M.T.Oybek va Hamid Olimjon ijodi. G‘.G‘ulom, Q.Muhammadiy ijodi va bolalar kitobxonligi
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
87,0 KB
M.T.Oybek va Hamid Olimjon ijodi. G‘.G‘ulom, Q.Muhammadiy ijodi va
bolalar kitobxonligi
Reja:
1. Oybekning bolalar va o‘smirlarga bag‘ishlangan she’rlari.
2. Hamid Olimjon she’riyati.
3. XX asr bolalar adabiyoti va G‘afur G‘ulom, Quddus Muhammadiy ilodi.
4. Ijodkorlarning nasrdagi ijodi.
Tayanch so‘z va iboralar. “Shaharcha bolalari”, “Shoirning bolaligi”,
“Bolalikni eslab”, she’rlar, “Bobom”, “Zafar va Zahro”, dostonlar, “Qonli
barmoqlar”,
hikoyalar,
“Bolalik”,
“Alisherning
bolaligi”
qissalar.
“Ko‘klam”, “Olov sochlar”, “O‘lim yovga”, “Daryo kechasi”, “O‘lka”,
“Baxt”, “Qo‘lingga qurol ol!”, “Ishonch”, she’riy to‘plamlar, “Zaynab va
Omon”, “Muqanna”, drama.
Dars maqsadi: M.T.Oybek va H.Olimjon, G‘afur G‘ulom va Quddus
Muhammadiyning hayoti va adabiy faoliyati, she’riyati, nasriy asarlari to‘g‘risida
talabalarga ma’lumot berish.
Dars vositalari: M.T. Oybek va H.Olimjon, G‘afur G‘ulom va Quddus
Muhammadiyning nashr etilgan asarlari, slaydlar, video lavhalar.
Dars mеtodi: Dars mazmunini tushuntirish, matn bilan tanishtirish,
adiblarning asarlari tahlili, suhbat, savol-javob.
Zaruriy adabiyotlar:
1. Karimov I. O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. –T.”Ma’naviyat”, 1992.
2. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “O‘qituvchi”, 1994.
Internet manbalari:
1. www.pedagog.uz
2. www.ZiyoNET.uz
3.www.edu.uz
Dars mazmuni:
O‘zbek adabiyotida o‘ziga xos mahorat maktabi yaratgan ustoz san’atkor
Oybek ijodi ko‘p qirralidir. U qator romanlari, qissalari, doston va she’rlari bilan
kattalar yozuvchisi sifatida shuhrat qozondi. Ammo san’atkorning bolalarga atab
yozilgan badiiy asarlari ham oz emas. O‘zbek bolalar adabiyotining oltin fondiga
qo‘shilgan “Shaharcha bolalari” va “Shoirning bolaligi”, “Ko‘chadan ketarkan”,
“Bolalikni eslab”,
“Esimda
qolganlaridan”, “Xotiradan izlar”, “Yoshlik
xotiralaridan” she’rlari, “Bobom”, “Zafar va Zahro”, “Haqgo‘ylar” dostonlari,
“Qonli barmoqlar”, “Miskin bolalar” hikoyalari, “Bolalik”, “Alisherning bolaligi”
qissalari ayni paytda sevimli yozuvchimiz Oybek ijodining gultojlaridir.
“Shoirning bolaligi” she’ri – tarjimai holga oid asar. Unda Musavoyning
o‘qish va yozishga bo‘lgan ishtiyoqi tasviriga e’tibor berilgan. O‘qishga, maktabga
oshiqishi:
Yuragim sevinishi
Toshardi har daqiqa –
kabi misralarida aks ettiriladi. “Shoirning bolaligi” ni o‘qigan bugungi kitobxon
davrimizni yanala qattiqroq sevadi, ona-diyorga mehr-muhabbati oshadi.
Shoirning ijodida bolalar tarbiyasi, axloq-odobi masalalariga bag‘ishlangan
asarlar ham anchagina bor. Masalan, “Bolalikni eslab” she’rida bir vaqtlar sho‘xlik
qilgan, ota-onaning pand-nasihatlariga amal qilmagan, qushlarga ozor bergan bola
obrazini yaratish orqali shoir bolalarni tartib-intizomga chaqiradi. Qushlarga ozor
bermaslik, aksincha ularning yashashlari uchun shart-sharoit yaratish, uyalar yasab
berish suv bilan havodek zarur ekanligi o‘qtiriladi.
She’rda tasvirlanishicha, qushlarga nisbatan “zolim, qalbi tosh” bolalar
tarbiya natijasida o‘sib-o‘zgarib, qushlarga mehribon bo‘lib qoladilar.
Shoirning “Bobom” poemasi bolalar uchun katta sovg‘a bo‘ldi. Bir yuz besh
yoshli boboning o‘tmishda kechirgan kunlar hamda bugungi hayot tasviri poemaga
asos qilib olingan.
Bobo bugungi O‘zbekistonimizni samimiy sevadi, ardoqlaydi. Shunday
tinchlik, baxtli, to‘kin-sochin hayotda yana yuz yil yashashni orzu qiladi. U o‘z
nevara-chevaralariga nasihat qilib, ularni yaxshi o‘qishga, ona-yurtimizni astoydil
sevishga chaqiradi.
