MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOTI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
6
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
79,7 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,
FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MUSTAQIL O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA
MADANIY TARAQQIYOTI
Toshkent-2023
1
Mundarija
Kirish………………………………………………………………………………….…3
I Bob.O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin ma’naviy va madaniy qadriyatlarning
tiklanishi………………………...……………………………………………………....5
I.1. Milliy qadriyat va bayramlarning qayta tiklanishi…………………………….…….5
I.2. Tarixiy qahramonlar va buyuk ajdodlar merosining tiklanishi …………………..12
II Bob. Mustaqil O‘zbekistonda madaniy hayotning davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilishi………………………………………………………………...…. ……..18
II.1.Yurtmizdagi madaniy va ma’naviy yodgorliklarning xalqaro miqyosda tan
olinishi…………………………………………………………………………………18
II.2.Ma’naviy qadriyatlar va madaniy meroslar nomining abadiylashtirilishi………....24
Xulosa…………………………………………………………………………………..27
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………....28
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik sharoitida ma’naviy islohotlar zamirida
madaniy-ma’rifiy muassasalar faoliyati tubdan o‘zgardi. Yangi mazmun kashf etib,
kamol topdi. Mustaqillik sharoitida esa madaniy-ma’rifiy muassasalar xalqning ma’naviy
ehtiyojini qondirish, milliy an’analarni tiklash, xalq ijodini ravnaq toptirish, yangi milliy
mafkurani targ‘ib etish maskaniga aylandi. Mustaqillik tufayli respublikamizda milliy-
ma’naviy tiklanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgandan so‘ng, madaniy-ma’rifiy
muassasalar va ma’naviy meros yodgorliklari xalq ma’naviy rivojlanishi yo‘lida xizmat
qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, madaniy-ma’naviy
qadriyatar va an’analar va milliy masalalar bilan shug‘ullanish asosiy sohalardan biri
bo‘lib, madaniy an’analar, bayramlar va urf-odatlar komil insonni tarbiyalashda munosib
xissa qo‘sha oladigan omillardan bo‘lgani sababli, bu mavzu o‘rganilishi jihatdan doim
dolzarb va ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Mustaqillik yillarida tarix faniga e’tibor
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi
birinchi prezidenti I.A. Karimov tashabbusi bilan Vatan tarixini mustaqillik ruhi bilan
boyitish va uni xalqqa yetkazish borasida juda kata miqyosli ishlar amalga oshrildi.
Buyuk Ipak Yo‘li chorraxasida joylashgan yurtimiz geografik muhim nuqtada
joylashganligi va uning ijodkorlikka moyil xalqi turmushi davomida boy tarixiy ildizga
ega madaniyat va ma’naviy turmush tarzi vujudga kelib, shakllanib bordi. Jamiyat
taraqqiyotida ijtimoiy-iqtisodiy sohlalar bilan bir qatorda madaniyat sohasi ham yuksak
ahamiyatga ega. Shu sababli uning rivojlanish yo‘nalishlarini chuqur o‘rganish va ilmiy
tahlil etish zarur. Madaniy-ma’naviy hayotni o‘rganish tadqiqotchilarning diqqat
markazida bo‘lib kelayotgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Madaniy va ma’naviy
turmushning shakllanishi va rivojlanishi borasida butun bir ijtimoiy iqtisodiy
formatsiyalar tarixi gavdalanadi1.
Mavzuning obekti va predmeti: Kurs ishining asosiy obekti madaniy-ma’naviy
hayotda muhim o‘rin ttgan qadriyatlar, an’analar, bayram va marosmlar, shu jumladan
tariximizdagi buyuk ajdodlar va allomalar nomini oqlash hamda ularnng nomini
1 Каримов И.А., Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 148-б.
3
abadiylashtirish masalalari hisoblanadi. Predmeti esa madaniy va ma’naviy sohani xalqni
komil shaxs sifatida shakllantirish jarayonidagi qo‘shgan katta xissasini o‘rganishdan
iborat.
Mavzuning maqsad va vazifalari: Kurs ishning maqsadi madaniyat va
ma’naviyat sohalarining bugungi kun hayoti va axoli turmushidagi o‘rni, shuningdek
uning tarixiy mustaham ildizlarni ochib berish va tahlil qilish. Ushbu aqsaddan kelib
chiqib, quyidagi vazifalar belgilandi: mustaqil O‘zbekistonda madaniy va ma’naviy
sohalarning davlat rivojidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish va uni yoritish,
xalqnimizning ijtimoiy-madaniy tarixi davomida umuman jahon miqyosida madaniy
hayotning davlat miqyosidagi tasirini o‘rganish.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mavzuga oid qator muhim ahamiyatga ega
tadqiqotlar amalga oshirilgan. Ushbu mavzuga oid adabiyotlar tahliliga to‘xtalsak, ular
ko‘proq mustaqillik davrida o‘zbek milliy madaniyatidagi islohotlar va bu madaniyat
jarayonlarda amalga oshirilgan muhim islohot va yangiliklarni o‘zida aks ettiradi. Ularga
misol:
Alimasov
V.A.
muallifligidagi
“O‘zbekiston
Respublikasining
bozor
munosabatlariga o‘tish sharoitida madaniy-ma’rifiy muassasalar rivojlanishinin o‘ziga
xos xususiyatlari”, Bekmurodov M. “Tashkilot madaniyati va rahbar ma’naviyati” asari ,
Murodov M., Maxmudova K. “O‘zbek folklor etnografik ansambllari” asari, Yo‘ldosheva
S. “Folklor etnografik jamoalari uslubiyati” asarlari shular jumlasidandir. Mustaqllik
yillarida yangi uslubiy yondoshuvlarning shakillanishi davrida yozilgan asarlar2 va
darsliklar3,
risolalar4,
turli
to‘plamlar5,
hamda
doktorlik
va
nomzodlik
dissertatsiyalarining ilmiy-nazariy, manbaviy asoslari va mazmunida yaqqol namoyon
bo‘ldi.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob, 4 ta paragraf, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
2 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). – T.: Sharq, 2009. 256-bet.
3 Rajabov Y.R. O‘zbekiston tarixi (1917-1993-yillar) – T.: O‘qituvchi, 2007. 232-bet.
4 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. – T.:
Sharq, 1996. 322-bet.
5 Ziyoyev H. O‘zbekiston mustaqilligi uchun kurashlar tarixi (miloddan oldingi asrlardan 1991-yil 31-avgustgacha). – T.:
Sharq, 2001. 447-bet.
4
I BOB.O‘zbekistonda mustaqillikdan keyin ma’naviy va madaniy qadriyatlarning
tiklanishi
I.1. Milliy qadriyat va bayramlarning qayta tiklanishi
Mustaqillik yillarida ma`naviy-ma`rifiy hayot O`zbеkiston Rеspublikasida
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma`naviy mеrosimizni, madaniy
qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yеtkazish borasida kеng ko`lamda faoliyat
olib borilmoqda. Ma`naviyatning mohiyati shunchalik kеngki, uni o`lchab ham, poyoniga
еtkazib ham bo`lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir. Jamiyatimiz hayotida ma`naviy
kamolotni tеzlashtirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, milliy qadriyatlarni
o`rganish mustaqillikni mustahkamlashning asosiy vazifalaridan biridir6.
Uzoq ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik
tarixi eng avvalo ma`naviyat-ma`rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi
bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu azaliy an`anaga mustaqillik yillarida ham alohida
e`tibor berilishi juda ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiqlolning dastlabki
davrlaridanoq madaniyatning metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar mustabid
tuzimi davrida madaniyatning asosiy vazifasi jamiyat a`zolarining kommunistik mafkura
va soxta g‘oyaga e`tiqodini mustahkamlashga safarbar etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning
maqsadi tamomila o‘zgardi7.
Eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma`naviy-ma`rifiy omillarga
nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma`naviy-ma`rifiy islohotlar davlat
siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi. Joylarda ma`naviyat bilan bog‘liq
shularning amalga oshirilishi uchun butun mas`uliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar,
tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat
kasb etdi. Ma`naviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin
ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Ma`naviyati yuksak millat va
davlatnigina kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana
boshlandi. Istiqlol davri O‘zbekiston jamiyati ma`naviyatining eng muqaddas
6 Alimova Sh.X. Madaniy-ma’rifiy faoliyat asoslari. – T.: Sharq, 2007. 3- bet.
7 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. –
T.: Sharq, 1996. 31-bet
5
maqsadlaridan biri kelajakni ma`naviy jihatdan mustahkamlovchi jamoatchilik fikri
shakllandi8.
Istiqlol davrida ma`naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan
holiligi. O`zbekiton Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 1992-yil 7-martidagi
Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshida Din ishlari
bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. 27-mart kuni I.Karimovning “Ro‘za Xayitini dam olish
kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida” Farmon e’lon qilindi. 1992-yildan boshlab har yili
mamlakatimizda ro‘za xayiti umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.
