Nafas olish sistemasi
Nafas olish a’zolari odam organizmida muhim ahamiyatga ega bo’lgan sistema
hisoblanadi. Bu sistema havo yoki suv tarkibidagi kislarodni qonga o’tkazib, qon
orqali uni butun organizmga tarqaladi va moddalar almashinuvi natijasida hosil
bo’lgan CO2 ni, tashqi muhitga chiqarib yuboradi. Nafas olish a’zolariga: burun
bo’shlig’i, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o’pkalarva plevra pardasi kiradi. Bronxlar,
o’pkalar va plevra pardasi juft tuzilishga ega qolganlari esa toq hisoblanadi.
Burun
Burun, nasus - nafas olish sistemasining boshlang’ich muhim qismi
hisoblanadi. U anatomik jihatdan to’rt qismdan iborat.q
1. Burun ildizi - radix nasi
2. Burun uchi - apex nasi
3. Burun orqa qismi - dorsum nasi
4. Burun qanotlari - ala nasi
Burunning tashqi qismi ya’ni burun suyagi atrofi tog’ay moddadan -
cartilagenes nasi iborat bo’lib, u quyidagi qismdan iborat:
1. Burun qanotining katta tog’ayi - cartilago alaris major, ichki va tashqi
oyoqchalarga bo’linadi - crus medialis et lateralis.
2. Burun qanotining kichik tog’ayi - cartilagines alares minoris
3. Burunning qushimcha tog’ayi - cartilagines nasi accesoriae
4. Burun to’sig’ining tog’ayi - cartilago septi nasi
5. Dimog’ suyagi va burun orasidagi tog’ay - cartilago vomeronasalis
Burun boʼshligʼi, cavum nasi - tashqi burunning - nasus externus, davomi
bo’lib, yuzning markazida joylashgan. Burun bo’shlig’i burun teshigi – nares, dan
boshlanadi. Bu bo’shliqning boshlang’ich qismi burun dahlizi - vestibulum nasi
deyilsa, halqumga davom etadigan orqa teshiklari - xoana deb nomlanadi.
Chegaralari yuqoridan: kalla bo’shligʼi, pastdan: ogʼiz boʼshligʼi , ikki yon
tomondan: yuqorigi jagʼning peshona oʼsigʼi va koʼz kosasi tashkil qiladi. Burun
boʼshligʼini burun to’sigʼi - septum nasi osseum ikkiga, oʼng va chap boʼshliqlarga
ajratadi. To’siqning oldingi tomoni tog’aydan orqa tomoni esa suyakdan tashkil
topgan. Burun toʼsigʼi gʼalvirsimon suyakning perpendikulyar plastinkasi - lamina
perpendicularis, dimogʼ suyagi - os vomer, peshona suyagining burun oʼsimtasi -
spina nasalis va ponasimon suyak tanasining oldingi yuzasidagi qirrasi - cricta
sphenoidalis ning birikishidan hosil bo’ladi. Burun to’sig’i to’rtta qismdan iborat:
1. Pardali qism - pars membranacea
2. Tog’ayli qism - pars cartilaginea
3. Suyakli qism - pars ossea
4. Dimog’ va burun hosilasi - organum vomeronasale
Bu toʼsiq pastdan yuqorigi jag’ va tanglay suyagining burun oʼsigʼiga - spina
nasalis, birlashib turadi.
Burun boʼshligʼining uchta devori bor:
1. Yuqori devori
2. Pastki devori
3. Lateral devori
Yuqorigi devor - burun suyaklari, peshonaning burun qismi va ponasimon
suyakning pastki yuzasi tashkil qiladi.
Pastki devor - yuqorigi jag’ning tanglay o’simtalari va tanglay suyagining
gorizontal plastinkasi tashkil qiladi.
