1
MUSIQА O’QITISH TEXNOLOGIYALARI KURSI
REJA:
1. Madaniy hayotimizda musiqani tutgan o’rni.
2. Musiqa ta’limotini rivojlantirishga musiqa madaniyati darslarini ahamiyati.
3. Shaxsni shakllanishida musiqaning roli.
4. Musiqa o’qituvchisi oldiga qo’yilgan zamonaviy talablar.
Ma’ruza matni
Musiqa madaniy hayotimizda keng o’rinni tutgan, inson shaxsiyanini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san’at turidir. Musiqa tarbiyasi esa,
nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biridir, u atrofdagi go’zal
narsalarni to’g’ri idrok etishga va qadrlashga o’rgatadi. O’quvchilarga nafosatli
tarbiya berishda umumta’lim maktablaridagi, musiqa madaniyati darslarini
ahamiyati katta. O’quvchilar nafosat hissini, san’at sirlarini tushunishni va
qadrlashni, san’atdan bahramand bo’lishni, avvalo maktablarga o’rganadilar.
Nafosat didini shakllantirish uchun esa, musiqa madaniyati darslari bilan bir qatorda
sinfdan tashqari musiqa tarbiyasini ahamiyati katta. Chunki, sinfdan tashqari musiqa
tarbiyasining ommaviy va to’garak shakllarida bolalar yalpi tarzda jalb etiladi.
Zotan, musiqa tarbiyasi sozanda yoki xonandani emas, eng avvalo insonni
tarbiyalaydi. O’sib kelayotgan yosh avlodni musiqa, go’zallik olamiga olib kiradi.
Chunki, musiqa inson hayotiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega va ahloqiy-
nafosat tarbiyasining muhim vositasidir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali
tanishib, umirbod musiqadan zavq topadi. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson
юksak madaniyatli, sof qalb egasi, go’ zallikni xis eta oladigan bo’lishi kerak.
2
Olimlardan birlari: «Odam shaxs bo’lishi uchun, u ruhiy tomonidan rivojlanishi,
o’zini bir butun inson deb his qilmog’i kerak» - degan edi.
Shaxsni rivojlantirish uchun avvalo, uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarni,
uning tabiatini, qiziqishini o’rganish lozim. Buning uchun shaxsni turli
munosabatlar doirasiga qo’yib kuzatish kerak. Ana shundagina uning ijtimoiy hulqi,
ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ro’yobga chiqadi. «Har bir inson – degan edi
Abu Nosir Al-Farobiy – o’z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va юksak
yetuklikka erishish uchun, insonlar jamoasiga ehtiyoj tug’iladi, shu sababli u ko’p
narsalarni o’zaro yordamlashuvi orqali yetuklikka erishadi».
Bolani shaxs sifatida rivojlantirishda nasl, atrofidagi muhit, tarbiya muhim
rolь o’ynaydi. O’qituvchi bu omillarni kuzatib, o’rganib chiqib, o’quvchilarni
qiziqishi, qobiliyati, musiqaga, go’zallikka, mehnatga munosabatlariga qarab,
musiqiy bilim, ko’nikma va malakalarini singdira borishi lozim. Inson musiqadan
umrbod zavq topadi va madad oladi. Shu bois o’quvchilarga musiqa madaniyatini
tarbiyalash, юksak did bilan qurollantirish, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish
boshlang’ich sinf musiqa o’qituvchisini vazifasidir. Musiqa inson ruhiyatiga
emotsional ta’sir ko’rsatish bilan birga, musiqiy tovush yordamida vujudga
keladigan musiqiy tovush yordamida vujudga keladigan musiqiy ohanglar bilan
ta’sir etadi, bolalarni quvontiradi, o’ylantiradi, yaxshilikka, go’zallikka yetaklaydi
va nafosat olamiga olib keladi. Shunday ekan, boshlang’ich sinflarda musiqa
madaniyati darslariga e’tibor yanada kuchayib, boshlang’ich sinf musiqa
o’qituvchisi oldiga katta vazifalarni qo’yadi. Shu bilan birga, iqtidorli
o’qituvchilarni, maktab hayotiga ommaviy va to’garak ishlariga jalb etish
boshlang’ich sinf o’qituvchisi zimmasidadir. Musiqa madaniyati darslarida milliy
musiqa meroslaridan to’laqonli foydalanish va bugungi zamonaviy asarlarni musiqa
darslarida qo’llash, o’qituvchidan ish mazmunini va uslubini yangilashni talab etadi.
Buning uchun musiqa o’qituvchisi o’z fanini puxta bilishi, bolalarni sevishi,
pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o’qitish metodikasidan
chuqur bilimga ega bo’lishi lozim. Chunki yosh avlodni barkamol inson qilib
tarbiyalashda musiqa o’qituvchisi yetakchi bo’lib hisoblanadi. Maktab hayotida