SHuningdek, qurbon xayiti ham yurtimizda dam olish kuni va bayram qilib
nishonlanadigan bo‘ldi9.
Eng muhimi, xalqimiz o‘z tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida
har yili muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish sharafiga muyassar bo‘lmoqda. 1995-
yil 19-mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Toshkentda
xalqaro islom tadqiqot Markazi tashkil etildi. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ko‘p
millatli xalqlarning madaniy taraqqiyoti, ularning o‘zliklarini anglash jarayonlariga
bo‘lgan intilishlarini qonuniy-huquqiy asosda qondirish masalalari ham mamlakat
hukumati oldidagi eng muhim vazifalardan biri bo‘ldi. Shu o‘rinda 1989-yili madaniyat
vazirligi huzurida respublika millatlararo madaniy markazning tashkil etilishini alohida
ta`kidlash lozimdir. Agarda 1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda 12 ta milliy-
madaniy markaz faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni 80 dan
ortdi.
Mustaqillik
yillarida
milliy-madaniy
markazlar
faoliyati
ustidan
muvofiqlashtiruvchi ishlarning ko‘lami ham ortdi va 1992- yil yanvar oyida hukumat
qarori bilan Respublika Baynalmilal Madaniy markazi tashkil etildi. Shuning uchun ham
O‘zbekiston hukumati madaniyatdagi milliylik va baynalmilallik nisbatini saqlashga
muhim vazifa sifatida munosabatda bo‘la boshladi. Ayni paytda 130 ga yaqin millat va
elat yashayotgan O‘zbekistonda har bir millat ravnaqi, uning barqaror taraqqiyoti,
xavfsizligi va yashash kafolotlariga har qanday tahdidlarning oldini olish, u yoki bu
millatga mansub kishilar guruhining xudbinlik kayfiyatlarini muqarrar tarzda boshqa
8 Каримов И.А., Миллий истиқлол мафкураси халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Тошкент:
Ўзбекистон, 2000. 176-б.
9 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). – T.: Sharq, 2009. 291-bet.
6
millat, xalq imkoniyatlarini zo‘ravonlik va zug‘um bilan chegaralab qo‘yadigan davlat
siyosatining ishlab chiqilishi bu boradagi amaliy ishlarning samarasini oshirdi10.
10 Bekmatov A., Rustamova R. Milliy g‘oya targ‘iboti va madaniy-ma’rifiy tadbirlar. – T.: Ma’naviyat, 2008. 271-bet.
7
I.2. Tarixiy qahramonlar va buyuk ajdodlar merosining tiklanishi
Yurtimizda ma’naviy merosni tiklashga bag‘ishlab amalga oshirilgan ulkan
ishlardan biri Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik, Imom Ismoil al-Buxoriyning 1220
yilligi hamda Amir Temurning 660 yilligi yubileylari tantanalarini nishonlash, ularning
faoliyatini va ijodini to‘liq yoritib xalqimizga bayon etish hamda nomlarini
abadiylashtirish bo‘ldi. Hukumatimiz qarori bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon
qilindi. Amir Temurning yubiley tantanalari nafaqat O‘zbekistonda balki xalqaro
miqyosda ulkan ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Amir Temurning hayoti, faoliyatiga doir
bir necha o‘nlab asarlar yaratildi. O‘zi tug‘ilgan Shaxrisabzda hamda Toshkentning
markazida ulkan haykali o‘rnatildi. Shuningdek, nihoyatda xashamatli tarzda Temuriylar
muzeyi binosi qad ko‘tardi. Amir Temur nishoni ta’sis etildi. Bu qilingan ishlar shuni
bildiradiki, mustaqillik sharofati bilan ko‘plab haqiqatlar yuzaga chiqmoqda, ya’ni,
shulardan eng yirigi - sho‘rolar davrida g‘irt bosqinchi, kallakesar, gazanda degan nomlar
bilan niqoblanib kelingan Amir Temur nomi o‘zining haqiqiy yirik tarixiy shaxs,
intizomli iqtidorli hukmdor, etuk sarkarda, bunyodkor, yirik, markazlashgan turkiy davlat
asoschisi degan haqiqiy obro‘-e’tibori va mavqeini topdi11.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot uzoq
ming yilliklar tarixi shundan dalolat beradiki, o‘zbek milliy davlatchilik tarixi eng avvalo
ma`naviyat-ma`rifatning jamiyat hayotida muhim o‘rin egallaganligi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Ushbu azaliy an`anaga mustaqillik yillarida ham alohida e`tibor berilishi juda
ahamiyatli bo‘ldi. Qayd etish lozimki, istiqlolning dastlabki davrlaridanoq madaniyatning
metodologiyasi o‘zgardi. Agarda, sho‘rolar mustabid tuzimi davrida madaniyatning
asosiy vazifasi jamiyat a`zolarining kommunistik mafkura va soxta g‘oyaga e`tiqodini
mustahkamlashga safarbar etish bo‘lsa, istiqlol davrida uning maqsadi tamomila
o‘zgardi.Eng avvalo, mamlakat hukumati, Prezidentning ma`naviy-ma`rifiy omillarga
nisbatan munosabati shakllandi. Jumladan, ma`naviy-ma`rifiy islohotlar davlat
siyosatining asosiy ustivor yo‘nalishi, deb hisoblandi.Joylarda ma`naviyat bilan bog‘liq
shularning amalga oshirilishi uchun butun mas`uliyatning hokimlar, vazirliklar, idoralar,
tashkilotlarning birinchi rahbarlari zimmalariga yuklatilishi juda katta ijtimoiy ahamiyat
