Ilmiybaza.uz
MO‘YNALI HAYVONLARNI OZIQLANTIRISH VA SAQLASH
Qunduz daryo qunduzi (Lutra lutra) - suvsarsimonlar oilasiga mansub sut
emizuvchi hayvon (30-rasm). Yevropa, Osiyo, Shimoli-G‘arbiy Afrikada tarqalgan.
Gavdasi 70 sm dan ortiq, og‘irligi 10 kg cha. Uchi
ingichkalashgan dumi 45 sm cha. Panjasi qisqa,
barmoqlari teri parda bilan birlashgan. Mo‘ynasi
(qishdagisi qadrlanadi) ho‘llanmaydi. Qishda suvning
muzlamagan joylarida yashaydi. Bahor-yoz mavsumida
asta-sekin to‘laydi. Yumshoq to‘shamali uyasini suv havzasining baland
qirg‘oqlariga yashaydi. Bo‘g‘ozlik davri 8-10 oy. Ikki yilda bir marta - aprel-mayda
ko‘pincha, 3 bola tug‘adi. Asosan, baliq, baqa, ba’zan o‘rdak va b. bilan ovqatlanadi.
Qunduzsimon erqazar (Potamogale velox)-hasharotxo‘r sut emizuvchilar
turkumining bir turi (31-rasm). G‘arbiy Afrikada tarqalgan. Gavdasining uzunligi
0,3 m (dumidan tashqari). Mo‘yiasi jigar rang, qorni oq, 40 tishli. Burun teshigi
qopqoq bilan yopiladi. Suvda hayot kechirsa ham panjalarida suzgich parda yo‘q.
Asosan, baliqlar bilan ovqatlanadi.
Nutriya, suv bobri (Myocastor coypiis) -
kemiruvchilar turkumiga mansub sut emizuvchi
hayvon, Tanasining uzunligi 60-85 sm, dumi 45 sm
gacha, og‘irligi 10-12 kg. Tumshug‘i to‘mtoq,
mo‘ylovlari uzun. Labi ko‘rak tishlari orqasidan
mahkam juftlasha olgani sababli N. suv ostida ham
narsalarni kemiradi. Orqa oyoq barmoqlari orasida
tern parda bor Mo‘ynasi jigar rang. 1 -12 ta bola tug‘adi, Bo‘g‘ozlik davri 127-133
Ilmiybaza.uz
kun. Bolasi 4-5 oyligida jinsiy etiladi. 8-10 yil yashaydi. Janubiy Amerikaning janub
qismidagi chuchuk suvlarda keng tarqalgan. Ba’zi mollyuskalar, o‘simlik kurtagi,
ildizi, mevasi va b. bilan ovqatlanadi. Mo‘ynasi juda sifatli va qimmatbaho.
Fransiya, Buyuk Britaniya, Yugoslaviya, AQSh, Zakavkaze va Janubiy
Tojikistan)da iqlimlashtirilgan. Nutriyachilik. xo‘jaligi va fermasi Zakavkaze, O‘rta
Osiyo (Sirdaryo, Amudaryo va ular atrofidagi ko‘llarda, Moldaviya, Belorussiya,
Ukrainada tashkil etilgan. Jigarrang, oq qora, pushti, tilla rang va b. Nutriyalar ham
ko‘paytirilmoqda. Ovlanadi.
Nutriyalarning vatani Janubiy Amerika hisoblanib, yovvoyi holda issiq va
nam iqlimli tropik zonalarda, qamishzor sersuv erlarda yashaydigan kemiruvchilar
oilasiga mansub bo‘lgan zich mo‘ynali xayvon hisoblanadi.
Nutriyalar o‘z ozig‘ini asosan suvdan topadi. Ular suvda yaxshi suzaoladilar.
Suv ostida birnecha minut bo‘laoladi. Binobarin, ularning bu xususiyati ko‘plab o‘z
dushmanlaridan jon saqlab qolish imkonini beradi. Tabiiy sharoitda ular tungi
hayvon hisoblanadi. Shunga ko‘ra o‘z o‘ljalarini tunda ovlaydilar.
Asosiy ozig‘i suv o‘simliklari (qamishlar) va ularning ildizlari. Suvdagi
mayda jonivorlar ham ular uchun oziq sifatida foydalidir.
Vazni - o‘rtacha 6-7 kg, tana uzunligi 60-70 sm atrofida. Erkaklari 12 kg
gacha va tana uzunligi 90 sm gacha bo‘ladi. Ko‘rak tishlari o‘tkir va ularning butun
umr bo‘yi o‘sib boradi. Ularda 16 ta oziq tishi va 4 ta och pushti rang ko‘rak tishi
bo‘ladi. Qo‘lda boqilgan nutriyalarning ostki jag‘ va ko‘rak tishlari bir-birlariga
ishqalanib o‘tkirlashib turishi aniqlangan.
Ular yil mobaynida bir me’yorda urchishi va ko‘payish xususiyatiga ega.
Erkak nutriyalar birmuncha serharakat bo‘ladilar. Qochmay qolgan urg‘ochi
nutriyalar har 25-30 kunda qaytadan quyukka keladilar. Yiliga 2 marta, ba’zan ikki
yilda 5 marta yuz beradi. Bug‘ozlik davri 127-137 kun. Har tug‘ishda 4-5 ta bola
beradi. Lekin ayrim hollarda
10 tagacha va hatto 14 tagacha bola berishi mumkin. Tug‘ilgan bolalari
harakatchan, kuzlari ochiq, tanasi jun bilan qoplangan bo‘ladi. Xatto tishlari ham
Ilmiybaza.uz
bo‘ladi va suvda bemalol suzaoladilar. Bolalari 2-3 kunligidan onasi ozig‘inii topib
boradi va 10-15 kunligidan boshlab kukat oziqlarni bemalol iste’mol qiladilar.
