MUAMMO VA MUAMMOLI VAZIYAT ILMIY TADQIQOTNING BOSHLANG‘ICH ASOSI

Yuklangan vaqt

2024-07-21

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

47,1 KB


 
 
 
 
MUAMMO VA MUAMMOLI VAZIYAT ILMIY TADQIQOTNING 
BOSHLANG‘ICH ASOSI 
 
 
Reja: 
10.1. Muammo tushunchasi va uning tahlili 
10.2. Muammo va metod uyg‘unligi. 
10.3. Muammo va masala 
 
10.1.Muammo tushunchasi va uning mohiyati.  
 
Muammo – bu yechilishi lozim bo‘lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo‘yish 
hali anglab yetilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda 
bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya’ni u haqda 
muayyan boshlang‘ich bilim mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, muammoni 
bilish – bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir.  
Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va fanning 
o‘zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai 
hisoblanadi. Ilmiy muammoni qo‘yish muammoli vaziyat tahliliga tayanadi, lekin 
bunday tahlilning o‘zi bilangina belgilanmaydi. Muammoli vaziyatga tushib 
qolgach, muammoni qo‘ya bilish lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy 
ta’riflanishi ham lozim. Buning uchun uni sub’ektiv, individual, ruhiy jihatlardan 
mumkin qadar tozalash va fan tilida ifodalash zarur.  
Ilmiy tadqiqotlarning muayyan muammolari amaliyot va fanning rivojlanish 
tendensiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu ulkan ahamiyat kasb etadi, chunki 
ilmiy tadqiqotlarning dasturlarini belgilaydi.  
Katta va muhim muammolarning qo‘yilishi fan tarmoqlarining rivojlanishini bir 
necha yillarga va hatto o‘n yilliklarga belgilab berishi mumkin. Bunga mashhur 
MUAMMO VA MUAMMOLI VAZIYAT ILMIY TADQIQOTNING BOSHLANG‘ICH ASOSI Reja: 10.1. Muammo tushunchasi va uning tahlili 10.2. Muammo va metod uyg‘unligi. 10.3. Muammo va masala 10.1.Muammo tushunchasi va uning mohiyati. Muammo – bu yechilishi lozim bo‘lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo‘yish hali anglab yetilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya’ni u haqda muayyan boshlang‘ich bilim mavjud bo‘lishi lozim. Shunday qilib, muammoni bilish – bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir. Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hokazolarda) va fanning o‘zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Ilmiy muammoni qo‘yish muammoli vaziyat tahliliga tayanadi, lekin bunday tahlilning o‘zi bilangina belgilanmaydi. Muammoli vaziyatga tushib qolgach, muammoni qo‘ya bilish lozim. Muammo nafaqat aniqlanishi, balki ilmiy ta’riflanishi ham lozim. Buning uchun uni sub’ektiv, individual, ruhiy jihatlardan mumkin qadar tozalash va fan tilida ifodalash zarur. Ilmiy tadqiqotlarning muayyan muammolari amaliyot va fanning rivojlanish tendensiyalarini teran tushunishni talab etadi. Bu ulkan ahamiyat kasb etadi, chunki ilmiy tadqiqotlarning dasturlarini belgilaydi. Katta va muhim muammolarning qo‘yilishi fan tarmoqlarining rivojlanishini bir necha yillarga va hatto o‘n yilliklarga belgilab berishi mumkin. Bunga mashhur  
 
«Gilbert muammolari» - D.Gilbert 1900 yil matematiklarning Parijdagi xalqaro 
kongressida so‘zlagan ma’ruzasida ta’riflab bergan va XX asr mobaynida 
matematikaning rivojlanish jarayonini belgilagan 23 muammo misol bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin.  
Olim muammoni baholashi va u shug‘ullanishga arziydimi, degan savolga javob 
berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o‘laroq, muammolar haqiqiy ham, 
soxta ham bo‘lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar – muhimlik, 
dolzarblik, yechish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur 
vositalar bilan va mazkur muddatda yechish mumkin yoki mumkin emasligi 
to‘g‘risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni 
qo‘yish – har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. Ammo muammo 
qo‘yilganidan so‘ng uni yechish metodlarini topish talab etiladi.  Ijtimoiy  madaniy 
hayotda ijtimoiy (kundalik, shaxsiy, kasbga doir, ilmiy), iqtisodiy(ishlab chiqarish 
sohasi), siyosiy (xalqaro darajadagi,  mintaqaviy ) muammo shakllari farqlanadi. 
Quyida biz ilmiy muammoning tahliliga alohida e’tibor qaratamiz. 
Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, inson 
bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga 
o‘tish, so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin. Biroq 
muammoning haqiqiy o‘rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun yuzaga keladi? 
Muammoning masaladan farqi nimada? Ilmiy muammolar doirasi qanday? 
Ilmiy muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga 
keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan 
masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek ilmiy muammo, hal qilishni talab 
etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob’ektlar, 
jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi 
va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir.  
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim sharti, ilmiy 
bilish jarayonining dastlabki bosqichidir. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta 
muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg‘itadi. Muammoni qo‘yishda, 
avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning 
«Gilbert muammolari» - D.Gilbert 1900 yil matematiklarning Parijdagi xalqaro kongressida so‘zlagan ma’ruzasida ta’riflab bergan va XX asr mobaynida matematikaning rivojlanish jarayonini belgilagan 23 muammo misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Olim muammoni baholashi va u shug‘ullanishga arziydimi, degan savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o‘laroq, muammolar haqiqiy ham, soxta ham bo‘lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar – muhimlik, dolzarblik, yechish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda yechish mumkin yoki mumkin emasligi to‘g‘risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni qo‘yish – har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. Ammo muammo qo‘yilganidan so‘ng uni yechish metodlarini topish talab etiladi. Ijtimoiy madaniy hayotda ijtimoiy (kundalik, shaxsiy, kasbga doir, ilmiy), iqtisodiy(ishlab chiqarish sohasi), siyosiy (xalqaro darajadagi, mintaqaviy ) muammo shakllari farqlanadi. Quyida biz ilmiy muammoning tahliliga alohida e’tibor qaratamiz. Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga o‘tish, so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin. Biroq muammoning haqiqiy o‘rni qanday? Ilmiy muammolar nima uchun yuzaga keladi? Muammoning masaladan farqi nimada? Ilmiy muammolar doirasi qanday? Ilmiy muammo – bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek ilmiy muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, ob’ektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim sharti, ilmiy bilish jarayonining dastlabki bosqichidir. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg‘itadi. Muammoni qo‘yishda, avvalo, ayrim holatni masala sifatida anglab yetish, qolaversa, muammoning  
 
mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalarni ajratgan holda uni 
ta’riflash lozim. Masalan, bakalavr, magistr, doktorant mavzu tanlashda eng avvalo 
bu mavzuning ishlanganlik darajasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi, uning 
amaliy ahamiyatini prognoz qilishi lozim. Muallif mavzuni his qilsa, muammoni 
yaxlit ko‘radi va uning yechimini topadi. Shuningdek, mavzuda muammoning yaxlit 
ifodasi shakllangan bo‘lishi, shu mavzu bo‘yicha maqolalarning mantiqan 
izchilligini ta’minlaydi. Siyqasi chiqqan mavzular bo‘yicha nafaqat dissertatsiya, 
hatto  maqola yozish ham muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Ilmiy muammoning 
yechimini topish uchun eng avvalo  shu muammoga oid bilimning bo‘lishi asosiy 
mezondir. Ilmiy muammolar predmetga yoki protseduraga doir bo‘ladi.  
Predmetga doir muammolarda o‘rganilayotgan ob’ektlar, protseduraga doir 
muammolarda esa – bilim olish va uni baholash usullari aks etadi. O‘z navbatida, 
predmetga doir muammolarning empirik va konseptual, protseduraga doir 
muammolarning metodologik va baholash bilan bog‘liq turlari farqlanadi. Empirik 
muammolarni yechish uchun materialni sof nazariy tahlil qilish bilan bir qatorda, 
predmetlar bilan ma’lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, konseptual 
muammolar borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi. Predmetga doir 
muammolardan farqli o‘laroq, protseduraga doir muammolar doim konseptual 
xususiyatga ega bo‘ladi; protseduraga doir muammolar o‘rtasidagi farq shunda 
ko‘rinadiki, metodologik muammolar nisbiy mushohada ko‘rinishida yechimga ega 
bo‘lishi mumkin emas, baholash bilan bog‘liq muammolar esa fanga mezon 
vazifasini bajaruvchi ko‘rsatkichlar va mo‘ljallarni olib kiradi.  
Empirik muammo avvalo ma’lumotlarni izlashni nazarda tutadi; empirik 
muammolarga kuzatish, eksperiment, o‘lchash kabi ilmiy metodlar yordamida javob 
topish mumkin. Bundan tashqari, yechimini topish uchun asboblar yasash, reaktivlar 
tayyorlash va hokazolar kerak bo‘lgan muammo ham empirik hisoblanadi.  
Konseptual muammolar ilgari olingan ko‘p sonli ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lib, 
ularni tartibga solish va talqin qilish, oqibatlarni keltirib chiqarish va gipotezalarni 
shakllantirish, mantiqiy izchillik talablariga muvofiq qarama-qarshiliklarni 
bartaraf etishni nazarda tutadi.  
mazmunini aniq tushunish, ma’lum va noma’lum narsalarni ajratgan holda uni ta’riflash lozim. Masalan, bakalavr, magistr, doktorant mavzu tanlashda eng avvalo bu mavzuning ishlanganlik darajasi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi, uning amaliy ahamiyatini prognoz qilishi lozim. Muallif mavzuni his qilsa, muammoni yaxlit ko‘radi va uning yechimini topadi. Shuningdek, mavzuda muammoning yaxlit ifodasi shakllangan bo‘lishi, shu mavzu bo‘yicha maqolalarning mantiqan izchilligini ta’minlaydi. Siyqasi chiqqan mavzular bo‘yicha nafaqat dissertatsiya, hatto maqola yozish ham muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Ilmiy muammoning yechimini topish uchun eng avvalo shu muammoga oid bilimning bo‘lishi asosiy mezondir. Ilmiy muammolar predmetga yoki protseduraga doir bo‘ladi. Predmetga doir muammolarda o‘rganilayotgan ob’ektlar, protseduraga doir muammolarda esa – bilim olish va uni baholash usullari aks etadi. O‘z navbatida, predmetga doir muammolarning empirik va konseptual, protseduraga doir muammolarning metodologik va baholash bilan bog‘liq turlari farqlanadi. Empirik muammolarni yechish uchun materialni sof nazariy tahlil qilish bilan bir qatorda, predmetlar bilan ma’lum amallarni bajarish lozim, vaholanki, konseptual muammolar borliqqa bevosita murojaat etishni talab qilmaydi. Predmetga doir muammolardan farqli o‘laroq, protseduraga doir muammolar doim konseptual xususiyatga ega bo‘ladi; protseduraga doir muammolar o‘rtasidagi farq shunda ko‘rinadiki, metodologik muammolar nisbiy mushohada ko‘rinishida yechimga ega bo‘lishi mumkin emas, baholash bilan bog‘liq muammolar esa fanga mezon vazifasini bajaruvchi ko‘rsatkichlar va mo‘ljallarni olib kiradi. Empirik muammo avvalo ma’lumotlarni izlashni nazarda tutadi; empirik muammolarga kuzatish, eksperiment, o‘lchash kabi ilmiy metodlar yordamida javob topish mumkin. Bundan tashqari, yechimini topish uchun asboblar yasash, reaktivlar tayyorlash va hokazolar kerak bo‘lgan muammo ham empirik hisoblanadi. Konseptual muammolar ilgari olingan ko‘p sonli ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularni tartibga solish va talqin qilish, oqibatlarni keltirib chiqarish va gipotezalarni shakllantirish, mantiqiy izchillik talablariga muvofiq qarama-qarshiliklarni bartaraf etishni nazarda tutadi.  
 
Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog‘liq: ularni 
yechish yo‘li bilan ayrim kelishuvlar tuziladi, muammoni yechish, kuzatish va 
eksperimentlar o‘tkazish tartibi aniqlanadi, mo‘ljallanayotgan konseptual 
protseduralar belgilanadi va h.k.  
Baholash bilan bog‘liq muammolar empirik ma’lumotlar, gipotezalar, nazariyalar 
va shu kabilarni baholash, hatto muammoning o‘zi qay darajada to‘g‘ri tuzilgan va 
ta’riflanganligini baholashni nazarda tutadi. Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb 
hisoblanishi uchun: 
1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan 
ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi; 
2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 
3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi; 
4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 
5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi; 
6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari 
haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim.  
Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z yechimini 
topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida 
yechilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida 
yechilmay kelgan), ayrim muammolar o‘z yechimini topmaydi (masalan, aylana 
kvadraturasi, burchak triseksiyasi va kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi 
bir muammolar esa olimlarning almashayotgan avlodlari diqqat markazidan 
butunlay yo‘qoladi.  
Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi: 
 U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo‘naltiradi.  
 Yangi bilim olishga qarab mo‘ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari 
intiladi.  
Shuni ta’kidlash lozimki, «dunyoning birinchi materiyasi nima?», «ob’ekt nima?», 
«harakat nima?», «aql nima?» qabilidagi olamshumul muammolar ayrim fanlarning 
Metodologik muammolar asosan tadqiqotni rejalashtirish bilan bog‘liq: ularni yechish yo‘li bilan ayrim kelishuvlar tuziladi, muammoni yechish, kuzatish va eksperimentlar o‘tkazish tartibi aniqlanadi, mo‘ljallanayotgan konseptual protseduralar belgilanadi va h.k. Baholash bilan bog‘liq muammolar empirik ma’lumotlar, gipotezalar, nazariyalar va shu kabilarni baholash, hatto muammoning o‘zi qay darajada to‘g‘ri tuzilgan va ta’riflanganligini baholashni nazarda tutadi. Muammo to‘g‘ri qo‘yilgan deb hisoblanishi uchun: 1) o‘rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy bilim (ma’lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo‘lishi; 2) muammo shaklan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi; 3) muammo o‘rinli bo‘lishi, ya’ni uning asoslari soxta bo‘lmasligi; 4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo‘lishi; 5) yechimning mavjudlik sharti va uning yagonaligi ko‘rsatilgan bo‘lishi; 6) maqbul yechim belgilari hamda yechimning maqbulligini tekshirish usullari haqidagi shartlar qabul qilinishi lozim. Shunday qilib, pirovard natijada barcha ilmiy muammolar ham o‘z yechimini topavermaydi: ayrim muammolar ular qo‘yilganidan keyin uzoq vaqt mobaynida yechilmay qolaveradi (masalan, Frem teoremasi bir necha yuz yillar mobaynida yechilmay kelgan), ayrim muammolar o‘z yechimini topmaydi (masalan, aylana kvadraturasi, burchak triseksiyasi va kubning ikkilanmasi haqidagi masalalar), ba’zi bir muammolar esa olimlarning almashayotgan avlodlari diqqat markazidan butunlay yo‘qoladi. Ilmiy muammo boshqa muammolardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi:  U olimni doim haqiqiy bilim olishga yo‘naltiradi.  Yangi bilim olishga qarab mo‘ljal oladi. Olim ongli ravishda yangilik sari intiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, «dunyoning birinchi materiyasi nima?», «ob’ekt nima?», «harakat nima?», «aql nima?» qabilidagi olamshumul muammolar ayrim fanlarning  
 