11 Alimova Sh.X. Madaniy-ma’rifiy faoliyat asoslari. – T.: Sharq, 2007. 73- bet.
8
kasb etdi. Manaviyati yuksak millat va davlatning kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin
ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana boshlandi. Ma`naviyati yuksak millat va
davlatnigina kelajagi buyuk bo‘lishi mumkin ekanligi to‘g‘risidagi ijtimoiy fikr shakllana
boshlandi12.
Istiqlol davri O‘zbekiston jamiyati ma`naviyatining eng muqaddas maqsadlaridan
biri kelajakni ma`naviy jihatdan mustahkamlovchi jamoatchilik fikri shakllandi. Istiqlol
davrida ma`naviyatning har qanday siyosiy hukmron mafkuralardan holiligi. O`zbekiton
Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 1992-yil 7-martidagi Farmoni bilan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
tashkil etildi. 27 -mart kuni I.Karimovning “Ro‘za Xayitini dam olish kuni deb e’lon
qilish to‘g‘risida” Farmon e’lon qilindi. 1992 -yildan boshlab har yili mamlakatimizda
ro‘za xayiti umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. SHuningdek, qurbon
xayiti ham yurtimizda dam olish kuni va bayram qilib nishonlanadigan bo‘ldi. Eng
muhimi, xalqimiz o‘z tarixida birinchi marta bevosita hukumat yordamida har yili
muqaddas Haj va Umra amallarini ado etish sharafiga muyassar bo‘lmoqda. 1990- yil 19-
mayda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori bilan Toshkentda xalqaro
islom tadqiqot Markazi tashkil etildi13.
O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan ko‘p millatli xalqlarning madaniy
taraqqiyoti, ularning o‘zliklarini anglash jarayonlariga bo‘lgan intilishlarini qonuniy-
huquqiy asosda qondirish masalalari ham mamlakat hukumati oldidagi eng muhim
vazifalardan biri bo‘ldi. Shu o‘rinda 1989-yili madaniyat vazirligi huzurida respublika
millatlararo madaniy markazning tashkil etilishini alohida ta`kidlash lozimdir. Agarda
1990-yillarning boshlarida O‘zbekistonda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib ularning soni 80 dan ortdi. Mustaqillik yillarida
milliy-madaniy markazlar faoliyati ustidan muvofiqlashtiruvchi ishlarning ko‘lami ham
ortdi va 1992-yil yanvar oyida hukumat qarori bilan Respublika Baynalmilal Madaniy
markazi tashkil etildi. Shuning uchun ham O‘zbekiston hukumati madaniyatdagi milliylik
va baynalmilallik nisbatini saqlashga muhim vazifa sifatida munosabatda bo‘la boshladi.
12 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. –
T.: Sharq, 1996.231-bet
13 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). – T.: Sharq, 2009. 276-bet.
9
Ayni paytda 130 ga yaqin millat va elat yashayotgan O‘zbekistonda har bir millat ravnaqi,
uning barqaror taraqqiyoti, xavfsizligi va yashash kafolotlariga har qanday tahdidlarning
oldini olish, u yoki bu millatga mansub kishilar guruhining xudbinlik kayfiyatlarini
muqarrar tarzda boshqa millat, xalq imkoniyatlarini zo‘ravonlik va zug‘um bilan
chegaralab qo‘yadigan davlat siyosatining ishlab chiqilishi bu boradagi amaliy ishlarning
samarasini oshirdi14.
Yurtimizda ma’naviy merosni tiklashga bag‘ishlab amalga oshirilgan ulkan
ishlardan biri Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik, Imom Ismoil al-Buxoriyning 1225
yilligi hamda Amir Temurning 660 yilligi yubileylari tantanalarini nishonlash, ularning
faoliyatini va ijodini to‘liq yoritib xalqimizga bayon etish hamda nomlarini
abadiylashtirish bo‘ldi. Hukumatimiz qarori bilan 1996-yil Amir Temur yili deb e’lon
qilindi. Amir Temurning yubiley tantanalari nafaqat O‘zbekistonda balki xalqaro
miqyosda ulkan ko‘tarinkilik bilan nishonlandi. Amir Temurning hayoti, faoliyatiga doir
bir necha o‘nlab asarlar yaratildi. O‘zi tug‘ilgan Shaxrisabzda hamda Toshkentning
markazida ulkan haykali o‘rnatildi. SHuningdek, nihoyatda xashamatli tarzda Temuriylar
muzeyi binosi qad ko‘tardi. Amir Temur nishoni ta’sis etildi. Bu qilingan ishlar shuni
bildiradiki, mustaqillik sharofati bilan ko‘plab haqiqatlar yuzaga chiqmoqda, ya’ni,
shulardan eng yirigi - sho‘rolar davrida g‘irt bosqinchi, kallakesar, gazanda degan nomlar
bilan niqoblanib kelingan Amir Temur nomi o‘zining haqiqiy yirik tarixiy shaxs,
intizomli iqtidorli hukmdor, etuk sarkarda, bunyodkor, yirik, markazlashgan turkiy davlat
asoschisi degan haqiqiy obro‘-e’tibori va mavqeini topdi. Vatanimizda Amir Temurning
faoliyatini xolis o‘rganishda O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich
Karimov olib borayotgan siyosat alohida ahamiyatga ega. Hukumatimiz “Amir Temur
tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida” (1994 yil, 29-dekabr), “1996 yilni Amir
Temur yili deb e’lon qilishi to‘g‘risida” (1995-yil, 26-dekabr), “Temuriylar tarixi” davlat
muzeyini tashkil etish va “Amir Temur” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida (1996-yil) qator
farmon va qarorlar chiqardiki, bu tadbirlar temurshunoslikning keyingi taraqqiyoti uchun
kata zamin yaratdi15.
14 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. –
T.: Sharq, 1996. 231-bet
15 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). – T.: Sharq, 2009. 232-bet.
10
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-apreldagi "Imom al
Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225-yilligini nishonlash
to‘g‘risida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui
barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon,
Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998-yilda qurilgan16.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga
e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida
Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo‘qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug‘
ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o‘zining haqiqiy qadr-
qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biriga aylandi.Toptalgan tariximiz, qutlug‘ qadamjolar, hatto nomlari
ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-
Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Burhoniddin al-Marg‘inoniy,
Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug‘ allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik
majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur,
Toshkentda Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi,
Termizda Alpomish haykallari qad ko‘tardi. Bugungi kunda mamlakatimizda etti
mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq
monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991-yildan Xivadagi Ichonqal'a
qo‘riqxonasidagi, 1993-yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri
markazidagi yodgorliklar Yuneskoning “Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxatiga
kiritildi yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas
ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O‘zaro ahil va
hamjihat bo‘lishga xizmat qilmoqda17.
16 Alimova Sh.X. Madaniy-ma’rifiy faoliyat asoslari. – T.: Sharq, 2007. 81- bet.
17 Bekmatov A., Rustamova R. Milliy g‘oya targ‘iboti va madaniy-ma’rifiy tadbirlar. – T.: Ma’naviyat, 2008. 97-bet.
11
II BOB. Mustaqil O‘zbekistonda madaniy hayotning davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilishi
II.1. Yurtmizdagi madaniy va ma’naviy yodgorliklarning xalqaro miqyosda
tanilishi
Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan,
2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga
olingan. 1991-yildan Xivadagi Ichonqal'a qo‘riqxonasidagi, 1993-yildan Buxoro shahri
markazidagi, 2000-yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning
“Umumjahon madaniy merosi” ro‘yxatiga kiritildi yillarda bunyod etilgan Oqmasjid
istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka,
tinchlik va osoyishtalikka. O‘zaro ahil va hamjihat bo‘lishga xizmat qilmoqda.
Hayotimizda ma`naviy kamolotni rivojlantirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha еtib kеlgan boy madaniy mеroslarini o`rganish
ham katta o`rin egallaydi. Shu sababli O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan
qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan mеroslarini o`rganish
va tarqib etish uchun kеng yo`llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning
dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshladi18.