Emizikli davri 45-60 kun va 3-7 oyligida jinsiy balog‘atga etadi. Yashash
davri - 6-7 yil, ba’zan undan xam kuproq. Lekin 3-4 yoshdan utgach, ularning
serpushtlik darajasi birmuncha pasayib ketadi.
Nutriyalarni- mo‘ynasi quyonlarnikidan sifatli bo‘ladi. Binobarin, u qimmat
turadi (32-rasm).
Xar doim sifatli oziqlar bilan boqilgan
va yaxshi parvarish qilingan urg‘ochi
nutriyalar
butun
yil
davomida
kuyukib turadi, qochadi va bolalaydi.
Lekin ulardan nasl olish yoz va issik,
kunlarga to‘g‘ri kelsa, bolalarining o‘t
o‘simliklarni yaxshi iste’mol qilishi
uchun kulay sharoit mavjud bo‘ladi.
Urg‘ochi nutriya bolalari 50-60 kunligida onalaridan ajratib olinib 7-8 tadan
guruhlanadi va ularga qochirish uchun erkak nutriya qo‘yiladi. Katta yoshdagi
nutriyalar tuqqandan so‘ng oradan 1-3 kun o‘tgach, ular yana kuyukka keladi.
Erkaklari qo‘shilgach ular tezda qochadi va yana bug‘oz bo‘ladi. Lekin bu holat
yaxshi natija bermaydi. Binobarin, tuqqaniga 22-25 kun o‘tgach qochirilsa, u ijobiy
natija beradi. Nutriyaning bug‘ozligini aniqlash urg‘ochilarini, aynio‘sa yosh
nutriyalarni qisir qolishi oldini olishdagi muhim tadbir hisoblanadi. Buning uchun
urg‘ochi nutriyalar turgan kataklarga erkaklari kiritilib turiladi. Agar urg‘ochisi
bug‘oz bo‘lsa, u erkagini yakinlashtirmaydi va ancha urishqoq bo‘ladi. Agar nutriya
qochmagan bo‘lsa, ancha yuvvosh va moyillik bilan erkagini qabul qiladi. Bug‘oz
nutriyalarni oziqlantirishda, kataklarni tozalashda ortiqcha shovqin-suron qilmaslik
talab etiladi. Shuningdek, it, mushuk, g‘oz yoki boshqa hayvon hamda parrandalarni
ularga yaqinlashtirmaslik lozim Nutriyalarni dumidan ko‘tarish va qiynash
ko‘ngilsiz voqealarga (ko‘proq bola tashlashga) olib kelishi mumkin. Issiq kunlarda
Ilmiybaza.uz
ularni toza suv, sovuq kunlarda toza muz va qor, sersuv va shirali oziqlar bilan
ta’minlash yaxshi natija beradi. Shu bilan birga bir vaqtni o‘zida ko‘p miqdorda
berilgan ildizmevalar ularning ovqat hazm qilish organlari faoliyatini buzadi, ayrim
hollarda bola tashlashga olib keladi. Nutriyalar tug‘ishiga yaqin ularning kataklari
tozalanadi, unga poxol va yumshoq somon yoki boshqa o‘simlik tushamalar
solinadi. Qish kunlari esa xona isitilishi kerak. Hamma vaqt toza suv bilan
ta’minlanadi.
Nutriya bolalarini etilganidagi vazni ular qancha tugilganligiga bog‘liq
bo‘ladi. Agar nutriya bolalari qanchalik ko‘p tug‘ilsa, ularning vazni shunchalik
kichik yoki aksincha bo‘ladi. O‘z onalarini tez-tez emib turgan nutriya bolalari tez
usadi va rivojlanadi. Chunki nutriya suti juda sermoy (26%) bo‘ladi. Agar ona
nutriyaning elini kasallangan bo‘lsa, uning bolalariga pipetkalar yordamida kuniga
3-4 marta sigir suti berib turiladi. Shuningdek, yosh bolalariga sutga non tug‘rab
berish ham yaxshi natija beradi.
Nutriya bolalari 2 oy bulguncha kuniga 40-50 g dan sut, 20 g dan non yoki
makkajo‘xori uni olishi mumkin. Ko‘kat oziqlar esa ularni istaganicha beriladi.
Nutriya bolalari 45 kunligidan boshlab, katta yoshdagi nutriyalar rasioniga
o‘tkaziladi. Shuningdek, qora non, baliq moyi va vitaminlar berish tavsiya etiladi.
Onasidan yoshligida ajratib olingan nutriya bolalari odamga tez o‘rganadi va uning
oldidan uzoqga ketmaydilar. Nutriyalarning bolalashi uchun qulay vaqt 1 kvartal
hisoblanadi. Chunki sovuq, tushguncha ular ancha yirik mo‘ynasi o‘siq va sifatli
bo‘ladi. Lekin ko‘plab xo‘jaliklarda bu hol 2-4 kvartalga to‘g‘ri keladi.
Nutriyalar jadal o‘sishi va rivojlanishi uchun ularni rasion asosida boqish
ijobiy natija beradi. Ularga beriladigan em-xashak sifatli bo‘lishi va toza holda
dastlabki ishlov berishdan utgan bo‘lishi lozim Bunday oziqlar ularning fiziologik
holatini yaxshilaydi, semirtiradi va usish-rivojlanishini tezlashtiradi. Oziq
rasioniyoz kunlarida asosan kukat oziqlardan iborat bo‘lishi mumkin. Masalan,
yangi urilgan kuk beda, boshoqli o‘simliklar poyasi, lavlagi, sabzi va ularning bargi
va boshqaa tur shirali o‘simliklar shular jumlasidandir. Har bir nutriya uchun bir
sutkada 100-150 g ildizmevani asosan kechqurun (qish kunlari esa ertalab va
Ilmiybaza.uz
kechqurun) beriladi. Yem ular uchun eng to‘yimli oziq hisoblanadi. Ayniqsa, arpa,
makkajo‘xori, suli, no‘xot, bug‘doy kabi don oziqlarni nutriyalar sevib iste’mol
qiladilar. Nutriyalarga beriladigan em avval suvga namlansa yoki qaynatib berilsa,
uning sifati, to‘yimliligi va hazm bo‘lishi yuqori bo‘ladi.
Nutriyalar rasionida mineral, yog‘i olingan sut, qon va suyak uni kabi oziqlar
bo‘lishi ularning oqsil moddasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda, jadal semirishida
va tez rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Nutriyalarning jun qatlami. Ularning
jun qatlami asosan o‘siq dag‘al jun tolalaridan va kalta, lekin nihoyatda zich
joylashgan tivit tolalardan tashkil topgan. Bu tolalar sovuq, kunlarda nutriya tanasini
sovuqdan saqlash imkonini beradi. Teri qatlami qalinligi elka qismida yaxshi
rivojlangan bo‘lsa, qorin, biqin, bosh va ko‘krak qismidagisi bir oz yupqa bo‘ladi.
Bu xususiyat ularning mo‘ynasini ishlash davrida hisobga olinishi lozim
Nutriya mo‘ynasi engil sanoat uchun qimmatli mahsulot hisoblanadi. U
o‘zining chidamliligi va pishiqligi bilan ondatra va quyon mo‘ynasidan ustun turadi.
Ularning mo‘ynasidan ayollar va bolalar uchun sifatli bosh kiyimlar, yoqalar
tayyorlanadi. Ayrim vaqtlarda ularning mo‘ynasini bo‘yash ham mumkin.
So‘yilgan nutriyalardan 2,5-3,5 sifatli go‘sht olish mumkin. Nutriya
go‘shtidan ko‘plab chet mamlakatlarda, jumladan, Amerika kontinentida to‘yimli va
mazali ovqat sifatida keng foydalaniladi. Shuningdek, mamlakatimizda ham keyingi
yillarda nutriya go‘shtini iste’mol qilish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
ONDATRA
MO‘YNALI
HAYVONNINI
PARVARISHLASH
Ondatra o‘zining tashqi ko‘rinishi bilan ko‘proq yirik kalamushlarga o‘xshab ketadi.
Ondatraning asosiy vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, u ko‘plab mamlakatlarga keng
tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra u 1927-1928 yillarda va Markaziy Osiyoga
1935 yilda keltirilgan.
Ondatraning mo‘ynasi o‘siq va sarg‘ish-och jigar-rang, qora, qizil-sarg‘ish,
to‘q malla rang, oyoqlari kalta va kuchli bo‘ladi. Barmoqlarining orasi kalta parda
bilan birlashgan bo‘lib, suzishda katta vazifa bajaradi. Dumi uzun va ikki yon
tomonidan toraygan holda uchraydi. Qulog‘i kalta va kichik ayrim hollarda u uncha
Ilmiybaza.uz
sezilmaydi. Ondatralarning hayoti asosan sersuv, o‘simliklarga boy bo‘lgan ko‘lmak
erlarda o‘tadi. Ular shunday erlarda urchib ko‘payadilar.
So‘nggi yillarda xususiy sektorda va ayrim fermer xo‘jaliklarida
ondatralarning tanlash va saralash ishlarini qo‘llanishi sababli ularning vazni va
mo‘ynasining sifati birmuncha ortdi va yaxshilandi. Vazni - 1,5-2 kg, ba’zan undan
xam ko‘proq bo‘lib, tana uzunligi 30-35 sm atrofida uchraydi.
Asosiy ozig‘i - qamish va shu kabi suv o‘simliklari, ularning ildizlari, hamda
suvdagi mollyuskalar, hasharotlar, chuvalchanglar va suvdagi mayda hayvonlar va
ularning lichinkalari hisoblanadi. Ular suzgan vaqtda ko‘pincha boshi va elka
qismini tashqariga chiqargan holda juda tez harakat qiladi.
Suv ostida 3-5 minut, ba’zan undan ham ko‘proq tura oladi. Bir suzishda 100
metrga to‘xtovsiz bora oladi. Ondatralar mo‘ynasi birmuncha zich va quyuq
joylashgan. Shuning uchun ham suvda ularning mo‘ynasiga nam yuqmaydi.
Mo‘ynasi kalta nihoyat zich joylashgan, tiviti ularning tanasini sovuqdan himoya
qiladi.
Urchishi - birmuncha jadallikda yuz beradi. Ularning bug‘ozlik davri 25 kun
davom etadi. Bir yo‘la 3- 8 ta bola tug‘adi. Ularning bolalashi: dastavval tashqi
muhitga bog‘liq. Agar shimoliy zonalarda ular yiliga ikki marta bolalasa,
respublikamiz sharoitida ular yiliga 5 martagacha bolalaydi.