“Zafar va Zahro” asari bilan Oybek 50-yillar o‘zbek bolalar dostonchiligi
rivojiga munosib hissa qo‘shdi. Poema shoirning Pokistonga qilgan sayohati
taassurotlari asosida maydonga kelgan. Zafar ham, Zahro ham, ularning ota-onalari
ham och-yupun, bir parcha nonga muhtoj. Lekin bolalar har qancha qiynalib
yashamasinlar, baribir tushkunlikka tushmaydilar, yaxshi hayot, to‘kin-sochin
turmush to‘g‘risida xayol suradilar. Har ikkala qahramon ham mehnatkash,
oqko‘ngil, odamlarga, bir-birlariga mehribon. Bundan tashqari, har ikkala
qahramonning taqdiri ham bir-birlariga o‘xshash: ayanchi va musibatli.
Ochlik pokistonlik mehnatkash xalq farzandlarining sillasini quritgan. Buni
shoir poemada ta’sirli qilib ifodalagan. Bolalar uzoq vaqt to‘yib ovqat
emaganliklari uchun ozib-to‘zib ketadilar, “qoshiqchaday qo‘l cho‘zishar ko‘rib
ovqat”, deydi shoir bir o‘rinda. YOki mana bu misralarga e’tibor beriladigan
bo‘lsa, Zahroning yurish-turishi, kiyim-boshi achinarli ekanligini darhol sezish
mumkin:
Jajji qizcha Zahro, yoshi sakkiz-to‘qqiz,
Sochi quyuq, ko‘zi o‘ynoq, qoramtir yuz.
Burnibabur arzon halqa, lekin porloq,
Ko‘ylagining tusi o‘chgan, yamoq-yamoq.
Chet ellik zo‘ravonlar va mahalliy amaldorlar qaramog‘idagi bananlardan
atigi biror marta bo‘lsa-da, tatib ko‘rishni orzu qilishlari kitobxon qalbini o‘rtab
yuboradi. Bundan tashqari, qarzdan qutilish va tirikchilik uchun otaning o‘zi o‘g‘li
Zafarni boyga sotish epizodini o‘qigan kitobxon bunday razolatlardan nafratlanadi.
Orzu-umid va bunga erishish uchun kurashish – yaxshi narsa. Poemada bu
masala yaxshi yoritilgan. Masalan, Zahroning otasi kambag‘al-qashshoq, ammo u
ilg‘or fikrli inson. Erk, ozodlik uchun intiluvchi va bu yo‘lda qattiq kurash olib
borishga bel bog‘lagan odam.
Asarning syujet yo‘nalishida, kompozitsion qurilishida, badiiy-tasviriy
vositalarning ishlatilishida shu holat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
Oybek buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning bolalik yillaridan hikoya
qiluvchi “Alisherning yoshligi” (1967) qissasida Hirotdagi tarixiy voqealar,
shahzodalarning Shohruh vafotidan keyingi o‘zaro taxt uchun kurashlari va
Alisherning shu davrdagi bolalik yillari haqida qikoya qilinadi. Qissada Alisher
obrazining takomili o‘sha vaqtdagi tashqi muhit voqealari va ziddiyatlari bilan
uzviy aloqada tasvirlanadi.
Oybek Alisherning ilm va adabiyotga bo‘lgan muhabbatini, Qur’onning
mag‘zini chaqishga kirishgani, fors, arab tillarini o‘rganishi, turkiy (ona tili)
baytlarni va g‘azallarni mahorat bilan o‘qishi, yod bilgan g‘azallari kundan-kun
ko‘payib borishi, maqollar, masallar, ertaklarni sevib mutoala qilishi voqealariga
katta o‘rin beradi.
Alisherning haqiqiy inson bo‘lib ulg‘ayishida G‘iyosiddin Kichkina,
Gulbadan begim, xizmatkor bobo, tog‘asi Mirsaidning ma’naviy ta’siri juda katta
bo‘lgan. Oybek Alisherning Turkiston sahrolarini, buyuk tog‘larini, xalq urf-
odatlari, an’analarini, qo‘shiq va kuylarini, doston va ertaklarini, “go‘zal, shirin va
rangli” tillarini qattiq sevishi va ardoqlashini qissada ishonchli qilib tasvirlay
olgan.
Badiiy tildagi va portret yaratishdagi adib mahoratini qissaning xalqchillik
ruhini, gumanistik pafosini ta’minlagan.
Yozuvchining “Bolalik” qissasi tarjimai holiga aloqador bo‘lib, uning
markazida
Musavoyning etti
yoshgacha
bo‘lgan davrdagi harakterining
shakllanishi qiziqarli voqealar asosida yoritiladi.
Oybek
Musavoyning
o‘qish-izlanishlariga
chuqur
muhabbat
bilan
munosabatda bo‘ladi. Uning o‘qishda tirishqoqligini, zehnining o‘tkirligini, qunt
bilan mutoala qilishini, arabcha so‘z va iboralarni qoidasini keltirib, yoqimli
ohangda talaffuz eta bilishini mahorat bilan chizadi.
Xulosa qilib aytganda, akademik shoir Oybek o‘zbek bolalar adabiyotining
shakllanishi va yuksalishiga yuqoridagi kabi asarlari bilan katta hissa qo‘shdi.
Hamid Olimjon 1909-yil 12-dekabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U Narimonov
nomli maktabda, Samarqan bilim yurtida, so‘ngra O‘zbekiston davlat pedagogika
akademiyasida ta’lim oladi. Nashriyot va redaksiyalarda ma’sul vazifalarda xizmat
qiladi.
H. Olimjon 20 yillik ijodiy faoliyati mobaynida “Ko‘klam”, “Olov sochlar”,
“O‘lim yovga”, “Daryo kechasi”, “O‘lka”, “Baxt”, “Qo‘lingga qurol ol!”,
“Ishonch”, kabi she’riy to‘plamlar, “Zaynab va Omon” singari ajoyib doston,
“Muqanna” kabi dramalar yaratdi.
