MUSTAQIL OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO TASHKILOTLARGA QOʻSHILISHI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
13
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
86,3 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUSTAQIL OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO
TASHKILOTLARGA QOʻSHILISHI
Toshkent-2023
1
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………...............….3
I Bob. Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlarga
qoʻshilishi…………………………………………………………..………….….5
I.1.
Mustaqil
Oʻzbekistonning
BMTga
qabul
qilinishi,
uning
tarixiy
ahamiyati……………………………………………………………………….….5
I.2. Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligidagi oʻrni va
mavqeyining oshib borishi……………………………………………..…………18
II Bob. Oʻzbekistonning tashqi siyosatda Yevropa va Osiyo davlatlari bilan
aloqalari………………………………………………………..………………..24
II.1. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik
munosabatlarining yanada rivojlanishi……………………….…………………..24
II.2. Mustaqil Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari bilan doʻstona tashqi
aloqalari……………………………………………………………..……………27
Xulosa……………………………………………………………………….……30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………...…33
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasi umumbashariyat
tafakkurining beshiklaridan biri bo`lmish diyordir. O`zbekiston ko`hna va boy
tarixga ega bo`lgan mustaqil davlatdir. O`zbekiston davlatchiligi tarixi o`z ildizlari
bilan asrlar qa’riga borib taqaladi va uch ming yildan ko`proq davrni o`z ichiga oladi.
Qadimiy Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon
madaniyatini rivojlantirishda yorqin iz qoldirgan. Istiqlol yillari mobaynida biz
o`zbek milliy davlatchiligimiz va huquqiy tizimimizni shakllantirishda butun bir
tarixiy davrni bosib o`tdik, davlat qurilishi va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida
tub burilishlar yasadik. Hayotimizning barcha sohalari: siyosat, iqtisodiyot,
ma’naviyat, madaniyatda dalil odimlar tashlanmoqda, o`zbek xalqining ezgu
niyatlari ushalmoqda. Mustaqil O`zbekistondagi barcha tub o`zgarishlar
O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug`aniyevich Karimov
yuritgan faol tashqi siyosat bilan ham kata ulushda bog`liqdir. “O`zbekiston
Respublikasining qonuniy yo`l bilan saylangan birinchi prezidenti I.A.Karimov
xizmatlari natijasida vatanimiz tarixini o`rganishda, vatan tarixshunosligi sohasida
bir qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning tashqi aloqalari yo`nalishini teran
o`rganish hozirgi paytda kun tartibidagi dolzarb masala hisoblanadi. Birinchi
prezidentimiz I.A.Karimovning chop etilgan har bir asarlarida vatanimiz tarixini
o`rganishning naqadar muhimligi bilan bir qatorda, u inson asos solgan do‘stona
tashqi siyosat asoslari aniq dalillar bilan yoritilgan. Shu sababli marhum
yurtboshimiz I.Karimovning merosi, uni abadiylashtirish masalasi yana bir dolzarb
vazifalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari huquqiy demokratik davlat va
fuqarolik jamiyatini o`rnatishda, faol diplomatik aoqalarni yo‘lga qo‘yishda
I.A.Karimovning rahbarlik faoliyatidagi o`rni juda beqiyosdir. I.A.Karimovning
“O`zbekiston kelajagi buyuk davlat1, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”2,
“Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik”3, “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida:
1 Каримов И А. Ўзбекистоннинг истиқлол ва тараққиёт йўли. – Тошкент: Ўзбекистон, 1992. 124-бет.
2 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 148-бет.
3 Каримов И. А. Жамиятимиз мафкура халқни–халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин. –Тошкент:
Ўзбекистон. 1998. 247-бет.
3
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”4 kabi va yana
boshqa bir qator asarlarida ushbu masalalar aniq yoritib berilgan.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Mustaqil O‘zbekistonda yuritilgan
tashqi aloqalar masalasi to`laqonli va sermazmun siyosiy jamoatchilik faoliyati
haqida xorijiy olimlar L.Levitin, D.S Karlayl, M.S. G`attorli, A.Ch. Kasayev, N.L.
Mishin va shuningdek, o`zbek mualliflari N.To`xliyev, A.Ibrohimov, A.Erkayev,
S.Xolboyev, Q.Radjabov, N.Quvvatov, Sh.Qobilov kabilarning asarlarida
ma’lumotlar mavjud. “Ayniqsa, taniqli sharqshunos olim S.Xolboyevning “Milliy
mustaqillik va taraqqiyotning o`zbek modeli” nomli salmoqli monografiyasida
I.A.Karimovning tashqi siyosat sohasidagi qarashlari tahlil qilingan5.
Leonind Levitin Islom Karimov faoliyatiga oid bo`lgan asari “Islom
Karimov – yangi O`zbekiston Prezidenti” asarida Karimovning faoliyatini o`rganish
sababini Avstriya Respublikasi federal kansleri Frans Vraniski so`zlari bilan
quyidagicha izohlaydi: “Sovet ittifoqi parchalanishi bilan O`rta Osiyo mintaqasi
chekkachekkalardan jahon hamjamiyati siyosiy manfaatlarining markaziga siljib
o`tdi. Mintaqaning yangidan tashkil topgan mamlakatlari: kommunizm merosidan
xalos bo`lish, bozor iqtisodiyoti, baquvvat infrastruktura, zamonaviy boshqaruv
apparatini yaratish zaruriyatlari singari katta muammolarga to`qnash keldi. Bir
vaqtning o`zida demokratiyani va huquqiy davlat prinsiplarini ularning ming yillik
tarixi bilan bog`langan holda hayotning barcha sohalarida mustahkamlash zarur. Bu
bir necha yil davomida hal etilishi mushkul bo`lgan ulkan va murakkab vazifalardir.
Prezident Karimov davlat rahbarlarining yangi avlodini o`zida boshqalardan ko`ra
tugalroq mujassam etgan. Kurs ishi shu jihati bilan Yevropa va butun dunyo uchun
nihoyatda muhim bo`gan mintaqaning nufuzli siyosiy arboblaridan birining yo‘lga
qo‘ygan faol tashqi siysoati va siyosiy istiqbollari bilan jamiyatning keng
qatlamlarini tanishtirgan holda axborot yetishmasligini to`ldiradi6.
Mavzuning maqsad va vazifalari: O`zbekistonning birinchi prezidenti
Islom
Karimov
rahbarlik
faoliyatining
jahon
hamjamiyatidagi
e’tirofi,
4 Каримов И.А. Юксак маънавият-энгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. 178-бет.
5 Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиётнинг ўзбек модели. – Т.: Ўқитувчи, 2015. 213-бет.
6 Левитин Л. Ислом Каримов – Янги Ўзбекистон президенти. – Т.: Шарк, 2008. 156-бет.
4
O‘zbekistonning xalqaro nufuzli tashkilotlarga qo‘shlishi va ular tarkibidagi faol va
do‘stona siyosat yuritishida bu shaxs ishtirokini va xizmatlarini ochib berish,
shunigdek, tashqi siyosatning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi yangi rivojanayotgan davlat
uchun qay darajada muhim ekanligini ochib berish kurs ishning maqsad va vazifasi
hisoblanadi.
Kurs ishning tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, to`rtta paragraf, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
5
I.1. Mustaqil Oʻzbekistonning BMTga qabul qilinishi, uning tarixiy ahamiyati
Birlashgan millatlar tashkiloti yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va
xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida
tashkil etilgan xalqaro tashkilot. Ushbu tashkilot 1945-yilda tuzilgan. BMTni barpo
etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining
Moskvadagi kengashida 1943-yilda, nizomi esa San-Fransisko konferensiyasida
1945-yilda qabul qilindi7.
BMT nizomiga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189
taga yetdi. BMTning doimiy ish oʻrni (shtab kvartirasi) New York hisoblanadi. BMT
nizomida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning
teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar
oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda
tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib
turadigan markaz hisoblanadi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin
koʻp oʻtmay 1992-yil 21-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh
Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi
koʻtarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi. BMTda Oʻzbekiston
Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning
Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti YUNESKOga
ham aʼzo boʻldi8.
Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga
muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 1993-yil sentabrda 48-sessiyasida BMT
tashkil etilganining 50 yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil oktabr), BMT
Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentabr) da soʻzlagan
nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro
tashkilotning XX asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro
7 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. T.: Akademnashr, 2019. 12-bet.
8 Каримов И. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 431-бет.
6
terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish, mintaqaviy
xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni
taʼminlash, jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy
tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi. Oʻzbekiston Respublikasi
BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad
va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda9.
Bugun yurtimizda BMTning oʻndan ortiq dasturi, jamgʻarmasi va agentligi,
jumladan, Taraqqiyot dasturi, Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha
tashkiloti YUNESCO, Aholi qatlamlari fondi YUNFPA, Xalqaro bolalar tashkiloti
YUNISEF, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti WHO, Giyohvand moddalar va
jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi YUNODC, OIV/OITS boʻyicha qoʻshma dasturi
YUNAIDS, Axborot va ijtimoiy aloqalar boʻyicha boʻlimi, Qochoqlar ishlari
boʻyicha Oliy Komissar boshqarmasi, Sanoat taraqqiyoti tashkiloti UNIDO,
Koʻngillilar dasturi UNV faoliyat olib bormoqda. Nyu-York va Jenevadagi BMT
qarorgohlarida Oʻzbekistonning doimiy vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston yangi suveren, mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga 1992-yil 2-martda a’zo bo‘ldi10.
Mamlakatimiz ushbu tarixiy voqeadan keyin o‘tgan vaqt mobaynida BMT
va uning turli sohalardagi ixtisoslashgan muassasalari bilan samarali hamkorlik qilib
kelmoqda. Xususan, xavfsizlikka qarshi zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi
kurashish, Afg‘onistonda barqarorlikka erishish va mamlakat iqtisodiyotini qayta
tiklash, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, ekologik muammolarni hal qilish,
xususan, Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, inson
huquqlarini himoya qilish va ilgari surish, turizmni rivojlantirish kabi ustuvor
masalalar ko‘p qirrali hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi11.
Toshkentda 1993-yildan buyon BMT vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda.
BMT Taraqqiyot dasturi BMTTD, Aholishunoslik jamg‘armasi BMTA, Bolalar
jamg‘armasi YUNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti JSST, Ta’lim, fan va
9 Левитин Л. Ислом Каримов – Янги Ўзбекистон президенти. – Т.: Шарк, 2008. 126-бет.
10 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 62-bet.
11 Каримов И. Янги уйни курмай туриб эскисини бузманг. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 121-бет.
7
madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO, Giyohvand moddalar va
jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi BMT, GMJB, Markaziy Osiyoda preventiv
diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (BMT,MOPDMM), Xalqaro mehnat
tashkiloti (XMT), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Migratsiya
bo‘yicha xalqaro tashkilot (MXT), shuningdek, Ko‘ngillilar dasturi O‘zbekistonda
“BMT oilasi”ni tashkil qiladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni
rivojlantirish tashkiloti (YuNIDO), Atrof-muhit bo‘yicha dasturi (YuNEP) va
Yevropa iqtisodiy komissiyasi (BMTEIK) ham BMT faoliyatiga o‘zining munosib
hissasini qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, Jahon banki BMTning mustaqil
ixtisoslashgan organi sifatida tuzilmaning mamlakatimizdagi ishiga salmoqli hissa
qo‘shmoqda12.
Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish
doirasida so‘nggi to‘rt yilda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasida yuqori darajadagi
siyosiy hamkorlik sezilarli faollashdi. Buni BMT Bosh Assambleya va
ixtisoslashgan tuzilmalaridagi O‘zbekiston ishtirokining jonlanganidan ham bilish
mumkin. BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish 2017-yil iyun oyida mamlakatimizga
tashrif buyurdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan
uchrashdi. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh kotibi bilan uchrashuvi, shuningdek,
2017-yil sentyabr oyida AQShning Nyu-York shahrida o‘tgan BMT Bosh
Assambleyasining 72-sessiyasi hamda Pekinda o‘tgan "Bir makon, bir yo‘l" ikkinchi
xalqaro forumi doirasida Prezidentimizning BMT Bosh kotibi bilan uchrashuvlari
bo‘lib o‘tdi. Ushbu muloqotlar natijasida O‘zbekiston – BMT hamkorligini
rivojlantirish bo‘yicha uchta amaliy chora-tadbirlar rejasi qabul qilindi va amalga
oshirilmoqda.
BMT
Bosh
Assambleyaning
72-sessiyasidagi
ishtiroki
mamlakatimizning xalqaro tashkilot bilan samarali va o‘zaro manfaatli
hamkorligida yangi davrni boshlab berdi. Ushbu tadbir davomida qator muhim
xalqaro tashabbuslar ilgari surilib, muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.
Hamkorlikdagi yangi muhit tufayli O‘zbekiston BMTning barcha sohalardagi
12 Левитин Л. Ислом Каримов – Янги Ўзбекистон президенти. – Т.: Шарк, 2008. 256-бет.
8
jarayonlarining faol ishtirokchisiga aylandi. Bu a’zo davlatlarning mamlakatimizga
bo‘lgan ijobiy munosabatida namoyon bo‘lmoqda13.
Xususan, so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh
Assambleyasi doirasida uchta rezolyutsiya ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu
haqiqatan O‘zbekiston diplomatiyasi uchun katta yutuqdir. Mamlakatimiz hozirgi
kunda ko‘p tomonlama hamkorlikning yangi ruhini qo‘llab-quvvatlagan holda, a’zo
davlatlar bilan birgalikda Bosh Assambleyaning yana bir muhim rezolyutsiyasi va
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasi qabul qilinishi ustida ish olib
bormoqda14.
