Muhandislik-geologik tadqiqot usullari.
Ma’ruza rejasi:
1. Gidrogeologik va muhandislik-geologik tadqiot olib borishda amalga
oshiriladigan ishlar.
2. Gidrogeologik va muhandislik-geologik s’yomka.
3. Xudud bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarni tahlili. Gidrogeologik suratga olish
va haritalash, burg‘ulash va tog‘ ishlari.
4. Dala-tajriba filtratsion ishlar.
5. Muhandislik-geologik tas’vir.
6. Hisobot yozish tartibi (ketma-ketlikda)
Kalit so‘zlar
Aeratsiya zonasi, gidroizogipsa, gravitatsion suvlar, kaplyar suvlar, molekulyar
suvlar, gigroskopik suvlar, gidrotermal suvlar, pezometrik satx.
Ma’ruzaning bayonida qo‘llaniladigan texnik jihoz va ko‘rgazmali
vositalar:
Kompyuter, videoproyektor (taqdimot uchun), tarqatma materiallar.
Ma’ruzada qo‘llanilgan metodika (ped.texnologiya):
“Taqdimot” metodi o‘rganiladigan mavzu mohiyatini kompyuter
xizmatidan foydalanilgan holda slaydlar majmuasi yordamida ochib berilishini
ta’minlaydi. Metodni qo‘llashda mavzuning asosiy g‘oyalari, tayanch tushnchalari,
muhim xususiyatlari kichik matn, jadval, tasvir, sxema, rasm va diagrammalar
asosida yoritiladi. Ushbu metod talaba (o‘quvchi)larda mavzu mazmunini obrazli,
yaxlit tarzda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
1
“Aqliy hujum” metodi talabalarda mavzu (masala, muammo) xususida
keng va har tomonlama fikr yuritish hamda o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan
ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga
rag‘batlantiradi. Bu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulotlar jarayonida
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha orginal yechimlarni topish imkoniyati
tug‘iladi. Mazkur metod tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni
aniqlash va ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg‘ulot jarayonida ushbu metoddan foydalanishda quyidagi qoidalarga
amal qilish talab etiladi:
1. Talabalarni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ularning
mantiqiy fikrlarni bildirishlariga erishish.
2.Har bir talaba tomonidan bildirilayotgan fikrlar rag‘batlantirilib boriladi.
Bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullari tanlab olinadi. Fikrlarning
rag‘batlantirilishi navbatdagi-yangi fikrlarning tug‘ilishiga olib keladi.
3. Har bir talaba o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanishi va ularni o‘zgartirishi
mumkin. Avval bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni
o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikrlarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulot jarayonida talabalar faoliyatini standart talablar asosida nazorat
qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ularning fikrlari baholanib borilsa, talabalar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya
qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Metodni qo‘llashdan
ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga
undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz
kechish maqsadga muvofiqdir.
Mavzuning dolzarbligi:
Respublikamizda xalq xo‘jaligini barqaror rivojlanishi yo‘lida olib
borilayotgan o‘zgarishlar geologik tadqiqotlarni yanada rivojlanishini hamda
mineral-ozuqa bazasidan unumli foydalanishni talab qiladi. Shu jumladan yerosti
suvlarini tadqiqot qilish, ulardan har tomonlama unumli foydalanish, ularni
2
muhofaza qilish va boshqarish masalalari o‘ziga xos tus olmoqda. Markaziy
Osiyoda yer osti chuchuk suvlarini qidirish va ularni xalq xo‘jaligida turli
maqsadlarda foydalanish ishlari keng miqyosda olib boriladi. O‘zbekiston
gidrogeologiyasi yangi chorraxada, yerosti suvlarini ekologik talablar doirasida
boshqarish yo‘nalishida rivojlanmoqda. Shuning bilan birga barcha inshoatlarni
qurish uchun loyihalashga, qurilgan inshoatlardan samarali foydalanishi uchun
kerakli muxandislik geologik asos yaratish uchun xududlarning regional
muxandislik sharoitlarining shakillanishi, rivojlanishini qonuniyatlarini o‘rganadi
va texnogen omillar ta’sirida sodir bo‘layotgan regional o‘zgarishlarni o‘rganib
ilmiy asoslaydi, baholaydi, bashoratlaydi.
