MUZEYNING ILMIY MA’LUMOTNOMA APPARATI. MUZEYLARNING ILMIY TADQIQOTCHILIK FAOLIYATI (Muzeylar tadqiqot markazlari, Muzeyshunoslikning tadqiqot predmeti)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
32,1 KB
Ilmiybaza.uz
MUZEYNING ILMIY MA’LUMOTNOMA APPARATI. MUZEYLARNING
ILMIY TADQIQOTCHILIK FAOLIYATI
REJA:
1. Umumiy tushunchalar.
2. Kataloglar tizimi.
3. Yo‘lko‘rsatkichlar tuzumi.
4.
Muzeylar tadqiqot markazlari.
5.
Muzeyshunoslikning tadqiqot predmeti.
Ilmiybaza.uz
Muzey ashyolariga ilmiy — ma’lumotnoma apparatini tuzish ishi muzey
ishining muxim tarkibiy qismidir. Ashyolardaya imkon qadar samaralya foydalanish
uchun ular o‘rganilib, taxlil qilinib hujjatlarning tarkibi, mazmuni manzili
to‘g‘risidagi ma’lumotlar qisqa umumlashgan shaklga keltiriladi.
Har bir muzeyda ashyolarni kataloglashtirish ishlari amalga oshiriladi. Kataloglar
tuzish sxemalarini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish,
shuningdek kataloglar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash kataloglashtirish
predmetini tashkil etadi.
Kataloglar tarmoq, mavzu, muammo, masala, familiyalar, sanalar bo‘yicha
birlashtirilgan xujjatlar haqidagi ma’lumotlar katalogdagi bo‘limlar, bo‘linmalar,
mavzular va boshqa bo‘laklarni tashkil qiladi.
Kataloglar ikki hil qoidaga asosan tuziladi:
1. Mantiqiy
tuzilishdagi
kataloglar
(bunda
ma’lumotlar
mantiqiy
bog‘lanadi) Bunga sistematik, xronologik(davriy) mavzular
asosida tuzilgan kataloglar misol bo‘la oladi.
2. Alfavit tuzilishli kataloglar, mantiqiy bog‘lanmagan holda
tuziladi. Muzey ishini osonlashtirish uchun tuzilgan kataloglar bir fond yoki
mavzu, umuman muzey ashyolari uchun ham tuzilishi mumkin.
Yo‘lko‘rsatkichlar ham muzey ishini osonlashtirishga xizmat qiluvchi ilmiy
ma’lumotnoma apparatidir.
Muzey ishi tarixiga nazar solsak ilmiy — ma’lumotnoma apparatini yaratishga
salmoqli hissa qo‘shildi.
O‘z FA M.T. Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyidagi tarixiy
voqealarga oid yodgorliklarning xarakterli kolleksiyalari katalogi nashr etila
boshlandi. Muzeyning ilmiy arxivida 19 asrdan boshlab to shu kunlargacha O‘rta
Osiyo territoriyasidagi tarixiy voqealarni ifodalovchi 12 mingdan ziyod hujjatli
material bor. «O‘zbekiston kashtachilik katalogi» da Farg‘ona, Samarqand, Buxoro,
Shaxrisabz so‘zanalari, «19 — 20 asrlar o‘zbek zargarlik buyumlari katalogi» da esa
Ilmiybaza.uz
80 predmetning maxalliy nomi bayoni, materiali, ijro texnikasi va naqsh namunalari
berilgan.
Etnografik kataloglardan tashqari numizmatikaga doir «O‘zbekiston xalqlari
tarixi muzeyi fondidagi 14—15 asrlarga oid O‘rta Osiyo tangalari» katalogi ham
nashrga tayyorlandi. Bu katalogga kumush tangalarning 273 xili kiritilgan, 27
xil tanganing chiqarilgan joyi va yili, tangalardagi yozuvlar bayoni berilgan. Bu
tangalar asosan, O‘rta Osiyo shaxarlarida, Temuriylar hukmronligi davrida va
ularga qarashli territoriyalar — Afg‘oniston, Eron, Iroq, Turkiya, Suriya,
Ozarbayjon va Dog‘istonda zarb etilgan.