Shoirning “Oygul va Baxtiyor”, “Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod” she’riy
ertaklari bolalar adabiyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lib, darsliklardan doimiy
o‘rin olgan.
Hamid Olimjonning kitoblari rus va qardosh xalqlar tillariga ham tarjima
qilinib, sevib o‘qilmoqda.
Shoirning “Lola”, “Vatan”, “Samolyot”, “Hulkarning she’ri” va “Bolalik”
she’rlari bir necha avlod farzandlari tillarida jaranglab kelmoqda. Uning bolalarga
bag‘ishlab yaratgan barcha she’rlarida qaynoq muhabbati aks etgan. Maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarga bag‘ishlangan “Lola” she’ridagi Lola minglab
lolalarning biri. Lola har bir kunini gul-lolalarga burkanib quvnab-quvnab
o‘tkazadi:
Lola bog‘chaga chiqib,
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l terdi.
Sochiga gul bog‘ladi,
Chakkasiga taqdi gul.
Elkalaridan tashlab,
Gulga ko‘mildi butkul,
So‘ngra uyga keldi-yu,
Birpas yotib dam oldi.
Kiprigi yumildi-da,
Gul kabi uxlab qoldi.
Hamid Olimjon Vatan mavzuida qalam tebratar ekan, uning ko‘z oldiga
qalbi quvonchga to‘lgan yosh bo‘g‘inlar keladi. U Vatanimizni kichkintoylarsiz
tasavvur qilolmaydi. “Vatan” nomli she’rida bolaning o‘z vataniga bo‘lgan cheksiz
mehru muhabbati o‘z aksini topgan:
Shodligim ko‘kka sig‘mas
Bitmas baxtim bor manim.
Meni baxtiyor qilgan
Shu engilmas Vatanim.
H.Olimjon xalq og‘zaki ijodi asarlari ta’sirida “Oygul bilan Baxtiyor”
(1937), “Semurg‘ yoki Parizod va Bunyod” (1939) kabi ajoyib dostonlarini yaratdi.
Bolalar qalbini rom etadigan, ularni Oygul kabi mard va jasur kishilar bo‘lib
kamol topishga undaydigan “Oygul bilan Baxtiyor”ni shoir xalq og‘zaki ijodi
asosida yaratadi. Uzoq yillar xon xizmatini ado etgan qullar haqsizlik,
adolatsizlikka qarshi bosh ko‘taradilar. Ko‘p qon to‘kiladi. Lekin u adolatli jangda
qo‘zg‘alon ko‘targan qullar mag‘lubiyatga uchraydilar. Ammo xalqning bu
ko‘tarilishi hech qachon so‘nmaydi.
Jambil xoni qo‘zg‘alonchilar boshlig‘i Darxonni o‘ldirtiradi shu onda ko‘zi
uning sohibjamol qizi Oygulga tushadi va unga uylanmoqchi bo‘ladi. Oygul hech
ikkilanmay xonga rad javobini beradi. Dostonda qizning xonga bergan javobi
barcha isyonchilarning qalb sadosi sifatida yangraydi:
Taqdirim yor bo‘lsa-yu,
Fursat qulay kelsa-yu,
Seni agar o‘ldirsam,
Taninga hanjar ursam,
Dunyoda eng baxtiyor
Odam bo‘lardim nomdor...
Oygul yosh kitobxon xalq ko‘z o‘ngida xalq himoyachisi, xaloskori va
qahramoni sifatida gavdalanadi. Yana Oygulning noyob xislati – insonparvarlikdir.
U inson qadrini ulug‘laydi, insonni ta’qirlanishiga, toptalishiga qarshi bosh
ko‘taradi. Undagi o‘zlikni anglash va milliy uyg‘onishni Hamid Olimjon muhit va
sharoitdan kelib chiqaradi.
Oygul aql-zakovat bilan ish ko‘rib Susambildek bir yurtni obod o‘lkaga
aylantiradi. Oygul xarakteri ziddiyatlar, kurashlar jarayonida o‘sib-ulg‘ayadi.
Uning qalbini cho‘lg‘ab olgan cho‘g‘ tinchlik bermaydi. Susambildek go‘zal yurtni
barpo qilgan bahodir qiz endilikda xon ustiga yurish qiladi. Otasi, besabab qirilgan
qullar qasdini oladi. Taxtga qul Tarlonni o‘tkazishadi.
Shoir ijobiy qahramon Oygul xarakterini yuksak mahorat bilan chizadi. U
bizning ko‘z o‘ngimizda oddiy, kamtarin, jafokash qizdan voqealar jarayonida
afsonaviy qahramon darajasiga ko‘tarila boradi. Masalan, biz uning Jambil
o‘lkasiga qilgan yurishini kuzatib ko‘raylik:
Yashnab misoli bir gul, Darvozalar bo‘ladi kul,
Er-ko‘kni ovozasi Har to‘p qo‘ygan chog‘ida
Tutib ketgandi Oygul, Saroylar qulab butkul,
Jambilning darvozasi, Zo‘r qo‘shin kirib bordi.
Ochilmadi. Shunda ul Savalab urib bordi.
Darg‘azab qilich soldi, Jambilni xon beklari
Darhol qaytarib oldi: Quyon bo‘lib qochdilar.
Qulflar sharq-sharq Chuqurlar, g‘orlar sari
O‘ynab ochilib ketdi, Quchog‘ini ochdilar.
