MUSTAQILLIK YILLARI TADQIQOTLARIDA O‘RTA OSIYO ME’MORIY OBIDALARI TARIXI
Yuklangan vaqt
2024-03-10
Yuklab olishlar soni
7
Sahifalar soni
45
Faytl hajmi
115,4 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUSTA’LIM VAZIRLIGI
KURS ISHI
MUSTAQILLIK YILLARI TADQIQOTLARIDA
O‘RTA OSIYO ME’MORIY OBIDALARI TARIXI
Toshkent-2023
1
MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………. 3
I BOB. O‘RTA OSIYO ME’MORIY OBIDALARINING TURLARI VA
AHAMIYATI……………………………………………...………………………5
I.1. Diniy ta’lim muassasalari me’moriy obidalarining o‘rganilishi……….............5
I.2. Davolash va shifo binolarining tadqiqotlarda yoritilishi…………...………..16
II
BOB.
MEMORIY
OBIDALARNING
TADQIQOTLARDA
YORITILISHI…………………………………………………………………...24
II.1. Samarqand va Buxoro shaharlaridagi tarixiy-me’moriy yodgorliklarining
o‘rganilishi…………………………………………………………………..…….24
II.2.
Xiva
hududidagi
me’moriy
obidalar
tarixiga
oid
ilmiy
tadqiqotlar…………………………………….………………………………..….34
XULOSA…………………………………………………………………………43
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR…….…………………..44
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekistonning Mustaqillik davri taraqqiyoti
ijtimiy-siyosiy hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi ilm-fan sohasida ham
tarixiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi. Qadimiy merosimiz ildizlarini ko‘rsatish,
o‘tmishdagi boy an’analarni milliy qadriyat va manaviy boyliklarimizni yangi
jamiyat qurilishiga tadbiq etish bugungi hayotimizning bosh vazifalaridan biriga
aylandi. Ayniqsa tarix fanining nazariy-uslubiy asoslari, uning maqsad va vazifalari
tubdan o‘zgardi. Birinchi prezidentimiz I. A. Karimovning mamlakat tarixchi
olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining “ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti
faoliyatini takomillashtirish to‘g’risida” gi qaroridan so‘ng O‘zbek davlatchiligi
tarixini o‘rganishga yondoshuvlar ham ancha o‘zgardi1.
Ilgari Sovet hokimyati mafkurasiga xizmat qilgan tarix fani zimmasiga
xalqning tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixni yaratish vazifasi yuklandi.
Mustaqillikka erishgach O‘zbekiston o‘tgan yillar ichida mashaqqatli va sharafli
yo‘lni bosib o‘tdi. Bun oldindan yaxshi bilgan birinchi prezidentimiz I. A. Karimov
ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz – bu
gul bilan qoplangan yo‘l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo‘lish va poklanish,
mafkuraviy illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etish qiyin, uzoq
davometadigan yo‘ldir”, deb aytgan so‘zlari nihoyatda haqiqatga yaqin ekanligini
yana bir bor anglaymiz2.
Xalqning o‘zini anglab yetishiga xizmat qilish tarix fanining muhim nazariy
asosidir. Barcha davlatlarda va ko‘p davrlar davomida tarix faniga xalq o‘zligini va
milliy g’ururini anglab yetishga yordam beruvchi asosiy vositalardan biri sifatida
qarab kelinadi va bu haqiqatga har tomonlama mos kelishi ham o‘z isbotini topgan.
Bunga misol tariqasida bir qanha fikrlarni keltirib o‘tish, president asarlaridan
iqtiboslar berish mumkin. Birinchi prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlab
o‘tganlaridek, “ Tarix xotirasi xalqning, jonajon o‘lkaning, davlatimiz hududining
1 O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risidagi Vazirlar
Mahkamasining 232-sonli qarori. Xalq so’zi, 1998-yil 29-iyul.
2 Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O’zbekiston, 2011. 27-bet.
3
xolis va haqqoniy tarixni tiklash, milliy o‘zlikni anglash, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy
iftihorni tiklash va o‘stirishda g’oyat muhim o‘rin tutadi”3.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi: Mustaqillik yillarida O‘zbekistonning
ottmishdagi ba’zi bir binolari va inshootlari tarixini o‘rganishga doir ilmiy ishlar,
kitoblar, risola va maqolalar nashr etildi. Jumladan, Xoji Ismatulloh Abdulloh
o‘zining “Markaziy Osiyoda Islom madaniyati” (Toshkent, 2005) nomli kitobida
Markaziy Osiyoda bunyod etilgan islom obidalari haqida qisqacha ma'lumotnoma
berib o‘tgan. P.Sh.Zohidovning “Me’morlar san’ati” (Toshkent, 2004) kitobida ham
O‘rta Osiyoning o‘tmishdagi me’moriy obidalari haqida ma’lumotlar mavjud.
B.Valixo‘jaev respublikamizdagi mavjud oliy ta’lim tizimining tarixi ancha qadim
zamonlarga borib taqalishini o‘zining “Samarqandda oliy talim-madrasayi oliya-
universitet tarixidan lavhalar” (Samarqand, 2003) monografiyasida ilk bor asoslab
bergan. K.Kattaevning Samarqand madrasalari va Shohizinda maqbaralari
majmuasi xususidagi izlanishlari ham katta ahamiyatga molikdir. Sh.G’affarov esa
Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta’limtarbiya tizimi tarixini
(Samarqand, 2001) Yoritib bergan, M.Mamadazimovning Ulug'bek va uning
rasadxonasi haqidagi risolasida (Toshkent, 1994) alloma yaratgan nodir ilmiy
maskanga tavsif berilgan. A. O‘raqov va M. Xojixonovning “Temuriylar
ma'naviyati va madaniyat” (Samarqand, 1996) kitobida Temuriylar va Boburiylar
davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar, jamoat binolari va inshootlari haqida fikr
yuritilgan. Mazkur 4 qo‘llanma mualliflari O‘rta Osiyoning o‘tmishdagi ta’lim-
tarbiya va ilm-fan maskanlari haqidagi kitobini 2005 yilda chop ettirgan. Markaziy,
Osiyoning o‘rta asrlardagi davolash va shifobaxsh muassasalari me'morchiligi
tarixiga A.O‘O‘ralovning 2003-yilda rus tilida nashr etgan monografiyasi to‘liq
bag'ishlangan. Ko‘rib turibmizki, yuqorida nomlari tilga olingan mualliflarning
asarlarida O‘rta Osiyo yoki O‘zbekistondagi o‘mishda bunyod etilgan bino va
inshootlar, me’moriy obidalarnmg ayrim turlari yoki alohida guruhlari tahiil
qilingan xolos. O‘zbekistorining o‘tmishdagi jamoat binolari va inshootlarining
3 Karimov I. A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari. – T.: O’zbekiston, 1997. 140-bet.
4
barcha turlarini o‘ziga qamrab Bo‘lgan, ularning shakllanish va rivojlanish
jarayonini aks ettirishga bag’ishlangan kitob yoki o‘quv adabiyoti hozirgacha
yaratilmagan.
Tadqiqotning maqsadi: Ushbu mavzu doirasida yaratilgan tadqiqot ishlarini
o‘rganib,ularni qiyosiy tahlil qilish orqali me’moriy obidalar tarixini ochib beruvchi
ma;lumotlarni boyitishga xissa qo‘shish.
Tadqiqot obyekti va predmeti: Boy tarixga ega davlatimizning o‘tmishdagi
me’moriy obidalarini, ularning tarixi, vujudga kelish shart-sharoitlari hamda
zaruratlari, turli ko‘rinishlari va bugungi shakli, ularni qurdirgan shaxslar va
joylashgan o‘rni haqidagi malumotlar
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi mundarija, kirish, 2 ta bob, 4 ta reja, xulosa,
foydalanilgan manba va adabiyotlardan iborat.
5
I.BOB. O‘RTA OSIYO ME’MORIY OBIDALARINING TURLARI VA
AHAMIYATI.
I.1. Diniy ta’lim muassasalari me’moriy obidalarining o‘rganilishi
O‘zbekiston moddiy madaniyati tarixiga doir mavzularda tadqiqot olib
borayotgan tadqiqotchi olimlar o‘z ilmiy ishlari jarayonida O‘zbekistonning
o‘tmishdagi jamoat binolari tarixiga ko‘p martalab murojaat etadilar, chunki tarix bu
nafaqat Vatan, mamlakat va davlatlar tarixi, balki shu mamlakat va davlatda oddiy
xalq vakillari tomonidan bunyod etilgan, ularning hayoti, turmush tarzi va ijtimoiy
ehtiyojlariga, mos tarzda yaratilgan, ularning hayoti, turmush tarzi va ijtimoiy
ehtiyojlariga mos tarzda yaratilgan moddiy madaniyatimiz tarixi hamdir4.
Ilk o‘rta va o‘rta asrlarning ta’lim-tarbiya muassasalari maktablar “Maktab”
deb ataluvchi ta’lim shakli dastlab VII-VIII asrlarda arab mamlakatlarida paydo
bo‘lgan. Dastlab maktablar masjidlar qoshida shakllangan. VIII-IX asrlarda ular
O‘rta Osiyoda ham keng tarqalgan. Maktablar bolalarga boshlang’ich ta’lim
berishga asoslanib, ularda yoshlar asosan o‘qish va yozishni, husnixatni
o‘rganganlar. O‘qish va yozishni bilgan yoshlar Qur’onni, nomozni va turkiy tildagi
asarlarni yod olganlar5.
Maktablarda ta'limning asosiy shakli bo‘lib, bolalar odatda 5-7 yoshdan o‘qiy
boshlagan. Bolalarning necha yoshgacha maktabda o‘qish zarurligi ularning
iqtidoriga qarab belgilangan. Aksariyat maktablar mahallalarning jamoat markazlari
guruhlarda joylashib, guzar masjidlari, madrasalar va boshqa vazifadagi jamoat
binolari tarkibiga kirgan. Ayrim hollarda maktablar uchun alohida joylashgan
binolar qurilgan. Islomiy an’analarga ko‘ra, qiz va o‘g’il bolalar ajratib o‘qitilgan:
qizlar odatda muallimaning uyida, o‘g’il bolalar esa maktabda o‘qishgan. Boy
xonadonlarning farzandlari odatda o‘z uylarida o‘qituvchi yollanib o‘qitilgan.
Jamoat binolari tarkibiga kirgan maktablar uchun xonalar tanlashda O‘rta Osiyoning
issiq iqlim sharoiti e’tiborga olingan. Masalan, Samarqand viloyatining Uxum
qishlog’idagi maktabda o‘quv xonalar uchun qishloq masjidiga yondosh joylashgan
4 Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan qurmoqdamiz. 7- jild. T.: O’zbekiston, 1999. 456-bet.
5 Frederek S.S. Lost enlightment. Central Asia’s golden age from the arab concuest to Tamerlane. New Jersey:
Princeton University press, 2013. P.686.
6
ayvonli
xonalar
va
ochiq
ayvonlar
tanlangan.
Arxitektura
doktori
L.Y.Mankovskayaning ma’lum qilishicha, Buxorodagi mahallalardan birining
masjidi qoshida qurilgan maktab 2 qavatli bo‘lib, uning birinchi qavatida qishda,
ikkinchi qavatidagi boloxonada esa yoz faslida dars o‘tilgan. Alohida binoda
qurilgan maktablar odatda yog’och sinchli, ustunli, to‘sinli qurilmalar yordamida
yoki pishiq g’ishtdan peshtoqli-gumbazli shakllarda ishlangan6.
Buxorodagi Chashma-Ayub mahallasida ana shunday alohida binoga ega
gumbazli katta maktab bo‘lib, u tarhda 29 ga 30 metr, o‘rtada joylashgan katta
gumbazli zali esa 10,5 ga 10,5 metrga teng bo‘lgan. Maktab tarkibida o‘qituvchilar
xonasi yoki jamoatxona vazifasini bajargan katta zaldan tashqari dahliz, bir necha
darsxonalar, ayvonlar va ravoq tomli hujralar bo‘lgan. Binoning rejaviy yechimi
asimmetrik kompozisiyada ishlangan. Biroq, o‘rta asrlarda alohida bino tarzida
qurilgan maktablar soni deyarli ko‘p bo‘lmagan. Maktablarning asosiy qismi boshqa
jamoat guzar, mahkama, madrasa yoki ibodat masjid, xonaqoh binolari bilan
birgalikda qurilgan. Arxitektura doktori T.A.Hidoyatovning aniqlashicha, bunday
maktablarning me'moriy-rejaviy yechimlarida xonalar soni, tarkibi va ularning
funksional bog'lanishida muqim tartiblar kuzatilmaydi. Biroq, maktablarni qurishda
me'morlar O‘rta Osiyoning noqulay issiq va quruq iqlim sharoitini e'tiborga olib
xonalarni baland qilish, deraza yuzalarini kamaytirish va bino tarkibiga yozgi ochiq
ayvonlar
kiritishga
harakat
qilganlar.
XVI-XVII
asrlarda
Balx
shahri
Shayboniylarning yirik siyosiy markaziga aylanib, shaharda 200 ming aholi
istiqomat qilgan va ularga 900 ta maktab to‘g'ri kelgan. Tarixchi olim
K.Kattayevning
“Samarqand
madrasalari
va
ilmu-fan
rivoji”
kitobida
ko‘rsatilishicha, 1864-1868-yillarda Samarqand shahri mahallalarida madrasalar
qatorida bir nechta maktablar ham qurilgan. Abulxayrboy, So‘fi Roziq,
Shohskashon, Toshkandiy, Qozi Abdurasul kabi mahalla maktablari shular
jumlasiga kirgan. 1876-yilgacha Turkistonda 300 ga yaqin madrasa, 7 mingga
maktablar faoliyat ko‘rsatgan, deb yozadi tarixchi olim Sh.G’afforov. Uning
6 Agzamova G. O’zbekiston shaharlari XVI-XIX asrning o’rtalarida. T.: Adabiyot uchqunlari, 2017. 228-bet.
7
ta'kidlashicha bu davrlarda ayrim manbaiarnmg qayd qilganidek Turkiston
aholisining 2 foizigina savodli, qolganlari savodsiz bo‘lgan degan fikrlar butkul
noo‘rindir. Ibn Sinoning fikricha, bolaga o‘z vaqtida xat-savod, eng kerakli
hunarlarni o‘rgatish va uni san’at asoslari bilan tanishtira borisli zarurdir. X asr oxiri
- XX asr boshlarida ayrim ziyoli kishilar xususiy maktablar ochib, ularda daromadli
oilalarning farzandlarini o‘zlari joshlaydilar. Bunday ziyolilar “maktabdor” deb
atalib, ular bolalarga o‘qish va husnixatni o‘rgatishdan tashqari og'zaki hisobni ham
o‘rgatganlar. Maktabdorning savodli xotinlari esa “otinoyi” deb atalib, ular o‘z
uylarida davlatmand kishilarning qizlarini o‘qitgan. Bu davrga kelib qizlar ham
o‘g’il bolalar kabi boshlang'ich maktablarda o‘qiy boshlagan. Biroq, ular uchun
alohida “qizlar maktabi” - belgilangan. Bunday maktabdagi o‘quvchilar soni 10-20
tagacha bo‘lgan. Ularga bir muallim dars bergan, katta yoshdagi bolalardan biri
guruh boshlig’i, xalfa esa o‘qituvchining yordamchisi vazifasini bajargan.
Maktabning dasturida Qur’oni karim oyatlari, hadislarni yodlash, shariat asoslarini
o‘rgatish, arab yozuvi bilan tanishish, abjad usulidagi hisobdan xabardor bo‘lish
shuning uchun boshlang'ich bosqich talabalari abjadxon deb ham tilga olinadi, odob-
axloq mavzusidagi pandnoma, she’riy asarlarni o‘qish va yodlash nazarda tutilgan7.
Tarixchi A.Abdurasulovning yozishicha, XX asr boshida Xiva shahrida jami
1500 ta maktab bo‘lib, ularda 45 ming bola tahsil olgan. Xivada qizlar o‘g’il bolalar
bilan qo‘shib o‘qitilgan. Bu davrda Farg’ona viloyatida ham anchagina o‘quv
maskanlari bo‘lib, bularning soni 2316 ta maktabni tashkil qilgan. Ulardan 1749 tasi
o‘g’il bolalarga, 567 tasi esa qiz bolalarga mo‘ljallangan. Ularda 24690 ta o‘g’il bola
va 6559 ta qiz bolalar ta’lim olgan. Bu davrdagi ta’lim tizimi O‘rta Osiyoda asosan
uchta yo‘nalishda olib borilgan. Birinchisi, eski maktab va madrasalar, ikkinchisi,
rus-tuzem maktablari, uchinchisi, yangi usul-jadid maktablari. O‘zbekistonda Chor
Rossiyasi hukmronligiga qadar tashkil etilgan va o‘rta asrlar ta’lim an’analariga
asoslangan maktablar “eski maktablar” deb atalgan bo‘lsa, rus-tuzem maktabi
(ruscha tuzemes-mahalliy odam degani) Turkistonda mahalliy aholi bolalari uchun
ochilgan boshlang’ich ta'lim rus maktablari bo‘lgan. Bu maktablarni Chor Rossiyasi
7 Xoji Ismatulloh Abdulloh Markaziy Osiyoda Islom madaniyati. T.: Sharq, 2005. 231-bet.
8
hukumati mahalliy hukmdorlar bilan yaxshi aloqa bog’lash va savdo-sotiq ishlarini
avj oldirish maqsadida tashkil etgan edi. Rasmiy jihatdan rus-tuzem maktablarining
asosiy vazifasi mahalliy xalq bolalariga rus tilini o‘rgatib, mustamlaka o‘lkalar
uchun tarjimon (tilmoch) lar tayyorlash bo‘lgan. 1917-yilda Turkistonda 170 yilda
rus-tuzem maktablari faoliyat ko‘rsatib, shulardan 85 tasi hozirgi O‘zbekiston
hududida bo‘lgan. Rus-tuzem maktablarida ta'lim muddati asosan 4 yil bo‘lgan.
1905-yildan boshlab ularning ayrimlarida ikkinchi bosqich ta'limi, ya'ni 5-6 sinflar
ham tashkil etilgan. Rus-tuzem maktablarida “musulmon” cha va ruscha sinflar
tashkil etilgan. Ruscha sinflarga odatda rus muallimi, musulmon sinflari
o‘quvchilariga esa mahalliy, ya’ni musuimon muallimi dars bergan. Ayri rus tuzem
maktablarida kattalarga ham rus tilini o‘rganish maqsadida kechki kurslar ochilgan.
Jadid maktablari esa eski musulmon maktablaridagi ta’lim uslubining ayrim
tornonlarini isloh qilishga, musulmonlarga yangicha, yevropa uslubida ta'lim
berishga qaratilgan maktablardir. Bu harakat Turkistonda XX asrning boshlarida
boshlangan mahalliy xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz
bergan o‘zgarishlar, mahalliy ziyolilar orasida ma’rifat va yangilikka intilish
hissiyotlarining kuchayayotganini o‘zida aks ettirgan edi8.
Jadid maktablarida diniy darslar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham
o‘qitilgan. Eski maktablardagi yakka o‘qitish usulidan sinfda dars berish usuliga
o‘tiladi, sinflarda geografik xaritalar, globuslar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalar
paydo bo‘ladi, maktabning gigiyenik sharoitlari yaxshilanadi, sinflarda partalar,
doska, darslar orasida tanaffus berish kabi yangiliklar joriy qilinadi. Ta'lim muddati
4 yil bo‘lib, 1914-1915-yillardan boshlab ayrim jadid maktablarida 2 bosqichli
boshlang’ich va yuqori sinflardan tuzilgan ta’lim tizimi joriy etiladi. Bunday
namunaviy jadid maktablarida arifmetika va geografiyadan tashqari geometriya
(handasa) va fizika (hikmat) dan ham darslar berilgan9.
8 G'affarov Sh. Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta’lim-tarbiya tizimi tarixi. Samarqand: Kitobxon,
2001. 31-bet.
9 Murtozova S. O’zbekiston madaniyati tarixida Rossiya imperiyasi davriga doir qo’shimcha manbalar. Qarshi:
Nasaf, 2013. 43-bet.
