Mukammal bozorda raqobat va monopoliya Raqobatning mohiyati, shakllari, turlari va usullari.
Yuklangan vaqt
2025-09-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
31,6 KB
Mukammal bozorda raqobat va monopoliya
Raqobatning mohiyati, shakllari, turlari va usullari.
Raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’yektlari
o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Raqobat-bozor sub’yektlari
iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori
foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini, ya’ni
kapital, tabiiy resurslar, ishchi kuchini yuqori narxlarda sotish uchun
raqobatlashadilar. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi: ular tovarlarni
qulay va arzon narxlarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridorlar har bir
sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladilar.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
- tartibga
solish
vazifasi-ishlab
chiqarishni
talab,
ya’ni
iste’molga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va
hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi,
ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi;
- resurslarni joylashtirish vazifasi-ishlab chiqarish omillarini ular eng ko‘p
samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini
beradi;
- innovatsion vazifasi-fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi
hamda bozor iqtisodiyoti sub’yektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli
ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi;
- moslashtirish vazifasi-korxonalarning ichki va tashqi muhit sharoitlariga
ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning shunchaki o‘zini-o‘zi
saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati sohalarining
kengayishiga o‘tishini bildiradi;
- taqsimlash vazifasi-ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi yalpi ichki
mahsulotning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir
o‘tkazadi;
- nazorat qilish vazifasi-bozordagi ba’zi ishtirokchilarning boshqa bir
ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik o‘rnatishiga yo‘l qo‘ymaslikka
yo‘naltiriladi.
Raqobat kurashining mazmuni to‘g‘risida to‘laroq tushunchaga ega bo‘lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko‘rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to‘rtta shakli alohida
ajratilib ko‘rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda
ko‘p sonli korxonalar mavjud bo‘ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda
ko‘plab sotuvchilar o‘zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish
hajmi uncha katta bo‘lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning
ko‘payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot narxiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatmaydi.
Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda
mavjud bo‘lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo‘lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini
sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to‘siqlar
bo‘lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta korxonadan iborat bo‘lishi sababli, u mavjud
mahsulot
va
xizmatning
yagona
ishlab
chiqaruvchisi
hisoblanadi
va
yakkahukmronlik shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy. U mahsulot va xizmatning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopolistik raqobat o‘z ichiga ham monopoliya, ham raqobat unsurlarini
oladi. Bunda tarmoqdagi bir turdagi mahsulotning o‘nlab ishlab chiqaruvchilari
bir-birlari bilan qulay narx hamda ishlab chiqarish hajmiga erishish borasida
raqobatlashadilar. Biroq, ayni vaqtda, har bir ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini
tabaqalashtirish, ya’ni shu turdagi boshqa mahsulotlardan qaysi bir jihati, sifat
darajasi, shakli, qadoqlanishi, sotish sharoitlari va h.k. bo‘yicha farqlantirish orqali
uning monopol ishlab chiqaruvchisiga aylanadi.
Oligopoliya-tarmoqda u qadar ko‘p bo‘lmagan korxonalarning mavjud
bo‘lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi
tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik
qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Oligopolistik tarmoq bir xil yoki tabaqalashgan mahsulot ishlab chiqarishi
mumkin. Ko‘pchilik sanoat mahsulotlari: po‘lat, mis, alyuminiy, qo‘rg‘oshin, temir
va shu kabilar-fizik ma’noda bir turdagi mahsulotlar hisoblanadi va oligopoliya
sharoitida ishlab chiqariladi. Iste’molchilik tovarlari: avtomobillar, yuvish
vositalari, sigaretlar, maishiy elektr buyumlari va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi
tarmoqlar tabaqalashagan oligopoliya hisoblanadi.
Oligopoliya sharoitida korxonalar o‘rtasidagi raqobat o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Oligopolistik tarmoqda hech qaysi korxona o‘zining narx siyosatini mustaqil
o‘zgartirishga botina olmaydilar.
Hozirda turli darajadagi monopolistik tuzilmalar rivojlanib borishi bilan ular
o‘rtasidagi raqobatning shakllari ham turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib
bormoqda. Jumladan, turli monopollashuv darajasidagi tuzilmalar o‘rtasida mavjud
bo‘lishiga ko‘ra quyidagi raqobat turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
- monopollashmagan korxonalar o‘rtasidagi raqobat;
- monopoliyalar hamda monopolistik birlashmalarga kirmagan ishlab
chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat;
- turli monopoliyalar o‘rtasidagi raqobat;
- monopolistik birlashmalar ichidagi raqobat.