Lateral devor - yuqorigi jag’ning peshona oʼsimtasi, yanoq suyagi,
gʼalvirsimon labirint, qanotsimon oʼsimtaning medial plastinkasi va tanglay
suyagining perpendikulyar plastinkasidan tashkil topgan. Lateral devorining tashqi
yuzasida gʼalvirsimon suyak plastinkasining chigʼanoqlari - conchae nasalis
superior, media et suprema uchta yo’lga - meatus nasi superior, media et inferior
ajratadi.
Burun bo’shlig’ining shilliq qavati kiprikli epiteliy bilan qoplangan, unda
shilliq bezlari va vena qon tomirlari joylashgan. Bular olingan havoni tozalab va
ilitib ichkariga o’tkazadi. Burun bo’shlig’i lateral devorida joylashgan uchta
yo’lning yuqorisida - meatus nasi superior, BMN ning, II jufti - n.olfactorius,
retseptorlari joylashadi. O’rta va pastki yo’llarda esa shilliq bezlar va vena qon
tomiri joylashadi shu sababli bu nafas soxasi regio respiratoria deyiladi.
Burun boʼshligʼi artofida havo saqlaydigan boʼshliqlar - cavum paranasalis -
toʼrtta boʼshliqdan iborat.
1. Yuqorigi jag’ boʼshligʼi, sinus maxillaris - eng katta havo saqlaydigan
boʼshliq , buni olin nomi bilan Gaymar boʼshgigʼi ham deb nomlanadi.
2. Peshona boʼshligʼi, sinus frontalis - peshona suyagining palla qismida
joylashgan. Bu boʼshliq oʼrta burun yoʼliga ochiladi.
3. Ponasimon boʼshliq, sinus sphenoidalis - ponasimon suyak tanasiga
joylashadi. Bu boʼshliq toʼsiq yordamida ikki qismga ajraladi. Oldin tomonida
tirqish - aperture sinus sphenoidalis orqali burun bo’shlig’iga ochiladi.
4. Gʼalvirsimon suyak boʼshligʼi, sinus ethmoidalis - oldingi, oʼrta va orqa
boʼshliqlarga boʼlinadi, barchasi burun yo’liga ochiladi.
Olingan havo burun bo’shlig’idan to’g’ridan to’g’ri hiqildoqqa o’tadi.
Hiqildoq
Hikildoq, larynx – IV - VI bo’yin umurtqalari to’g’risida bo’yinning oldingi
sohasida joylashgan, murakkab tuzilgan a’zo hisoblanadi. U nafasni traxeyaga
o’tkazishga va tovush hosil qilishda qatnashadi. Orqa tomonida halkum, ikki yon
tomonida qon - tomir va nervlar joylashgan. Hikildoq yuqoridan til osti suyagi bilan
birlashgan, pastdan esa torayib traxeya bilan birlashib turadi. Аyollar va yosh
bolalarga nisbatan yuqoriroqda joylashadi. Hikildoqda juft va toq tog’aylardan
iborat.
Juft tog’aylar:
1. Chumichsimon tog’ay, cartilago arytenoidea - juft tog’aydan iborat bo’lib,
shakli piramidaga o’hshaydi. Uni kengaygan pastki tomoni uzuksimon tog’ay
plastinkasining ustiga kelib birikadi. Bu tog’ayning oldingi tomonida - prosescus
vocalis, joylashgan bo’lib unda ovoz boylami kelib birikadi., lateral tomonidagi
o’siqqa esa mushak kelib birikadigan yana bitta o’siq - prosescus muscularis
joylashgan. Tog’ayning asos qismi, uzuksimon tog’ay bilan bo’g’im hosil qilib
birikadi.
2. Shoxsimon tog’ay, cartilago corniculate - katta bo’lmagan juft tog’ay
hisoblanadi, chumichsimon tog’ayning ustida joylashadi.
3. Ponasimon tog’ay, cartilago cuneiformis - uzunchoq shaklidagi juft tog’ay.
Bu tog’ay ba’zi insonlarda bo’lmasligiham mumkin.
Toq tog’aylar:
1. Uzuksimon tog’ay, cartilago cricoidea - shakli uzukka o’xshaydi. Oldingi
qismi ravoqni hosil qiladi , orqa qismi esa plastinka deb nomlanadi. Bu tog’ay
hiqildoq asosini hosil qiladi , boshqa tog’aylar buning ustiga joylashadi. Tog’ay
plastinkasining ustki ikki chetiga, chumichsimon tog’ay kelib birikadigan bo’g’im
chuqurchasi bor, plastinkaning ikki chetida esa chumchiqsimon tog’ay bilan
birlashtiradigan mushak chuqurchasi joylashgan. Ikkala tomondaham plastinkaning
halkaga o’tish qismida qalqonsimon tog’ayning pastki shohlari birikadigan bo’g’im
yuzalari bor.
2. Qalqonsimon tog’ay, cartilago thyroidea - hiqildoq tog’aylarining eng
kattasi bo’lib, boshqa tog’aylarning oldingi qismida joylashgan. Bu tog’ay ikkita
plastinkadan iborat, bu plastinkalar bo’yinning o’rta chizig’ida burchak hosil qilib
birikadi, bu teri ostidan bo’rtib chikkan bo’lib ko’zga yaqqol ko’rinadi. Bu -
promenentia laryngea deyiladi. Qalqonsimon tog’ay yon plastinkasini orqa chetida
yuqorigi shoh - cornu superiorius, pastki shoh -cornu inferiorius ga bo’linadi.
Tog’ay plastinkasining tashqi tomonida joylashgan qiyshik chiziqqa mushaklar
kelib birikadi.
3. Hiqildoq usti tog’ayi, cartilago epiglottis - bargsimon shaklda tilning orqa
tomonida hiqildoq teshigi ustida joylashgan. Uning yuqori qismi kengaygan, pastki
qismi toraygan. Bu toraygan qismi - petioles deyiladi. Bu tog’ayning ikkita yuzasi
bor:
a) tilga qaragan yuzasi - facies lingual
b) hiqildoqqa qaragan yuzasi.- facies laryngea
Hiqildoq tog’aylari, boylamlari va mushaklari:
Hiqildoq tog’aylari o’zaro bir-biri bilan bo’g’im hosil qilib birikadi va ular
boylamlar bilan mustahkamlanadi. Chumichsimon tog’ayning oldingi sohasida ovoz
boylamlari kelib birikadigan o’simta - processus vocalis va yon tomonida mushaklar
kelib birikadigan o’simta - processus muscularis joylashgan. Uzuksimon va
chumichsimon tog’aylar orasidagi bo’g’im - articulatio crcoarytenoidea deyiladi.
Bu bo’g’imlarga ikkita boylam kiradi:
1. Uzuksimon va chumichsimon tog’aylar orasidagi boylam - lig.
cricoarytenoideum
2. Uzuksimon tog’ay va halqum orasidagi boylam - lig. cricopharyngeum
Hiqildoq usti tog’ayi hiqildoqqa kirish teshigi ustki sohasida joylashgan.
Hiqildoq usti tog’ayining - cartilago epiglottica, keng yaproqsimon qismi - petiolus
epiglottidis, do’ngligi - tuberculum epiglotticum bo’lib u quyidagi boylamlar bilan
mustahkamlangan.
1. Hiqildoq usti tog’ayi va qalqonsimon tog’ay orasidagi boylam - lig.
thyroepiglotticum
2. Hiqildoq usti tog’ayi va til osti suyagi orasidagi boylam - lig.
hyoepiglotticum
Hiqildoqning kalqonsimon tog’ayi til osti suyagi bilan - membrana
thyrohyoidea, deb nomlangan parda yordamida birlashib turadi. Pardaning o’rtasi
qalinlashgan bo’lib - lig. thyrohyoideum medianum boylamini hosil qiladi.
