MO‘YNALI HAYVONLARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI (Mo‘ynali hayvonlar haqida tushuncha, Mo‘ynali hayvonlarning biologik xususiyatlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
38,6 KB
Ilmiybaza.uz
MO’YNALI HAYVONLARNING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Mo‘ynali hayvonlar haqida tushuncha.
2. Mo‘ynali hayvonlarning biologik xususiyatlari
Ilmiybaza.uz
Tayanch iboralar.
Qiymatli mo‘yna hayvonlari, fauna dunyosi, flora dunyosi, talabdarajasidagi
moddiy tovar mahsulotlar, evolyusion taraxiy taraqqiyot, ovchilik, brokonerlik,
introduksiya va akklimatizatsiya, tutinlikda urchitish, erkin holda urchitish, nutriya
(suv bobri), ondatra, tulki, Turkiston kul rang tulkisi, Turkiston tog‘ tulkisi
Bu hayvon nutriya yoki mahaliy tilda ba’zan suv bobri nomi bilan atalib
kelinmoqda. Tanasining uzunligi 50-65 sm, og‘irligi 4-5 kg, ayrimlari 80 sm. gacha
uzunlik va 10 kg gacha xatto 15-16 kg tirik vazniga ega bo‘ladi. Erkaklari
urg‘ochilardan biroz 10-15% og‘ir va yirikroq bo‘ladi va uzunligi 90 sm yetadi. Orqa
oyoqlaridagi 4 ta barmoq suzgich pardalar bilan birlashgan.
Tumshug‘i yapaloq, uzun-uzun mo‘ylovlari sezgi tuklari bor. Dumi 30-35 sm
bo‘lib, tuk-kulrang tangachalar bilan qoplangan yoki siyrak soch tolalar bo‘ladi.
Nutriya tabiiy sharoitda botqoqlik va suv xavzalarida yashaydi. U suvda o‘sadigan
o‘simliklar ildizi bilan oziqlanadi. Ular yarim erkinlikda urchitilganda qish kezlari
makkajuxori, suli, arpa, xashaki lavlagi, sabzi, xashak bilan, yoz kezlari esa, ut,
lavlagi va sabzi palagi, qovun, torvuz kabilar bilan boqilishi mumkin.
Quyosh chiqishdan oldin, erta saharlab ko‘l soxilining ma’lum joylariga ovqat
quyib chiqiladi. Ovqat berish bilan birga, odatda qo‘ng‘iroq chalib turiladi, bunga
hayvonlar tez o‘rganib qo‘g‘iroq chalinishi bilan ovqat bo‘ladigan joyga tezlikda
suzib keladilar.
Ular inlarini singan qamishlar yoki suv xavzalarining bo‘ylaridan kavlab
quradilar va shu joyda urchiydilar. Urg‘ochilari yiliga 2 marta bolalab, har safar
o‘rtacha 4-5 tadan ko‘pi 6-8 tagacha tug‘adi. Bolalari ochiq, yetilgan jun qoplangan
holda tug‘iladi. Tug‘ilgandan keyin bir necha soat o‘tgach, ular ini (uyasi)dan
chiqib, suzib ovqat yeya boshlaydi. Bolalarining onasini sutini emish davri 50-60
kun, 6-7 oylikda jinsiy jihatdan voyaga yetib qoladi. O‘sish 1 yilgacha davom etadi.
Nutriya ko‘pi bilan 4-5 yil umr ko‘radi.
Nutriya yil davomida bolalay olish xususiyatiga ega, lekin qish davrida
ko‘payish darajasi ancha susayadi. Yaxshi sharoitda 5 oylik davrida bolalari jinsiy
Ilmiybaza.uz
qobilyatga erishadi. Bo‘g‘ozlik davri 128-133 kun. Yaxshi sharoitda 1 bosh
urg‘ochisidan 1 yilda 3 martagacha bola olish mumkin.
Tulash jarayoni nutriyalarda ancha uzaygan holda kechadi. Xatto yanvar
oyidagi terilarida yosh kiltik jun tolalari uchraydi. Jadal tullash holati sentabr va
oktabr oylarida kuzatilib, nutriyalardan noyabr, yanvar oylarida eng sifatli mo‘yna
olish mumkin.
Nutriyalarga shag‘al (shakal), qamish mushugi, itlar xujum qilishi, nobud
etishi mumkin. nutriyalarda insonda, itlarda va uy hayvonlarida uchraydigan
gelmintlar ba’zi kasalliklar uchrashi mumkin. Kasalliklari to‘liq urganilmagan.