Bu kuchli yuksak mahorat namunasidagi tasvir Oygulning shashti, g‘ayrati
bilan mos tushadi. Natijada orzu-umidi, kurashning timsoli, el panohi bir
butunligicha kitobxon ko‘z o‘ngida gavdalanadi.
Oygulni el sevadi, ardoqlaydi. Vatan va xalqoldidagi xizmatlari uning
ko‘ksini tog‘ qiladi. Bolalar Oygul obrazi mujassamlashgan bu dostonni qayta-
qayta o‘qiydilar. Zotan, Hamid Olimjon va uning ijodiy cho‘qqisi bo‘lgan “Oygul
bilan Baxtiyor”ning umrboqiyligi ham ana shundadir.
Shoirning “Semurg‘” dostoni ham eng ilhom bilan yozilgan asarlaridan biri
hisoblanadi. Dostonda tosvirlanishicha, xon qizi turmushga chiqish uchun shart
qo‘yadi, uning shartini oddiy cho‘pon Bunyod bajaradi. Lekin qiz yigitning addiy
kishilardan ekanligini bilgach, unga turmushga chiqishni o‘ziga munosib
ko‘rmaydi. Bunyodni yo‘qotish niyatida bahodir yigitni inson dushmani bo‘lmish
yovuz dev bilan olishishga yuboradi. Devni yengib qaytsa, to‘yga rozi ekanligini
aytib, ayyorlik qiladi.
Afsonaviy qahramon Bunyod yaxshilikning ashadiy dushmani, dahshatli
devni yo‘qotishga otlanar ekan, bu mushkul ishni muvofaqqiyatli ado etish, zafar
bilan qaytish nihoyatda havfli ekanligini juda yaxshi his etadi. Lekin uning ruhida
elga baxt bermoq hissi hukmron:
Odamlarga baxt bermoq,
Baxtlilarga gul termoq
Eldan shiorim bo‘ldi,
Nomus va orim bo‘ldi.
Bunyod ana shu yuksak ideali uchun ham kuchli va engilmasdir. Mana shu
olihimmat, shu yuksak insonparvarlik unga kuch-qudrat, engilmaslik, qahramonlik,
jasorat, zafar bag‘ishlaydi. Bunyod el-yurt uchun qo‘liga qilich olgan, mardlik,
jasorat kamarini belga bog‘lagan.
Bunyodning dahshatli dev bilan mardonavor olishishi haqqoniy, adolat
kuchlari hamisha qabohat va zulmat kuchlari ustidan muqarrar g‘alaba qozonajagi
avj pardalarda kuylanadi. El-yurtni yovuz dushman bosib olganda yigitlar kurashga
qanday matonat bilan otlansalar, Bunyod ham dev bilan ana shunday jasorat bilan
jang qiladi. Chunki dev qonxo‘r. U insonlarga mudhish ofatlar keltiradi: “Uni
ko‘rgan har chaman, tez bo‘lar ekan xazon”.
Dostonda ijobiy qahramon Bunyodni dimog‘dor, o‘ziga ortiqcha oro bergan,
mol-mulkka mukkasidan ketgan Parizodning aldashi, riyokorlik ko‘rsatishi
haqqoniy tasvirlangan. Xalqda “Teng-tengi bilan” degan gap bor. Bu gapni shoir
Parizod tilidan juda o‘rinli va ishonarli qilib bergan. SHoirning ta’rifiga hech
qanday izohning hojati yo‘q:
Cho‘ponni sevolmadim, Ko‘nglim tugunda edi...
Hech ko‘ngil qo‘yolmadim. Qancha botir bo‘lsang ham,
G‘urbatga qorganimning Zo‘r bahodir bo‘lsang ham,
Devga yuborganimning To‘shaging xas deb bildim,
Sababi shunda edi. Aslingni past deb bildim.
Hamid Olimjonning Vatan urushi davrida yaratgan “Jangchi Tursun”
balladasi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta rol o‘ynab kelmoqda.
Bugungi bolalar adabiyotining maydonga kelishi va taraqqiyotida o‘zining
katta hissasini qo‘shgan zabardast shoirlardan biri G‘afur G‘ulomdir.
G‘afur G‘ulom yoshligidan otadan judo bo‘lib, azob-uqubat, qiyinchilik
bilan hayot kechirdi. Oilani tebratishda onasiga yordam berish uchun u turli
yumushlarni bajarishga majbur bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, G‘afur G‘ulom ochlik va
yupunlik tufayli o‘z vaqtida o‘qiy olmadi.
Bosmaxonadi harf terib tirikchilik o‘tkazib brgan bo‘lajak shoir 1918-yilda
Bokudagi sakkiz oylik o‘qituvchilar tayyorlov kursiga kirib o‘qidi va 1919-yildan
e’tiboran Toshkentdagi “Urfon” nomli maktab qoshidagi internatda tarbiyachi va
mudir bo‘lib ishladi.
G‘afur G‘ulom bolalar adabiyotiga 1923-yilda o‘zining “Feliks bolalari”
nomli she’ri bilan kirib keldi.
G‘afur G‘ulom bolalar uchun she’rlar yaratishni o‘zi uchun bir baxt deb
bildi. U bolalarga bag‘ishlab “Mukofot” (1940), “She’rlar” (1946), “Tongotar
qo‘shig‘i” (1949), “Bari seniki” (1953), “Bir g‘uncha ochilguncha”, “Shum bola”,
“Tirilgan murda” (1934), “Yodgor” (1935) kabi kitoblar nashr ettirdi. U bolalar
uchun yozgan har bir asarida o‘zining ijodiy prinsipiga sodiq qolib, juda katta
ma’suliyat bilan qalam tebratdi. Natijada shoirning har bir asarining mazmunidan
kelib chiqadigan asosiy g‘oya, poetik xulosa pedagogik nuqtai nazardan keng
asoslangan bo‘ladi. Shoirning bolalarga bag‘ishlab yozgan asarlarida ularning yosh
xususiyatini, aql-idrokini, talab va ehtiyojini nazarda tutganligini ko‘ramiz. Uning
“Avlodlar”, “Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi”, “Avval o‘qi”, “Bari seniki”, “Oltin
medal”, kabi she’rlari, “Tirilgan murda” hikoyasi , “Shum bola”, “Yodgor” kabi
qissalari yoshlar va o‘spirinlarga mos kelsa; “YAsha deyman o‘g‘lim”, “Ahmad
yomon bola emas-ku, ammo...”, “Ikki yoshlik”, “O‘rdak va Turg‘un”,
“Kekkaymachoq Sobir”, “Ola buzoq” singari she’rlari kichik maktab yoshidagi
bolalarning qalbiga kirib boradi. Shoirning “Nortojining kurak tishi”, “Oq terakmi,
ko‘k terak”, “Buni toping, qizlarim”, “Chitti gul”, “Bayram maktubi”, “O‘ylashni
o‘rganimiz”, “Siz mening yoshligimsiz” she’rlari esa maktabgacha tarbiya
yoshidagi kitobxonlarning diliga quvonch bag‘ishlaydi.
Shoirning “O‘ylashni o‘rganamiz” she’ri xalq og‘zaki ijodiga juda yaqin
turadi, misralar oddiy, sodda so‘zlardan tashkil topgan. Bir qaraganda, ma’no va
mazmun ham shunday tuyuladi. Hamasi engil, jo‘ngina. Ammo sinchiklab
o‘rganadigan bo‘lsak, har bir misradi, har bir diologda bola u yoqda tursin, xatto
kattalarning orzu-havaslari bir butunligicha she’rga ko‘chib qolgandek bo‘ladi.
Muzqaymog‘-u qo‘g‘irchoqdan boshlangan shirin o‘y-hayol katta orzuga aylanadi.
Zotan, orzu yarim dunyo hisoblanadi:
Shu ham o‘ylash bo‘ldimi?
O‘ylashni o‘rganib ol!
Sen oyi bo‘lasanmi?
Ko‘zin pir-pir uchirib:
Sen-chi? – dedi Munisxon.
Muxtorning jahli chiqdi:
Men qiz bola emasman!
Qizlar oyi bo‘ladi.
Men katta bo‘lganimda,
Besh yuzga kirganimda,
Katta dada bo‘laman.
Qizing ham bo‘ladimi,
Oti nima bo‘ladi?
YUzta qizim bo‘ladi,
Oti Punis bo‘ladi.
Voy-y,- devordi Munisxon.
Men-chi, oyi bo‘laman...
Mingta o‘g‘lim bo‘ladi.
Oti Puxtor bo‘ladi.
“O‘ylashni o‘rganamiz”
Shoirning “Oq terakmi, ko‘k terak” she’ri ham bog‘cha yoshidagi bolalarga
quvonch ulashib kelmoqda. Bir necha avlod bu she’rni o‘qib, yodlab, qo‘shiq qilib
aytib kamol topgan. Asarda tilga olingan Akbar, Xayri, To‘lqin, Erkinlar hozir
bobo, buvi bo‘lishgan.
G‘afur G‘ulom har bir so‘z, har bir misrani juda katta san’atkorlik bilan
o‘rin-o‘rniga qo‘ygan, hammasi risoladagidek juda go‘zal va tabiiy chiqqan. Hatto,
bolalarga qo‘yilgan “bo‘taloq”, “qizaloq”, “toychoq”, “qo‘zichoq” laqablari ham
hech kimni ranjitmaydi. Xalqdan olingan bu terminlar shoirning ijodiy
loboratoriyasida ishlanib, sayqallanib yana xalqqa qaytariladi. Qo‘shiq tildan-tilga
ko‘chaveradi:
Keling qo‘shiq aytamiz,
Qo‘shilishib hammamiz,
Oq terakmi, ko‘k terak,
Bizdan sizga kim kerak? Hey!
Akbar bo‘taloq kerak. Hey!
“Oq terakmi, ko‘k terak”
G‘ofur G‘ulomning bolalarga bag‘ishlab yaratgan eng yaxshi asarlaridan biri
“Yasha deyman, o‘g‘lim”dir. Bu asarla shoir bolalardagi romantik tuyg‘ularni,
ularning fan va texnikani egallashga bo‘lgan qiziqishlari tobora oshib
borayotganligini optimistik ruhda tasvirlaydi.
Orzular ro‘yobga chiqqan zamonda kichkintoylarning ham ezgu niyatlari
olamcha bor. Asar qahramoni orzular qanotida yashaydigan bola. Shunga ko‘ra u
o‘zini uchuvchi, tankist, jangchi, shoir sifatida ko‘radi. She’r ota-bola diologi
asosiga qurilgan:
Dada men osmonga uchar bo‘lsam,
Cheki yo‘q ko‘kni ham quchar bo‘lsam,
Yulduzdan-yulduzga ko‘char bo‘lsam...
Dada, men jo‘nadim Arktikaga,
Bitta ortiqcha putyovka senga.
E’tibor bermay sovuq osmonga,
Sen tumanda qolib ne deysan?
- Yasha, deyman, o‘g‘lim!