O‘z miqyosiga ko‘ra raqobat ikki turga - tarmoq ichidagi va tarmoqlararo
raqobatga bo‘linadi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga
ega bo‘lish, qo‘shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o‘rtasida boradi.
Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi
darajasi turlicha bo‘lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab
chiqarilgan tovarlarning individual qiymati bir xil bo‘lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha
aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o‘rtacha
sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini
tashkil etadigan tovarlaming qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat
unumdorligi yuqori bo‘lgan korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar va aksincha,
texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o‘zlarida ishlab chiqarilgan tovar
qiymatining bir qismini yo‘qotadilar va zarar ko‘radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o‘rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda
normasi kam bo‘lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga
kapitallarning oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Yangi kapitallar ko‘proq foyda
keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko‘payishiga
olib keladi. Shu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham
pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari
natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o‘zgaradi, tovarlarga bo‘lgan
talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko‘tariladi, shu
bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’yektiv
ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital
qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga
intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa
kiritilmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o‘rtacha foyda normasiga
tenglashtiradi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda g‘irrom va halol raqobatlashuv usullari
ham ajratib ko‘rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan
e’tirof etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy
ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro‘siga putur yetkazish
va h.k. usullaridan foydalanish g‘irrom raqobat deb yuritiladi. G‘irrom raqobat
orqali firmalar o‘z raqiblarining tarmoqqa kirib kelishini tajovuzkorona va
shafqatsiz bartaraf qilishi mumkin. Bank va resurslarni yetkazib beruvchilarni
material va kredit berishdan voz kechirish, yetakchi mutaxassislarni og‘dirib olish,
narxni keskin pasaytirish g‘irrom raqobatning oddiy usullaridir.
Halol raqobat-raqobat kurashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy
usullarni qo‘llash, o‘zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo‘llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va
narxsiz raqobat.
Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli bo‘lib ishlab
chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining shunday
mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Uning asosiy va eng ko‘p qo‘llaniladigan ko‘rinishi-narxlar jangi deb ataladi,
bunda yirik ishlab chiqaruvchilar raqiblarini tarmoqdan siqib chiqarish uchun
narxni vaqti-vaqti bilan yoki uzoq muddat pasaytirib turadi. Bu usulni qo‘llash
uchun ishlab chiqaruvchi boshqa raqiblariga qaraganda unumliroq texnologiyani
kiritishi, malakaliroq ishchilarni yollashi va ishlab chiqarishni yaxshiroq tashkil
qilishi keraq bo‘ladi. Faqat shundagina uning tovarining individual qiymati bozor
qiymatidan past bo‘lib, mazkur tovar narxini tushurish imkoniyatini beradi.
Narx vositasida raqobatlashish usullaridan biri - demping narxlarini
qo‘llashdir. Bunda milliy ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining tovarlarini boshqa
mamlakatlarga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxidan ham past
bo‘lgan narxlarda sotadi.
Shu orqali ular ichki bozorda narxlarning barqarorligiga erishish,
mamlakatdagi ortiqcha mahsulotni yo‘qotish, yangi bozorlarga kirib olish va unda
o‘zlarining iqtisodiy mavqeini mustahkamlashga xaraqat qiladi.
Ayrim hollarda narx yordamida raqobatlashishning belgilangan narxlardan
chegirma qilish, asosiy xarid qilingan tovarlarga boshqa tovarlarini qo‘shib berish,
muayyan hollarda imtiyozli narxlarni belgilash kabi usullaridan ham foydalaniladi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda narx yordamida
raqobat qilish o‘z o‘rniga ega emas, chunki ishlab chiqaruvchilardan birining o‘z
mahsulotiga narxni pasaytirishi uning raqobatchilarining ham shunday xaraqat
qilishini taqozo qiladi. Bu bozorda firmalarning mavqeini o‘zgartirmaydi, faqat
tarmoq bo‘yicha foydani kamaytiradi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko‘rsatish, ishlab
chiqaruvchi firmaning obro‘-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo‘lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro‘y
berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko‘payishi ularning
sotishni rag‘batlantiruvchi reklama, tovar belgilaridan foydalanishni keltirib
chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish orqali
xaridorlarni o‘ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Narxsiz raqobatning tovar sifatini tabaqalashtirish kabi usuli ham mavjudki,
bunda tovarlar bir xildagi ehtiyojni qondirishi va bir turga mansub bo‘lishi, lekin
turli-tuman iste’mol xossalariga ega bo‘lishi mumkin.