Bolalari - 20-25 kun davomida onasining suti bilan oziqlanadi, so‘ng mustaqil
holda turli xil oziqlarni iste’mol qiladi. Tabiiy sharoitda urg‘ochilari erta bahorda
ko‘payadi. Bolalari tug‘ilgach bir oy mobaynida ular qaytadan kuyukadi. Shu tariqa
yiliga 4-5 marta bolalab, 35-40 tagacha bola berishi aniqlangan. Bolalarining o‘sishi
dastlab onasi sutining miqdoriga va parvarishiga bog‘liq bo‘ladi. Bolalari
tug‘ilgandan so‘ng deyarli bir oy davomida faqat onasining yonida bo‘ladi. Yaxshi
parvarish qilinmagan bolalari yoshligidayoq nobud bo‘lib ketadi. Tabiatda
ondatralarning dushmani ko‘p. Jumladan, chiya bo‘ri, tulki, yovvoyi mushuk, va
xatto yirik ilonlar ham ularning mayda bolalariga hamla qiladi.
Mo‘yna sifati - barcha mo‘ynabop xayvonlar ichida salmoqli o‘rin egallaydi.
Shuning uchun ondatralarni imkoni boricha xo‘jalik sharoitida ko‘paytirish ishlari
Ilmiybaza.uz
yuqori samaradorlikka olib keladi. Ondatralar asosan Amudaryo atrofidagi sersuv
erlarda ko‘paytiriladi. Mo‘ynaning sifati asosan qish oylarida yuqori bo‘ladi. Boshqa
vaqtlarda ular tullaydi va bu jarayon mo‘yna sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ondatra
so‘yilganda ularning dumi va oyoqlari tashlab yuboriladi, shilib olingan terisi
maxsus ramalarga kiydirilgan holda quritiladi va ularga ishlov beriladi.
Go‘shti - Shimoliy Amerikada oziq sifatida iste’mol qilinadi. Oshxonalarda
ulardan turli xil taomlar tayyorlanadi. Markaziy Osiyoda ondatra go‘shti ayrim
go‘shtxo‘r hayvonlar norka, tulki va hokozolar uchun ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda ondatralarning asosiy qismi Qoraqalpog‘istonda, ko‘proq
Mo‘ynoq tumani xo‘jaliklarida va Amudaryo qirg‘oqlariga joylashgan xo‘jaliklarida
ko‘paytirilmoqda.
NORKA
HAYVONINI
BOQISH
VA
KO‘PAYTIRISH
Norkalar harakatchan, tanasining vazniga nisbatan kuchli
yirtqich hayvon xisoblanadi. Ular o‘zlarining kelib chiqishi
va ayrim xususiyatlariga ko‘ra ikki turga bo‘linadi. 1.
Amerika turi. 2. Yevropa turi. Amerika norkasining quloq
suprasi aylana shaklida, mo‘ynasi quyuq va sifatli.
Binobarin, amerika norkasi ko‘pchilik zona xo‘jaliklarida
ko‘paytiriladi. Yevropa turining quloq suprasini uchi
toraygan va biroz ingichkalashgan ko‘rinishga ega.
Shuningdek, ularning dumi 5-10 sm kaltaroq bo‘ladi. Ko‘plab xo‘jaliklarda Alyaska
norkasi
va
Kentay
norkasi
ham
boqiladi
va
ko‘paytiriladi.
Norkalarning tana uzunligi 60-80 sm atrofida. Erkaklarining vazni 1000-3000 g,
ayrim hollarda 3,5-3,8 kg ham bo‘lishi mumkin. Urg‘ochilari 700-1900 g tosh
bosadi. Ular suvda yaxshi suzaoladilar. Ayrim hollarda norkalarning yovvoyi holda
ko‘l, daryo va suvli erlarda yashashlari aniqlangan. Bunga asosiy sabab ularning
oziq rasionining deyarli 70-75 foizi turli xil mayda va o‘rtacha xayvonlardan tashkil
topganligidir. Masalan, hamma turdagi baliqlar, baqalar, qiskichbaqalar,
Ilmiybaza.uz
molyuskalar, kalamush, sichqon, olmaxon, ondatra, qushlar, ilonlar va hatto
hasharotlar shular jumlasiga kiradi. Shuningdek, ularning rasionini 25-30 foizi turli
xildagi o‘simliklar va ularning doni, mevalari, sabzavot ekinlaridan iborat. Norkalar
yovvoyi holda oila bo‘lib yashamaydi. Kuyukka kelgan urg‘ochi norkalar qochgach,
o‘zining bo‘lajak bolalarini erkagidan saqlash uchun uzoq masofalarga jo‘nab
ketadi. Bir onadan tug‘ilgan 2-3 tabolalari kuz kelishiga qadar birga, onalari yonida
bo‘lishadi, so‘ng har tomonga tarqalib ketishadi. Norkalar asosan tungi hayvon
hisoblanadi. Lekin ayrim vaqtlarda kunduzi ham ov qiladi. Ular qochish va qochirish
vaqtida juda aktiv (faol) bo‘ladilar. Ularning oyoklari kalta, lekin baquvvat,
barmoqlari jun bilan qoplangan, orasi suzgich parda bilan birlashgan bo‘ladi.
Barmoqlari bir-biridan mustasno harakatlanish xususiyatiga egadir. Norkalar
olmaxon kabi tik daraxt yoki sim turlarida tezlik bilan harakat qila oladilar. Ularning
terisi asosan jigarrang, lekin hozirgi vaqtda 5-6 xil tuslari ham yaratilgan.