chegaralarinigina belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi 
hisoblanmaydi.  
O‘z-o‘zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Ilmiy 
muammolar qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy 
asoslar negizida qo‘yiladi va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy 
metodlar yordamida o‘rganiladi.  
Teran, samarali yechimini topadigan muammolarni yaratishning umumiy metodi 
mavjud emas. Shunga qaramay, fan tarixi ko‘pgina hollarda teran ilmiy va samarali 
muammolar quyidagi to‘rt mo‘ljalni ro‘yobga chiqarish paytida yuzaga 
kelganligidan dalolat beradi: 
1) ilgari qo‘yilgan muammolarning taklif qilinayotgan yechimlariga, hatto bu 
yechimlar bir qarashda shak-shubhasiz bo‘lib ko‘rinsa ham, tanqidiy yondashish 
lozim; har qanday holatda ham ayrim kamchiliklarni topish yoki hech bo‘lmasa 
topilgan yechimni umumlashtirish ayrim holatga tatbiqan muayyanlashtirish 
mumkin; 
2) yangi holatlarga nisbatan ma’lum yechimlarni tatbiq etish, ularning yaroqli yoki 
yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning yechimi o‘z kuchini saqlab qolsa, 
buning natijasida nafaqat yechimlar, balki muammolar ham umumlashtiriladi, agar 
yechim yaroqsiz bo‘lsa, muammolarning yangi majmui yuzaga keladi; 
3) ma’lum muammolarni yangi sohalarga ko‘chirish yoki unga yana bir ko‘rsatkich 
kiritish yo‘li bilan ularni umumlashtirishga harakat qilish lozim; 
4) muammoning mavjudligini bilimning boshqa sohalaridagi bilimlar bilan 
bog‘lash, muammolarni kompleks o‘rganishga harakat qilish kerak.  
Umuman olganda, muammolarni tanlash ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda 
metodikadan ham ko‘ra ko‘proq intuitsiya va tajriba ish beradi.  
Ilmiy muammo, didaktik tizim kabi, bilimlar va faoliyat usullarini ijodiy 
o‘zlashtirish qonuniyatlariga asoslanadi, u bilish va amaliy faoliyat jarayonida 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy tafakkurni rivojlantirishning samarali 
vositalaridan biridir.  
chegaralarinigina belgilashi mumkin, biroq ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi hisoblanmaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, har qanday muammo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Ilmiy muammolar qolgan turdagi muammolardan shunisi bilan ajralib turadiki, ular ilmiy asoslar negizida qo‘yiladi va asosan ilmiy bilimni kengaytirish maqsadida ilmiy metodlar yordamida o‘rganiladi. Teran, samarali yechimini topadigan muammolarni yaratishning umumiy metodi mavjud emas. Shunga qaramay, fan tarixi ko‘pgina hollarda teran ilmiy va samarali muammolar quyidagi to‘rt mo‘ljalni ro‘yobga chiqarish paytida yuzaga kelganligidan dalolat beradi: 1) ilgari qo‘yilgan muammolarning taklif qilinayotgan yechimlariga, hatto bu yechimlar bir qarashda shak-shubhasiz bo‘lib ko‘rinsa ham, tanqidiy yondashish lozim; har qanday holatda ham ayrim kamchiliklarni topish yoki hech bo‘lmasa topilgan yechimni umumlashtirish ayrim holatga tatbiqan muayyanlashtirish mumkin; 2) yangi holatlarga nisbatan ma’lum yechimlarni tatbiq etish, ularning yaroqli yoki yaroqsizligini baholash lozim: agar muammoning yechimi o‘z kuchini saqlab qolsa, buning natijasida nafaqat yechimlar, balki muammolar ham umumlashtiriladi, agar yechim yaroqsiz bo‘lsa, muammolarning yangi majmui yuzaga keladi; 3) ma’lum muammolarni yangi sohalarga ko‘chirish yoki unga yana bir ko‘rsatkich kiritish yo‘li bilan ularni umumlashtirishga harakat qilish lozim; 4) muammoning mavjudligini bilimning boshqa sohalaridagi bilimlar bilan bog‘lash, muammolarni kompleks o‘rganishga harakat qilish kerak. Umuman olganda, muammolarni tanlash ijodiy xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda metodikadan ham ko‘ra ko‘proq intuitsiya va tajriba ish beradi. Ilmiy muammo, didaktik tizim kabi, bilimlar va faoliyat usullarini ijodiy o‘zlashtirish qonuniyatlariga asoslanadi, u bilish va amaliy faoliyat jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ijodiy tafakkurni rivojlantirishning samarali vositalaridan biridir.  
 
Ilmiy muammo bilimlarning izchilligi, ularning fundamentalligi va ixtisoslashuvini 
uyg‘unlashtirish, turdosh fanlar metodlaridan foydalanish, bilimlarni ilmiy 
umumlashtirish va tizimga solish ko‘nikmalarini ishlab chiqish, shuningdek 
o‘rganilayotgan masalalarni tanqidiy tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U bilimlarni 
kengaytirish va chuqurlashtirishga da’vat etadi, yangi muammolarni mustaqil 
qo‘yish, ularning yechimlarini izlash va topishga qiziqishni kuchaytiradi. Ayni 
vaqtda, ilmiy muammo zarur intellektual keskinlikni vujudga keltiradi, bilish 
jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish, ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
Ilmiy muammo – murakkab va keng hajmli vazifa.  
Bosh vazifa – u yoki bu mavzuga mos keladigan muammolarni topish, farqlash va 
aniq ta’riflash. Puxta ishlab chiqilgan va to‘g‘ri ta’riflangan muammo ilmiy hamda 
ijodiy jihatdan diqqatga sazovor bo‘lishi mumkin.  
Ilmiy muammo sof informativ xususiyatini yo‘qotadi, tayyor bilim berishdan 
iborat bo‘lmay qoladi va yangi bilim izlash, haqiqiy ijodiy bilish jarayoniga 
aylanadi. Insonga zarur bilimlar hajmi jadal sur’atlarda oshib borayotgan hozirgi 
sharoitda dalillarning ma’lum yig‘indisini o‘zlashtirishga qarab mo‘ljal olishning 
o‘zi kifoya qilmaydi. O‘z bilimlarini mustaqil to‘ldirish, ilmiy va siyosiy 
axborotlarning jo‘shqin oqimida mo‘ljal olish ko‘nikmasini shakllantirish 
muhimdir. Bu tamoyillardan hozirgi davrda inson ega bo‘lgan bilimlarning oddiy 
yig‘indisi emas, balki uning bilimlari ijodiy qobiliyati va g‘oyaviy e’tiqodi bilan 
uyg‘unlikda har tomonlama yetuk shaxsning bosh mezonidir, degan xulosa kelib 
chiqadi.  
(O‘qituvchi bu masalani talabalarning ilmiy mavzulari misolida tahlil qilib berishi 
shart. Masalan: predmetga doir ya’ni mavzu tanlashga doir muammoni yechish 
uchun talabaga rahbar yordam berishi shart, unga o‘zi bilgan mavzuni 
taqamaslik,talabaning qiziqishlari doirasi bilimini hisobga olish muhim. To‘g‘ri 
tanlangan muammo, uning to‘g‘ri yechimini topish imkoniyatini oshiradi. 
Protseduraga oid muammo bu mavzuning tarkibiy qismlarini to‘g‘ri taqsimlashni 
va ular bo‘yicha tegishli materiallarni yig‘ish, bir joyga jamlashni talab qiladi. 
Xususan, har bir  bob va paragraflar bo‘yicha fayllar tayyorlash  yig‘ilgan 
Ilmiy muammo bilimlarning izchilligi, ularning fundamentalligi va ixtisoslashuvini uyg‘unlashtirish, turdosh fanlar metodlaridan foydalanish, bilimlarni ilmiy umumlashtirish va tizimga solish ko‘nikmalarini ishlab chiqish, shuningdek o‘rganilayotgan masalalarni tanqidiy tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. U bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga da’vat etadi, yangi muammolarni mustaqil qo‘yish, ularning yechimlarini izlash va topishga qiziqishni kuchaytiradi. Ayni vaqtda, ilmiy muammo zarur intellektual keskinlikni vujudga keltiradi, bilish jarayonidagi qiyinchiliklarni yengish, ijodiy tafakkur ko‘nikmalarini shakllantiradi. Ilmiy muammo – murakkab va keng hajmli vazifa. Bosh vazifa – u yoki bu mavzuga mos keladigan muammolarni topish, farqlash va aniq ta’riflash. Puxta ishlab chiqilgan va to‘g‘ri ta’riflangan muammo ilmiy hamda ijodiy jihatdan diqqatga sazovor bo‘lishi mumkin. Ilmiy muammo sof informativ xususiyatini yo‘qotadi, tayyor bilim berishdan iborat bo‘lmay qoladi va yangi bilim izlash, haqiqiy ijodiy bilish jarayoniga aylanadi. Insonga zarur bilimlar hajmi jadal sur’atlarda oshib borayotgan hozirgi sharoitda dalillarning ma’lum yig‘indisini o‘zlashtirishga qarab mo‘ljal olishning o‘zi kifoya qilmaydi. O‘z bilimlarini mustaqil to‘ldirish, ilmiy va siyosiy axborotlarning jo‘shqin oqimida mo‘ljal olish ko‘nikmasini shakllantirish muhimdir. Bu tamoyillardan hozirgi davrda inson ega bo‘lgan bilimlarning oddiy yig‘indisi emas, balki uning bilimlari ijodiy qobiliyati va g‘oyaviy e’tiqodi bilan uyg‘unlikda har tomonlama yetuk shaxsning bosh mezonidir, degan xulosa kelib chiqadi. (O‘qituvchi bu masalani talabalarning ilmiy mavzulari misolida tahlil qilib berishi shart. Masalan: predmetga doir ya’ni mavzu tanlashga doir muammoni yechish uchun talabaga rahbar yordam berishi shart, unga o‘zi bilgan mavzuni taqamaslik,talabaning qiziqishlari doirasi bilimini hisobga olish muhim. To‘g‘ri tanlangan muammo, uning to‘g‘ri yechimini topish imkoniyatini oshiradi. Protseduraga oid muammo bu mavzuning tarkibiy qismlarini to‘g‘ri taqsimlashni va ular bo‘yicha tegishli materiallarni yig‘ish, bir joyga jamlashni talab qiladi. Xususan, har bir bob va paragraflar bo‘yicha fayllar tayyorlash yig‘ilgan  
 