9
Jumladan, Xoji Ismatulloh Abdulloh o‘zining “Markaziy Osiyoda Islom
madaniyati” (Toshkent, 2005) nomli kitobida Markaziy Osiyoda bunyod etilgan
islom obidalari haqida qisqacha ma'lumotnoma berib o‘tgan. P.Sh.Zohidovning
“Me’morlar san’ati” (Toshkent, 2004) kitobida ham O‘rta Osiyoning o‘tmishdagi
me'moriy obidalari haqida ma'lumotlar mavjud. B.Valixo‘jaev respublikamizdagi
mavjud oliy ta’lim tizimining tarixi ancha qadim zamonlarga borib taqalishini
o‘zining “Samarqandda oliy talim-madrasayi oliya-universitet tarixidan lavhalar”
(Samarqand, 2003) monografiyasida ilk bor asoslab bergan. K.Kattaevning
Samarqand madrasalari va Shohizinda maqbaralari majmuasi xususidagi izlanishlari
ham katta ahamiyatga molikdir. Sh.G’affarov esa Chor Rossiyasi istibdodi davrida
Turkistondagi ta’limtarbiya tizimi tarixini (Samarqand, 2001) Yoritib bergan,
M.Mamadazimovnmg Ulug’bek va uning rasadxonasi haqidagi risolasida
(Toshkent, 1994) alloma yaratgan nodir ilmiy maskanga tavsif berilgan. A.O‘ralqv
va M.Xojixonovning “Temuriylar ma’naviyati va madaniyat” (Samarqand, 1996)
kitobida Temuriylar va Boburiylar davrida bunyod etilgan me'moriy obidalar,
jamoat binolari va inshootlari haqida fikr yuritilgan. Mazkur 4 qo‘llanma mualliflari
O‘rta Osiyoning o‘tmishdagi ta’lim-tarbiya va ilm-fan maskanlari haqidagi kitobini
2005 yilda chop ettirgan. Markaziy, Osiyoning o‘rta asrlardagi davolash va
shifobaxsh muassasalari me'morchiligi tarixiga A.O‘ralovning 2003-yilda rus tilida
nashr etgan monografiyasi to‘liq bag’ishlangan10.
Madrasa so‘zi arabcha “o‘rganmoq” ma'nosini anglatib, u O‘rta Osiyoda
umumiy va oliy ta’lim muassasasi sifatida VIII asr oxiri, xususan, Somoniylar
davrida shakllangan. Madrasalar bu davrning yirik shaharlari Buxoro va
Samarqandda VIII asrning oxiri va IX asrning boshlarida qurila boshlangan. Unga
qadar ta’lim ishlari, yuqorida qayd qilinganidek, maktablar va masjidlarning
kutubxonalarida hamda maxsus bilim uylarida olib borilgan. Dastlabki madrasalar
aksari hollarda masjidlar qoshida shakllangan: Masalan Samarqandda IX asrning
ikkichi yarmida qurilgan Raboti-G'oziyon madrasasi va XII asr o‘rtalarida qurilgan
10 Kattayev K. Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji. T.: Sharq, 2006. 166-bet.
10
Qusamiya madrasalari o‘sha davr masjidlari bilan yonma-yon yoki tutash tarzda
joylashgan11.
Bundan maqsad bir joyning o‘zida ham ibodatga, ham ilm olishga imkoniyat
yaratishdir. Keyinchalik, masalan, Temuriylar davrida madrasalar masjidlar
qoshidagina emas, balki alohida binolar tarzida hamda xonaqohlar bilan birga ham
qurilib yirik ilm maskanlariga aylantirilgan. Ularning ayrimlari tarkibida o‘z
ibodatxonasi, ya'ni yozgi va qishki masjidlari bo‘lgan. Masalan, Samarqanddagi
Mirzo Ulug'bek madrasasi o‘z masjidiga ega bo‘lgan12.
K.Kattayev Movarounnahrdagi ilk madrasa Buxoroda yonib ketgan Forjak
madrasasi emas, balki Samarqandda IX asrning ikkinchi yarmida qadimgi
Shayxzoda-Poyqaboq darvozasi yaqinida qurilgan Raboti G'oziyon madrasasi, deb
ko‘rsatadi. Hatto, uni nafaqat yurtimiz, balki islom dunyosining ham ilk madrasasi
bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deydi. Madrasalar haqidagi dastlabki ma'lumotlar O‘rta
Osiyoda IX-X asrlar shaharlari bayonida uchraydi. Masalan, Herman Vamberining
yozishicha, bu davrda birgina Buxorodagi madrasalar soni butun Sharq
mamlakatlaridagi madrasalardan ko‘p bo‘lgan. Xiva shahri madrasalarining soniga
ko‘ra Buxorodan keyin ikkinchi o‘rinda turgan. Shunisi diqqatga sazovorki, XI
asrning oxiri-XII asrning boshlarida Xorazmda 444 ta madrasa bo‘lib, ularning har
birida to‘rttadan mudarrisi komil olimlar va 1780 ulamolar talabalarga dunyoviy
bilimlar va fiqhdan saboq berishgan. XIX asr oxiri XX asr boshlarida esa Xivada 65
ta madrasa bo‘lib. ularning 54 tasi shahar ichida, 11 tasi shahar atrofida joylashgan.
IX-X asrlarda Samarqand ham O‘rta Osiyodagi ilm-fan va taim markazlaridan biri
edi. Bu davrda Samarqandda 17 ta madrasa mavjud bo‘lib, ularda islomiy
ta'limotdan tashqari dunyoviy fanlar ham o‘qitilgan. K.Kattayev o‘zining yuqorida
eslatilgan kitobida Samarqandda 55 ta madrasayu-maktablar bo‘lganligi, uiarning
aniq joylashgan joylari, ta'lim tizimi va ish yuritish tamoyillari haqida fikr yiritgan.
XI asr boshida bu yerda Samarqand hukmdori Qoraxoniy Tamg’och Bo‘g'raxon
madrasasi qurilib, u tarhda bo‘yiga cho‘ziq to‘g’ri to‘rt burchakli, ichki
11 Xoji Ismatulloh Abdulloh Markaziy Osiyoda Islom madaniyati. T.: Sharq, 2005. 384-bet.
12 Murtozova S. O’zbekiston madaniyati tarixida Rossiya imperiyasi davriga doir qo’shimcha manbalar. Qarshi:
Nasaf, 2013. 62-bet.
11
hovlili,hovliga qaragan toqli ayvonlar, peshtoqi va uning ikki yonidagi gumbazli
zallar ko‘rinishida shakllangan. Madrasada turli fanlar uchun, xususan, Qur’onni
ovoz chiqarib o‘qish adab ilmi adabiyotlarini o‘rganish, ilm bilan shug'ullanish
uchun alohida darsxonalar ajratilgan. alzim belgilanib, talabalar soni 50 dan kam
bo‘lmaganligi ko‘rsatilgan. Madrasalar tarkibiy jihatdan ichki hovlili , yozgi va
qisnki xonalar, hujralar, masjid, ayrim hollarda ustoz mudarrislar uchun xonalar
bo‘lgan. Ba'zi madrasalar tarkibiga hatto maktablar ham kirgan. Hovlida esa mo‘jaz
bog'- bo‘ston yoki hovuz bo‘lishi ko‘zda tutilgan, yirik, ikki qavat qilib qurilgan.
Katta madrasalarning burchaklariga minora guldastalar qurish rasm bo‘lgan. Ba'zan
madrasalarda hujralarning hovli tomoni toqli ayvon galereyalar bilan o‘ralib, hovli
o‘rtasiga hovuz ishlangan. XV-XVI asrlarga kelib O‘rta Osiyoda qo‘sh madrasalar
qurish ham paydo bo‘ladi. Samarqanddagi Ulug'bek va Sherdor, Buxorodagi
Modarixon va Abdullaxon madrasalari qo‘sh madrasalardir13.
Madrasalarda o‘nlab, yuzlab va hatto minglab ilmu-toliblar tahsil olganlar.
Masalan, Marvdagi XI-XII asr madrasalarida yuzlab, Buxorodagi XIII asr Masudiya
va Xoniya madrasalarining har birida mingtagacha talabalar o‘qishgan. Xivadagi
Muhammad Aminxon madrasasi bu yerdagi eng yirik madrasa hisoblanib, unda 260
ta talaba tahsil olgan. Mashhur sayohatchi va geograf Sven Xadenning “Osiyo
bo‘ylab” nomli kitobida yozilishicha, 1894-yili Qo‘qondagi Xudoyorxon
madrasasida 86 hujra bo‘lib, 200 ta tolibi-im tahsil olgan. Madrasalar o‘tmishda
hukmdor va malikalar hamda ular xizmatida bo‘lgan zadagonlar, ma'rifatli insonlar
tomonidan qurilgan. Madrasaga boshlang'ich ta'lim maktabini tugatgan o‘spirinlar
qabul qilingan. Ular bilim doirasiga qarab, madrasada 12-20 yilgacha tahsil
olishgan. Ayrim madrasalarda o‘qish muddati 8 yilgacha qisqartirilgan14.
Jumladan, Samarqanddagi Ulug'bek madrasasining o‘qish muddati 8 yil
bo‘lib, unda talabalar bilimiga qarab past, o‘rta va yuqori doiradagi nafaqalar bilan
ta'minlangan. Talabalarga dars beruvchi mudarrislar va madrasa xizmatchilari ham
o‘z maoshlariga ega bo‘lganlar. Ushbu xarajatlar va madrasa binosiga qarash
13 G'affarov Sh. Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta’lim-tarbiya tizimi tarixi. Samarqand: Kitobxon,
2001. 187-bet.
14 Kattayev K. Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji. T.: Sharq , 2006. 74-bet.
12
chiqimlarini qoplash maqsadida madrasalarni qurdirgan hukmdor va amaldorlar
o‘zlarining ko‘chmas mulklari daromadidan yetarlicha vaqflar belgilashgan.
Vaqflarda madrasalarning joylashgan joyi, talabalar, mudarrislar, boshqa xodimlar
soni, ularning oylik maoshlari ko‘chmas mulklar va ulardan tushadigan daromadlar
aniq ko‘rsatib qo‘yilgan15.
XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligiga bo‘ysungan 30000 atrofida aholisi
bo‘lgan Namangan shahrida 10 taga yaqin madrasa bo‘lib, ularda 4300 talaba tahsil
olgan. 150 ming aholi yashagan Samarqandda esa 40 ta madrasa, 200 ming aholisiga
ega bo‘lgan Buxoroda 30 ta madrasa, 13 ming xonadonli Toshkent shahrining eski
qismida o‘nlab madrasalar mavjud bo‘lgan. 1894- yilda Turkistonda 6445 ta maktab
va madrasalar faoliyat ko‘rsatgan. Madrasalarni bitirganlar kamida uch tilni: arab,
fors tillari va eski o‘zbek yozuvini mukammal bilgan. “Samarqandda oliy ta'lim -
madrasayi oliya - universitet tarixidan lavhalar” kitobining muallifi akademik
B.Valixo‘jayevning yozishicha, madrasalar o‘z vazifalariga qarab ikki xil: umumiy
va oliy ta'limga mo‘ljallangan. Umumiy ta'lim vazifasini bajargan muassasalar
“madrasa”, oliy ta'limga mo‘ljallangan muassasalar esa “madrasayi-oliya” deb
atalgan.
Bu
madrasalar
bir-biridan
nafaqat
katta-kichikligi,
me'moriy
yechimlarining saviyasi va nufuzi bilan, balki ularda o‘qitiladigan fanlar soni,
ularning dasturlari, ta'lim yo‘nalishi, o‘quv jarayoni va tizimining tashkil qilinishi
bilan ham farq qilgan16.
Xonaqoh so‘zi forscha bo‘lib, “xona-uy” ma'nosini anglatadi. Dastlab taqvodor
so‘fiylar va darveshlar yashaydigan boshpanali hovlili oddiy imoratlar tarzida
qurilmog'i, xonaqohda so‘fiylarning yashashidan tashqari, maxsus diniy marosim-
zikru samo raqsiga qatnashishlari hamda mutasavvufchilikdagi shogird-ustozlik
shartlari ham belgilab beriladi. Ustoz so‘fiylar, ya'ni shayxlar vafot etgach, o‘z
xonaqohlari qoshiga dafn etilgan. Natijada shogirdlar va keyinchalik tasavvufga
ixlos qo‘ygan xalq ommasi tomonidan bunday mashhur ustoz shayxlarning
15 Xamidov X. XVI-XIX asrlarda yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar. T.: Fan, 2009. 23-bet.
16 Valixo’jayev B. Samarqandda oliy ta'lim - madrasayi oliya tarixidan lavhalar, Samarqand: Kitobxon, 2001. 234-
bet.
13
xonaqohlari o‘ziga xos ziyoratgohlarga aylantirilgan. Bunday xonaqohlarda
so‘fiylarning hujralaridan tashqari ziyoratchilar uchun ham maxsus xonalar tashkil
etiladi. Termizdagi Hakim at-Termiziy, Miyondagi Abu Sayid va boshqa xonaqoh-
ziyoratgohlar shular jumlasidandir. XII asr o‘rtalarida so‘fiylar birodarligining
rivojlanishi va tasavvuf tariqatida turli oqimlarnmg vujudga kelishi bilan
xonaqohlarning me'moriy ko‘rinishi va vazifalari ham o‘zgara boradi. Bu davr
xonaqohlari me'moriy jihatdan ancha shakllangan, ichki hovli atrofiga birikkan bir
necha hujralar, so‘fiylar jamoasining yig'ilish va zukr tushish zali samoxona, ustoz
so‘fiy, ya'ni shayxning o‘z muridlariga tasavvuf ilmidan dars berish, yetimlarga
Qur'onni o‘qitish hamda shayx va muridlarning yashash xonalari, darveshxonalar,
chillaxona, ombor va oshxona, matrab samo vaqtida na't va ilohiy qo‘shiq
kuylovchilar o‘tiradigan joydan tuzilgan. Tojikistonning janubida xarobalari
bizgacha saqlangan Xoja Mashad xonaqosining me’moriy tuzilishi bunga misoldir.
O‘rta Osiyoda turli davrlarda qurilib bizgacha yetib kelgan xonaqohlar va ular
haqidagi yozma manbalar ushbu binolarning o‘tmishda xalq ijtimoiy hayotida tutgan
o‘rni va mavqeini, tarkibiy tuzilishini me'moriy tasnifi va yechimlarining to XVII
asrgacha mufassal tarzda takomillashib kelganini ko‘rsatadi. Biroq, xonaqohlar
arxitekturasi va ijtimoiy vazifalarining rivojlanish cho‘qqilari asosan Temuriylar
davri XIV-XV asrlar va Shayboniylar XVI asr davriga to‘g'ri keladi. Temuriylar va
keyinchalik Shayboniylar ham tasavvuf so‘fiylik) jamoasi faoliyatining nazoratini
butkul o‘z qo‘llariga oladilar va o‘zlari ham tasavvuf ahliga xayrixoh holda yangi
xonaqohlar quradilar. Buning sababi shulki, tasavvuf ta'limoti o‘sha davrlarda va
undan oldinroq ham xalq ommasi uchun Islom Sharqi dunyosining ma'naviy-axloqiy
mezonlariga, tasavvuf tariqatlarining asoschilari esa xalq orasida katta obro‘
qozonib piru-ustozlarga aylangan edi. Hujviriyning "Kashful mahjub" asarida xalq
orasida keng tarqalgan va mashhur mutasavvufchilar atrofida shakllangan tariqatlar
haqida mukammal ma'lumotlar keltirilgan. Jumladan, Qodiriya tariqati asoschisi va
piri Abduqodir G'i-loniy, Yassaviya tariqati asoschisi va piri Xoja Ahmad Yassaviy.
Naqshbandiya tariqati asoschisi Bahouddin Naqshband hamda Xilvatiya, Rifoiya,
Mavlaviya, Shozaliya, Sa'diya, Dasukiya, Badaviya, Akbariva, Suxravardiya,
14
Kubroviya, Madyaniya, Chishtiya, Bayramiya va hokazo tariqatiar. Tasavvuf ahli
orasidan Abu Ali Ibn Sino, Forobiy singari dunyoga mashhur olimlar; Jaloliddin
Rum'iy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiv kabi buyuk shoirlar; Zunnun Al-
Misriy, Shoxin Al-Xilvatiy kabi kimyo ilmi bilimdonlari; Imom G'azzoliy,
Abdurahmon as-So‘fiy, Ibrohim Haqqiy singari falakiyot ilmining buyuk
namoyandalari va fan fanning boshqa tarmoqlari bo‘yicha qanchadan-qancha
mutafakkir olimlar yetishib chiqadi.
“Qorixona” so‘zi bir necha ma'noda tushunilib, uning keng tarqalgani Qur'on
o‘qiladigan xona, ya'ni qiroatxonadir. Qorixona, shuningdek, ko‘zi ojiz qorilar
uchun boshpana va qorilar tayyorlaydigan maktab ma'nolarini ham anglatgan.
Qorixonalar O‘rta Osiyo shaharlari va qishloqlarida qarovsiz va boshpanasiz qolgan
ko‘rlarga yordam berish, ularni ibodat va foydali ishlarga jalb qilish hamda savob
maqsadida dindorlar va xudojo‘y mulkdorlar tomonidan qurilgan. Qorixonalarnmg
moddiy ta'minoti uchun ularning ta’sischilari o‘z mulklari hisobidan maxsus vaqflar
belgilashgan. “Qori” arabcha so‘z bo‘lib, o‘qimoq, ya'ni Quronni ifodali tarzda
yoddan o‘qimoq ma'nosini anglatgan. Qorilar o‘lgan kishilar ruhiga bag'ishlab
oyatlar ham o‘qishgan. Qorixonalar O‘rta Osiyo me'morchiligida asosan ikki xil:
ziyoratgoh masjidlar yoki xonaqohlar qoshidagi alohida birikkan xonalar
ko‘rinishida va ushbu binolar qoshida alohida qurilgan imoratlar tarzida
shakllangan, Farg'onaning Rishton tumanida XVIII asrning ikkinchi yarmida xom
g'ishtdan qurilgan me'moriy yodgorlik Qorixona xonaqohi saqlanib qolgan. Bu
yerda ilgari darveshlar Qur’on o‘qib, zikr tushib turishgan. Qorixona to‘rt burchakli
hovli tarzida bo‘lib, hovlining ikki tomonidan qator hujralar qurilgan. Hovli to‘rida
tarhi kvadrat shaklli tuxumsimon baland gumbazli katta xona bo‘Iib, u jamoatxona
va tamaddixona vazifalarini bajargan. Qorixona hujralari ham kvadrat shakiida
bo‘lib gumbazlar bilan yopilgan. Hujralar va jamoatxona tosh o‘choq bilan titilgan.
Hovlining janubiy tomonida shu yerlik eshonning qabri bo 'lib, uning ustiga ravoqli
sag'ana qurilgan. Qabrning yonida ikki metrcha chuqurlikda g'or bo‘lib, u chillaxona
vazifasini o‘tagan17.
17 Zohidov P.Sh. Me’morlar san'ati. T.: O’qituvchi, 2004. 217-bet.
15
Qorixonalarni O‘rta Osiyoda chang to‘zonlar va qum bo‘ronlari kuzatiladigan
miniaqalarda ko‘proq uchratish mumkin. Bu asosan oro va Xorazm viloyatlaridir,
Xivadagi rnashhur Pahiavon Mahmud maqbarasi qoshidagi brafgoh majmua
hoviisida darvozadan chap tomonda ikki qavatli kompozisiyali qorixona
joylashgan. U XX asr boshida Hindiston shaharlarida keng tarqalgan jamoat
binolariga xos g’ishtin uslubda qurilgan18.
18 Kattayev K. Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji. T.: Sharq, 2006. 233-bet.
16
I.2. Davolash va shifo binolarining tadqiqotlarda yoritilishi
Tarixiy obidalar va madaniy merosimiz haqida ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar
o‘tkazib, ko‘plab kitoblar yozilgan bo‘lsada, jamoat binolari tarixining hali fanga
noma’lum va atroflicha o‘rganilmagan sohalari ham behisob. Shuni hisobga olib,
2000-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublukasi Fanlar Akademiyasining Tarix,
Arxeologiya va O‘zbekiston Respublukasi badiiy Akademiyasining San’atshunoslik
instituti va olimlar bilan birgalikda “O‘zbek davlatchiligi tarixi” deb atalgan; so‘nggi
bronza davridan hozirgi zamongacha bo‘lgan 3 ming yillik ulkan tarixiy davrni
qamrab oluvchi fundamental ilmiy adqiqotni yaratishga kirishildi. Ayniqsa, taniqli
olim T.Shirinov O‘zbekistonda ilk davlatlar “voha davlatchiligi”, “shahar-davlatlar”
Mesopatamiya, Misr, Xitoy, “Noma” davlatchiligi kabi bo‘lgan degan go‘yani ilgari
surdi19.
Haqiqatdan, ham tarixiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, davlatchilik jamiyat da o‘z
ichli qoniniyatlari asosida paydo bo‘ladi, rivojlanadi. Ya’ni davlat tizilmasi
tashqaridan tahhor holda ko‘chirilmaydi, ma’lum jamiyat bag’rida tig’iladi. O‘zbek
davlatchiligi taraqqiyoti ham bundan mustasno emas. Ana shunday jumboq
sahifalardan biri davolash va shifobaxsh muassasalarning shakllanishi shaharlarda
joylashishi, o‘tmishda xalq orasida tutgan o‘rni va roli, ularning me’morchilik va
qurilish tarixidir. Jamoat binolarining bu xildagi namunalari qatoriga shifoxonalar,
dorixonalar, hammomlar, garmobalar, shifobaxsh chashmalar hamda qator
balnedavo muassasalari bularga mineral suvlar, qum va balchiqlar vositasida
davolaydigan muassasalar, obzanxonalar ham kirgan. Ma’lumki, o‘tmishda VIII
asrlardan boshlab Sharq mamkatlarida, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Misr, Iroq,
Eron, Turkiya, O‘rta Osiyo va Kavkaz ortida tabobat ilmi ancha yaxshi rivojlanga
va shu boisdan ham davolash niuassasalari xalq orasida e’tibor qozongan. Masalan,
hozirgi O‘zbekiston hududida X asrda tibbiy ilmlar ancha riivojlanib, XI asrda va
keyinchalik Buxoro, Samarqand, Ko‘hna Urganch, Toshkent kabi yirik sharlar o‘z
shifoxonalariga ega bo‘lgan. Sharq mamlakatlari xalqlari esa tabobatga oid turli xil
19 Xamidov X. XVI-XIX asrlarda yurtimiz madaniyati tarixidan lavhalar. T.: Fan, 2009. 213-bet.
17
tibbiy muassasalar va shiioxorialardan juda qadim zamonlardan boshlab foydalanib
kelganlar. Tarixchi I.To‘xlievning yozishicha, Sharqiy Turkiston va O‘rta Osiyo
xalqlarida islom dinigacha VII - VIII asrlarga qadar keng tarqalgan budda
ibodatxonalarida ilohiy bilimlar bilan birga gramatika, musiqa, yer, shamollar va
yulduzlar harakatiga oid bilimlar ham o‘qitilgan. Shunisi qiziqki, buddizm keng
tarqalgan davrlarda Sharqiy Turkistonda katta yoshdagi erkaklarnung uchdan bir
qismi savodxon bo‘lgan. Sharqda qo‘llanayotgan tibbiy yordam va xizmat turlari
hali o‘rta asr Evropasuga ma'lum emas edi. VIII asrdayoq Suriya va Misrda yirik
shifoxonalar - bemoristonlar tashkil qilinib, ularda yotib davolanish imkoni bo‘lgan.
Shifoxonalar qurilishiga hokimlar, mansabdorlar, tibbiyot arboblari bosh-u qosh
bo‘lganlar. Sharqning buyuk siymolari ulug' tabiblar Ar-Roziy va Abu Ali ibn
Sinolar ham o‘z davrida jamoa binoalari qurilishishiga jiddiy yondoshganlar. Ar-
Roziy Bag’dodda, Ibn Sino esa Hamadonda, shifoxotialar qurdirgan. Mazlum
xalqqa atab "Dorush-shifolar qurish, tibbiyot sohiblarini tayyorlash, tabobat
xizmatini to‘g'ri yo‘lga qo‘yish xayrli xizmatlar qatorlga kirib, el-yurt va hokimlar
tomonidan qo‘llabquvvatlangan. “Islom sultonlari va ulug' hokimlar el sog'ligini
yaxshilash uchun davlat homiyligi ostida dori-darmonlar va kimyoviyl malham
moddalar yig'dilar. Bu ishga bilimdon tabiblami jalb etib qulay va yorug'
shifoxonalar qurdilar”, deb yozgan edi XIII asrning iste’dodli arboblaridan biri
Rashididdin. Eronning taniqli ilmiy markazlaridan bo‘lmish Ray, Isfaxon,
Hamadon, Movarounnahrning Samarqand, Qo‘qon va Urganch shaharlarida X- XI
asriarda yirik shifoxonalar bo‘lib, ularda xalq e’iborini qozongan tabiblar faoliyat
ko‘rsatganlar. Bag'dod shahri o‘rta asriarda Sharq tabobat ilmining yirik
markazlaridan biri bo‘lgan. Bu yerda X asrda beshta shifoxona qurilishi tashkil
etilgan bo‘lib, ularni o‘z davrining mashhur tabibi Sinan Ibn Sabot boshqargan.
Shifoxonalarning ikkitasi Dajla daryosi bo‘yiga, manzarali ya xushhavo joylarga
qurilgan. Mazkur davolash muassasalarida bosh tabib va tabiblardan tashqari
sanitarlar, xizmatchilar, qorovullar, xo‘jalik ishlarini boshqaruvchilar, osoyishtalik
va tartib saqlovchilar singari shtatlar, ham belgilangan. Bag’dod shifoxonalarini
tashkil etganlar orasida shahar hokimi Adud ad-Daula ham bo‘lgan. U o‘zi qurdirgan
18
shifoxonaga 24 ta yetuk tabibni yig'ib, ularga homiylik qilgan va o‘z davrining
mashur tabibi Abul Hasan ibn Gilmizni kasalxonaga bosh tabib etib tayinlagan.
Tabiblar, odatda, bir necha tillarni bilganlar. Bu ularga bemorlar bilan
suhbatlashishda, tibbiyotdan lalabalarga dars berinshda qo‘l kelgan. Bag’dod
kasalxonalarida ko‘z kasalliklarini davolash yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. U yerda
telbalar uchun ham maxsus shifoxona tashkil etilib, u shahardan bir oz chetroqda
jovlashtirilgan. Poytaxt Bag’doddan uzoqda joylashgan Shiroz, Isfaxon, Vosit kabi
shaharlar ham o‘z shifoxonalariga ega bo‘lgan. U yerlarda tabiblik mahoratiga ega
bo‘lganligi haqidagi shahodatnomasi bor mutaxassislar ishlaganlar. Qadimgi
arboblaming shifoxonalar oldiga mashshoqlarni tezib kelib turish odati bo‘lgan,
chunki musiqa dardning oldini ga va charchoqni yo‘qotishga yordam bergan. Jamoat
shifoxonalarini islom mamlakatlarida qurish butun asrlar davrida davom etib kelgan.
Masalan, XIII asr o‘rtalarida Xaleb shahrida (Suriya) jamoat kasalxbnasi mavjud
bo‘lib, XV asrda yana yangisi Arg’un al-Komiliy shifoxonasi qurilgan. Mazkur
kasalxona bir necha hovlilan biriktiiruvchi katta bir bino kompleks ko‘rinishida
bo‘lib, alohida hovlilar atrofida yotib va qatnab davolanuvchi bemorlar uchun
maxsus xonalar, oshxonalar va boshqa yordamchi xonalar joylashgan Kasalxona
binosi ziynatli, muqarnas, tupbarggul tarzidagi bezaklar, marmar va fayansdan
ishlangan sadaf naqshlar bilan bezftilgan. Islom mamlakatlaridagi shifoxonalar va
tibbiy xizmat turlari Movaraunnahr va Xuroson shaharlariga ham xos bo‘lgan.
Hozirgi O‘rta Osiyo respublikalari hududida - o‘z davrining' ulug' allomalari
Beruniy, Amir Temur, Husayn Boyqaro, Alisher Navoiy, Ibn Sino va qator hokimlar
xalq
orasida
sog'liqni
saqlash
ishlari
bilan
shug'ullanib
shifoxonalar
qurdirganSamarqand shifoxonasi qoshida yuqoridagi vaqfda ko‘rsatilishicha,
qatnab, davolanuvclu kasallar uchun kichik shifoxona “nimak bemoriston”, ya'ni
darmonxona ham tashkil qilingan20.
Shifoxona nizomida bu yerda nafaqat kasallar, balki nogironlar, majruhlar,
qarovsiz qolgan qariyalar ham manzil topganlar, deb aytilgan. Samarqand
shifoxonasining qancha vaqt faoliyat ko‘rsatganligi noma’lum, ammo u XIII asrga
20 O'roqov A. va Xojixonov M. Temuriylar ma'naviyati va madaniyati. Samarqand: Kitobxon, 1996. 164-bet.
19
Chingizxon bosqini davrida yakson qilingan ko‘rinadi. Hozirgi davrda bu binodan,
afsuski, nishona ham qolgan emas. Samarqand shifoxonasi kabi davolash
muassasasi Xorazmnung qadimgi joylahsgan hududidan ham topilgan21.
O‘rta Osiyo xalqining nufuzli an'analaridan biri hammom qurish san’atidir.
Harmrjomlarning xizmat doirasi ko‘p bo‘lib ular o‘tmishda dam olish, kuchqudrat
va sog'liqni tiklash maskani, tozailik va shifobaxsh muassasa vazifasini bajargan.
Kishilar hamomga shifo topish, hordiq chiqarish va turli xil dardlardan forig’ bo‘lish
maqsadida ham kelganlar. Shu bois hammomlar o‘tmishda mashhur allomalar,
sayyohlar, elchilar va keng xalq ommasi olqishiga sazovor bo‘lgan. Shahar
hammomlari bozorlar, karvonsaroylar, jome masjidlari, madrasalar, shahar
darvozalari yaqinida, guzarlar qoshida qurilgan. O‘zga yiirtlardan horib, uzoq yo‘l
yurib kelgan savdogar va karvonchi shaharga kirishdan oldin hammomda yuvinib
chiqishlari shariatdan hisobiangan. Haminomlar odamlarga doim to‘la bo‘lib, ularda
erkak va ayollar o‘zlariga belgilangan kunlarda cho‘milishgan. Ba'zida ayollarning
alohida hammomlari bo‘lgan. Yozishlaricha, qadimgi turklar “charga” (chodir
hammom) va sayyor kasalkonalami kashf etib, ularni o‘z qo‘shinlari bilan 22 birga
olib yurishgan. G'arbda, xususan, Vizantiyaliklar esa chodir hammomni turklardan
o‘rgangan va o‘z qo‘shinlariga tadbiq etganlar. O‘rta Osiyo shaharlari, jumladan,
Buyuk Ipak yo‘li o‘tkan saharlar shifobaxsh hammomlarga juda boy bo‘lgan.
Tarixchi Narshaxiy X asrdayoq Buxoroda bir nechta hammom bo‘lganligidan
dalolat beradi. Ular ichida eng mashhuri Darvozai Mansur mahallasidagi “Xon
hammomi” hisobiangan. XIX asrga kelib Buxoroda 8 ta bozor, 9 ta guzar
hammomlari Xo‘jandda guzar hammomlaridan tashqari, 2 ta bozor hammomi ishlab
turgan. XIX asr oxirida Samarqand va O‘rta Tepaning 7 tadan bozor va guzar
hammomi bo‘lgan. Shu davrda Toshkentda 5 ta, Qarshida 4 ta hammom ishlab
turgan. O‘rta Osiyoning qadimiy shahar va qishloqlarida hozir ham tarixiy
hammomlar mavjud bo‘lib, ulardan xalqimiz nafaqat gigiyenik, balki shifobaxsh va
sog'lomlashtirish maqsadlarida ham foydalanib kelmoqda. O‘gan davr mobaynida
21 G'affarov Sh. Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta’lim-tarbiya tizimi tarixi. Samarqand: Ijod Press,
2001. 187-bet.
20
o‘nlab va yuzlab yangi hammomlar, banyalar qurildi, ammo milliy sharqona
hammomlar azalgidek xalq orasida o‘z mavqei va mohiyatini saqlab kelmoqda.