Maruzaning qisqacha bayoni:
Inson xayoti uchun eng muhim hisoblangan yerosti suvlari konlarini qidirib
topish, rejimini kuzatish, zahiralarini hisoblash, ulardan oqilona foydalanish,
gidrogeologik suratga olish, burg‘ulash ishlari, geofizik tadqiqotlar, yerosti suvlari
va jinslardan namunalar olish, tajriba gidrogeologik ishlar bilan tanishtirib va olgan
bilimlarni xayotga tadbiq qilish gidrogeologik tadqiqot ishlarini oldiga qo‘yilgan
asosiy vazifalariga kiradi.
Insonlarning qurilish va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yer qobig‘ini
ustki litologik qismini tuzilishini, tarkibini-xozirgi holatini va inson faoliyati
ta’sirida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni o‘rganadi, qurilgan inshoatlarning,
o‘zlashtirilgan maydonlarni geologik muxitni tarkibiy qismlari bilan bir-biriga
bo‘lgan va bo‘ladigan ta’sirlarning natijalarini oldindan bashorat qilish, va
geologik muxitning salbiy jarayonlardan muxofaza qilishni ilmiy asoslarini ishlab
chiqish muxandislik geologik tadqiqot ishlarining asosiy obektlaridan hisoblanadi.
Gidrogeologik va muxandislik geologik tadqiqot ishlarni olib borishda quyidagi
asosiy masalalar e’tiborga olinadi
1. Kon maydoni geologik sharoitini o‘rganish. Bunda asosiy e’tibor jinslarni
ginetik turlariga, litologo-petrografik tuzilishiga, qalinligiga, yotish xolatiga
qaratiladi.
3
2.Tog‘ jinslari qatlamlaridagi mavjud regional, regional-chuqur yoriqlari,
fleksura-zonalari, ularni yo‘nalishi, yoriqlarni jins bo‘laklari bilan to‘lganlik
darajalari sinchiklab o‘rganiladi.
3.Tog‘ jinslarining nurash jarayoniga qanchalik uchraganlik, litogenetik
yoriqlari mavjudligiga e’tibor berilib haritada belgilanib chiqiladi.
4.Kon maydonidan oqib o‘tuvchi yoki unga yaqin bo‘lgan daryolar va
boshqa yer usti suv manbalari, kon maydoniga ta’siri, oylik, yillik sarfi aniqlanib
chiqiladi.
5.Kon maydonining gidrogeologik sharoiti nihoyatda sinchiklab o‘rganiladi.
Yer osti suvlari mavjud bo‘lgan suvli gorizontlar, ularni suv bilan ta’minlanishi,
yer osti suvlarining turlari: grunt, yoriq, karst suvlariga e’tibor qaratilib, oylik,
yillik rejimini aniqlash maqsadida maxsus kuzatish postalari tashkil etiladi.
6.Suvni kon maydonidan chiqarib tashlash inshoatlarini (gorizontal va
vertikal darajalari1 suvni nasos orqali yer sathiga chiqarish uchun yig‘ish joylari va
x.k.) qurish va ularni ishlashi ustidan nazorat o‘rnatish ishlari.
7.O‘tkazilgan tadqiqot, statsionar kuzatish ishlari (monitoring) natijalarini
taxlil qilish asosida kon maydoni uchun eng ratsional bo‘lgan chora va tadbirlar,
eng maqbul, eng maqbul bo‘lgan maydonlarni tanlab olish amalga oshiriladi va
bundan keyingi bajariladigan hamma ishlar ana shu metodlar asosida olib boriladi.
Ko‘p maydoni shaxta xududlariga yer osti suvlarining oqib kelish sxemasi
(I.Ergashevdan. 1990)
4