NAFAS SISTEMASI FIZIOLOGIYASI.
Reja:
1.Nafasning mohiyati, bosqichlari va mexanizmi.
2.Nafas olish tiplari, tezligi va o‘pkaning ventelyatsiya koeffitsientii.
3.Gazlarning qon bilan tashilishi, qonning kislorod sig‘imi.
4.Nafas jarayonining boshqarilishi, unga ta’sir qiluvchi omillar.
Tayanch IBORALAR.
Nafas, bir hujayrali, ko‘p hujayrali, suvda, quruqlikda, tashqi, ichki
nafas, tashqi va ichki tishsimon muskul, elastiklik, manfiy bo‘shliq, inspiratsiya,
ekspiratsiya, tiriklik sig‘im, umumiy sig‘im, o‘lik bo‘shliq, ventilyatsiya
koeffitsienti, daqiqalik ventilyatsiya hajmi, gaz almashinuvi, gazlarni tashilishi,
gazlarni erish koeffitsienti, Torichelli bo‘shlig‘i, parsial bosim, gipoksemiya,
gipoksiya, anoksiya, simpatik va adashgan nerv, O2 va SO2, tog‘ kasalligi, kesson
kasalligi.
1.Nafas organizmga qabul qilingan kislorodning to‘qimalarda iste’mol
qilinishi natijasida karbanat angidrid gazi va suv ajralib chiqishini ta’minlovchi bir
qancha biokimyoviy jarayonlarni o‘z ichiga oladigan fiziologik aktdir.
Nafas vositasida organimzda bir qancha jarayonlar ta’minlanadi.
Jumladan: moddalar va energiya almashinuvi, organizmning turoqlik holati ya’ni
kislota-ishqor muvozanati saqlanadi. Qonning kislota-ishqor muvozanatining bir
xil me’yorda saqlanishida nafasning ahamiyati muhim, ya’ni kislorod qabul qilinib
karbanat angidrid ajratib chiqarilib, ichki muhitni turoqligi ta’minlanadi. Moddalar
almashinish jarayonida kislorod ishtirokida organik moddalar parchalanadi, yonadi.
Nafas olmay yashaydigan organizmlar bormi?
Nafas olmay yashaydigan tuban organizmlar bor, ularga viruslar,
anaerob sharoitda yashaydigan mikroorganizmlar kiradi. Boshqa barcha hayvonlar
organizmi uchun nafas zaruriy jarayondir. Demak, nafas barcha tirik organizmlar
uchun xos bo‘lgan murakkab fiziologik jarayondir. Turli hayvonlarning kislorodga
bo‘lgan ehtiyoji turlichadir. Masalan: nafas jarayoni bir qator murakkab
jarayonlardan iborat bo‘lib, natijada organizmni kislorod bilan ta’minlanishi,
karbanat angidrid gazining ajralib chiqishi asosida boshqa moddalar hosil bo‘lib,
bu jarayon kislorod ishtirokida ro‘yobga chiqadi. Nafas har xil organizmlarda turli
yo‘l bilan ta’minlanib, organizmlarning evolyusion taraqqiyoti davrida nafas olish
organlari murakkablashib taraqqiy etib kelgan.
1.Eng birinchi hayvonot dunyosi suvda bir hujayrali organizmlarni paydo
bo‘lishi natijasida ular suvda erigan kislorodni osmos diffuziya yo‘li bilan hujayra
po‘sti orqali qabul qilib, karbanat angidridni shu yo‘l orqali tashqariga chiqaradi
ya’ni diffuzion nafas olish turi bir hujayrali organizmlarda yuzaga kelgan. Suvda
karbanat angidridning parsial bosimi kam bo‘lgani uchun karbanat angidrid
hujayradan tashqariga va hujayralarda kislorodning parsial bosimi kam bo‘lgani
uchun suvdan kislorod hujayralarga kiradi.
2.Ko‘p hujayrali organizmlar paydo bo‘lishi bilan, bu hujayralarning
hammasi tashqi muhit bilan aloqa qilaolmaganligi tufayli eng chetdagi hujayralar
barcha hujayralar uchun nafas olib teri orqali nafas olish yuzaga keladi. Shunday
qilib, ko‘p hujayrali hayvonlarda teri orqali nafas olish paydo bo‘lgan.