O‘rta Osiyo shaharlaridagi qator tarixiy hammomlarni, shu jumladan, sobiq davrida
(tipovoy) loyihalar asosida qurilgan ko‘pgina banyalar ham ko‘zdan kechirib,
ularning ish jarayonini tekshirdik, hammomlarga tushgan kishilar va xodimlar bilan
suhbatlashdik (hammasi bo‘lib 100 ga yaqin hammom tahlil qilindi). Izlanishlar
shuni ko‘rsatdiki loyihalar asosida XX asming 70-yillarida qurilgan banyalarda
xalqqa maishiy xizmat ko‘rsatish va sog’lomlashtirish gigiyenik vazifa zamona
talablariga nisbatan sezilarli darajada ma'naviy eskirgan. Ko‘zdan kechirilgan
banyalarda, asosan, tog'orada yuvinilib, dushga tushiladi va ayrim hammomlarda
xususiy obzan (vanna) va dush kabinalari Tipovoy banyalarda shifobaxsh
xususiyatli xona bu birgina bug'xona hisoblanib, u ham bo‘lsa tekshirilgan
hammomlarning deyarli 40 foizida ishlamaydi. Ishlaydiganlarida esa bug’
hammomining suvni isitib beruvchi umumiy qozonidan truba orqalu yuboriladi.
Bunday bug'ning soglomlashtiruvchi ta'siri juda past bo‘lib, uning inson tanasi va
vujudiga foydasidan ko‘ra ziyoni ko‘proqdir. Shuning uchun ham vrach-gigienislar
hammomda bunday bug'dan foydalanishri tavsiya etmaydi, chunki u juda past
haroratli va kishi organizmuga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Aslida tipovoy banyalarda
bug'ni elektr yoki “pech kamenka”lardan olish tavsiya etilgan. Ammo xizmatdagi
mavjud “banya” lar 23 odatda, bunday “pechka” lar bilan taminlanmagan,
ta'minlanganlarida esa ulardan yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Yuqoridagi sabablarga
ko‘ra obzani (vanna) yoki dushi bor oilalar ruscha hammomlarga tushishni xush
ko‘rmaydilar22.
Kuzatilgan tarixiy hammomlarda (sobiq sho‘rolar davrida xalq hammomlari
ham shunga kiradi) shifobaxsh sog’lomlashtirish vazifasining mazmun va mohiyati
butunlay boshqach. Masalan, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent, Xo‘jand,
Qo‘qon, Kattaqo‘rg'on, Xiva, Kosonsoy kabi - shaharlardagi tarixiy hammomlarda
binoning asosiy xonalari pol osti qizitish quvurlari orqali tarqaluvchi issiq havo
yordamida istiladi va natijada nafaqat pol, balki xonalar, ulardagi o‘rindiqlar supalar
22 Kattayev K. Samarqand madrasalari va ilmu-fan rivoji. T.: Sharq, 2006. 233-bet.
21
bularaing barchasi issiq holatda saqlanadi. Xalq hammomlarida o‘rindiqlar va
supalar tosh yoki marmardan ishlangan toshtaxtalar bilan o‘shalgan. Toshtaxtalar va
xonalardagi qirilmalarning issiqlik qatuvchanligi tufayli xonalardagi havo qiziydi,
qizigan pol va supalar tushgan suv esa bug'lanib issiq havoga zarur namlik baxshida
etadi. Hammom ichkarisi tomon cho‘milish xonalarining issiq namlik darajasi asta
sekin o‘zgarib havo harorati oshib boradi, shunga mos ravishda xonalaraing
vazifalari ham o‘zgarib boradi. Bu haqda o‘rta osiyolik ulug' tabib Abu-Ali Ibn Sino
o‘rta asrdayoq shunday yozgan edi: “Birinchi xona sovutadi va ho‘llaydi, ikkinchi
xona isitadi va qo‘llaydi, uchinchisi esa isitadi ira quritadi”. Xonalarning issiqlik
namlik hoiati orasidagi bunday farq cho‘miluvchilarning o‘z mijoz va ta'biga ko‘ra
hamnom xonalarini tanlashga imkoniyat beradi. Ibn Sino nomlardagi asosiy xonalar
haqida yozgan xolos. U o‘zining bu fikri bilan o‘sha davr hammomlarining
tuzilishidagi doimiylikni va xonalar orasidagi zarur aloqadorlikni ko‘rsatmoqchi
bo‘lgan23.
Karvonsaroy va tim. Tim va darvozaxonaning bunday yopiq majmuasi
ko‘rinishida qurilishi Xivaning mahalliy issiq iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Issiq
va quruq, chang va to‘zonli iqlim shaharning eng gavjum joyi hisoblangan bozorni
aynan shunday, ya’ ni hajmiy yopiq va berk, immoriy yaxlit uslubda qurilishni
taqozo etgan. Olloqulixon karvonsaroyiga tim orqali kiriladi. Timning uzunligi 74
metr, eni 26,5 metr bo‘lib, u nafaqat yopiq savdo ko‘chasi, balki Ichan qaFani tashqi
Dishan qal’a bilan bog'lovchi usti uch qator gumbazlar bilan yopilgan dalon hamdir.
Uning o‘rtasida katta gumbazli zal miyon saroy bo‘lib, undan karvonsaroyga
o‘tiladi. Tim ichki va tashqi tomondan peshtoq bilan tugallangan. Ushbu
majmuaning ichi yozda doimo salqin, qishda esa iliq va yorug' muhitga ega.
Polvondarvoza Ichan qal’adagi bozor maydoniga o‘tishdagi yopiq savdo ko‘chasi
(tim) bilan qo‘shilib yagona me'mjpriy inajmuani tashkil qilgan. Majmua ichidagi
savdo ravoqlari ko‘cha tlari bo‘ylab qator, joylashgan. O‘rtada dalon hamda chetki
ravoqlar usti gumbazlar bilan yopilgan. Xiva ob-havosi yozda shunchalik issiqki,
hatto bundan ko‘cha do‘konlari, karvonsaroylar va madrasalarning tashqi devorlari
23 Zohidov P.Sh. Me’morlar san'ati. T.: O’qituvchi, 2004. 221-bet.
22
yoki kursilari ichiga tahmon ko‘rintahida ishlangan qator va chuqur o‘yiq ravoqlik
yopiq savdo ayvonlari shaklini olgan. XVI-XVTI asrlarga kelib, Turkiston va
Rossiya o‘rtasida savvdo aloqalari ancha kuchaydi. Malumki, bu ikki o‘lka
o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ancha ilgari boshlangan edi. 1464 yili Hirotda
temuriy Abusaid tomonidan birinchi rus elchilari qabul qilinadi. Bu savdo aloqalari
buyuk jug'rofiy kashfiyotlardan keyingi dastlabki savdo aloqalari ekanligi bilan ham
uning ahamiyati har ikki tomon uchu beqiyos edi. XVI asrda Buxoro va Xorazm
xonligi Ivan Grozniy bilan elhi almashib, diplornatik va saydo afoqalaririi yo‘lga
qo‘yib yuboradi. Toshkent bekligida chekkaga charmdan ishlangan buyumlar,
egarlar, o‘qdonlar, chodirlar, choponlar, joynamozlar, elkapo‘shlar, kamonlar,
qog'ozlar, g'alla chiqarilgan. Turkistonning Rossiya bilan savdo yo‘li bu yertian
Oltin O‘rdaga boradigan- sinovdan o‘tgan ishonchli karvon yo‘li orqali o‘tilardi. Bu
yo‘l ancha qadimiy yo‘l bo‘lib, VIII-XIV asrlarda undan xazariylar, abbosiylar,
mo‘g'ullar, turklar foydalangan edi. Rus sharqshunosi A.Y.Pankovning fikricha, bu
yo‘ldan ancha qadimdan Ovrupd-Osiyo sahrolarining o‘sha vaqtdagi xo‘jayinlari
skiflar, 15 ulardan keyin xunnlar, avarlar, o‘g'uzlar, pecheneglar, polovestlar, turklar
foydalangan bo‘lishlari mumkin. Savdo inshootlarming tabiiy iqlim sharoitlariga
moslashtirilishi O‘rta Osiyoning issiq va quruq iqlimi sharoitidagi davomli yoz
faslida havoning yuqori harorati va kuchli quyosh radiatsiyasi tufayli insonning soya
va salqin muhitga bo‘lgan ehtiyoji ortib borafi. Bu holat insonning; kundalik
turmush sharoitida ham, ijtimoiy bayotini me'moriy tashkil qilishda ham sezilib
turadi. O‘rta Osiyo iqlimi bilan bog'liq ushbu qonimiyat fiiqaro me’morchiligi va
shaharsozlik yechimlarida ham o‘z aksini topgan. Jumladan, u issiq iqlim sharoitida
bozor muhitim soya-salqinda tashkil qilish ya shunga mos tarzda savdo inshootlarini
shakllantirishni taqozo etgan. Samarqand va Shahrisabzda qurilib saqlangan o‘rta
asr chosulari, Buxoro va Xivadagi toq va timlar, Samarqandda Amir Temur davrida
qurilgan bozor yopiq savdo ko‘chasi, ko‘hna Urganch, O‘sh va O‘rta Osiyoning
tarixiy shaharlarida qurilgan yopiq bozorlar fikrimizning dalilidir. Xususan, uyi
yopiq savdo-hunarmandlar, ko‘chasini tashkil qilgan O‘sh bozorining uzunligi 800
metr bo‘lib, uning usti yog’och ustunlar va to‘sinlar ustiga tashlangan qamishlar
23
bilan yopilgan24. Ayrim savdo ko‘chalari esa yog'och ustunlar va xarflar ustiga
tortilgan qator bo‘yralar yoki loy bostirmalar ko‘rinishida bo‘lgan. XVIII asrda
Xo‘jandda “Payshanba bozor” deb nomlangan yirik hunarmandchilik markazi
shakllanib, har haftaning payshanba kuni bu yerda katta bozor bo‘lgan. Bozor
shaharning asosiy to‘rt gavjum ko‘chalari kesishgan cborrahada joylashgan.
Chorraha va unga tutash ko‘chalarning ayrim qismlari yog'och ustun va to‘sinlarga
o‘raatilgan tekis tomlar bilan yopilgan25.
24 O'roqov A. va Xojixonov M. Temuriylar ma'naviyati va madaniyati.Samarqand: Kitobxon, 1996. 157-bet.
25 G'affarov Sh. Chor Rossiyasi istibdodi davrida Turkistondagi ta’lim-tarbiya tizimi tarixi. Samarqand: 2001. 154-
bet.
24
II.1. Samarqand va Buxoro shaharlaridagi tarixiy-me’moriy
yodgorliklarining o‘rganilishi
Samarqand Markaziy Osiyoning eng qadimiy shaharlaridan biridir. 2007-
yilda shahrining 2750 yillik yubileyi nishonlandi. Bu yoshga kirgan shahar Markaziy
Osiyoda boshqa yo‘q. Shuning uchun ham Samarqand shahrining me’morchiligini
qisqacha bo‘lsada, uning tarixi bilan uyg'unlashgan holda qarab chizish
mamlakatimizda arxitekturaning shakllanganligi va rivojlanganligini kengroq o
‘rganish imkoniyatini beradi. Samarqandda 290 dan ortiq arxitekturaviy va 2
mingga yaqin arxeologik yodgorliklar mavjud. Tarixchi va adiblar bu shaharni Sharq
musulmon dunyosining qimmatli durdonasi, “Sharq Rimi” deb ham ataydilar. Bu
shahar atoqli davlat arbobi, buyuk sarkarda Amir Temur, podshoh va astronom olim
Mirzo Ulug'bek, davlatimiz Prezidenti Isiom Karimov singari jahonga mashhur
insonlarning nomlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Zarafshon vodiysining ko‘rkam
va bahavo, so‘lim yerida, Movarounnahr markazida geografik qulay joylashganlik
Markaziy Osiyo shaharlari chida Samarqandni birinchi o‘ringa ko‘targanligi
tabiiydir. Arxeologik qazishmalar natijalari bo‘yicha qadim zamonlarda Zarafshon
daryosi bo‘yida joylashgan Samarqandda paleolit, neolit davrlarida ovchi qabilalari,
bronza davrida chorvachilik va dehqonchilik qabilalari yashaganliklari isbotlab
berilgan. Odamlar tashqi muhit ta ’sirlari va har xil hayvonlar hujumidan o ‘zlarini
muhofaza qilish maqsadida yerto‘la va chaylalar qurganlar va u joylarda
yashaganlar. Strategik qulay yerda joylashganligi uchun rivoj lanishning dastlabki
bosqichlarida Samarqand (yozma ma’lumotlarda So‘g’d davrida Marokand deb
nomlangan) mustahkam devor bilan o ‘ralgan. Dastlab u yerda aholi tarqoq
joylashgan. Samarqand arxitekturasi miloddan avvalgi davrdayoq rivojlana borgan.
Qoldiqlari hozir ham “Devori qiyomat” nomi bilan mashhur bo‘lgan voha
devorining uzunligi 40 km ni tashkil etgan. O‘rta sharqni egallagan quldorlik tuzumi
krizisi natijasida Samarqand hududi ham keskin qisqargan26.
Temur va temuriylar davrida Samarqand o‘zini o ‘nglab olib, shahar birun va
rabotga butunlay ko‘chib chiqqan va rivoj lanish ilgarilab ketgan. Bu davrda ko‘p
26 O'roqov A. va Xojixonov M. Temuriylar ma'naviyati va madaniyati.Samarqand: Kitobxon, 1996. 211-bet.
25
tarmoqlar singari me’morchilik va binokorlik ishlari ham gullab yashnagan.
Samarqand nihoyatda obod va ko‘kalamzor shaharga aylanadi. Amir Temur
o‘zining tug‘ilgan yurti Shahrisabzni shaharga aylantirgan. U yerda 1380-yilda
Oqsaroy qasrini, keyinchalik to‘satdan vafot yetgan o‘g‘li Jahongir maqbarasini
qurdirgan27.
Shahrisabzdagi Oqsaroyni xorazmlik ustalarga qurdirgan. Binoni bunyod
etish qariyb 20 yilga cho‘zilgan. Uning qurilishi 1403-yillardan keyinroq bitgan.
Oqsaroy peshtoqlik va go‘zallikka g‘ishtlarning yaxlit bo‘lib ko‘rinishini ta’minlash
old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli
erishilgan. Gumbazning ichi va yonlariga burchaklardagi minoralarga koshin - g
‘ishtlardan qalqon shaklidagi geometrik naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan
g ‘isht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar fonida ko‘kyo‘g‘on
belboqqa o‘xshash kompozitsiyani tashkil etgan. Devorlardagi turlituman
ranglarning jilosi, koshinkor syujetlar, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy,
suls yozuvlari, islimiy, geometrik va o‘simliksimon naqshlarning o‘zaro uyg‘unligi
binoga noyob va sehrli mazmun baxsh etgan. Rangining oy yorug‘ida jilolanib -
oqarib ko‘rinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan28.
Temuriylar davrining ikkinchi bosqichida me’morchilikda qo‘sh gumbazlar
yaratish odat tusiga kirgan. U davr arxitekturasi shakllarning boyishi, dekorativ
elementlarning ko‘payishi, rangning ko‘p ishlatilishi va devorlarga, ayniqsa
inshootlar fasadlariga nihoyatda chiroyli va rango-rang pardoz berilishi serjilo
ishlanishi bilan ham xarakterlidir. XV asrning ikkinchi yarrmda dekorativ
pardozlashda yangi texnik pardozlash kundal paydo bo‘lgan. Kundalda chinni sopol
yoki chinni relyefli bezakka to‘la suvi yuritilgan. Monumental me'morchilikda
binolarning rejasi murakkablasha borgan. Buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek davrida
madrasalar, jamoat va fanga taalluqli bo‘lgan binolar, inshootlar qurilishi, ayniqsa
keng rivojlangan. Markaziy xonalarga katta va baland gumbazlar o‘rnatilgan.
27 Frederek S.S. Lost enlightment. Central Asia’s golden age from the arab concuest to Tamerlane. New Jersey:
Princeton University press, 2013. P. 145.
28 Nozilov D.A., Uralov A.S. O’rta Osiyo me’morchiligi tarixidan lavhalar. T.: Ijod press, 2004. 55-bet.
26
Temuriylar davrida yaratilgan saroy va maqbaralar shular jumlasidandir. Go‘ri
Amir, Shohi Zinda maqbaralari bir qancha inshootlar bilan birgalikda ansambl
ko‘rinishini tashkil etgan. Hovlili rejaviy yechim masjid, madrasa, karvonsaroy,
qasrlarda qo‘llanila boshlangan. Inshootlar kompozitsiyasida bitta asosiy o‘q
bo‘yicha peshtoqlar, o‘zining gumbazi bilan mancaziy xona joylashgan. Amir
Temur davrida peshtoqlarning ikki yonboshida minoralar o‘rnatila boshlangan.
Keyingi inshootlarda bunday yechimdan uzoqlasnadi, peshtoq proporsional qilib
ishlanadi29.
Shohi Zinda 25 dan ortiq madaniy qatlamni o‘ziga singdirgan arxeologik -
me’moriy yodgorlik kompleksi hisoblanadi. Shohi Zinda madaniy meros obyekti
nafaqat Samarqand, balki butun Movarounnahr m e’morchilik maktabi namunalari
sifatida turli davrlarda qurilgan 20 dan ortiq arxitektura yodgorliklarini o‘z ichiga
oladi. Shohi Zinda ansambli Muhammad payg‘ambarning amakivachchas
Abbosning o‘g‘li Qussam 676-yilda Samarqandga islom dinini targ‘ib qilish uchun
arab istilochilari bilan keladi. U shu yerda o‘ldirilgan va dafn etilgan. Uning atrofida
mo‘tabar kishilar dafn qilingan. Inshootlarning ko‘pchiligi XIV asrga tegishlidir.
Arxitektura ansamblining yakunlovchi kirish peshtoqisidarvozaxonasi keyingi
davrda tiklangan. Peshtoqqa bu ulkan binoga Amir Temur Ko‘ragoniy o‘g‘li,
Shohruxxon o‘g‘li, Ulug‘bek Ko‘ragoniy o‘g‘li Abdulazizxon tomonidan asos
solingan deb yozilgan. U Ulug‘bek tomonidan 1434-1435-yillarda o‘g’li
Abdulazizga atab qurdirilgan. Zinalardan chiqib, tor ko‘cha bo‘ylab yurganda, kishi
uzoq tarix bilan ko‘rishganday bo‘ladi. Kirishdan uzoqlashgan sari inshootlar
qadimlasha boradi. Zinaning chap tomonida XV asr ayvonlaridan birida ikki
gumbazli Qozizoda Rumiy (Ulug‘bek davrining matematigi va astronomik va uning
yaqinlariga atalgan maqbara joylashgan. O‘ttiz olti poyali zinadan ko‘tarilgach,
galereyaga duch keladi.
Samarqand shahrining eng mashxur inshooti Amir Temur maqbarasidir. Bu
inshoot 1404-yilda Amir Temur ko‘rsatmasi bilan Kichik Osiyoga yurish qilgan
vaqtda (1403-yilda) vafot etgan sevimli nevarasi, taxt vorisi Muhammad Sultonga
29 Alimova D. O’zbekiston san’ati (1991-2001-yillar). T.: Sharq, 2001. 233-bet.
27
atab qurilgan. Bir oz vaqt o‘tgach, 1405-yilning fevral oyida Xitoyga yurish qilgan
chog‘ida Amir Temur vafot etadi va u ham shu yerga dafn qilinadi. Yuksak shahar
sozlik usullariga ega, me’moriy dekor san’atiga boy, ko‘shinkorlik ishlari juda ham
sifatli, arka va sferik gumbazlarining arxitekturaviy shakl va proporsiyalari
uyg‘unlashgan tarixiy yodgorliklarga serob Samarqandda yana bir yangi uslub -
relyefli bezak qo‘llanilgan. Bu usulda ishlangan jahondagi ikkita asar ham shu
yertedir (Bibixonim masjidi va Amir Temur maqbarasi)Registon maydonidagi
noyob
inshootlar-Ulug‘bek
(1417-1420-yillar),
Sherdor
(1619-1636-yillar)
madrasalari va Tillakori madrasa-masjidi (1646-1647-yillar) barpo etilgan.
Ulug‘bek madrasasi ekspluatasya qilish davrida tashqi tasirlar, zilzilalar va ichki
janglar oqibatida jiddiy talofot ko‘rgan. Tashqi gumbazlar, ikki minora va ko‘pgina
yashash xonalari vayron bo‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi gumbazi
Sharqda eng katta gumbazlar qatoridan o‘rin egallagan. Registondagi arxitektura
yodgorliklari. Ulug‘bek madrasasining umumiy ko‘rinishi (1417- 1420-yillar) XVII
asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir hashamatli binolar qurishga boshqa
beklar bilan raqobat qilib, vayrona holatidagi Ulug‘bek xonaqohi o ‘rniga Sherdor
madrasasini Mirzoyi karvonsaroy o‘rniga Tillakori madrasa - masjidini qurdirgan.
Tillakori va Sherdor madrasalari katta o‘lchamlilik, pardoz ishlarining nozikligi
bilan ajralib turadi30.
Tillakori madrasasi 1646-1647-yillarda jome masjid va madrasaga
mo‘ljallanib qurilgan. U ansambldagi Ulug'bek va Sherdor madrasalari bilan
muvozanatlashtirib bunyod etilgan Hovlining g‘arb tomonidagi masjidga peshtoq
orqali kiriladi. Masjid xonasi ikki yonidagi ravoqli gumbazlar galereyasi tufayli
keng o‘rinadi. Xona to‘ridagi marmar qoplamali mehrob, o‘ng tarafida marmar
zinapoyali minbar bor. Xona o‘z vaqtida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan.
1930-yillarda bu yerda maxsus ustaxona tashkil etilib, koshinlarning qadimiy
rangini topish y o ‘lida tadqiqot ishlari olib borilgan. Mustaqillik yillarida inshoot
restavratsiyadan chiqdi va avvalgi go‘zal holatiga keltirildi. Tillakori masjid
30 http://www.Shosh.uz
28
madrasasi katta xonasining ichidagi badiiy bezaklar jilosi halning hamda rango-rang
naqshlarning tovlanishiga asoslangan naqshlar me’moriy shakllarning tuzilishiga
qarab taqsim etilgan. Burchakburchaklaridagi mehroblar kundal uslubida islimiy
naqshlar bilan bezatilgan.Ulug’bek rasadxonasi binosi yo‘qolib ketgan bo‘lgan. Uni
ko‘p izlanish va mehnatlar evazida arxeolog Vyatkin 1908-yilda topgan. Doira
shaklidagi u tarixiy inshootning diametri 46 m ni, balandligi 30metrni tashkil etgan.
Binoning asosini burchak o‘lchagich (tik aylana) tashkil etadi. Binonining radiusi
40,2 m, yoy uzunligi 63 m ga tengdir. Inshootning asosiy asbobi - Sektant meridian
bo‘ylab o‘ta aniqlikda o ‘rnatilga31.
Abdulazizxon
madrasasi
Buxorodagi
me’moriy
yodgorlik
XVII
asrda Buxoro xoni Abdulazizxon tomonidan qurilgan. Abu Hafs Kabir Buxoriy
yodgorligi IX asrda qurilgan. Abu Hafs Kabir hanafiy mazhabi olimlaridan biri.
Allomaning xizmatlari sababli Buxoroi sharif “Qubbatul islom” (Islomning
gumbazi) unvonini olgan. Bahouddin Naqishband majmuasi Buxoro viloyati
Kogon tumani Qasri Orifon qishlog’ida joylashgan. XIV-XVI asrda qurilgan.
Masjid, madrasa, hovuz, minora, quduqdan iborat ziyoratgoh majmuasi. Baland
masjid Buxoro shahrida XVI asrda bunyod etilgan. Masjid- harsang toshlar ustiga
qurilgan. Uni qurishda mumtoz davr meʼmorchiligining noyob va nafis usulidan
keng foydalanilgan. Bolohovuz masjidi Bolohovuz gumbazli masjidi XVIII asrda
(1712 yilda ) qurilgan. Sayfiddin Boharziy obidasi Buxoroda XIII- XIV asrlarda
qurilgan. Mo`g`ul bosqinchilari orasida islom dinini targ`ib qilgan allomalardan.
Bayonqulixon yodgorligi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi noyob namunasi bo‘lib, XIV
asr oʻrtasida qurilgan. Mo`g`ullarning Chig`atoy ulusi xoni Bayonqulixon
ziyoratgohi Amir Temur davri meʼmorchiligining ilk namunalaridan hisoblanadi.
Buxoro namozgohi Buxorodagi me’moriy yodgorlik-Nomozgoh. Qoraxoniylar
sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida XII asrda (1119-yilda) barpo etilgan. Chоr
Bаkr me’moriy majmuasi Chor Bakr majmuasi XVI asrda qurilgan. Xonaqoh,
masjid, madrasa va katta bogʻdan iboratdir. Chor minor Buxorodagi meʼmoriy
31 Frederek S.S. Lost enlightment. Central Asia’s golden age from the arab concuest to Tamerlane. New Jersey:
Princeton University press, 2013. P. 686.
29
yodgorlik
bo`lib
1807-yilda
qurilgan.
Chor
minor
qurilgan
masjid,
madrasa,
xujralar bilan oʻralgan hovlidan iborat.
Fayzobod xonaqohi
Buxoroda taxminan 1598-1599-yillar qurilgan. Fayzobod xonaqohi ochiq ravoqli
galereya shaklida qurilganligi bilan ajralib turadi. Govkushon majmuasi Buxorodagi
meʼmoriy yodgorlik bo‘lib, XVI asrda barpo etilgan.Bu majmua madrasa, masjid,
minora, hovuz va saroydan iborat. Mir Arab madrasasi Madrasa- XVI asrda(1530-
1536) qurilgan. Madrasa 114 hujradan iborat. Bu Buyuk ilm dargohi hozirgi kunga
qadar faoliyat ko`rsatmoqda. Ismoil Somoniy maqbaras IX asrda qurilgan.
Buxorodagi ko‘hna memoriy yodgorlik . Musulmon amiri Ismoil Somoniy sharafiga
qurilgan dastlabki maqbara. Sharqning me`moriy durdonasi deb ataladi va 1997-
yil Yunesko ro`yxatiga olingan Koʻkaldosh madrasasi Buxoro xonining vaziri
Qulbobo Koʻkaldosh XVI asrda (1568-1569-yillarda ) qurdirgan. Labihovuz
ansambli XVII asrda barpo etilgan Hovuz va uning gʻarbida Nodir Devonbegi
xonaqohi, sharqida Nodir Devonbegi madrasasi, shimolida Koʻkaldosh madrasasi
va Ernazar elchi madrasasi qad koʻtargan. Masjidi Kalon Buxoroda XII-XVI asrga
oid jome’ masjid. 1997-yil YUNESKO tashkilotining butun jahon yodgorliklar
ro`yxatiga kiritilgan. Nodir devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning
vaziri Nodir devonbegi tomonidan XVII asrda 1622-1623-yillarda qurilgan. Unda
madrasalarga xos ayvon, masjid va katta darsxona bor. Sitorai mohi xosa Sitorai
mohi xosa - Buxorodagi mangʻitlar sulolasining uch avlodiga mansub saroy -
bogʻ. Buxoro amirlarining qarorgohi. Ulug`bek madrasasi Buxoro viloyati
G`ijduvon tumanida XIV asrda Mirzo Ulug`bek tomonidan qurilgan madrasa.
Xoʻja Zayniddin majmuasi XVI asrning I yarmida Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik.
Bino masjidga moʻljallab qurilgan, unimng hujralari ham bor. Yettti pir yodgorlik
majmuasi Buxoro viloyatida joylashgan XII-XIV asrlarda yashab o`tgan buyuk
tasavvuf ulamolari sharafiga qurilgan yetti yodgorlik ziyoratgohlari. Buxoro Arki
Buxorodagi shaharning qadimiy qal`asi dastlab miloddan avvalgi I asrda qurilgan.
Hozirgi qiyofasi asosan shayboniylar davrida XVI asrda shakllangan. Shaxrisabz
Oqsaroy saroyi bayramona hukumat binosi – rezidentsiyaning namunasi . Saroyning
qurilishi 1380-yilda boshlangan,1404-yilda tamomlangan. Temuriylar barpo etgan
30
barcha
inshootar
orasida
eng
antiqasidir.
Dorut-Tilovat Ziyoratgoh XIV-XV asrlarga Shaxrisabzda bunyod etilgan.
Shamsiddin Kulol maqbarasi hamda Ko‘k-Gumbaz jome’ masjididan iborat.
Gumbazi Sayidon Shaxrisabzda Mirzo Ulug’bek tomonidan XV asrda qurilgan
ziyoratgoh. Dorus-Saodat ansambli uch qismidan iborat: Hazrati Imom masjidi
Amir Temurning katta o‘g’li Jahongir Mirzoning qabri va Amir Temur o‘zi uchun
qurdirgan dafngohdan iborat. Termiz Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi
Termiz shahrining yaqinida Amudaryo bo‘yida joylashgan. IX-XV asrlarga mansub
ziyoratgoh. Alloma IX asrda yashagan mashhur mutasavvif olim. Abu Iso at-
Termiziy yodgorligi Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanidagi XI-XII asrlarga oid
ziyoratgoh. Abu Iso Termiziy (rahmatullo alayhi) mashhur muhaddis, Sunanini
Termiziy, ash-Shamoyili an-Nabaiyya kabi asarlar muallifi. Jarqo‘rg’on minorasi
O‘rta Osiyodagi qirrali yagona minora. U O‘rta asrlardagi memor Ali ibn
Muhammad Sarahsiy tomonidan XII asrda (1109-yilda) qurilgan. Sulton Saodat
majmui Termizdagi payg’ambarimiz avlodlari-sayidlarning hilxonasi. Ziyoratgoh
X-XVII asrlarga oid. Termizning sharqida joylashgan bo‘lib, VII asr davomida
shakllangan. Buxoroning eng qadimiy yodgorliklaridan biri X asrning boshida
Somoniylar
sulolasining
asoschisi
tomonidan
qurilgan
Ismoil
Somoniy
maqbarasidir. Maqbara usti yarim sfera shaklidagi gumbaz bilan yopilgan kub
shaklidagi binodir. Somoniylar maqbarasi O‘rta Osiyoning me’morchiligida
bizgacha yetib kelgan, pishiq g’ishtdan qurilgan birinchi bino bo‘lib, bunda g’ishtlar
ham qurilish uchun, ham bezatish uchun ishlatilgan. Shaharning asosiy va eng
baland ko‘tarilgan inshooti 1127-yilda qurilgan Kalon minorasidir. Bu har
tomonlama komil muhandislik inshooti, Buxoroning sathidan 47 metrga ko‘tarilib
turgan ulkan minoradir. O‘zbekistonda eng baland bo‘lgan ushbu minora tepaga
chiqqan sari sal ingichkalashib boradi, uning dumaloq aylanasidan o‘rab turgan
halqalar turli rangdagi sirlangan g’ishtchalar bilan bezatilgan. Shu bilan birga
minoradagi naqshlarning turli-tumanligi va takrorlanib kelishi sodda va komil
me’morchilik shakllarini boyitadi. Buxorodagi o‘rta asrlar me’morchiligining
alohida xususiyati – ko‘cha yoki maydon bilan bir-biridan ajralib turgan va old