MURAKKAB QO`SHMA GAPLAR VA ULARNING TURLARI.

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

5

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

67,7 KB


 
 
 
 
 
 
MURAKKAB QO`SHMA GAPLAR VA ULARNING TURLARI.  
 
Reja:  
1. Murakkab qo‘shma gap haqida ma’lumot.  
2. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gaplar  
3. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab 
qo‘shma gaplar. 
4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gaplar 
5. Aralash tipda tuzilgan murakkab qo‘shma gap 
 
Murakkab qo‘shma gap haqida ma’lumot 
 
Qo‘shma gaplar komponentlarning soniga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi: 1) ikki 
komponentli qo‘shma gaplar (bog‘langan, ergashgan, bog‘lovchisiz qo‘shma 
gaplar), 2) ko‘p komponentli (murakkab) qo‘shma gaplar. 
Ko‘p komponentli (murakkab) qo‘shma gaplar uch va undan ortiq 
komponentlarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan hosil bo‘ladi. 
Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi qismlar (komponentlar) o‘zaro turlicha 
munosabatda bo‘ladi. Shunga ko‘ra, murakkab qo‘shma gaplar quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 
1. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab 
qo‘shma gap. 
2. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab 
qo‘shma gap. 
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gap. 
MURAKKAB QO`SHMA GAPLAR VA ULARNING TURLARI. Reja: 1. Murakkab qo‘shma gap haqida ma’lumot. 2. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplar 3. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplar. 4. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplar 5. Aralash tipda tuzilgan murakkab qo‘shma gap Murakkab qo‘shma gap haqida ma’lumot Qo‘shma gaplar komponentlarning soniga ko‘ra, ikki xil bo‘ladi: 1) ikki komponentli qo‘shma gaplar (bog‘langan, ergashgan, bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar), 2) ko‘p komponentli (murakkab) qo‘shma gaplar. Ko‘p komponentli (murakkab) qo‘shma gaplar uch va undan ortiq komponentlarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan hosil bo‘ladi. Murakkab qo‘shma gap tarkibidagi qismlar (komponentlar) o‘zaro turlicha munosabatda bo‘ladi. Shunga ko‘ra, murakkab qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gap. 2. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gap. 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo‘shma gap.
 
 
4. Aralash tipdagi tuzilgan murakkab qo‘shma gap. 
 
1. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gaplar  
 
Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gap komponentlari (qismlari) o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki teng 
bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar orqali sintaktik aloqaga kirishadi. 
Bunday murakkab qo‘shma gap, tarkibidagi komponentlarning bog‘lanish usullariga 
ko‘ra, shuningdek, ularning semantik munosabatlariga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma 
gapdan farq qilmaydi, lekin bunda komponentlar soni uch va undan ortiq bo‘ladi. 
Masalan: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi-
yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi va terimchilar soni to‘rt kishiga ortdi. 
(P.Qodirov). 
Keltirilgan misolda 3 ta komponent murakkab qo‘shma gap tarkibida 
qatnashib, birinchisi ikkinchisiga teng bog‘lovchi vazifasidagi –yu yuklamasi bilan, 
ikkinchisi uchinchisiga va bog‘lovchisi bilan bog‘langan. Bog‘langan qo‘shma gap 
toifasidagi murakkab qo‘shma gapni quyidagi chizgi bilan ko‘rsatish mumkin: 
 
 
  -yu,  
  va 
 
 
2. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gaplar. 
 
Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab 
qo‘shma gapda ergash gap bir necha bo‘lib, ular bitta bosh gapga tobelanadi. 
Qo‘shma gapning bu turi bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham yuritiladi. 
 
Bunday qo‘shma gapda ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanishi ikki xil 
bo‘ladi: 
  