Nutriyalarda 16 ga uzakli jag‘ va 4 ta qirquvchi tishlari bo‘ladi. qirquvchi
tishlari xayoti davomida o‘sib turadi. Shuning uchun kataklarda asralganda
jog‘larini past-baland kisimlarini bir-biriga qarab, ishkalab, yedirib turadi. Tabiiy
holatda kemiruvchilar qattiq materiallarni kemirish bilan tishini kayraydi.
Qirquvchi tishlarning rangi ularning sog‘lomligini ko‘rsatuvchi omildir: agar
ochiq apelsin rang bo‘lsa tanasining mustahkamligini, nimxol buyalgan bo‘lib,
qirquvchi tishda qora dog‘lar bo‘lsa sog‘ligi yomonligini bildiradi. Yosh va keksa
nutriyalarda qirquvchi tishlar rangi nimsariq bo‘ladi.
Nutriya o‘ziga xos anatomik tana tuzilishiga ega. Erkaklarida urug‘doni chap
qismidagi teri ostida joylashib, suvda uzoq turganda spermalarini xaddan ziyod
sovub ketmasligidan saqlaydi.
Urg‘ochilarida sut bezlari qorin qismida emas, balki tanasini yonbosh qismida
joylashib 4 yoki 5 juft bo‘ladi va bolalariga onasini uncha chuqur bo‘lmagan
suvlarda emish imkonini beradi. Nutriyaning quloqlari kalta, tashqi qismida kam
tukli, lekin quloq tog‘ayi ichki tomonidan qalin jun bilan qoplangan, bu ichida
havoni saqlab, eshitish yo‘lagiga suvni o‘tmasligi va suv tagida ham eshitish
qobiliyatini yaratadi.
Kallasi kemiruvchilarga xos, uzunligi 11-13 sm, eni 1-8 sm. pastki jag‘
yaxshim rivojlangan. Oldingi va orka panjalarida utkir, egilgan tirnoklari bor.
Orqasidagi 4 ta panjasi suzgich pardali, qo‘li uzuni qashilash, tarash, oziqani og‘ziga
olish uchun ishlatiladi. Quruqlikda nutriya sekin harakatlana oladi, tez va uzoqqa
Ilmiybaza.uz
chopa olmaydi.
Tanasidagi jun qoplamini moylash uchun orqa chiqaruv teshigi atrofidagi
biriktiruvchi to‘qimalarda maxsus maysimon suyuqlik ishlab beruvchi bezlari
bo‘ladi.
Nutriyalarda 56 umirtqa bo‘lib: bo‘ynida 7 ta, 13 ta kurak qismida, 6 ta bel, 4
ta dumg‘aza va 26-27 ta dumida bo‘ladi. Umirtqa suyaklarining kanali dumining 8
chi umirtqasida tugaydi.
Ularda 13 juft kabirga, shundan 8 xakikiy va 5 tasi yetim qobirg‘adan iborat.
Nutriyalarda eshitish qobilyati yaxshi, biroq ko‘rish xususiyati ancha past
rivojlangan. Qorin tuzilishi cho‘chqanikiga xos-bir kamerali, voyaga yetganlarida,
xajmi 500 sm3. oziqalar yoshlarida ichak-qorin yo‘lida 24-30 soat, voyaga
yetganlarida 60-70 soatgacha saqlanishi mumkin.
Jinsiy faoliyati erkaklarida xamisha faol bo‘lib, urg‘ochi nutriyalarda har 25-
30 kunda (ba’zan 14-16 kun va yoki 35-40 kunda xam) kuyikish takrorlanadi.
Tuqqanidan keyin esa 1-3 chi kunlari yana otalanishga tayyor bo‘ladi. shuning
uchun laktatsiya va bo‘g‘ozlikni bir davrida o‘tkazish hisobiga 1 yilda 1 urg‘ochi
nutriyadan 2-2,5 marta bola olish tashkil etadi.
Tug‘ilgan bolalarning o‘rtacha tirik vazni 175-250 g. (80 dan 380g. Gacha
tebranishda) bo‘ladi. erkaklari yirikrok. Nutriya bolalari quyon bolalariga nisbatan
sekinrok o‘sadi. Eng jadal 1-4 chi oyliklarida bo‘lib 20-25 g. 7 dan o‘rtacha o‘sadi
va 1 gramm qo‘shimcha vazniga 4-6g. oz. bir. Sarflanadi. 5-6 oyligida o‘sish ancha
susayib, me’yorda 1,5-2 yoshgacha o‘sish davom etishi mumkin.