3.Hasharotlarning terisi xitin modda bilan qoplangani uchun ular teri
orqali nafas olaolmay, traxeya bilan nafas oladi, natijada traxeya nafas olish turi
paydo bo‘lgan. Bu nafas olish turi quruqlikda yashovchi hayvonlarga xosdir.
4.Faqatgina suvda yashashga mo‘ljallangan organizmlarda baliqlarda,
bo‘g‘im oyoqlilarda nafas vazifasini jabralar (oyquloqlar) vositasida ta’minlanadi
va ularda jabralarni murakkab tuzilishi hamda ularda bir qancha qavatli pardalarni
mavjudligi kapillyarlarni rivojlanganligi jabralar orasidan havoni diffuziya yo‘li
bilan qon sistemasiga o‘tkazilishini ta’minlaydi. Ba’zi bir xil baliqlarda havo
pufaklari mavjud (щuka), ularda havo pufaklari suzishga mo‘ljallangan. Shu
pufaklar orqali kislorod diffuziyalanadi va asosiy kislorod almashinishini jabralar
orqali amalga oshiradi.
Organizmlar suvdan quruqlikga yashashga moslashishi bilan maxsus
havo haltalari baqalarda hosil bo‘lib, mayda alveolalarga o‘xshash uyachalari
bo‘lib, ularga qon keladi. Kislorod qonga o‘tib karbanat angidrid havo pufaklari-
o‘pka orqali tashqariga chiqariladi. Baqa va baliqlar past taraqiy etgan hayvonlar
hisoblanib, ularda tashqi muhit bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinuvini 2/3 qismi
teri orqali amalga oshadi.
5.Organizmlarning rivojlanishi natijasida parrandalarda bir qator murakkab
nafas organlari rivojlanib o‘pka asosiy nafas organi bo‘lsa, qo‘shimcha havo
xaltalari, naychalari bo‘ladi. Ularning nafas sistemasi juda murakkab bo‘lib,
naysimon suyaklarga tutashgan, bu suyaklar parrandalarni engillashtirib uchishga
qulaylik tug‘dirib, ularni muvozanatini saqlaydi. Parrandalarda qo‘shimcha havo
xaltalari ko‘krak qafasida ikki juft va oldingi qismida bitta va qorin bo‘shlig‘ida
ikki juft bo‘lib, bu havodan juda yuqorida uchganda va atmosfera havosi tarkibida
kislorodning parsial bosimi pasayganda faydalanib ichki havo almashinishi sodir
bo‘ladi.
Eng yuqori rivojlangan hayvonlarda o‘pka orqali nafas olish turi mavjud,
ammo ularda teri orqali nafas olish ham saqlangan. Masalan; hammomga kirganga
qadar va undan chiqqandan keyin nafas olish farq qiladi. Hammomdan chiqqanda
teri orqali nafas olish yaxshilanadi ya’ni odamlarda ham 1% teri orqali nafas olish
saqlangan, ot ishlaganida eng ko‘p teri orqali nafas oladi ya’ni 8% gacha. Shuning
uchun ota-bobolarimiz otni tozalab turgan.
6.Sut emizuvchi hayvonlarda eng oliy nafas olish sistemasi mavjud bo‘lib
tashqi muhit bilan qon o‘rtasidagi gaz almashinishiga juda yaxshi moslashgan.
Ularda asosiy nafas olish organi o‘pka hisoblanib, o‘z navbatida nafas olish
sistemasi organlariga og‘iz bo‘shlig‘i, burun, hiqildoq, kekirdak, bronxlar,
alveolalar, ko‘krak qafasi va diafragma kiradi. Ikkita xolta rivojlangan o‘pkani
hosil qiladi. O‘pka atrofi berk bo‘lgan ko‘krak qafasida joylashgan bo‘lib, oldi
yelka suyagi, yon tomonida qobirg‘a va orqa qismi diafragma bilan o‘ralgan,
o‘rtada yurak va yon tomonida kovak vena va aorta, kichik qon aylanish doirasi
o‘tadi. Shuning uchun ko‘krak qafasining harakati vositali yo‘l bilan yurak ishiga,
tomirlarni kengayib torayishiga, kovak venalarga qonning tortilishida katta
ahamiyatga egadir.