Tovarlar talabga nisbatan ortiqcha bo‘lgan sharoitda ishlab chiqaruvchilar
tovarlarini kreditga sotish usulidan foydalanib raqiblaridan ustun kelishlari
mumkin. Bunda dastlab tovar narxining faqat bir qismi to‘lanadi, uning qolgan
qismi esa shartnomada kelishilgan aniq muddatlarda to‘lanadi.
Fan-texnika
taraqqiyoti
avj
olgan
hozirgi
sharoitda,
texnika
va
texnologiyaning eng yangi yutuqlari ustidan nazorat qilish uchun kurash
raqobatning asosiy usullaridan biriga aylanib bormoqda. Bundan tashqari, ishlab
chiqaruvchi korxonalar xaridorlarni jalb qilish maqsadida uzoq muddat
foydalaniladigan iste’molchilik tovarlariga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat
ko‘rsatishni amalga oshirmoqdalar. Masalan, kompyuter ishlab chiqaruvchi
korxona, o‘z mahsulotini sotibgina qolmasdan, balki uni o‘rnatadi, korxona
xodimlarini ulardan foydalanishga o‘rgatadi, kafolatlangan muddatda va undan
keyingi davrda ta’mir ishlarini bajaradi, texnikaviy xizmatni amalga oshiradi;
maxsulotlari o‘lchamlarini buyurtmachi ehtiyojlariga yaqinlashtiradi.
Narxsiz raqobat usullari ichida marketing muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u
mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonini talabga moslashtiruvchi tadbirlar
tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talabni yaxshi o‘rgangan va
iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondira oladigan korxonalar har doim raqobat
kurashida yutib chiqadi.
Yirik ishlab chiqaruvchilar bozordagi vaziyatni o‘zgartirish uchun o‘zlarining
ishlab
chiqarish
quvvatlaridan
foydalanishni
kamaytirib
tovar
taklifini
qisqartiradilar. Shu sababli iqtisodiy beqarorlik davrlarida ham narx barqorligicha
qolaveradi.
Shunday qilib, monopoliyalar hukmron bo‘lgan sharoitda narxsiz raqobat
muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, monopoliyalar tovar
sifatini oshirish, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash yo‘li bilan
sotiladigan tovar hajmini ko‘paytirishi mumkin. Ikkinchidan, ular moliyaviy
jihatdan kuchli bo‘lganligi sababli masulotini yangilash, ishlab chiqarishni qayta
jihozlash va reklamaga zarur bo‘lgan mablag‘ni sarflay oladilar.
Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari.
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalar, grekcha
«monos»- yagona, bitta va «poleo»-sotamandan tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliya-monopol
yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida
tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga
oshiruvchi yirik korxonalar, kompaniya, korporatsiyalarning birlashmalari [2, 3, 4].
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning
to‘planishi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning to‘planishi ishlab chiqarish vositalari,
ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik korxonalarda
to‘planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to‘planishining asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda
hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani muntazam ravishda ko‘paytirib borish
maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha mahsulot foydaning bir qismini
kapitallashtiradi, ya’ni unga qo‘shimcha ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
sotib oladi. Bu esa ba’zi bir korxonalarning o‘sishi hamda ishlab chiqarish
miqyoslarining kengayishiga olib keladi. Shu bilan birga raqobat amaldagi
kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish, markazlashtirish tendensiyasini
keltirib chiqaradi. Shunday qilib, ishlab chiqarish to‘planishining moddiy asosi
bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi hisoblanadi.
Kapitalning to‘planishi-bu qo‘shimcha qiymatning bir qismini jamg‘arish
yoki kapitallashtirish natijasida kapital hajmining oshishidir. Bu jarayon quyidagi
ko‘rsatkichlar orqali tavsiflanadi: korxonadagi ishlovchilar soni, korxonaning
ishlab chiqarish quvvati, qayta ishlanayotgan xom ashyo miqdori, tovar aylanmasi
hajmi, foyda hajmi.
Kapitalning to‘planishi kapitalning markazlashuvi jarayoni bilan yanada
to‘ldiriladi. Kapitalning markazlashuvi-bu bir kapital tomonidan boshqa birining
qo‘shib olinishi yoki bir qancha mustaqil kapitallarning aktsiyadorlik jamiyati
shaklida ixtiyoriy birlashishi orqali kapital hajmining o‘sishidir.
Monopoliyalarning mohiyatini ochib berishda uning turlarini ko‘rib chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi. Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga
ko‘ra ajratish mumkin.
1. Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: sof monopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
Sof monopoliya-tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi.
O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJ,
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ misol keltirish mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z
tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadilar.
Shuningdek, ba’zi hollarda tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining
ko‘payib borishi monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
Monopolistik raqobat-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni ko‘p
hamda ular o‘rtasida ma’lum darajada raqobat mavjud bo‘lgan, biroq har bir ishlab
chiqaruvchi yoki sotuvchi o‘z tovar yoki xizmatining alohida, maxsus xususiyatlari
mavjudligi sababli ularning narxi va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi ma’lum
darajada hukmronlik holati hisoblanadi. Bunga misol tariqasida ko‘plab mebel,
kiyim-kechak turlari, kir yuvish vositalari va boshqa mahsulotlar ishlab
chiqaruvchilarini keltirish mumkin.
Oligopoliya-tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining
narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik holati hisoblanadi.
Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod,
Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir (Angren shahri,
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida
joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Monopsoniya-tarmoqdagi ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar soni juda ko‘p
bo‘lib, ular tovar yoki xizmatlarining yagona iste’molchisi yoki xaridori mavjud
bo‘lgan sharoitdagi yakkahukmronlik holati hisoblanadi. Bunga «GM Uzbekistan»
kompaniyasi yaqqol misol bo‘la oladi. Mazkur yirik korxona mamlakatimizdagi
yengil avtomobillarni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan ko‘plab ehtiyot va butlovchi
qismlarni ularning nisbatan mayda ishlab chiqaruvchilaridan sotib olishda
yakkahukmronlik mavqeiga ega bo‘ladi.
2. Monopoliyaning vujudga kelishi sababi va tavsifiga ko‘ra: tabiiy
monopoliya, qonuniy monopoliya, sun’iy monopoliya.
Tabiiy monopoliya tarkibiga kamyob va ishlab chiqarishning erkin tarzda
takror hosil qilib bo‘lmaydigan unsurlariga (nodir metallar, foydali qazilmalar va
h.k.) ega bo‘lgan mulkdorlar va xo‘jalik tashkilotlari kiradi. Shuningdek, mazkur
monopoliya tarkibiga o‘ziga xos texnologiyaning qo‘llanishi sababli raqobatni
rivojlantirib bo‘lmaydigan ba’zi bir tarmoqlar va ishlab chiqarish turlari ham
kiritiladi.
Tabiiy monopoliya-korxonaning texnologik xususiyatlari sababli mahsulotga
bo‘lgan talabni qondirish raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda samaraliroq amalga
oshiriluvchi tovar bozorining holati. Bunday samaradorlik ishlab chiqarish
hajmining ko‘payib borishi bilan tovar birligiga to‘g‘ri keluvchi xo‘jalik
xarajatlarining ahamiyatli darajada pasayib borishida namoyon bo‘ladi. Shu bilan
birga, tabiiy monopoliya sub’yektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar
iste’molini boshqa turdagi mahsulotlar bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Qonuniy monopoliya-bu qonuniy tarzda tashkil etiluvchi monopolistik holat.
Ular tarkibiga raqobatdan himoya qiluvchi quyidagi monopoliya shakllarini kiritish
mumkin:
1) patent tizimi-bu ixtirochi va mualliflar tomonidan yaratilgan ixtirolar,
foydali modellar, sanoat namunalarini tasdiqlovchi hamda ularga mutloq huquqni
taqdim etish tizimi. Bu jarayon maxsus guvohnomalar-patentlar orqali amalga
oshiriladi;
2) mualliflik
huquqi-ilmiy,
badiiy
va
san’at
asarlari,
ijro
san’ati
fonogrammalari, ko‘rsatuvlar, efir to‘lqini yoki kabel orqali tasvir uzatish kabilarni
yaratish va ulardan foydalanish munosabatlarini qonuniy tarzda tartibga solish
shakli. Mualliflik huquqi faqat mualliflar tomonidan o‘z mahsulotlarini ma’lum
vaqtga yoki butunlay sotish, ulardan nusxa olish va ko‘paytirishga ruxsat berish
imkonini ta’minlaydi;
3) tovar belgilari-bu savdo belgilari, nishonlari, maxsus ramzlari, nomi va
boshqalarni ro‘yxatga olish, huquqiy jihatdan himoya qilish va ulardan foydalanish
bo‘yicha paydo bo‘lgan munosabatlarni qonuniy tarzda tartibga solish shakli.
Sun’iy monopoliya-monopol foyda olish maqsadida tashkil etiluvchi
birlashmalarning shartli, tabiiy monopoliyalardan ajratib turish uchun nomi.