materiallarni tartib bilan jamlash ularni  izchil tahlil qilish imkonini beradi. 
Metodologik muammo izlanuvchidan  qunt, sabr toqatni talab qiladi, zero u 
jamlangan materiallarni tahlil qilishi, ma’nosini tushunishi lozim, shu joyda 
baholashga doir muammo o‘z yechimini topadi, ya’ni yig‘ilgan materiallarga 
izlanuvchi o‘zining intellektual salohiyati nkqtai nazaridan yondashib, ularga baho 
beradi, va predmetga doir muammoning yechimini topishga ilmiy asoslarni taqdim 
etadi.) 
 
10.2.Muammo va metod uyg‘unligi.  
 
Ilmiy metod harakatlarning shunday bir usuliki, uning yordamida ma’lum turdagi 
ilmiy vazifalar yechiladi. Metod haqidagi bilim maxsus yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar 
va metodikalarda ifodalanadi. Ularda harakatlarni bajarish qoidalari ta’riflanadi, 
shuningdek metodni qo‘llash shartlari va maqsadlari, uning imkoniyatlari, metod 
yordamida erishiladigan natijalar xususiyati va hokazolar tavsiflanadi.  
Metodni u haqdagi bilim bilan ayniylashtirish mumkin emas. Bir tomondan, 
metodni uni tavsiflovchi qoidalar va yo‘riqnomalarni bilmay turib ham o‘zlashtirish 
mumkin. Bunday bilim verballashtirilmagan, noaniq xususiyat kasb etadi, u 
faoliyatdan ajratilmaydi, balki unga kiritiladi va unda «ishlaydi». Boshqa tomondan, 
metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar matnini a’lo darajada bilish ham ularda 
tavsiflangan metodni o‘zlashtirganlikni anglatmaydi. Masalan, tibbiyotchi-talaba 
tashxis qo‘yish metodikasini miridan-sirigacha bilishi mumkin, lekin tegishli 
o‘rganish va mashqlarsiz u tashxis qo‘yish mahoratini lozim darajada o‘zlashtirishi 
amri mahol bo‘lsa kerak. Amalda ko‘rsatish va shaxsiy tajriba o‘rnini hech qanday 
og‘zaki yo‘l-yo‘riqlar bosa olmaydi. Ayni shu sababli olimning shogirdlari va 
hamkasblari bilan bevosita aloqalari ulkan rol o‘ynaydi: ular biron-bir yo‘riqnomada 
qayd etilmagan narsalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini beradi.  
Mazkur metod yordamida yechish mumkin bo‘lgan vazifalar turi uning qo‘llanish 
sohasini tashkil etadi. Har qanday turdagi vazifalarni yechish imkoniyatini 
materiallarni tartib bilan jamlash ularni izchil tahlil qilish imkonini beradi. Metodologik muammo izlanuvchidan qunt, sabr toqatni talab qiladi, zero u jamlangan materiallarni tahlil qilishi, ma’nosini tushunishi lozim, shu joyda baholashga doir muammo o‘z yechimini topadi, ya’ni yig‘ilgan materiallarga izlanuvchi o‘zining intellektual salohiyati nkqtai nazaridan yondashib, ularga baho beradi, va predmetga doir muammoning yechimini topishga ilmiy asoslarni taqdim etadi.) 10.2.Muammo va metod uyg‘unligi. Ilmiy metod harakatlarning shunday bir usuliki, uning yordamida ma’lum turdagi ilmiy vazifalar yechiladi. Metod haqidagi bilim maxsus yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar va metodikalarda ifodalanadi. Ularda harakatlarni bajarish qoidalari ta’riflanadi, shuningdek metodni qo‘llash shartlari va maqsadlari, uning imkoniyatlari, metod yordamida erishiladigan natijalar xususiyati va hokazolar tavsiflanadi. Metodni u haqdagi bilim bilan ayniylashtirish mumkin emas. Bir tomondan, metodni uni tavsiflovchi qoidalar va yo‘riqnomalarni bilmay turib ham o‘zlashtirish mumkin. Bunday bilim verballashtirilmagan, noaniq xususiyat kasb etadi, u faoliyatdan ajratilmaydi, balki unga kiritiladi va unda «ishlaydi». Boshqa tomondan, metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar matnini a’lo darajada bilish ham ularda tavsiflangan metodni o‘zlashtirganlikni anglatmaydi. Masalan, tibbiyotchi-talaba tashxis qo‘yish metodikasini miridan-sirigacha bilishi mumkin, lekin tegishli o‘rganish va mashqlarsiz u tashxis qo‘yish mahoratini lozim darajada o‘zlashtirishi amri mahol bo‘lsa kerak. Amalda ko‘rsatish va shaxsiy tajriba o‘rnini hech qanday og‘zaki yo‘l-yo‘riqlar bosa olmaydi. Ayni shu sababli olimning shogirdlari va hamkasblari bilan bevosita aloqalari ulkan rol o‘ynaydi: ular biron-bir yo‘riqnomada qayd etilmagan narsalar bilan o‘rtoqlashish imkoniyatini beradi. Mazkur metod yordamida yechish mumkin bo‘lgan vazifalar turi uning qo‘llanish sohasini tashkil etadi. Har qanday turdagi vazifalarni yechish imkoniyatini  
 
