1
MUSIQA DARSINING UMUMDIDAKTIK PRINTSIPLARI
REJA:
1.
Pedagogika fani asosida musiqa ta’limining o’qitish usullari.
2.
Musiqa o’qitishning didaktik asoslari.
3.
Sistematik, ilmiylik, davomiylik printsiplari.
4.
Onglilik va aktivlik printsiplari.
5.
Musiqa darslarida ko’rgazmalik printsipi.
6.
O’quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi bularni
mustaxkamlash printsipi.
Ma’ruza matni
Musiqa madaniyati darslari pedagogikaning didaktik nazariyasi va printsiplari
asosida tuziladi. Mazkur printsiplar o’qituvchi hamda o’quvchi tomonidan
bajariladigan barcha ta’lim asoslari –dars mazmunini metodlari va darslarning
tuzilishidagi asosiy talablar va uning yo’nalishlarini belgilab beradi. Musiqa
madaniyati darslarining didaktik printsiplari besh turdan iborat:
1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik
printsipi.
2. Darsda o’quvchilarning onglilik va aktivlik printsipi.
3. Musiqa madaniyati darslarida ko’rgazmalik printsipi.
4. O’quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi printsipi.
5. Musiqa darslarida bilim va malakalarning mustahkamligi printsipi.
2
Mazkur printsiplar asosan, o’quv materiallarini qo’llash, musiqa darsini
mazmunini va rejasini tuzish jarayonida qo’llanadi. Юqoridagi, qayd etilgan
umumdidaktik printsiplar bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, musiqa darsini davlat
ta’lim standartiga muvofiq, milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda, uzluksizligini
va uzviyligini asos qilib musiqa faoliyatini izchilligini ta’minlaydi.
1. Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik
printsipi har bir darsda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosida tashkil
topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi, musiqa ta’limi va tarbiyasining
asosiy omilidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar,
umumlashgan musiqaviy tajribalar o’z aksini topgan. Ularni o’zlashtirish – musiqa
amaliyoti yo’lida bilim va ko’nikmalar xosil qilish demakdir. Dars jarayonida o’quv
materiallarini bolalarning bilim tajribasiga mosligi. Bolalar ovozining rivojlanish
qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to’g’ri o’rgatish, bolalarning
fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsining ilmiylik printsiplarini tashkil
etadi. Ilmiylikni, sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o’quv
faoliyatini hamda keyingi darslarning o’zaro mantiqiy bog’lanishi sistemalik asosini
tashkil etadi. Kuylash va tinglash uchun asarlarni bilim va malaka darajasiga
ko’tarib, soddadan murakkabga, noma’lumdan ma’lumga qarab o’zlashtirib borish
printsiplari muayyan tartibga mos bo’lib, sistemalilik demakdir. Darsning har bir
faoliyati o’z navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo’lib, pedagogik
maqsadlarni tobora amalga oshirishi davomiylik printsipi demakdir.
2.
Darsda o’quvchilarni onglilik va aktivligi printsipi.
Mazkur printsip didaktikaning yetakchi printsiplaridandir. CHunki, bilimni
o’zlashtirish o’quvchining aqliy faoliyatiga asos bo’lgan bilish jarayoniga
bog’liqdir. Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real voqyoalarni
badiiy his etib, bilish , fikrlash qobiliyatini o’stiradi. Mazkur malaka va
ko’nikmaning shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi.
Buning uchun, bolaning o’quv materiallarni ongli ravishda bilib o’zlashtirishi, bilim
jarayonini aktivligini vujudga keltiradi. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab
o’zlashtirish va undan badiiy-estetik, zavqlanib, idrok etishda, bolaning eng avvalo,
3
diqqat e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg’ota bilish, onglilik va aktivlikni
vujudga keltiradi. Musiqani ongli idrok etish va navbatida badiiy ohang va mantiqiy
jihatdan xotirada turg’un saqlanishni talab etadi. Musiqa darslarida onglilik va
aktivlik ayniqsa, vokal-xor malakalarini shakllantirilishi uchun zarurdir. Xor bo’lib
qo’shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, faoliyatlarida ham, onglilik va
aktivlik, musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to’g’ri bilish va o’zlashtirishni
osonlashtiradi.