G‘afur G‘ulom kichkintoylarning hayotlarini, odat va qiliqlarini juda yaxshi
bilan edi. Buni shoirning pedagogik mavzuda yaratgan asarlari misolida yanada
yaxshiroq ko‘rish mumkin. Chunonchi, “Nortojining kurak tishi”, “Ahmad yomon
bola
emas-ku,
ammo...”
kabi
yumoristik
she’rlarida
kichkintoylarning
hayotlaridagi ba’zi yutuq va nuqsonlar shoirona ochib beriladi. Har ikkala she’rda
ham bolalarni tozalikka, tozalik qonun-qoidalariga amal qilishga, pokizalikka,
yuvinib-taranib yurishga, madaniyatli bo‘lishga da’vat etiladi.
Tabiiyoki, tish inson ssalomatligining mustahkam garovi hisoblanadi.
Kimki, tishini hamisha tozalab yursa, tishida danak, yong‘oq chaqmasa, uning
durdek oppoq tishlari sog‘lom va baquvvat bo‘lishdan tashqari, o‘zining sog‘ligi
ham a’lo darajada bo‘ladi. Shoir ba’zi bolalar orasida Nortoji kabilar borligini, ular
beparvolik qilib tishlarini qurtga edirib qo‘yishlarini istamaydi, aksincha: “Har
kimki, tishini tozalab tursa joni orom olur, o‘zi pokiza!” bo‘lishlarini orzu qiladi.
“Ahmad yomon bola emas-ku, ammo....”da ham shu mavzu davom ettiriladi.
Ammo bu asarda badandagi barcha a’zolarni ehtiyotlash masalasi o‘rtaga
tashlanadi. Buni shoir bir qator misollar vositasida yumoristik yo‘l bilan yosh
kitobxon qulog‘iga “qo‘yadi”. Asar qahramoni Ahmad a’lochi o‘quvchi. Biroq, u
o‘z-o‘ziga xizmat qilishni, yuvinib-taranib yurishni uncha ep ko‘rmaydi. Buni
shoir a’zolarning qiziqarli diologi vositasida juda yaxshi ochib beradi. Mana
oyoqning oh-nolasi:
Men nimaman, zanglagan boltamanmi,
Ahmadjonda bir emas, oltimanmi?
Birni qo‘yib, yana birni ishlatsa,
Cho‘loq ketmon emasmanki, peshlatsa,
Olib bordim har istagan joyiga,
Kultepami, o‘rmi, qirmi, soyiga,
“Sakra” desa sakradim, chopsa chopdim,
Loy tepdim, tezak tepdim, chalma yopdim;
Men sho‘rlikni shisha tildi, mix kirdi,
Insof bilan ko‘ringlar hamma qirni.
Qoqilishdan yara-chaqa har yog‘im... –
... Shu gapdan so‘ng yig‘lavordi oyog‘i
Ana shunday qilib, kir bo‘lgan, mog‘or bosgan Ahmadning oyog‘a, qo‘li,
qorni va boshqa a’zolari “ish tashlaydi”. Issig‘i 41 darajaga ko‘tarilib ketadi.
Bemorning salomatligini tekshirib ko‘rgan do‘xtir uning kasallik varaqasiga suv
bilan sovun yozib beradi. Bu “dori”dan unumli foydalangan Ahmad sog‘ayib,
hayotga qaytadi. Endilikda kir-chir yurmaslikka ont ichadi.
“O‘rdak va Turg‘un” she’rida bolalarni har doim oldinga intilishiga, olamga
sergak munosabatda bo‘lishga chaqiradi hamda ortiqcha sho‘xlik va bema’ni
o‘yin-kulgidan olisroq yurish kerakligi to‘g‘risida gap ketadi. Parranda – o‘rdak
kun bo‘yi anhorchadan hech qiynalmay, mehnat qilmay, ortiqcha kuch sarf qilmay,
osongina baliqchalarni tutib eydi-da, “yana qo‘shiq g‘oq-g‘oqlarin kuyga soladi”.
Ma’lumki, hayot hech qachon bir me’yorda davom etmaydi. Buni biz
she’rdan ham bilib olishimiz mumkin. O‘rdak suvda uzoq o‘ynab, kechasi qorni
ochqaydi. Shunda u baliqchalarni tutib emoqchi bo‘ladi. Afsuski, baliqchalar
boshqa tomonga ketib qolishgan edi. “Oy nurida mayda-mayda uzun to‘lqinlar”
paydo bo‘ladi. Befahm o‘rdak esa ularni baliq deb tutib emoqchi bo‘ladi... Holdan
toygan, charchagan o‘rdakcha uyiga qaytib kelib, “Horg‘in boshin qayiribdi qanot
tagiga”. Ertasi esa baliqlar qaytib kelishsa ham o‘rdak ularni pufakcha deb o‘ylab
jim yotaveribdi.
Gap shundaki, “Turg‘un o‘rdak kabi umidsiz emas”. U qiyinchiliklarni sabot
bilan engishga, olg‘a intilishga harakat qiluvchi g‘ayratli bola. Turg‘un o‘zining
bo‘shligi, ko‘p o‘qimaganligi, o‘z ustida mustaqil ishlamaganligi sababli bir sinfda
ikki yil qolib ketganiga yurakdan achinib yuradi. Uning birdaniga bo‘lmasa ham
asta-sekin a’lochi o‘quvchilar safidan joy olishi kitobxonda yaxshi taassurot
qoldiradi. Bu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, quyidagi misralar maqsadga
muvofiqdir:
Shunday ulug‘ zo‘r bayramda o‘quvchi Turg‘un
Bir sinfdan oshganligin raport beradi:
Boshqa yalqov, umtilishsiz o‘rtoqlarini
O‘zi bilan tenglashuvga shaxt chaqiradi:
- O‘rdak kabi bo‘lmang, - deydi, hoy yosh o‘rtoqlar,
Biz zo‘r bersak har qoloqlik orqada qolar!