O‘zbekiston qurolsizlanish va ularni tarqatmaslik sohasida barcha muhim
xalqaro shartnomalar, xususan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma,
Yadro sinovlarini har tomonlama taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma, Kimyoviy va
biologik qurollar to‘g‘risidagi konvensiya va boshqa xalqaro bitimlarga
qo‘shilgan.1993-yil O‘zbekiston tomonidan BMT Bosh Assambleyasi minbaridan
turib ilgari surilgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zonani barpo etish
bo‘yicha tashabbus yadro qurolini tarqatmaslik va mintaqaviy xavfsizlikni
mustahkamlashga qo‘shilgan muhim hissa bo‘ldi. Ushbu tashabbus bo‘yicha
shartnoma 2006-yil sentyabr oyida Semipalatinsk shahrida imzolandi. 2009-yil mart
oyida esa ushbu shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasining besh davlati tomonidan
ratifikatsiya qilingach, kuchga kirdi15.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida 2004-
yil may kuni tarixiy voqea sodir bo‘ldi – BMT tashkil etilganidan buyon ilk bor
yadro quroliga ega besh davlat – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Xitoy va
Rossiya vakillari bir vaqtning o‘zida va bir ovozdan muhim xalqaro hujjat –
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona barpo etish to‘g‘risidagi shartnomaga
Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokolni imzoladi. Shu tariqa Markaziy Osiyo
13 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 108-бет.
14 Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиётнинг ўзбек модели. – Т.: Ўқитувчи, 2015. 165-бет.
15 Каримов И. Янги уйни курмай туриб эскисини бузманг. – Т.: Ўзбекистон 2008. 211-бет.
9
mintaqasi sayyoramizning shimoliy yarim sharidagi yadro qurolidan xoli yagona
zonaga aylandi16.
16 Xalq so’zi gazetasi. // 1991. 2016. 07. 09. 28-son. 31-bet.
10
I.2. Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Xamdoʻstligidagi oʻrni va
mavqeiyining oshib borishi
MDH davlatlari bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish mamlakatimiz tashqi
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bu borada ushbu tashkilot tariximizda
muhim iz qoldirdi. Joriy yilda O‘zbekiston MDHga raislik qilishdek mas'uliyatli
vazifani ilk bor o‘z zimmasiga oldi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning MDHga raislik
davri pandemiya va uning salbiy oqibatlariga qarshi kurash sharoitiga to‘g‘ri
kelganini ta'kidlash joiz. Rejalashtirilgan tadbirlarning ko‘p qismi yangi noodatiy
sharoitlarda va onlayn formatlarda bo‘lib o‘tdi. Shunga qaramay, keskin vaziyatda,
har qanday sharoitda ham O‘zbekiston xalqaro majburiyatlarni bajarishda o‘ziga xos
salohiyatni namoyish etdi17.
Hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashga bag‘ishlangan 70 dan
ortiq muhim ko‘p tomonlama hujjatlarning qabul qilinishi MDHning ushbu davrdagi
samarali faoliyatidan dalolat beradi. SHu bilan birga, ushbu yil davomida qabul
qilingan hujjatlarning ko‘p qismi dasturiy xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turdi.
ya’ni, rejalashtirilgan tadbirlar aniq ko‘rsatilgan holda dasturlar, strategiyalar va yo‘l
xaritalari shaklida qabul qilindi18.
Yana bir jihat - O‘zbekistonning savdo-sotiq doirasidagi alohida sheriklar
bilan bu yilgi savdosi 20 foizdan oshdi. MDH doirasidagi O‘zbekiston faoliyatining
samarali ekanligi ekspertlarning yuqori bahosi bilan ham tasdiqlanadi. Ushbu davr
mobaynida O‘zbekiston MDH doirasida ikkita shartnomaga qo‘shildi. Bular 2006-
yil 28- noyabrda Minsk shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida
imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining gumanitar
hamkorlik bo‘yicha kengashi to‘g‘risidagi bitim; 2008-yil 10-oktyabrda Bishkek
shahrida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida imzolangan Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining hududlararo va chegara oldi
hamkorligi bo‘yicha kengashi to‘g‘risidagi bitim. MDH doirasidagi ushbu yangi
kelishuvlarga qo‘shilish mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
17 Bo’riyev O. O’zekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning tarixiy merosi. – T.: O’zbekison, 2010. 225-bet.
18 Каримов И. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 31-бет.
11
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining yoshlar bilan ishlash sohasida
hamkorlik to‘g‘risidagi bitimiga O‘zbekistonning qo‘shilishi to‘g‘risida farmonni
imzoladi. Ma'lumki, O‘zbekiston BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi
konventsiyani qabul qilish tashabbusini ilgari surgan edi. Joriy yilda ushbu
konventsiya loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yoshlar huquqlari bo‘yicha
Samarqand veb-forumi bo‘lib o‘tdi. MDHning yoshlar bilan ishlash sohasidagi
hamkorlik to‘g‘risidagi bitimiga qo‘shilish davlatimizning yoshlar huquqlarini
ta'minlash borasidagi sa'y-harakatlarining mantiqiy davomi hisoblanadi19.
