Muzeylar vositasida bolalar ta’limining samarali yo‘llarini kashf etish.
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
45,9 KB
Ilmiybaza.uz
Muzeylar vositasida bolalar ta’limining samarali yo‘llarini kashf etish.
Reja:
1.Muzey pedagogikasining xususiyatlari.
2.Bolalar muzeyi taraqqiyoti va ahamiyati.
1.Muzey pedagogikasining xususiyatlari. Muzeylarning jamiyat va insonlar
hayotidagi o‘rni beqiyosdir. O‘tmishni, tarix tajribasini o‘rganish, ajdodlar yaratgan
betakror moddiy va ma’naviy merosni asrash hamda targ‘ib etishda, istiqlol yo‘lidagi
maqsadlarni aniqlashda muzeylar faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi
kunda O‘zbekiston bo‘yicha 1200 dan ortiq muzeylar mavjud. Ushbu muzeylarda
xalqimizning uzoq tarixidan hikoya qiluvchi, milliy mafkura va tafakkurni
rivojlantiruvchi, yoshlarda milliy g‘urur va iftixorni yuksaltirishda muhim
ahamiyatga ega materiallar ekspozitsiyaga qo‘yilgan.Yoshlar ma’naviyatini
shakllantirish maqsadida mamlakatdagi barcha muzeylarda oyning ma’lum bir kuni
«Ochiq eshiklar kuni» deb e’lon qilindi. Shu kuni muzeylarga o‘quvchi, talaba va
boshqa tomoshabinlar taklif etilib, muzey xodimlari tomonidan bepul xizmat
ko‘rsatiladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning sa’y-harakatlari bilan qadimiy shaharlar: Xiva, Buxoro, Shahrisabz,
Termiz shaharlarining 2500–2700 yillik yubileylarining o‘tkazilishi, Amir Temur
tavalludining 660 yilligi, Imom al-Buxoriy, Ahmad al-Farg‘oniy, Jaloliddin
Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Ogahiy kabi «Barhayot siymolar» yubileylarining
o‘tkazilishi, «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi tantanalari, mamlakat
tarixidagi muhim sanalarga bag‘ishlab muzeylar tayyorlab o‘tkazgan ko‘rgazma va
tadbirlar yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasida muhim o‘rin egallashi
shubhasiz.
Ilmiybaza.uz
Lekin yoshlarni tarbiyalashda ilg‘or mamlakatlar muzeylari to‘plagan ijobiy
yutuqlarni umumlashtirib, jahon muzey pedagogikasi fanining bir asrdan ko‘proq
vaqt mobaynida to‘plagan tajribasining ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil etib, mos
va xos dasturlar ishlab chiqishni bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri deb
hisoblash mumkin.
Muzey o‘tmish va bugunni bog‘lovchi ko‘prik, beqiyos ma’naviy-ma’rifiy
manbalar jamlangan dargohdir. Shu bois, mamlakatimizda mazkur soha rivojiga
jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda fan, madaniyat, san’at va tarix sohalariga
oid noyob eksponatlar yig‘ilgan Namangan viloyati o‘lkani o‘rganish muzeyi
samarali faoliyat ko‘rsatmoqda.
Albatta, muzeyimizning ijtimoiy-siyosiy hayotimizda bajaradigan vazifalaridan
biri ta’lim va tarbiyadir. Muzey zallarida o‘tkazilayotgan ekskursiyalar, ma’ruzalar
ilmiy maslahatlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bu yo‘nalishlar orasida leksikonimizga yangi kirib kelgan
so‘z - “Muzey pedagogikasi” alohida ahamiyatga ega bo‘lib, bu sohada ko‘plab
namunali ishlar amalga oshirilmoqda.
Muzey pedagogikasi nima va nima uchun kerak, degan savol tug‘iladi. U
bolalarni tarbiyalash jarayonida beqiyos ko‘mak beradi, murg‘ak jonlarni shaxs
sifatida shakllantiradi, jamiyat a’zosi sifatida minglab insonlar bilan birga yashashga
o‘rgatadi, yosh avlodni bunyodkorlikka da’vat etadi.
Bugungi kunda turli yoshdagi bolalar bilan muzey va ta’lim muassasalari
o‘rtasidagi aloqa tinimsiz, ma’lum maqsadga yo‘naltirilmagan holda olib
borilmoqda. Shuning uchun ham muzey va maktablarning ta’lim-tarbiya sohasidagi
faoliyatiga tizimli va dasturli yondashish talab etiladi.
Hozirda muzeylar ijtimoiy-madaniy faoliyatining asosiy vazifasi – muzey
vositalari yordamida inson shaxsini takomillashtirishdir. Shaxsni rivojlantirish, bu,
avvalo, madaniy vorisiylikning muttasil takomillashib borishida, ayniqsa, yoshlarga
amaliy ko‘nikmalar berishda, ijtimoiy-tabiiy muhitga nisbatan mas’ullik hissini
uyg‘otishda dolzarblik kasb etmoqda.
Muzey kommunikatsiyasi o‘zanida zamonaviy muzey ta’limi rivojlanmoqda,
shu jihatdan, mazkur bebaho meros bilan yaqindan tanishish qimmatli
munosabatlarning shakllanishiga omil bo‘lmoqda.
Ilmiybaza.uz
Jahon xalqlarining umummadaniyati tobora bir-biriga yaqinlashish jarayonini
boshdan kechirayotgan bir paytda yoshlarga milliy o‘zlikni asrash va umuminsoniy
qadriyatlarni e’zozlash tuyg‘ularini singdirish borasida muzey pedagogikasining
muhim ekanligi shubhasizdir.
Muzeyning tarixiy va tarbiyaviy ahamiyatini nazarda tutgan holda, ularni o‘quv
dargohiga yaqinlashtirishgina emas, balki ta’lim muassasalarini ham muzeyga
yaqinlashtirish, ya’ni hamkorlik pedagogikasini amalga oshirish zarurati
sezilmoqda.
Mamlakatimizda muzey pedagogikasiga o‘tgan asrning oxirlaridan e’tibor berila
boshlandi. To‘g‘ri, muzey ekspozitsiyalaridan ta’lim-tarbiya maqsadida uning
tarixiy taraqqiyotida hamma vaqt ham foydalanilgan. Lekin jamiyat ma’naviyatini
yuksaltirish ustuvor yo‘nalish kasb etayotgan hozirgi sharoitda bu muammo yanada
dolzarblik kasb etmoqda.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘ladiki, muzeyning umumta’lim jarayoniga kirib
kelishi nafaqat yoshlarni pisixologik va axloqiy jihatdan shakllantirishda, balki
hozirgi o‘zgarayotgan davrda yashashga, ijtimoiy-ma’naviy islohotlarning sub’ekti
bo‘lishiga ham yordam beradi, ya’ni o‘quvchi muzeydagi ma’naviy merosni ko‘rib,
o‘rganib, uni anglab olishi natijasida o‘z hayoti va faoliyatiga ham mazmun kiritadi.