1. Birgalik ergashishda qo‘shma gap tarkibidagi bir necha ergash gaplar biri 
ikkinchisi bilan grammatik aloqaga kirishmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga 
bog‘lanadi. Masalan: Ot to‘xtaganida, u kuch yig‘ib olsin deb, Tanaboy kutib turar 
... edi. (Ch.Aytmatov). 
4. Aralash tipdagi tuzilgan murakkab qo‘shma gap. 1. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplar Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gap komponentlari (qismlari) o‘zaro teng bog‘lovchilar yoki teng bog‘lovchilar vazifasidagi yuklamalar orqali sintaktik aloqaga kirishadi. Bunday murakkab qo‘shma gap, tarkibidagi komponentlarning bog‘lanish usullariga ko‘ra, shuningdek, ularning semantik munosabatlariga ko‘ra, bog‘langan qo‘shma gapdan farq qilmaydi, lekin bunda komponentlar soni uch va undan ortiq bo‘ladi. Masalan: Bugundan boshlab yotoq joylarda... yigitlardan bitta navbatchi qoldirildi- yu, boshqa hamma paxtaga chiqdi va terimchilar soni to‘rt kishiga ortdi. (P.Qodirov). Keltirilgan misolda 3 ta komponent murakkab qo‘shma gap tarkibida qatnashib, birinchisi ikkinchisiga teng bog‘lovchi vazifasidagi –yu yuklamasi bilan, ikkinchisi uchinchisiga va bog‘lovchisi bilan bog‘langan. Bog‘langan qo‘shma gap toifasidagi murakkab qo‘shma gapni quyidagi chizgi bilan ko‘rsatish mumkin: -yu, va 2. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplar. Ergashgan qo‘shma gap toifasidagi (ergashish yo‘li bilan tuzilgan) murakkab qo‘shma gapda ergash gap bir necha bo‘lib, ular bitta bosh gapga tobelanadi. Qo‘shma gapning bu turi bir necha ergash gapli qo‘shma gap deb ham yuritiladi. Bunday qo‘shma gapda ergash gaplarning bosh gapga bog‘lanishi ikki xil bo‘ladi: 1. Birgalik ergashishda qo‘shma gap tarkibidagi bir necha ergash gaplar biri ikkinchisi bilan grammatik aloqaga kirishmay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosh gapga bog‘lanadi. Masalan: Ot to‘xtaganida, u kuch yig‘ib olsin deb, Tanaboy kutib turar ... edi. (Ch.Aytmatov).
 
 
Bu qo‘shma gapning sxemasi (chizgisi) quyidagicha: 
 
 
 
 
   
Birgalik ergashish ikki xil bo‘ladi: 
1) bir tipdagi birgalik ergashishda ergash gaplar bir xil turga mansub bo‘ladi 
va ularning har biri bosh gapning ma’lum bo‘lagini yoki bosh gapni butunicha bir 
xilda izohlaydi, aniqlaydi, to‘ldiradi. Ular bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Bunday 
ergash gaplar uyushgan ergash gaplar deb yuritiladi. Murakkab qo‘shma gap 
tarkibida ergash gapning har bir turi uyushib kelishi mumkin. Ularning ayrimlariga 
misollar: 
a) ega ergash gaplarning uyushib kelishi: Yo‘lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu 
yerda ... hamma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turadi, daraxtlar 
o‘rtasidagi masofa ham baravar. (Oybek); 
b) aniqlovchi ergash gaplarning uyushishi: Shunday hayot tug‘ildiki, u sensiz 
yashay olmaydi, sen uning qudratli kuchisan. (A.Muxtor); 
d) sabab ergash gaplarning uyushib kelishi: Kun bo‘yi piyoda yurib 
charchadimmi, karnaydan hadeb yangrayotgan muzika elitdimi, uxlab qolibman. 
(O‘.Hoshimov) 
e) ravish ergash gaplarning uyushib kelishi: Adirlarni qoplab yotgan qor 
tezda erib, kunlar isib, o‘t-o‘lanlar ko‘kara boshladi. (Ch.Aytmatov). 
Bir tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin: 
 
 
 
2) turli tipdagi birgalik ergashishda ergash gaplar har xil bo‘ladi va ularning har 
biri bosh gapdagi biror bo‘lakni yoki bosh gapni butunicha turli tomondan izohlaydi, 
aniqlaydi, to‘ldiradi. 
  
Bosh 
gap 
Payt erg. 
gap 
Maqsad  
erg. gap 
Bu qo‘shma gapning sxemasi (chizgisi) quyidagicha: Birgalik ergashish ikki xil bo‘ladi: 1) bir tipdagi birgalik ergashishda ergash gaplar bir xil turga mansub bo‘ladi va ularning har biri bosh gapning ma’lum bo‘lagini yoki bosh gapni butunicha bir xilda izohlaydi, aniqlaydi, to‘ldiradi. Ular bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi. Bunday ergash gaplar uyushgan ergash gaplar deb yuritiladi. Murakkab qo‘shma gap tarkibida ergash gapning har bir turi uyushib kelishi mumkin. Ularning ayrimlariga misollar: a) ega ergash gaplarning uyushib kelishi: Yo‘lchiga shunisi qiziq tuyuldiki, bu yerda ... hamma daraxtlar bir chiziq ustida tekis saf tortib turadi, daraxtlar o‘rtasidagi masofa ham baravar. (Oybek); b) aniqlovchi ergash gaplarning uyushishi: Shunday hayot tug‘ildiki, u sensiz yashay olmaydi, sen uning qudratli kuchisan. (A.Muxtor); d) sabab ergash gaplarning uyushib kelishi: Kun bo‘yi piyoda yurib charchadimmi, karnaydan hadeb yangrayotgan muzika elitdimi, uxlab qolibman. (O‘.Hoshimov) e) ravish ergash gaplarning uyushib kelishi: Adirlarni qoplab yotgan qor tezda erib, kunlar isib, o‘t-o‘lanlar ko‘kara boshladi. (Ch.Aytmatov). Bir tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin: 2) turli tipdagi birgalik ergashishda ergash gaplar har xil bo‘ladi va ularning har biri bosh gapdagi biror bo‘lakni yoki bosh gapni butunicha turli tomondan izohlaydi, aniqlaydi, to‘ldiradi. Bosh gap Payt erg. gap Maqsad erg. gap
 