Ushbu davrning eng muhim natijasi MDHning 2030-yilgacha bo‘lgan davr
uchun iqtisodiy rivojlanish strategiyasining qabul qilinishi bo‘ldi20.
MDH davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining videokonferentsiya orqali
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida MDHning 2030-yilgacha bo‘lgan davrda
iqtisodiy rivojlanish strategiyasi loyihasi muhokama qilindi, keyinchalik strategiya
MDH hukumatlari rahbarlari tomonidan ma'qullandi. Strategiya keng qamrovli
hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjatda hozirgi paytda “global iqtisodiyot yuqori
turbulentlik va noaniqlik bilan ajralib turishi” ta'kidlangan. Strategiya ishtirokchi
davlatlar o‘rtasida iqtisodiy o‘zaro aloqalarning 30 dan ortiq yo‘nalishlari bo‘yicha
o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, milliy iqtisodiyotlarning
raqobatbardoshligi va Hamdo‘stlik mamlakatlari fuqarolari farovonligini oshirishni,
uning
ishtirokchi-davlatlarining
jahon
iqtisodiy
aloqalarida
mavqeini
mustahkamlashni nazarda tutadi. Strategiyani amalga oshirish ikki bosqichga
bo‘lingan rejalar asosida amalga oshiriladi21.
MDHga raislik nafaqat O‘zbekistonning imiji va obro‘sini mustahkamladi,
davlatimizning ishonchli xalqaro sherik sifatida yuqori salohiyatini namoyish etdi,
balki MDH maqomini mustahkamlashga ham hissa qo‘shdi. Jumladan, BMT Bosh
Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini qabul qilishda muhim qadam bo‘ldi.
19 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 126-bet.
20 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 176-бет.
21 Левитин Л. Ислом Каримов – Янги Ўзбекистон президенти. – Т.: Шарк, 2008. 131-бет.
12
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘rtasidagi
hamkorlik maxsus rezolyutsiyasi Nyu-Yorkdagi (AQSH) Birlashgan Millatlar
Tashkilotining shtab-kvartirasida qabul qilindi22.
O‘zbekistonning ushbu tashabbusi nafaqat MDH a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro
aloqalarni kuchaytirishga, balki, MDHni global darajada mustahkamlashga ham
hissa qo‘shdi. MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida davlatimiz rahbari
O‘zbekistonning MDHdagi raisligi yakunlarini sarhisob qilib, kelajakja o‘zaro
hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan bir qator tashabbuslarni ilgari
surdi. Jumladan, iqtisodiy sohada quyidagi chora-tadbirlarni taklif etdi: Hamdo‘stlik
doirasida “yashil” va soddalashtirilgan yo‘laklar amaliyotini amalga oshirish,
elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha yagona platformani ishga tushirish va “Yo‘l
xaritasi” ni qabul qilish; sanoat kooperatsiyasining keng qamrovli dasturini ishlab
chiqish ijtimoiy sohada: sanitariya-epidemiologiya tusdagi favqulodda vaziyatlarni
monitoring qilish va ularga barvaqt javob qaytarishning samarali tizimini
shakllantirish;har yili ommaviy sport va madaniy tadbirlarni tashkil etgan holda
“MDH salomatlik marafoni”ni o‘tkazish.huquqiy sohada: huquqiy axborot
almashish uchun MDHning yagona elektron platformasini yaratish va
radikallashuvdan qaytarish sohasidagi hamkorlik dasturini ishlab chiqish; inson
huquqlari sohasida: mehnat migrantlarining hujjatlarini o‘zaro tan olishning yagona
mexanizmini yaratish va bu sohada alohida dastur qabul qilish; madaniyat sohasida:
Toshkentda “Hamdo‘stlik mamlakatlari madaniy merosi” konferentsiyasini
o‘tkazish. Ushbu tashabbus BMT Bosh Assambleyasining BMT doirasida ilgari
surilgan Xiva shahrida YUNESKO bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo jahon
tsivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro forumini o‘tkazish to‘g‘risidagi yana bir
tashabbusini mukammal tarzda to‘ldiradi. Ikkala tashabbus ham xalqaro miqyosda
O‘zbekistonning madaniy aloqalarini mustahkamlashga hissa qo‘shadi. Shunday
qilib, O‘zbekiston MDHga raislik qilish kontseptsiyasini to‘liq amalga oshirdi.
22 Каримов И. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 43-бет.
13
MDH doirasida ilgari surilgan O‘zbekistonning yangi tashabbuslari mintaqaviy
hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi23.
23 Левитин Л. Ислом Каримов – Янги Ўзбекистон президенти. – Т.: Шарк, 2008. 144-бет.
