10 – 86 talablari bo‘yicha olib boriladi.
Masalan: ball 5 dan 10 ballgacha minimal ball – 1 ballni tashkil qiladi. 10 ballgacha
bo‘lishiga sabab, bu belgiga terini xarid narxi bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Jun qoplami
sifati – jun tolalarining zich joylashuvi, mustahkamligi, tengligi, uzunligi,
ipaksimonligi 4 jun qoplamida defekt bo‘lmasligi bilan baholanadi. Rangini
Ilmiybaza.uz
baholashda – “bir xil rangli” bo‘lishi muhim sanaladi. Unda boshqa belgilar: sariq
yoki qo‘ng‘ir ranglar bo‘lmasligi kerak.
Kompleks belgilari bo‘yicha baholanib, mo‘ynali hayvonni bonitirovka klassi
aniqlanadi.
Barcha belgilar bo‘yicha 5 ball baholangan mo‘ynali hayvonlar I-klassga
kiritiladi. Teri sathi va jun qoplamasiga 4 ball bilan baholanganda, bunday teri
II- klassga kiritaladi. Agar biror belgisi bo‘yicha 1-2 ball olgan bo‘lsa, bunday
terilar VII-VIII- klassga kiritiladi va brak hisoblanadi. I-II- klassga baholanganlari
esa elitaga kiritiladi.
Mumkin bahosi, ball
Hajmi va tana
tuzililishi
Jun qoplami
sifati
Rangining
sifati
Klassi
5
5
5
I
4-5
4-5
5
II
4-5
4-5
4
II
3-5
3-5
5
IV
3-5
3-5
4
V
3-5
3-5
3
VI
2-5
2-5
2-5
VII
1-5
1-5
1-5
VIII
Naslga qoldirilgan hayvonlar asosiy belgilaridan tashqari boshqa belgilari bo‘yicha
qo‘shimcha ravishda baholanadi. Kuchli shakllanmagan belgilar bo‘yicha chora-
tadbirlar ko‘riladi va tuzatiladi yoki podadan chiqariladi.
Hayvonlarni qo‘shimcha ravishda baholangandagi ballar yig‘indisi, uni u yoki bu
klassga o‘tkazishgaasos bo‘lmaydi. Bu belgilar tanlash va saralashda juftliklarni
aniqlashda hisobga olinadi.
Xo‘jalikda jun qoplamida nuqsoni bo‘lgan hayvonlar soni ko‘payganda yoki
aksincha yaxshi sifatga ega bo‘lgan zarur. Undan maqsad bonitirovka qilishda
Ilmiybaza.uz
tanlash va hayvonlarni juftlashda ulardan samarali foydalanish hisoblanadi.
Mo‘ynali hayvonlarni bonitirovka qilishda asosiy va qo‘shimcha belgilardan
tao‘qari, ularni kelib chiqishi, zotdorligi, rangning ifodalanishi kabilar ham hisobga
olinadi. Qora va oq rangli hayvonlar bundan mustasno. Kumushsimon qora tulkilada
kumushsimonlik foizining ulushiga qaraladi. Faqat bonitirovka asosida yaxshi
sifatga ega bo‘lgan hayvonlarni naslga qodirish mo‘ynachilikda maqsadga mufoviq
emas. CHunki bunda gomozigotlik darajasi oshib ketadi nuqsognlar paydo bo‘lish
ehtimoli ortadi. SHu bois mahsulot ishlab chiqarish padasidagi maqsadga muvofiq
hayvonlardan ham nasl olishda foydalanish yaxshi natija beradi. Geterozigotlik
darajasi oshadi. Avlodlarining birortasida maqsadga muvofiq bo‘lmagan belgini
yuzaga chiqishi, ularni ota-onasining geterozigotligidan dalolat beradi. Masalan:
g‘avo rangli shimol tulki oilasida oq rangli avlod tug‘ildi, demak uni ota-onasi oq
rang bo‘yicha geterozigot ularning avlodlari 50% geterozigot bo‘ladi. Havo rangli
shimol tulkilar uyasida oq rangli tulki bolasi tug‘ilishi, bu uyadagi olinadigan
terilarni arzon naxrlanishiga sabab bo‘ladi, shu bois ular naslga qoldirilmaydi.
Mo‘ynali hayvonlarning jun qoplami to‘liq shakllangandan so‘ng bonitirovka
qilinadi. Bu oktyabr noyabr oylariga to‘g‘ri keladi. Bonitirovka kechiktirilsa jun
tolalarining rangi o‘zgaradi,o‘tkazilganda esa jun qoplami to‘liq shakllanmagan
bo‘ladi.
Bonitirovka – ko‘z bilanchamalab baholash va hayvon tanasini ushlab ko‘rish
orqali maxsus qafaslarda o‘tkaziladi. Bu joy yorug‘ bo‘lishi lozim. Hayvonlar nam
holatda bo‘lganda, bonitirovka o‘tkazilmayda va xatoliklarga yo‘l qo‘yish mumkin
bo‘ladi.
Takror ishlab chiqarish xususiyati bo‘yicha baholash. Mo‘ynali hayvonlarning
takror ishlab chiqarish xususiti otalanishi va bolalashi bilan baholanadi. Katta
yoshdagi hayvonlarda esa foydalanish davri bo‘yicha ushbu ko‘rsatkichlar hisobga
olinadi biror urg‘ochi hayvondan yillar davomida ko‘p sonli avlod olingan bo‘lsa,
biror yilda kam bola bersa uni kam tug‘di deb baholab, podadan chiqarish noto‘g‘ri
tadbirdik, chunki bunga boshqa omillar ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin.
Podadan chiqarish faqat kasalligi yoki yoshini qarishi bilan bog‘liq bo‘lishi
Ilmiybaza.uz
mumkin. Sobol va nutriyalar birinchi marta kam sonli bola tug‘adi. Norka, tulki,
shimol tulkisida birinchi va keyingi tug‘ishlarda bolalarning soni o‘rtacha bir xil
bo‘ladi.
Urg‘ochi hayvonlarning takror ishlab chiqarish hususiyatiga baho berganda,
erkak hayvonlarning urug‘lantirish darajasiga ham e’tibor qaratish kerak. Ayrim
erkak hayvonlar etarli darajada otalantiraolmasliklari mumkin. Uyada tug‘ilgan
bolalarning kattaligi ham erkak hayvonga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘p sonli avlod olish va
yuqorida erkak hayvonlarda ta’kidlangan belgilar irsiyatga o‘tishini unatmaslik
kerak.
Sog‘lomligi, rivojlanishi, tana tuzilishi va yoshiga qarab baholash.
Hayvonlarning sog‘lomligi veterinar vrachi tomonidan doimiy nazorat
qilinishi kerak.
Muynali hayvonlarda plazmotsitoz, atrixim, shapko‘r, leykodistrofiya va
boshqa kasalliklar uchrashi mumkin. Bu kasalliklar ba’zi maxsus genlar orqali
qo‘zg‘aladi. Bunday k5asalliklar uchrasa ushbu hayvonlar uyasi bilan birgalikda
puchak qilinadi. Ko‘pgina hollarda mo‘ynali hayvonlarda “Ayiqcha” deb
nomlanadigan nuqson buladi. Bunda uni gavdasini kichik hayvonning tanasini
eslatadi. Bu ichki sekretsiya bezlarini normal faoliyat ko‘rsatmaganligidan
dalolaktdir. Me’yorda oziqlantirilmagan avlodlar o‘sishdan qoladi, rahit bilan
kasallanakdir, so‘zsiz ravishda ular puchak qilinadi.
YOsh hayvonlarning o‘sishi tullash va jun qoplamini etilishi kabilar bilan
baholanadi. SHuning dek o‘sish tezligiga qaraladi. O‘sishdan qolgan va o‘z vaqtida
to‘lamagan hayvonlar naslga qoldirilmaydi.Naslli hayvonlarning yoshi hisobga
olinadi. Hayvonlarning turiga bog‘liq ravishda foydalanish muddati turlicha bog‘liq
ravishda foydalanish muddati turlicha bo‘lishi mumkin. Sobllardan 10-12 yil.
Nutriya, norkalardan 2-3 yil foydalaniladi.
Ba’zida mos ravishda ulardan 18 va 6-7 yilgacha xo‘jalikda foydalanish
mumkin. SHu bois, har bir hayvonga individul baho berish maqsadga muvofiq.
Avlodlarning sifatiga qarab baholash.
Katta yoshdagi xayvonlar albatta
avlodlarning sifati bo‘yicha baholanishi shart. Xo‘jalikda zootexnikaviy hisob-kitob
Ilmiybaza.uz
ishlari olib borilsa, bu tadbirni oson amalga oshirish mumkin.
Unda o‘sishni hisobga olish va bonitirovka natijalari yozilgan jurnallar
mavjud. Barcha yosh xayvonlarning kelib chiqishi. Va sifati bo‘yicha ma’lumotlar
berilgan.
Avlodlarning tengqurlariga taqqoslab o‘rganish orqali ota-onasini baholash
aniqroq natija beradi. Bunda ota-onadagi belgilar avlodlarda qo‘rinakdi.
Avlodlarining sifati bo‘yicha baholangan hayvonlardan kelajakda foydalanish
to‘g‘risida xulosa qilinadi. Har qanday holatda ham avlodlar bir xil bo‘lmaydi,
chunki, unga ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi.(ikkinchi juft hayvon, saqlash,
oziqlantirish va x.q.) o‘rg‘ochi hayvon takror ishlab chiqarish xususiyatiga baho
berilganda uning 2-3 bosh qizlari naslga qoldirilganda uning 2-3 bosh qizlari naslga
qoldiriladi va baholanadi. Shunda ularni onasiga nisbatan akniq baho berish
imkoniyati tug‘iladi.