Norkalarning boshi ularning jinsini aniqlashda muxim belgi hisoblanadi.
Erkaklarining boshi yumaloq, keng, ancha qupol bo‘ladi. Urg‘ochilariniki esa-bir oz
cho‘ziqroqdir. Bir oylik bo‘lgan bolalarining bunday jinsiy demorfizmi yaxshi
ifodalangan. Norkaning kuzi yumaloq, yaltirab turadi, asosan qora rangda. Lekin
ayrim vaqtlarda jigarrang, qizil yoki och pushti va ko‘k rangda bo‘lishi ham
mumkin. Umuman ularning ko‘zi, tanasi va mo‘ynasining rangiga qarab turlicha
bo‘ladi (33-rasm).
Norkalar uzoq yillardan beri qo‘lda boqish va ko‘paytirishga moslashgan.
Ular ustida seleksiya va naslchilik ishlarini olib borish natijasida ularning unlab turli
xil rang mo‘ynalarini etishtirish imkoniga ega bo‘lindi. Hozirgi vaqtda mo‘ynachilik
xo‘jaliklarida norkalarning standart (to‘q jigar rang), havo rang, jigar rang, oq va
qora rangli turlari ko‘plab urchitilmoqda va ko‘paytirilmoqda. Norkalar yiliga bir
marta, fevral oyining dastlabki kunlarida kuyukka keladi. Bu vaqtda ular turli xil
ovoz chiqaradi va erkagini qarshilik ko‘rsatmagan holda qabul qiladi. Jinsiy instinkt
erkaklarida kuchli rivojlangan, ayrim hollarda bir urg‘ochi norkani bir necha bor
zo‘rlab qochirishi kuzatilgan. Lekin, ayrim vaqtlarda bu hol ikki jins o‘rtasida urush
va bir-birlarini tishlab jarohatlashgacha olib keladi.
Ilmiybaza.uz
Norkalarning kuyukish muddati 25-30 kun davom etadi. Tuxum
xo‘jayralarining tuxum yo‘lidagi harakati ham 6-7 kun davom etadi. Tuxum xo‘jayra
tuxum yo‘lining yuqori qismida otalanadi va 10-40 kun mobaynida tuxum yo‘lida
to‘xtab qoladi. Bu davr latent davri deb ataladi. Ayrim hollarda qochirilgan norka
tanasida qo‘shimcha (yangi) tuxum hujayralar hosil bo‘ladi, shunga ko‘ra ular yana
erkaklari bilan qo‘shilishga harakat qilishadi. Qo‘shimcha qochirish natijasida yana
yangi embrionlar vujudga keladi.
Norkalarning bug‘ozlik davri 40 kundan 73 kungacha davom etadi. Bunday
katta farq bo‘lishining asosiy sababi ularda latent davrining va embrionlar
miqdorining xar xil bo‘lishidadir. Embrionlari ko‘p bo‘lgan norkalarning bug‘ozlik
davri birmuncha cho‘zilishi aniqlangan.
Norkalarni boqishda ularning rasionini minimal yoki maksimal darajada
uzgarishiga yul quymaslik lozim Chunki minimal darajadagi rasion norkalarning
sog‘ligi saqlanishi bilan mahsuldorligi pasayib ketadi va maksimal darajada
bo‘lganida ovqat hazm qilish organlarining jadal ishlashi natijasida jigari va ayrim
organlarining faoliyati buziladi. Shuning uchun rasion doimo me’yor darajada
bo‘lishi kerak. Xo‘jaliklarda rasion tuzishda norkalar organizmining oziq
moddalarga ehtiyojini to‘la qondirish hisobga olinadi. Bunda hyvonlarning yoshi,
jinsi va yilning fasliga e’tibor beriladi. Norkalarni cog‘lom saqlash va
mahsuldorligini oshirishga katta ahamiyat beriladi, fiziologik holati (urchishi,
o‘sishi, homilasining rivojlanish qobiliyati va boshqalar) hisobga olinadi.
Xo‘jalikda norkalarni baliq, go‘sht va go‘sht-baliq bilan boqish usullari
qo‘llaniladi. Baliq bilan boqish usulida xayvonlar oladigan jami kaloriyaning 50
foizdan ko‘prog‘i baliqlarga va baliq mahsulotlariga, go‘sht bilan boqishda esa turli
hayvonlar go‘shti va ichak-chavoqlarga to‘g‘ri keladi. Go‘sht-baliq bilan boqishda
rasionda kaloriyasi va to‘yimlilik darajasi teng bo‘lgan, teng miqdordagi go‘sht va
baliq mahsulotlari bo‘lishi kuzda tutiladi.
Zaruriyat bo‘lgan paytlarda yosh norkalarning o‘sishi va rivojlanishini
yaxshilash, katta yoshli norkalarning urchish qobiliyatani oshirish va yuqori sifatli
mahsulot etishtirish maksadida rasionga yog‘, vitaminlar, antibiotiklar, achitkilar,
Ilmiybaza.uz
biopreparatlar va mineral elementlar (kalsiy, fosfor va boshqalar) qushiladi.
Urchitishga tayyorgarlik kurish va urchitish, bug‘oz-lik va laktasiya davrlarida
rasionga jigar, ot go‘shti, sut, baliq moyi va achitqilar kiritiladi. Hozirgi vaqtda
Angren mo‘ynachilik xo‘jaligida turli xil oziq nisbatlari va ularning kaloriyasini
hisobga olgan holda qo’yidagi rasion qo‘llaniladi Norkalarni so‘yish va terilariga
ishlov berish tadbirlar norka boquvchi ishchilar ishtirokida mo‘ynachilik
mutaxassislar bajaradi. Norkalarni so‘yish uchun ularga ukol qilinib distelin
yuboriladi. Mo‘ynaga birinchi ishlov berish maxsus asboblar yordamida so‘yish
punkti (kushxona)da bajariladi. U erda mo‘ynani ishlash, tozalash, yog‘ini
ketkazish, tekislash va quritish, tashish va saralash sexlari bor. Quritish ishlari 31-
35°C da 11-12 soat davom etadi. Norkalarni boqish, ularni urchitib ko‘paytirish
iqtisodiy jihatdan serdaromad tarmoq hisoblanadi. Binobarin, imkoni bo‘lgan fermer
xo‘jaliklari ushbu tarmoq bilan shug‘ullanishlari mumkin.
Mo‘ynali yirtqich hayvonlarni saqlash usullari - mo‘ynali hayvonlardan
olinadigan asosiy mahsulot terisi hisoblanadi. Asosiy qimmat baholisi qoraqo‘zan
(norka) va yashil tulki hiooblapadi. Mo’ynachilik xo‘jaliklarida kumushsimon qora
tulki, yashil tulki, qorako‘zan, suv kalamushi (nutriya), kamchatka suvsari (sobol)
va boshqalar ko‘paytiriladi.
Mo‘ynali yirtqich hayvonlar fermasi quriladigan joy xuddi quyonchilik
fermasidek balandroq, quruq, yomg‘ir-qor suvlari bosmaydigan, zaxlamaydigan,
shamoldan to‘siladigan bo‘lishi kerak. Fermaning butun atrofi ishlab chikarish
binolari bilan birga 2 m balandlikdagi devor bilan o‘raladi. Devorning ustidan 40 -
50 sm kenglikdagi taxtadan qiya soyabon qilinadi. Devorning tagidan 60 - 100 sm
chuqurlikda metall to‘r ko‘miladi yoki ferma ichkarisiga qarab gilamdek to‘shaladi.
Bu yirtqichlarni erni yoki devor tagini teshib chiqib ketishiga qo‘ymaydi. Fermaga
kirish va chikish uchun yagona darvoza qurilib, unda veterinariya sanitariya kuzatuv
punkti va dezobarer qilinadi. Yirtqichlarni saqlash binolaridan tashqari fermada
yirtqichlar uchun oshxona, muzlatgich, mo‘ynalarni birinchi ishlov berish xonasi,
asbob-anjomlar, to‘shama, kimyoviy moddalarni saqlaydigan saroy, veterinariya
punkti izolyatori bilan birga, xizmatchilar dam olish xonasi va boshqalar bo‘ladi.
Ilmiybaza.uz
Qish paytlarida ularga yarim suyuq, muzlamagan oziqalar beriladi.
Yirtqichlar fermasi temir beton, pishgan g‘isht va metallardan qilinadi. Mo‘ynabop
yirtqichlar uchun 90x40x40 sm o‘lchamdagi kataklar qiliiadi.
Suv kalamushining katagi uycha va yayrash maydonidan iborat bo‘ladi.
Urg‘ochilari bolalari bilan turishi uchun uychalari pishiq g‘isht yoki betondan
qilinadi. Yog‘och qismlari ichidai sim to‘r bilan qoplanadi. Uychaning uzunligi 1 m,
kengligi 0,7 m va oldidan balandligi 0,7 va orqadan esa 0,8 m bo‘ladi. Uychadan
yayrash maydoniga chiqish uchun 22 x 22 sm teshik qo‘yiladi. YAyrash maydoni 2
x 1,4 m bo‘lib, balandligi 80 sm bo‘lgan pishiq g‘isht yoki betondan qilingan devor
bilan o‘raladi. Uning poli hovuzga qaratib qiya qilinadi. Hovuzning uzunligi 1,4 m,
kengligi 0,6 m va chuqurligi 0,3 m bo‘ladi,
Urg‘ochi tulki va o‘sishdagi tulkilar uchun kataklarning uzunligi 3 m,
kengligi 1 m va balandligi 0,7 m bo‘ladi. Erkaklari alohida kataklarda saqlanib, u
erda urg‘ochilari qochiriladi. Bu kataklarning uzunligi Z m, kengligi 1 m va
balandligi 1,2 m qilinadi. Katakning tepasi olinadigan qilinadi va ichidan metall to‘r
tortilgan bo‘ladi. Yon tomonida ikkita eshikchasi bo‘lib oziqlanish oxuri va
sug‘orgich o‘rnatiladi. Qo‘zg‘aluvchan to‘siq bilan katakni ikkiga bo‘lib, yoshlarini
joylashtirish ham mumkin.
Urg‘ochi yirtqichlar uchun kataklar yonidan yoki ichidan uycha ham
qilinadi.Sovuq paytlarda yashash uchun katak va uycha maxsus teshik orqali ulanadi
yoki qiyshaytirilgan taxta quvur bilan birlashtiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shamol
kirmasligi uchun quvur qiyshaytiriladi.
Suv kalamushlari (nutriya) yopiq binolarda ko‘p qatorli kataklarda va
yayrash maydonchasi bor kataklarda saqlanishi mumkin. Suv kalamushlarining
aoosiy qismlari alohida-alohida hovuzi bor yoki hovuzsiz kataklarda saqlanadi.