14
II. 1. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan qardoshlik
munosabatlarining yanada rivojlanishi
Oʻzbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida,
mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yoʻlga qoʻyib, xorijiy hamkorlar
bilan oʻzaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va
konstruktiv tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham eʼtirof
etmoqda. Jahon boʻylab tarqalgan koronavirus infeksiyasi va global darajadagi
inqirozli xavf-xatarlar davrida ham mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik
taʼminlanib, mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini
davom ettirishga alohida eʼtibor qaratildi24.
Maʼlumki, Oʻzbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri
– oʻz hududi atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish
hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, Prezident Shavkat Mirziyoyev qoʻshnilarimiz –
Markaziy Osiyo davlatlari bilan doʻstona, yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli
aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yoʻnalish
sifatida belgilab berdi. 2020-yil – “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili” Davlat dasturi doirasida Oʻzbekiston ochiq va pragmatik tashqi
siyosiy faoliyatini, jumladan, Markaziy Osiyo yoʻnalishida ham izchil davom ettirdi.
Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda oʻzaro
doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va
mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida 2020-yil davomida tashqi
siyosiy va iqtisodiy faoliyat boʻyicha davlat idoralari tomonidan 23 ta oliy darajada
va 12 ta yuqori darajada tashrif va turli tadbirlar amalga oshirildi25.
Bu jarayonda “xalq diplomatiyasi” amalda juda faol boʻlgani kuzatildi.
Xususan, xalq vakillari – olimlar va rassomlar, madaniyat va din arboblari,
ishbilarmonlar va yoshlar, turizm va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari va
nodavlat tashkilotlar ishtirokida 90 dan ortiq turli uchrashuv, anjuman,
videokonfrensiya va boshqa shu kabi tadbirlar oʻtkazildi. Qayd etish joizki, soʻnggi
24 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 328-бет.
25 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 132-bet.
15
yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari qoʻshni davlatlar rahbarlari
tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi natijasida Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot va
oʻzaro
ishonch
mustahkamlandi.
Davlat
rahbarlarining
Maslahatlashuv
uchrashuvlari yoʻlga qoʻyildi. Natijada mintaqadagi ikki va koʻp tomonlama
hamkorlik darajasi yangi bosqichga koʻtarildi. Xususan, 2017-2019-yillar davomida
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik oʻrtacha 50 foizdan
koʻproqqa oʻsib, 5,2 milliard dollarga yetgan. 2020-yil natijalariga koʻra esa, global
pandemiya sharoitiga qaramay Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan
savdo aylanmasining umumiy hajmi 5 milliard dollarni tashkil etdi. Jumladan,
Oʻzbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining
ulushi 2019-yildagi 12,4 foizdan, 2020-yilda 13,6 foizga oshgan26.
Oʻzbekistonning mintaqadagi umumiy tashqi savdo aylanmasida esa
Qozogʻistonning ulushi 61 foiz, Qirgʻiziston – 18,2 foiz, Turkmaniston – 10,6 foiz
va Tojikistonning ulushi 10,2 foizni tashkil etdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari
oʻrtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarning mana shunday yaxshilanishi, umuman
aytganda, mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam berdi.
Xususan, 2017-2020-yillar oraligʻida Oʻzbekiston va mintaqa mamlakatlari
oʻrtasida 300 dan ortiq shartnoma, shuningdek, qariyb 75 milliard dollarga teng
shartnoma va bitimlar imzolangan27.
Oʻzbekistonning
Markaziy
Osiyo
mamlakatlariga
nisbatan
ochiq,
konstruktiv, puxta oʻylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan foydalanish,
Oʻzbekiston va qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegaralarini delimitatsiya va
demarkatsiya qilish, transport kommunikatsiyalaridan foydalanish, davlat
chegaralarini kesib oʻtish kabi murakkab va chalkash muammolarga yechim topildi.
Agar besh yil oldin Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegarasini kuniga 200-300
kishi kesib oʻtgan boʻlsa, global pandemiya taʼsirida joriy qilingan cheklovlarga
qadar bu koʻrsatkich kuniga 30 ming kishiga yetgan. Oʻzbekiston – Tojikiston
chegarasini esa kuniga 20 ming fuqaro kesib oʻtgan. Oʻzbekistonning Markaziy
26 Bo’riyev O. O’zekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning tarixiy merosi. – T.: O’zbekison, 2010. 164-bet.
27 Каримов И. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 231-бет
16
Osiyo mamlakatlariga nisbatan olib borayotgan ochiq va konstruktiv siyosati
naqadar toʻgʻri ekanini global pandemiya davrida mintaqa rahbarlarining oʻzaro
yordam va koronavirus tarqalishi oqibatlarini yumshatish boʻyicha amalga oshirgan
qoʻshma chora-tadbirlari ham isbotladi. Global pandemiya xavfiga qaramay,
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining doimiy muloqoti taʼminlandi va
mamlakatlar oʻrtasida faol hamkorlik aloqalari davom ettirildi. Mintaqa davlatlari
koronavirus infeksiyasi tarqalishining dastlabki kunlaridanoq bir-birlariga ijtimoiy
yordam koʻrsatishni boshladilar28.