G‘afur G‘ulom o‘rdak obrazini qo‘llash bilan bolalarni sevib o‘qiydilar va
katta estetik zavq oladilar. Ayniqsa, “Shum bola” qissasi ommalashib ketgan
asarlardan biridir. Yozuvchi agarda o‘tmishda bolalarning ijtimoiy hayotdagi og‘ir
ahvollarini hamda yaxshi va baxtli hayot to‘g‘risidagi orzu-umidlarini, intilishlarini
ham haqqoniy ko‘rsatib berishga harakat qilgan.
Asarning tasviriy vositalari va tili bolalarga mosdir.
G‘ofur G‘ulomning Vatan urushi va urushdan keyingi tinch qurilish yillarida
yaratgan barcha asarlarida ona Vatan dushmanlariga nafrat, ona-diyorni sevish,
unga sadoqat, a’lo o‘qish, fan va texnikaga muhabbat qo‘yish masalasi asosiy
o‘rinni egallaydi.
G‘afur G‘ulom bolalarning ham sevimli shoirlaridan biri bo‘lib qoldi. Zotan:
Toza havo, toza suv,
Ozod Vatan seniki.
Yop-yorug‘ maktablarda
Ilm va fan seniki –
degan shoirning umrboqiyligi ham ana shundadir.
G‘afur G‘ulom “Shum bola”, “Tirilgan murda”, “Yodgor” asarlari bilan
bolalar adabiyoti nasriy janri yuksalishiga o‘zining munosib ulushini qo‘shdi.
Uning “Tirilgan murda” asarida jamiyatda dog‘ bo‘lib tushadigan dangasalik bilan
mehnat o‘rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalanuvchi qudrati tasvir
etiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, 6 fasldan iborat bo‘lib, ularda Mulla
Mamajonning 1925-yildan to 1933-yilgacha o‘tgan davrda boshidan kechirganlari
yozilgan. Asarda G‘afur G‘ulom o‘z qahramoniga “so‘z” berib uning o‘ziga xos
xarakterini yaratadi. Adibning “Tirilgan murda” asari ikki qismdan iborat. Ikkinchi
qismda uning jamoa xo‘jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga
erishi tasvirilanadi. Mamajon yalqovlikdan, qoloqlikdan qutilib, ilg‘or ongli
mehnatkashga aylanadi. Uning qayta tarbiyalanishiga jamoa va erkin mehnat katta
rol o‘ynaganligi haqqoniy ravishda tasvirlab berilgan. Yozuvchi bu obraz orqali
mehnatsevarlik g‘oyalarini ilgari suradi.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasida o‘zbek xalqining o‘tmishdagi
og‘ir hayoti, xususan, o‘smirlarning qarovsizligi, ularning bir parcha non deb
darbadar kezishlari qattiq kulgi ostiga olinadi. G‘afur G‘ulom “Shum bola”
qissasida syujet yaratishda hayot haqiqatiga tayanadi va syujet ipiga qahramonning
qiziq sarguzashtlarini, kechmish-kechirmishlarini ustalik bilan chizadi. Voqea
“Shum bola” tilidan yoqimli, zavqli tarzda hikoya qilinadi. Yozuvchi asarda
tasvirlangan voqealarga komik tus bergan. “Shum bola” qissasi ustida muallif ko‘p
ishlagan. Qissasining tarbiyaviy-estetik ahamiyati katta. Keyinchalik bu qissa
asosida maxsus film hamda “Zamonali va Omonali” (H.G‘ulom) nomli muzikali
komediya yaratilgani ham bejiz emas.
Quddus Muhammadiy 1907-yilda Toshkentning bir maxallasida -
mehnatkash dehqon oilasida tavallud topdi. Shoir dastlabki savodini o‘qimishli
otasi Muhammad Alibekdan oladi. So‘ngri turmush qiyinchiliklari tufayli - otasi
vafot etgach, amakisi qo‘lida tarbiya topib, maktab-internatga kirib o‘qiydi. 1925-
yilda Quddus internatda o‘qib yurgan paytida birinchi she’ri - “Chuvalachi”
(qishloq nomi)ni yozib e’lon qiladi. So‘ngra yosh shoir “Gulshan qo‘ynida”, “Tong
o‘yini”, “Paranji” she’rlarini yozadi va bu mashqlari “Yosh leninchi”,
“O‘qituvchilar gazetasi”larda bosilib chiqa boshladi.
Qishloq xo‘jalik texnikumini bitirgan Quddus Muhammadiy ijodiy ishini
davom ettirdi, X.Olimjon, G‘.G‘ulomlar bilan tanishdi, ulardan saboq oldi.
Quddus Muhammadiy 1931-yildan o‘rta maktab botanika o‘qituvchisi bo‘lib
ishlay boshladi va ayni vaqtda SamDU ning shunday fakultetida oliy ma’lumot ola
boshladi.
Uning “Bargjon”, “Tut”, “Shaftoli doktor”, “Asalari va Adham” kabi tabiat
mavzusiga bag‘ishlangan she’rlari shu davr maxsuli bo‘lib, bunday asarlarni
dunyoga kelishida uning botanika fanini chuqur bilishi ham asos bo‘la oladi.
