MUZEY EKSPOZISIYASI (Tarixiy muzeylar ekspozisiyasi. Ularning qurilish tamoyillari, Tarixiy muzeylar ekspozisiyasining mavzuiy strukturasi, Ekspozision materiallar)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
24,7 KB
Ilmiybaza.uz
MUZEY EKSPOZISIYASI
Reja:
1.
Asosiy tushunchalar.
2.
Tarixiy muzeylar ekspozisiyasi. Ularning qurilish
tamoyillari.
3.
Muzey ekspozisiyalarining qurilish uslubi.
4.
Tarixiy muzeylar ekspozisiyasining mavzuiy strukturasi.
5.
Ekspozision materiallar.
6.
Ekspozision komplekslar.
7.
Tarixiy muzeylarda turli ekspozisiyalarning xususiyatlari
Ilmiybaza.uz
Tarixiy ekspozisiyalarning o'z oddiga qo'ygan maqsadlari shundan iboratki
avvalo kishilarda Vatanga muxabbat tuyg'usini uyg'otish tarixiy bilimlarni keng
targ'ib qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ma'naviy, siyosiy, estetik
tarbiyani kuchaytirishdir. Har bir davlatda tarixiy ekspozisiyalar o'z tarixi nuqtai
nazaridan turlicha bo'ladi.
Muzey ekspozisiyasining o'ziga xos xususiyatlari bor. Birinchidan, unda
umumiy voqealar emas, predmetlar asosida ma'lum voqelik yoritiladi, bu esa
insonga estetik zavq bag'ishlaydi.
Ikkinchidan, muzey ekspozisiyasi asosida ilmiy kontsepsiya yotadi. Bu
kontsepsiya ekspozisiyaning g'oyaviy mazmunini belgilaydi, muzey yig'imidagi
predmetlarni tanlash printsiplarini, ularni guruxlashni, kompozisiyasini, tadqiq
qilishni, badiiy echimini topishni o'rgatadi.
Ekspozisiya kishilarga dam olishda, madaniy hordiq chiqarishda katta rol
o'ynamog'i lozim.
Ekspozisiyani tuzishda muzey predmeti ekspozisiya elementiga
ya'ni muzey eksponatiga aylanadi. Ekspozisiyaning doimiy yo'ldoshi
ko'rsatkich yozuvlar bo'lib, ba'zan uning o'rnini fonomaterial bilan*
to'ldiriladi yoki almashtiriladi. Bu barcha elementlar ekspozision
materiallar deyiladi. Ilmiy kontsepsiyaga mos holda ekspozisiyaning
vazifalari, mavzusi, badiiy — estetik echimi talabga muvofiq
guruxlashtiriladi, tashkil etiladi, bir — biriga bog'lanadi. Ekspozision
materiallar — ekspozision komplekslarni tashkil etadi. Ekspozision
materiallar aniq, chegaralangan maydonda joylashib o'zida mavzuiy va
tomosha birligini mujassamlashtiradi.
Ekspozisiya
materiallari
turlicha
guruxlashtiriladi.
Muzey
predmetlarini tuzishga yordamlashuvchi aniq tizimda bo'lgan mexnat
mahsuli, san'at predmeti, tabiat ob'ekti sifatida joylashtirish mumkin.
Mazmunidan kelib chiqib ilmiy asoslangan holda guruxlashtirish,
ekspozision materiallarni tashkil qilish ekspozisiyaning qurilish uslubi
Ilmiybaza.uz
deyiladi. Ekspozisiyalar — "ekspozision zalda joylashtiriladi" har
birining me'moriy badiiy echimi bo'lishi kerak.
Muzey eksshozisiyasi — muzey kommunikasiyasining asosiy formasi
bo'lib hisoblanadi. Vaqtincha ekspozisiya — muzey ko'rgazmasi ham
bo'lishi mumkin. Ko'rgazmalar — ma'lum siyosiy voqealarga,
yubileylarga atab tashkil etiladi. Hozirgi davr to'g'risida ma'lumot
beradi.
Tarixiy muzeylar ekspozisiyalarining qurilish printsiplari xolis
yoritilishiga e'tibor qaratish kerak.
Muzey predmetlari daliliy ashyo tarixiy faktaing guvohidir. Ular
tarixiy vaziyatni tushuntiruvchi vosita bo'lib xizmat qiladi. Bundan
tomoshabin yangi ma'lumot va tushunchalar oladi. Muzey predmetlari
orqali inson o'tmishini ko'radi, hozirgi zamon voqealarini, turli
mamlakatlarda bo'layotgan voqealarni o'rganadi.
Tarix muzeyi ekspozisiyalarida jamiyat taraqqiyoti, uning turli sohalari,
aniq tarixiy voqelik qamrab olinadi. Ammo bu tarixni oyna kabi yoritib
berishi degani emas. Tarixiy ko'rgazmada avvalgi ijtimoiy hayot qandayo
bo'lsa aynan shunday yoritilmaydi. Unda muzey ashyolari o'ziga xos ilmiy til
bilan voqelikni so'zsiz so'zlab beradi, hayotning eng muhim jabhalari diqqat
markazda turadi.
Tarixiy yo'nalishidagi ekspozisiyalari xilma —xildir. Ularda mamlakatning
butun tarixi, hozirgi davr o'rganishi aks etishi ham mumkin. biroq etnografik,
amaliy san'at, san'at muzeyi va boshqa muzeylarda ekspozisiyalar farqlanadi.
Ba'zi muzeylarda davriy chegara ham bo'lishi mumkin. (arxeologiya
muzeylarida). Ko'plab ekspedisiyalarda ma'lum shahar tarixi, iqtisodi
madaniyati ham yoritilishi mumkin. Kishilar sevib tamosha qiladigan
muzeylardan biri bu— tarixiy voqealar, qahramonlik, buyuk arboblarga atab
bunyod
etilgan
memorial
muzeylardir.
Ekspozisiya
yaratishining
tamoyillaridan biri ilmiylikdir. Unda jamiyat taraqqiyoti ilmiy asoslangan
bo'ladi. Bundan tarixiylik tamoyili kelib chiqadi. Ekspozisiyalardan milliy
Ilmiybaza.uz
g'oya, milliylik yaqqol ifodalanib turishi kerak. H°zir tarix muzeylarida eski
sinfiy qarashlarga asoslangan ekspozisiyalar tuzilmaydi, balki jamiyatning
oddiydan murakkabga rivojlanish qonuniyatlar hisobga olinib, kishilarda
hamma ilmiy tasavvur qoldirish, ham dam olishni to'g'ri tashkillashtirish
maqsad qilib olinadi.
Ekspozisiya yaratishda ikkinchi tamoyil —ashyoviylikdir. Bunda muzey
sohasi e'tiborga olinmoqda. Ma'lumki muzey ashyolari — asl manbalari
asosida
ulardan
bir
—biriga
bog'langan
ekspozisiyalar
tuziladi.
Ekspozisiyaning asosini ham muzey muzey ashyolari tashkil etar ekan, uning
asl ashyo, ayni san'at asari ekanligiga ko'tarilganligiga ham e'tibor qilinadi.
Muzey ashyosi ekspozisiyada ikki hil vazifani bajaradi. Birinchidan, u tarixiy
voqelikni tushuntiruvchi tarixiy faktni isbotidir.G', chunki u o'sha davrning
tilsiz guvohi, mahsulidir. Bu esa tamoshabinni to'lqinlantirishi tabiiy.
Ikkinchidan tamoshabin muzeyda tarix bilan yuzma —yuz turadi, hozirgi
zamonda turli davlatlarda sodir bo'layotgan voqealar, yutuqlar bilan tanishadi.
Bu esa kishida uzoq o'tmishdan habar beruvchi asl ashyolar emosiyaonal
tuyg'ularni uyg'otadi. Ekspozisiya tuzishning yana bir tamoyili ommaviy
komunikasiya tamoyilidir. Chunki muzeyga har — xil ijtimoiy tabaqalarga
xos kishilar tashrif buyuradilar. Shuni nazarda tutgan holda ekspozisiya
o'rtacha xolatda tuzilishi kerak. ekspozision materiallarni joylashtirishda xar
—xil uslub va reja qo'llaniladi. Birinchi rejada e'tiborni jalb qiladigan
eksponatlarni
joylashtirish
mo'ljallanadi.
Ekspozisiyalar
zamonaviy
qarashlar, yutuqlarga aks etish, zamon bilan hamnafas bo'lishi kerak.
Ekspozisiyaning
qurilishining
uchinchi
printsipi
ommaviy
kommunikasiya asosida qurishdir. Bu saviyasidan qatiy nazar har bir
tomoshabinga tushunarli bo'lishi kerak. O'rta saviyali tomoshabin ekspozisiya
uchun mavzu, fonoyozuv ishlab chiqariladi. Zamon bilan hamnafas
ekspozisiyalar tayyorlash kerak.
Har bir ekspozisiya har qanday ilmiy ish kabi o'zida o'zaro bog'langan va bir
biriga bo'ysunadigan tizimni mujassamlashtiradi. Ya'ni ekspozisiyaning butunligi,