Oʻzbekiston Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikistonga bir necha bor
gumanitar yordam yubordi. Bunga javoban Qirgʻiziston va Tojikiston singari
qoʻshnilarimiz Sardoba suv omborini tiklash uchun insonparvarlik yordamini
koʻrsatdilar. Shuningdek, 2020-yilning dekabr oyida Oʻzbekiston koʻmagi bilan
Qirgʻizistonda zarur tibbiy jihozlar va mebellar bilan toʻliq jihozlangan 200 oʻrinli
yuqumli kasalliklar shifoxonasi foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari,
pandemiya davrida koronavirusga qarshi kurashda tibbiyot sohasida axborot va
tajriba almashinuvi, oʻzaro gumanitar yordam koʻrsatish, chegaralarda yuklarning
uzluksiz harakatlanishini yoʻlga qoʻyishga erishildi. Bu esa mintaqada dunyoning
boshqa davlatlariga nisbatan koronavirus bilan kasallanish va uning natijasidagi
oʻlim sonining kamligini taʼminlash imkonini berdi. Qolaversa, joriy yil yanvar
oyida Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari AQSH bilan hamkorlikda mintaqada
iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiladigan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash
uchun besh yil ichida kamida 1 milliard dollarga teng mablagʻlarni jalb etish
maqsadida “Markaziy Osiyo investitsiyaviy sherikligi” tashabbusini yoʻlga qoʻydi.
“C5+1” platformasi orqali amalga oshirilayotgan ushbu tashabbus Markaziy Osiyo
mamlakatlari iqtisodiyotini mustahkamlash va oʻsishini taʼminlash, koʻp tomonlama
aloqalarni chuqurlashtirishga xizmat qiladi29.
II.2. Mustaqil Oʻzbekistonning Yevropa davlatlari bilan doʻstona tashqi
aloqalari
28 Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиётнинг ўзбек модели. – Т.: Ўқитувчи, 2015. 218-бет.
29 Xalq so’zi gazetasi. // 1991. 2016. 07. 09. 16-son. 11-bet.
17
Mamlakatimiz keyingi yillarda chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va
amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish, xorijiy davlatlar bilan doʻstona hamda oʻzaro
manfaatli munosabatlarni rivojlantirish borasida muhim natijalarga erishmoqda. Bu
jarayonda, ayniqsa, Yevropaning bir qator davlatlari bilan oʻzaro manfaatli
hamkorlik sezilarli darajada mustahkamlandi. BMT, YEXHT, SHHT, IHT va
boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik munosabatlari sifat jihatidan
yangi bosqichga koʻtarildi30.
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni oʻz
tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb biladi. Soʻnggi yillarda
Oʻzbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari
jadal surʼatlarda rivojlanib borishi natijasida oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi
davri boshlandi, deb aytsak boʻladi. Prezidentimizning Fransiya (2018-yil oktyabr),
Germaniya (2019-yil yanvar) va Turkiyaga (2017-yil oktyabr va 2020-yil fevral)
rasmiy tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari boʻyicha siyosiy, savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga
erishildi. Oʻz navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019-yil may)
va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻan (2018-yil aprel) mamlakatimizga
javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz31.
Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi
davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har
tomonlama ishlar olib borilmoqda.Soʻnggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya,
Germaniya, Buyuk Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya,
Fransiya, Shveysariya, Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi
mamlakatlari Tashqi ishlar vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv
oʻtkazildi.Biz soʻnggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi
muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh boʻldik. Xususan,
2019-yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba
Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik
30 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 182-bet.
31 Bo’riyev O. O’zekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning tarixiy merosi. – T.: O’zbekison, 2010. 221-bet.
18
siyosati boʻyicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017-yil
noyabr va 2018-yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi. 2020-yilning aprel
oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel
oʻrtasida telefon muloqoti oʻtkazildi32.
Tashqi ishlar vaziri A. Komilov YEIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati
boʻyicha oliy vakili, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel
(2020-yil yanvar oyida Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta
suhbatlashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi
siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda koʻp
qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Mazkur muzokaralar
chogʻida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo, innovatsiya va investitsiya, transport,
ilm-fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni
kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi33.
Shu oʻrinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yoʻnalishda
hamkorlikni sezilarli tarzda oʻsib, rivojlanib borayotganini alohida taʼkidlab oʻtish
lozim. Jumladan, 2019-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston va YEI mamlakatlari
oʻrtasidagi savdo hajmi 2016-yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz oʻsib, 4 milliard
AQSH dollarini tashkil etdi34.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish
1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSH dollari miqdoriga yetgan boʻlsa, bu
davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42 milliard dollarni tashkil etdi. Joriy yil
yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard dollarni, shu jumladan,
eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni tashkil etdi35.
Oʻzaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga koʻtarish
maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel oʻrtasida yangi keng qamrovli ikki
tomonlama hujjat Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish
boʻyicha 2019-yildan boshlab faol muzokaralar oʻtkazilmoqda.Yevropa Ittifoqi
32 Левитин Л. Ислом Каримов – Янги Ўзбекистон президенти. – Т.: Шарк, 2008. 126-бет.
33 Каримов И. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 114-бет.
34 Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 213-бет.
35 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 423-bet.
19
bilan koʻp jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat qilayotgan mazkur yoʻnalishga,
asosan, 2017-2021-yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida
Oʻzbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar tufayli erishildi.Soʻnggi yillarda
Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy dinamikasi, shuningdek,
Oʻzbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini
mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha masalalarni hal etishga
qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga nisbatan siyosatini
mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta koʻrib chiqdi.Bularning
barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan (2019-yil iyun
oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon boʻldi. Yevropa tomonining
pozitsiyasiga koʻra, Yevropa Ittifoqi va unga aʼzo davlatlar Markaziy Osiyoning
siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa oʻrtasidagi
integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir. Mintaqamizdagi
barqaror vaziyatni eʼtirof etgan holda, rasmiy Toshkent tomonidan ilgari surilgan
yaxshi qoʻshnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta “Italiya –Markaziy Osiyo”
formatidagi vazirlar uchrashuvini 2013-yil dekabrda oʻtkazdi. Oʻz navbatida,
Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida rasmiy Parij ham shu
singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga qaror qildi. 2012-yilning
aprel va iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari –
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi savdo komissari
F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida uchrashuvlar oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston va YEI oʻrtasida kengaytirilgan sherikchilik va
hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi boʻyicha kelishish jarayonini faollashtirish
borasida kelishuvga erishildi36.
Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 4-
yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga,
shuningdek, Oʻzbekistonning YEI “PBT+” imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat
maqomini olishi jarayoniga alohida eʼtibor qaratildi.Taʼkidlash kerakki, bugungi
kunda COVID-19ning global miqyosda tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga
36 Холбоев С. Миллий мустақиллик ва тараққиётнинг ўзбек модели. – Т.: Ўқитувчи, 2015. 178-бет.
20
salbiy taʼsiri sharoitida Yevropa Ittifoqi uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish
uchun Oʻzbekistonga 30 million yevrodan koʻproq mablagʻ ajratishga qaror
qildi.Bundan tashqari, BMT shafeligida Oʻzbekistonning Orolboʻyi mintaqasi
uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5
million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSH dollari va Finlyandiya 1 million yevro
miqdorida mablagʻ ajratdi.Yevropa Ittifoqining Oʻzbekiston Respublikasi uchun
2014 – 2020-yillarga moʻljallangan begʻaraz yordami toʻgʻrisidagi koʻp yillik
indikativ dasturi doirasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga
oshirish uchun qariyb 168 million yevro mablagʻ ajratildi.Shu bilan birga, biz
Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati tomonidan
Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha olib borayotgan
xalqaro maydondagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdormiz37.
Oʻzbekiston uchun qoʻshni davlatda uzoq kutilgan tinchlikni oʻrnatish
ustuvor ahamiyatga egadir. Biz Yevropa bilan ikki va koʻp tomonlama istiqbolli
munosabatlarni davom ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori
texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, taʼlim, ekologiya, sogʻliqni saqlash va
madaniyat
sohalaridagi
hamkorlik,
shuningdek,
mintaqaviy
xavfsizlikni
mustahkamlash
Oʻzbekiston
–Yevropa
munosabatlarining
asosiy
ustuvor
yoʻnalishlari hisoblanadi38.
Mamlakatimizning milliy manfaatlariga javob beradigan hamda yaqin va
uzoq xorijiy davlatlar bilan aloqalarni kengaytirishga qaratilgan faol, ochiq,
pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosiy yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha
muayyan natijalarga erishildi.Muhtaram Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston
strategiyasi” asarida “Mamlakatimizning tashqi siyosat sohasidagi muhim ustuvor
yo‘nalishi dunyoning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlari bilan strategik
sheriklik hamda hamkorlikning muvozanatlangan tizimini shakllantirishdan iborat”
ekanligi ta'kidlandi.Barchamizga ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis
Qonunchilik palatasining 2022-yil 24-iyundagi qarori bilan “O‘zbekiston
37 Каримов И. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т.: Ўзбекистон, 2008. 213-бет.
38 Shamsutdinov R., Mo’minov X. O’zbekiston tarixi. – T.: Akademnashr, 2019. 154-bet.