3. Musiqa darsida ko’rgazmalilik printsipi.
Musiqa tarbiyasida musiqaning o’zi o’ziga ko’rgazmali
vositadir. CHunki, u ko’z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi. Musiqa
tinglashda ham, asar tahlilida ham, ohang ko’rgazma sifatida ijro etib ko’rsatiladi.
O’qituvchining o’zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko’rgazma bo’lib xizmat qiladi. Bundan
tashqari, texnik vositalar, ko’rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota
yozuvlari ham, musiqa darsida ko’rgazma sifatida muhim rolь o’ynaydi.
4. O’quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi
printsipi.
Mazkur printsip, dasturdan tanlab olingan o’quv materiallari va mazkur
metodik materiallar asosida dars mazmunini tuzish jarayonida qo’llaniladi. Bunda
har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobiga olinishi shart. Dastur
asosida har bir sinfning bilim va malakalari hisobiga olingan holda, musiqa
darsining yarim yillik kalendarь-mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar-mavzuli ish reja
bir yilda ikki marta, o’quvchilarning yosh hususiyati, musiqiy o’quvi, yangi
qo’shiqlar, musiqa tinglash uchun asarlar, musiqa savodidagi o’quv materiallari,
dars faoliyatlariga qarab tuziladi.
5. Musiqa darslarida bilim va malakalarining mustahkamligi.
Mazkur printsiplarini amalga oshirishining eng asosiy sharti, юqorida bayon
etilgan to’rtta printsipiga jiddiy amal qilishdan iboratdir.
Birinchidan bilim va malakalarning chuqurligi, mustahkamligi va
hayotiyligini ta’minlash lozim, ya’ni mazkur asarni va uning ijro uslubini, madaniy
hayotimiz uchun zarur ekanligi haqida bolalarda ishonch hosil qilishnishi lozim.
4
Ikkinchidan asarlarni tanlashda quyidagilarga amal qilish kerak:
a) asarning bolalarni ma’naviy va axloqiy tarbiyasini uchun mosligi.
b) musiqa ta’limining hususiyati.
v)sinfdagi barcha bolalarni mazkur asarga qiziqtira olish va to’la o’zlashtirishga
erishish.
Uchinchidan darsda olinadigan bilimlar doirasi va malakalarini amaliyotda
takrorlash va mustaxkamlash. Masalan: Qo’shiqlarni jumlalarga bo’lib o’rgatish va
keyingi darslarda mustahkamlab takrorlash.
To’rtinchidan musiqa darslarida har bir yangi bilim elementi dars faoliyatida
to’liq o’zlashtiriladi va keyingi darslarda keng qo’llanilib, doimiy bilimga
aylantiriladi.
Xulosa, qilib aytganda, pedagogikaning umumdidaktik printsiplari, musiqa
madaniyati darslarida katta ahamiyatga ega bo’lib, musiqani hayot bilan bog’lashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
TEKSHIRISH SAVOLLARI:
1. Pedagogikani didaktik printsiplarining mohiyati nimadan iborat?
2. Umumdidaktik printsiplarining qanday turlari mavjud va ularning musiqa
darslarida qo’llanilishi?
3. Musiqa darslarida sistemalilik, davomiylik prntsiplaridan qanday foydalaniladi?
4. Ko’rgazmalilik, onglilik va aktivlik printsiplaridan musiqa darsida qanday
foydalanish mumkin?
5. O’quv materiallarining bolalar bilim va malakalariga mosligi printsipi deganda
nimani tushunamiz?
6. Musiqa darslarida bilim va malakalarni mustahkamlash printsipi qanday
qo’llaniladi?
Tayanch tushunchalar:
1. Ohangdoshlik – bir necha tovushlarning bir yo’lga solib kuylanishi.
2. CHolg’uchi – musiqachi, sozanda cholg’u asboblarda ijro etuvchi.
3. Printsip – tamoyil.
5
4. Musiqa tarixi – Musiqa sa’natining paydo bo’lishidan hozirgi zamonga qadar
taraqqiyoti.
5. Musiqa nazariyasi – musiqa tahlili, ijrochiligini o’rgatuvchi fan.