Mustamlaka davridagi tibbiyot
Tibbiy bilimlar qatorida tibbiyot tarixi fani aloxida o’rin egallaydi.U
tibbiyotning tarixiy rivojlanish yo’llari va uning xozirgi kungacha etgan darajasi
haqida umumlashtiruvchi tushuncha beradi,tibbiyotning tarakkiyot qonunlarini
ochadi va shunga asosan uning kelgusidagi yunalish yo’llarini ko’rsatib
beradi.Tibbiyot tarixi umuminsoniyat tarixining muxum qismidir
Bo’lajak xaqim uchun tibbiyot tarixini o’rganish muhim ahamiyatga ega.
Tibbiyot tarixi Fani tibbiyotning rivojlanish yo’llarini chuqur o’rganishda,uning
erishgan yutuqlarini to’g’ri anglashda talabalarga dastur bo’lib xizmat
qiladi,ularning bilim darajasi va saviyasini oshiradi.Umuman,tibbiyot tarixi fani
talabalarning kasbiy-estetik, ma’naviy-g’oyaviy va madaniy jixatdan yuksak
darajadagi mutaxassislar bo’lib etishishlarida katta rol o’ynaydi.
XIX asrning 60 yillarida O’rta Osiyo xududining ko’p qismi rus
podshoxining tomonidan zabd etildi. Quqon xonligi tugatildi. Uning o’rniga chor
xukumatining Turkiston general - gubernatorligi barpo etildi. Uning tarkibida
xarbiy- tibbiy boshqarma tashkil etildi.
Xiva xonligi bilan Buxoro amirligi chor xukumatining vassallariga aylantirildi.
1886 yilda Turkiston general-gubernatorligi «Rossiyaning Turkiston o’lkasi» deb
e’lon qilindi. Shunday qilib, XIX asrga kelib, butun O’rta Osiyo chor xukumatining
mustamlakasi bo’lib koldi.
O’rta Osiyo rusiya tomonidan olingandan so’ng, bu erda muhim siyosiy,
iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yo’z beradi.
Siyosiy jixatdan o’zbek xonliklari o’z mustaqilliklarini yoqotdilar, ular chor
xukumatiga qaram bo’lib koldilar.
Iqtisodiy jixatdan esa jonlanish ro’y berdi. Rus kapitalistlari borgan sari
ko’proq paxta talab qilardilar. Shu munosabat Bilan paxta ekiladigan maydonlar yil
sayin kengaytirilardi. Ammo dexqonlarning ish sharoiti va ularning iqtisodiy axvoli
yaxshilanmadi. Dexqonchilikda ishlatiladigan texnika juda past darajada edi. Oddiy
ketmondan boshqa xech qanday texnika yoq edi. Hamma ish qo’l mexnati bilan
bajarilar edi. Bunday og’ir mexnat sharoiti kishilarning salomatligiga putur etkazib,
ular orasida xar xil kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bulardi. Bundan tashqari,
qishloq sharoitiga xos kasalliklar (bezgak, qoraoqsoq, leyshmanioz, xar xil
gelmintozlar) keng tarqalgan edi.
Sanoatda ham ba’zi o’zgarishlar yuz berdi. O’lkada qishloq xujalik
maxsulotlarini dastlabki ishlash korxonalari (paxta tozalash zavodlari, moy va
sovun ishlab chiqaruvchi zavodlar, vino zavodlari) qurildi. Ammo bu zavodlarda
ham ish sharoiti og’ir edi. Mexnat xavfsizligi choralari ko’rilmasdi, ishchilarga
tibbiy yordam ko’rsatish tashkil etilmagandi. Ishchilar og’ir sharoitda 12-14 soatlab
ishlardilar. Bunday og’ir ish sharoiti ishchilarning sog’lig’iga putur yetkazib, ular
orasida turli kasalliklarni tarqalishiga sabab bulardi. Ammo, umuman tibbiyotning
rivojlanishida ba’zi ijobiy o’zgarishlar ham yuz berdi. O’lkada birinchi zamonaviy
tibbiy muassasalar barpo etildi. 1868 yil sentyabr oyida Toshkentda 30-o’rinli
xarbiy lazaret ochildi. U 1870 yilda xarbiy gospitalga aylantirilib, o’rinlar soni 415
taga yetkazildi. 1870 yilda Samarqanda 15 o’rinli kasalxona ochildi. 1873 yilda
shunga o’xshash kasalxona Kattakurg’on shaxrida barpo etildi. 1883 yilda
Toshkentda ayollar ambulatoriyasi ochildi. 1886 yilda esa erkaklar uchun
ambulatoriya tashkil qilindi.
