MO‘YNALI HAYVONLARNI XO‘JALIK FOYDALI BELGILARI (Mo‘ynali hayvonlar haqida umumiy tushuncha, Mo‘ynali hayvonlarning foydali ko‘rsatkichlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
31,7 KB
Ilmiybaza.uz
MO‘YNALI HAYVONLARNI XO‘JALIK FOYDALI BELGILARI
Reja:
1. Mo‘ynali hayvonlar haqida umumiy tushuncha.
2. Mo‘ynali hayvonlarning foydali ko‘rsatkichlari
Tayanch iboralar.
Qiymatli mo‘yna hayvonlari, fauna dunyosi, flora dunyosi, talabdarajasidagi
moddiy tovar mahsulotlar, evolyusion taraxiy taraqqiyot, ovchilik, brokonerlik,
introduksiya va akklimatizatsiya, tutinlikda urchitish, erkin holda urchitish, nutriya
(suv bobri), ondatra, tulki, Turkiston kul rang tulkisi, Turkiston tog‘ tulkisi,
Karaganka (karagan tulki), Monogom bolalash, kuyikish.
Ilmiybaza.uz
O‘zbekistonning istiqlol tufayli erishgan mustaqil rivojlanishi bozor
iqtisodiyoti yo‘nalishida aholining talabi darajasidagi moddiy-tovar mahsulotlarini
mo‘l - ko‘lliga bilan bog‘likdir. Aholini iste’mol talabini moddiy ta’minotining
asosi-qishloq xo‘jaligidir yoki anikrok aytganda o‘simliklar (flora) dunyosi va
hayvonot (fauna) dunyosi hisobiga qondiriladi. Shuning uchun chorvadorlarning
asosiy vazifasi barcha ichki imkoniyatlardan omilkorona foydalanishdan iboratdir.
O‘zbekistonning tabiati va uning hayvonot dunyosi xilma - xildir. Shumoliy
Ustyurt o‘lkasining bepoyon kengliklari, janubiy-sharqda tog‘larning qirrali
chuqqilari, shimoliy-sharqda qizilqumning qumliklari qotgan to‘lkin kabi cho‘zilib
yotibdi. Markaziy Osiyo xududi evolyusion tarixi taraqqiyotining bir davrilarida
turli mamlakatlardan ko‘chib o‘tuvchi hayvonlarning makoni bo‘lgan. Shuning
uchun O‘zbekistonimiz xududida nafaqat Yevropa va Markaziy Osiyo taluqli
bo‘lgan hayvonlar, xatto Afrika va Hindiston kabi janubiy Osiyodan o‘tib qolgan
har-xil hayvonlar ham uchraydi. Baland tog‘larimizda shimoliy xududlarga xos
hayvonlar (oqsuvlar, ayiq) saxro va cho‘l xududlarmizda va tog‘oldi yalangliklarida
tropik mamlakatlardan kelgan hayvonlar (chiyabo‘ri, sirtlon), echkiemar, charxilon,
mayna kabilar uchraydi. Bu hayvonlar orasida foydali va zararlilari mavjud.
Foydali hayvonlar xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lib, qimmatli mo‘yna va sifatli
go‘sht beradi yoki madaniy ekinlarga tushadigan hasharotlarni yo‘q qiladi.
Zararlilari
madaniy
ekinlarni
yeb
nobud
qiladi,
yuqumli
kasalliklarni
kuzgatuvchilarni tashib yuradi. Biron turdagi hayvonning foydali yoki zararli
ekanini aniqlash uchun uning hayot faoliyatini o‘rganish kerak. Ba’zi birlarining
arzimagan zararini hisobga olib, uning muhim ahamiyatli tomonlarini
hisoblamaymiz. Zararli va foydali hayvonlarni urchitishni muvofiqlashtirishdan
oldin ularning biologiyasini yaxshi o‘rganish lozim.
Juda kam uchraydigan va ayni paytda yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan
hayvonlarni muhofaza qilish ishlarini ularning sonini, biologiyasini, tarqalish
joylaridagi rolini bilmay turib amalga oshirish murakkabdir. Mana shuning uchun
xam mamlakatimizga taaluqli o‘lkalarning faunasini bilish kerak bo‘ladi.
Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
Ilmiybaza.uz
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kamdan - kam uchraydigan va endilikda
butunlay yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini saqlab qolish bo‘yicha
ishlab ko‘riqxonalarda, xo‘jalik ahamiyatga ega bo‘lgan hayvonlarni (mo‘ynali
hayvonlar, kushlar, zaharli ilonlar) muxofaza qilish esa maxsus topshiriq asosida
urchitib ko‘paytiruvchi joylarda olib bormokda. O‘zbekistonda hozir 10 dan
ziyodrok ko‘riqxona va 10 ga yaqin zakazniklar ish olib bormoqda. Shuningdek
boshqa kit’a va mamlakatlardan maxsus topshiriq asosida mo‘ynasi uchun urchitish
maqsadida keltirib urchitilmoqda (nutriya, ondatra).
Umuman, mo‘ynasi uchun foydalaniladigan hayvonlar O‘zbekistonimiz
sharoitida kemiruvchilar turkumiga qiruvchi ondatra, nutriya yoki suv bobri ko‘proq
urchitilsa, yirtqichlar turkumiga qiruvchilardan tulki, alakuzan, suvsar, kunduzlarni
ko‘rsatishimiz mumkin. Hozirgi tadbirkorlik negiziga asoslangan bozor iqtisodiyoti
yo‘nalishida qayta kurilayotgan xalq xo‘jaligimizning har xil shakillarda tashkil
etilgan korxonalari sharoitida mo‘ynachilik maxsus turlarini tanlab urchitishga keng
yo‘l ochib berish chorva mutaxasislarining asosiy burchi bo‘lishi lozim.
O‘zbekistonning asosiy iqtisodiy bazasini ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi
(paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, pillachilik, qorakulchilik) va sanoat
korxonalari tashkil etadi. Lekin respublikamizning hamma joyida tabiiy, iqtisodiy
sharoit manbalari, aholini zichligi kabilar bir xil emas. Chunonchi Fargona
vodiysida 1 km2 ga 170 ga yaqin kishi to‘g‘ri kelsa, Qoraqolpog‘istonda 10 kishiga
ham to‘g‘ri kelmaydi, shuningdek hamma joyda bir xil ishlarni tashkil etish mumkin
emas. O‘zbekiston xududi Markaziy Osiyoning xam kok o‘rtasida joylashgan, yer
kurrasining muhim ahamiyatga molik bo‘lgan zoogeografik ulkasidir. O‘zbekiston
ulkasida 50 dan ziyodrok ovlanadigan hayvon turlari hisobga olingan. Bularning eng
zarur mo‘ynabop turlarini qafaslarda urchitish asosida katta samaradorlikka erishish
mumkin.
Bundan tashqari O‘zbekistonda yil sayin cho‘l, tog‘ oldi va quriq yer, daryo
atrofi chakalakzorlarni qishloq xo‘jalik yerlarini o‘zlashtirib ochish natijasida
yovvoyi mo‘yna hayvonlari kamayib ketmokda. Bu holat ham ularni qafaslardan
yoki yarim erkin holatda urchitishni taqoza etadi. Bu masalada hozirgacha