Nutriyalarda 3-7 oyligida jinsiy yetilish boshlanib, ularda 3 yildan keyingi
davrda takror ko‘payish xususiyati pasayadi. Nutriya bolalarida dastlab chiqqan jun
tolalarini o‘sishi 40 kunlik yoshida tuxtaydi. Yana 10 kundan keyin bu junlar
dastlabka tulash natijasida yangilari bilan almashina boshlaydi va bu almashinish
ularning 4-5 oylik yoshigacha davom etadi. Ikkinchi marta yangilanib o‘sib chiqqan
jun qoplami sifati bo‘yicha voyaga yetganlaridan kam farq qiladi.
Nutriyaning jun qoplami qattiq koplovchi sochsimon tukdan va uning tagidagi
93-98% mayin burama, ingichka tivit tolalaridan iborat. Tanasining me’yoriy
Ilmiybaza.uz
harorati 37-380S. U kurkok hayvon bo‘lib, ushlangan paytida yurak urishi minutiga
70-80 martga yetadi.
Nutriya ustidagi nasl ishlari natijasida har xil ranglilari yaratilgan.
Ondatra - kemiruvchilar turkumiga xomyachi oilasiga, ondatralar avlodigan
taaluqli, sifatli mo‘yna beruvchi, suv xavzalarida hayot kechiruvchi hayvondir.
Ondatraning vatani Shimoliy Amerika (AKSh, Kanada) O‘zbekistonda
muffaqatiyali iqlimlashtirilayotgan 3 ta mo‘ynali hayvonlarning biridir. Mo‘ynali
hayvonlar faunasi boyitish maqsadida 1905 yilda Chexoslavakiyaga, keyin
Yevropaning boshqa mamlakatlariga ondatra keltirila boshlandi. Sobiq ittifoqka
1927-1928 yillarda Kanadadan ok dengiz orollariga keltirib, keyinchalik to uzoq
Sharqqacha tarqaldi. O‘zbekistonga 1944 yilda Balxash promxozdan dastlabki 355
boshi Amurdaryo uzanlariga keltirldi. 1946 yildan boshlab respublikamizda
ovlanuvchi hayvonlar qatoridan o‘rni egalladi. Amudaryo o‘zanlariga ham urchitish
uchun qo‘yildi. Keyinchalik Sirdaryo orqali bu kemiruvchi jonivor Farg‘ona
vodiysiga ham yetib bordi.
Ondatra o‘lchami bo‘yicha nutriyadan kichik bo‘lib, gavda uzunligi 36 sm
gacha, dumining uzunligi 21-29 sm, dam suvda, dam quruqlikda hayot kechirishga
moslashgan, dumi ikki yonidan yassilanib kelgan, orqa oyoqlarida suzgich pardalari
bor, mo‘ynasi qalin, namlanmaydigan hayvondir. Rangi jigar rangdan to‘liq qora
tusgacha yetadi.
Ondatra ko‘llar, daryolar sohillaridagi inlari yoki uyalarida yashaydi bularni
ko‘rib qolgan o‘simliklardan va changalzorlar o‘rtasidagi balchiqdan ko‘radi.
Shunday inlarning asos tomoni 2 m gacha, balandligi 1-1,5m. gacha bo‘ladi. Qishda
o‘z faoliyatini saqlab yashaydi. Muz ostidan teshik yo‘l ochadi. Ondatra suvda va
suv bo‘yida o‘sadigan o‘simliklar bilan, asosan qamish bilan oziqlanadi. Onda-
sonda baliqni tutib yesada, chavak baliqlarga va uvildirig‘ga (tuxumga) tegmaydi.
Ondatra yiliga 2-3 ba’zan 4 marta bolalaydi. Har safar 4-12 (ba’zan undan
ko‘p) bola tug‘adi. Bolalarini 21-25 kun sut bilan bokadi. Ondatralar suvdagi muzlar
erib tugagach urug‘lanishga tushadi. Juda barvaqt ba’zi yanvar oyining ikkinchi
yarmida kuzatilgan. Bo‘g‘ozlik davri o‘rtacha 25 kun. Janubiy rayonlarda dastlab