Madaniy-ma`rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablaqlar
ajratildi. O`zbеkistondagi barcha davlat tеatrlari, madaniyat uylari, san`at oliy o`quv
yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o`choqlariga aylanib qoldi. Tеatr
sahnalarida yangi zamonaviy spеktakllar qo`yila boshlandi. MDH dagi davlatlar ilan
ijodiy hamkorlik yo`lga qo`yildi, turli xalqaro anjumanlar o`tkazildi.Badiiy adabiyotda
partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondoshishga chеk qo`yildi. Bahovuddin
Naqshband, Fеruz, Xo`ja Ahror, Cho`lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib,
asarlari chop etildi.1991-yili buyuk alloma, qazal mulkining sultoni Alishеr Navoiy
yubilеyini o`tkazish katta voqеa bo`ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Rеspublikamizda
shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulug‘bеk tavallud topgan kunining
600 yilligi kеng ko`lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNЕSKO ning Parijdagi
qarorgohida yubilеyga bag‘ishlangan haftalik va unga ko`rgazma ochildi.Mustaqillik
18 Bekmatov A., Rustamova R. Milliy g‘oya targ‘iboti va madaniy-ma’rifiy tadbirlar. – T.: Ma’naviyat, 2008. 91-bet.
12
yillarida buyuk sohibqiron Amir Tеmurning 660 yilligi bo`lib o`tdi. YUNЕSKO
tomonidan 1996-yil “Amir Tеmur yili” dеb e`lon qilindi. Shu yili YUNЕSKO ning
Parijdagi qarorgohida “Tеmuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi”
mavzuida anjuman va unga baqishlangan ko`rgazma ochildi. Mamlakatimizda
“Tеmuriylar tarixi davlat” muzеyi, Amir Tеmur nomi bеrilgan bog‘lar, ko`chalar barpo
etildi. Rеspublikamizda bizgacha еtib kеlgan boy mеroslarni o`rganish, milliy o`zlikni
anglash, ma`naviy qadriyatlarni rivojlantirishga katta e`tibor bеrilmoqda va ularga
nisbatan xalqimizning chuqur hurmat va ehtiromi ko`rsatilmoqda. So`nggi yillarda tashkil
etilgan “Oltin mеros” jamg‘armasi, Abdulla qodiriy nomidagi “Mеros” nashriyotlari kеng
miqyosda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni olib bormoqda19.
Islom olamining allomalari Iso at-Tеrmiziyning 1200 yilligi, Mahmudaz
Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroninng 850 yilligi, Bohovuddin
Naqshbandiyning 675 yilligi kеng ko`lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan
chiqarildi. Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alishеr Navoiy, Bobur, Mashrab,
Ogahiylarga baqishlanib kеchalar o`tkazildi, Jaloliddin Mangubеrdining 800 yillik
tavalludiga, “Alpomish” dostonini yaratilishining 1000 yilligiga baqishlangan turli
kеchalar, bahslar tashkil etildi. Ma`naviy hayotni takomillashtirish borasida 1994-yil
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan ma`naviy qadriyatlarni o`rganish va uni
takomillashtirish borasida “Ma`naviyat va ma`rifat” jamoatchilik markazini tuzish haqida
farmon e`lon qilindi. Markaz tomonidan Imom al Buxoriyning yubilеyiga baqishlab,
qur`oni karimdan kеyin ikkinchi o`rinda turadigan “Al-Jomе` as-Sahiyh” (Ishonarli
to`plam), “Al-adab, as-mufrad” (Adab durdonalari) o`zbеk tiliga tarjima qilinib,
nashrdanchiqarildi20.
1998- yili Imom al Buxoriy tavalludining 1225 -yilligi, Ahmad al Farg‘oniy
tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida kеng nishonlandi. Yubilеylar munosabati
bilan allomalar hayotiga baqishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko`rgazmalar
ochildi.Bularning barchasi O`zbеkistonda chinakam milliy qadriyatlarni tiklash uchun
yuritilayotgan katta ishlardan dalolat bеradi. Ayniqsa, al Buxoriy xalqaro jamqarmasining
19 Alimova Sh.X. Madaniy-ma’rifiy faoliyat asoslari. – T.: Sharq, 2007. 93- bet.
20 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. –
T.: Sharq, 1996. 231-bet
13
ochilishi katta voqеa bo`ldi. Rеspublikamiz Birinchi Prеzidеnti Imom al Buxoriyning,
Ahmad al Farg‘oniyning mo`tabar nomlarini tiklash, xalqimiz, qolavеrsa, butun dunyo
musulmonlariga qaratilgan shaxsiy tashabbusi bilan ul-zoti shariflar sha`niga uluqvor
yodgorliklar va jamg‘armalar tuzishga imkon yaratildi.Jamg‘armaning maqsadi Imom al
Buxoriyning hayoti, ilmiy mеrosi, u yashagan davr fani va madaniyatiga oid bo`lgan
tarixiy manbalarni o`rganishdan iboratdir21.
