Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

11

File size

Fayl hajmi

25,3 KB


Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi
Reja:
1. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi 
2.Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari
3. Modulli origami gullari yasash
 
 
 Mavzuga  oid  tayanch  tushunchalar: Mutafakkirlar  merosida  mehnat
tarbiyasi,  kasb-hunarga  oid fikrlari  kasb-hunarga  yo’naltirishga  oid o’yin va
tadbir turlari. 
  O’tmishda yashab, ijod etgan mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari
va ma’rifatparvar shoirlar mehnatning o’ziga xos xususiyatlari, uning inson uchun
qadr-qimmati, kasb-hunar egallashning mazmun-mohiyati, mehnatning tarbiyaviy
imkoniyatlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirib o’zlaridan juda katta ilmiy meros
qoldirgan. Shu ilmiy merosning biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki,
ulardan  yosh  avlodni  mehnatsevarlik  ruhida  tarbiyalashda,  kasb-hunarga
qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. O’tmish tarixida qayd etilib
o’tilganidek, o’zbek xalqining qadimiy madaniyatida mehnat bilan shug’ullanish
shon-sharaf  hisoblangan,  kasb-korining  asosiy  mazmunini  esa  dehqonchilik,
chorvachilik va hunarmandchilikni tashkil etgan. Zamonlar o’tib milliy madaniyat
rivojlanib borgan, insonlar ongi o’sib borishi natijasida esa ularning turmush tarzi,
yashash sharoitlari ham ijobiy tomonlarga o’zgarib kelgan. Asrlar osha shakllanib
borgan kasb-hunar davr o’tib borishi bilan ularning har biri o’z ichida o’nlab
tarmoqlarni hosil qilgan. Xalq ichidan har bir sohani yaxshi tushunadigan, o’z
ishini  a’lo  darajada  bajaradigan  ustalar,  bilimli  kishilar,  mutafakkir  allomalar
kamol topgan. O’rta Osiyoda tug’ilib kamol topgan mutafakkirlar mehnatning, turli
kasb-korlar  mazmun-mohiyatini yaxshi  tushunib o’zlarining oltinga teng ilmiy
merosini  qoldirgan.  Ularning  kasb-hunar,  mehnatsevarlik  haqidagi  fikrlari  biz
Logotip
Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi Reja: 1. Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi 2.Mutafakkirlarning kasb-hunarga oid fikrlari 3. Modulli origami gullari yasash Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi, kasb-hunarga oid fikrlari kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari. O’tmishda yashab, ijod etgan mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va ma’rifatparvar shoirlar mehnatning o’ziga xos xususiyatlari, uning inson uchun qadr-qimmati, kasb-hunar egallashning mazmun-mohiyati, mehnatning tarbiyaviy imkoniyatlari to’g’risida qimmatli fikrlar bildirib o’zlaridan juda katta ilmiy meros qoldirgan. Shu ilmiy merosning biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin. O’tmish tarixida qayd etilib o’tilganidek, o’zbek xalqining qadimiy madaniyatida mehnat bilan shug’ullanish shon-sharaf hisoblangan, kasb-korining asosiy mazmunini esa dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikni tashkil etgan. Zamonlar o’tib milliy madaniyat rivojlanib borgan, insonlar ongi o’sib borishi natijasida esa ularning turmush tarzi, yashash sharoitlari ham ijobiy tomonlarga o’zgarib kelgan. Asrlar osha shakllanib borgan kasb-hunar davr o’tib borishi bilan ularning har biri o’z ichida o’nlab tarmoqlarni hosil qilgan. Xalq ichidan har bir sohani yaxshi tushunadigan, o’z ishini a’lo darajada bajaradigan ustalar, bilimli kishilar, mutafakkir allomalar kamol topgan. O’rta Osiyoda tug’ilib kamol topgan mutafakkirlar mehnatning, turli kasb-korlar mazmun-mohiyatini yaxshi tushunib o’zlarining oltinga teng ilmiy merosini qoldirgan. Ularning kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari biz
uchun  milliy  merosdir.  Mutafakkirlar  ta’limotida  o’g’il  va  qizlarga  ta’lim  va
tarbiya berish, ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy
an’analarimizga binoan hunarmand va kosib, me’mor va naqqosh, dehqon va
chorvodor, to’quvchi va nonvoy uztoz-shogird munosabatlarini amalga oshirib
kelmoqdolar. Xalqimizning buyuk farzandi, o’zining ilmiy qarashlari bilan ulug’
mutafakkirga  aylanganlardan  biri  -  Abu  Abdullo  Muhammad  ibn  Muso  al-
Xorazmiy (783-850)dir. Uning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari
hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir
kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi
lozim. 
  U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy
kashfiyotlar  odamlarning  amaliy  talablari  asosida  paydo  bo’lishini  asosladi.
Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi. 
  X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik
vakillaridan yana biri Abu Nasr Al-Farobiy (870-950) hisoblanadi. Al-Farobiyning
o’z davri uchun juda katta xizmatlar qilgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri -
insonlarni  ilm-ma’rifatli  bo’lishga,  mehnat  qilishga  va  kasb-hunar  egallashga
da’vat qilishi bo’lgan.Farobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarni bildirib, qimmatli
maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim–so’z va ko’nikmalar majmuyi, tarbiya esa
amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan kasb-hunarga berilgan, u
bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytrgan.
Bu mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan zarur
hayotiy vosita bo’lib kelgan.
  Al-Farobiy kasb-hunar va xalqoniy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash,
mashq  qilish  yo’li  bilan  paydo  bo’lishini  uqtiradi.  U  insonning  kasb-hunar
egallashi bilan bir qatorda ma’naviy madaniyatli bo’lishini e’tirof etadi. Mutafakkir
bu  borada,  har  bir  kishi  o’zi  yoqtirgan  kasbni  egallaganidan  so’ng,  o’ziga
topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini
mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq- atvor fazilatlariga ega
bo’lmog’i kerak” deb ta’kidlaydi. Xalqimizning yana bir mutafakkiri - Abu Rayon
Beruniy (978-1048) dir. Beruniy mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt-
saodati va kamoloti, uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb
Logotip
uchun milliy merosdir. Mutafakkirlar ta’limotida o’g’il va qizlarga ta’lim va tarbiya berish, ularga kasb-hunar o’rgatish g’oyasi muhim o’rin egallaydi. Qadimiy an’analarimizga binoan hunarmand va kosib, me’mor va naqqosh, dehqon va chorvodor, to’quvchi va nonvoy uztoz-shogird munosabatlarini amalga oshirib kelmoqdolar. Xalqimizning buyuk farzandi, o’zining ilmiy qarashlari bilan ulug’ mutafakkirga aylanganlardan biri - Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al- Xorazmiy (783-850)dir. Uning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag’rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim. U matematik g’oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odamlarning amaliy talablari asosida paydo bo’lishini asosladi. Masalan, yer ishlari, binolar qurish, kanallar ochish shunday paydo bo’lgan, deydi. X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo’yicha fikrlarning eng yirik vakillaridan yana biri Abu Nasr Al-Farobiy (870-950) hisoblanadi. Al-Farobiyning o’z davri uchun juda katta xizmatlar qilgan. Uning buyuk xizmatlaridan biri - insonlarni ilm-ma’rifatli bo’lishga, mehnat qilishga va kasb-hunar egallashga da’vat qilishi bo’lgan.Farobiy kasb-hunar to’g’risida ilk fikrlarni bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta’lim–so’z va ko’nikmalar majmuyi, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish-harakat ekanligi, muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo’lishini aytrgan. Bu mulohazalardan anglanib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan zarur hayotiy vosita bo’lib kelgan. Al-Farobiy kasb-hunar va xalqoniy fazilatlar muayyan harakatlarni takrorlash, mashq qilish yo’li bilan paydo bo’lishini uqtiradi. U insonning kasb-hunar egallashi bilan bir qatorda ma’naviy madaniyatli bo’lishini e’tirof etadi. Mutafakkir bu borada, har bir kishi o’zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so’ng, o’ziga topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o’z “kasb-hunarini mukammal bilmog’i, yaxshi tarbiya olmog’i va yaxshi xulq- atvor fazilatlariga ega bo’lmog’i kerak” deb ta’kidlaydi. Xalqimizning yana bir mutafakkiri - Abu Rayon Beruniy (978-1048) dir. Beruniy mamlakatning obodonchiligi, kishilarning baxt- saodati va kamoloti, uning halol mehnat qilishida va kasb-hunar o’rganishida deb
biladi. U kasb-hunarga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan.
Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga
oid qimmatli m’alumotlar berilgan. 
  Beruniy  mehnatni  ulug’aydi.  Ayniqsa,  olimlar  mehnati  tufayli  ilmiy
yodgorliklar bunyod etilishini tasavvur qilgan mutafakkir sifatida alohida ko’zga
tashlanadi. U “har bir kishining qadr- qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida”
deb biladi. 
  Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida
muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga
bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari
mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish,
xayrixoh  bo’lishga  chaqiradi,  ularni  ma’rifat  tarqatuvchilar,  jamiyat  ravnaqiga
hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat qiluvchi konchilar,
yer  ostida  gavhar  izlovchilar,  dehqonlar  haqida  gapirib,  ularning  mehnatini
rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga
g’amxo’r bo’lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular
hukmronligining tayanchi, deb ta’kidlaydi. 
  Olim  bolalarni  mehnatga  o’rgatish  metodlari,  yo’llari  haqida  ham  fikr
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak deydi.
Mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat
beradi. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar
haqida  emas,  hunarmandchilikka  oid,  shogird  tayyorlash  jarayoni,  ustalarning
hunar  o’rgatish  metodlari  haqida  ham  qimmatli  fikrlar  bayon  etilgan.  Bunda
hozirgi  pedagogika  fani  tili  bilan  aytganda,  shaxsiy  namuna  metodidan
foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning
o’zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga
ega bo’lgan. Abu Rayhon Beruniyning zamondoshi, qomusiy olim Abu Ali Ibn
Sino (980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham mehnatga bo’lgan ilmiy qarashlarni
ko’rishimiz mumkin. Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat xalqning qadr-
qiymati ekanligini, uning manfaati uchun esa astoydil kurashish kerakligini Ibn
Sino asarlarida uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam
ijtimoiy  jondir”  degan  fikridan  anglash  mumkin.  Bu  fikrning  ilgari  surilishi
Logotip
biladi. U kasb-hunarga, turli asboblarni yasashga bag’ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o’zi yashab turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid qimmatli m’alumotlar berilgan. Beruniy mehnatni ulug’aydi. Ayniqsa, olimlar mehnati tufayli ilmiy yodgorliklar bunyod etilishini tasavvur qilgan mutafakkir sifatida alohida ko’zga tashlanadi. U “har bir kishining qadr- qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishida” deb biladi. Eng muhimi, mutafakkir inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, xayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo’shuvchilar deb, biladi: shu bilan birga, og’ir mehnat qiluvchi konchilar, yer ostida gavhar izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag’batlantirib turish kerak, deydi. Ayniqsa, podshohlar bunday mehnat ahliga g’amxo’r bo’lishi kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining tayanchi, deb ta’kidlaydi. Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak deydi. Mehnat tarbiyasida o’sha davr tarbiya an’anasiga binoan vorislikka katta ahamiyat beradi. Beruniyning «Mineralogiya» asarida faqat qimmatbaho metallar, toshlar haqida emas, hunarmandchilikka oid, shogird tayyorlash jarayoni, ustalarning hunar o’rgatish metodlari haqida ham qimmatli fikrlar bayon etilgan. Bunda hozirgi pedagogika fani tili bilan aytganda, shaxsiy namuna metodidan foydalangani, ish jarayoni bevosita ham nazariy, ham amaliy jihatdan ustaxonaning o’zida bajarilgani shogirdlarning malakali usta bo’lib yetishishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. Abu Rayhon Beruniyning zamondoshi, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino (980-1037)ning ilmiy faoliyatida ham mehnatga bo’lgan ilmiy qarashlarni ko’rishimiz mumkin. Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat xalqning qadr- qiymati ekanligini, uning manfaati uchun esa astoydil kurashish kerakligini Ibn Sino asarlarida uchratamiz. Mutafakkirning ilmiy qarashlaridan birini - “Odam ijtimoiy jondir” degan fikridan anglash mumkin. Bu fikrning ilgari surilishi
shundan dalolat beradiki, Ibn Sino odamning yaxshi yashashi, sog’lom turmush
tarziga erishishi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini muhim deb biladi.
  Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga sazovordir.
Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror
hunarni o’rgansa, unu hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani
ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi. 
  Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va
hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga
mehnatning  ijobiy  ta’sirini  ta’kidlash  bilan  bir  qatorda  turli  kasb  egalari:
hunarmand,  dehqonlar  mehnatini  ulug’laydi  va  qimorboz,  sudxo’r  kabilarni
qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan
salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.O’tmishda O’rta Osiyoda juda ko’plab
shoirlar ijod qilib o’tgan. Ular o’z asarlarida mehnat tariyasini, ijtimoiy foydali
mehnatning  inson  hayotidagi  o’rni  va  ahamiyatini  ko’p  bora  qayd  etganlar.
Masalan,  O’rta  Osiyodagi  juda  ko’plab  shoirlar  ustozi  bo’lgan  Abulqosim
Firdavsiy  (934-1020)  o’zining  “Shohnoma”  asarida  mehnatni  ulug’lab  o’tgan.
Asarda o’z xalqiga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash
malakasiga bag’ishlangan misralarni ko’plab uchratish mumkin:
  Hunar bilan aqling birikkan hamon 
  Har ish bu jahonda yurishgay ravon 
  Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj
  Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj 
  Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan biri Nosir Xisrav (1004-1088),
dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar ekanligi, bunday
insonlar sirasiga jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar,
kosiblar, binokorlar ekanligini o’z asarlarida juda ajoyib misralar bilan bitgan: 
  Kasbdan shod-u xurram yo’q jahonda,
  Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda. 
  Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay, 
  Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay. 
  Arzir uning bo’lsa boshi osmonda, 
  Usiz yashay olmas shoh ham jahonda. 
Logotip
shundan dalolat beradiki, Ibn Sino odamning yaxshi yashashi, sog’lom turmush tarziga erishishi uchun eng zarur narsa foydali mehnat ekanligini muhim deb biladi. Olimning mehnatsevarlik tarbiyasi borasidagi fikrlari diqqatga sazovordir. Jumladan, u har bir bolani biror hunarga o’rgatmoq shart, deydi. Yosh yigit biror hunarni o’rgansa, unu hayotga tatbiq eta olsa va mustaqil hunar tufayli oilani ta’minlaydigan bo’lsagina, otasi uni uylantirib qo’ymog’i lozim, deb hisoblaydi. Olim ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o’rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta’sirini ta’kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug’laydi va qimorboz, sudxo’r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta’sir etishini to’g’ri talqin etadi.O’tmishda O’rta Osiyoda juda ko’plab shoirlar ijod qilib o’tgan. Ular o’z asarlarida mehnat tariyasini, ijtimoiy foydali mehnatning inson hayotidagi o’rni va ahamiyatini ko’p bora qayd etganlar. Masalan, O’rta Osiyodagi juda ko’plab shoirlar ustozi bo’lgan Abulqosim Firdavsiy (934-1020) o’zining “Shohnoma” asarida mehnatni ulug’lab o’tgan. Asarda o’z xalqiga mehr-muhabbat bilan yog’dirilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bag’ishlangan misralarni ko’plab uchratish mumkin: Hunar bilan aqling birikkan hamon Har ish bu jahonda yurishgay ravon Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj Ganj topmas hech kimsa, tortmas ersa ranj Firdavsiyga yaqin davrda yashagan shoirlardan biri Nosir Xisrav (1004-1088), dunyodagi eng oliyjanob va oliyhimmat odamlar mehnatkashlar ekanligi, bunday insonlar sirasiga jamiyat uchun foydali narsalar ishlab chiqaruvchi hunarmandlar, kosiblar, binokorlar ekanligini o’z asarlarida juda ajoyib misralar bilan bitgan: Kasbdan shod-u xurram yo’q jahonda, Hunardin yaxshidur ham yo’q jahonda. Butun kun rizqining bog’boni bo’lg’ay, Kishin o’z uyining mehmoni bo’lg’ay. Arzir uning bo’lsa boshi osmonda, Usiz yashay olmas shoh ham jahonda.
  Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb-
hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga
kelar ekan, o’z hayoti mobaynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak, buning
uchun esa mehnatga oshna bo’lmog’i darkor, shundagina mehnat hayot chirog’iga
yog’ quyib turadi. Mutafakkir Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida
jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi:
«Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari bo’lmasa, u
xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish
bilan qo’shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada deb
qaraydi. Dehqonchilik ilmini egallash, mazkur ishda erni tarbiya qilish, tezkor va
g’ayratli bo’lishni ta’kidlaydi. Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash
insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat
kabi shug’ullanish lozimligini bayon etadi. Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning
afzalliklarini yoritib berish bilan birga ma’lum hunar sirlarini egallashning inson
hayotidagi  ahamiyatini  ko’rsatib  berishga  urinadi.  Allomaning  qayd  etishicha,
muayyan  hunarning  egasi  bo’lgan  inson  eng  mashaqqatli  damlarda  ham
o’zgalarning  yordami  va  madadiga  muhtoj  bo’lmaydi,  balki  o’z  hunarining
sharofati bilan muammolarni hal eta oladi. 
  Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Agar
hunarmand  molidan  mahrum  bo’lsa,  qayg’usi  yo’qdir,  chunki  hunarning  o’zi
davlatdir. Hunarmand qayerga borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi.
Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”: 
  Istar esang otangdan meros, 
  Bog’la otang ilmiga ixlos . 
  Ne nafi bor otang boyligin, 
  Bir kun tugatursan necha oyligin. 
  Mehnat, kasb-hunar haqida mutafakkir Mirzo Ulug’bekning ham o’ziga xos
qarashlari bor. U bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga
yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda
zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar
haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kecha-yu kunduz
ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha, biz o’zimizga qadar yaratilgan
Logotip
Yuqorida tilga olingan ulug’ mutafakkirlarning mehnat tarbiyasi va kasb- hunar tarbiyasi borasida shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, inson dunyoga kelar ekan, o’z hayoti mobaynida insoniy qadr-qiymatga ega bo’lishi kerak, buning uchun esa mehnatga oshna bo’lmog’i darkor, shundagina mehnat hayot chirog’iga yog’ quyib turadi. Mutafakkir Unsurul Maoliy Kaykovus «Qobusnoma» asarida jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: «Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari bo’lmasa, u xaloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada deb qaraydi. Dehqonchilik ilmini egallash, mazkur ishda erni tarbiya qilish, tezkor va g’ayratli bo’lishni ta’kidlaydi. Kaykovus yoshlarda mehnatsevarlikni, mehnatkash insonga hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi, jismoniy mehnat bilan ham aqliy mehnat kabi shug’ullanish lozimligini bayon etadi. Muslihiddin Sa’diy ham bilim olishning afzalliklarini yoritib berish bilan birga ma’lum hunar sirlarini egallashning inson hayotidagi ahamiyatini ko’rsatib berishga urinadi. Allomaning qayd etishicha, muayyan hunarning egasi bo’lgan inson eng mashaqqatli damlarda ham o’zgalarning yordami va madadiga muhtoj bo’lmaydi, balki o’z hunarining sharofati bilan muammolarni hal eta oladi. Mutafakkir ta’kidlab o’tganidek, “Hunar qaynar buloq, tuganmas davlat. Agar hunarmand molidan mahrum bo’lsa, qayg’usi yo’qdir, chunki hunarning o’zi davlatdir. Hunarmand qayerga borsa, qadrlanadi va uyning to’ridan joy oladi. Hunarsiz odam esa, hamisha mashaqqat chekadi, tilanchilik qiladi”: Istar esang otangdan meros, Bog’la otang ilmiga ixlos . Ne nafi bor otang boyligin, Bir kun tugatursan necha oyligin. Mehnat, kasb-hunar haqida mutafakkir Mirzo Ulug’bekning ham o’ziga xos qarashlari bor. U bolalarni tarbiyalashda uy sharoiti va ota-onalarning faoliyatiga yuqori baho beradi, ularni hayotda chidamli, mehnatsevar qilib tarbiyalash juda zarur deydi. Buning dalili sifatida “Zij” ustida ishlash paytidagi qiyinchiliklar haqida shunday deydi: “Yulduzlar jadvalini tuzish maqsadida biz kecha-yu kunduz ishladik, o’z mo’ljallagan maqsadimizga yetguncha, biz o’zimizga qadar yaratilgan
jadvallarni  taqqosladik,  qayta  tuzdik  va  shu  tariqa  yuz  qaytalab  tuzatishlar
kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik” 
  Mirzo Ulug’bek kabi davlat arbobi bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur
ijodiy faoliyatida ham mehnat tarbiyasi haqida qarashlari beqiyos. Bobur mehnat
haqida o’z farzandlari va yaqin birodarlariga ko’p marotaba gapirgan. U o’zining
dunyoga mashhur “Boburnoma” asarida chin ma’noda mehnatni va mehnat qilgan
jamoani qadrlash muhimligi to’g’risida yozadi. Mutafakkir alloma Abdurahmon
Jomiy  esa  hunarni  e’zozlagan  rahbarning  o’z  xalqi  hurmat-e’tiboriga  sazovor
bo’lishi hamda rahbar qachonki, elning ehtiromiga muyassar  bo’lar ekan, ana
shundagina mamlakat gullab yashnashi mumkinligini ta’kidlaydi. U hunar sirlarini
o’zlashtirish foydadan holi bo’lmasligini uqtiradi. Ayni o’rinda insonning qadr-
qiymati  uning  mol-u  mulki  bilan  emas,  aksincha,  u  tomonidan  egallangan
hunarning kishilar maishiy hayotini farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati bilan
belgilanishiga urg’u berib o’tadi.
  Odamning qiymati emas sim-u zar, 
  Odamning qiymati bilim ham hunar.  
  Nazar sol, dunyoda hunar tufayli, 
  Xojasidan qadri ortiq ko’p qullar. 
  Qanchalab xojalar hunarsiz uchun, 
  Qullari oldida beo’q, besipar. 
 
 Mutafakkir  bilim  hamda  hunarsiz  kishini  o’tindan  boshqa  narsaga
yaramaydigan mevasiz daraxtga o’xshatadi. U har bir yoshni ilm-u hunar sirlarini
o’rganishga, bu yo’lda sabrli, matonatli bo’lishga undaydi. Insonga baxtli turmush
baxsh etuvchi vosita - mehnat, har bir inson o’z halol mehnati bilan yashamog’i
lozimligini ta’kidlaydi. 
  Mehnating bo’lsin doim yo’ldoshing
  O’zga minnatidan og’ritma boshing. 
  Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy asarlarida 
mehnatning ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylab-asrab faoliyat yuritish 
kerakligini guvohi bo’lamiz: 
  Hunarni asrabon netkumdir oxir, 
  Olib tuproqqamu ketgumdur oxir. 
Logotip
jadvallarni taqqosladik, qayta tuzdik va shu tariqa yuz qaytalab tuzatishlar kiritgach, o’n sakkiz yildan so’nggina o’z ko’zlagan niyatimizga yetdik” Mirzo Ulug’bek kabi davlat arbobi bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy faoliyatida ham mehnat tarbiyasi haqida qarashlari beqiyos. Bobur mehnat haqida o’z farzandlari va yaqin birodarlariga ko’p marotaba gapirgan. U o’zining dunyoga mashhur “Boburnoma” asarida chin ma’noda mehnatni va mehnat qilgan jamoani qadrlash muhimligi to’g’risida yozadi. Mutafakkir alloma Abdurahmon Jomiy esa hunarni e’zozlagan rahbarning o’z xalqi hurmat-e’tiboriga sazovor bo’lishi hamda rahbar qachonki, elning ehtiromiga muyassar bo’lar ekan, ana shundagina mamlakat gullab yashnashi mumkinligini ta’kidlaydi. U hunar sirlarini o’zlashtirish foydadan holi bo’lmasligini uqtiradi. Ayni o’rinda insonning qadr- qiymati uning mol-u mulki bilan emas, aksincha, u tomonidan egallangan hunarning kishilar maishiy hayotini farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati bilan belgilanishiga urg’u berib o’tadi. Odamning qiymati emas sim-u zar, Odamning qiymati bilim ham hunar. Nazar sol, dunyoda hunar tufayli, Xojasidan qadri ortiq ko’p qullar. Qanchalab xojalar hunarsiz uchun, Qullari oldida beo’q, besipar. Mutafakkir bilim hamda hunarsiz kishini o’tindan boshqa narsaga yaramaydigan mevasiz daraxtga o’xshatadi. U har bir yoshni ilm-u hunar sirlarini o’rganishga, bu yo’lda sabrli, matonatli bo’lishga undaydi. Insonga baxtli turmush baxsh etuvchi vosita - mehnat, har bir inson o’z halol mehnati bilan yashamog’i lozimligini ta’kidlaydi. Mehnating bo’lsin doim yo’ldoshing O’zga minnatidan og’ritma boshing. Ulug’ alloma, o’zbek she’riyatining sultoni, mir Alisher Navoiy asarlarida mehnatning ulug’vorligi, egallangan kasb-hunarni avaylab-asrab faoliyat yuritish kerakligini guvohi bo’lamiz: Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketgumdur oxir.
  Mutafakkirlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariydir. U ixlos bilan qilingan
mehnatning  zoye  emasligi,  kishilarni  birlashib  mehnat  qilishga  chorlaydi.
Qoshg’ariy har bir ishda boshqalar maslahati, kengash bilan ish yuritish, olim va
tajribali insonlar fikriga tayanish yaxshi fazilat ekanligini ta’kidlaydi. 
  Buyuk  allomalarimiz  tomonidan  yaratilgan  og'zaki  va  yozma  ijodiyot
avloddan avlodga o’tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining nazariy va amaliy
jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. Zero, inson halol
mehnati bilan ulug’ savoblar vaqtida qilingan darajalarga erishish mumkin. 
  Atoqli  shoir  Nizomiy  Ganjaviyning:  “O’qib-o’rganilgan  har  bitta  hunar
hunarmandga bir kun foyda keltirar”, - deb yozgani o’ziga xos ilmiy asosga ega.
Biror kasb-hunari bor kishi, albatta, hayotda o’z o’rnini topadi. “Har kimning zari
bo’lmasa-da,  ammo  hunari  bo’lsa,  dunyoda  hech  bir  xavf-xatari  bo’lmaydi.
Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i kerak”, degan hikmatli so’zni
Ganjaviy o’z o’rnida juda to’g’ri ifodalagan. 
  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlarida  yashab  o’tgan  taniqli  olim  va
ma’rifatparvar Aliy Nazimoning Markaziy Osiyoda katta shuhrat qozongan va
maktab-madrasalarda  darslik  sifatida  o’qitilgan  “Ta’limi  banot”  (“Qizlar
tarbiyasi”) kitobida: “Yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berishda ular uchun nihoyatda
kerakli, o’rganmaslikning aslo iloji bo’lmagan fandir” degan jumlalarni o’qiymiz.
Zero, mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yaxshi mehnat
qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Birinchisi, moddiy ehtiyoj,
ikkinchisi, ma’naviy ehtiyoji, uchinchisi esa mehnat ehtiyojini qondirishdir. 
  Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma`naviy va mehnat ehtiyojlari ham
qondiriladi. O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga, balki
u bilan shunday uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga
singib ketsin. Ularni kasb-hunarga yo’naltirish orqali biror kasb egasi bo’lishida,
mehnatsiz biror – bir narsaga erisha olmasliklarini o’quvchilar tushunib yetsinlar.
Andre Maruo aytganidek: “Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat
unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi”. Shu o’rinda Naqshbandiya ta’limotining
ahamiyatli tomonlariga ham e’tibor qaratish lozim. Naqshbandiya halol mehnat
qilish  orqali  kun  kechirish  g’oyasini  targ’ib  qiladi.  Bahouddin  Naqshband
tomonidan  ilgari  surilgan  “Dil  ba  yoru,  dast  ba  kor”  (Dil  Allohda,  qo’l  ish
Logotip
Mutafakkirlardan biri Muhammad Sodiq Qoshg’ariydir. U ixlos bilan qilingan mehnatning zoye emasligi, kishilarni birlashib mehnat qilishga chorlaydi. Qoshg’ariy har bir ishda boshqalar maslahati, kengash bilan ish yuritish, olim va tajribali insonlar fikriga tayanish yaxshi fazilat ekanligini ta’kidlaydi. Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma ijodiyot avloddan avlodga o’tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim. Zero, inson halol mehnati bilan ulug’ savoblar vaqtida qilingan darajalarga erishish mumkin. Atoqli shoir Nizomiy Ganjaviyning: “O’qib-o’rganilgan har bitta hunar hunarmandga bir kun foyda keltirar”, - deb yozgani o’ziga xos ilmiy asosga ega. Biror kasb-hunari bor kishi, albatta, hayotda o’z o’rnini topadi. “Har kimning zari bo’lmasa-da, ammo hunari bo’lsa, dunyoda hech bir xavf-xatari bo’lmaydi. Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog’i kerak”, degan hikmatli so’zni Ganjaviy o’z o’rnida juda to’g’ri ifodalagan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab o’tgan taniqli olim va ma’rifatparvar Aliy Nazimoning Markaziy Osiyoda katta shuhrat qozongan va maktab-madrasalarda darslik sifatida o’qitilgan “Ta’limi banot” (“Qizlar tarbiyasi”) kitobida: “Yosh qizlarga ta’lim-tarbiya berishda ular uchun nihoyatda kerakli, o’rganmaslikning aslo iloji bo’lmagan fandir” degan jumlalarni o’qiymiz. Zero, mehnat qilgan, kasb-hunarli inson birovga qaram bo’lmaydi, yaxshi mehnat qilish orqali inson o’zining uch ehtiyojini qondiradi. Birinchisi, moddiy ehtiyoj, ikkinchisi, ma’naviy ehtiyoji, uchinchisi esa mehnat ehtiyojini qondirishdir. Moddiy ehtiyoj qondirilishi natijasida ma`naviy va mehnat ehtiyojlari ham qondiriladi. O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga, balki u bilan shunday uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin. Ularni kasb-hunarga yo’naltirish orqali biror kasb egasi bo’lishida, mehnatsiz biror – bir narsaga erisha olmasliklarini o’quvchilar tushunib yetsinlar. Andre Maruo aytganidek: “Agar inson biror kasbni mukammal egallasa, mehnat unga huzur bag’ishlaydi, baxt keltiradi”. Shu o’rinda Naqshbandiya ta’limotining ahamiyatli tomonlariga ham e’tibor qaratish lozim. Naqshbandiya halol mehnat qilish orqali kun kechirish g’oyasini targ’ib qiladi. Bahouddin Naqshband tomonidan ilgari surilgan “Dil ba yoru, dast ba kor” (Dil Allohda, qo’l ish