Nashrga tayyorlangan «Muzeyda saqlanayotgan arxiv hujjatlari,
qo‘lyozma asarlar va toshbosma kitoblar katalogi» da tarix, adabiyot, san’at
qonunchilik va falsafaga oid qo‘lyozmalar, shuningdek, hunarmandchilikning
rivojlanishi bilan bog‘liq traktatlar, O‘rta Osiyo davlatlarining muayyan
mamlakatlar (Rossiya, Hindiston, Afg‘oniston, Turkiya) bilan diplomatik savdo
munosabatlariga bag‘ishlangan hujjatlar, yer —suv munosabatlari, vaqf va boshqa
hujjatlar o‘zbek, rus, fors hamda tillarida berilgan. Bundan tashqari, undan
O‘zbekiston, Hindiston, Peterburg, Qazon, Qrim shaharlarida metografik usulda
nashr etilgan kitoblar va O‘rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy — falsafiy hamda
siyosiy tafakkurini ifodalovchi o‘zbek, tatar, fors, arab tillaridagi kitoblar ham
o‘rin olgan.
1951 yildan boshlab «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi ishlari» deb
nomlangan to‘plam muzey tomonidan chiqarilmoqda. 1951 yilda chiqqan birinchi
to‘plam asosan muzey fondlaridagi O‘zbekiston axolisi va territoriyasiga doir
tarixiy, etnografik, arxeologik va antropologik materiallardan iborat edi. 1954 yili
ana shu ishlarning ikkinchi to‘plami nashrdan chiqdi. Bu to‘plamda muzeydagi
arxeologik fondlarga oid maqolalar ko‘pchilikni tashkil etdi. 1958 yili mazmuni
va maqolalar soniga qaraganda avvalgilaridan ancha yirik bo‘lgan uchinchi
to‘plam nashr etildi. 1963 yili to‘rtinchi to‘plam o‘rniga muzeyning tarixshunoslik
va muzeyshunoslik xarakteriga oid ilmiy — tadqiqotchilik faoliyatini ochib
beruvchi 16 maqolani o‘z ichiga olgan «O‘zbekiston tarixiga oid materiallar» deb
Ilmiybaza.uz
nomlangan O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining maqvlalar to‘plami bosmadan
chiqdi. 1966 yili muzey kollektivining etnografik va ilmiy — ma’rifiy ishlari,
ashyoviy yodgorliklar fondining arxeologik kolleksiyalari bayon qilingan
«O‘zbekiston tarixiga oid materiallar» ning navbatdagi soni nashr etildi. Uncha
katta bo‘lmagan tanaffusdan so‘ng 1973 yili «O‘zbekistonda muzey qurilishi
tarixidan», va «So‘z tarix va madaniyat yodgorliklariga» deb nomlangan ikki
to‘plam nashrdan chiqdi.
O‘zbekiston muzeylari o‘zlari nashr etgan yo‘l ko‘rsatkichlari orqali ham o‘z
eksponatlarini targ‘ib qildilar. Masalan: 1956 yili O‘zbekiston xalqlari tarixi
muzeyi «Muzey zallari bo‘ylab yo‘l ko‘rsatkich» nashr etdi. Keyinchalik muzey
ekspozitsiyalari qayta qurilishi munosabati bilan 1961 yili u qayta nashr qilindi.
1956 yili Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyining ilmiy — tadqiqot va yig‘uv
to‘plov faoliyatiga qisqacha ta’rif berilgan yo‘l ko‘rsatkich bosmadan chiqdi. 1957
yili Namangan muzeyi «Zallar bo‘ylab qisqacha yo‘llanma» ni nashr etdi. 1967 yili
Marg‘ilondagi Y.Oxunboboev muzeyining yo‘l ko‘rsatkichi nashr etiddi.
1971 yili Oybek nomidagi O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining eng diqqatga
sazovor eksponatlarga ilmiy sharxlar berilgan «Muzey zallari bo‘ylab» risolasi chop
qilindi. Muzeyda yig‘ilgan noyob hujjatlar, foto va ilmiy ma’lumotlar asosida
muzey olimlari tomonidan ilmiy albomlar chiqarila boshlandi. 1971 yili O‘zbekiston
nashriyoti tomonidan Yo‘ldosh Oxunboboevning ko‘p qirrali hayoti va davlat arbobi
sifatidagi faoliyatini ko‘rsatuvchi albom chop qilindi. 1977 yili tugilgan kunining 80
yilligiga bag‘ishlab O‘z XKS ning birinchi raisi, yirik davlat arbobi F.Xo‘jaevga
bag‘ishlangan ilmiy albom chop etildi.
1978 yilda esa «O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi 100 yoshda»
nomli monografik albom o‘zbek va rus tillarida chiqarildi. Yana shu yili
O‘zbekiston Madaniyat Vazirligi va O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi
ilmiy xodimlari hamkorligida «O‘zbekiston muzeylari» nomli qisqa yo‘l
ko‘rsatkich chop etildi.
Muzeylarning barcha ilmiy tadqiqotchilik faoliyati uzoqqa mo‘ljallangan
reja asosida amalga oshirildi va Respublikaning Bosh muzeylari