Bugun muzey pedagogikasi oldida turgan vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib,
tashrifchilarni muzeyda namoyish qilinayotgan voqea-hodisalarni his etish, eshitish
mulohaza yuritish va saboq olishga o‘rgatadi.
Muzeyda turli toifadagi avlodlar uchrashuvi va muloqotiga shart-sharoit yaratish
esa yaxshilik va yovuzlik, donolik va nodonlik, haqiqat va yolg‘on kabi jihatlarning
mazmun-mohiyatini tushunishda muhimdir.
Muzeyda o‘quv dasturini qo‘llashda bir necha bosqich ko‘zda tutiladi. Masalan,
ekskursovod, birincha navbatda, ekskursiyani boshlashdan avval bolalar bilan o‘zaro
muloqotga kirishib, aloqani yaqinlashtirishi, tashrifchilar bilan iliq munosabatni
shakllantirishi lozim. Tarix ekipozitsiyalari, tarixiy so‘zlar va jarayonlarni bolalar
to‘liq tushunib qabul qilishi qiyin. Shu sababli muzey pedagoglari ekskursiyalarni
predmetlarni qiyoslash, aralash va o‘xshash predmetlar bilan uyg‘unlashtirish orqali
tushuntiradi.
Ilmiybaza.uz
Ayni
paytda
ko‘plab
tadbirlarda
teatrlashtirilgan
sahnalardan
foydalanmoqdamiz. Mazkur tomoshalar bir guruh muzey xodimlarining ma’lum bir
davrni o‘zida aks ettiruvchi qahramonlar obraziga kirishi yoki ekskursovodlarning
mavzu bo‘yicha libos kiyishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu sahnalar bolalarni jalb
qilishda, ularga ta’lim-tarbiya berishda o‘ziga xos jihatlari bilan ahamiyatlidir.
Muzeyga kelayotgan tomoshabinlarning asosini, deyarli, yoshlar tashkil qiladi.
O‘sib kelayotgan yosh avlod ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga
sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2014 yil 11 iyulda “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-
onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 189-sonli qarori
qabul qilindi. Shunga ko‘ra, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga haftaning har seshanba
va juma kunlari, barcha aholiga har yili 2-8 sentyabr kunlari o‘tkaziladigan
“Muzeylar haftaligi” doirasida bepul kirish tartibi joriy etildi. Bu bilan betakror
tarixiy merosimizni xalqimizga to‘la yetkazish, yosh avlodni xalqimiz madaniyati
tarixi bilan g‘ururlanish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga zarur shart-sharoit
yaratildi.
Muzey ma’naviyat manbai ekan, ulardan xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda
samarali foydalanish bugunning dolzarb vazifasidir. Bas, shunday ekan, muzey va
tashrifchilar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, muzey materiallarini yetkazishning
oson va yangi yo‘llarini izlab topish, muzeylar vositasida bolalar ta’limining
samarali yo‘llarini kashf etish, muzeylarda servis xizmatini talab darajasida tashkil
etish, muzey pedagogikasi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish kabi masalalarni hal etish
- zamonaviy muzeylarning ijtimoiy ahamiyati salmog‘ini yuksak darajaga
qaytarishning muhim shartidir.Ushbu ma’ruzada yoshlarni vatanga muhabbat, milliy
g‘oya ruhida tarbiyalashda muzeylar faoliyatida qanday jihatlarga ko‘proq e’tibor
qaratilishi lozimligini jahon muzeylari tajribasidagi ijobiy holatlardan kelib chiqqan
holda aniqlandi. Zero, eng ilg‘or muzeylar yoshlar bilan ishlashning qator
bosqichlaridan o‘tib, ushbu masalada nafaqat amaliy faoliyat tajribasiga ega
bo‘ldilar, balki qator nazariya va konsepsiyalarni ham yaratdilar1. Bu tajriba
natijalari o‘rganilib, tahlil etilar ekan, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, aynan qo‘llash kerak
1 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика. – Москва: Высшая школа, 2004. – С. 200.;
Музейное дело России / Под общей редакцией Каулен М.Е., Коссовой И.М., Сундиевой А.А.. – Москва:
Издательство «ВК», 2003. – 615 с.
Ilmiybaza.uz
deyilmaydi. Lekin hali nazariyalar yaratish darajasiga yetmagan muzeyshunoslik
sohasi jahon muzeylari andozalaridan foydalanishi zarur. Bu borada qilingan ishlar
quyida bosqichma-bosqich izohlab boriladi.
Respublika maorif tizimini takomillashtirish, jamiyat hayotida muzeylarning
rolini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, muzey muhitida va maorif
muassasasi pedagogik muammolarni hal etadigan kun tartibidagi dolzarb muammo
bo‘lib qolmoqda. Ushbu vaziyat nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning aksariyat
mamlakatlarida mavjud. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi zamon madaniyati
va jamiyati hayotida muzeylar rolining oshib borishi bilan bir qatorda, unda
ishlayotgan xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish ancha orqada qolmoqda.
Vujudga kelgan vaziyatni muzeylarning bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat hayot
uchun kurash muammosining ta’siri deb izohlash ham noo‘rindir. Uning ildizlari
chuqur bo‘lib, muzey malakali xodimlarini tayyorlashga eskicha yondashuvdadir.
Tomoshabinlar bilan ishlashda ko‘p narsa mutaxassisning psixologik-pedagogik
tayyorgarligi, bilim saviyasi, bugungi kundagi ijtimoiy-madaniy vaziyatni
anglashiga bog‘liqdir2.
Insoniyat qadim zamonlardan o‘zining ijtimoiy tajribasini keyingi avlodlarga
qoldirish usullarini yaratgani ma’lum. Muzey esa madaniy tajribani to‘plash,
tavsiflash va saqlashning eng maqbul shakli bo‘lib chiqqan3.
Ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, muzeyga keng jamoatchilikning qiziqishi
va uning institutsional shakllanishi XIX asrning ikkinchi yarmida boshlanadi. Xuddi
shu paytdan muzey ishining kelgusi taraqqiyoti ishlab chiqarish, sanoatning
yuksalishi va maorif sohasini isloh qilish bilan bog‘liqdir. Bugungi kunda bu aloqa
ayniqsa, video, kompyuter texnologiyalarini qo‘llash asosida zamonaviy san’at
turlarini namoyish etish orqali axborot jamiyatlariga o‘tishda namoyon bo‘layotir4.
