Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy siyosat, uning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlari
Yuklangan vaqt
2024-03-31
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
37,8 KB
Mustaqillikning dastlabki yillarida ijtimoiy siyosat, uning maqsadlari va
ustuvor yo’nalishlari
Reja:
1.
Kuchli ijtimoiy siyosat - aholi farovonligini oshirish va mustaqil
taraqqiyotning muhim omili ekanligi.
2.
O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilgan islohotlarning nazariy
konseptual asoslari.
3.
Ijtimoiy siyosat, uning maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari. Aholiga munosib
turmush sharoitini yaratish, aholining ish bilan bandligini ta’minlash.
4.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini
takomillashtirish va mustahkamlash. Kam ta’minlangan aholini kuchli ijtimoiy
himoya qilish mexanizmini takomillashtirish.
1
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mamlakatda adolat tushunchasining
mazmuni jahonda shakllangan demokratik va milliy qadriyatlar asosida boyitish
jarayonlari
boshlandi.
Prezident
I.A.Karimov
tomonidan
ilgari
surilgan
rivojlanishning «O‘zbek modeli»ni beshta tamoyilidan biri — mamlakatimizning
o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritish
ekanligi davlatning ijtimoiy adolatni qaror toptirish sari rivojlanishini anglatadi.
0’zbekiston davlati o‘z yangilanish va taraqqiyot yo‘liga asos bo‘lgan eng
muhim qoidalardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tishning barcha bosqichlarida kuchli
ijtimoiy siyosat o‘tkazish ekanligini e’lon qilish barobarida qolgan barcha qoidalar
ijtimoiy vazifalarni hal etishga, ahoiini ijtimoiy himoyalash sohasida qat’iy kafolatni
vujudga keltirishga bo‘ysundirdi186.
0’zbekistonda hozirgi davrda mamlakatni modemizatsiyalash islohotlari
o‘zining yuksak natijalarini berayotgan ekan, buning asosiy sabablaridan biri —
mustaqillikning boshidayoq hozirgi davrning poydevori yaratilganidadir. Usha
davrdayoq Prezident l.A.Karimov tomonidan quyidagi g‘oyalar ilgari surilgan edi:
«Islohotlar muqarrarligining g‘oyat muhim sharti bulmish aholini ijtimoiy himoya
qilish haqiqatan ham asosiy uzluksiz ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bozor
islohotlarining hamma bosqichlarida oldindan o‘tkaziladigan kuchli ijtimoiy siyosat
0’zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lining prinsiplaridan biridir. Bozor
iqtisodiyotini barpo etish — shunchaki bir maqsad emas. Barcha iqtisodiy,
demokratik, siyosiy islohotlarning pirovard maq- sadlarining o‘zi bu eng avalo inson
uchun munosib turmush va faoliyat sharoitlarini yaratishdir».
Albatta, mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish islohotlari
bosqichma-bosqich ravishda ijtimoiy adolat prinsiplaridan biri — aholini kuchli
ijtimoiy himoyalash islohotlari va amaliyoti bilan uzviy uyg‘unlikda amalga
oshirildi. Mamlakat hoziigi o‘zining taraqqiyot darajasiga har qanday demokratik
davlat va jamiyat uchun xos bo‘lgan qoida - barcha jabha va darajalardagi
boshqaruvning adolat prinsiplari asosida amalga oshirilishi o‘laroq erishdi.
2
1.O‘zbekiston davlatining ijtimoiy siyosati va uning insonparvarlik mohiyati
Hozirgi davrda insoniyat olamshumul tarixiy voqea-hodisalar sodir bo‘layotgan,
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi kechayotgan va butun dunyo hamjamiyati
o‘zining bor kuch va salohiyatini uning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga
qaratayotgan bir tarixiy davrda yashamoqda. Holbuki, 2008-yilda boshlangan va
bugungi kunda ko‘lami tobora kengayib va chuqurlashib borayotgan jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
sharoitida
ham
mamlakat
Prezidenti
I.A.Karimovtomonidan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab
chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, amalga oshirish yo‘llarining
aniq va to‘g‘ri ko‘rsatib berilganligi bosh maqsad yo‘lidagi yutuq va marralarning
salmoqli bo‘lishiga imkon yaratmoqda.
«O‘zbekiston:
iqtisodiyotini barqaror va mutanosib rivoj lantirish,
jahon bozorlarida mustahkam o‘rin egallash,
shular asosida izchil iqtisodiy o‘sishni ta’minlash,
xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi
vazifalarni to‘liq va samarali amalga oshirish»188natijasida jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi mamlakatimiz iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotiga larzali ta’sir
etmaganini nafaqat biz, balki xorijiy ekspertlar ham e’tirof etmoqdalar.
Mamlakat Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha, jahon moliyaviy
inqirozining 0’zbekistonga ta’siri jiddiy bo‘Imaganligini belgilovchi omillar
qatorida «aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish
hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini
olishga doir chora- tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligidadir»189.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar — shunchaki
maqsad emas, u inson uchun, uning hayoti farovon bo‘lishi, manfaatlari va
ehtiyojlari ro‘yobga chiqishiga sharoit yaratish uchun amalga oshiriladi. Bozor har
qancha o‘z-o‘zini boshqarish imkoniyatiga ega boimasin, ana shu g‘oyat murakkab
3
muammolarni hal qilishga qodir emas, buning uchun kuchli ijtimoiy siyosat zarur
boiadi.190
Keng ma’noda qaraganda «ijtimoiy siyosat» deganda, ja- miyatdagi har bir shaxs
hayoti va faoliyati uchun uning ri- vojlanishiga yordam beradigan va ijodiy
imkoniyatlarining toiiq namoyon qilishini rag‘batlantiradigan zarur shart-
sharoitlarni yaratish va saqlab turishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar majmuyi
tushuniladi.
- Bugungi kunda ijtimoiy siyosatning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
- aholini ijtimoiy himoya qilish;
- ijtimoiy ta’minot;
- davlat ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash.
-
Mamlakatda ijtimoiy himoya o‘ziga bogliq bo‘lmagan ravishda ijtimoiy
muhofazaga muhtoj fuqarolarga nisbatan ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam shakli
boiib, kam ta’minlangan aholi qatlamlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar, nafaqalarva
imtiyozlarni ko‘zda tutadi. Ijtimoiy himoya tadbirlari yordamida aholining
umumjamiyat ishlab chiqarish jarayonida qanday qatnashishidan qat’iy nazar,
aholining ma’lum tabaqalari turmush darajasini birmuncha (vaqtinchalik yoki
doimiy) yaxshilashga erishiladi. Bu maqsad- lardagi xarajatlaming aksariyati davlat
budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, shuningdek, mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar, korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan ham
amalga oshiriladi.
-
Hozirgi davrga kelib quyidagilar ijtimoiy yordam tizimini moliyaviy va
moddiy jihatdan qo‘shimcha tarzda qo‘llab- quvatlamoqda:
-
o‘z mablag‘lari va jamg‘armalari hisobidan o‘z xodimlariga ijtimoiy qo‘llab-
quvatlash maqsadlarida moliyaviy yordam toiayotgan va turli imtiyozlar berayotgan
korxonalar;
-
jamoat tashkilotlari;
-
kasaba uyushmalari, nuroniylar, nogironlar jamiyatlari va boshqalar.
Ijtimoiy ta’minot — fuqarolarning qarilikda, kasallik ro‘y berganda, mehnat
4
qobiliyatini
vaqtinchalik
yoki
butunlay
yo‘qotganda,
boquvchisini
yo‘qotganda, shuningdek, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish davlat tizimidir.
Ijtimoiy ta’minotning markazida pensiya ta’minoti yotadi (Butun dunyoda
ijtimoiy
ta’minot
deganda
pensiya
ta’minoti
tushuniladi).
Bizning
respublikamizda ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishning quyidagi tashkiliy-
huquqiy shakllari mavjud:
davlat ijtimoiy sug‘urtasi;
davlat budjeti.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi fuqarolarning zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U
majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari
hisobidan Pensiya fondi, Bandlik fondi va Siyosiy partiyalar mablag‘larining
shakllanishiga asos boiadi.
Demak, davlat ijtimoiy ta’minoti quyidagilami o‘z ichiga oladi:
davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar;
daylat pensiya ta’minoti;
uy-internatlarda keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga qarash va xizmat
ko‘rsatish;
nogironlarni ortopediya-protez buyumlar va harakatlanish vositalari bilan
ta’minlash;
bolalar uylari, internatlar va boshqa muassasalarda bolalarga qarash va ularni
tarbiyalash;
nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish va imtiyozli aholi qatlamlarini
dori-darmonlar bilan ta’minlash;
uylarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Bu xizmatlarning ayrimlari:
Pensiya fondi hisobidan moliyalashtiriladi :
yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari,
bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa,
dafn marosimlari uchun nafaqa kabi).
5
Davlat budjeti (respublika budjeti va mahalliy budjetlar) hisobidan mablag1 bilan
ta’minlanadi:
qariyalar va nogironlar uylarini saqlash,
bepul ortopediya- protezlash vositalari bilan ta’minlash,
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish.
Davlat ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash deganda fuqarolarning Konstitutsiya
bilan kafolatlangan turli ijtimoiy xizmatlardan to‘laqonli foydalanish huquqlarini
ta’minlash tushuniladi.
Bu huquqlar:
ta’lim olish- 41 modda,
tibbiyot xizmatlaridan -40 modda,
fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish-42 modda,
shuningdek, turar joyga ega bo‘lish bilan bog‘liq fuqarolik huquqlari bo‘lib,
ulami moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlash esa mamlakatda yaratilgan milliy
daromadni qayta taqsimlash asosida ijtimoiy yo‘naltirilgan jamg‘armalarni
shakllantirish, tegishli qo‘shimcha moliyaviy manbalami qidirib topish, bu
maqsadlarga korxona va tashkilotlaming ortiqcha pul resurslarini safarbar etish
mexanizmlarini ishlab chiqish, ijtimoiy sohalar va ularning moddiy-moliyaviy
ta’minotiga xorijiy hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa moliya-kredit
institutlarining e’tiborini qaratish orqali amalga oshiriladi.
Inson hayoti va uning manfaatlarini himoyalash bilan bog‘liq yo‘nalish va
tarmoqlarni o‘zida mujassam etgan ijtimoiy soha rivojini ta’minlash, uni yangi
bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi muammolarni yechish, olib borilayotgan kuchli
ijtimoiy siyosat va bu boradagi islohotlar birinchi navbatda o‘zining qonuniy-
huquqiy asoslarini mustahkamlashni talab qiladi.
Xulosa qilib aytganda, davlatning ijtimoiy siyosatining asosiy vazifalarini
bajarishda yashash joyidan qat’iy nazar:
barcha aholi qatlamlari uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda teng shart-
sharoitlarni yaratish;
ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport muassasalari xizmatlarining sifati va
6
samaradorligini oshirish,
ijtimoiy sohalar xodimlari mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish;
aholini ijtimoiy muhofaza qilishning manzilli bo‘lishini ta’minlash;
ijtimoiy himo\aning qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlash;
ijtimoiy siyosat tadbirlarini amalga oshirishda turli nodavlat notijorat
tashkilotlarining faolligi, ishtirokini mustahkamlash;
aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishni ta’minlash uchun
iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirish zarurdir.
Mamlakatimizda mehnatni rag‘batlantirish, ish haqirii ko‘paytirish va aholi
daromadlari o‘sishini ta’minlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha
qo‘lga kiritilgan natijalar davlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda naqadar to‘g‘ri
va ilmiy-amaliy asoslangan strategiya tanlanganligidan va uning bajarilishi uchun
egiluvchan va moslashuvchan taktik usullarqo‘llanilayotganidan dalolat beradi.
Ижтимоий сиёсат ва аҳолини ижтимоий ҳимоя қилиш
йўналишлари
Ijtimoiy siyosatni anglash uchun «ijtimoiy» tushunchasini bilishga zarurat
tug‘iladi.Bu tushuncha G‘arb mamlakatlarida «sotsial» tushunchasi bilan
ifodalanadi.
Ijtimoiy siyosat deganda siyosat subektlari tomonidan aholi turmush darajasini
oshirishga qaratilgan aniq chora va tadbirlar majmuyini (tizimini) qabul qilish va
amalga oshirish tushuniladi.
Ijtimoiy siyosat-davlat, mintaqaviy, munitsipal, korporotiv kabi subektlar
tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Keng ma’noda ijtimoiy siyosat — bu nafaqat chora va tadbirlar tizimi, balki
markazida bosh maqsadi — inson bo‘lgan, uning farovonligi, ijtimoiy himoyalash,
ijtimoiy taraqqiyoti, hayotini ta’minlash, shuningdek, umuman aholini ijtimoiy
xavfsizligi tizimi hamdir. Shuning uchun ham u ko‘p qirrali va tuzilishi murakkab
bulgan hodisadir192.
Rivojlangan
mamlakatlarda
ijtimoiy
siyosatning
ustuvor
yo‘nalishlari
7
quyidagilardan iborat:
1. Qashshoqlikni qisqartirish.
2. Uy-kommunal xo‘jaligini isloh etish.
3. Pensiya islohotlari.
4. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash.
5. Aholi turmush darajasini oshirish.
6. Ish bilan bandlikni muvofiqlashtirish.
7. Ulimni kamaytirish.
8. Samarali migratsiyaviy siyosat yuritish va hokazo.
Aholini ijtimoiy himoyalash — bu butun aholini himoyalashga
yo‘naltirilgan choralar:
-sogliqni saqlash, dam olish, turar joyga ega bulish, madaniyat;
- pul daromadlarini inflatsiyadan himoyalash,
-asosiy tovarlar va xizmatlar iste’moli pasayishining oldini olish,
-ish haqi va nafaqalar o‘z vaqtida berilishini ta’minlash demakdir.
Bunda maxsus mehnatga layoqatli va layoqatsiz aholini himoyalash bo‘yicha
maxsus tadbirlar amalga oshiriladi:
- ish o‘rinini saqlash,
-xodimlarni ommaviy ishdan bo‘shatishning oldini olish,
-hududiy shartnomalar va jamoa bitimlarini ishlab chiqish,
-ko‘p bolali oilalarni, yetim bolalar, yolg‘iz nafaqaxo‘rlar, nogironlar, murakkab
turmush vaziyatiga tushib qolgan fuqarolarni qo‘llab- quvatlash.
Bu kabi tadbirlarni moliyalash, ularni axborot va resurslar bilan ta’minlash
manbayi ko‘rsatiladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish- davlat tomonidan aholining yaxshi hayot
kechirishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan bevosita
maqsadli kafolatlar tizimidir.
8
Bunda ijtimoiy himoya tizimi bozor tizimiga xos samaradorliknmg tor
tasavurlaridan emas, balki hayotdagi haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlash masalalarini hal qilish maqsadidan kelib chiqib tashkil etilishi talab
etiladi.
Ijtimoiy himoyani «iqtisodiyot — inson uchun» tarzida amalga oshirish uchun
zarur bo‘lgan zamonaviy iqtisodiyotga o‘tishda shunday samarali tizim zarurki, u
har bir kishining mehnat salohiyati, uning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi, qaysi ijtimoiy-
iqtisodiy guruhga mansubligidan qat’iy nazar, bu tizimdan foydalana olish imkonini
berishi lozim. Masala shu tarzda qo‘yilgandagina inson salohiyatidan samarali
foydalanishga erishish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini shakllantirish mumkin
bo‘ladi.
Ijtimoiy himoya qilish deganda- jamiyatning har bir a’zosiga ma’lum turmush
darajasini, o‘z qobiliyatini (mehnat, tadbirkorlik, shaxsiy faoliyatlarda) rivojlantirish
va ulardan foydalanish, u yoki bu qobiliyatlar yo‘qotilgan taqdirda (keksalik,
nogironlik, kasallik, bolalik vaboshq.) yashash kafolatlari bilan ta’minlaydigan
iqtisodiy munosabatlartizimi tushuniladi.
Ijtimoiy
himoyaningquyidagi kafolatlari
ijtimoiy
himoyaning
tarkibiy
qismlariga aylanadi:
mehnatga layoqatlilar uchun ish (ishsizlikdan himoya qilish);
mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolganlar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy
zaif guruhlarini nafaqalar bilan ta’minlash;
mehnat faoliyatidan olingan daromad yoki nafaqa asosida normal turmush
darajasini ta’minlash (bunga asosiy moddiy boyliklar, engavvalo oziq-ovqat
mahsuloti iste’moli ham kiritiladi);
turarjoy, madaniy xizmatlar va sog‘liqni saqlash xizmatlarini minimal teng
meyorda ta’minlash;
zamonaviy malakali ishchi kuchini shakllantirish uchun zarur bo‘ladigan
ma’lumotlarni olish’94.
Bu jarayonda davlat va uning organlari quyidagi masalalaming hal etilishini
ta’minlaydi:
9
birinchidan, jamiyat inson mehnat qilish huquqini kafolatlaydi, bunga yana
muayyan ish joyiga yoki zarur resurslarga ega bo‘lish va mehnatga yarasha haq
to‘lash kafolatlarini bo‘lishi ham kiritiladi.
Shu bilan birga, ish bilan ta’minlashning huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari
hamda mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari mehnat to‘g‘risidagi
qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilab qo‘yiladi.
Ikkinchidan, jamiyat davlat organlari tizimi va boshqa ijtimoiy tuzilmalar orqali
ish kuni, ish haftasi, ish yili tartibini, yuqori mehnat samaradorligi bilan uzoq
muddatli mehnat qobiliyatini saqlash uchun qulay shart-sharoitlarni qonunchilik
yo‘li bilan hamda boshqacha shakllardagi ijtimoiy himoya qilish bilan kafolatlaydi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlar;
2 va 3 guruh nogironi bo‘lgan xodimlar;
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo‘lgan xodimlar;
alohida tusga ega bo‘lgan ishlardagi xodimlar;
uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviyjihatdan
ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar.
Uchinchidan, jamiyatijtimoiy-madaniy sohani aholining ijtimoiy himoyalash
talablari ustuvorligini hisobga olgan holda rivojlantirishni kafolatlaydi. Jumladan,
bu vazifa dam olish .muassasalarining zarur tizimi, infratuzilmasini rivojlantirish
yo‘li bilan harkungi, har haftadagi va har yili dam olish uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish orqali amalga oshiriladi.
Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga,
dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi
saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi.
MaMumki, xodimlarga o‘n besh ish kundan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik
asosiy ta’til beriladi. Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlagandan
keyin beriladi.Ish yili mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan
e’tiboran hisoblanadi.
10
Aholini ijtimoiy himoya qilish ijtimoiy yordamning quyidagi turlari bilan
ta’minlanadi:
nafaqalar; imtiyozlar, kafolatlar, afzalliklar;
ijtimoiy xizmatlar;
biryo‘la (nomuntazam) beriladigan moddiy yordam.
Quyidagilar ijtimoiy himoya obektlari hisoblanadi:
- nafaqa yoshiga yetganlar; nogironlar; boquvchisini yo‘qotgan bolalar;
-kam ta’minlangan oilalar bolalari; ishsizlar; homilador ayollar va yosh bolalarga
qarash bilan band bo‘lgan ishlamayotgan ayollar;
-kasallik tufayli vaqtincha ishlamayotganlar; o‘quvchi yoshlar; mehnatga
layoqatsizlarga qarash bilan band bo‘lgan ishlamayotgan mehnatga layoqatli
fuqarolar.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda ikkita asosiy yo‘nalishni bir-biridan ajratib
ko‘rsatish mumkin:
1.Aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari.
Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim
tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy
xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
2.Ikkinchi yo‘nalish esa jamiyatning bir meyorda rivojlanishini, ya’ni sog‘likni
saqlash, ta’lim, madaniyat va sog‘lomlashtirish, shuningdek,.turar joyga ega bo‘lish
huquqini ta’minlash bilan bog‘liqdir.
Davlat ijtimoiy ta’minoti — aholining ijtimoiy nochor qatlamlariga pulli
nafaqalar vositasida ko‘rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa budjet tushumlari
hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini
kafolatlaydi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi.
U majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlaming sug‘urta badallari,
davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi.
Jamoa sug‘urtasiyetarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki
11
ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va
yollanganning sug‘urta badallarito‘lov manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy sug‘urtafarovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi. U ixtiyoriy
ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Birinchi ikki quyi tizimning asosiy tamoyili — birdamlik, uchinchisiniki
subsidiyalash, to‘rtinchi, ya’ni shaxsiy sug‘urtaniki esa, mutanosiblik tamoyili
deyiladi.
Birdamlik tamoyili yordamning muhtojlik darajasiga qarab, fuqaro to‘lagan
soliqlar va sugurta badallari miqdorini hisobga olmasdan taqsimlanishini ko‘zzda
tutadi.Davlat ijtimoiy ta’minoti va davlat ijtimoiy sugurtasi shu tamoylga asoslanadi.
Subsidiyalash tamoyilida esa, muhtojlik darajasiga qarab, ammo badallar
miqdori va mos ravishda to‘lovlar miqdorini hisobga olgan holda yordam
ko‘rsatiladi. Jamoa sugurtasi shu tamoyilga asoslanadi.
Mutanosiblik tamoyili to‘langan sug‘urta badallariga mutanosib miqdorda
yordam ko‘rsatishni ko‘zda tutadi.Shaxsiy sugurta shu tamo
ilga asoslanadi.
Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish amaliyoti
xalqaro huquq normalari va rivojlangan mamlakatlar tajribasiga mos keladi.
Shu bilan birga, bu sohaga milliy an’analarimiz va ma’naviy qadriyatlarimiz
ham kirib keldi. Mustaqillik davrida davlatning bosh islohotchi sifatida amalga
oshirib kelayotgan ijtimoiy siyosati asosan xalq farovonligini oshirishga, ozod va
erkin Vatan barpo etishga qaratilganligi o‘z isbotini topdi. Hozirgi fuqarolik jamiyati
qurish
jarayonlarida
aholini
ijtimoiy
himoya
qilish
tizimini
yanada
takomillashtirishga qaratilgan siyosat davom etmoqda.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi huquqiy asoslarini rivojlanishi
O‘zbekiston davlati mustaqillikning ilk davridan boshlab o‘z siyosatining
ustuvor yo‘nalishlarini inson farovonligini oshirishga qaratish yo‘lini tutdi. Shundan
12
kelib chiqib «fuqaro jamiyat — davlat» o‘zaro munosabatlarini uyg‘unlashtirish,
ularni milliy manfaatlar bilan mushtarak bo‘lishi asosiy vazifalar sirasiga kiritildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, bu jarayonni ijtimoiy
larzalarsiz amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Shuning uchun ham
mamlakatda o‘tish davrini amalga oshirishga mustahkam zamin bo‘la oladigan
ijtimoiy himoya tizimini shakllantirish ustuvor maqsad sifatida qabul qilindi.
Mamlakatda fuqarolarni ijtimoiy himoyalashga doir huquqiy asoslarning
poydevoriO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shakllantirildi.
Uning 37-moddasida «Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli
mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan
himoyalanish huquqiga egadir».
38-moddasida «Yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga
egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan
belgilanadi».
39-moddasida «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda
ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordamning
boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng
kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas».
40-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga
ega».
41-moddasida «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish
davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir» kabi
qoidalar195 mamlakatda har bir insonni ijtimoiy himoyalashning kafolati sifatida
namoyon bo‘ldi.
Mazkur Konstitutsiyadagi moddalar asosida aholini ijtimoiy himoyalashga doir
qator huquqiy asoslar:
- kodekslar,
- qonunlar,
Prezident farmonlari,
13
hukumat qarorlari qabul qilindi.
1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 0’zbekiston Res- publikasining Mehnat
kodeksi mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilishda muhim o‘rin tutdi:
2-moddasi quyidagicha ifodalandi: «Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
xodimlar, ish beruvchilar, davlat manfaatlarini e’tiborga olgan holda, mehnat
bozorining samarali amal qilishini, haqqoniy va xavfsiz mehnat shart-sharoitlarini,
xodimlaming mehnat huquqlari va sog‘lig‘i himoya qilinishini ta’minlaydi, mehnat
unum- dorligining o‘sishiga, ish sifati yaxshilanishiga, shu asosda barcha aholining
moddiy va madaniy turmush darajasi yuksalishiga ko‘maklashadi»196.
1998-yil 1-mayda «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonunning yangi
tahriri qabul qilinib, uning 5-moddasida bu sohada davlat siyosatining asosiy
prinsiplari sifatida quyidagicha ifodalandi:
«Aholini ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga
asoslanadi:
mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha
fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli va
mansab mavqeyidan, dinga munosabati, e’tiqodidan, jamoat birlashmalariga
mansubligidan, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlariga hamda ular
mehnatining natijalariga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlardan qat’iy nazarteng
imkoniyatlarni ta’minlash;
kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qollab- quvatlash va
rag‘batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni
ta’minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish;
mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
ish bilan ta’minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan
himoya qilishni ta’minlash;
ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun
mavjud ish joylarini saqlab qolayotgan va yangi ish joylarini yaratayotgan ish
beruvchilarni rag‘batlantirish;
ish bilan ta’minlash sohasidagi tadbirlarni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning