Mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
Reja:
1. Mozaika san’ati haqida tushuncha
2. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi
3. Mozaika usulida tabriknoma tayyorlash
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mozaika, mozaika sa’nati, tuxum, qog’oz
mozaika bilan ishlash texnologiyasi.
Mozaika (koshin, naqsh) san’ati – qadama(terma) naqsh va shunday ishlash
san’atidir. Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda
va turli mamlakatlarda mozaika qo’llaniladigan materialiga ko’ra ham, naqsh va
rasmlariga ko’ra ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. O’rta Osiyo
madrasalari, maschidlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan.
Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga aylangan. Mozaika bilan binolarning
tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika
ishlarida oyna, sapol plitalaridan foydalaniladi. Loyda rangli ko’zgu parchalaridan
ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo’shilib va porlab,
shodlik kayfiyatini yaratadi.
Keyingi yillarda yog’ochning turli navlaridan mozaika qilish keng tarqaldi. Bu ish
unchalik murakkab emas, uni ustaxona sharoitlarida xam amalga oshirish mumkin.
Buning uchun yupqa yog’och plastinkalar (bir qavatli fanera)dan tasvir yig’iladi va
keyin ularni asosga yelimlab, ustidan lak yoki politura beriladi. Mozaika bilan
mebellarni, jurnal stollari, yodgorliklar va ko’pchilik shu kabi narsalarni bezash
mumkin.
Mozaika bilan ishlash texnologiyasi Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim
parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib
chiqishdir. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi bilan o’quvchilar 1- sinfdanoq
tanishtiriladi. 1- sinf Texnologiya darsligida qog’ozlardan mozaika usulida mevalar
shaklini yasash darsi berilgan( 3-rasm). 2- sinfga kelib o’quvchilar urug’lardan
mozaika yasashni o’rganadilar ( 4-rasm) 3-rasm 4 - rasm Tuxum po’stidan mozaika
tayyorlash texnologiyasi.(6-rasm)
1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quritilgan tuxum po’sti
mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik
bo’laklarga bo’linadi.
3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning
konturlari mumkin qadar tekis va mayda egribugrilari bo’lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib
siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun
ustidan sekin bosib qo’yiladi. Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan
boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi. Turli meva va sabzavot,
poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan
xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin. Mozaika bu rasm sathida ayrim-
ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar)
qo’yib chiqishdir. Tuxum po’chog’ini maydalangan va butun holda saqlash
mumkin. Tuxum pg’chog’ini butun saqlash uchun tuxumning ikki uchi teshiladi va
unining ichidagilari puflab chiqariladi. Buning natijasida ichi bo’sh tuxum
pо’chog’iga ega bo’linadi. Bunday po’chog’ni sinuvchan bo’lganligi uchun
qutichalarda saqlash kerak. Tuxum po’chog’ini maydalanganligini har qanday xom
va pishgan tuxumdan tayyorlash mumkin. Faqat ichki pardasi olib tashlanishi
kerak. 1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan tuxum
po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.
2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik
bo’laklarga bo’linadi. 3.Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash
kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egribugrilari bo’lmasin.
4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. 5.