Islom olami buyuk namoyondalarining to`y-tantanalari nishonlanishi butun
dunyo xalqlarining diqqat-e`tiborida bo`ldi. Ma`naviy mеrosning tiklanishi uning bir
bo`lagi bo`lgan diniy qadriyatlarga ham e`tiborni kuchaytirdi. 1992- yil Prеzidеnt farmoni
bilan Ramazon va qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami dеb e`lon qilindi.
”Movarounnahr” diniy boshqarmasining ham faoliyati Rеspublikamiz ayotida o`z o`rnini
egalladi.Xalqimizning asrlar davomida nishonlanib kеlingan bayramlaridan “Navro`z”
umumxalq bayrami sifatida qayta tiklandi.Jamiyat taraqqiyotida ro`y bеrayotgan
o`zgarishlarni tushunish, hurfikrlikka intilish uchun kishilarni yangi yo`ldan olib
boruvchi g`oyaviy qarashlar ham hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo`lib
qolmoqda.
O`rta Osiyo, xususan, O`zbеkiston hududida qadimdan boshlab ayniqsa astronomiya,
matеmatika, tibbiyot, kimyo, mе`morchilik, ma`danshunoslik, falsafa, musiqa,
tilshunoslik, adabiyotshunoslik rivojlangan. g`ozirgi kunda O`zbеkiston olimlari ota-
bobolari yaratib kеtgan ilmiy mеrosni chuqurroq o`rganib yanada boyitdilar. O`zbеkiston
olimlari o`z ilmiy asarlari va kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatiga munosib
hissa qo`shdilar. Rеspublikamizda O`zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi, qishloq
xo`jalik fanlari akadеmiyasi, Davlat va jamiyat qurilishi akadеmiyasi, Bank-moliya
akadеmiyasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti, Islom tadqiqotlari markazi va
boshqalar faoliyat ko`rsatmoqda22.
Nukus va Samarqandda O`zbеkiston Rеspublikasi FAning bo`limlari ochilgan.
Ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida faoliyat ko`rsatadigan ilmiy
tadqiqot institutlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy markazlari, shuningdеk,
21 Bekmatov A., Rustamova R. Milliy g‘oya targ‘iboti va madaniy-ma’rifiy tadbirlar. – T.: Ma’naviyat, 2008. 321-bet.
22 Usmonov Q., Sodiqov M. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). – T.: Sharq, 2009. 218-bet.
14
univеrsitеtlar va boshqa oliy o`quv yurtlarida ham olib boriladi. Ilmiy kadrlar Fanlar
akadеmiyalari tizimida ham, oliy o`quv yurtlari, xalq ta`limi tizimida ham tayyorlanadi.
Faqat Oliy va O`rta maxsus ta`lim tizimidagi o`quv yurtlarida 600 dan ziyod fan
doktorlari va dеyarli 6 mingga yaqin fan nomzodlari o`qituvchilik va ilmiy faoliyat
bilan shug`ullanadilar. O`zbеkiston mustaqillikka erishganidan so`ng mamlakatda ilm-
fanga alohida e`tibor bеrildi. Xalq xo`jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan
talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan
yangi institutlar ochildi. Rеspublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 3-aprеlidagi
qarori bilan O`zbеkiston Rеspublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.O`zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеntining 1992-yil 8-iyuldagi farmoni hamda uni amalga oshirish
yuzasidan O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar mahkamasining “Fanlar rivojlanishini
davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori
mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Rеspublika olimlarini
xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga yuborishga alohida e`tibor bеrildi. Ilmiy
еchimlarni ichki va tashqi bozorda targ`ib etish va tarqatish, maqsadida FA nеgizida
“O`zFANT” Rеspublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi23.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmoniga binoan Rеspublika Vazirlar
Mahkamasi huzurida Oliy attеstatsiya komissiyasi tashkil etilishi munosabati bilan
FAning mavqеi ortdi.o`zbеk olimlarining fan-tеxnika sohasidagi yutuqlari nafaqat
O`zbеkiston balki jahon hamjamiyatida ham tan olina boshlandi va ko`pchilik
olimlarimiz davlatimiz mukofotlariga sazovor bo`ldilar va xorijiy davlatlar
akadеmiyalariga haqiqiy ham faxriy a`zolikka saylandilar. O`zbеkiston Rеspublikasining
Fanlar Akadеmiyasi al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobir nomidagi oltin
mеdallarni ta`sis etdi. 1993- yilda O`zbеkiston Rеspublikasi FAning akadеmigi G`.F.
