MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONNING MA’NAVIY VA
MADANIY TARAQQIYOTI
Reja:
1. Tarixiy xotira yosh avlodni tarbiyalashning muhim omili sifatida
2. Tarixiy meros, mutafakkir avlodlarning ma’naviy meros kelajak
yutuqlarimiz garovi
3. Milliy va diniy qadriyatlarimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni
4. Millatlararo tinchlik va konfessiyalararo totuvlik-barqarorlik garovidir
5. Mustaqil yurt san’ati, adabiyoti va me’morchiligida milliy qadriyatlarning
aks etish.
Biron bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy
qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustaxkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida
Sharq xalqlari uchun qudratli ma’naviyat manbai bo‘lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom
etgan qattiq mafkuraviy tazyiqga qaramay, O‘zbekiston xalqi avloddan avlodga o‘tib
kelgan o‘z tarixiy va madaniy qadriyatlarini hamda o‘ziga xos an’analarini saqlab
qolishga muvaffaq, bo‘ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar
mobaynida yaratib kelingan g‘oyatulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash
1
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi. Darhaqiqat,
O‘zbekistondagi ijtimoiy sohaning tub ildizlaridan bo‘lmish ma’naviy sohning
keng rivojlanishi xalqimiz ko‘z o‘ngida, uning faol ishtiroki bilan bo‘ldi. Xalqimiz
o‘z tarixi, urf-odatlari, milliy va diniy qadriyatlariga o‘zgacha ehtirom bilan
munosabatda bo‘lishi jahon ahli tamonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, bozor
munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga g‘oyatkatta e’tibor berilishi
mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat ko‘rinishining o‘zigaxos hususiyatlaridan biridir.
Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni, milliy o‘zlikni anglashning o‘sishidan,
xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy
jarayon deb xisoblaymiz. Tarix xotirasi, xalqning, jonajon ulkan, davlatimiz xududining xolis
va xaqqoniy tarixini tiklash milliy o‘zlikni anglashni, ta’bir joiz bo‘lsa, milliy iftihorni tiklash
va o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Tarix millatning xaqiqiy tarbiyachisiga
aylanib bormokda. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni
jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmokda, ahloqiytarbiya va ibrat manbaiga
aylanmokda.
O‘zbekistonning birinchi rahbari Islom Karimov mustaqillik ostonalarida,
ya’ni 1990 yil 20 yanvarda Toshkent shahar faollari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda
Toshkentni yuksak madaniyatli shaharga aylantirish kerakligi, zamondoshlarini
emas, kelajak avlod ham u bilan haqli ravishda faxrlanadigan shaharga aytantirish
masalasi qo‘yildi. Ushbu yig‘ilishda Islom Karimov shunday degan edi: “Tariximiz
uchun ham, hozirgi kun uchun ham o‘zbek ishchilarining, o‘zbek dehqonlarining,
o‘zbek ziyolilarining uyalishlariga hech bir asos yo‘q. Aksincha, ular juda og‘ir
sinovlarga, ba’zan esa nohaq sinovlarga qaramay, o‘zlarining mashaqqatli ishlarini
munosib ravishda ado etib kelmoqdalar, bu bilan ular haqli ravishda faxrlanishlari
mumkin.
Biz yaqinda bo‘lajak Navro‘z bayramini an’anaviy bayram sifatida nishonlash
to‘g‘risida masalani muhokama qildik. Har jihatdan diqqat e’tibor bilan
muhokama qildik, “qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarilgan”, o‘zboshimchalik bilan
zararli, halqqa begona qarorlar qabul qilingan, an’analarimiz, urf-odatlarimizning
2
asriy negizi oyoq osti qilingan o‘tmish davr saboqlarini hisobga oldik. Avvalo,
odamlarning, butun xalqimizning ko‘pdan-ko‘p istak va talablarini hisobga olib,
biz bu yil Navro‘zni yangichasiga, katta umumxalq bayrami sifatida tantana bilan
o‘tkazish haqida qaror qabul qildik”. 1992 yil Prezident farmoni bilan Ramazon va
Qurbon hayit kunlari umumxalq bayrami, deb e’lon kilindi. Xalqimiz asrlar davomida
nishonlab kelgan bayramlaridan biri — «Navro‘z» umumxalq bayrami sifatida qayta
tiklandi.
Hali SSSR tarkibidagi O‘zbekiston SSRda xalqimizning diniy ulamolari
xotirasini sharaflab, ilmiy anjumanlar o‘tkazish an’anasi boshlab yuborildi.
O‘zbekiston SSR Prezidenti I.Karimov Abu Iso Muhammad ibn Iso at-
Termiziyning 1200 yilligiga bag‘ishlab o‘tazilgan ilmiy anjuman (1990 yil 14
sentyabr) ishtirokchilariga yuborilgan tabrigidan qisqa keltirish o‘rinli bo‘lar edi:
“O‘zbekiston hukumati mo‘minlarning istaklarini inobatga olib, musulmon
dunyosining eng muqaddas yodgorliklaridan biri – Xalifa Usmon “Mus’hafi”ni ular
ixtiyoriga qaytarib berdi. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga
o‘tkazildi. Yangi masjidlar ochilmoqda. Makka va Madinani ziyorat etishga
borayotgan musulmonlar ko‘paydi... Davr shu kunning zarur muammolarini hal
etishga intilish barobarida ona tarixning ilg‘or an’analaridan saboq olishni ham
taqazo etadi.
Qadimiy Movarounnahr va Xuroson farzandlarining jahon ilmu-ziyosi
tarixiga zarvaraqlar ila bitilgan asarlari oz emas. Imom Buxoriy, Abu Rayhon
Beruniy, Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug‘bek, Jomiy,
Navoiy, Bobur, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat va boshqa yuzlab zotlarni jahon
yaxshi biladi. Bu zakiylar silsilasida Imom-At Termiziyning aziz nomlari ham
yorug‘ yulduzday charaqlab turibdi”.1
Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviy yuksalishning bosh yo‘li deb avvalo, avlodlar
merosini chuqur o‘rganish, undan faxrlanish dastlabki o‘rinlarga qo‘yildi.Markaziy
Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan
qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Ularning
1Каримов И. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. “Ўзбекистон”, Тошкент, 2012, 250-б.
3
nomlari, jaxon sivilizatsiyasi tarakqiyotiga ko‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun
dunyoga ma’lum. Tarixiy tajriba, an’analarning meros bo‘lib o‘tishi — bularning
barchasi yangidan-yangi avlodlarni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanib qolmog‘ilozim.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda
ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga
yetkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmokda.
Shu borada «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil kilish va
ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan. 1994 yil
23 apreldagi va keyingi Prezident farmonlari respublikada ma’naviy va mafkuraviy
ishlarni yuksaltirishda katta axamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekistan Respublikasi
Prezidentining 2000 yilning 2 iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat
kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni esa mamlakatimizda
ma’naviy-ma’rifiy isloxotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqol g‘oyasiningasosiy
tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni
amalga oshirishga karatilgan muhim dastur bo‘ldi.
O‘zbekiston rahbari I.Karimov 2008 yilda chop etilgan “Yuksak ma’naviyat
– yengilmas kuch” nomli asarida ma’naviyatning mustaqil O‘zbekiston uchun
ahamiyatiga shunday to‘xtalgan edi: “Biz xalqimizning dunyoda xech kimdan kam
bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli
bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,
bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb
etadi...
Mana shunday qarash fikrlari umumlashtirilib, insonga xos orzu-intilishlarni
ro‘yobga chiqarish, uning ongli hayot kechirishu uchun zarur bo‘lgan moddiy va
ma’naviy olamni bamisli parvoz qilayotgan qushning ikki qanrotiga qiyoslasak,
o‘ylaymanki, o‘rinli bo‘ladi.”
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-
odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib
4
etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning
dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi.
Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan
katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari,
san’at oliy o‘kuv yurtlari, folklor-etnografik guruxlar madaniyat o‘choklariga
aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazaridan yondashishga chek
qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi
allomalarning nomlari tiklanib, asarlari chop
etidsi.
20asrning
90-yillarida SSSRning parchalanishi va O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi
bilan o‘zbek adabiyoti taraqqiyoti tarixining yangi davri boshlandi. Bu davr
adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari haqida gap ketganda eng avvalo,sovet
davrida qoralanib kelingan Amir Temur singari tarixiy siymolar va o‘zbek
xalqining tarixiy qahramonlarihaqida asar yozish imkoniyati yaratildi. O‘zbek
adabiyoti milliy adabiyot sifatida kamol topa boshladi.
1991 yili buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy yubileyini
o‘tkazish katta voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib respublikamizda shoirning
asarlari nashrdan chikarildi. Alisher Navoiyning 550 yilligi munosabati bilan
xaykalning ochilish marosimida (1991 yil 1 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov shunday niyat bildirgan edi: “O‘z tarixi va ajdodlarini
siylagan xalqning kelajagi albatta porloq bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekistonimiz tez
orada dunyo xamdo‘stligi o‘rtasida o‘ziga munosib o‘rinni egallaydi, inshoollo.
Ana o‘shanda ham Alisher Navoiyning qutlug‘ nomi bizga madadkor bo‘ladi”.
O‘zbekistonning mustaqilligi natijasida badiiy ijod, tasviriy san’atga e’tibor
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sharqning buyuk musavviri Kamoliddin Behzod
tavalludining 540 va 550 yilligi keng nishonlandi. Rassom tavalludining 545 yilligi
YuNESKO qaroriga binoan xalqaro miqyosda Toshkentda o‘tkazildi. Behzod
nomidagi muzeyga asos solindi. 1994 yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kunining
600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKOning Parijdagi
5
qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tkazildi. Mustaqillik yillarida buyuk
sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YuNESKO tomonidan 1996 yil
«Amir Temur yili» deb e’lon qilindi. Shu yili YuNESKOning Parijdagi qarorgoxida
«Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida
anjuman
va
unga
bag‘ishlangan
ko‘rgazma
ochildi.
Mamlakatimizda«Temurvatemuriylar» muzeyi, Amir Temurnomiberilganbog‘lar,
ko‘chalarbarpoetildi. Barchaviloyatlarvashaxarlardaharyili Alisher Navoiy, Bobur,
Mashrab,
Ogahiylarga
bag‘ishlanibkechalaro‘tkazildi,1999
yilimamlakatimizdaJaloliddinManguberdining 800 yilliktavalludiga, «Alpomish»
dostoniyaratilishining 1000 yilligiga bag‘ishlanganturlikechalar, ma’naviy-ma’rifiy
tadbirlartashkiletildi.O‘zbeksitonda unga atab bir nechta haykallar o‘rnatilgan,
Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial majmua
qurilgan.
Yurtboshimiz Islom Karimov tashabbusi vabevosita ishtiroki bilan buyuk
vatandoshlarimiz fiqx ilmining bilimdoni, nomi Sharq va G‘arbda mashhur bo‘lgan
Abul Xasan ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al Farg‘oniy al-Marg‘inoniy tavalludining 910
yilligi,
Kalom
ilmining
asoschisi
Imom
Abu
Mansur
al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligi butun mamlakatimizda keng nishonlandi. Islom
olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-3amaxshariyning
920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Baxovuddin Naqshbandiyning 675
yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.
Ma’naviy xayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga
bag‘ishlab, Qur’oni
Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan
«Al-jome’
as-saxih»
(Ishonarli
to‘plam),
«Al-adab
al-mufrad»
(Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashrdan chikarildi.
1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Ahmadal-Farg‘oniy
tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar
munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy
ko‘rgazmalar ochildi.
6
Yurtimiz hali ittifok tarkibida bo‘lgan, Kremlning hukmronlii xali kuchini
yo‘kotmagan bir paytda - 1990 yil iyun oyida Respublika Prezidenti Islom Karimov
«Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj kilishi to‘g‘risida»gi farmonga imzo
chekdi. O‘zbekiston hukumatining xar tomonlama qo‘llab-quvvatlashi bilan 1991 yilda
haj qilish baxtiga 350 kishi sazovar bo‘lgan bo‘lsa, 2001 yili xojilarning soni 3801
kishiga yetdi. Jami mustaqillik yillari xaaj ibodatini ado etishga muvaffaq bo‘lganlarning
soni 31.057 kishini tashkil qildi.
«Movarounnaxr» diniy boshqarmasifaoliyatirespublikamizhayotidao‘z o‘rniniegalladi.
Din insonruhinipoklashi, odamlaro‘rtasidamexr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi,
milliyqadriyatvaan’analarniasrashgaxizmatqilishibilanjamiyathayotidamuhim
o‘rintutibkelgan.Barchamizgama’lumki,
O‘zbekistonaholisiko‘pmillatlidavlatlarqatorigakiradi. HozirO‘zbekistonda 136 ta
millatvaelatlarningvakillariyashaydi.
Harbirmillatningumumiymanfaatlaribilanbirgao‘zqadriyatlariham
bor.
O‘zbekistonkabiko‘pmillatlimamlakatdaturlimillatlarmanfaatlariniuyg‘unlashtirish,
ular
orasidatotuvliknita’minlashtaraqqiyotninghalqiluvchiomillaridanbirihisoblanadi.
Bu borada O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017 — 2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonning qabul qilinishi katta
ahamiyat kasb etadi. Harakatlarstrategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida
fuqarolik, millatlararovakonfessiyalararotinchlikhamdatotuvliknimustahkamlashga
alohida
urg‘u
berilgan.O‘zbekyurtiazaldanqadimiydinlarrivojtopganmakondir.
Bugungikundamamlakatimizdaturlie’tiqodgamansubdiniytashkilotlaro‘rtasidao‘zar
ohurmatvabag‘rikenglikmuhitio‘rnatilishiuchunbarchasharoitlaryaratilgan.O‘tgan29
yilmobaynidabuyo‘nalishdamuayyannatijalargaerishildi.
Engasosiysi
–
bag‘rikenglikningmuhimomillaridanbiribo‘lganmillatlararovadinlararototuvlikto‘lat
a’minlandi. Bugunmamlakatimizda17diniykonfessiyagamansub
2224 ta
diniytashkilotva 140 ga yaqinmilliymadaniymarkazlarfaoliyatko‘rsatmokda.
7
1995
yili
rus
pravoslavcherkoviToshkentvaO‘rta
Osiyoeparxiyasitashkiletilganligining 125 yilligiyubileyi, O‘zbekistanevangel-lyuteran
jamoasitashkiletilganining
100
yilligiga
bag‘ishlangan
«Birosmonostida»
shioribilanmusulmonva
xristian
dinlarivakillario‘rtasidao‘tkazilganmuloqotkattaahamiyatkasbetdi. Toshkentda 2000
yilningsentyabrida YuNESKO rahnamoligida «Jaxon dinlaritinchlikmadaniyati yo‘lida»
mavzuidadinlararomuloqot, xalqaroanjuman bo‘libo‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya,
Eron, Isroil, Xindiston, Xitoy, Vatikan kabio‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek,
xalqarodiniymuassasalarvakillariqatnaщdilar.
Anjumannio‘tkazishuchunaynanO‘zbekistontanlanganibejizemas.
Zero,
buulkadandunyoga
dong‘i
ketganbuyukallomalar,
islomolamidakattahurmatgaegabo‘lganbuyukzotlaretishibchikkan.Shunidek,
Islom
konferensiyasi tashkilotining tuzilmalaridan biri bo‘lgan Ta’lim, fan va madaniyat
masalalari bo‘yicha xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) tomonidan Toshkent
shahrining 2007 yilda islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinishi O‘zbekiston,
xususan uning poytaxti islom sivilizatsiyasi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega
ekanidan yana bir dalolatdir.
O‘zbekiston mustaqilligi sharofati bilan arxitektura ilgarigi cheklovlar
iskanjasidan qutildi, odat bo‘lib qolgan tizginlar kesib tashlangan edi. Arxitektura
ustidan o‘rnatilgan davlat monopoliyasi o‘z kuchini qisman yo‘qotdi, ayniqsa, xususiy
uy-joy qurilishida yangi sifat va sur’at darajasi tez ko‘tarildi. O‘zbekiston shaharlari,
ayniqsa, poytaxt Toshkent qisqa muddat ichida me’moriy jihatdan juda o‘zgarib
ketdi, zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘rkam, obod, sarishta bog‘ shahriga
aylandi. Istiqlol davrining qaldirg‘och binolari qatorida Oliy Majlis, Oqsaroy
qarorgohi, Toshkent hokimiyati, Turkiston saroyi, Milliy bank, Interkontinental,
«Markaziy mehmonxona» kabi mehmonxonalar diqqatga sazovor. O‘zbek Milliy
akademik drama teatri binosi juda ulug‘vor ko‘rinishli sifat bilann ta’mir etildi,
O‘zbekiston konservatoriyasiga muhtasham yangi bino qurildi, Temuriylar muzeyi
barpo etildi.O‘zbek xalqi tarixiy xotirasini tiklash yo‘lida juda muhim me’moriy
8
tadbirlar amalga oshirildi. Ayniqsa, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi
munosabati bilan Samarqand viloyati Xartang qishlog‘ida ulkan me’moriy majmuot
(maqbara, masjid, me’moriy idora, kutubxona va oshxona) yangi loyiha asosida
tiklanishi (1998) musulmon dunyosida g‘oyat minnatdorlik va katta olqish bilann
kutib olindi. Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi munosabati bilan Quva va
Farg‘ona shaharlarida haykal va saylgoh bog‘lar barpo etildi. Samarqandda Imom
Moturidiy qabri ustiga me’moriy yodgorlik tiklandi, Burhoniddin Marg‘inoniy
xotirasiga bag‘ishlangan me’moriy majmuot Marg‘ilon shahrida bunyod etildi.
Toshkentda qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan me’moriy muzey bog‘
tashkil qilindi, u «Shahidlar xotirasi» muqaddas ziyoratgohiga aylandi.
Mustaqillik davri dramaturgiyasida o‘zbek xalqining tarixiy takdirida katta rol
o‘ynagan, ammo sovet davrida qoralanib kelingan Amir Temur, Bobur, shuningdek,
Ulug‘bek va Jaloliddin Manguberdi singari davlat arboblari obrazini yaratishga
alohida e’tibor berildi. Yubileylari xalqaro miqyosda nishonlangan Alpomish,
Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarga haykallar o‘rnatildi, ularga bag‘ishlangan
rasmlar ijod qilindi. Nafis mo‘jaz rasm, xattotlik va kitob naqqoshligi qayta tiklandi.
Ayniqsa, Kamoliddin Behzod yubileylari nishonlanishi, bu sohaga katta e’tibor
natijasida respublikada miniatyura, naqqosh va xattotlar guruhi yuzaga keldi. H.Soliev
xattotlik asarlari xalqaro miqyosda tan olindi. Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat
mukofoti ta’sis etilib, T.Boltaboev, H.Nazirov, G‘.Kamolov uning birinchi sohiblari
bo‘ldilar.
1999 yil Toshkentda Mirkaziy Osiyodagi birinchi Islom Universiteti ochildi.
Mamlakatimizda 10 ta diniy ta’lim muassasasi, jumladan, Toshkent islom instituti,
9 ta o‘rta maxsus o‘quv yurti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ikkitasi xotin-qizlar
o‘quv muassasasidir.
Ma’naviy sohadagi o‘zgarishlarning keng ko‘lami ayniqsa so‘nggi uch yilda
yanada aniq namoyon bo‘la boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
lavozimini bajaruvchi, Bosh Vazir Sh.Mirziyoev 2016 yil 16 oktyabrda Islom
9
hamkorlik
tashkiloti
Tashqi
ishlar
vazirlari
kengashi
43-sessiyasining ochilishi marosimida nutq so‘zlar ekan “anjumanning “Ta’lim va
ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik sari yo‘l” shiori bizning ustivor
yo‘nalishlarimizni aniq ifoda etadi” deb alohida ta’kidladi. Shuningdek,
O‘zbekiston rahbari “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqning qonida,
tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarda namoyon bo‘ladi. Shuning uchun
ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab avaylash, o‘rganish va avlodlardan-
avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustivor yo‘nalishlaridan
biridir. Yangi tahdidlar, jumladan “ommaviy madaniyat” xavfi va boqimandalik
kayfiyati paydo bo‘layotgan, odob-axloq, qadriyatlarning yo‘qolishi xavfi yuzaga
kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g‘oyat muhim ahamiyat kasb
etmoqda.” deb fikr bildirdilar. 2
Diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi. Diniy qadriyalardan
xavfsirash emas, undan ilmu ma’rifat yo‘lida, yosh avlodlning tarbiyasi yo‘lida
foydalanish o‘z natijalarini bera boshladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoev diniy qadriyatlarga o‘ziga xos yondashuv, ya’ni xalqimiz kelajagi va
yoshlarimiz tarbiyasidagi beqiyos o‘rinni teran anglash lozimligini doimo uqtirib
keldi. Jumladan, “Azaliy qadriyatlarimiz va axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassam
etgan muqaddas dinimizni asrash va qadrlash har birimizning sharafli burchimizdir.
Islom haqiqatni anglash demokdir, u odamzodni ezgu amallarni bajarishga undaydi,
har birimizni yaxshilik va tinchlikka chorlaydi, haqiqiy inson bo‘lishni o‘rgatadi”.
Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent
shahrida Islom sivilizatsiyasi markazi barpo etilishi boshlandi. Bundan maqsad –
islom dinining haqiqiy insonparvarlik mohiyatini, ma’rifiy islomni bolalarimiz
ongiga singdirish uqtirib o‘tildi. Shu yo‘lda bizning buyuk ajdodlarimiz qanday
ulug‘ ishlarni amalga oshirganliklari haqida ular ana shu maskanlarga kelib o‘zlari
uchun kerakli, eng muhim bo‘lgan bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladi. Eng asosiysi
ularning qalbida boy tariximiz, madaniy merosimiz bilan faxrlanish tuyg‘usi kamol
2 Мирзиёев Ш., Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз.
“Ўзбекистон, Тошкент, 2016, 29 б.
10
topadi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 25 yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlangan nutq, 2017 yil 7 dekabr).
Shuningdek, Imom Termiziy nomlaridagi ilmiy tadqiqot markazlari, islom
akademiyasi kabi ilmiy-ma’rifiy muassasalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari
boshlandi. Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilishi,
“Jag‘olatga qarshi – ma’rifat” shiori ostida kurash olib borishga imkoniyat
yaratildi. Demak, Prezidentimiz tashabbusi bilan Samarqandda Imom Buxoriy
ilmiy markazida xadisshunoslik, Imom Motrudiy markazi qoshida Kalom ilmi,
Farg‘onada - Marg‘iloniy markazida Islom huquqi maktabi, Buxoroda –
Bahouddin Naqshband markazida Tasavvuf, Qashqadaryoda Abu Muin Nasafiy
markazida Aqida ilmi maktablari tashkil etildi.3
O‘zbekistonda milliy adabiyotni va jahon adabiyotining eng sara
namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Kitobxonlik xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida
keng targ‘ib qilindi. Bunda yangicha, ta’sirchan uslublardan, moddiy
rag‘batlashtirishdan unumli foydalanildi. Shunisi bilan quvonarliki, ilmga chanqoq
millatimiz yoshlari orasidan yuzlab badiiy, tarixiy asarlarni o‘qigan, taxlil qilgan,
minglab misra she’rlarni yod olib uni xalqimiz ma’naviy kamoloti yo‘lida
foydalanayotgan yosh avlod shakllandi.
Shoir, yozuvchi, ilm axliga bo‘lgan ehtirom hali bu sohadagi ulkan siljish
bo‘ldi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoev bu sohadagi davlat siyosatini shunday
izohlaydilar: “O‘zining noyob iste’dodi va mohoratini xalqimiz ma’naviyatini
yuksaltirishga bag‘ishlagan, inson qalbining muxandislari bo‘lgan ijodkor ziyolilar
doimiy g‘amxo‘rlik masalasi bizning dasturimizda alohida o‘rin egallaydi”.
Ijodiy tashkilotlar, badiiy uyushmalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning
moddiy texnik bazasini, infratuzilma tarmoqlarini mustahkamlash ishlariga e’tibor
yanada kuchaytirildi. Ayniqsa, madaniyat, san’at, adabiyot va matbuot olamiga
kirib kelayotgan iqtisorli yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan
rag‘batlashtirishga, ularni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratildi.
3 Олий мажлисга мурожаатномасини ўрганиш илмий-оммабоп қўлланма. Маънавият”, 2013.
11