Ularning kataklarida havoning harorati -20°C gacha bo‘lsa, ochiq ayvonlar tagiga,
undan sovuq bo‘lsa yopiq binolarga joylashtnriladi. Tashqarida harorat juda past
bo‘lsa, suv kalamushlarini uychasiz va hovuzsiz yopiq binolarda saqlanadi. Binoga
majburiy ventilyasiya orqali +100 - 15°C isitilgan havo yuboriladi. Qishda ish
vaqtida binolarni isitish uchun isitgich lampalardan foydalaniladi va yorug‘lik
Ilmiybaza.uz
koeffitsienti 1:10 bo‘ladi. Binoga sug‘orish idishlari va bunkerli oxurlar o‘rnatiladi.
Suv kalamushlarining yoshlari guruh holida kataklarda saqlanib, guruh holida
yayrash maydoniga chiqariladi.
Yirtqich hayvonlarning yayrash maydonlari etarli balandlikda to‘silishi
kerak, ya’ni qorako‘zan uchun 0,4 m, qunduz, yosh tulkilar uchun 0,6 m, suv
kalamushi uchun 0,8 m, katta tulkilar uchun 1,0, qorako‘zan va qunduzlarning
uychasining balandligi 0,4 m, suv kalamushi uychasini balandligi 0,5 m bo‘ladi.
Bir yil davomida zarur bo‘lgan to‘shamalar (poxol va yog‘och qirindisi)
tulkilar uchun - 10 kg, qorako‘zan va qunduzlarga - 30 kg, yoshlariga - 10 kg, suv
kalamushi kattalariga - 25 kg, yoshlariga - 10 kg bo‘lishi kerak. To‘shamalar
ifloslanish darajasiga qarab almashtirilib turiladi.
Mo‘ynali hayvonlarni oziqlantirish gigienasi - tulki, qunduz va
qorako‘zanlar asosan hayvonot olamidan tayyorlangan oziqalar bilan oziqlanadi.
Bo‘g‘ozlari uchun oziqa ratsionining 80 % ini go‘sht (muskul va butun baliq) tashkil
etishi kerak. Ularni oziqlantirishda baliqchilik korxonalarining chiqindilari, yog‘i
olingan sut, inkubatoriya sexlari, go‘sht va baliq kombinatlarining chiqindilaridan
keng miqyosda foydalaniladi. Hatto pilla qurtining kapalaklari ham yaxshi oziqa
hisoblanadi.
Don oziqalardan arpa, suli, makkajo‘xori, bug‘doy va ularning
aralashmasidan omuxta oziqa tayyorlanadi. Ratsioniga lavlagi, sabzi, poyalar, yosh
o‘tlar, aralash silos va boshqalar ham qo‘shiladi. Zig‘ir va kungaboqar kunjaralari
maydalanib va pishirilib beriladi. Qorako‘zanlarga soya shroti va donlar ham
beriladi. Tovuq tuxumi oz muddatlarga beriladi, chunki uning tarkibida avidin
bo‘lib, biotinning vitaminlik xususiyatini yo‘qotadi.
Yirtqich hayvonlarga sabzavotlar juda maydalab beriladi yoki boshqa
oziqalar bilan aralashtirilib ataladek qilib berilsa ham bo‘ladi. Pivova non
kombinatlari achitqilarini berishdan avval qaynatiladi. Kalla-pocha, ichakdan
boshqalari xomligicha, cho‘chqa qoni pishirib beriladi. Sifatsiz oziqalarda zaharli
moddalar bo‘lib,buni hayvonlarga berish xavfli. Majburiy so‘yilgan hayvonlar
go‘shti veterinariya-sanitariya ekspertizasidan yaxshilab tekshirilgandan keyin
Ilmiybaza.uz
beriladi. Hamma oziqalar yangi va achimagan bo‘lishi kerak. Go‘sht va baliq
farshlari 1-1,5 soatdan ko‘p saqlanmasligi kerak. Bu paytda muzlagan oziqalarning
avval muzi eritiladi va keyin beriladi.
Oxurlarga solingan oziqalar harorati yoz paytlarida +100 - 20°S dan
oshmasligi va qishda esa ancha issiqroq, ya’ni 00 atrofida bo‘lishi kerak. Oziqalar
qish paytlari tez sovib va muzlab qolmasligi uchun ularni iloji boricha quyuq qilib
tayyorlanadi.
Suv kalamushlarini oziqlantirish ko‘p tomondan quyonlarnikiga o‘xshab
ketadi. Ular boshoqli-dukkakli oziqa, don, ildizmevali oziqalar, kepak, yorma,
lavlagi tuppasi, go‘sht - sut mahsulotlarini yaxshi iste’mol qiladi.
Qora ko‘zanning oziqa ratsioniga har 1 kg tirik vazniga 25 grammgacha
xlorella qo‘shiladi. Bu esa ular terisini kattalashishiga va sifatining yaxshilanishiga
ta’sir qiladi. Xlorella bakterotsidlik xususiyatiga ega bo‘lib mikrofloralarni
o‘sishdan to‘xtatadi, oziqalarni buzilishdan saqlaydi va hayvonlarni kasallanishining
oldini oladi.
Katta yoshdagi va naslli bo‘lmagan yosh yirtqichlar kuniga bir marta,
nasllilari 2 marta oziqlantiriladi va suv istaganicha beriladi. Bo‘g‘oz va emizadigan
yirtqichlarning oziqa ratsioniga kuniga 20 - 40 grammgacha sifatli xom jigar, yangi
qon qo‘shiladi. Kuz vaqish paytlari ichadigan suvi +150 - 180C gacha isitilib beriladi.