1870 yilda Toshkent viloyatidagi To’ytepa qishlog’ida axolining o’z mablagi
xisobiga kasalxona qurildi. Bunday kasalxonalar Samarqandda, Toshkentda,
Xivada va Buxoroda ham bunyod etildi. Ammo bu kasalxonalar juda Kichik va
etarli darajada jixozlanmaganligi uchun ularning axoliga beradigan yordami etarli
emas edi. 1874 yilda Toshkentda birinchi zamonaviy dorixona ochildi. U shaxar
xokimyati qaramogida edi. So’ng xususiy dorixonalar ham ochila boshladi. 1913
yilga kelib ularning soni 33 taga etdi. Bu kasalxona, ambulatoriya va dorixonalar
etarli bo’lmasa ham, ularning paydo bo’lishi maxalliy tabiblarning faoliyatiga ham
o’z ta’sirini ko’rsatdi. Masalan, ular kasallarni davolashda zamonaviy dorixonadan
sotib olinadigan dorilarni ham ishlata boshladilar. Chunonchi, tabiblar aspirin,
xinin, sulema, mis quporosi, fuksin kabi dorilardan foydalanishni o’rganib oldilar.
Ammo tibbiyot soxasidagi bu ijobiy o’zgarishlar Xiva xonligi va Buxoro amirligi
xududida amalga oshirilmadi. Chunki bu xonliklar rasmiy jixatdan o’z xonliklarini
saqlab qolgan edilar. Eski qonun va qoidalar o’zgarmay qolgandi. Xayot eskicha
davom etardi. Turkiston o’lkasida yo’z bergan iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar bu
xonliklarga yoyilmadi. Xiva va Buxoroda ochilgan ikki kasalxona faqat axolining
yuqori tabaka vaqillariga xizmat qilardi, xolos.
Turkistonning Rossiyaga qo’shib olinishi natijasida, ilmiy tibbiyot soxasida
yana bir ijobiy xodisa ro’y berdi. Rossiyadan kelgan tabiblar va olimlar bu erda
uchraydigan kasalliklarni ilmiy jixatdan tekshira boshladilar va bu soxada muhim
kashfiyotlar qildilar. Masalan, rus sayyoxi tabiatshunos olim A. P. Fedchenko 1869
yilda rishtaning oralik xujayinini topdi. 1895 yilda rus xarbiy tabibi P. F.
Borovskiy teri leyshmaniozining ko’zgatuvchisini topdi. Rus olimi K.I. Skyabin
1912 yilda shistoma gelmintining yangi to’rini topdi. Bu tadqiqotlar muhim ilmiy
va amaliy ahamiyatga ega edi. Ammo chor mustamlaka rejimi sharoitida bu
kashfiyotlar amaliyotda qo’llanmadi. 1915 yilga kelib, Turkiston xududida
hammasi bo’lib xar biri 15-20 o’rinli 72 kasalxona, 23 ta qishloq vrachlik
uchastkasi, 64 ta ambulatoriya, 7 ta tugruk muassasasi, 2ta ruxiy kasalliklar
shifoxonasi, 2 ta ko’z kasalliklar shifoxonasi va shaxar kasalxonasi xuzo’rida 1ta
teri va tanosil kasalliklari bo’limi barpo etilgan edi. Bu 6- millionlik o’lka axolisi
uchun etarli emas edi. Buning ustiga bu tibbiy muassasalar asosan rus xarbiylari va
ularning oilalariga xizmat qilardi. Maxalliy axoli esa bu zamonaviy tibbiy
muassasalarda davolanish imkoniyatiga ega emasdi.
Xar yili turli kasalliklar tarqalib ketib, minglarcha kishilarning yostig’ini
quritar edi. Faqat 1893 yilning o’zidagina Turkiston o’lkasida 200 000 dan ortiq
kishi bezgak bilan ogrib, shulardan 40 000 kishi xalok bo’lgan. O’zbekiston
xududida issiq mamlakatlarda uchraydigan, o’lkaga xos kasalliklar- bezgak, rishta,
qoraoksok, xar xil yoqumli kasalliklar keng tarqalgan edi. Axoli bu kasalliklardan
ko’p azob chekardi.
XX asr boshlarida metropoliyada (Rusiyada) muhim siyosiy o’zgarishlar
yuz berdi. Bu o’zgarishlar Rusiya mustamlakalaridagi xalqlarning xayotiga ham
o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu erlardagi siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy xayotda ma’lum
o’zgarishlar bo’ldi. SHu jumladan, sog’liqni saqlash ishida ham ba’zi bir
o’zgarishlar amalga oshirildi.
1917 yil fevralida Rusiyada siyosiy to’ntarish yuz berib, rus podshosi taxtdan
tushirildi, monarxiya tuzumi tugatildi. Davlat Kerenskiy boshlik vaqtli xukumat
qo’liga utdi. Turkistonda esa chor general gubernatorligi o’rniga vaqtli
xukumatning Turkiston kumitasi joriy etildi. Siyosiy va iqtisodiy xayotda ba’zi bir
o’zgarishlar amalga oshirildi. Tibbiyot soxasida ham qisman engilliklar yaratildi.
O’lkadagi axoli rus shifoxonalarida qisman kengroq davolanish imkoniyatiga ega
bo’ldi. Ammo vaqtli xukumatning Turkiston komiteti mustamlakachilik
siyosatidan voz kechmadi. Bu masalada axvol deyarli o’zgarmay qoldi.
1917 yil oktyabr oyida xokimyat V.I.Lenin boshliq bolsheviqlar qo’liga o’tdi.
Bolsheviklar bu xodisani sotsialistik revolyusiya, deb e’lon qildilar. Bu revolyusiya
natijasida barpo etilgan tuzumni sotsialistik davlat deb atadilar.
Mamlakatda respublika tuzumi joriy qilindi. U Rosiya sovet federativ
sotsialistik respublikasi nomini oldi. Fevral to’ntarishi ham, bolsheviklar
revolyusiyasi ham Turkistonga mustaqillik keltirmadi. O’lka Rosiyaga tobe bo’lib
qolaverdi. U «Turkiston avtonom sovet sotsialistik respublikasi» nomi bilan
Rusiyada barpo etilgan sovet respublikasi tarkibiga kiritildi.
Bolsheviklar siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy xayotga muhim o’zgartirishlar
kiritdilar. Tibbiyot soxasida birmuncha yangiliklar joriy etildi. Tibbiyot davlat
ixtiyoriga olindi va davolash bepul qilindi. Tibbiyot rejali va profilaktika prinspida
ishlaydigan bo’ldi. Bunday tadbirlar Turkistonda ham amalga oshirildi. Chunonchi,
bu erda ham sog’liqni saqlash xalq komissarligi tashkil etilgan edi. Rosiyada
amalga oshirilgan boshqa choralar ham bu erda joriy qilindi. Buning natijasida
dastlab sog’liqni saqlash soxasida ba’zi bir muvaffaqiyatlarga erishildi. Masalan,
tibbiyot davlat ixtiyoriga olinganligi tufayli axoli zamonaviy tibbiyotdan
foydalanish imkoniyati paydo bo’ldi. Davolanish bepul qilinganligi tufayli,
axolining ko’pchiligini tashkil qiladigan kambag’allar ham tibbiy yordamdan
foydalana oladigan bo’ldilar. O’lkada yoshlardan tibbiy mutaxassislar yetishib
chiqishi uchun ham sharoit yaratildi. 1918 yilda o’rta tibbiy bilim yurti, 1919 yilda
esa oliy tibbiy o’quv yurti barpo etildi. Ammo ko’p o’tmay o’lkada xar xil voqealar
yuz berib, tibbiyot soxasida katta qiyinchiliklar kelib chiqdi. Masalan, inqilobdan
so’ng o’lkadan ko’p vrachlar Rosiyaning markaziy shaxarlariga ketib qoldilar.
Kasalxonalar va ambulatoriyalar bo’shab qoldi. Umuman o’lkada bunday
muassasalarning o’zi juda kam edi. Shuning uchun davolanishga muxtoj
bo’lganlarning hammasi kasalxonalarga joylasha olmas edilar.
Ikkinchi qiyinchilik shundan iborat bo’ldiki, davlat ixtiyoriga o’tkazilgan
kasalxona, ambulatoriya va dorixonalarning sobik egalari birlashib olib, o’lka
xukumatining sog’liqni saqlash ishini yo’lga qo’yishga qaratilgan tadbirlarga
qarshilik ko’rsata boshladilar. Dorixona egalari esa dorilarini er ostiga ko’mib,
berkitib tashladilar. Buning natijasida kasallarni davolash uchun dori etishmay,
ularni ko’pi o’lib ketdi. Ayniqsa, yoqumli kasallik bilan og’riganlar ko’p nobud
bo’ldi.
Tibbiyotning o’z soxasidagi qiyinchiliklarga boshqa qiyinchiliklar ham
qo’shildi. Masalan, 1918 yilning kuzida o’lkada ocharchilik boshlandi. Bu o’z
navbatida yana sog’liqni saqlash ishini og’irlashtirdi. Ocharchilik natijasida yangi
kasallik alimentar distrofiya kasalligi kelib chiqdi. Keyingi yillarda bu
qiyinchiliklar asta sekin yoqolib, o’lka tibbiyoti bir qadar izga tushib oldi. Milliy
tibbiy kadrlar yetishtirish maqsadida 1920 yilda shu yili ta’sis etilgan Turkiston
dorulfununi tarkibida tibbiy fakultet tashkil etildi. Tibbiy soxasida ilmiy-tadqiqot
ishlari olib borish uchun maxsus oliy bilimgoxlar ochildi.
Lekin kasallarni tibbiy yordam bilan to’la ta’minlash uchun kasalxona va
ambulatoriyalar xali etishmasdi. Tibbiy xodimlar juda oz edi.
1924 yilda O’rta Osiyoda milliy chegaralanish o’tkazildi. O’sha vaqtda
mavjud bo’lgan Turkiston avtonom sovet sotsialistik jamxuriyati, Xorazm va
Buxoro xalq jamxuriyatlari birlashtirilib, O’zbekiston SSJ, Turkmaniston SSJ va
Qirg’iziston SSJ tashkil etildi. O’zbekiston SSJ tarkibiga Tojikiston avtonom
jamxuriyati kiritildi.
O’zbekiston SSJ shakllangandan keyin o’lkada iqtisodiy, siyosiy va madaniy
xayotida muhim o’zgarishlar yuz berdi. Sanoat va qishloq xujaligi rivojlana
boshladi. Tibbiyot soxasida ham ba’zi siljishlar yuz berdi. Masalan, 1931 yilga
kelib tibbiy fakultet mustaqil tibbiy oliy bilimgoxga aylantirildi. Samarqanda
ikkinchi tibbiy oliy o’quv yurti barpo etildi.