Avlodlari turlicha ko‘rsatkichini namoyon qilsa (biri yaxshi, biri yomon), ona
hayvonga bog‘liq bo‘lmagan sabablar o‘rganiladi (yosh hayvonlarning kasallanishi,
hayvonlarning otalantirish xususiyatini pastligi va h.k.)
Yanada aniq boholash zarur bo‘lsa, uning avlodlari kelgusi yilda ham naslga
qoldiriladi.
Tanlash
muddatlar.
Hayvonlarni
barcha
belgilari
bo‘yicha
bir
xil
davrda tanlash imkoniyati yo‘q va u bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Avlodlarni tug‘ilganicha uni kelib chiqishi ma’lum bo‘lishi lozim. O‘rg‘ochi hayvon
bir necha erkak hayvonlar bilan urug‘lantirilgan bo‘lsa unda uyadagi hayvonlar
puchak qilinadi. Ayrim hayvonlarda kech tug‘ilgan hayvonlar brak qilinadi, va ular
birinchi mavsumda to‘liq rivojlana olmaydi. So‘nggi vaqtlarda to‘g‘ri oztqlantirish
orqali bu tadbirning oldi olingan. Bunda kech tug‘ilgan avlodlar erta tug‘ilganlardan
o‘sishdan qolmasligi shart.
Kasal avlodlar ham uyadagi boshqa hayvonlar ham puchak qilinadi, sababi bu
kasallik uyadagi hollarda keyinroq yuzaga chiqishi mumkin. O‘sishdan qolgan
hayvonlar ham (ma’lum bosqichda) puchak qilinadi.
Hayvonlarning irsiy xususiyati yaxshi o‘rganilgan bo‘lsa, podani to‘ldirishga
Ilmiybaza.uz
qoldiriladigan hayvonlarga nisbatan yana 50-70% yosh hayvonlar podada
qoldiriladi. Buvvnga ishonch bo‘lmagan xolda zarur miqdorga nisbatan 2-2,5 marta
ko‘p hayvonlar qoldiriladi.
Bonitirovkadan so‘ng naslga qoldiriladigan yosh hayvonlar soni aniq bo‘ladi.
Naslga qoldiriladigan erkak hayvonning ahamiyati kattadir. 1 aprelga qadar poda
to‘liq shakllangani shart.
Sutdang ajratilgandan so‘ng, ularni onalari takror ishlab chiqarish hususiyati
bo‘yicha baholanadi. YOsh o‘rg‘ochi hayvon avlod bermasa yoki kam bola bersa, u
puchak qilinadi. Tulki va shimol to‘lkisini takror ishlab chiqarish xususiyati 5-6
yoshida pasaya boshlaydi. SHu bois, faqat jinsiy organlarida salbiy o‘zgarishlar
bo‘lgan hayvonlarni puchak qilish mumkin holos.
Agar muynali hayvon sifatli jun qoplamli ammo sust o‘sish xarakteriga ega
avlod bersa, u podada
qoldiriladi, lekin bu avlodlardan naslchilikda
foydalanilmaydi.
4 – masala: Mo‘ynali hayvonlar podasini tarkibini butlash, shakllantirish.
Hayvonlar podasini shakllantirish uchun yoshi va jinsi bo‘yicha hayvonlar
saqlanadi. Muynali hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish va sanoat usulida
parvarishlashda ham o‘rg‘ochi hayvonlarni urug‘lantirishga erkak hayvonlar
sonining nisbati belgilanmaydi. Avvalambor ularni takror ishlab chiqarish
imkoniyati o‘rganiladi.
Nutriyalar yil bo‘yi urug‘lanishi mumkin. Unda erkak hayvondan foydalanish
cho‘ziladi. Shu bois, o‘rg‘ochi nutriyalar yiliga 2-3 marta urug‘lantirilishi mumkin.
1 bosh erkak nutriyaga 8-10 bosh o‘rg‘ochi nutriya (nisbatda) belgilanadi.
Norka va nutriyalardan 3 yildan ortiqroq foydalaniladi. Podasida yosh
hayvonlar ulushi 45-55% ni tashkil etadi. Tulki va shimol tulkisidan 5-7 yil
foydalanib, yosh hayvonlar salmog‘i 20-30%ni takil qiladi. Sobollardan 10-12 yil
foydalanishlarni hisobga olgan holda ular podasida brak qilish 10-15% ni tashkil
qiladi.
Ayrim hollarda podada yosh hayvonlar salmog‘i 70-80% ga etadi. Past sifatga
ega katta yoshdagi hayvonlarni boshqa xo‘jalik hisobidan almashtirishda bu hol