Sun’iy monopoliya o‘z manfaatlari yo‘lida bozor muhiti tuzilishini ataylab
o‘zgartiradi, ya’ni:
- bozorga yangi raqiblarning kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun turli
to‘siqlar hosil qiladi (xom ashyo va energiya manbalarini egallab oladi;
banklarning yangi korxonalarga kredit berishini taqiqlashga harakat qiladi va
boshqalar);
- ishlab chiqarishning eng yuksak darajadagi texnologiyasiga erishib, qolgan
raqiblarini bu darajaga chiqishiga imkon bermaydi;
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Sun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsortsium, kontsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel-bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalaming uyushmasi bo‘lib,
uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z mulkiy
egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni mahsulot
ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish narxlari,
bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga oshiriladi.
Sindikat-bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning
birlashmasi.
Bunda
ishlab
chiqarish
vositalariga
mulkchilik
birlashma
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonilan ishlab chiqarilgan
mahsulot maxsus tashkil etilgan yagona sotish tashkiloti orqali amalga oshiriladi.
Trest-ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi
birlashmasi.
Konsortsium-tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish).
Kontsern-rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalarning
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) majmuini o‘z ichiga
oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish faoliyatini
bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli soha
korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan ishtirokchilar
faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy monopoliyalarning
sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni
mavjud. Uning ijobiy tomoni asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi:
1) monopoliya ma’lum tarmoqlarda nisbatan samarali amal qiladi va
xarajatlarning tejalishiga olib keladi;
2) monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga
nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi.
Monopoliyaning salbiy tomoni sifatida quyidagi jixatlarni ko‘rsatish mumkin:
- resurslarning oqilona taqsimlanmasligi;
- daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi;
- iqtisodiy turg‘unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi;
- iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to‘sib qo‘yilishi.
Bundan ko‘rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishiga ancha
jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi ham mumkin. Shunga
ko‘ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni
davlat tomonidan tartibga solish chora- tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga
qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini
monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada
rivojlangan bo‘ladi.
Odatda AQSHdagi monopoliyaga qarshi qonunchilik nisbatan ilgariroq va
mukammalroq ishlab chiqilgan, deb hisoblanadi. U quyidagi uchta qonunchilik
hujjatlariga asoslanadi.
1. Sherman qonuni (1890 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdoni yashirin
monopollashtirish, u yoki bu tarmoqdagi yakka nazoratni qo‘lga olish, narxlar
bo‘yicha kelishuvlarni taqiqlaydi.
2. Kleyton qonuni (1914 yilda qabul qilingan). Bu qonun mahsulot sotish
sohasidagi cheklovchi faoliyatlarni, narx bo‘yicha kamsitish, ma’lum ko‘rinishdagi
birlashib ketishlar, o‘zaro bog‘lanib ketuvchi direktoratlar va boshqalarni
taqiqlaydi.
3. Robinson-Petmen qonuni (1936 yilda qabul qilingan). Bu qonun savdo
sohasidagi cheklovchi faoliyatlar, narxlar qaychisi, narx bo‘yicha kamsitishlar va
boshqalarni taqiqlaydi.
1950 yilda Kleyton qonuniga Seller-Kefover tuzatishi kiritildi. Unda
noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish
orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik korxonalarning
gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Seller-Kefover
tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi.
O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish bo‘yicha chora-
tadbirlar va
monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo
qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi
mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda
raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq
davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin
erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.
Iqtisodiyotda monopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan raqobat
cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham
qatnashadi. Bu esa, yuqorida ta’kidlanganidek, davlatning monopoliyalarga qarshi
siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni
iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va tavsifiga qarab, bu
siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda
qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan
mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog‘lom raqobatga shart-
sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’yektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni
raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan
chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda ham uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar,
kompaniyalar shaklidagi monopoliyalar saqlanib qolgan bo‘lib, ular ko‘pincha
tarmoq vazirliklari mavqe va vazifalariga ega bo‘ladilar. Mahsulot va xom
ashyolarning alohida turlarini limit va fond ko‘rinishida taqsimlashning eskicha
tizimi, shuningdek, biznesni amalga oshirish uchun ruxsat, litsenziya, sertifikatlar
berish, kelishish kabi mavjud ma’muriy to‘siqlar monopolistik tendensiyalarga
ko‘proq imkon yaratadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning
asosiy yo‘li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli
xo‘jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni
taqozo etuvchi bozor tizimiga o‘tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini
shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo
bo‘lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy
mas’uliyat asosida o‘z manfaatiga ega bo‘lgan va tadbirkorlik tahlikasini
zimmasiga oluvchi erkin xo‘jalik sub’yektlarining mavjudligi, ularning bozor
orqali aloqa qilishidir.
Shu maqsadda O‘zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi
qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni
rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur
qonunga ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish,