MUVOZANAT A’ZOSINING ANATOMIK TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI VA TEKSHIRISH USULLARI
Yuklangan vaqt
2025-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
3,3 MB
MUVOZANAT A’ZOSINING ANATOMIK TUZILISHI, FIZIOLOGIYASI
VA TEKSHIRISH USULLARI
Muvozanat (vestibulyar) a’zosi organizmda muvozanatni saqlash vazifasini
bajaradi. Agar uchta yarim doira kanallar gavdaning harakatini (kinematikasini)
nazorat qilsa, uning tinch holatini (statikasini) - dahliz qopchalari nazorat qilib
turadi. Birgalikda ular statokinetik vazifani bajaradilar.
Muvozanat a’zosi quyidagi uch xususiyatga ega:
1) u o‘ta sezgir bo‘lib, organizmda sodir bo‘layotgan barcha patologik
jarayonlarga o‘ziga xos o‘zgarishlar bilan javob qaytaradi. Masalan, bosh miya
o‘smalarining 70-80 % muvozanat saqlash a’zosi faoliyatining buzilishi bilan
kechadi.
2) organizmning turli a’zo va tizimlari bilan chambarchas bog‘liqligi. Shuning
uchun yurak, qon tomir, asab va endokrin kasalliklarda doimo bosh aylanish
belgisi quzatiladi.
3) tinch xolatda ham ishlab turishi. Agar adekvat qo‘zgatuvchining davomli
ta’sirida boshqa analizatorlar qo‘zg‘aluvchanligi ma’lum darajada so‘nsa,
muvozanatni saqlash a’zosining qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgarmaydi. Tinch va
harakatsiz holatida ham gavdaning fazodagi holati muvozanatni saqlash a’zosidan
kelayotgan impulslar tufayli faolligicha qoladi.
Muvozanat a’zosining anatomik tuzilishi
Muvozanat a’zosi 4 bo‘limdan iborat:
- periferik bo‘lim yoki retseptor;
- bosh miyadagi o‘zaklar;
- o‘tkazish yo‘llari;
- bosh miya qobig‘idagi markaz bo‘limi.
Muvozanat a’zosning periferik bo‘limi chakka suyagining toshsimon qismida,
ya’ni labirintda joylashgan. Suyakli labirint chig‘anoq, dahliz va yarim doira
kanallardan tashkil topgan. Yarim doira kanallar 3 ta bo‘lib, ular old (canalis
semicircularis anterior), orqa (canalis semicircularis posterior) va tashqi
(canalis semicircularis lateralis) kanallar deb ataladi. Yoysimon egilgan bu
kanallar fazoda o‘zaro perpendikulyar tekislikda (frontal, sagital va gorizontal)
joylashgan, shuning uchun ular shu tekisliklar nomi bilan ham ataladi (10-12-
rasmlar).
Pardali yarim doira kanallar – ductus semicircularis anterior, ductus
semicircularis posterior, ductus semicircularis lateralis o‘z tuzilishi bilan suyakli
kanallar shaklini takrorlaydi. Ammo ularning diametri suyakli yarim doira kanallar
diametridan 3 marta kichik bo‘ladi (0,5 mm). Suyakli labirint dahlizida, uning
ichki devorida sferik (recessus sphericus) va elliptik (recessus ellipticus)
cho‘ntaklar bo‘lib, ularda sferik (sacculus) va elliptik (utriculus) qopchalar
joylashgan.
Suyakli va pardali labirintlar orasida perilimfa, pardali labirint ichida - endolimfa
oqadi. Pardali labirintda 2 ta a’zolarning retseptorlari joylashgan:
1) Muvozanat azosining retseptorlari - ikkita dahliz qopchalari va uchta pardali
yarim doira kanallarda tashkil topgan bo‘lib, u YIII juft bosh miya asab tolasining
muvozanat shoxchasi bilan ta’minlangan.
2) Eshituv a’zosining retseptorlar pardali chig‘anoqda joylashib, YIII juft bosh
miya asab tolasining eshituv shoxchasi bilan ta’minlangan.
Labirintning vestibulyar retseptor a’zosi (3 ta yarim doira kanallar va 2 ta
pardali qopchalar) eshituv retseptor a’zosi bilan sferik qopcha va chig‘anoq yo‘li
orasida joylashgan ductus reunius orqali bog‘langan. Elliptik qopcha barcha yarim
doira kanallar bilan 5 ta teshik orqali aloqa hosil qiladi. Sferik va elliptik
qopchalar orasida ductus utriculosac-cularis joylashgan, ular YIII juft bosh miya
asab tolasining muvozanat shoxchasi bilan ta’minlangan.
Yarim doira kanallarning bir uchi kengayib, ampulani hosil qiladi. Ampula
ichida bo‘rtish, ya’ni ampula kirrasi (crista ampullaris) bo‘lib, unda kadaxsimon
neyroepiteliy va tayanch hujayralardan iborat YSh juft bosh miya asab tolasining
retseptori joylashgan. Neyroepiteliy hujayralarning tuklari bir-biriga yaqin
joylashib, mo‘yqalamga o‘xshash a’zoni (cupula terminalis) hosil qiladi.
Endolimfa harakatlanganda ushbu a’zo ham harakatga keladi.
Dahliz qopchalarida oq dog‘lar bo‘lib, ular - macula utriculi va macula sacculi
deb ataladi. Dog‘lar sezuvchan neyroepiteliy va tayanch hujayralardan tashkil
topgan. Sezuvchan hujayralar o‘z asoslari bilan dahlizchig‘anoq asab tolalari bilan
bog‘langan bo‘lsa, ularning uzun tuklari bir-biriga chirmashib, to‘r hosil qiladi.
Shu to‘rning orasida ko‘p miqdorda turlicha shaklga ega karbonat kalsiyning
mikroskopik kristallchalari – statokoniylar joylashgan. Sezuvchan hujayralarning
tuklari va statokoniylar jelesimon modda yordamida birikib, statokoniy (otolit)
membranasini hosil qiladi (membrana statoconium). Neyroepiteliy hujayralarning
tuklarida ampula retseptorlariga o‘xshash kinotsiliy va stereotsiliylar mavjud.
Sezuvchan neyroepiteliy hujayralarining tuklari statokoniylar bilan bosilganda yoki
to‘g‘ri chiziqli tezlanish ta’sirida harakatga kelganda, ularning mexanik energiyasi
biotok xolida asab impulsiga aylanadi.
Demak, sezuvchan muvozanat hujayralar 5 retseptor maydonida joylashadi: uchta
yarim doira kanallarning ampulasida - bittadan va ikkita dahliz qopchalarida -
bittadan.
Elliptik va sferik qopchalar ingichka kanalcha - elliptik va sferik qopchalar yo‘li
(ductus utriculosaccularis) orqali o‘zaro bog‘lanadi. Bu yo‘l endolimfatik yo‘l
(ductus endolimphaticus) deb atalgan tarmog‘iga ega. Endolimfatik yo‘l dahliz suv
oqavasidan o‘tib, piramidaning orqa yuzasiga chiqadi va endolimfatik qopcha
(saccus endolimphaticus) ni hosil qilib tugaydi. Endolimfatik qopcha - bosh miya
qattiq pardasining burmasi hosil kilgan kenglikda joylashgan.
Otolit membranasi elliptik qopchada - gorizontal, sferik qopchada - vertikal va
sagital tekkislikda, yani yarim doira yo‘llarga mos xolda joylashadi. Dahliz
qopchalarida joylashgan ushbu retseptor - otolit a’zosi deb ataladi.
Pardali chig‘anoq dahlizidagi oq dog‘lar va pardali yarim doira kanallaridagi
ampula qirrasi muvozanatni saqlash a’zosining periferik retseptori hisoblanadi. U
dahliz asab tolasi tuguni (gang. vestibulare) bipolyar xujayralarining asab tolalari
bilan ta’minlangan. Periferik retseptorning har bir hujayrasi bir nechta asab tolasi
bilan ta’minlanganligi tufayli u turli patologik jarayonlarga juda chidamli bo‘ladi.
Dahliz asab tolasi tugunining bipolyar xujayralarining aksonlari VSh juft bosh
miya asab tolasi tarkibida bosh miya poyasiga, rombsimon chuqurchadagi
vestibulyar o‘zaklarga yetib boradi.
Bosh miya poyasida 4 vestibulyar o‘zaklar mavjud: ichki - Shvalbe, tashqi -
Deyters, yuqori - Bexterev, pastki - Roller o‘zaklari. Qarama-qarshi tomondagi
o‘zaklar o‘zaro aloqa hosil qilib, impulsni bir tomondan boshqa tomonga uzatib
turadi. Muvozanat a’zosining markazi bosh miya chakka bo‘lagining old qismida
joylashgan.
Muvozanat a’zosining fiziologiyasi
Muvozanat a’zosining faoliyati yarim doira yo‘llar ampulasida va dahliz
qopchalarida joylashgan muvozanat retseptorlarning faoliyatiga bog‘liq. Bu
intraretseptorlar gavda yoki boshning fazodagi holati, harakat tezligi va
yo‘nalishining o‘zgarishi haqida ma’lumotni qabul qilib, muvozanat a’zosining
markaziy bo‘limiga yetkazadi.
Dahliz qopchalarida statokoniy membranasini, yarim doira yo‘llarda endolimfa va
ampula retseptorining siljishi mexanik energiyani asab impulsiga aylantiruvchi
maxanizm hisoblanadi. Bu inersion tuzilmalarning siljishi natijasida ampula va
otolit
qismida
joylashgan
sezuvchan
hujayralarning
tukli
stereo-
va
kinotsiliylarning shakli o‘zgaradi.
Elektron mikroskop yordamida o‘tkazilgan tekshiruv shuni ko‘rsatadiki,
muvozanat retseptorining har bir neyroepiteliy hujayrasi bittadan harakatchan
tuklar (kinotsiliylar) va 40 tadan harakatsiz tuklarga (stereotsiliylar) ega.
Kinotsiliylar hujayraning chetida joylashadi. Gorizontal yarim doira kanalining
qirrasida ular dahlizga yaqin, ikki vertikal yarim doira kanallarning qirrasida esa
oyoqchalariga yaqin joylashadi. Tukli neyroepiteliy hujayralarning qo‘zg‘alishi
endolimfa stereotsiliylardan kinotsiliylar tomon harakatlanganda (gorizontal
kanalda - endolimfa ampula tomon harakatlanganda, vertikal kanallarda esa
ampuladan silliq oyoqchalar tomon harakatlanganda) sodir bo‘ladi. Endolimfa
kinotsiliylardan stereotsiliylar tomon harakatlanganda tukli hujayralarning harakati
to‘xtaydi (gorizontal kanalda - bu endolimfa ampuladan sillik oyoqchalar tomon,
vertikal kanallarda - ampula tomon harakatlanganda codir bo‘ladi).
Tinch holatda dahliz-chig‘anoq asab tolasi dahliz shoxchasining tolalarida
doimiy bioelektrik faollik qayd etiladi. Muvozanat a’zosining retseptoriga adekvat
qitiqlovchi ta’sir etganda uning tinch turgan holatiga nisbatan faolligini oshishi
yoki kamayishi kuzatiladi. Bu xodisa quyidagicha izohlanadi: ampula endolimfasi
va dahliz qopchalari statokoniy membranasining siljishi ta’sirida sezgir tuklar
harakat yo‘nalishiga qarab egiladi, bunda kinotsiliy va stereotsiliylar o‘rtasidagi
masofa ko‘payadi yoki kamayadi. O‘z navbatida u hujayra ichi ponensialining
oshishiga yoki kamayishiga, oxir-oqibat retseptor hujayralarining qo‘zg‘alishiga
yoki harakatini to‘xtashiga olib keladi.
Ampula retseptorlarining adekvat qo‘zg‘atuvchisi - burchakli tezlanish bo‘lib, u
yarim doira kanallar ichidagi endolimfani harakatga keltiradi va ampula
retseptorini qo‘zg‘atadi. Yarim doira kanallar tizimi aylanma tezlanish harakatini
tahlil qilib, fiziologik sharoitda boshni u yoki bu tomonga burish harakatini his
etishga moslashgan. Otolit retseptorlari to‘g‘ri chiziqli tezlanishga sezgir bo‘lib,
Yer tortish kuchinining boshga nisbatan yo‘nalishini uzluksiz nazorat qilib turadi.
Fiziologik sharoitda otolit a’zosi boshni oldinga egish, orqaga tashlash, yurishning
boshlanishini, harakat tezligini o‘zgarishi yoki tugashini, pastga tushish va
yuqoriga ko‘tarilish harakatlarini his etishga moslashgan.
Agar burchakli tezlanish - yarim doira kanallar retseptorining adekvat
qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa, dahliz qopchalarida joylashgan otolit apparatning adekvat
qo‘zg‘atuvchilariga quyidagilar kiradi:
1) To‘g‘ri chiziq harakatining boshlanishi va tugashi, tezlashishi yoki
sekinlanishi;
2) Markazdan uzoqlashuvchi harakat; bosh va tana holatining fazodagi
o‘zgarishi;
3) Yerning tortish kuchi otolit a’zosiga tinch holatda ham ta’sir ko‘rsatib turadi.
Kviks nazariyasi bo‘yicha statokoniylarning oq dog‘lar sezgir hujayralariga
ko‘rsatgan bosimi otolit a’zosining qo‘zgatuvchisi hisoblanadi. Bu bosim
qo‘zgatuvchi omil bo‘lib doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatib turadi. U markazdan
qochuvchi kuchlar, to‘g‘ri chiziqli tezlashish yoki sekinlashish va Erning tortish
kuchi ta’sirida o‘zgaradi. Magnus va de Klayn sezgir hujayralar tuklarining
tarangligi - qo‘zg‘atuvchi omil deb hisoblaydilar.
Demak, vestibulyar apparatning adekvat qo‘zgatuvchilari - bu burchakli va
to‘g‘ri chiziqli tezlanishlar. Muvozanat retseptor a’zosi qo‘zg‘alishining pastki
bo‘sag‘asi tezlanishni (b) ta’sir vaqtiga (t) ko‘paytirish, ya’ni (bt) bilan o‘lchanadi.
Yarim doira yo‘llar qo‘zg‘alishining pastki bo‘sag‘asi 0,12-20 /s2 teng bo‘lgan
burchakli tezlanish bo‘lib, otolit a’zosi uchun - u Yer tortish kuchining (g)
taxminan 0,001-0,03 qismiga teng.
Otolit a’zosi inson uchun juda muxim ahamiyatga ega. Otolit a’zosi retseptoridan
uzluksiz ravishda boshning fazodagi holati va barcha mushaklar tonusini boshqarib
turuvchi impulslar kelib turadi va shu tariqa gavdaning fazodagi to‘g‘ri holati
ta’minlanadi.
Otolit a’zosining reflekslari shu qadar muvofiqlashtirilganki inson o‘z
gavdasining turli holatlarida ham (yotganda, o‘tirganda) noqulaylik his etmaydi.
Ammo, ta’sir kuchi qo‘zg‘alish bo‘sag‘asidan oshganda yoki uzoq vaqt davomida
ta’sir etganda organizmda patologik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, ko‘p vaqt
davomida kemada, samolyotda, mashinada yoki poezdda yurgan odamning boshi
aylanishi, ko‘ngli aynishi, qon tomir va nafas tizimlari faoliyatining buzilishi,
depressiya holati yuzaga kelishi va mehnat qobiliyatining pasayishi kuzatilishi
mumkin.
Sezgir neyroepiteliy hujayralardan tashqari ampula qirrasi va dahliz qopchalarida
muvozanatni saqlash a’zosining mustahkamligini ta’minlovchi boshqa hujayralar
ham bor.
Muvozanat a’zosi ta’sirlanganda organizmning turli a’zo va tizimlarida xilma-xil
buzilishlar sodir bo‘ladi. Bunday buzilishlar muvozanat o‘zaklarida ko‘pgina
bog‘lanish mavjudligi bilan izohlanadi. Muvozanat a’zosida keng anatomik va
fiziologik bog‘lanishlarga ega bo‘lgan ikkilamchi refleks yo‘llari juda yaxshi
rivojlangan. Ulardan eng muhimlari quyidagilar (29-rasm):
1.Tractus
vestibulospinalis -
tashqi va ichki
muvozanat
o‘zaklardan
pastga, orqa miya
barcha bo‘limlari
old
shoxchalarining
hujayralariga
yetib
borgan
pastga tushuvchi
refleks
yo‘llari
bo‘lib,
gavdani
ma’lum
holatda
ushlab
turish
maqsadida
muvozanat a’zosi
bu yo‘llar orkali
oyoklar,
qo‘llar
va
gavda
mushaklarining
tonusini
boshqarish uchun
tinmay impulslar
29-rasm.
Muvozanat
a’zosining
fiziologik
ta’sir
mexanizmlari
1-labirint:
2-muvozanat
tuguni;
3-miyacha;
4-
katta
yarim
sharlar
qobig‘i;
5-ko‘zni
harakatlantiruvchi
asab
tolalarning o‘zaklari; 6-
retikulyar
formatsiya;7-
uzunchoq
miyadagi
muvozanat o‘zaklari; 8-
orqa miya.
I-tractus
vestibulooculomotorius;
I-tractus
vestibulospinalis;
III-
tractus
vestibulovegetaticus; IV-
tractus
vestibulocerebralis;
V-
tractus
vestibulolongitudinalis.
uzatib turadi.
2.Tractus vestibulocerebrali refleks yo‘li yuqori va ichki o‘zaklar hujayralaridan
miyachaga borgan afferent tolalar va miyacha tomi o‘zaklaridan tashqi va pastki
muvozanat o‘zaklarga borgan efferent tolalarga ega.
3.Tractus vestibulolongitudinalis refleks yo‘li muvozanat tizimini ko‘zni
harakatlantiruvchi asab tolasi o‘zaklari bilan bog‘laydi. U III-o‘zakdan boshlanib
(tashqi o‘zak bunda qatnashmaydi), nistagmni paydo bo‘lishida muhim ahamiyatga
ega. Bog‘lanish orqa uzun yo‘l tizimi orqali amalga oshiriladi: ichki va pastki
o‘zaklardan ko‘zni harakatlantiruvchi asab tolasining o‘zaklariga kesishgan yo‘l
borsa, yuqori o‘zakdan - kesishmagan yo‘l boradi.
4.Tractus vestibuloreticularis – muvozanat a’zosini muvozanat asab tizimi bilan
bog‘lab turgan ushbu refleks yo‘li ichki o‘zakdan boshlanib, asosan X juft bosh
miya asab tolasi o‘zaklarida tugaydi va bosh miya poyasining formatio reticularis
orqali muvozanat tizimini sayyor asab tolasi o‘zaklari bilan bog‘lab turadi.
5.Tractus vestibulocorticalis tufayli bosh miya qobig‘ida muvozanat a’zosining
ta’sirlanishi bilan bog‘liq ongli hissiyotlar va muvozanat reflekslari boshqariladi.
Muvozanat a’zosi ta’sirlanganda quyidagi 3 guruh reaksiyalar kuzatiladi:
1)
sensor; 2) vegetativ; 3) somatik.
Barcha muvozanat reaksiyalar organizmning tizimli reaksiyalari bo‘lib,
fiziologik yoki patologik xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
a) vestibulosensor reaksiyalar - boshning fazodagi holati va bu holatni
o‘zgarishini, teskari aylanish muvozanat illyuziyasini, bosh aylanishini his etish
qobiliyati bo‘lib, tractus vestibulocorticalis orqali amalga oshiriladi;
b) vestibulovegetativ reaksiyalar - barcha silliq mushaklarga, ayniqsa, bosh miya,
yurak, qon tomir, nafas va oshqozon-ichak mushaklariga simpatik va parasimpatik
asab tolalari orqali tarqalib, tractus vestibuloreticularis orqali amalga oshiriladi.
v) vestibulosomatik (animal) reaksiyalar - barcha bo‘yin, gavda, qo‘l va
oyoqlarning ko‘ndalang targil mushaklari va ko‘z mushaklariga tarqalib, tractus
vestibulospinalis, tractus vestibulocerebrali, tractus vestibulolongitudinalis orqali
amalga oshiriladi;
g) vestibulomiyacha reaksiyalari gavdaning fazodagi holatini ushlab turishga
karatilgan bo‘lib, gavdaning harakatida, ya’ni tezlanish ta’sirida mushaklar
tonusini qayta taqsimlash orqali amalga oshiriladi;
d) vestibulospinal reaksiyalar muvozanat impulslarini bo‘yin, gavda va qo‘l-
oyoqlar mushaklarining tonusiga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bunda bitta labirintning
muvozanat retseptorlaridan kelayotgan impulsning oshishi qarama-qarshi tomonda
mushaklar tonusi oshishiga, ta’sirlanayotgan labirint tomonda - mushaklar tonusi
pasayishiga olib keladi.
Insonning tinch holatda va harakatlanganda o‘z gavdasini vertikal holatda
ushlab turish muvozanatni saqlash qobiliyati deb ataladi. Muvozanatni saqlash
qobiliyati turli tizimlarning, shu jumladan muvozanat a’zosining faoliyatlari orqali
amalga oshiriladi. Ko‘rish va propriotseptiv sensor tizimlar bilan bir qatorda
muvozanat a’zosi muvozanatni saqlash faoliyatida qatnashadi. Gavdaning fazodagi
holati haqidagi
ma’lumot
muvozanat
a’zosining
markaziy
bo‘limlariga,
ekstrapiramida tizimiga, miyacha, retikulyar formatsiya va bosh miya qobig‘iga
yetkaziladi. Bu yerda effektor a’zolarga ta’sir ko‘rsatish uchun olingan ma’lumot
va impulslar tahlil qilinadi.
Vestibulosomatik reaksiyalar quyidagicha paydo bo‘ladi: tinch holatda yarim
doira kanallar va dahliz retseptorlaridan kelayotgan impulslar tufayli gavdaning
barcha mushaklar tonusini muvozanatda saqlab turiladi. Periferik retseptor
ta’sirlanganda esa ularning tonusi o‘zgaradi. Gavdaning fazodagi holati
o‘zgarganda endolimfa harakatga kelib, uning harakat yo‘nalishiga qarab labirintda
turli impulslar paydo bo‘ladi. Impulslar ta’sirida ayrim mushaklar guruhining
tonusi qayta taqsimlanadi. Endolimfa harakatining yo‘nalishi tomonida mushaklar
tonusi kuchaysa, qarama-qarshi tomonda susayadi. Masalan, odam o‘z o‘qi
atrofida o‘ng tomonga aylantirilib, keyin aylantirish harakati keskin to‘xtatilsa,
endolimfa inersiya bilan bir necha dakika o‘ng tomonga harakatlanishni davom
ettiradi. Buning natijasida o‘ng tomondagi mushaklar tonusi oshib, og‘irlik
markazi o‘ng tomonga siljiydi, shunda bemorning gavdasi o‘ng tomonga og‘adi.
O‘rnidan turib, ko‘zlarini yumgan holda yura boshlagan bemor to‘g‘ri chiziqdan
o‘ng tomonga og‘adi.
Muvozanat a’zosining ta’sirlanishi natijasida paydo bo‘lgan vestibulovegetativ
reaksiyalar xilma-xil bo‘lib, barcha ichki a’zo va tizimlarga - oshkozon-ichak
yo‘llari, qon - tomir tizimi, ichki bezlar va modda almashinuviga tarqaladi. Bunday
reaksiyalarga ko‘ngil aynishi, qusish, nafas va yurak - qon tomir a’zolari
faoliyatining buzilishi, tomir urishning sekinlashishi, qon bosimining pasayishi,
kollaps holatini rivojlanishi, tana haroratini pasayishi, terlash va boshqa belgilar
kiradi.
Yarim doira kanallar retseptorining ta’sirlanishi natijasida barcha ko‘ndalang-
targ‘il mushaklar tonusining o‘zgarishi bilan bir qatorda ko‘z olmasini
harakatlantiruvchi mushaklarning tonusi ham o‘zgarib, tekshirilayotgan shaxsning
ko‘zlari
mushaklar
tonusi
oshgan
tomonga
siljiydi.
Ammo
ko‘zni
harakatlantiruvchi mushakning qisqarishi uzoq davom etmaydi va ko‘zlar darhol
avvalgi holatiga qaytadi. Muvozanat markazining qo‘zg‘alishi tugamaganligi
tufayli ular yana mushaklar tonusi oshgan tomonga siljiy boshlaydi va o‘z joyiga
qaytadi. Shu tariqa ko‘zlarning ritmik harakati, ya’ni nistagm paydo bo‘ladi.
Muvozanat nistagmi - bu sekinlashgan va tezlashgan fazalari almashib turgan
ko‘z olmalarining ixtiyorsiz ritmik harakati bo‘lib, u ikki fazali xarakterga ega.
Nistagmning sekinlashgan fazasi, yoki komponenti retseptor va bosh miya
poyasidagi o‘zaklar, tezlashgan komponenti - bosh miya qobig‘i yoki qobiq osti
markaz faoliyati bilan bog‘liq (umumiy og‘riqsizlantirishda nistagmning
tezlashgan komponenti yo‘qoladi).
Muvozanat nistagmi yarim doira kanallar retseptorlarining ta’sirlanishi bilan
bog‘liq. Ampula retseptori faoliyatining ayrim konunlari Evald tajribacida
kuzatiladi (30-rasm).
Evald 1892 yilda kabutarlar
ustida olib borgan tajribasida
muvozanat reaksiyalar u yoki bu
yarim
doira
kanalning
ta’sirlanishiga
va
undagi
endolimfa
harakatining
yo‘nalishiga
bog‘liqligini
aniqlab,kuzatuv
natijalarini
quyidagi qonunlarda ifodalab berdi (Evald qonunlari) :
- endolimfa gorizontal yarim doira kanalda silliq oyoqchalaridan ampula tomon
harakatlanganda, paydo bo‘lgan nistagmning yo‘nalishi ta’sirlanayotgan quloq
tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Endolimfaning harakati ampuladan silliq oyoqchalar
tomon yo‘nalganda nistagmning yo‘nalishi ta’sirlanmayotgan quloq tomonga
qaratilgan bo‘ladi.
-endolimfa ampula tomon harakatlanganda (ampulopetal) silliq oyokchalar tomon
(ampulofugal) harakatiga qaraganda gorizontal yarim doira kanalga kuchliroq
ta’sir ko‘rsatadi.
-vertikal yarim doira kanallarda buning aksi kuzatiladi.
1915 yilda V.I.Voyachek nistagm reaksiyasiga doir ikkita “temir” qonunlarni
ishlab chiqdi.
Birinchi qonun nistagmning tekisligiga doir qonun bo‘lib, u quyidagicha
ifodalanadi: nistagm hamisha aylantirish tekisligida paydo bo‘ladi. Demak,
nistagmni gorizontal yarim doira kanaldan paydo qilish uchun, uni aylantirish
tekisligiga joylashtirish, ya’ni tekshirilayotgan shaxsning boshini 300 oldinga egish
lozim. Nistagmni frontal yarim doira kanaldan paydo qilish uchun bemorning
boshni 900 oldiga egish talab etiladi, bu holda rotator nistagm paydo bo‘ladi.
Sagital yarim doira kanalni tekshirish uchun boshni u yoki bu yelkaga egish
lozim, shunda sagital yarim doira kanalning tekisligi aylantirish tekisligiga mos
keladi va bemorda vertikal nistagm belgisi paydo bo‘ladi.
30-rasm.Evald tajribasi
Ikkinchi qonun nistagmning yo‘nalishiga doir qonun bo‘lib,nistagmning
yo‘nalishi shartli ravishda tezlashgan komponenti bilan belgilanadi. Nistagmning
sekinlashgan komponenti doimo yarim doira kanaldagi endolimfaning harakatiga
hamda qo‘l-oyoqlar, gavda va bosh og‘ishining yo‘nalishiga mos kelishi tufayli
ikkinchi “temir” qonun quyidagicha ifodalanadi: nistagmning yo‘nalishi doimo
endolimfa harakatining qarama-qarshi tomoniga qaratilgan bo‘ladi.
Muvozanat nistagmlar spontan yoki eksperimental bo‘lishi mumkin.
Spontan muvozanat nistagmi labirint yoki muvozanat a’zosi yuqori
bo‘limlarining kasalliklarida kuzatiladi. Ichki quloqning yallig‘lanish kasalliklarida
spontan nistagm dastlab zararlangan labirint retseptorlarining ta’sirlanishi
natijasida yuzaga keladi va ”zararlangan” quloq tomon yo‘nalgan bo‘ladi.
Retseptorlar butunlay ishdan chiqgandan so‘ng nistagmning yo‘nalishi teskari
tomonga almashadi. U kompensatsiya jarayonigacha sog‘lom labirintning tonusi
zararlangan labirint tonusidan ustunligiga bog‘liq bo‘ladi. Ta’sir etuvchi omilga
qarab quyidagi nistagmlar tafovut qilinadi:
- pozitsion nistagm;
- endogen (spontan) nistagm;
- kalorik nistagm;
- aylantirma nistagm;
- aylantirishdan so‘nggi nistagm;
- bosim ta’sirida paydo bo‘lgan (pressor) nistagm;
- galvanik nistagm.
Nistagm quyidagi belgilariga qarab baholanadi:
1) yo‘nalishi - o‘ngga, chapga, yuqoriga, pastga;
2) tekisligi - gorizontal, vertikal, rotator;
3) kuchi -I, II, III darajali;
4) ko‘lami - kichik-, o‘rta-, kengko‘lamli;
5) tebranish sikllarining tezligi - jonli, sust (10 soniya davomida harakatlar soni);
6) ritmi - ritmik yoki ritmsiz;
7) davomiyligi (soniyalarda).
Nistagmning yo‘nalishi ko‘zga yaqqol tashlanuvchi tezlashgan komponenti
bilan belgilanadi.
I-darajali nistagm bemor boshini to‘g‘ri holatda ushlab, ko‘zlari bilan
nistagmning tezlashgan komponenti tomonga qaraganda ham paydo bo‘ladi; II -
darajali nistagm bemor uning tezlashgan komponenti tomonga va to‘g‘riga
qaraganda paydo bo‘ladi; III-darajali nistagm bemor nistagmning tezlashgan
komponenti tomon, to‘g‘riga va hatto sekinlashgan komponenti tomon qaraganda
ham paydo bo‘ladi.
Muvozanat nistagm, odatda, o‘z yo‘nalishini o‘zgartirmaydi, ya’ni ko‘zning turli
holatlarida uning tezlashgan komponenti bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
Ekstralabirint, ya’ni markaziy nistagm vertikal, diagonal, turli tomonga
yo‘nalgan, monokulyar yoki nosimmetrik bo‘ladi, shuning uchun bunday
nistagmning tezlashgan va sekinlashgan komponentlarini ajratish qiyin.
Indutsiyalangan (eksperimental) nistagm labirint retseptorlari sun’iy usulda
ta’sirlanganda paydo bo‘ladi va aylantirma, kalorik va galvanik sinamalarda
kuzatiladi. Paydo bo‘lgan nistagmning davomiyligi va keskinligi ta’sir etilayotgan
omilning xarakteri va kuchiga bog‘lik.
Muvozanat nistagmdan tashqari fiziologik, optokinetik, ko‘rish va markaziy
nistagmlar tafovut qilinadi. Ikki tomonlama kuchsiz fiziologik nistagm ko‘z
olmalari chetga siljitilganda paydo bo‘lib, qisqa vaqt ichida (2-3 s) so‘nadi.
Optokinetik nistagm tez harakatlanuvchi jismni kuzatish paytida paydo bo‘ladi. U
ba’zan temir yo‘l, yoki fiksatsiya, nistagmi deb yuritiladi. Ko‘rish nistagmi
ko‘pincha ko‘rish a’zosining tug‘ma nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lib, ritmsiz
xarakterga ega. Markaziy nistagm vestibulyar analizatorining markaziy bo‘limlari
zararlanganda paydo bo‘ladi. Bunday nistagm ko‘psonli, tartibsiz, turli
tekisliklarda paydo bo‘ladigan, keng- yoki o‘rta ko‘lamli amplitudaga ega va
yo‘nalishi doimo zararlangan tomonga qaratilgan bo‘ladi.
Elektr nistagmografiya ob’ektiv tekshiruv usuli muvozanat a’zosining
faoliyatini baholash imkonini beradi. Otolit a’zosi va yarim doira kanallar
retseptorlarining faoliyati bir-biriga bog‘lik. Otolit apparati ta’sirlanganda nistagm
susayib, gavda, qo‘l va oyoqlarning mushak reaksiyasi va vestibulovegetativ
reaksiyalar faollashadi. Bosh miya barcha vestibulyar reflekslarni so‘ndiradi.
Muvozanat a’zosini tekshirish usullari
Muvozanat
a’zosining
faoliyatini
tekshirish
quloq
kasalliklarini
va
tekshirilayotgan shaxsning mexnatga layoqatini aniklashga yordam beradi.
Tekshiruv bemorning shikoyatlari va anamnez ma’lumotlarini aniqlashdan
boshlanadi. Ko‘pincha bemor boshi aylanishidan, yurishi va koordinatsiyasi
buzilganidan, ko‘ngli aynishi va qusishidan, hushdan ketishidan, ko‘p terlashidan
va terisining rangi o‘zgarganidan shikoyat kiladi. Bunday belgilar doimiy ravishda
yoki vaqti-vaqti bilan kuzatilib turishi va bir daqiqa yoki bir necha soat yoki bir
necha kun davom etishi mumkin. Ular o‘z-o‘zidan yoki ma’lum omil ta’sirida:
transportda o‘tirganda, harakatlanayotgan jismlar o‘rtasida turganda, jismoniy
harakatdan so‘ng, boshning u yoki bu holatida paydo bo‘ladi.
Tekshirilayotgan shaxsning mehnat layoqatini aniqlash maqsadida otolit
retseptor a’zosining holati va vegetativ reflekslarga e’tibor beriladi.
Vestibulometriya
tekshiruvi
spontan
muvozanat
belgilarni
aniqlash,
vestibulometrik sinamalarni bajarish, olingan natijalarni tahlil qilish va xulosa
chiqarishdan iborat.
Spontan muvozanat belgilarga spontan nistagm, qo‘l-oyoq mushaklari tonusining
o‘zgarishi, yurishning buzilishi kiradi.
1)Tekshiruv bemorning sub’ektiv hissiyotini aniqlashdan boshlanadi. Bunda
bemorning shikoyatlariga (bosh aylanish, gandiraklab yurishi, yiqilishi, ko‘ngil
aynishi, qusishi) va anamnez ma’lumotlariga e’tibor beriladi.
Keyin bemorda muvozanatni saqlash kobiliyati navbatma-navbat tinch holatida
va harakat paytida tekshiriladi. Shundan so‘ng spontan nistagm aniqlanadi.
Tekshiruv natijalari V.I.Voyachekning “muvozanat pasporti ” ga kiritiladi.
o‘ng tomon
Testlar
chap tomon
S’H(sub’ektiv hissiyot)
Romberg holati
To‘g‘riga va yon tomonga yurish
Boshqa koordinatsiya tajribalari
Spontan nistagm
Kalorik sinama (harorati…0S)
Aylantirishdan so‘nggi nistagm
(20 soniyada 10 marta )
Pressor nistagm
Otolit sinamasi
Xulosa:
2) Romberg holatida muvozanatni saqlash qobiliyati kuyidagicha tekshiriladi:
a) bemor ko‘zini yumgan holda oyoqlarini birlashtiradi va qo‘llarini oldinga
cho‘zgan xolda tik turadi (31-rasm).
Bunday holatda labirint faoliyati buzilgan bemor nistagm
yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga og‘adi yoki yiqiladi;
b) bemorning boshi 900 chap yoki o‘ng tomonga buriladi,
shunda labirint faoliyati buzilgan bemorning yiqilish
yo‘nalishi o‘zgaradi, ammo u har safar nistagm
yo‘nalishining qarama-qarshi tomoniga yiqiladi.
3) To‘g‘riga va yon tomonga yurish :
a) bemor ko‘zini yumgan holda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab 5
qadam oldinga va orqaga o‘girilmay 5 qadam orqaga
yuradi.
Muvozanat
retseptor
a’zosining
faoliyati
buzilganda bemor to‘g‘ri chiziqdan nistagm yo‘nalishining
qarama-qarshi tomoniga, miyacha faoliyati buzilganda – zararlangan labirint
tomonga og‘ib yuradi;
b) bemor o‘ng oyog‘ini o‘ng tomonga tashlab, chap oyog‘ini o‘ng oyog‘iga
yaqinlashtirib 5 qadam o‘ng tomonga, keyin 5 qadam chap tomonga yuradi.
Muvozanatni saqlash retseptor a’zosining faoliyati buzilganda bemor yon tomonga
yura oladi, miyacha faoliyati buzilganda esa - yon tomonga yurish harakatini
bajarolmay, zararlangan tomonga yiqiladi.
31-rasm.Romberg
holati
Adiadoxokinez miyacha zararlanishining o‘ziga xos belgisi hisoblanadi. Bemor
Romberg holatida turib ikki qo‘llari bilan pronatsiya va supinatsiya harakatlarini
bajaradi. Miyacha faoliyati buzilganda “zararlangan“ tomonda qo‘l harakati
ancha sust bo‘ladi.
Qo‘llar nishonga tegmaslik reaksiyalari barmoq-burun, barmoq-barmoq
sinamalari yordamida aniqlanadi.
a) Barmoq - burun sinamasi. Bemor qo‘llarini yonga yoki oldinga keng ochib,
dastlab ko‘zlarini ochgan, keyin ko‘zlarini yumgan holda ko‘rsatkich barmoqlari
bilan burun uchiga tegishga harakat qiladi.
b) Barmoq-barmoq sinamasi. Tekshiruvchi bemorning ro‘parasiga o‘tirib,
ko‘rsatkich barmog‘ini cho‘zgan holda qo‘llarini ko‘krak sathigacha ko‘taradi.
Bemor qo‘llarini tizzasiga qo‘ygan holda tekshiruvchining ro‘parasidagi kursiga
o‘tiradi va qo‘llarini ko‘tarib,ko‘rsatkich barmoqlarining yon tomoni bilan
tekshiruvchining ko‘rsatkich barmoqlariga tegishga harakat qiladi. Bemor bunday
harakatni dastlab ko‘zlarini ochgan, keyin ko‘zlarini yumgan holda bajaradi.
Me’yorda u nishonga (tekshiruvchining barmoqlariga) bexato tegadi. Labirint
faoliyati buzilgan bemorning ikkala qo‘li nistagmning yo‘nalishiga qarama-qarshi
tomonda (nistagmning sekinlashgan komponenti), miyacha faoliyati buzilgan
bemorning zararlangan tomondagi qo‘li “zararlangan” tomonda nishonga tegmaydi
(32-rasm).
32-rasm. Barmoq-barmoq sinamasi