beradigan universal metod fanda mavjud emas. Har qanday metod o‘zining muayyan 
qo‘llanish sohasiga ega bo‘ladi.  
Har bir fan doirasida uning tadqiqot ob’ektlariga moslashtirilgan maxsus metodlar 
ishlab chiqiladi (masalan, fizikada – ko‘lamlarni tahlil qilish metodi, biologiyada - 
qushlarni halqalash metodi, psixologiyada – testlash metodi, sotsiologiyada – anketa 
so‘rovi metodi, tilshunoslikda – tillarni qiyosiy tahlil qilish metodi va h.k.).  
Shu bilan bir vaqtda hozirgi zamon fanida metodlarni bir fandan boshqa fanga 
ko‘chirish ulkan ahamiyatga egadir (masalan, fizik metodlardan kimyoda 
(spektroskopik metod), biologiya va tibbiyotda (rentgenoskopiya metodlari), tarixda 
(radioaktiv tahlil metodi) foydalanish, matematik metodlarni tabiatshunoslikda va 
ijtimoiy fanlarda qo‘llash).  
Maxsus metodlar bilan bir qatorda ko‘pgina yoki hatto barcha fanlarda 
qo‘llaniladigan umumiy metodlar ham bor. Ular umumilmiy metodlar deb ataladi. 
Ularga oqilona fikrlashning barcha metodlari – tahlil, sintez, mavhumlashtirish, 
umumlashtirish, induksiya, deduksiya va boshqalar, shuningdek kuzatish, 
eksperiment, modellashtirish, ideallashtirish kabi metodlar kiradi.  
Muammolar kabi, metodlarni ham haqiqiylik yoki soxtalik nuqtai nazaridan 
baholash mumkin emas. Metod yaxshi yoki yomon bo‘lishi, muayyan muammoni 
yechish imkoniyatini berishi yoki bermasligi mumkin, lekin barcha hollarda u 
haqiqiy ham, soxta ham emas. Ba’zan biron-bir metodni «haqiqiy» deb nomlashlari 
mumkin, lekin bu faqat mazkur metod haqiqatning tagiga yetishni ta’minlashini, 
ya’ni muayyan muammoni yechishning «yaxshi», samarali vositasi hisoblanishini 
anglatadi. Xuddi shuningdek, biron-bir metodga nisbatan ishlatilgan «soxtalik» 
tushunchasi ham faqat metod mazkur muammoni yechishga yaroqli emasligi, ya’ni 
«yomon», samarasiz ekanligini anglatishi mumkin.    
Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud 
nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u 
bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq, 
boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar 
yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar 
beradigan universal metod fanda mavjud emas. Har qanday metod o‘zining muayyan qo‘llanish sohasiga ega bo‘ladi. Har bir fan doirasida uning tadqiqot ob’ektlariga moslashtirilgan maxsus metodlar ishlab chiqiladi (masalan, fizikada – ko‘lamlarni tahlil qilish metodi, biologiyada - qushlarni halqalash metodi, psixologiyada – testlash metodi, sotsiologiyada – anketa so‘rovi metodi, tilshunoslikda – tillarni qiyosiy tahlil qilish metodi va h.k.). Shu bilan bir vaqtda hozirgi zamon fanida metodlarni bir fandan boshqa fanga ko‘chirish ulkan ahamiyatga egadir (masalan, fizik metodlardan kimyoda (spektroskopik metod), biologiya va tibbiyotda (rentgenoskopiya metodlari), tarixda (radioaktiv tahlil metodi) foydalanish, matematik metodlarni tabiatshunoslikda va ijtimoiy fanlarda qo‘llash). Maxsus metodlar bilan bir qatorda ko‘pgina yoki hatto barcha fanlarda qo‘llaniladigan umumiy metodlar ham bor. Ular umumilmiy metodlar deb ataladi. Ularga oqilona fikrlashning barcha metodlari – tahlil, sintez, mavhumlashtirish, umumlashtirish, induksiya, deduksiya va boshqalar, shuningdek kuzatish, eksperiment, modellashtirish, ideallashtirish kabi metodlar kiradi. Muammolar kabi, metodlarni ham haqiqiylik yoki soxtalik nuqtai nazaridan baholash mumkin emas. Metod yaxshi yoki yomon bo‘lishi, muayyan muammoni yechish imkoniyatini berishi yoki bermasligi mumkin, lekin barcha hollarda u haqiqiy ham, soxta ham emas. Ba’zan biron-bir metodni «haqiqiy» deb nomlashlari mumkin, lekin bu faqat mazkur metod haqiqatning tagiga yetishni ta’minlashini, ya’ni muayyan muammoni yechishning «yaxshi», samarali vositasi hisoblanishini anglatadi. Xuddi shuningdek, biron-bir metodga nisbatan ishlatilgan «soxtalik» tushunchasi ham faqat metod mazkur muammoni yechishga yaroqli emasligi, ya’ni «yomon», samarasiz ekanligini anglatishi mumkin. Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar  
 
olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – 
ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy 
bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy 
bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. 
Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, 
qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.  
 
10.3. Muammo va masala.  
 
Ko‘pincha muammo masala bilan bog‘lanadi va hatto u bilan tenglashtiriladi, 
bunda muammo muhim, murakkab masala ekanligi qayd etiladi. O‘z-o‘zidan 
ravshanki, bu fikr uncha to‘g‘ri emas. Har qanday muammo masala bilan bog‘liq, 
deb aytish mumkin, biroq har qanday masala ham muammo bo‘la olmaydi. 
Muammo masalada o‘zining to‘liq ifodasini topadi. Har qanday muammo o‘zagini 
bosh masala tashkil etadi. Murakkab muammo bir qancha alohida muammolarga 
bo‘linishi va tegishli ayrim masalalarda o‘z ifodasini topishi mumkin. Biroq 
muammoning muhim xususiyati shundaki, uni yechish, uni ifodalovchi masalalarga 
javob topish uchun «eski» bilim doirasidan chetga chiqish lozim. Umuman masalaga 
kelsak, uni yechish uchun «eski» bilimning o‘zi kifoyadir. Bunday masala, qay 
darajada muhim va murakkab bo‘lmasin, fan uchun muammo hisoblanmaydi.  
Nafaqat muammo bilan masalani, balki muammo bilan muammo g‘oyasini ham 
farqlash lozim. G‘oyada muammoni yechish yo‘llari ko‘rsatilmaydi, balki u faqat 
qo‘yiladi. Rivojlantirilgan muammoda esa uni yechish yo‘llari ham ko‘rsatiladi. 
Odatda, «barvaqt» ko‘tarilgan, ya’ni «echish yo‘llari» hali aniqlanmagan 
muammolar g‘oya darajasida qoladi. Ayni vaqtda, muammoni rivojlantirish uni 
yechish demakdir.  
Garchi muammoni qo‘yish va uni yechish sifat jihatidan har xil jarayonlar bo‘lsa-
da, ularni aniq farqlash mumkin emas. Muammoni qo‘yish bir vaqtning o‘zida uni 
yechishga kirishishdir. Tadqiqotchi muammoni qo‘yish yo‘lida qancha ilgarilagan 
bo‘lsa, u muammoni yechishga shuncha yaqinlashadi. Tadqiqot ob’ekti haqidagi 
olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir. 10.3. Muammo va masala. Ko‘pincha muammo masala bilan bog‘lanadi va hatto u bilan tenglashtiriladi, bunda muammo muhim, murakkab masala ekanligi qayd etiladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu fikr uncha to‘g‘ri emas. Har qanday muammo masala bilan bog‘liq, deb aytish mumkin, biroq har qanday masala ham muammo bo‘la olmaydi. Muammo masalada o‘zining to‘liq ifodasini topadi. Har qanday muammo o‘zagini bosh masala tashkil etadi. Murakkab muammo bir qancha alohida muammolarga bo‘linishi va tegishli ayrim masalalarda o‘z ifodasini topishi mumkin. Biroq muammoning muhim xususiyati shundaki, uni yechish, uni ifodalovchi masalalarga javob topish uchun «eski» bilim doirasidan chetga chiqish lozim. Umuman masalaga kelsak, uni yechish uchun «eski» bilimning o‘zi kifoyadir. Bunday masala, qay darajada muhim va murakkab bo‘lmasin, fan uchun muammo hisoblanmaydi. Nafaqat muammo bilan masalani, balki muammo bilan muammo g‘oyasini ham farqlash lozim. G‘oyada muammoni yechish yo‘llari ko‘rsatilmaydi, balki u faqat qo‘yiladi. Rivojlantirilgan muammoda esa uni yechish yo‘llari ham ko‘rsatiladi. Odatda, «barvaqt» ko‘tarilgan, ya’ni «echish yo‘llari» hali aniqlanmagan muammolar g‘oya darajasida qoladi. Ayni vaqtda, muammoni rivojlantirish uni yechish demakdir. Garchi muammoni qo‘yish va uni yechish sifat jihatidan har xil jarayonlar bo‘lsa- da, ularni aniq farqlash mumkin emas. Muammoni qo‘yish bir vaqtning o‘zida uni yechishga kirishishdir. Tadqiqotchi muammoni qo‘yish yo‘lida qancha ilgarilagan bo‘lsa, u muammoni yechishga shuncha yaqinlashadi. Tadqiqot ob’ekti haqidagi  
 
bilimning to‘liq emasligi soxta muammolar tug‘dirishi mumkin (masalan, «mangu 
dvigatel» muammosi).  
Shunday qilib, muammo – bilish jarayonining rivojlanishi mobaynida ob’ektiv 
tarzda yuzaga keluvchi, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga 
ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir.  
 
10.5.Muammoli vaziyat va uning ahamiyati.  
 
Mavjud faoliyat strategiyalari va o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan 
qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani 
yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli 
vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini 
ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan 
boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan 
yakunlanadi. Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, 
mulohazalarni yoyishning boshlang‘ich asosi hisoblanadi. O‘rganilayotgan 
maqsadlarda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli ma’lumotlar olishga 
yetishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, 
izlanuvchi o‘z maqsadiga yetaklovchi ko‘plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda 
u mazkur  muqobil g‘oyalarning ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi 
eng adekvatrog‘ini tanlashi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham yangi g‘oyalarning 
muqobilini tanlashga doir fikrlash amallari muammo tushunchasining funksional 
vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining 
o‘ziga xos xossalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. 
Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u 
dalilni asoslangan xususiyatga ega bo‘lgan mavjud nazariy bilim yordamida 
tavsiflash mumkin bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda muammoli vaziyat 
ko‘p jihatdan bizga hali aniq bo‘lmagan ob’ektiv mavjud hodisalar ta’sirida yuzaga 
keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan mavjud nazariy dasturni rivojlantirish va 
kengaytirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.  
bilimning to‘liq emasligi soxta muammolar tug‘dirishi mumkin (masalan, «mangu dvigatel» muammosi). Shunday qilib, muammo – bilish jarayonining rivojlanishi mobaynida ob’ektiv tarzda yuzaga keluvchi, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir. 10.5.Muammoli vaziyat va uning ahamiyati. Mavjud faoliyat strategiyalari va o‘tmish tajribasi insonga yuzaga kelgan qiyinchilikni bartaraf etish imkonini bermaydigan, mutlaqo yangi strategiyani yaratish talab etiladigan vaziyat odatda muammoli vaziyat deb ataladi. Muammoli vaziyat aniqlangan dalillarni mavjud bilim doirasida tushuntirish mumkin emasligini ifodalovchi vaziyatdir. Ilmiy kashfiyot sari yo‘l muammoli vaziyatni aniqlashdan boshlanadi, uni ta’riflashdan o‘tadi va bu vaziyatning yechimini topish bilan yakunlanadi. Muammoli vaziyatni belgilash fikrlashga doir harakatni, amalni, mulohazalarni yoyishning boshlang‘ich asosi hisoblanadi. O‘rganilayotgan maqsadlarda kerakli axborotning va insonning bilimlari tegishli ma’lumotlar olishga yetishmasligi vaziyatning noaniqligini kuchaytirib yuboradi. Oqibatda esa, izlanuvchi o‘z maqsadiga yetaklovchi ko‘plab muqobilliklarga duch keladi. Bunda u mazkur muqobil g‘oyalarning ichidan izlanayotgan maqsadlarga olib boruvchi eng adekvatrog‘ini tanlashi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham yangi g‘oyalarning muqobilini tanlashga doir fikrlash amallari muammo tushunchasining funksional vazifalarining mohiyatini tashkil qiladi. Bu esa fikrlashning muammoviyligining o‘ziga xos xossalaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi har xil omillar bilan belgilanadi. Avvalo, u dalilni asoslangan xususiyatga ega bo‘lgan mavjud nazariy bilim yordamida tavsiflash mumkin bo‘lmagan holda yuzaga keladi. Bu yerda muammoli vaziyat ko‘p jihatdan bizga hali aniq bo‘lmagan ob’ektiv mavjud hodisalar ta’sirida yuzaga keladi. Biroq muammoli vaziyat ba’zan mavjud nazariy dasturni rivojlantirish va kengaytirish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.  
 
Muammoli vaziyat shaklan sub’ektiv, biroq mazmuniga ko‘ra ob’ektivdir. Amalda 
u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlarning empirik bilimlar – dalillar va 
qonunlar shaklida ifodalanuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan nazariy 
bilimlarning birikuvi ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha muammoli vaziyat 
jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zini namoyon etadi. 
Uni moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish jarayoni, shu jumladan fan 
nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va jamiyatning munosabati, 
davlat va jamiyatning uni yechishdan manfaatdorligi tayyorlaydi. Muammoli 
vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy muhit sezilarli ta’sir 
ko‘rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to‘sqinlik 
qilishi ham mumkin.  
Muammoli vaziyatda olimning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi: uning kasbiy 
tayyorgarlik darajasi, muammoda mo‘ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha 
qarashlardan uzoqlasha olishi, zehnining o‘tkirligi va hokazolar ayniqsa yorqin 
namoyon bo‘ladi.  
Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalarni ham 
o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va unda 
olimning intuitsiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi.  
Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning ob’ekt 
haqidagi bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo‘lib, «salbiy» natijalar olinadi, 
amaliyot yangi muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan 
mustaqillikka, o‘z rivojlanishining ichki mantiqiga, o‘z ichki qarama-qarshiliklariga 
ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishini unutmaslik 
lozim. Bunday holatga fanning ko‘pgina sohalari: matematika, nazariy fizika va 
hokazolarda duch kelish mumkin.  
Muammo va ilmiy tadqiqot uyg‘unligi. Muammo ilmiy tadqiqotning 
dolzarbligiga tayanadi. O‘z navbatida muammo ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-
metodologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo‘lishi ham mumkin. 
Ilmiy izlanishda muammo shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi 
gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga yetib bormaguncha u haqda to‘liq 
Muammoli vaziyat shaklan sub’ektiv, biroq mazmuniga ko‘ra ob’ektivdir. Amalda u tadqiqotchi oldida kuzatishlar va eksperimentlarning empirik bilimlar – dalillar va qonunlar shaklida ifodalanuvchi yangi natijalari bilan o‘z tasdig‘ini topgan nazariy bilimlarning birikuvi ko‘rinishida yuzaga keladi. Ko‘pincha muammoli vaziyat jamiyatning amaliy yoki nazariy manfaatlari nuqtai nazaridan o‘zini namoyon etadi. Uni moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanish jarayoni, shu jumladan fan nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, unga davlat va jamiyatning munosabati, davlat va jamiyatning uni yechishdan manfaatdorligi tayyorlaydi. Muammoli vaziyatning aniqlanishi va hal qilinishiga ijtimoiy-tarixiy muhit sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. U ilmiy kashfiyotga imkoniyat yaratishi, biroq uning olinishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Muammoli vaziyatda olimning o‘ziga xos xususiyatlari, chunonchi: uning kasbiy tayyorgarlik darajasi, muammoda mo‘ljal ola bilishi, qotib qolgan eskicha qarashlardan uzoqlasha olishi, zehnining o‘tkirligi va hokazolar ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi. Muammoli vaziyatni tahlil qilishda shaxsiy-psixologik tusdagi masalalarni ham o‘rganishga to‘g‘ri keladi, chunki bu vaziyatni olim o‘z boshidan kechiradi va unda olimning intuitsiyasi, tafakkur uslubi va hokazolar namoyon bo‘ladi. Muammoli vaziyatning pirovard negizi amaliyot hisoblanadi. Bizning ob’ekt haqidagi bilimlarimiz yetarli emasligi ayon bo‘lib, «salbiy» natijalar olinadi, amaliyot yangi muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunda fan nisbatan mustaqillikka, o‘z rivojlanishining ichki mantiqiga, o‘z ichki qarama-qarshiliklariga ega ekanligi, bu omillar ham muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirishini unutmaslik lozim. Bunday holatga fanning ko‘pgina sohalari: matematika, nazariy fizika va hokazolarda duch kelish mumkin. Muammo va ilmiy tadqiqot uyg‘unligi. Muammo ilmiy tadqiqotning dolzarbligiga tayanadi. O‘z navbatida muammo ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy- metodologik jihatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo‘lishi ham mumkin. Ilmiy izlanishda muammo shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga yetib bormaguncha u haqda to‘liq  
 
bilimga ega bo‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat 
talabi bilan paydo bo‘ladi. Demak, ilmiy muammo sababsiz paydo bo‘lmaydi, ular 
doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo‘ladi hamda 
ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi. 
Umuman olganda, muammolarni topish, qo‘yish va ularni yechish, shuningdek, 
yangilarini shakllantirish ijodiy tafakkurning barcha shakllariga xarakterlidir. Ijodiy 
tafakkurning mazkur xususiyatlari ilmiy, badiiy mehnat bilan birga, ilmiy-texnik 
mehnat va b.larga ham taalluqlidir. Muammo fandagi o‘z-o‘zidan rivojlanishning 
borishi 
va 
texnologiyalarni 
takomillashtirish 
ehtiyojlari 
hamda 
ijtimoiy 
taraqqiyotning ta’sirida bo‘lib turadigan san’at evolyusiyasi tomonidan keltirib 
chiqarilishi mumkin1. 
J.A.Romanenko “Ilmiy muammo tushunchasini talqin qilishda konseptual inqiroz 
yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur masala yuzasidan ketayotgan munozaralarda o‘z 
aksini topmoqda”2. Shuning uchun ham bugungi ilmiy izlanish jarayonida 
muammoni to‘g‘ri qo‘yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich 
hisoblanadi. Muammo qo‘yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha 
olmaslik haqidagi bilimga ega bo‘lib, unga ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha 
yondashish,  ya’ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog‘liq ishchi farazni 
to‘g‘ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda 
jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi.  
Muammo qo‘yilishida quyidagi bosqichlarga e’tibor berish lozim: a) muammoni 
izlash; b) xususiy muammoni qo‘yish (muammo yechimiga erishish uchun 
maqsadlar ketma-ketligini ifodalash); v) muammoning yechimini topish. 
Ma’lumki, falsafaning tarmoqlari ko‘p va tabiiyki, ularga mos muammolar ham 
yetarli. Ilmiy izlanishlarda muammoni izlash va tanlashda quyidagilarga e’tibor 
berish lozim: 
                                                 