Onasidan ajratilgan bolalarini oziqlantirishda xom go‘sht, baliq, sut, pishirilgan un,
xamirturush, baliq moyi, baliq va go‘sht uni, pilla qurtining kapalagi, qushxona va
baliq chiqindilari, ko‘k o‘tlardan foydalaniladi.
Qorako‘zan va tulkilar orasida osh tuzidan yalpi zaharlanish hollari ko‘p
uchraydi. Shuniig uchun xom oziqaga 0,5% dan ortiq bo‘lmagan holda qo‘shiladi.
Bundan tashqari ularni osh tuzidan zaharlanmasligi uchun hamma tuzlangan
oziqalar suvda ivitilib keyin beriladi. Kuniga tulkilarga 5 g, qorako‘zanlarga 2 g
tuz beriladi.
Hayvonlar birdaniga yog‘li oziqalarga o‘tkazilsa, ketoz kasalligiga
uchraydi. Shuning uchun ularning ratsionida 3,8 g / 100 kg miqdorida yog‘, E va V
guruhidagi vitaminlar bo‘lishi kerak. Mo‘ynali yirtqichlar oziqa ratsioniga ko‘p
Ilmiybaza.uz
miqdorda yog‘ qo‘shilsa vitamin E ni parchalab yuboradi.
Mo‘ynali yosh yirtqichlarni o‘stirish gigienasi - bo‘g‘oz tulki, qorako‘zan
va suv kalamushlari yolg‘iz holda uychali kataklarda saqlanadi. Ularning uychasi va
ini tug‘ishga 10 - 15 kun qolganda tayyorlanadi. Qorako‘zan va qunduzlar uchun 20
martdan kechiktirmay qilinadi. Uychalari va inlari iflosliklardan tozalanadi,
kuydiriladi keyin o‘yuvchi natriyning 1 - 2 % li issiq eritmasida yuvilib quritiladi.
Keyin uychaga in qo‘yilib, isitiladi. Bo‘g‘oz yirtqichlarning ini haftasiga kamida 3
marta qarab turiladi, to‘shamasi doimo aralashtiriladi. Qorako‘zan va suv kalamushi
uychasida in bo‘lmaganligi uchun quruq poxol to‘shama to‘shaladi va ifloslanganda
almashtirib turiladi.
Fermada urg‘ochi hayvonlar uchun maxsus bino - issiqxonalar quriladi.
Nochor bolalari onasini ema olmasa 25 x 25 sm o‘lchamdagi inkubator qutilarga
joylashtiriladi. Ularning oralig‘iga elektrolampalar o‘rnatilib, harorati +25°S gacha
ko‘tariladi. Bolalari sim to‘r polning ustiga yozilgan paxta ustiga joylashtiriladi.
Yirtqich hayvonlarning bolalarini 3 - 4 haftaligigacha to‘liq saqlab qolish
onasining sutiga bog‘liq bo‘ladi. Tulki bolalarini suv bermasdan yarim suyuq
ovqatlar bilan boqish mumkin. Tulki bolalari 6 - 7 kunligigacha qo‘shimcha echki
suti bilan, qorako‘zan bolalarini esa sigir suti bilan boqish mumkin. Ularga
berilayotgan outning harorati +360 - 38°C bo‘lishi kerak. Onalarining suti kam
bo‘lsa yoki bolalari soni ko‘p bo‘lganda, ularning bir qismini o‘gay onaga o‘tkazish
mumkin. Onasi bilan 7 - 8 bosh qorako‘zan bolasi, 12 - 14 tagacha tulki bolalari
qoldirilishi mumkin.
Yirtqich hayvonlarning bolalari onasidan har xil vaqtda ya’ni korako‘zan
bolalari 35 - 45 kunligida, tulki bolalari 45 - 50, qunduz 45 - 50, suv kalamushi 40-
60 kunligida ajratiladi. Suv kalamushlarining bolalari uch oylik bo‘lgandan keyin
hovuzchaga suvga qo‘yiladi.
Qorako‘zanlar emizish davrida oriqlasa, bolalari 30 - 35 kunligida ajratilib,
onalariga turli tuman oqsil - vitaminli - mineralli oziqalar qo‘shimcha ravishda
beriladi. Kumushrang qora tulki va yashil tulki bolalari 45 kunligida onasidan
ajratilgandan keyin teri uchun so‘yilguncha maydoni 1 m2 bo‘lgan kataklarda
Ilmiybaza.uz
alohida saqlanadi.
Suv kalamushlari yil davomida kataklarda saqlanadi, so‘yish uchun
ajratilgan yoshlari havoning issiq vaqtlarida suvga qo‘yiladi.
Shu narsa aniqlanganki, havoning haroratn pasaysa, terining sifati yaxshilanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurining tushishi va yuqori namlik yirtqichlar terisida
qo‘ng‘irsimon ranglarni paydo qiladi. B. D. Babaka ma’lumotlariga ko‘ra
qorako‘zanlarni quvvati 100 - 200 vatt bo‘lgan lampalar bilan 1,5 soat qo‘shimcha
yoritilsa, urg‘ochi yirtqichlarning serpushtligi oshgan, suti ko‘paygan va terisining
sifati yaxshilanib, hajmi yiriklashgan. YOz paytida yirtqich hayvonlarni qizib
ketishdan himoya qilish zarur.