Membrananing ikki yon tomonida - lig. thyrohyoidea lateralia boylami joylashadi.
Hiqildoq tog’aylari orasidagi boylamlar:
1. Til osti suyagi bilan hiqildoq usti tog’ayi orasida - lig. hyoepiglotticum
2. Hiqildoq usti tog’ayi qalqonsimon tog’ay bilan - lig. thyroepiglotticum
3. Uzuksimon va qalqonsimon orasida - lig. cricothyroideum
4. Chin ovoz boylami - lig. vocale (bu boylam qalqonsimon tog’ay ichki
yuzasidan boshlanadi va chumichsimon tog’ayning ovoz o’simtasiga birikadi).
Hiqildoq tog’aylari o’zaro birlashib, bo’g’imlarni tashkil kiladi. Kalqonsimon
tog’ayning pastki shohlari va uzuksimon tog’ay orasida - art. cricothyroidea
bo’g’imi joylashgan. Bu bo’g’im kapsula – capsula articularis cricothyroidea
bo’lib, unda kuyidagi boylamlar mavjud:
1. Qalqonsimon tog’ayning pastki shohi bilan uzuksimon tog’ay orasida - lig.
ceratocricoideum
2. Uzuksimon tog’ayning ustki yuzasidan, qalqonsimon tog’ay orasidagi
boylam - lig. cricothyroideum medianum
3. Uzuksimon tog’ay va traxeya orasidagi boylam - lig. cricotracheale
Uzuksimon tog’ay bilan chumichsimon tog’ay orasida - art. cricoarytenoideae
bo’g’imi mavjud bo’lib, bu boʼgʼimda choʼmichsimon tog’ay o’z o’qi atrofida
aylanadi.
Hiqildoq tog’aylari orasida mushaklar joylashgan bo’lib, ular uch guruhga
bo’linadi:
I. Konstruktorlar (sikuvchi).
II. Dilyatatorlar (kengaytiruvchi)
III. Ovoz boylami tarangligini uzgartiruvchilar.
Bu mushaklar ko’ndalang – targ’il mushaklar ya’ni odam ihtiyoriga bog’liq
mushaklar hisoblanadi.
I.Konstruktor mushaklar:
1. Uzuksimon tog’ay bilan chumichsimon tog’ay yon tomonida joylashgan
mushak - m. cricoarytenoideus lateralis. Bu mushak uzuksimon tog’ayning yon
yuzasidan boshlanib, chumichsimon tog’ayning - processus niuscularis muscularis,
o’simtasiga birikadi. Mushak qisqarganda ovoz boylamlari taranglashadi va ovoz
tirqishi torayadi.
2. Chumichsimon tog’aylar orasidagi koʼndalang mushak - m. arytenoideus
transversus. Chumichsimon tog’aylarning orqa yuzasida joylashib, oʼzaro
birlashtirib turadi. Mushaklarning qisqarishidan chumichsimon tog’aylar o’zaro
yaqinlashadi va ovoz tirqishining orqa tomoni torayadi.
3. Chumichsimon tog’aylar orasidagi qiyshiq mushak - m. arytenoidei obliqui.
Kundalang mushaklarni orqa tomonida joylashib, chumichsimon tog’ayning asosi
orqali ikkinchi chumichsimon tog’ayning uchiga birikadi. Bu mushak qisqarganda
ovoz teshigi torayadi.
4. Qalqonsimon tog’ay va chumichsimon tog’aylar orasidagi tog’ay - m.
thyroarytenoideus. Qalqonsimon
mushak orqa
yuzasidan boshlanadi va
chumichsimon tog’ayning mushak o’simtasiga birikadi. Bu mushak qiskarishi
hiqildoq bo’shligini toraytiradi va ovoz boylamini bo’shashtiradi.
II.Kengaytiruvi mushaklar:
1. Uzuksimon tog’ay va chumichsimon tog’ay orasidagi mushak - m.
cricoarytenoideus posterior. Bu mushak qisqarganda ovoz tirqishi kengayadi.
2. Qalqonsimon tog’ay va hiqildoq usti tog’ayi orasidagi mushak - m.
thyroepiglotticus. Qalqonsimon tog’ay ichki yuzasidan boshlanadi va hiqildoq usti
tog’ayiga birikadi. Mushak qisqarganda hiqildoqqa kirish teshik kengayadi.
III.Ovoz boylamlari tarangligini o’zgartiruvchi mushaklar:
1. Uzuksimon tog’ay va qalqonsimon tog’ay orasidagi mushak - m.
cricothyroideus. Bu mushak qisqarishi natijasida, qalqonsimon tog’ayning pastki
qismi orqaga tortiladi, yuqori qismi oldinga yoʼnaladi. Buning natijasida ovoz
boylamlarining birikadigan qismi o’zaro bir - biridan uzoqlashadi va ovoz boylami
taranglashadi.
2. Chin ovoz boylami mushagi- m. Vocalis. qalqonsimon tog’ayning ichki
yuzasidan boshlanib, chumichsimon tog’ayning ovoz o’simtasining tashqi tomoniga
birikadi. Bu mushak tolalari qisqarishi natijasida, chin ovoz boylamining birikadigan
nuqtalari oʼzaro yakinlashadi va ovoz boylami boʼshashadi.
Hiqildoqni harakatga keltiruvchi mushaklar: m.sternohyoideus; m.
sternothyroideus; m. thyrohyoideus.
Traxeya (kekirdak)
Traxeya, trachea - hikildokning davomi bo’lib, uzunligi 9 – 11 sm, kengligi
15 - 18 mm uzun nayga o’hshaydi. U VI bo’yin umurtqasidan boshlanib IV ko’krak
umurtqasigacha davom etadi. Demak troxeyaning ikkita qismi farqlanadi: bo’yin
qismi - pars cervicalis va ko’krak qismi - pars thoracalis. IV-V ko’krak umurtqalari
orasidagi tog’ay plastinkasi sohasida troxeya ikki ayrilib, o’ng va chap bronxlarni
hosil qiladi. Bu bo’lingan soha ayrilish sohasi - bifurcatio tracheae deyiladi.
Troxeyaning yuqori hiqildoqqa birikkan qismi harakatchan bo’ladi, pastki ikkiga
ayrilgan qismi harakatsiz hisoblanadi. Kekirdakning ikki yon tomonidan qon - tomir
va nervlar o’tadi, u ko’ks oralig’ining teng o’rtasida joylashgan. Kekirdakning
yuqorigiva oldin tomonida qalqonsimon bez joylashsa, orqa tomonida esa
qiziloʼngach joylashadi. Troxeyaning devori yarim halqa shaklidagi togʼaylar -
cartilagne tracheales dan tuzilgan boʼlib, ular fibroz boylamlar - lig. annularia bilan
birlashib turadi. Ular tog’aylarning 3/2 qismini egallaydi. Bularni orqa tomondan
aylanma va boʼylama yoʼnalishdagi silliq mushak tolalaridan tashkil topgan parda -
paries membranaceus birlashtirib turadi. Troxeyaning ichki qavati hiqildoq ichki
kavati singari, koʼp qatorli kiprikli epiteley bilan koplangan bo’lib, unda shilliq
bezlar koʼp joylashgan. Troxeyani tashqi tomondan biriktiruvchi to’qimali parda -
tunica adventitia oʼrab turadi.
Bronxlar
Bronxlar, bronchus - troxeyaning davomi bo’lib, u havoni turli hil zararli
moddalardan tozalab, ilitib o’pkaning eng kichik birligi alveolalargacha o’tkazib
beradi. Bosh bronx oʼz navbatida oʼng va chap bronxlarga bo’linadi. O’ng bronx
keng va kalta tuzilishga ega, u traxeyaning bevosita davomi hisoblanadi. Uning
uzunligi 3 sm, 6-8 ta yarimhalqasimon togʼaylardan iborat. Chap bronx nisbatan
ingichka va uzun 4-5 sm, bo’lib 9-12 ta yarimhalqasimon tog’aylardan tuzilgan.
Oʼpka darvozasi sohasida oʼng bronx uchta, chap bronx esa ikki boʼlak broxga
boʼlinadi. Boʼlak bronxlar - bronchi lobares, oʼpka darvozasidan kirib sigmentar
bronxlarga - bronchi segmentales bo’linadi. O’ng bronx quyidagi tarmoqlarga
boʼlinadi:
1. Oʼng yuqori boʼlak bronx - bronchus lobaris superior dexter
2. Oʼng oʼrta boʼlak bronx - bronchus lobaris medius dexter
3. Oʼng pastki boʼlak bronx - bronchus lobaris inferior dexter
Chap brox quyidagi tarmoqlarga bo’linadi:
1. Chap yuqori boʼlak bronx - bronchus lobaris superior sinister
2. Chap pastki boʼlak bronx - bronchus lobaris inferior sinister
Har - hil oʼlchamga ega bo’lgan bronxlar, havo oʼtkazuvchi bronx daraxtini -
arbor bronchiais hosil qiladi.
Oʼpkalar
Oʼpkalar, pulmons - nafas olish tizimining muhim qismi bo’lib, konussimon
shaklga ega bo’lgan juft a’zo hisoblanadi. U ko’krak kafasida - cavitas thoracis
joylashgan. U tashqi tomondan plevra bilan oʼralgan. Ular bir - biridan ko’ks
sohasida joylashgan a’zolar yordamida ajralib turadi. Pastdan diafragma bilan, oldin
orqa va yon tomonlari esa ko’krak kafasiga tegib turadi. O’ng o’pka chap oʼpkaga
nisbatan, balandroqda joylashadi va hajmi kattaroq bo’ladi.
Har bir o’pkaning asosi - basis pulmonis, uchi - apex pulmonis qismi bo’ladi.
O’pkaning choʼqqisi toʼsh suyagidan - 2 sm, I qovurgʼadan 3 - 4 sm yuqorida, orqa
tomonda esa VII boʼyin umurtqasining qirrali oʼsimtasidan aniqlanadi. Oʼpkaning
pastki chegarasi o’rta oʼmrov chizig’idan VI qovurgʼa, oldingi qoʼltiq oldi
chizigʼidan VII qovurgʼa, oʼrta qoʼltik osti chizig’idan VIII qovurgʼadan, orqa
ko’ltiq osti chizigʼidan IX qovurgʼa, kurak chizigʼidan X qovurga va umurtqa yon
chizigidan XI qovurga sohasida joylashgan.
Oʼpkaning uchta yuzasi bor:
1. Diafragma yuzasi - facies diaphragmatica,
2. Qovurgalarga qaragan yuzasi - facies costalis
3. Ichki yuzasi - facies mediastinalis.
Ikkita tomoni mavjud:
1. Oldingi tomoni - margo anterior
2. Pastki tomoni- margo inferior.
O’pkaning ichki yuzasida o’pka darvozasi - hilum pulmonis, joylashgan boʼlib,
undan asosiy bronx, oʼpka arteriyasi, nervi, venasi, limfa tomirlari joylashadi.
O’pkaning ildizi - radix pulmonis deyiladi. Oʼpka yuzasida joylashgan yoriqlar -
fissurae interlobare, yordamida o’pka bo’laklarga bo’linadi. Ikkala o’pkadaham
joylashgan qiyshiq yo’nalgan egat - fissura obliqua. yuqori va pastki bulaklarga