Muzey va ta’limning o‘zaro aloqalari ilm va fanning turli sohalari
hamkorligining
samarasidir.
Amaliyot
shuni
ko‘rsatmoqdaki,
muzeyning
umumta’lim jarayoniga kiritilishi, insonni ruhiy va axloqiy jihatdan juda tez o‘zgarib
borayotgan olamda faqat yashashga tayyorlabgina qolmasdan, uning sodir
2 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика. – Москва: Высшая школа, 2004. – С. 5.
3 Новости всемирного наследия // Мировое наследие. Москва, 2003. – № 5. – С. 64-67.
4 Россия музейлари мисолида қаранг: Музеи Российской академии наук / РАН. Музейный совет. Москва:
Научный мир, 2004. – С. 150-164; Соболева Н.А. Музейный сервис: пути развития / Сборник. Москва, 2004. –
С. 25-34.
Ilmiybaza.uz
bo‘layotgan ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanishiga xizmat
qiladi.Insonning faoliyati, maishiy turmushida estetik didni shakllantirish
tarafdorlari D.Reskin va U.Morrislar 1852 yil Londonda ilk dekorativ amaliy san’at
muzeyini tashkil qildilar. O‘shanda muzeyning maqsadlari quyidagicha belgilangan
edi:
-san’atni jamiyatning barcha toifalari orasida targ‘ib qilish;
- badiiy ta’lim saviyasini ko‘tarish;
- amaliy-bezak san’ati sifatini oshirish.
Insonlarda badiiy didni vujudga keltirish uchun muzeylar ma’ruza-konsert, bepul
tashriflar, jamoat transportida bepul kelish kabi tadbirlar o‘tkaza boshlaydi. Eng
muhimi, bu xildagi faoliyatni konseptual izohlashga harakat jarayoni kuzatiladi.
Amerika muzeylarining ma’rifiy vazifalari nazariyasi asoschilaridan biri D.Gudd
bo‘lib, u maorifda muzeyning vazifasini buyumlar vositasida ta’lim berishda
ko‘rgan. Badiiy va tabiatshunoslik muzeylari orasidagi farqlarni e’tirof etgan
tadqiqotchi tomoshabinlar uchun ashyo-buyumlarning kerakli yozma axborot-
varaqa, yo‘l ko‘rsatkich, rassomlar haqidagi asarlar bilan ta’minlanishi muhimligini
ta’kidlagan edi. U shuningdek, omma uchun ma’ruzalar tashkil etish kerakligini
alohida uqtirgan. Amerika Qo‘shma Shtatlarida D.Guddning tashabbuslari tez
amalga oshirildi. Nyu-York shahridagi Metropoliten muzeyining ilk yo‘l
ko‘rsatkichi 1906 yili nashr etilib, u tomoshabinlarni ko‘rgazma bilan tanishtirgan.
O‘sha yili o‘qituvchilar uchun maxsus qo‘llanma ham chop etilgan. Dam olish
kunlari omma uchun ma’ruzalar o‘tkazilgan. Muzey ma’rifatiga oid «Metropoliten
byulleteni» ning maxsus soni chop etilib, unda barcha tomoshabinlar: talaba,
o‘qituvchi, dizayner, ko‘zi ojiz va karlar uchun ishlab chiqilgan dasturlar muhokama
etilishidan tashqari, ularga o‘qiladigan ommaviy ma’ruzalar mazmuni, saviyasi va
o‘ziga xosligi haqida ham so‘z borgan5. Mutaxassislar 1919 yildan boshlang‘ich va
o‘rta maktablar, boshqa ta’lim muassasalarida ish olib borishning o‘ziga xos
xususiyatlarini inobatga olib amaliyotga tatbiq eta boshlaydilar6.
5 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая школа,
2004. – Б. 21.
6 Молоканова Т.В. Музей и школа: возможности взаимодействия // Проблемы педагогики средней и высшей
школы / Сборник. Вып.1. Калинин: Калининский госуниверситет. 2004. – С. 48-51.
Ilmiybaza.uz
Amerika Qo‘shma Shtatlarida tomoshabinlar bilan ishlashda to‘plangan tajribasi,
badiiy muzeylar maqsadlarining o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda D.Xayd
muzey faoliyati va ahamiyatini quyidagicha ifodalagan: «Muzey bolalarning
ma’rifiy bilimlar olishiga, kattalarning esa sog‘lom hayot tarzi, dam olishi va
bilimlarini oshirishga sharoit yaratishi lozim. U talaba uchun bilimlar xazinasi,
rassom uchun esa ilhom beruvchi manbaga aylanishi kerak. Uning ta’siri
odamlarning o‘z uylarida sezilishi va jamiyatning har bir a’zosi hayotida aks etmog‘i
darkor. Ushbu tajriba asosida turli toifadagi tomoshabinlar uchun o‘ziga xos
dasturlar ham ishlab chiqilgan edi:
1. Ommaning dam olishi va ko‘ngilxushligi; 2. Bilim darajasini oshirish (shu
jumladan san’atshunos, talaba va rassomlar); 3. Bolalar manfaatlari uchun7.
Amerika Qo‘shma Shtatlari maorifi falsafasidagi estetik yo‘nalish muzeyning
vazifasi sifatida jamiyatda yuksak estetik didni tarbiyalash va saqlashni talab etadi.
O‘zining dolzarbligini bugun ham yo‘qotmagan bu qonun-qoidalar, muzey pedagogi
vazifasini tomoshabinlar va san’at asarlari orasidagi bog‘lovchi vosita sifatida
tushunadi.
Ammo ko‘pchilik muzey namoyandalari qo‘llagan estetik yo‘nalish maorif
amaliyotiga ko‘ra muzey ishi maqsadlari nazariyasiga yaqinroq edi. Natijada ko‘p
o‘tmay u bilan universitetlar ilmiy faniga aylangan san’atshunoslik tarixi raqobat
qila boshladi. XX asrning dastlabki o‘ttiz yilligida tez rivojlangan ushbu yo‘nalish
tashabbuskori Amerika Qo‘shma Shtatlarining Garvard universiteti bo‘ldi8.
San’atshunoslik asosida tasviriy san’at turlarini boshqa san’atlar bilan bir
qatorda umumijtimoiy bilimlar doirasida o‘rganadigan fanlararo yondashuv
rivojlana boshladi. Metropoliten muzeyi bu borada ham birinchilardan bo‘lib tarix,
geografiya va boshqa maktab fanlaridan kiyim-kechak, mebel namunalari va boshqa
tarixiy eksponatlardan foydalangan holda dars o‘tishni boshlab berdi.
1930–1940 yillari faol va har tomonlama muvaffaqiyatli ma’rifiy faoliyat
Amerika Qo‘shma Shtatlari muzeylarining eng muhim vazifasiga aylanib,
tadqiqotchilarning fikricha, (T.Lou) ular «Erkin norasmiy san’at kolleksiyalari»ga
7 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая школа,
2004. – С. 22.
8 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая школа,
2004. – С. 22.
Ilmiybaza.uz
va maorif muassasasiga aylana boradi. Bu borada Sinsinnati shahar badiiy muzeyi
tajribasi e’tiborga molik. Unda 1930 yili Maorif bo‘limi tashkil etilib, u bolalar
uchun yakshanbada o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar dasturini ishlab chiqdi. Dasturga
afsona, musiqa, tarix, geografiya, haykaltaroshlik darslari kiritilgan. Ma’rifiy
dasturlarni ishlab chiqishda o‘z davri pedagogikasi erishgan yutuqlar hisobga
olingan9.
Germaniyadagi muzeylar ma’rifiy faoliyati ayrim shaxslar tashabbusi bilan
xususiyatlidir. A.Lixtvark faqat Germaniya emas, Yevropa muzey pedagogikasi
asoschilaridan biri sanaladi. O‘zining amaliy faoliyati bilan u san’at sohasida
ma’rifiy tadbirlarning tarqalishiga katta hissa qo‘shib, muzeyni maktab singari saboq
muassasasi deb hisoblagan.
A.Lixtvark muzeyning sokin hayotini o‘zgartirishga kirishdi. Uning
muvaffaqiyatli ishlari quyidagilardan iborat:
- professional rassomlar rahbarligida tasviriy san’at va grafikadan havaskorlik
kurslarini tashkil etish;
- «San’at dasturlari Gamburg jamiyati»ni tuzib, yillik to‘plam nashr etib, unda
san’at muammolarini yoritish, fotografiya, uy-joylarni badiiy bezash va hokazolarni
joriy qilish;
- bolalar ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar yaratish;
- havaskor fotograflar jamiyatini tuzib, noyob fotosuratlar kolleksiyasini
yaratish;
- o‘quv qo‘llanmalari kolleksiyasi (to‘plamini), o‘yinchoq kitob bosish dastgohi
va hokazolarni yaratish;
- zamonaviy tasviriy san’at, jumladan, Gamburg rassomlari ijodiga
ko‘maklashish;
- Gamburg rassomlari klubini tashkil etishdagi hamkorlik;
- muzeyning eski binosi o‘rniga yangi katta binoning qurilishi.
Muzey ishidagi asosiy sohani ekskursiya deb hisoblagan A.Lixtvark, uni dialog-
muloqot asosida tashkil qilishga intilgan.
9 Ўша жойда. – С. 23.; Айбиндер М.И., Новикова И.А. Культурологический аспект деятельности музеев США
/ Учебное пособие. – Спб.: АОС, 2002. – 132 с.
Ilmiybaza.uz
Germaniya muzeylarida XX asrning boshlarida to‘plangan tajriba Myunxendagi
tabiatshunoslik va texnika shoh asarlari asoschilaridan biri-G.Kershenshtaynerga
«Ta’lim nazariyasi» (1926) asarini yozishga imkon berdi. Ushbu asarda muallifning
Germaniya muzeylarini pedagogik tamoyilda tashkil etish jihatlari va uni amalga
oshirish yo‘llarini asosladi. Olimning pedagogik faoliyati nazariyasi asosida
quyidagi fikr yotadi: «Anglash orqali bolalarni o‘qitish va tarbiyalashni o‘z vazifasi
sifatida qo‘ygan muzeyda o‘quv dasturi konstruksiyadir. Faqat bu yerda loyiha,
maktabdagi singari buyumlar soyasi bilan emas, balki buyum va ashyolarning o‘zlari
bilan ishlaydi».
Muzeyning ma’rifiy faoliyatini G.Kershenshtayner quyidagicha ifodalaydi:
- muzey – pedagogik jarayonning uslubi, maorif mazmuni mantiqi,
o‘quvchilarning ruhiy holati va ma’rifiy jarayonning maqsadlari bilan bog‘liq;
- muzey pedagogik jarayoni maktab o‘quv rejasi tizimiga monand bo‘lib, farqi
«buyumlarning tasnifiga emas, ularning o‘zi bilan ishlanishi»ga mos bo‘lishi;
- muzey tomoshabinga mavjud «pedagogik-yordamchi vositalar» (matnlar izohi,
kinofilm, maket va hokazolar) ko‘magida o‘z ko‘zi bilan texnologik yoki ijodiy
jarayonlarni ko‘rish imkoniyatini yaratishi lozim10.
Shu tariqa Germaniya muzeyi «o‘quv qo‘llanmalari vitrinasi» rolidan voz
kechib, maorif jarayonida o‘z o‘rnini topdi.
A.Lixtvark tajribasini rivojlantirgan G.Froydental muzeylar ma’rifiy faoliyatida
ilk bor muzeyda maktab mashg‘ulotlari o‘tkazish pedagogik usullarini ishlab chiqdi
va joriy etdi. Eng muhimi, uslubda pedagogik faoliyatning tayyorgarlik o‘tkazish va
mustahkamlash bosqichlari ko‘zda tutilgan edi.
G.Froydental muzey pedagogini, maktab o‘quvchilarini muzeyda ta’lim
jarayonini tashkil eta oladigan mutaxassis deb hisoblab, kichik yoshdagi
o‘quvchilarni o‘lkashunoslik, tabiatshunoslik va badiiy muzeylarni, katta
sinfdagilarni esa, texnika va maxsus muzeylar bilan tanishtirishni tavsiya etgan.
Olim o‘z asarida Gamburgdagi oltita muzey ko‘rgazmalarining maktab
dasturlarini izohlab beradi. E’tiborlisi shundaki, G.Froydental «muzey
pedagogi» atamasini birinchi bo‘lib taklif etishidan tashqari, uning pedagogik
10 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика. – Москва: Высшая школа, 2004. – С. 27.
Ilmiybaza.uz
ma’lumoti bo‘lishi, muzey muhitida ta’lim jarayonini tashkil eta olishini ham
nazarda tutish lozimligini ta’kidlagan.
Muzey va maktab orasidagi munosabatlar masalasi bilan A.Reyxveyn ham
shug‘ullangan. U muzeylarning pedagogik faoliyati muvaffaqiyatini quyidagi
shartlar bilan bog‘laydi:
- muzey ekspozitsiyasining maktab ta’limi vazifalari bilan hamohang tuzilishi;
- muzeyga o‘qituvchining sinf bilan kelishi oldindan kelishilgan bo‘lishi;
- muzeyda o‘qituvchi bilan sinf yaxshi ijodiy aloqa o‘rnatishi;
- o‘qituvchilar o‘zlarining ijodiy uyushmalarida muzeyga e’tibor qaratmog‘i;
- muzey ilmiy xodimlari o‘qituvchilarni tayyorlashda qatnashishi;
- muzey maorif muassasasi sifatida turli kasb o‘qituvchilari uchun ochiq
bo‘lmog‘i lozimligi11.
Shu bilan birgalikda A.Reyxveyn muzeyni o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘latish
emas, umumiy muzey to‘plami asosida maktab talab etgan mavzularda
ekspozitsiyalar yaratilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Germaniyaning muzey pedagogikasiga qo‘shgan hissasini umuman ijobiy
baholab, uning ayrim jihatlaridan bugungi kunda ham foydalanish mumkin.
Rossiyada muzeylar faoliyati, muzeyshunoslik tarixi tahlili an’analari
Germaniyadan ancha kechroq boshlanadi. A.Lixtvark va G.Kol asarlarini rossiyalik
mutaxassislar yaxshi bilishgan12. Ular avvalo badiiy muzeylar doirasida muzey
pedagogikasi nazariy va amaliy jihatlarining shakllanishiga o‘z ta’sirini o‘tkazib,
N.I.Romanov13, A.V.Bakushinskiy14 va F.I.Shmidt15 faoliyatida o‘z aksini topadi.
Rossiya muzeylarida pedagogik ishlarni nazariy anglash tajribasi 1916 yildagi
«Ekskursiya xabarlari» (Ekskursionnыy vestnik) nashrida muzeylarning o‘quvchilar
bilan ishlashiga bag‘ishlangan sonidan o‘rin olgan. To‘plamdagi N.I.Romanovning
«San’at borasidagi ekskursiyalarning vazifalari va uslublari» maqolasida san’atni
11 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая
школа, 2004. – С. 29.
12 Музейное дело России / Под общей редакцией Каулен М.Е., Коссовой И.М., Сундиевой А.А. – Москва:
Издательство «ВК», 2003. – С. 11.
13 Романов Н.И. О задачах и методах экскурсий по искусству // Экскурсионный вестник. – Москва, 1916. – №1-
2.
14 Бакушинский А.В. Исследования и статьи. – Москва, 1981.
15 Қаранг: Шмидт Ф.И. Искусство как предмет обучения. – Харьков: Просвещение, 1923.; Столяров Б.А.
Музейная педагогика: история, теория, практика. – Москва: Высшая школа, 2004. – С. 214.
Ilmiybaza.uz
o‘rganish, uning inson qalbiga chuqur ta’sirini anglagan holda kirishish lozimligi
ta’kidlanadi16.
A.Romanov badiiy muzeylar ma’rifiy faoliyatini tahlil etgan ilk mutaxassis
bo‘lgan. Lekin uning ijodi taraqqiyoti yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda davom
etdi.
Muzey ishi islohoti maorif islohoti bilan bir paytda olib borilib, unda estetik
tarbiyaga katta o‘rin beriladi. O‘quvchiga yog‘och yoki temir dastgohida ish
o‘rgatilayotgan paytda bolaning faqat hunarni egallashiga emas, uning chiroyli hayot
quradigan yaxshi inson bo‘lib yetishishiga ham e’tibor berilgan.
Muzey islohoti mazmuni yangi tomoshabinga mo‘ljallangan ma’rifiy ishlarni
keskin faollashtirishga qaratilgan edi. F.I.Shmidtning «San’at o‘quv predmeti
sifatida» nomli asari bolalarni estetik tarbiyalashning maqsad va vazifalariga
bag‘ishlangan. San’atni faol ruhiy kechinma sifatida anglagan muallif uni ijodiy
shaxsni tarbiyalashda qo‘l keladigan vosita sifatida maktab dasturiga kiritish
lozimligini uqtiradi. Olim bu borada tarbiyaviy jarayonni ta’lim jarayonidan ustun
qo‘yadi. F.I.Shmidtning fikricha, «normal ruhiy taraqqiyotga (o‘sishga) sharoit
yaratar ekan – maktab bolani dunyoni faol anglash jarayoniga hamda o‘z
bilimlaridan amaliy hayotda unumli foydalanishga tayyorlaydi17.
Ushbu masalalar A.V.Bakushinskiyning faoliyatida ham katta o‘rin tutadi. O‘z
davrining yetuk pedagogi, san’at nazariyotchisi va tarixchisi bo‘lgan olim o‘z ilmiy
faoliyatida badiiy tarbiya nazariyasini badiiy muzeylarda ekskursiya ishi metodikasi
bilan uyg‘unlashtirib olib borgan18.
Muzeydagi ishga pedagogik jarayon sifatida qaragan A.Bakushinskiy
tomoshabinlarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarurligini, tomoshabinga
«ta’sir ob’ekti» emas, eng avvalo hamkor sifatida qarash zarurligini ta’kidlagan. U
o‘zining amaliy faoliyatida ekskursiyalar o‘tkazish uslublariga alohida e’tibor
qaratib, «Muzey – estetik ekskursiyalar» asarida bu haqdagi fikrlarini bayon etgan.
Ekskursiya ishida o‘qituvchi uchta majburiy shartni o‘z oldiga qo‘yishi lozim:
- san’at asari ahamiyatini o‘zi butun vujudi bilan anglab yetishi;
16 Романов Н.И. О задачах и методах экскурсии по искусству // Экскурсионный вестник. – Москва, 1916. -
№12. - С. 8.
17 Шмидт Ф.И. Искусство как предмет обучения. – Харьков: Просвещение, 1923. – С.18.
18 Бакушинский А.В. Исследования и статьи. – Москва: Советский художник. 1981. – С.59.
Ilmiybaza.uz
- san’at asarining tarixiy-san’atshunoslik mohiyatini bilishi;
- tomoshabinlar guruhi qalbiga psixologik yo‘l topa bilishi19.
Muzeylar o‘z faoliyatida ta’lim-tarbiyaning nazariy jihatlarini ham hisobga
olishlari zarur. Zamonaviy muzeylarning ma’rifiy faoliyatida uchta: anglash, ijodiy
va ijtimoiy yo‘nalishlarni ko‘rish lozim.
Shaxsning ijtimoiy shakllanishida san’at alohida o‘rin tutib, uning yuksak
namunalari badiiy muzeylarda jamlangan. Davr va madaniyatlar orasidagi
bog‘lovchi vositasi bo‘lgan san’at atrof-muhitni anglash tajribasini oshirib, insonni
ma’rifiy tarbiyalashdan tashqari, eng avvalo unga noma’lum yangi bilimlarni beradi.
2.Bolalar muzeyi taraqqiyoti va ahamiyati. Bolalar muzeyining vatani
Angliyadir. Shahzoda Uels tomonidan 1972 yili Londonda Bolalik muzeyi tashkil
etildi. Janubiy Kensington muzeyi bo‘limi hisoblangan ushbu muassasada turli
antiqa buyumlar, ayniqsa, turli mamlakatlardan keltirilgan kiyim, o‘yinchoqlar
to‘plangani bilan tomoshabinlar orasida muzey taniqli bo‘lsa-da, bolalar va
o‘qituvchilar bilan ishlashga 1920 yillarda o‘tdi. Muzeyning bugungi dasturi XVII–
XX asrlar davomida ro‘y bergan turli tarixiy voqealarni bolalarning chuqur
o‘rganishiga ko‘maklashmoqda20.
Amerika Qo‘shma Shtatlari bolalar muzeylari dasturlarining asosiy vazifasi
bolalarning ongini taraqqiy ettirish, o‘rgatish va ularni muzey to‘plami orqali
hayotga tayyorlash hisoblanadi. 1899–1925 yillari Amerikada qator pedagogik
nazariyalarga asoslangan muzeylar tashkil etildi21.
Bruklin muzeyi asoschisi, tabiat tarixi o‘qituvchisi A.Galupp bo‘lgan. Uning
konsepsiyasiga binoan muzey bolalar uchun faqat rang-barang eksponatlarni ko‘rish
19 Бакушинский А.В. Исследования и статьи. – Москва: Советский художник. 1981. – С.11.
20 Макарова Н.Г. Детские музеи Америки: история и современность. Москва, 1997.
21 1901 Смитсон институтининг болалар хонаси. 1913 й. Бостон, 1917 й. Детройт, 1925 й.
Индианаполис болалар музейлари. Москвада 1920 йили Ўйинчоқлар музейини Н.Д.Бартрам – ўйинчоқчи
рассом ташкил этган. Ундан ўн йил ўтиб педагог ва музей арбоби Я.П.Мексин Москвада Болалар китоби
музейини ташкил этди. Россияда болалар музейларига янги қизиқиш 1980–90 йиллари маданий-маърифий
муассасалар трансформацияси ва маориф ислоҳоти шароитида бошланди. Москвада 1996 йилдан автоном
нотижорат ташкилоти «Очиқ болалар музейи» (ОБМ) фаолият кўрсатмоқда.
Ilmiybaza.uz
mumkin bo‘lgan joy, vosita bo‘libgina qolmasdan, ular o‘zlarini turli voqea,
sarguzasht, harakatlarning erkin ishtirokchilari deb his etishlari lozim edi22.
Bolalar muzeyi taraqqiyotining yangi bosqichi Muzeylar xalqaro kengashi
faoliyati bilan bog‘liq23. Muzeylar xalqaro kengashi qoshida 1947 yili bolalar
muzeylari bo‘yicha bo‘lim tashkil etilib, u madaniy-ma’rifiy faoliyat bilan
shug‘ullanayotgan turli mamlakatlar mutaxassislari tajriba, g‘oyalarini
ayirboshlash va hamkorlik bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan edi.
Bolalar muzeylarining keyingi taraqqiyotida 1952 yili Nyu-Yorkning
Bruklin muzeyida o‘tkazilgan 40 ta Yevropa va Amerika davlatlari vakillarining
konferensiyasi muhim o‘rin tutadi. Unda bolalar muzeylari hayotga layoqatli va tez
yuksalayotgan ijtimoiy institut, o‘qituv jarayonining ajralmas qismi ekanligi
ta’kidlandi. Turli mamlakatlarda mavjud muzey-maktab aloqalariga e’tibor qaratildi.
Muzeylarning ma’rifiy faoliyatining ikkinchi davri (1940–1980 yy.) Madaniyat
masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilot YuNESKOning Yevropa muzeylariga bolalar
va o‘smirlarning keng qatlamini jalb etish g‘oyasi bilan bog‘liq edi. Muzeylar
xalqaro kengashi qoshida tuzilgan maxsus «Muammo guruhi» bolalar va o‘smirlar
bilan maxsus shug‘ullanib, qator tadbir, ko‘rgazmalarni tashkil eta boshladi.
YuNESKOning 1948–1958 yillardagi (Parij, London, Bergamo, Berlin, Afina va
hokazo) konferensiyalari muzeyning maorifdagi roliga bag‘ishlanishi ham bejiz
emasdi. Muzeylar xalqaro kengashining rasmiy organi «Museums» jurnali
muammoga oid keng ko‘lamdagi fikr-mulohaza, takliflarni chop etib, masalaning
amaliy
jihatlarini
yechishga
ko‘maklashdi.
Muzeylar
xalqaro
kengashi
konferensiyalarida
muzeyda
bolalar
bilan
ishlash
masalalariga
maorifni
demokratlashtirish muammosi nuqtai nazaridan yondashildi. Bu borada muzey va
maktabning o‘zaro munosabatlari, hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi. Sababi
shundaki, muzeylar uchun malakali mutaxassislar tayyorlash dasturlari zamonaviy
talabga javob bermaydi, degan xulosaga kelingan24.
22 Макаров Н.Г. Детские музеи Америки. История и современность. – Москва, 1997.
23 ИКОМ (ICOM) нодавлат ташкилот сифатида 1946 йили ташкил топган. 140 давлатда бугун унинг Миллий
комитетлари мавжуд. Қаранг: Коссова И.М. Международный совет музеев (ICOM) и его роль в укреплении
взаимодействия музея и общества // Музей и общество. Проблема взаимодействия. Сборник трудов
творческой лаборатории «Музейная педагогика» кафедры музейного дела Академии переподготовки
работников искусства, культуры и туризма МК РФ. – Москва, 2001. – С. 6-21.
24 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая
школа, 2004. – С. 64-65.
Ilmiybaza.uz
Muammoni hal etishdagi harakatlardan biri Muzeylar xalqaro kengashi
tomonidan «Muzey va o‘qituvchi» monografiyasining nashr etilishi bo‘lib, u
pedagogika institutlariga mo‘ljallangan edi. Unda muzeyning o‘quv tarbiya
jarayonidagi roli, turli mamlakatlarda muzey o‘qituvchilarini tayyorlash uslublari
haqida ma’lumotlar beriladi. Jumladan, X.Rouz muzeyning tarix, geografiya,
adabiyot, tabiiy fanlarni, san’at, dizayn, ashula darslarini o‘zlashtirishdagi
imkoniyatlarini ochib beradi.
Afsuski, o‘zining keyingi faoliyatida Muzeylar xalqaro kengashi bolalar
ta’limida muzey vositalaridan foydalanish muammolariga e’tiborini susaytirdi. XX
asrning so‘nggi o‘ttiz yilida muzeylarning jamiyatdagi o‘rni, muzey xodimlarini
tayyorlash, madaniy merosni muhofaza qilish mavzulari ushbu tashkilotning diqqat
markazida bo‘lganini mutaxassislar ta’kidlaydilar25.
Muzeylarning ta’lim faoliyatiga oid zamonaviy konsepsiyalar 1940 yillar
oxiridan ilmiy taomilga kirgan «kommunikatsiya» nazariyasi nuqtai nazaridan
tavsiflanmoqda. O‘zining yaratilishi bilan u ikkita manbaga borib taqaladi. Ulardan
biri 1949 yili K.Shennon tomonidan ishlab chiqilgan aloqaning matematik nazariyasi
bo‘lib, unda axborot uzatishning asosiy elementlari belgilangan. Ikkinchisi faylasuf
M.Maklyuenning asarlari bo‘lib, ularda muzeylar hamda tomoshabinlar orasidagi
muloqotda muzey kommunikatsiyasi haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘z borgan26.
Muzey uchun kommunikatsiya tushunchasini bevosita o‘rgangan olim Kalgari
shahar muzeyi direktori D.Kameron bo‘ldi. Bu tushunchani o‘tgan asrning 60-
yillarida amaliyotga kiritgan olim muzeyga tomoshabin va eksponatlar orasidan
kommunikatsion jarayonni amalga oshiruvchi vosita sifatida qarashni taklif etdi.
Ushbu jarayon zaminida bir tomondan tomoshabinning muzeydagi ashyo-buyumlar
«tilini» tushunish qobiliyati yotsa, ikkinchi tomondan muzey mutaxassislarining
o‘ziga xos fikrlarini erkin ifoda eta olishi yotadi.
D.Kameron muzey faoliyatini tashkil etish kommunikatsion tizimlar markazida
turgan tomoshabinlar bilan o‘zaro hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha qator takliflarni
ishlab chiqdi. Ularning mohiyati quyidagilarni talab etadi:
25 Столяров Б.А. Музейная педагогика. История, теория, практика: Учебное пособие. – Москва: Высшая
школа, 2004. – С. 66.
26 Гнедовекий М.Б. Современные тенденции развития музейной коммуникации (на материале музееведческой
культуры капиталистических стран) // Проблемы культурной коммуникации в музейной деятельности.
Сборник научных трудов НИИ культуры МК РФ. – Москва, 1989. – С.16-34.
Ilmiybaza.uz
- muzey ko‘rgazmalarini yaratishda fondlarni saqlovchilar bilan birga rassom-
dizaynerlar ishtiroki;
- ekskursovodlar tomonidan tomoshabinlarni «san’at tiliga» o‘rgatish;
- professional muzey faoliyati tizimiga tomoshabinlar bilan «bevosita aloqani»
ta’minlash uchun zarur bo‘lgan psixolog va sotsiologlarni kiritish lozimligi27.
D.Kameron muzey faoliyatining ko‘pgina jihatlari (ashyo-buyumlarni saqlash,
ilmiy tadqiqotlar, hujjatlashtirish va hokazolar)ni nazardan chetda qoldirsa-da, u
taklif etgan muzey kommunikatsiya nazariyasi muzeyga an’anaviy ta’lim tizimining
ko‘mak vositasi sifatida qarashdan xalos etdi28.
Muzey kommunikatsiya nazariyasi 1960–1970 yillarda shakllandi. Bu qiziqish
kompyuter texnikasi erishgan yutuqlar bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi.
Muzeyga
tashrif
buyuruvchilar
sonini
kengaytirib,
tarkibini
ancha
«yoshartirgan» jarayon muzey kommunikatsiyasi nazariyasini amalda sinovdan
o‘tkazish, uning zaif joylarini aniqlash imkonini berdi. Bu davrda faqat
tomoshabinlarning muzey bilan muloqoti umumiy muammolarga emas, o‘sib
kelayotgan yosh avlodning estetik taraqqiyoti va badiiy tarbiyasi masalalariga ham
qiziqish kuchaydi. Muzeylarning keng ommalashuvi ularning an’anaviy
ekspozitsiyalarining yangilanishini talab etadi. Tomoshabinlar talablari natijasida
ko‘rgazmalar faoliyati keskin o‘sib, ayniqsa XX asr san’atiga, uning turli qirralariga,
shuningdek davrning texnik yutuqlariga qiziqish kuchaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tabiiyki, «Muzeylarning yoshlarni milliy
g‘oya ruhida tarbiyalashdagi ishlari talabga javob beradimi? Unda eng muhim
jihatlar, mavjud dasturlar, nazariyalardan foydalaniladimi?» degan savollar tug‘iladi.
Bunga javob topish uchun manbaga murojaat qilib, O‘zbekiston tarixi davlat
muzeyining 2004 yildagi hisobotiga murojaat qilamiz.
Unda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
2003 yil 19 fevralda muzeyga tashrifidan so‘ng bildirilgan fikrlari asosida
ekspozitsiya ham g‘oyaviy, ham ilmiy-ijodiy jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Yirik
tarixshunos va arxeolog olimlar, muzeyshunos hamda boshqa aloqador
27 Гнедовекий М.Б. Современные тенденции развития музейной коммуникации (на материале музееведческой
культуры капиталистических стран) // Проблемы культурной коммуникации в музейной деятельности.
Сборник научных трудов НИИ культуры МК РФ. – Москва, 1989. – С. 20-21.
28 Ўша жойда.
Ilmiybaza.uz
mutaxassislar ishtirokida barcha eksponatlar yana bir bor ko‘zdan kechirilib,
davrlarga mos ravishda yangilari bilan boyitildi. Ekspozitsiyalar tarixiy hujjat,
fotosurat va yangi topilmalar bilan to‘ldirildi. Davrlarning izchilligi ta’minlandi.
Ayniqsa, mustaqillik davriga alohida e’tibor berilib, xalq va mamlakatning
barcha sohalarda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari ko‘rgazmasi vositalar asosida aks
ettirildi. Bularning hammasi O‘zbekiston hududida milliy davlatchilikning
shakllanishi jarayonlari va uning evolyusion bosqichlaridan iborat bo‘lgan bosh
konsepsiyaga birlashtirildi. Bu esa milliy madaniyat va davlatchilikning o‘zaro
uyg‘un holda rivojlanib borishi evolyusiyasi hamda butun dunyoda tan olingan,
jahon e’tirof etadigan, nafaqat milliy, balki umuminsoniy ahamiyatga ega bo‘lgan
tarixiy eksponat va yodgorliklarni, sivilizatsiya namunalarini ko‘rsatish orqali
bizning yurtimiz ana shunday noyob boyliklar makoni bo‘lganini yana bir bor
isbotlab berish imkonini yaratdi.
O‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt mobaynida muzey ayniqsa, yoshlarning haqiqiy
ma’naviy-ma’rifiy maskaniga aylanib qoldi. Muzey faoliyat ko‘rsata boshlagan
dastlabki kunlardanoq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan jadval
asosida talaba va o‘quvchilarning tashrifi uyushtirildi. Bu an’ana bugun ham izchil
davom etmoqda. Talaba va o‘quvchilar olimlar hamda muzeyshunoslardan nafaqat
nazariy, balki amaliy saboq oldilar. Ular tariximizning yorqin sahifalari bilan
tanishib, «Kim edigu, kim bo‘ldik?» degan savolga javob olib, boy bilim bilan
muzeydan qaytmoqdalar. Bu esa ularning milliy g‘oya ruhida kamol topishlarida,
Vatanga sadoqatli bo‘lishlarida katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada
O‘zbekiston Milliy universiteti, Pedagogika davlat universiteti, Madaniyat va san’at
institutlari, Toshkent shahri kollej va maktablari tashabbuskorlik ko‘rsatmoqdalar.
Shuningdek, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand singari viloyatlar rahbarlari
ham bu masalaga jiddiy e’tibor qaratmoqdalar. Jumladan, 2003 yilning to‘qqiz oyi
mobaynida muzeyga 200 ming tomoshabin tashrif buyurdi. Ulardan 129 ming
nafarini oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollej va litseylar hamda maktab o‘quvchilari
tashkil etdi.29
29 Ўзбекистон тарихи давлат музейининг 2004 йил ҳисоботи // Ўзбекистон тарихи давлат музейининг жорий
архиви.
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
akademiyasi hamda harbiy bilim yurtlari tinglovchilari muhim ekskursiyalar orqali
milliy davlatchilik asoslarini puxta o‘rganib, o‘zlarining intellektual salohiyatlarini
nazariy va amaliy jihatdan mustahkamlamoqdalar.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligining harbiy akademiya va
bilim yurtlari muzey eksponatlari asosida o‘quv qo‘llanmalar yaratib, ulardan
amaliyotda foydalanmoqdalar. Bu esa ularning ko‘hna tarixga hurmat, milliy istiqlol
g‘oyalariga sadoqat, vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya olishlarida munosib hissa
bo‘lib qo‘shilmoqda.
Mamlakatimizga rasmiy davlat tashrifi bilan kelgan oliy martabali mehmonlar
bilan birgalikda juda ko‘plab tarixiy sayyohlarning muzey ekspozitsiyalarini
tomosha qilishi mamlakatimiz nufuzini yanada oshirmoqda, chet elliklarning
O‘zbekistonga, o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati va urf-odatlari an’analariga
qiziqishini tobora kuchaytirmoqda. Buni ularning muzey kitobiga yozib qoldirgan
dastxatlaridan ham yaqqol ko‘rish mumkin. Birgina 2003 yilning o‘zida muzeyga
2600 xorijlik mehmonlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2004 yilda ularning soni 5000 dan
oshib ketdi30.
O‘tgan davr ichida muzey xodimlari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti sovg‘alari», «Qoratepa – buddizm markazi», «XIX–XX asrlarda
o‘zbek milliy kiyimlari», «XIX–XX asrlarda o‘zbek xotin-qizlari zeb-
ziynatlari», «O‘zbek gilamlari», «Buyuk Amir Temur – Samarqand – Rui
Gonzales de Klavixo», «Qadimiy Toshkent» singari ko‘rgazmalar, O‘zbekiston
tarixi va xalqi taraqqiyotining yangi sahifalari namoyish etilishi bilan
tomoshabinlar diqqatiga sazovor bo‘ldi.
Muzeyda vazirlik, o‘quv yurtlari, tashkilotlar va ilmiy muassasalar bilan
birgalikda konferensiyalar, seminar va davra suhbatlari muntazam o‘tkazib
kelinmoqda. Agar o‘tgan yilning o‘zida Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi, Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy
harakati bilan birgalikda «Buyuk tariximiz ko‘zgusi» mavzuida 20 dan ortiq ilmiy-
amaliy tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2004 yilda 1,5 baravarga oshdi. Shu
30 Ўзбекистон тарихи давлат музейининг 2004 йил ҳисоботи // Ўзбекистон тарихи давлат музейининг жорий
архиви.
Ilmiybaza.uz
bilan birgalikda O‘zbekiston Milliy universiteti bilan shartnoma asosida tarix
darslari muzeyda olib borilmoqda. Bu talaba yoshlarning tarixiy haqiqatni teran
anglashida muhim manba sifatida xizmat qilmoqda. Ilmiy anjuman va talabalar
mashg‘ulotlarida akademiklardan O‘.Islomov, E. Rtveladze, tarix fanlari
doktorlaridan
R.Sulaymonov,
T.Shirinov,
fan nomzodlaridan
L.Levteeva,
A.Musakaeva, V.Menosyans va barcha muzeylarning xodimlari faol ishtirok etib
kelmoqdalar.
Muzeyshunoslikning dolzarb masalalarini tadqiq etish natijasida shunday
xulosaga kelindi:
- O‘zbekistonda jahon andozalariga javob beradigan muzeylar yaratilganligi va
ularning axborot ta’minoti sferasiga axborot yetkazish vosita va uslublarini kiritish
zarurdir. Bu borada muzey ishida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan
foydalanish samarali natijalar beradi;
- mustaqillik sharoitida muzeylarda yoshlarni milliy g‘oya ruhida tarbiyalashda
qator ibratli ishlar qilinmoqda, lekin mavjud imkoniyatlardan to‘la foydalanilmagani
ko‘zga tashlanadi;
- kelgusida muzey pedagogikasi borasida xorijiy mamlakatlarda to‘plangan
tajribalarni qo‘llash va ushbu qismda keltirilgan usullardan keng foydalanish
lozimligi tavsiya etilishi maqsadga muvofiq;
- tarix va o‘lkashunoslik muzeylarining amaliy ishlari ko‘lami va mazmunini
kengaytirish va chuqurlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.