1 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и 
права им. И.М.Муминова АН Руз.. – Т.: 2006. – 5 с. 
2 Романенко Ж.А. Проблема как феномен в научном знания. Вестник АГТУ. Сборник научных турудов. 
Гуманитарные науки./ Астрахан. Гост.техн. уни-т. – Астрахан.: АГТУ, 2002. – Б.51-56. 
bilimga ega bo‘la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo‘ladi. Demak, ilmiy muammo sababsiz paydo bo‘lmaydi, ular doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo‘ladi hamda ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi. Umuman olganda, muammolarni topish, qo‘yish va ularni yechish, shuningdek, yangilarini shakllantirish ijodiy tafakkurning barcha shakllariga xarakterlidir. Ijodiy tafakkurning mazkur xususiyatlari ilmiy, badiiy mehnat bilan birga, ilmiy-texnik mehnat va b.larga ham taalluqlidir. Muammo fandagi o‘z-o‘zidan rivojlanishning borishi va texnologiyalarni takomillashtirish ehtiyojlari hamda ijtimoiy taraqqiyotning ta’sirida bo‘lib turadigan san’at evolyusiyasi tomonidan keltirib chiqarilishi mumkin1. J.A.Romanenko “Ilmiy muammo tushunchasini talqin qilishda konseptual inqiroz yuzaga kelgan. Bu hozirda mazkur masala yuzasidan ketayotgan munozaralarda o‘z aksini topmoqda”2. Shuning uchun ham bugungi ilmiy izlanish jarayonida muammoni to‘g‘ri qo‘yish va unga mos tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Muammo qo‘yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha olmaslik haqidagi bilimga ega bo‘lib, unga ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha yondashish, ya’ni yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog‘liq ishchi farazni to‘g‘ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi. Muammo qo‘yilishida quyidagi bosqichlarga e’tibor berish lozim: a) muammoni izlash; b) xususiy muammoni qo‘yish (muammo yechimiga erishish uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash); v) muammoning yechimini topish. Ma’lumki, falsafaning tarmoqlari ko‘p va tabiiyki, ularga mos muammolar ham yetarli. Ilmiy izlanishlarda muammoni izlash va tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim: 1 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и права им. И.М.Муминова АН Руз.. – Т.: 2006. – 5 с. 2 Романенко Ж.А. Проблема как феномен в научном знания. Вестник АГТУ. Сборник научных турудов. Гуманитарные науки./ Астрахан. Гост.техн. уни-т. – Астрахан.: АГТУ, 2002. – Б.51-56.  
 
–ilmiy izlanish jarayonida qo‘yilgan muammoni yechmasdan, belgilangan 
yo‘nalishda ijodiy metodni, ijod metodologiyasi,  texnologiyasi va texnikasini 
takomillashtirish mumkinligi ishonch;  
–rejalashtirilgan tadqiqot fan  taraqqiyotiga qanday yangi kashfiyot yoki ixtiro 
natijasini berishini aniqlash; 
–rejalashtirilgan tadqiqot natijalari  amaliy ahamiyatliligi bilan ilgarigi 
ishlanmalardan qanday farq qilishini aniqlash kabilar shular jumlasidandir. 
 Demak,  muammoni to‘g‘ri va aniq qo‘yish, tadqiqot maqsadi va vazifalarini 
to‘g‘ri aniqlash, tadqiqot ko‘lamini belgilash va ular asosida tadqiqot manbaini 
aniqlash ilmiy tadqiqot jarayonining eng muhim bosqichlaridir. Bunda, ayniqsa bosh 
muammoni to‘liq ifodalashga imkon beruvchi xususiy muammolar va ular ketma-
ketligi, umumiy aloqadorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ilmiy tadqiqot faoliyatida quyidagi bosqichlarni, ya’ni xususiy muammolar va ular 
yechimlarining bosh muammo yechimini topishdagi bosqichlarini qayd etish 
maqsadga muvofiq: 
–tadqiqot manbai faoliyat ko‘rsatishiga tegishli ko‘rsatkichlar, omillarni o‘rganib 
chiqish va ular orasidagi mavjud aloqadorlik qonunlarini o‘rganish hamda 
ko‘rsatkichlar ierarxiyasiga e’tibor berish va nihoyat ma’lumni noma’lumdan 
ajratish kerak; 
–ilmiy-tadqiqot faoliyatda muammoni qo‘yish uchun o‘sha sohadagi ilm-fan, 
ta’lim-tarbiya, texnika-texnologiyalarning yutuqlarini tadqiqotchi mukammal 
o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim, aks holda yechilgan muammoning va hattoki undan 
ham saviyasi pastroq muammoning yechimini topishga ortiqcha vaqt sarf qilinishi 
mumkin; 
–ilmiy-tadqiqot faoliyatda noma’lumlarni cheklash ham kuzatiladi: ilmiy-ijodiy 
faoliyatda tadqiqot manbaini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tabiatini o‘rganish va 
asosiylarini olib qolish, ikkinchi darajalilarini tashlab yuborish lozim; 
–ilmiy-tadqiqot faoliyatdagi noma’lumlarni aniqlash va o‘zgarish sohalarini bilish 
muhim; 
–ilmiy izlanish jarayonida qo‘yilgan muammoni yechmasdan, belgilangan yo‘nalishda ijodiy metodni, ijod metodologiyasi, texnologiyasi va texnikasini takomillashtirish mumkinligi ishonch; –rejalashtirilgan tadqiqot fan taraqqiyotiga qanday yangi kashfiyot yoki ixtiro natijasini berishini aniqlash; –rejalashtirilgan tadqiqot natijalari amaliy ahamiyatliligi bilan ilgarigi ishlanmalardan qanday farq qilishini aniqlash kabilar shular jumlasidandir. Demak, muammoni to‘g‘ri va aniq qo‘yish, tadqiqot maqsadi va vazifalarini to‘g‘ri aniqlash, tadqiqot ko‘lamini belgilash va ular asosida tadqiqot manbaini aniqlash ilmiy tadqiqot jarayonining eng muhim bosqichlaridir. Bunda, ayniqsa bosh muammoni to‘liq ifodalashga imkon beruvchi xususiy muammolar va ular ketma- ketligi, umumiy aloqadorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy tadqiqot faoliyatida quyidagi bosqichlarni, ya’ni xususiy muammolar va ular yechimlarining bosh muammo yechimini topishdagi bosqichlarini qayd etish maqsadga muvofiq: –tadqiqot manbai faoliyat ko‘rsatishiga tegishli ko‘rsatkichlar, omillarni o‘rganib chiqish va ular orasidagi mavjud aloqadorlik qonunlarini o‘rganish hamda ko‘rsatkichlar ierarxiyasiga e’tibor berish va nihoyat ma’lumni noma’lumdan ajratish kerak; –ilmiy-tadqiqot faoliyatda muammoni qo‘yish uchun o‘sha sohadagi ilm-fan, ta’lim-tarbiya, texnika-texnologiyalarning yutuqlarini tadqiqotchi mukammal o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim, aks holda yechilgan muammoning va hattoki undan ham saviyasi pastroq muammoning yechimini topishga ortiqcha vaqt sarf qilinishi mumkin; –ilmiy-tadqiqot faoliyatda noma’lumlarni cheklash ham kuzatiladi: ilmiy-ijodiy faoliyatda tadqiqot manbaini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tabiatini o‘rganish va asosiylarini olib qolish, ikkinchi darajalilarini tashlab yuborish lozim; –ilmiy-tadqiqot faoliyatdagi noma’lumlarni aniqlash va o‘zgarish sohalarini bilish muhim;  
 
–ilmiy faoliyatda muammo yechimining aniq shartlarini belgilab olish va shuning 
bilan birga muammo turi ham asoslanadi; 
–ilmiy faoliyatda butun tadqiqotning umumiy metodologiyasini asoslash, o‘lcham 
va baholash mezonlarini aniqlash mumkin; 
–ilmiy-tadqiqot 
faoliyatda 
tadqiqot 
yechimining 
variantlarining 
mavjud 
yechimlardan yangiligi hamda istiqbolli ekanligini asoslash kerak bo‘ladi. 
Ijodiy jarayonning so‘nggi bosqichi insonning hal etilayotgan muammoni 
yechishga qaratilgan barcha tashqi va ichki intilishlarini mujassamlashtiradi. 
Bu borada uch turdagi tasavvurlar ajratib ko‘rsatiladi: 
- mantiqiylik mantiqiy o‘zgarishlar yordamida hozirgi zamondan kelajakni keltirib 
chiqaradi; 
- tanqidiy yondashuv ob’ektdagi (texnika, ta’lim tizimi, ijtimoiy hayot) 
nomukammal va o‘zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlarni 
qidiradi; 
- ijodiylik real hayotda o‘xshashi bo‘lmagan, biroq asosini real voqelikdagi 
elementlar tashkil etgan prinsipial jihatdan yangi g‘oyalar, tasavvurlarni yuzaga 
keltiradi3. 
Bir qarashda ilmiy-tadqiqot faoliyatida muammolar bir qirralidek bo‘lib ko‘rinadi. 
Aslida muammoning yechimini topish jarayonida uning keng qamrovli ekanligi yoki 
ko‘p qirraligi sezilib qoladi. Muammoning yechimi ko‘pincha uning yoyilishi bilan 
mos keladi, ya’ni xususiy muammolar yechimlarini topishga to‘g‘ri keladi. Ular har 
qanday xususiy muammolarni bog‘lovchi, aniqlovchi, tugallovchi xususiyatga ega 
bo‘lgan bosh muammo atrofida jamlanadi. Bunday xususiy muammolarni yechish 
tadqiqotchining qo‘liga bosh muammo yechimiga javob izlashda ma’lumotlar, 
axborotlar va dalillarni beradi.  
Xususiy muammolar ma’lum darajada asosiy muammoning rejalariga o‘xshash 
bo‘ladi. Bunda tadqiqot manbaini yangi aloqadorliklar bilan o‘rganish, yangi manba 
bilan yoki manbani yangi sharoitda o‘rganishga tenglash mumkin. Ilmiy-ijodiy 
                                                 
3 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и 
права им. И.М.Муминова АН Руз.. – Т.: 2006. – 7 с. 
–ilmiy faoliyatda muammo yechimining aniq shartlarini belgilab olish va shuning bilan birga muammo turi ham asoslanadi; –ilmiy faoliyatda butun tadqiqotning umumiy metodologiyasini asoslash, o‘lcham va baholash mezonlarini aniqlash mumkin; –ilmiy-tadqiqot faoliyatda tadqiqot yechimining variantlarining mavjud yechimlardan yangiligi hamda istiqbolli ekanligini asoslash kerak bo‘ladi. Ijodiy jarayonning so‘nggi bosqichi insonning hal etilayotgan muammoni yechishga qaratilgan barcha tashqi va ichki intilishlarini mujassamlashtiradi. Bu borada uch turdagi tasavvurlar ajratib ko‘rsatiladi: - mantiqiylik mantiqiy o‘zgarishlar yordamida hozirgi zamondan kelajakni keltirib chiqaradi; - tanqidiy yondashuv ob’ektdagi (texnika, ta’lim tizimi, ijtimoiy hayot) nomukammal va o‘zgarishlarni amalga oshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlarni qidiradi; - ijodiylik real hayotda o‘xshashi bo‘lmagan, biroq asosini real voqelikdagi elementlar tashkil etgan prinsipial jihatdan yangi g‘oyalar, tasavvurlarni yuzaga keltiradi3. Bir qarashda ilmiy-tadqiqot faoliyatida muammolar bir qirralidek bo‘lib ko‘rinadi. Aslida muammoning yechimini topish jarayonida uning keng qamrovli ekanligi yoki ko‘p qirraligi sezilib qoladi. Muammoning yechimi ko‘pincha uning yoyilishi bilan mos keladi, ya’ni xususiy muammolar yechimlarini topishga to‘g‘ri keladi. Ular har qanday xususiy muammolarni bog‘lovchi, aniqlovchi, tugallovchi xususiyatga ega bo‘lgan bosh muammo atrofida jamlanadi. Bunday xususiy muammolarni yechish tadqiqotchining qo‘liga bosh muammo yechimiga javob izlashda ma’lumotlar, axborotlar va dalillarni beradi. Xususiy muammolar ma’lum darajada asosiy muammoning rejalariga o‘xshash bo‘ladi. Bunda tadqiqot manbaini yangi aloqadorliklar bilan o‘rganish, yangi manba bilan yoki manbani yangi sharoitda o‘rganishga tenglash mumkin. Ilmiy-ijodiy 3 Абдуллаева М., Покачалов Г. Философские проблемы методологии науки: Отдел Институт Философии и права им. И.М.Муминова АН Руз.. – Т.: 2006. – 7 с.  
 
faoliyatning markaziy muammosi – muammo har xil turdagi (nazariy, nazariy-
amaliy, amaliy) jihatlardan iborat ekanligi va ular orasidagi bog‘lanishning xilma-
xilligidir. Ular ba’zi hollarda alohida tadqiqot mavzusi sifatida ham ko‘rinishi 
mumkin va hattoki alohida kichik muammo yoki mustaqil muammo sifatida ham 
qaraladi. 
Yuqoridagilarga asoslanib ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammo to‘g‘risida 
quyidagicha fikrlarni keltirish mumkin: 
– biror bir muammo (xususiy muammo bosh muammoga yoki boshqa bir 
yo‘nalishdagi muammoga) o‘sib, o‘rganilib, takomillashtirilib, tadqiqot maqsadiga 
ozgina o‘zgartirish kiritilib, boshqacha bir muammoga aylantirilishi mumkin; 
– biror bir muammoni o‘rganish davomida yangi fikr va yangi savollar 
(muammolar) yuzaga chiqadi, bosh muammoning muhim jihatlari ko‘payadi  
(kengayadi); 
– biror bir muammo yechimini topishda boshqa muammoning tug‘ilishi bosh 
muammoning kattagina ko‘lamda yoyilishini tug‘diradi. 
 
Nazorat uchun savollar 
 
1. Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.? 
2. Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.?  
3. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlarni 
keltirib chiqaradi?  
4. Bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, 
yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki 
masalalar majmui nima deb ataladi? 
5. Predmetga va protseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga 
doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering. 
faoliyatning markaziy muammosi – muammo har xil turdagi (nazariy, nazariy- amaliy, amaliy) jihatlardan iborat ekanligi va ular orasidagi bog‘lanishning xilma- xilligidir. Ular ba’zi hollarda alohida tadqiqot mavzusi sifatida ham ko‘rinishi mumkin va hattoki alohida kichik muammo yoki mustaqil muammo sifatida ham qaraladi. Yuqoridagilarga asoslanib ilmiy-tadqiqot faoliyatidagi muammo to‘g‘risida quyidagicha fikrlarni keltirish mumkin: – biror bir muammo (xususiy muammo bosh muammoga yoki boshqa bir yo‘nalishdagi muammoga) o‘sib, o‘rganilib, takomillashtirilib, tadqiqot maqsadiga ozgina o‘zgartirish kiritilib, boshqacha bir muammoga aylantirilishi mumkin; – biror bir muammoni o‘rganish davomida yangi fikr va yangi savollar (muammolar) yuzaga chiqadi, bosh muammoning muhim jihatlari ko‘payadi (kengayadi); – biror bir muammo yechimini topishda boshqa muammoning tug‘ilishi bosh muammoning kattagina ko‘lamda yoyilishini tug‘diradi. Nazorat uchun savollar 1. Muammoli vaziyatning pirovard negizi nima hisoblanadi.? 2. Har qanday ilmiy bilish nimadan boshlanadi.? 3. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? 4. Bilishning rivojlanish jarayonida ob’ektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmui nima deb ataladi? 5. Predmetga va protseduraga doir muammoni, metodologik va baholashga doir muammoni aniq misollar bilan farqlab bering.