O‘pkada muskul tolalari bo‘lmaganligi uchun u o‘zicha qisqarib
kengaymaydi va shuning uchun o‘z vazifasini «passiv» bajaradigan organdir
(to‘liqcha passiv bo‘lmaydi, to‘liqcha passiv bo‘lganida gaz almashinish va boshqa
jarayonlar boshqacha bo‘lar edi). Ko‘krak qafasining harakatiga qobirg‘alararo
tashqi va ichki tishsimon muskul, diafragma muskullari (tevarak o‘rtasi pay), qorin
devorining muskullari (qorin atrofini o‘rab olgan muskullar), oshqozon ichak
sistemasini harakati ta’sir qiladi. Ya’ni qobirg‘alararo tashqi tishsimon muskullar
nafas oluvchi muskullar – insperator va boshqa muskullar esa nafas chiqaruvchi –
eksperator muskullar deyiladi.
Nafas olish jarayoni bir necha etaplardan iborat bo‘ladi.
1.Tashqi nafas: a). Tashqi muhit bilan o‘pka alveolalari o‘rtasida havo
almashinuvi; b). Alveola havosi bilan qon o‘rtasida gaz almashinuvi.
2. Gazlarning qon bilan tashilishi kislorodni o‘pkadan to‘qimalarga va
karbanat angidridni to‘qimalardan o‘pkaga qon bilan tashilishi.
3.Ichki nafas a). Qon bilan to‘qimalar o‘rtasida gazlarning almashinishi, b)
hujayralarni kislorodni iste’mol qilib, karbanat angidridni ajratib chiqarishi
(hujayralarning nafasi).
Nafas jarayonida o‘pkaning insperatsiya va eksperatsiya mexanizmi
natijasida havo olib havo chiqarilishi ta’minlanadi.
1.Insperatsiya bo‘lish uchun qobirg‘alararo tashqi tishsimon muskullar
qisqarib ko‘krak qafasi eniga kengayadi, diafragma tortilib taranglashadi ko‘krak
qafasi uzunasiga kengayadi, to‘sh suyagini pastga tushishi uni balandligiga
kengaytiradi va plevralararo havo bosimining keskin pasayishi vakum kuchini
oshiradi natijada o‘pka devorlari tortilib kengayadi. O‘pka ichida vakuum hosil
bo‘lib, atmosfera havosidan havo so‘rilib, o‘pkani to‘ldiradi. Demak, o‘pka ikki
tomonga va pastga tortilishidan o‘pka ichini kengaytirib alveolalarda vakum hosil
bo‘lib, burundan nafas olinadi. O‘pka devori ikki qavat plevradan iborat bo‘lib, bir
qavati o‘pkani, ikkinchisi qobirg‘alar ustida joylashib, ular orasida plevralararo
suyuqligi bo‘ladi va shu plevralararo bo‘shliqda manfiy darajadagi bosim bo‘lib 5-
16 mm simob ustuniga teng. Plevralararo manfiy bosimni aniqlash uchun bu
bo‘shliqga igna sanchib manometr asbobi yordamida bu bosimni o‘zgarishini
aniqlash mumkin. Bu havo bo‘shlig‘ining paydo bo‘lishi birinchi nafas olish bilan
bog‘liq. Embrion ona qornida havoni faqat ona qoni orqali olib o‘pka ishlamay
o‘pka ko‘krak qafasi bilan yopishib bo‘shliq bo‘lmaydi va yosh organizm tug‘ilishi
bilan darrov nafas olib ko‘krak qafasi kengayib qobirg‘a boshchalari o‘z
chuqurchasiga tushadi va qaytib chiqmaydi. Natijada o‘pka hajmi bilan ko‘krak
qafasining hajmi o‘rtasida tafavut paydo bo‘lib, ko‘krak qafasining ichki hajmi
o‘pkaning tashqi hajmidan katta bo‘ladi. Bu ko‘krak bo‘shlig‘idagi plevra
oralaridagi bosimni alveolalardagi atmosfera bosimidan kam bo‘lishiga sabab
bo‘ladi. shuning uchun ham endi o‘pka ko‘krak qafasini harakatiga ergashib passiv
harakat qiladi. O‘pkaning ichki va sirtqi bosimini tafavuti chiqishida o‘pkaning
elastikligi va ko‘krak qafasini kengaya olishi katta ahamiyatga ega. O‘pka
parenximasi oralarida elastik muskul tolalari bo‘lib, o‘pkani ma’lum darajada
torayishiga sharoit yaratadi. Shu elastik muskul tolalari hosil qilgan kuchga
o‘pkaning elastiklik kuchi deyiladi. O‘pkani kengayishi uchun alveolalar ichkidagi
bosim o‘pkaning elastikligini engaoladigan bo‘lishi kerak ya’ni nafasga olayotgan
havo o‘pka alveolalarini ichidan toshqariga ma’lum bosim bilan bosadi. Ko‘krak
qafasi devori kengayganida plevra paretal varag‘ini viseral varag‘idan
uzoqlashtirishga harakat qiladi lekin uzoqlashtiraolmaydi. Ammo bu kuch o‘pka
sirtidagi bosimni bir muncha pasayishiga sabab bo‘lib, shu sabablar o‘pkani
ko‘krak qafasiga ergashib kengayib torayishiga sharoit yaratadi. Ekspiratsiya o‘lish
qobirg‘alararo ichki tishsimon muskullarni qisqarishi natijasida ko‘krak qafasini
eniga torayishi diafragmani avvalgi gumbaz shakliga kelishi natijasida ko‘krak
qafasini uzunasiga torayishi va o‘pka devorini har tomonlama qisilishi o‘pka
ichidagi havoni qisib chiqarishni ta’minlaydi.