Shoir 1941-yilda Mirzacho‘lga kelib o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Bu
erda Quddus Muhammadiy ijodida yangi bosqich boshlanayotgan edi. Ammo
Ulug‘ Vatan urushining boshlanishi shoir rejalarini ortga surdi: u xalq baxshisi
Islom shoirga kotiblik qila boshlaydi. Bu holat esa shoir ijodida yangi saxifani
ochadi: Quddus Muxammadiy ijodiga xalq og‘zaki ijodi mazmuni kirib keldi.
“Ochil dasturxon”, “Bola boshidan, o‘g‘lon yoshidan”, “Dono bobo va uning
nevara-chevaralari” kabi asarlarida va bir qator she’riy ertaklarning yaratilishida
biz folklor ta’sirini yaqqol sezishimiz mumkin.
Quddus Muxammadiy butun umr bo‘yi deyarli murabbiylik - o‘qituvchilik
bilan shug‘ullandi va ayni paytda bolalar uchun juda katta adabiy meros yarata
oldi.
Shoir ijodini tahlil qilish jarayonida uning she’riyatida quyidagi mavzular
bor ekanligini ko‘rish mumkin:
1. Bolalar xulq-odobidagi salbiy va ijobiy fazilatlar tasviri.
2. Tabiat sirlari va unga bo‘lgan kichiklar munosabati.
3. Zamonaviy fan-texnika taraqqiyoti tasviri.
4. Ijodiy mehnat va uning samarasi.
5. Kattalar va kichiklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasi.
6. O‘quvchilar hayoti va ularning o‘zaro munosabatlari.
7. Ilm olish, adob-axloq masalasi.
8. Xalqimizning dono o‘tmishi va hozirning aloqasi masalasi.
9. Bolalar ongi, hulqidagi inosoniy fazilatlar tahlili.
Quddus Muhammadiyning birinchi tip asarlariga “Dum”, “Axmadjonga
uyat”, “Nomsiz erkatoylar”, “Lapashang”, “Ravshanjonning qo‘li tilga kirdi” va
boshqalarni kiritish mumkin. (Mashg‘ulot davomida ushbu asarlardan namunalar
o‘qiladi, qisqacha taxlili berib boriladi).
Tabiatga bag‘ishlangan “Bahor keldi”, “Qanotli do‘stlar”, “Sigir nega kavsh
qaytaradi?”, “Tut”, “Tolim gullaydiyu nega meva tugmaydi”, “Shaftoli doktor”,
“Asalari va Axmadjon” she’rlari mashhurdir.
(Shoirning “Tabiat alifbesi” to‘plamidan bir necha asar o‘qilib, ulardagi
mavzu, g‘oya tahlil qilinadi).
Shoir zamonaviy fan-texnika yangiliklariga bag‘ishlab “Temirlar o‘yini”,
“GES qurilishida”, “Nur koptok”, “Madraim payvandchi” kabi she’rlarini yaratdi.
(Talabalar bilan birgalikda “GES qurilishida” asari muxokama qilib
ketiladi).
Uning ijodiy
mehnat
mavzusidagi
“Mirob”,
“Mamajon
shofyor”,
“Bobomning mehnati” kabi asararining mavzu-mundarijasi haqida gapiriladi,
qisqacha tahlili beriladi.
Quddus Muhammadiy kattalar va kichiklar o‘rtasidagi munosabatga
bag‘ishlangan “Shu binoni kim qurgan”, “Ona va bola mehri”, “Yangi uy” kabi
asarlarini yaratdi.
Shoir ijodidan eng katta o‘rinni o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati,
munosabatiga bag‘ishlangan she’rlar o‘rin olgan.
Quddus Muhammadiy ilm va odob-axloq mavzusini “Bola boshidan, o‘g‘lon
yoshidan” to‘plamida juda keng tahlil qilib bera olgan.
Shoir ijodida yaratilgan bir qator asarlarda folpklor an’analaridan
foydalanilgan holda xalqimiz o‘tmishiga nazar tashlangan va zamonaviy xulosalar
chiqarilgan.
Quddus Muhammadiy yaxshi fazilatlarni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatuvchi
g‘oyalarga yo‘g‘rilgan she’rlarning ham muallifidir.
Xulosa qilib aytganda, shoir Quddus Muhammadiy she’riyati bolalar
adabiyotida o‘ziga xos mundarija ochgan, maktab yarata olgan she’riyatdir.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Oybek adabiyot olamiga dastlab qanday shoir sifatida kirib keldi?
2. Oybekni adib sifatida mashhur qilgan asarlari qaysilar?
3. Adibning “Alisherning yoshligi” qissasini qalamga olish niyati qachon
kuchaydi? Nima uchun?
4. Alisher xarakteridagi o‘ziga xos xislatlar kitobxonda qanday taassurot
qoldiradi?
5. Oybek o‘sha davr tashvishlari, bolalar hayoti va taqdirida qanday aks
etgan?
6.Hamid Olimjon she’riyatining mavzusi haqida garing.
7.Hamid Olimjonning adabiy ertaklari.
8. Hamid Olimjonni nima uchun baxt va shodlik kuychisi deb ataymiz?
9.XX asr va G‘afur G‘ulom mavzusi xususida fikr yuriting.
10.G‘afur G‘ulom bolalar va yoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr-
muhabbatli qilib tarbiyalash mavzusida qanday she’rlar yaratdi.
11.G‘afur G‘ulom bolalar va yoshlarni kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr-
muhabbatli qilib tarbiyalash mavzusida qanday she’rlar yaratdi.
12.Quddus Muhammadiy she’riyatining mavzulari.
13.“Temirlar o‘yini” she’rining mavzusi nima haqida?
14.“Axmadjonga uyat” she’rining tarbiyaviy kuchi qanaqa?