 
Ularning so‘roqlari ham har xil bo‘ladi. Bunday ergash gaplar uyushmagan ergash 
gaplar deb yuritiladi: Qor tingach, tashqarida juda sovuq bo‘lsa ham, ular 
tekshirishni davom ettirdilar. (CH.Aytmatov). 
Bu qo‘shma gapda payt ergash gap va to‘siqsiz ergash gap bosh gapni turli tomondan 
izohlab kelgan. 
Turli tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin: 
 
2. Ketma-ket ergashishda ergash gaplar bosh gapga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelanmay, 
biri ikkinchisiga bo‘ysunib, so‘ng bosh gapga bog‘lanadi. Bu xil qo‘shma gaplarda 
ergash gaplar mazmunan zich bog‘langan bo‘ladi va ergash gaplardan biri tushirilsa, 
umumiy mazmun anglashilmay qoladi. Masalan: Yuk oz bo‘lsa ham, olis va o‘nqir-
cho‘nqir yo‘llarda motor tez qizib, radiator erib ketishi hech gap emas. 
(Ch.Aytmatov). 
Ketma-ket ergashishni chizgida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 
 
3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) 
murakkab qo‘shma gaplar 
Murakkab qo‘shma gapning bu turida uch va undan ortiq gaplar bog‘lovchi 
vositalarsiz, ohang (intonatsiya) orqali bog‘lanadi, bu jihatdan u oddiy bog‘lovchisiz 
qo‘shma gapdan farqlanmaydi, lekin bunda gaplar orasidagi semantik munosabatlar 
murakkabroq bo‘ladi: 
1) gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘ladi:  
Suv tiniq, yaproqlar qirmizi rang tortgan, havo musaffo edi. (F.Musajonov).  
Mazkur gapning chizgisi quyidagicha: 
 
 
 
, 
, 
, 
 , 
 
  
  
Ularning so‘roqlari ham har xil bo‘ladi. Bunday ergash gaplar uyushmagan ergash gaplar deb yuritiladi: Qor tingach, tashqarida juda sovuq bo‘lsa ham, ular tekshirishni davom ettirdilar. (CH.Aytmatov). Bu qo‘shma gapda payt ergash gap va to‘siqsiz ergash gap bosh gapni turli tomondan izohlab kelgan. Turli tipdagi birgalik ergashishni chizgida quyidagicha tasvirlash mumkin: 2. Ketma-ket ergashishda ergash gaplar bosh gapga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelanmay, biri ikkinchisiga bo‘ysunib, so‘ng bosh gapga bog‘lanadi. Bu xil qo‘shma gaplarda ergash gaplar mazmunan zich bog‘langan bo‘ladi va ergash gaplardan biri tushirilsa, umumiy mazmun anglashilmay qoladi. Masalan: Yuk oz bo‘lsa ham, olis va o‘nqir- cho‘nqir yo‘llarda motor tez qizib, radiator erib ketishi hech gap emas. (Ch.Aytmatov). Ketma-ket ergashishni chizgida quyidagicha ko‘rsatish mumkin: 3. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap toifasidagi (bog‘lovchi vositalarsiz tuzilgan) murakkab qo‘shma gaplar Murakkab qo‘shma gapning bu turida uch va undan ortiq gaplar bog‘lovchi vositalarsiz, ohang (intonatsiya) orqali bog‘lanadi, bu jihatdan u oddiy bog‘lovchisiz qo‘shma gapdan farqlanmaydi, lekin bunda gaplar orasidagi semantik munosabatlar murakkabroq bo‘ladi: 1) gaplar o‘zaro teng munosabatda bo‘ladi: Suv tiniq, yaproqlar qirmizi rang tortgan, havo musaffo edi. (F.Musajonov). Mazkur gapning chizgisi quyidagicha: , , , ,