2.Qishloq xo‘jalik hayvonlarida nafas olish uch tipga bo‘linadi:
1.Ko‘krak-qobirg‘a bilan nafas olish.
2.Qorin-diafragma bilan nafas olish.
3.Aralash nafas olish.
Agar nafas olishni ko‘krak qafasining harakati tufayli ro‘yobga chiqarsa,
ko‘krak qobirg‘a bilan nafas olish deyilib itlarda kuzatiladi.
Diafragma, qorin muskullarini qisqarishi hisobiga nafas olish sodir bo‘lsa,
qorin diafragma bilan nafas olish deyilib erkaklarda kuzatiladi. Aralash tipdagi
nafas olish qishloq xo‘jalik hayvonlarida kuzatiladi. Nafas olish va nafas
chiqarish jarayoni bir-birini boshqaradi ya’ni o‘pkadagi baroretseptorlar bosim
ko‘payganini sezib havoni chiqaradi va baroretseptorlar bosim kamayganini sezib
o‘pkaga xavo olishni ta’minlaydi. Ko‘krak qafasi kengayib manfiy bosim
kamayganini sezib o‘pkaga xavo olishni ta’minlaydi. Ko‘krak qafasi kengayib
manfiy bosim oshganda yurakni qon bilan to‘lishi osonlashadi. Bu paytda manfiy
bo‘shliqdagi venadan qon oqadi. Odatda nafas olish nafas chiqarishga nisbatan
ancha qisqa ya’ni nafas olish va nafas chiqarishni 100% desak 30% nafas olish 70
nafas chiqarish vaqtini tashkil etadi.
Nafas olish va nafas chiqarishni maxsus asbob yordamida yozib olinib,
hosil bo‘lgan egri chiziqqa pnevmogramma deyiladi. Shu chiziqga qarab nafas
olish tezligi, chuqurligi yoki yuzakiligi, ritmi va bo‘ladigan o‘zgarishlarni nafas
olish va nafas chiqarish bilan bog‘liqligi aniqlanadi.
Odatda yuqori nafas yo‘llari jarohatlanganda nafas olish qiyinlashadi.
Ko‘krak qafasi organlari jarohatlanganda nafas chiqarish qiyinlashadi (sil,
pnevmoniya) odatda nafas olganda «F» harfini talaffuz etgandagi va nafas
chiqarilganda «X» xarfini talaffuz etgan tovush eshitiladi. Nafas olish o‘zgarganda
«Fish-fix» bo‘lib eshitiladi. Nafas chiqarilganda esa «Xish» bo‘lib eshitiladi.
Nafas olish tiplari o‘zgarishi ham mumkin.
M: qorin bo‘shlig‘i organlari kasallansa qorin nafas olish tipi, ko‘krak nafas
olish tipiga o‘tadi.
Ko‘p ovqat yeganda diafragma qorin tomonga cho‘zilmay ko‘krakga qarab
bosadi yoki oshqozon yaralanganda bosim yarani og‘ritib, og‘riqdan saqlanish
uchun ko‘krak bilan nafas olinadi. Inson balog‘atga yetgunicha qiz va o‘g‘il
bolalarda qorin nafas olish turi mavjud, balog‘atga yetganda qizlarda qorin
diafragma nafas olish, ko‘krak qobirg‘a nafas olishiga aylanadi.
Nafas olish tezligi turli hayvonlarda turlicha bo‘lib moddalar
almashinuvining intensivligiga bog‘liq.
Hayvonlar turi
1 daqiqadagi nafas
harakatlarining soni
Hajmi
Otlarda
8-16
4-6 litr
Yirik shoxli
hayvonlarda
10-30
3,5 litr
qo‘y-echkilarda
16-30
300 ml
Cho‘chqada
8-18
Tuyada
5-12
Itlad
10-30
100-300 ml
Quyonda
50-60
Tovuqda
20-25
Sichqonda
200
Sutdor sigirlarda nafas olish tezligi sut bermaydiganlardan 2 marta
ko‘p.
Nafas olish tezligi jismoniy ish davrida 2-3 barobar tezlashadi.
Yosh hayvonlarda nafas olish tez bo‘ladi.
Nafasga olingan havoning hammasi o‘pka alveolalariga yetib
bormasdan 30% yuqori nafas yo‘llarida qolib, «zararli» yoki «o‘lik» bo‘shliq
havosi deyiladi va gazlar almashinuvida ishtirok etmaydi. Bu havo yuqori nafas
yo‘llarida nafasga olingan havoni isitib, tozalab va suv bug‘lariga to‘yintirib
o‘tkazilishini ta’minlaydi. Agar yuqori nafas yo‘llarida bunday vazifalar
bajarilmaganda edi nafas sistemasi organlarida, umumiy organizmda turli xil
kasalliklar kelib chiqqan bo‘lar edi.
Nafasga olingan havoni o‘pka alveolalariga yetib borgan qismining alveola
xavosiga bo‘lgan nisbatiga o‘pkaning ventilyasiya koeffitsienti deyiladi. M: Otlar
har safar 5000 ml nafasga havo olsa shu havoni 30% yoki 1500 ml yuqori nafas
yo‘llarida ushlanib 3500 ml o‘pka alveolalariga yetib boradi. Agar otlarda alveola
havosini miqdori 22 l deb faraz qilsak, unda o‘pkaga nafas olganda alveola havosi
1/6 qismi nafasga olinadigan havo bilan almashinadi. O‘pkaga bir daqiqada qabul
qilingan havo miqdoriga o‘pkaning daqiqalik ventilyatsiya hajmi deyiladi.
O‘pkaning daqiqalik ventilyatsiya hajmiga hayvonlarni oziqalanish xarakteri,
sutkaning vaqti, yil fasli, organizmning fiziologik holati (bo‘g‘ozlik va boshqalar)
ta’sir ko‘rsatadi. Ot yo‘rg‘alab yurganida 5 marta, oxista yurganida o‘pka
ventilyasiyasi 8 martaba, oshadi va o‘pkaning daqiqalik ventilyatsiya hajmini
to‘lig‘icha ifodalab bermaydi. Bu holatni quyidagi tajribalarda o‘rgansa bo‘ladi.
Ot o‘pkaning ventilyatsiya hajmi ikki xil holatda 50 litrga teng bo‘lib, birinchi
holatda ot daqiqasiga 10 marta nafas olib, nafas havosining hajmi 5 litr, ikkinchi
holatda 20 marta nafas olib nafas havosining hajmi 2,5 litr. O‘rtacha zararli
bo‘shliq havosi 350 ml bo‘lsa nafas chuqurligi 2,5 litr bo‘lganida har marta o‘pka
alveolalariga 2150 ml havo yetib borgan, nafas olish chuqurligi 5 litr bo‘lganida
4650 ml yoki olgan havoni 9/10 qism yetib borgan. Demak o‘pkaning nafas olish
yuzasidan to‘g‘ri foydalanish uchun chuqur va siyrak nafas olishlar samarali
hisoblanadi, chunki gazlar almashinuvini tezlashtiradi. Nafas olishning yuzaki
tezlashishi organizm uchun foydali hisoblanmaydi.
Sutdor sigirlarda nafas olish tezligi sut bermaydiganlardan 2 marta ko‘p. Nafas
olish tezligi jismoniy ish davrida 2-3 barovar tezlashadi. Yosh hayvonlarda nafas
olish tez bo‘ladi.
3.O‘pka alveolalarida alveola havosi bilan alveola devorlaridagi qon tomiri
o‘rtasida uzluksiz ravishda gaz almashinuvi bo‘lib gazlar diffuziya hodisasiga
binoan parsial bosim ko‘p joydan parsial bosim past joyga qarab harakat qiladi.
Demak gazlar alveola havosidan qonga va qondan alveola havosiga qarab o‘tadi.
Gazning parsial bosimi deb nimaga aytiladi?
Gazlarning parsial bosimi deb, gazlar aralashmasi umumiy bosimining
aralashmadagi ma’lum gaz ulushiga to‘g‘ri keladigan qismiga aytiladi. Masalan:
barometrik bosim 760 mm simob ustuniga teng bo‘lgan atmosfera havosining
tarkibida O2 21% bo‘lsa, parsial bosimi 159,03 mm simob ustunini tashkil yetadi.
SO2 0,03%-0,30 mm, N 79,04%-596-600,7 mm, simob ustuniga teng. Alveola
havosi, qondagi gazlarning miqdori va parsial bosimi O2 ni alveola havosidan
qonga, SO2 qondan alveolaga o‘tishini ta’minlaydi, chunki alveola havosida O2 ni
parsial bosimi 101,2 mm, vena qonida O2 parsial bosimi 20-40 mm simob ustuniga
teng, SO2 esa alveola havosida 38-45 vena qonida 40-60,0 mm simob ustunini
tashkil qiladi ya’ni kam farq qiladi. Bu farq alveola havosidan qonga O2 ni SO2 esa
alveolalarga o‘tishini ta’minlaydi.
Gazlarning bunday almashinuviga alveola va kapillyarlarning yuza kengligi,
devorlarning gazlarni o‘tkazish xususiyatlari va kapillyarlardagi qon bosimi ta’sir
ko‘rsatadi. Alveolalarda kasaliklar davrida suyuqliklar to‘planishi, kapillyarlardagi
bosimining oshishi va boshqa sabablar gazlar almashinuviga birmuncha qarshilik
qiladi.
Demak, alveola havosi bilan qon o‘rtasidagi gazlar almashinishi natijasida
o‘pkaga olinayotgan havoda O2 ni 5% ga yaqini qonga o‘tib, qondan 4% dan
ko‘proq SO2 alveola havosiga o‘tadi, N miqdori esa har ikkala holatda deyarli
o‘zgarmaydi. Nafasdan chiqarilayotgan havoning boshlang‘ich qismi odatda
deyarli o‘zgarmaydi. Nafasdan chiqarilayotgan havoning boshlang‘ich qismi
atmosfera havosining tarkibiga yaqin chunki bu paytda nafasda qatnashmagan
zararli bo‘shliq havosi chiqarilib, keyingi qism alveola havosi tarkibiga yaqin
bo‘ladi. Shuning uchun nafasdan chiqarilgan havonning oxirgi qismini o‘rganib,
alveola havosini tarkibi to‘g‘risida fikr yurgizsa bo‘ladi.
Alveola havosining tarkibi nafas olish va chiqarish paytida kam o‘zgaradi,
ya’ni SO2 0,3-0,4% alveolada kamayadi, nafasdan chiqarilayotgan havoning bosimi
alveola havosi tarkibidagi suv bug‘lari hisobiga bir oz ko‘payadi. Qonning
organizmdagi vazifasi o‘pkadan to‘qima va hujayralarga O2 ni SO2 ni esa to‘qima
hujayralardan o‘pkaga tashishdir.
O‘pka vena qoni bilan alveola o‘rtasida gaz almashinish davrida SO2 vena
qondan alveola havosiga o‘tkazib shu vaqtning o‘zidayoq vena qoni alveola
havosidagi O2 bilan to‘yinadi. Demak, o‘pkada vena qoni O2 bilan to‘yinib arteriya
qoniga aylanib yurakning chap bo‘lmacha va qorinchasi faoliyati tufayli O2 ni
organizm hujayralariga yetkazib beradi. Qon o‘pkada SO2 ni, to‘qimalarda O2
o‘zidan to‘liq bermaydi. Organizmdagi oksidlanish jarayonlarida kislorodning
o‘zlashtirilishi, sarflanishi va SO2 ajralib chiqishi uzluksiz sodir bo‘lib turganligi
tufayli bu gazlarni I.M.Sechenov o‘tgan asrda arteriya va vena qonidagi miqdorini
to‘g‘ri aniqlagan. Bu gazlarni qondan ajratib olish maqsadida I.M.Sechenov 1859
yil tiklanuvchi Torichelli bo‘shlig‘i prinsipi aosida asbob yasab, tomirdan olingan
qon solinib, qon turgan balondan simob nasosi bilan iloji boricha ko‘p siyraklanish
hosil qilinadi. Natijada qon ustida bosim kamayib gazlar pufak bo‘lib chiqa
boshlaydi. Gaz chiqishi ha demay to‘xtab qonda qolgan gaz bilan balonga ajralgan
gaz o‘rtasida muvozanat hosil bo‘ladi. Gaz chiqib bo‘lganidan keyin jumrak
berkitilib gazlar balondan gazlar hajmini o‘lchaydigan idishga shu simob nasos
yordamida o‘tkaziladi. Balonda yana Torichelli bo‘shlig‘i hosil qilinib ya’ni
jumrak ochilib, bu ish birnecha bor takrorlanadi, gazning hammasi ajratib olinadi,
miqdori va tabiati o‘rganiladi.
Qondagi gazlarni kimyoviy siqib chiqarish prinsipi asosida ishlaydigan
asbobdan ham foydalanib tekshirish mumkin.
Verigo 1823 yil (Sechenovning o‘quvchisi) O2 ni SO2 qondan siqib
chiqarishni aniqlab berdi va aksincha.
Gazlar qonda erigan va kimyoviy birikkan holatda tashiladi. Genri qonuniga
ko‘ra gazlarning suyuqlikda erishi, ularning tabiati, parsial bosimi suyuqlikning
haroratiga bog‘liqdir.
Oo haroratda 760 mm simob ustuni bosimida 1 ml suyuqlikda eriy oladigan
muayyan gaz hajmiga gazning erish koeffitsienti deyiladi. Suyuqlik harorati past
bo‘lib gaz bosimi baland bo‘lsa bu suyuqlikda gaz ko‘p eriydi. Agar suyuqlik
harorati ko‘tarilsa eruvchanlik pasayib qaynagan suyuqliklarda umuman gazlar
erimaydi. Xuddi shunday agar biror gaz erishi kerak bo‘lgan suyuqlikda erigan
moddalar miqdori ko‘p bo‘lganida, bir xil sharoitda shuncha kam miqdorda gaz
eriydi. Tana harorati normal bo‘lib bosim 760 mm simob ustuniga teng bo‘lganda
qon plazma qismida gazlarni erish koeffitsieti quyidagichadir.
O2-0,022 SO2 -0,511, N -0,011.
Azot qonda faqat erkin erigan holda bo‘lib, uning erish koeffitsienti qondagi
miqdorini to‘liq ifodalay oladi. Kislorod va karbanat angidridning qondagi erish
koeffitsienti bu gazlarni qondagi miqdorini to‘la ifodalay olmaydi. Qonda kislorod
va karbanat angidrid faqat erigan holatda bo‘lganida ularning erish koeffitsientiga
ko‘ra O2 ning qondagi miqdori 0,3 hajm foiz, SO2 2,7 hajm foiz atrofida bo‘lar edi.
Lekin aslida arteriya qonida kislorod 20 hajm foiz, karbanat angidrid 30-40 hajm
foiz, vena qonida O2 12 hajm foiz va SO2 50-55% hajm foiz bor.
Demak, bu qonda O2 va SO2 ning kam qismi erkin erigan holda ko‘p qismi
kimyoviy birikkanligini bildiradi.
Qondagi O2 ning bir qismi plazmada erigan asosiy qism eritrotsitlar
tarkibidagi Nv bilan birikib oksigemoglobin hosil qilib tashiladi. NvO2 hosil
bo‘lishi va O2 plazmada erishi O2ning parsial bosimiga bog‘liq. Nv ning harakterli
xususiyatlaridan biri O2ning parsial bosim baland joyda, o‘pka alveolaldarida engil
biriktirib parsial bosim past bo‘lgan joyda - to‘qimalarda uni osongina ajratadi.
1 gramm Nv to‘liq NvO2 aylanganida 1,34 sm2 O2 biriktirib 13-15 gramm
foiz Nv bo‘lgan hayvon qonining 100 ml qondagi Nvni to‘liq NvO2 aylanishiga
kerak bo‘ladigan kislorod miqdorini bilsak bo‘ladi.