Fozilov tabiiy va tеxnikaviy fanlar sohasida katta yutuqlarga erishgani uchun al-
Xorazmiy nomidagi Oltin mеdalning birinchi sohibi bo`ldi. Zahiriddin Muhammad Bobir
nomidagi Oltin mеdal birinchi bo`lib shu yili ijtimoiy va gumanitar fanlar sohasida katta
yutuqlarga erishgani uchun filologiya fanlari doktori O`zbеkiston Rеspublikasi Fanlar
23 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. –
T.: Sharq, 1996. 178-bet
15
Akadеmiyasining muxbir a`zosi U.I. Karimovga nasib etdi miqyosda tan olinishining
yaqqol misolidir. Birinchi prezidenti I.A. Karimov aytganlaridеk, XXI asrda quroli,
qo`shini kuchli bo`lgan davlatgina emas balki turli sohalar bo`yicha kuchli mutaxassislari
bo`lgan davlatgina qudratli davlat hisoblanadi. Zеroki, har bir xalq fan sohasida katta
yutuqlarni qo`lga kiritgan mashhur farzandlari bilan ham buyukdir. Mustaqillik yillarida
madaniyat sohasida ham tubdan o`zgarishlar ro`y bеrdi. Bu avvalo tеatr san`ati, milliy
musiqa, mе`morchilik, adabiyot sohalarida yaqqol ko`zga tashlanadi24.
1991-yilda Farg`onada, 1993-yil Xivada Davlat qo`g`irchoq tеatrlari ish
boshladi. 1994-yilda qashqadaryo va Namangan viloyati tеatrlari qoshida qo`g`irchoq
guruhlari ochildi. 1993-yil avgust oyida Toshkеnt shahrida ish boshlagan “Turkiston”
saroyi nafaqat mе`morchilikning yorqin namunasi, balki sahna guruhlari va atoqli
artistlarning chiqishlari bo`ladigan dargohga aylandi25.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I. Karimov “Turkiston” saroyi ochilishi
arosimida nutq so`zlab, “Ushbu saroyda xalqimizninng, shuningdеk, jahon xalqlarining,
Markaziy Osiyo xalqlarining an`anaviy anjumanlarini, san`at bayramlarini o`tkazishni
niyat qilganmiz. Bu koshona, inshoollo, millatlar, el-elatlarning do`stlik birodalik,
qal`asiga aylandi”, - dеgan edi. Rеspublikada 36 ta tеatr faoliyat ko`rsatmoqda. 1998-yil
26- martda O`zbеkiston Rеspublikasi Birinchi Prеzidеnti I. Karimovning “O`zbеkiston
tеatr san`atini rivojlantirish to`g`risida”gi Farmoni e`lon qilindi. Bu farmonga muvofiq
O`zbеkiston tomosha san`atining ko`p asrlik an`analarini o`rganish, boyitish va targ`ib
qilish, tеatr san`atini har tomonlama rivojlantirish, uning moddiy-tеxnika bazasini yanada
mustahkamlash, mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy islohotlarni amalga oshirishda tеatr
arboblarining faol qatnashishini ta`minlash maqsadida “O`zbеktеatr” ijodiy-ishlab
chiqarish birlashmasi tashkil etildi.O`zbеkistonda musiqa va raqs san`atini rivojlantirish
maqsadida “O`zbеknavo” gastrol-kontsеrt birlashmasi tashkil etildi. Unda musiqa-raqs
san`atini rivojlantirishni davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlash masalalari ko`zda tutildi.
Mustaqillik o`zbеk badiiy adabiyoti rivojida, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham
yangi bosqichni boshlab bеrdi. Asarlari zararli, o`zlari millatchi dеb nohaq baholangan
24 Bekmatov A., Rustamova R. Milliy g‘oya targ‘iboti va madaniy-ma’rifiy tadbirlar. – T.: Ma’naviyat, 2008. 111-bet.
25 Alimova D.A. XXI asrning dastlabki o‘ttiz yilligida O‘zbekistonda tarix fani (tarixshunoslik ocherklari). 1-2-qismlar. –
T.: Sharq, 1996. 321-bet